Header
stringlengths 2
118
| Content
stringlengths 10
1.73k
|
---|---|
Foydalanuvchilarning standart interfeysi | Turli dasturlar va operatsion tizimlarga qo‘yiladigan talablar majmui. Bunday dasturlarni shakllantirishda oldindan aniqlangan standart elementlardan foydalaniladi. Bu esa tajribasiz foydalanuvchilarga dasturdan foydalanishni osonlashtiradi. |
Foydalanuvchilarning yopiq guruhi | Foydalanuvchilarga, unga va undan foydalanish cheklangan guruhni tashkil etish imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. |
Foydalanuvchini identifikatsiyalash | Vakolatlarni – ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqi va ulardan foydalanish tartibini aniqlash maqsadida, foydalanuvchilarni (familiya va parolga qarab) tanish. |
Foydalanuvchini ro‘yxatga olish | Kompyuter tizimiga (tarmog‘iga) kirishda foydalanuvchini identifikatsiyalаsh protsedurasi; kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsat olish uchun qo‘llaniladigan ochiq hisobga olish nomi. |
Foydalanuvchining grafik interfeysi | 1. Operatsion tizim ostida foydalanuvchining shaxsiy grafik interfeysini yaratish moslamasi.2. Ma’lumotlarni vizuallashtirish imkonini beruvchi dastur.Misol: Windows, OS/2 Presentation Manager. |
Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi | Lokal tarmoqlarda va ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda har bir foydalanuvchini va uning aktivligini qayd qiluvchi yozuv. Administratorlik qilish, taqsimlangan resurslarni ifodalash va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Kishining operatsion tizimga tegishliligini ifodalaydigan yozuv. |
Foydalanuvchining huquqlari | Ma’lum turdagi tizimga kirishni amalga oshirish imkoniyati va u yoki boshqa imtiyozlarning mavjudligi. |
Foydalanuvchining ma’lumotlari | OXFni bajarishga ta’sir etmaydigan foydalanuvchi uchun ma’lumotlar. |
Foydalanuvchining nomi | Foydalanuvchining tizimdagi hisobga olish yozuvini belgilaydigan noyob nom. Hisob yozuvidagi nom guruhdagi boshqa nom bilan yoki shu domen yoki ishchi guruhdagi foydalanuvchining nomi bilan mos kelmasligi kerak. |
Foydalanuvchining paroli | Foydalanuvchining har bir hisob yozuvida saqlanadigan maxfiy so‘z. Har bir foydalanuvchi, odatda takrorlanmaydigan maxfiy so‘zga ega bo‘ladi va uni tizimga kirish yoki serverga ulanishda ishlatadi. |
Foydalanuvchining profili | 1. Odatda, erkin foydalanishni boshqarish uchun qo‘llaniladigan foydalanuvchining tavsifi.Izoh – Foydalanuvchining profili foydalanuvchining identifikatori, foydalanuv-chining nomi, parol, erkin foydalanish huquqi va boshqa atributlardan iborat bo‘lishi mumkin.2. Foydalanuvchi faoliyatining namunasi foydalanuvchining faoliyatidagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. |
Foydalanuvchining tizimga kirishi | Ekranning ro‘yxatga olish oynasi, foydalanuvchi uning yordamida kompyuterga kiradi va ish seansini boshlaydi. |
Foydalanuvchining tizimga kirishi | Ko‘p foydalanuvchili tizimga nisbatan foydalanuvchining jami huquqlari. Foydalanish uchun o‘z ismi, paroli, uy katalogi va h.k. mavjudligi nazarda tutiladi. |
Foydalanuvchining shaxsiy identifikatori | PIN-raqamiga o‘xshab qo‘lda kiritiladigan identifikator. |
Foydali signal | Texnik vositaning ishlab turishi uchun mo‘ljallangan elektromagnit signal. |
Fragment | Katta ma’lumotlar paketi yoki faylning qismi. Disk fayllarining fragmentlari qanchalik katta bo‘lsa, ularga kirish shunchalik sekin amalga oshadi. Shuning uchun davriy ravishda diskni defragmentatsiyalash dasturini ishga tushirib turish kerak. |
Fragmentlash | Bitta faylni bir nechta qismga (fragmentga) ajratish jarayoni. |
Fraktal tasvir formati | Tasvirlarning qattiq siqilgan fayllari formati Integrated Systems firmasi tomonidan taklif qilingan. |
Frankirlash mashinasi | Yozma xat-xabarlarga pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘langanligini, ushbu xat-xabarlar qabul qilingan sanani va boshqa axborotni tasdiqlovchi tamg‘a izlarini tushirishga mo‘ljallangan mashina. |
Freymlarni global ajratish | Erkin freymlarni to‘plash barcha jarayonlar uchun umumiy bo‘lgan asosiy xotirada sahifalar freymlarini jarayonlarga ajratish, bir jarayon boshqasidan freym olishi mumkin. |
Freymlarni lokal ajratish | Asosiy xotirada, bo‘sh freymlarning to‘plami har bir jarayon uchun alohida ajratiladigan jarayonlarga sahifalar freymlarini ajratish. |
Freymlarni proporsional ajratish | Jarayonlarga xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional bo‘lgan asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini ajratish. |
Freymlarni qayd etib ajratish | Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini yo bir xilda, yoki xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional tarzda ajratish. |
Freymlarni ustuvorlik bo‘yicha ajratish | Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymini ajratish. Jarayonlarning ustuvorligiga muvofiq: sahifalarni almashtirishda quyi ustuvorlik jarayonining sahifasi joylashtiriladi. |
Freymli namoyishlar tili | 80-yillarda yaratilgan dasturlash tili. Freym obyekt yoki hodisaning asosiy xossalarini o‘zida aks ettiradi. Freymning tuzilmasi xossalar ro‘yxati ko‘rinishida yozilib, freym slotlari deb nomlanadi. |
Funksional arxitektura | Funksional obyektlar va ular o‘rtasidagi KAT tuzilmasini tavsiflashda ishlatiladigan, etalon nuqtalar to‘plami. Bunday funksional obyektlar etalon nuqtalar bilan ajratilgan, shuning uchun, ular funksiyalar taqsimlanishini belgilaydi.Izoh – Funksional obyektlar etalon konfiguratsiyalarni tasvirlashda ishlatilishi mumkin. Bu etalon konfi-guratsiyalar, qanday etalon nuqtalar uskunani ishlatish doirasida va ma’muriy domenlar o‘rtasida ko‘rinishini aniqlab beradi. |
Funksional blok | Tizimdagi qurilma, qandaydir qurilmaning kichik tizimi yoki mikrosxemaning bir qismi, masalan, arifmetik-mantiqiy qurilma bloki, registr fayli va sh.k. |
Funksional bog‘lanish | Modulning faqat bitta vazifa bilan bog‘liq harakatlarni bajaradigan funksional xarakteristikasi.Izoh – Funksional bog‘langan modul bir turdagi kiruvchi ma’lumotlarni bir turdagi chiquvchi ma’lumotlarga o‘zgartiradi; bunday modullarga stekni boshqaradigan modul yoki navbatni boshqaradigan modul misol bo‘lib hisoblanadi. |
Funksional dasturlash | Dasturlash tilining barcha konstruksiyalari funksiyalar ko‘rinishida amalga oshiriladigan dasturlash uslubi. |
Funksional dasturlash tili | Deklarativ turdagi dasturlash tili. Funksional tur tilidagi dastur ma’lum funksiyalar majmui ko‘rinishida taqdim etiladi. Amalda barcha funksiyalar rekursiv. LISP va Logo funksional tillarning o‘ziga xos vakillaridir. |
Funksional ishonchlilik | Xavfsizlikning ba’zi mezonlarga, masalan, xavfsizlik siyosati bilan belgilanadigan mezonlarga mos kelishi xususiyati. |
Funksional klavishlar | Klaviaturadagi F1 dan F10 (ba’zan F12) gacha belgilangan va har bir dasturda maxsus belgilanishga ega bo‘lgan dasturlashtiriladigan klavishlar guruhi. |
Funksional moslashuv (raqamli televideniyeda) | Turli uzatish muhiti bo‘yicha ishlashga imkon beradigan raqamli televizion tizim xarakteristikasi.Izoh – Yer usti televizion eshittirishi kontekstidagi funksional moslashuvchanlik uzatishning muqobil muhitlari bo‘yicha kabelli, yo‘ldoshli, keng polosali tarmoqlar, videkassetalarni, shuningdek, mavjud analog televizion tizimlarga kinematografiya va video standartlarini o‘zgartirish, kompyuterlar va interaktiv tizimlar bilan o‘zaro aloqani o‘z ichiga oladi. |
Funksional sxema | Kompyuter tizimi funksional komponentlarining va ular o‘zaro aloqadorligining grafik taqdim etilishi. |
Funksional testlash | Ilovaning, dastur tuzilmasiga tegmasdan, belgilangan funksional talablarni bajarishini tekshirish. |
Funksiya | Dastur yoki tizim tomonidan hal qilinadigan masala yoki maqsad, shuningdek qandaydir qurilmaning vazifasi. Masalan, printerning funksiyasi ‒ bosib chiqarish, kompyuterning funksiyalaridan biri o‘qitish, matn redaktorining funksiyasi ‒ hujjatni tayyorlash va h.k. |
Funksiya prototipi | Ba’zi dasturlash tillarida ‒ dastur boshida funk-siyalar parametrlari va ularning turlari ro‘yxati bilan birgalikdagi, funksiyalar turlari va nomlarini e‘lon qilish. Bu translyatsiya qilish jarayonini soddalashtiradi. |
Funksiyalar ustasi | Foydalanuvchining grafik interfeysidagi interaktiv funksiya. Bosqichma-bosqich bajariladigan operatsiyani (masalan, dasturni o‘rnatish) ketma-ket o‘zgarib turadigan dialog oynalar yordamida bajarish.Baʼzida bu kabi interfeyslar druid, djin yoki assistent deb nomlanadi. Funksiyalar ustasi qurilgan tizim utiliti sifatida birinchi bor Microsoft Windows 95 operatsion tizimida foydalanilgan. |
Funksiyaning o‘ta yuklanishi | Dasturda, aynan bir nomga, biroq parametrlarning har xil turlariga va boshqarish qaytarilganda uzatiladigan qiymatlarga ega bir nechta protseduradan foydalanish. |
Furye tez o‘zgartirishi | Hisoblashlar hajmi kamaytirilgan Furye o‘zgartirishini hisoblash algoritmi. |
Fеystel tarmog‘i | Blokli shifrlar tuzish arxitekturasi. Bunda blokni shifrlashning butun jarayoni qadamlar (raundlar) ichida bajariladi. Ularning har birida blok o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan qismlarga ajratiladi. Shifrlash funksiyasi yordamida o‘zgarmaydigan qism va raund kalitidan, gammalash operatsiyasi vositasida o‘zgaradigan qismni modifikatsiyalashda foydalaniladigan modifikatsiyalovchi kod ishlab chiqiladi. |
Fеystel shifri | Takrorlanadigan blokli shifrning maxsus sinfi, unda shifr matn chetlab o‘tish funksiyasi qo‘llanishini takrorlash bilan ochiq matndan hisoblab chiqiladi.G |
...ga almashtirish | Matnning bir fragmentini boshqasi bilan almashtirish. |
Gabidulin kriptotizimi | Rang (daraja) metrikasida xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. |
Gamma | Qayta tiklash yarim ton xarakteristikasi nochiziqliligini ifodalaydigan televizion tizim kontrastliligining omili yoki koeffitsiyenti. |
Gamma tuzatuvchi | Televizion eshittirish gamma qiymatini nochiziqli element signali o‘tish zanjiriga kiritish orqali rostlash uchun mo‘ljallangan qurilma. |
Gammalash | Ochiq ma’lumotlarni shifrlash uchun ushbu ma’lumotlarga muayan qonun bo‘yicha shifr gammalarini qo‘yish jarayoni. |
Gammalash shifri | Ma’lumotlarni shifrlash uchun gammalash-dan foydalaniladigan oqimli shifr. |
Gamma-testlash | Dasturiy mahsulotni, uni tijoriy chiqarishdan oldin testlashning uchinchi bosqichi. Gamma-testlash bosqichida faqat hujjatlar va o‘ramgina so‘nggi ko‘rinishda bo‘lmaydi. |
Gamma-tuzatish | Elektron-nur trubkaga beriladigan kuchlanish va yorqinlik o‘rtasidagi noliniyaviy bog‘liqlik tufayli sodir bo‘lgan, elektron-nur trubkadagi rang yorqinligi buzilishini tuzatishga imkon beradigan mexanizm. |
Gant diagrammasi | Jarayonlarning nomini va ularni bajarishning vaqtinchalik diapazonlarini tasvirlaydigan, ayrim vaqt birliklarida ifodalangan, «vaqt chizig‘i» ko‘rinishidagi sxema. |
Garmonikalar analizatori (spektr analizatori) | Tebranishlar spektrini tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan asbob. Garmonikalar analizatorining ishlash prinsipi berilgan tebranish joylashtirilishi mumkin bo‘lgan turli chastotalardagi garmonik tebranishlarni (tor polosali filtrlar yordamida) ajratishdan iborat. |
Gauss chastotaviy manipulyatsiyasi | Kirishida, kirish impulslari shakllarining Gauss qonuni asosida silliqlanishini ta’minlovchi past chastotali filtrga ega chastotaviy manipulyatsiya usuli, odatda, silliqlanish koeffitsenti 0,5 ga teng.Izoh − (DECT, Bluetooth tizimlarida foydalaniladi). |
Gauss kanali | Bir tekis oq shovqinli akslantirishsiz kanal. |
Gaz-razryadli almashlab ulagich | Tarmoqlangan o‘ta yuqori chastotali trakt-larni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallan-gan, tashqaridan boshqariladigan gazli razryadlagich. Oddiy gazli razryadlagichdan farqli ravishda, gazrazryadli almashlab ulagich maydon o‘ta yuqori chastotasining quvvati oshib ketganda, o‘z-o‘zidan ishlab ketmasligi kerak, shu sababli, gaz bosimi mustaqil razryad uchun optimal bo‘lganga nisbatan, ko‘p karra kamaytirilishi yoki oshirilishi kerak. |
Geksagonal yacheyka | Qo‘shni uchastkalarni qoplamasdan yoki ayrim uchastkalarni qoldirib ketmasdan, xizmat ko‘rsatiladigan butun hududni qamrab olish imkonini beradigan yacheyka. |
Gektometrli to‘lqinlar | 100 m dan 1000 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni (300 kHz dan 3000 kHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni). |
Generator | O‘zining ishlash jarayonida nimadir yaratadigan dastur, masalan, ilovalar generatori, kod generatori va sh.k. |
Geografik axborot tizimi | Joy kartalari, planlar, sxemalar kabi makonga oid ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, saqlash va aks ettirish bilan bog‘langan dasturiy tizimlar turkumi. |
Geografik domen | Geografik belgi bo‘yicha birlashtirilgan domen nomlari guruhi. |
Geoinformatika | Ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati. U amaliy yoki geoilmiy maqsad-larda ilmiy asoslash, loyihalash, yaratish, ekspluatatsiya qilish va geografik axborot tizimlaridan foydalanish, geoaxborot texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliy jihatlar yoki GAT qo‘llanmalari bilan shug‘ullanadi. |
Geoinformatsion tizim | 1. Matnli, jadval, illyustratsiyali va boshqa shakllarda kartografik ma’lumotlarni va ular bilan bog‘liq ma’lumotlarni saqlab turishga, qayta ishlash va berishga qaratilgan dasturiy, axborot va texnik vositalar kompleksi.2. Fazoviy ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, tahlil qilish va grafik vizuallashtirish uchun mo‘ljallangan tizim. Ushbu tizim raqamli kartalarni, shuningdek, obyektlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni, masalan, bino balandligini, yashovchilarining manzili, sonini izlab topish, tahlil va tahrir qilish imkonini beradi. |
Geomatika | 1. Axborot texnologiyalari, multimedia va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish yo‘nalishi. Maʼlumotlarni qayta ishlash, geotizimlarni tahlil qilish va avtomatlashtirilgan xaritaga olish mazkur ilmiy yo‘nalishning asosiy vazifasidir.2. Geoinformatika yoki geoaxborotlashgan xaritaga olish atamalarining sinonimi sifatida ham ishlatiladigan atama. |
Geometrik (koordinata) buzilishlarni tuzatish | «Gorizontal bo‘yicha chiziqlilik» rostlagichi yordamida amalga oshiriladigan tuzatish. |
Geosinxron yo‘ldosh | Aylanish davri Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga teng bo‘lgan Yer yo‘ldoshi. |
Geostatsionar yo‘ldosh | To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan, shu tariqa Yerga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lgan geosinxron yo‘ldosh. Keng ma’noda –Yerga nisbatan taxminan qo‘zg‘almas bo‘lib qoluvchi yo‘ldosh. |
Geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi | To‘g‘ri va doiraviy orbitasi yer ekvatorining tekisligida joylashgan geosinxron yo‘ldosh orbitasi. |
Gers dipoli | O‘rtasiga yuqori chastotali tebranishlar manbai ulanadigan, oxiri yo‘g‘onlashgan to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik uzunlikdagi sim kesmasi (bo‘lagi). |
Gers vibratori | G.Gers tomonidan konstruksiyalangan tebranish manbaini (tebranish rejimida) yoki yuklamani (qabul rejimida) o‘rtadagi uzilish bilan ulash uchun mo‘ljallangan metall shtir ko‘rinishidagi antenna. |
Geterodin chastotasini ohista rostlash | Konvertor geterodinining zavodda sozlanish noaniqligini yo‘qotish imkonini beradi. Amalda bu qabul qilinayotgan tasvir sifatini yaxshilaydi. Qo‘lda sozlashdan tashqari ayrim resiverlarda chastotani avtomatik sozlash imkoniyati ham mavjud. |
Geterogen tarmoq | Turli operatsion tizimlar, tarmoq kartalari o‘rnatilgan har xil kompyuterlardan iborat va/yoki turli tarmoq protokollaridan foydalaniladigan tarmoq. |
Geteroxrom | Turli nominal uzatish tezliklariga ega signallar. |
Geytvey | Qar.: Dorvey. |
Gibrid differensial impuls kodli modulyatsiya | Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM) va kodlashning boshqa usullarini o‘z ichiga oladigan manbani kodlash usuli.Izoh – DIKM va IKM kombinatsiyasi misol bo‘ladi, bunda sanoqning haqiqiy va taxmin qilingan qiymati o’rtasidagi farqning kvantlangan qiymatiga mos kela-digan kodli so‘zlar haqiqiy sanoqning kvantlangan qiymatiga mos keladigan kodli so‘zlar bilan oldindan belgilangan tartibga muvofiq almashinib keladi. |
Gibrid ekran | Maʼlumotlarni ham chiqarishni, ham kiritishni taʼminlovchi ekran. Gibrid ekran maxsus jarayonlarda masalan, dispetcherlar, sotuvchilar, bank xizmatchilari bajaradigan ixtisoslashgan jarayonlarda alohida katta ahamiyat kasb etadi. Texnologiyalar orasida quyidagi ikki tamoyil ko‘proq ishlatiladi. Sig‘imli tamoyilda, foydalanuvchining qo‘l barmog‘i ekranga chiqarilgan tasvir detallariga tegishi bilan maʼlumot kiritish yuz beradi. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning old va orqa tomonlaridan elektr o‘tkazuvchi qatlamli shisha plastinalar qo‘yiladi, yon tomonda esa elektrodlar joylashadi. Elektromagnit tamoyili maxsus pero ishlatishga asoslangan. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning orqa tomoniga sezgir panjara yoki magnit konturlari joylashtiriladi. Pero ekran qabul qilayotgan kuchlanishni induksiyalaydi. |
Gibrid kabel | Umumiy qobiq bilan o‘ralgan, har xil turdagi yoki toifadagi ikki yoki undan ortiq kabeldan iborat qurilma. Umumiy ekranga ega bo‘lishi mumkin. |
Gibrid kodlash | Harakatlanuvchi televizion tasvirlarni qayta ishlash uchun kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘z ichiga oladigan, videosignal raqamli oqimini siqish. Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘zida mujassamlashtirgan kodlash. |
Gibrid kommunikatsiyalash | Kanallar kommutatsiyasini va paketlar kommutatsiyasini taʼminlovchi kompleks transport xizmat ko‘rsatish turi. |
Gibrid mikrosxema | Sopol taglikka (asosga) o‘rnatilgan diskret komponentlar va har хil turdagi integral sxemalardan iborat mikrosxema. |
Gibrid optik-tolali arxitektura | Signallar ikki tomonlama asimmetrik uzatiladigan abonent foydalanish tarmog‘i arxi-tekturasi, 802.U. standarti doirasida ishlab chiqilgan. Unda optik-tolali kabellar, o‘ralgan juft, koaksial kabellar va raqamli uzatish usullari qo‘llanilishi mumkin. |
Gibrid pochta | Jo‘natuvchiga xabarlarni, telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali, keyinchalik adresatning pochta manziliga yetkazib berish imkoniyati bilan uzatish amalga oshiriladigan elektron pochta xizmati. |
Gibrid pochta jo‘natmasi | Jo‘natuvchidan fizik yoki elektron shaklda qabul qilinadigan,telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanib ishlov beriladigan, yozma xat-xabarlar jo‘natmaga o‘zgartiriladigan va oluvchiga fizik ko‘rinishda topshiriladigan xabar. |
Gibrid tarmoq | Turli xil kompyuterlarni birlashtiradigan lokal tarmoq. |
Gibrid to‘lqin | Elektr va magnit maydon vektorlari noldan farqli bo‘ylama tashkil etuvchilarga ega elektromagnit to‘lqin. |
Gigabayt (Gbyte) | Kompyuter tizimlari xotira sig‘imining o‘lchov birligi 230 yoki 1.073.741.824 byte ga teng. |
Gigaflops | Unumdorligi yuqori bo‘lgan protsessor yoki superkompyuterning ishlash tezligi birligi (vaqt birligi ichida siljuvchi nuqta bilan bajariladigan operatsiyalar soni). |
Gilbert o‘zgartirgichi | Chastotalarning keng polosasida signal fazalarining 90º ga siljishini ta’minlovchi qurilma. |
Giperdiapazon (giperpolosa) | Kabelli televizion eshittirishlar uchun ajratilgan, 230 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. |
Giperhavola | Faylga, faylning biror o‘rniga, Internet yoki intranetdagi HTML-sahifaga o‘tish imkonini beradigan rangli va ostiga chizilgan matn yoki rasm. Giperilovalar, shuningdek, yangiliklar guruhi va Gopher, Telnet va FTP dagi uzellarni ko‘rsatishi mumkin. |
Giperkanallar | Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan 300 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar polosasidagi chastota kanallari. |
Giperkard | Macintosh kompyuterida, 6-9 versiyalar MAC OS tizimida gipermedia ilovalar yaratish imkonini beradigan vizual dasturlash muhiti. Giperkardni, foydalanuvchiga qulay, interaktiv ko‘rinishda taklif etgan holda, matnlar, rasmlar, tovushlar, animatsiyani birga to‘plash imkonini beradigan «axborot tashkilotchisi» deb atash mumkin. |
Giperkub | 1. Ko‘p protsessorli tizimda protsessorlarni birlashtirish usullaridan biri.2. Uzellari ko‘p o‘lchamli kub grafasining cho‘qqisi hisoblanadigan tarmoq topologiyasi. |
Gipermatn | 1. Boshqa hujjatlarga giperhavolalarni (ko‘rsatgichlarni) ichiga oladigan har qanday matn. Axborotni hujjatlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar orqali taqdim etish usuli.2. Matnlarda maxsus ko‘rsatgichlardan (giperhavolalardan) foydalangan holda, matn massivlarida berilgan mavzularni izlab topishni ta’minlaydigan texnologiya. |
Gipermatn preprotsessori | Veb-serverda HTML sahifalarni yaratish va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturlash tili. Bugungi kunda ko‘plab xosting kompaniyalarida qo‘llab-quvvatlanadi. |
Gipermatnli belgilash tili | veb-brauzerning dizayn matnini loyihalash imkonini beradigan, maxsus simvollar (teglar)dan tarkib topgan, veb-hujjat matnini yozish tili. HTML tili shakllarni formatlash va qayta ishlash, shriftlarni boshqarish, ma’lumotlarni grafik ko‘rinishda uzatish, gipermatnli aloqalarni tashkil etish va Java appletlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. |
Gipermatnli ishorat | Qar.: Giperishorat. |
Gipermatnni uzatish protokoli | Gipermatnni uzatish uchun foydalaniladigan protokol. Protokolning asosiy vazifasi veb-server bilan aloqa oʻrnatish va HTML sahifalarini mijozning veb-brauzeriga yetkazilishini ta’minlash hisoblanadi. Protokol ishlashi uchun IP bogʻlanish orqali Internetga ulanish talab etiladi. veb-hujjat olinadigan kompyuter manzili oldidan http:// prefiksi qoʻyiladi. |
Gipermedia | Multimedia-axborotni tashkil qilish usuli. Bunda matndan tashqari, ma’lumotlarning boshqa turlariga (video, grafika, tovush) havolalar ta’minlanadi. |
Giperoqimlilik | Pentium 4 protsessorida amalga oshirilgan yangi texnologiyaning nomi. Bu texnologiyada protsessor registlari va bloklarining ishga solinmagan imkoniyatlaridan foydalaniladi, natijada protsessor unumdorligi 30 foizgacha oshadi. |
Gipervizor | Ayni bir xost-kompyuterda bir vaqtda bir qancha yoki ko‘plab operatsion tizimlar parallel bajarilishini ta’minlaydigan yoki bajarilishiga imkon yaratadigan dasturiy yoki apparat sxema. Gipervizor, shuningdek, operatsion tizimlarning bir-biridan izolyatsiya qilinishini, muhofazasini va xavfsizligini, ishga tushirilgan turli operatsion tizimlar o‘rtasida resurslar ajratilishini va bu resurslar boshqarilishini ham ta’minlaydi. Gipervizor qandaydir ma’noda minimal operatsion tizim (mikroyadro yoki nanoyadro) hisoblanadi. |