text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
O`zbekiston Prezidenti turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 fevral kuni Anqara shahrida Turkiyaning etakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashdi. Tadbirda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), «Gebze» uyushgan sanoat zonasi, «Ziraat» banki, «Zorlu xolding», «Joshkunoz xolding», «Ekzachibashi», «Baykar», «Dunyagoz», «Kanimed saglik», «Bau global», «Xavelsan» kabi qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti bilan o`tgan muzokaralarda biznes aloqalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga kelishib olinganini ta`kidladi. - O`zbekiston kechagi O`zbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman. Buning uchun zarur huquqiy, institusional sharoitlar yaratib beriladi, - dedi Shavkat Mirziyoev. Prezidentimiz har bir xorijiy tashrif chog`ida ishbilarmonlar bilan uchrashadi. 2017 yili Turkiyaga davlat tashrifi paytida ham shunday bo`lgan edi. 2018 yili O`zbekiston va Turkiya Prezidentlari Toshkentda o`tgan biznes anjumanda qatnashdi. Bular natijasida ishbilarmon doiralar o`rtasida ishonch oshdi, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik faollashdi.   Oxirgi yillarda o`zaro savdo hajmi ikki barobardan ziyodga ortdi. Qo`shma shirkatlar soni salkam mingtaga ko`paydi. Transportda tashish ko`lamlari jadal kengayib bormoqda.  Bugungi kunda Turkiya kompaniyalari mamlakatimizda qurilish, energetika, to`qimachilik, qishloq xo`jaligi, oziq-ovqat sanoati, turizm, xizmat ko`rsatish va  boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda. Bunda qo`shma sarmoyaviy loyihalar ijrosi nazoratga olingani, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida yuqori qo`shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish rag`batlantirilayotgani muhim omil bo`lmoqda.   Masalan, 2019 yilda Turkiyaning “Calik Enerji” kompaniyasi ishtirokida Navoiy issiqlik elektr stansiyasining ikkinchi bug`-gaz qurilmasi ishga tushirildi.  Mamlakatimizda 1993 yildan buyon vakolatxonasi faoliyat ko`rsatayotgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi yurtimizdagi tibbiyot va ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qishloq xo`jaligi hamda kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga yo`naltirilgan qator loyihalar hayotga tatbiq etilishida faol qatnashib kelmoqda.   Turizm ham hamkorlikning muhim yo`nalishlaridan. Turkiyalik fuqarolar uchun O`zbekistonda vizasiz rejim joriy etilgani va yurtimizda ziyorat turizmiga qulay sharoitlar yaratilayotgani sayyohlar oqimi ko`payishiga sezilarli ta`sir ko`rsatdi. Samarqand-Istanbul yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi.  Uchrashuvda, shuningdek, kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng ko`lamda amalga oshirish, savdo, innovasiya, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm, to`qimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa tarmoqlarda qo`shma loyihalarni faol ilgari surish muhimligi ta`kidlandi.  Turkiyalik ishbilarmonlar o`tgan yili O`zbekistonga borgani, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o`zgarishlarga, odamlarda «islohotlar tafakkuri»ga guvoh bo`lganini ta`kidladi. O`zbekiston bozoriga kirish, hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanini bildirdi.  Bugungi uchrashuvda O`zbekiston bilan Turkiyaning vazirlik va kompaniyalari o`rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o`zaro mahsulot etkazib berish va xizmat ko`rsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy o`quv yurtlari tashkil etish bo`yicha aniq loyihalar muhokama qilindi. Prezidentimiz bu rejalarni ma`qullab, mutasaddilarga tez fursatlarda amaliy ishlarga o`tish, byurokratik to`siqlarsiz ularni hayotga tatbiq etish bo`yicha topshiriqlar berdi.
12Siyosat
Farg‘ona vodiysida viktimlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda «Victims [ingliz tili] – bu “jabrdiydalar, qurbonlar” degani bo‘lib, ya'ni loyihaning asosi jinoyat qurbonlari bilan bo‘ladigan so‘rovlar asosida tadqiqot o‘tkazishdir. Bu loyiha UNODC bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Buning uchun autsorcing kompaniyasi, xalqaro ekspertlar va donorlarning mablag‘lari jalb qilingan. O‘zbekiston avval bu kabi tadqiqotlar o‘tkazilmagan», – deydi Bosh prokuratura akademiyasi xodimi Nosirjon Asqarov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda. “Viktimlashtirish loyihasida butun Farg‘ona vodiysi va Toshkent olinadi hamda ushbu hudud aholi eng ko‘p aziyat chekayotgan jinoyat turlari o‘rganiladi. Shundan so‘ng bizda nima sababdan hududda bu jinoyat turlari oshayotgani yuzasidan tasavvur paydo bo‘ladi. Oshayotgan jinoyat turlarini bartaraf qilish usullari ko‘rinadi. Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kuchini umumiy profilaktikaga emas, balki muayyan nuqtalarga [ko‘proq] qaratishga imkonimiz bo‘ladi”, – deydi Nosirjon Asqarov. Ma'lum qilinishicha, umumiy loyihada respublika bo‘ylab 3 mingta respondent ishtirok etadi: “Xalqaro standartlarga ko‘ra, loyihada respublika bo‘ylab 3 mingta respondent qatnashishi belgilangan. Shundan so‘nggina ushbu tadqiqot natijasiga asoslanish mumkin bo‘ladi. Farg‘ona vodiysida har bir hududdan kamida 250 ta respondent ushbu tadqiqotda qatnashadi. Respondent jinoyatdan jabr ko‘rgan yakka shaxs ham yoki butun bir oila ham bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysida viktimlashtirish loyihasi bo‘yicha hozirgi kunda tender o‘tkazilmoqda. Tender natijasida jalb qilinadigan xalqaro autsorcing kompaniyasining o‘ziga xalqaro donorlar tomonidan 50 ming AQSh dollari ajratilgan. Bundan tashqari loyihaga ekspertlar jalb qilish va tadqiqotlar olib borish uchun ketadigan xarajatlarni ham hisoblaganda loyiha qiymati 100 ming dollardan ortib ketadi”, – deydi mutaxassis. Ushbu loyiha 2020 yilning sentyabr oyida boshlangan va kelasi yilning mart-aprel oylarida yakuniga yetadi hamda natijasi jamoatchilik va tegishli organlarga taqdim qilinadi.
8O‘zbekiston
Rejissor Sanjar Matkarimov ilk marta Ruxshona bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi (video) Xonanda Ruxshona 2021-yilning oktabr oyida turmush o‘rtog‘i, rejissor Sanjar Matkarimov bilan ajrashganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng u Sanjar Matkarimov rejissorligidagi “Bola tilidan” ko‘rsatuvi boshlovchiligidan ham ketdi. Ko‘p o‘tmay ko‘rsatuvni aktrisa Aziza Yoqubova olib bora boshladi. Bu orada Azizaning Ruxshona va Sanjar Matkarimov ajrashishiga sababchi ekani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Blogerlardan biri aslida Azizaga tegishli bo‘lmagan audioni tarqatib, Aziza Yoqubova Ruxshonaning oilasini buzgani haqida xabar tarqatdi. Aziza Yoqubova ushbu gap-so‘zlarga nuqta qo‘yish maqsadida blogerni izlab topdi va uni ommaviy tarzda kechirim so‘rashga majbur qildi. Ushbu videoda rejissor Sanjar Matkarimovning tushuntirish xati ham keltiriladi. Unda rejissorning Ruxshona bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘z boradi. “Men Matkarimov Sanjar yuqoridagi manzilda yashayman. 1994-yilda tug‘ilgan Matkarimova Ruxshona bilan 7 yil birga turmushda yashadik. Hozirda ajrashish sud jarayonidamiz. 2021-yilning 6-sentabridan birga yashamayapmiz. Sababi men sobiq xotinimning qing‘ir ishlaridan voqif bo‘ldim va u bilan qat’iy ajrashishga qaror qildim. Uni shu zahoti, ‘Bola tilidan’ ko‘rsatuvidan ham haydadim. Oradan bir oy vaqt o‘tib, ko‘rsatuvimni tiklash uchun yangi boshlovchi tanlash maqsadida kasting e’lon qildim. Izlanishlardan so‘ng tanlovim aktrisa Aziza Yoqubovaga tushdi. Yordamchim Nodir Yo‘lchiyevga aktrisaning kontaktini topishni buyurdim. Topilgach, o‘zim telefon qildim. Avvaliga Aziza rad qildi. Men vaziyatni to‘liq tushuntirganimdan keyin Aziza shaxsan Ruxshonadan ruxsat so‘radi. Biz birga ishlashga qaror qildik. Aniq kuni yodimda yo‘q. Taxminan, oktabr oxirlarida biz to‘plandik va ‘Bola tilidan’ ko‘rsatuvini tikladik”, — deyiladi tushuntirish xatida. Sanjar Matkarimov va Ruxshonaning yetti yillik turmushidan ikki — bir o‘g‘il va qiz farzandlari bor.  Ruxshona, Kamila Gimandinova va o‘zbek shou-biznesining oilasi ajrim yoqasida turgan boshqa vakillari
7Madaniyat
To‘lov shakliga qarab sotuvchilarning tovarga har xil narx belgilashi taqiqlanmoqda Oliy Majlis Senatining 21 yalpi majlisida «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqilib, ma'qullandi. Yangi qonun bilan iste'molchi tomonidan tovarlar uchun haq to‘lash naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkinligini inobatga olgan holda sotuvchiga haq to‘lash shakliga qarab tovarning ayni bir markasi (modeli, artikuli) uchun har xil narxlar belgilashi taqiqlanmoqda. Iste'molchiga sotilgan nuqsonli yoki maqbul sifatli tovarlarni qaytarib berishda o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan ayrim masalalarga ham aniqlik kiritib ketilmoqda. Xususan, agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, iste'molchi tomonidan to‘langan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq to‘lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shunday shaklda amalga oshirilishi belgilanmoqda. Tovarda nuqsonlar borligi va uning normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi tasdiqlangan taqdirda, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tekshiruv (test, ekspertiza) o‘tkazishni tashkil qilgan iste'molchi yoki iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga tovarlarni tekshirish (testdan o‘tkazish, ekspertiza qilish) bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini to‘liq qoplashi kerakligi haqidagi norma kiritilmoqda. Tovarlarni namunalar va (yoki) ularning tavsifi bo‘yicha axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilishda iste'molchilar huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish maqsadida ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi talablar alohida yangi modda sifatida kiritilmoqda.
8O‘zbekiston
Krishtianu Ronaldu Serbiyaga qarshi o‘yindagi bahsli holat haqida: “Butun millat azob chekayotganini his qilish og‘ir” Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh—2022 saralashi doirasida o‘tkazilgan Serbiyaga qarshi o‘yindagi (2:2) bahsli holatga o‘z munosabatini bildirdi. Portugaliya terma jamoasining sardori bo‘lish hayotimdagi eng katta faxr va imtiyozlardan biridir. Men har doim vatanim uchun borimni beraman va bu hech qachon o‘zgarmaydi. Ammo ba’zida og‘ir davrlar ham bo‘ladi, ayniqsa, butun bir millat azob chekayotganini his qilayotganimizda. Boshingizni ko‘taring va navbatdagi chaqiruvni qabul qiling! Olg‘a, Portugaliya. Krishtianu Ronaldu, futbolchi Serbiya — Portugaliya o‘yinining ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 3-daqiqada Ronalduning zarbasidan keyin to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi, biroq uchrashuvni boshqarib borgan hakamlar golni inobatga olmadi. Qayd etish joiz, bu o‘yinda VAR va golni aniqlash tizimidan foydalanilmadi. Portugaliya Jahon Chempionati saralashining 1-turida Ozarbayjonni mag‘lub etgandi (1:0). Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
AQSh va Xitoy sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilishga kelishib oldi Uning ta'kidlashicha, ikki tomon bojlarni bir vaqtda bekor qiladi, qo‘shimcha soliq solinishidan ozod qilinadigan tovarlar hajmi o‘zaro proporsional bo‘lishi lozim. Biroq Xitoy vakili tomonlar bojlarni qachon olishni boshlashi va qanday hajmdagi mahsulotlardan olishiga aniqlik kiritmagan.  Ushbu xabar ortida ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar bozorlarida o‘sish kuzatilmoqda.
2Dunyo
“Bosh prokuratura qonunga itoat qilmayotgan prokurorni tartibga chaqirmaydimi?”. Qashqadaryolik kelin prokuror qaynotasining o‘zboshimchaligi davom etayotganini aytmoqda (video) Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashovchi Dilnoza Rahmonova prokuror qaynotasi Xidir Karimovning o‘zboshimchaligi davom etayotganini, tuman prokurorining sud talabini bajarmasligiga mas’ullar ham jim qarab turganini aytmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qildi. Muxbir bilan suhbatlashgan Dilnozaning aytishicha, uning ikki nafar farzandi 2021-yilning 25-dekabr kuni prokuror qaynotasi tomonidan olib ketilib, haligacha qaytarib berilmagan. Qaynota sud qaroriga hurmatsizlik qilishda davom etmoqda. “Men bolalarimni tortib olishgani, sud qarori talabi qo‘pol ravishda buzilayotgani haqida aytgandim. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, mas’ullar — viloyat prokurori va respublika bosh prokurori ham voqeadan xabar topgan deb o‘ylayman. Ammo qonunni oyoqosti qilayotgan, sud qaroriga nisbatan hurmatsizlik qilgan prokuror qaynotamga hech qanday chora ko‘rilmadi. Bolalarim esa hamon mendan uzoqda”, — deydi bolalari tortib olingan ona. Dilnoza Rahmonova prokuror qaynotasining o‘zboshimchaligiga nafaqat mas’ul tashkilotlar, Bosh prokuratura ham chora ko‘rmayotganidan ajablanayotganini bildirmoqda. “Bosh prokuratura va mas’ul tashkilotlar tuman prokurorining qonunsizlikka yo‘l qo‘yayotganiga chora ko‘rishga ojizmi yoki prokuratura tizimida shunchalik tanish-bilishchilik ildiz otganmi?”, — deydi prokuror qaynotasidan jabr ko‘rayotganini ta’kidlagan kelin. Bolalari tortib olingan Dilnoza Rahmonova qonunbuzilishi oddiy fuqaro tomonidan sodir etilsa, unga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanishini, mansabdorlar, jumladan, prokuror qaynotasiga kelganda esa hamma jim qarab turganini tushunolmayotganini aytmoqda. “Hayotda oddiy fuqaro qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ysa, unga nisbatan tezda jazo muqarrarligi ta’minlanganini ko‘p ko‘rganmiz va eshitganmiz. Xo‘sh, mansabdorlarga kelganda, prokurorlarga kelganda nega bu qonunlarimiz oqsayapti? Nega aynan prokuror qilmishini fosh etish, unga chora ko‘rilishiga kelganda hamkasb sifatida hurmat qilish, ko‘zing, qoshing deya bir-birini ayash, uning aybini yopishga urinish kuzatilmoqda? Aynan Nishon tumani prokurorining aybini fosh qilish vaqti kelganda mas’ullar shunday yo‘l tutishmoqda”, — deydi prokuror tomonidan huquqi poymol bo‘layotganini aytgan fuqaro. Dilnoza Rahmonova endilikda faqat Prezidentga, Prezident administratsiyasiga murojaat qilishga majbur bo‘layotganini aytmoqda. “Men prezidentga, Prezident administratsiyasiga murojaat qilib, Nishon tumani prokurorining o‘zboshimchaligiga ko‘z yumib, uning aybini fosh qilishdan tiyilayotgan Bosh prokuraturaning xatti-harakatiga baho berishlarini, O‘zbekistonda qonun barcha uchun barobar ekanini yana bir bor ko‘rsatib berishlarini so‘ragan bo‘lardim”, — deydi Dilnoza Rahmonova. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda tuman prokurori o‘z kelinidan uning ikki bolasini olib qo‘ygani, ayolga esa bu holat ustidan sudga murojaat qilish tavsiya etilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur voqeaga munosabat bildirgan Bosh prokuratura axborot xizmati tuman prokurorining o‘zboshimchaligiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanganini, natija haqida ma’lumot berishini bildirgandi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda iqtisodiy faollik va ishbilarmonlik kayfiyati indekslari ko‘tarilmoqda 2020 yil dekabr oyida iqtisodiy faollik indeksi (IFI) 52,7ni tashkil etib, noyabr oyiga (51) nisbatan 1,7 birlikka, ishbilarmonlik kayfiyati indeksi (IKI) esa 60,1ni tashkil etib, (noyabr oyida 57,4) 2,7 birlikka oshgan. Bu haqda Markaziy bank tomonidan 2020 yil dekabr uchun e'lon qilingan Iqtisodiy faollik ko‘rsatkichi hisobotida ma'lumot berilgan. «Iqtisodiy faollik indeksining oshishi, xizmatlar hamda savdo sohalarida tarmoq iqtisodiy faollik indekslarining noyabr oyiga nisbatan mos ravishda 4,7 (51,4dan dekabr oyida 56,1gacha) va 5,3 birlikka (52,9dan 58,2gacha) oshishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, dekabr oyi uchun o‘tkazilgan so‘rov natijalari sanoat va qurilish sohalarida iqtisodiy faollik birmuncha sustlashganligini ko‘rsatmoqda. Xususan, sanoat sohasida iqtisodiy faollik indeksi 0,8 birlikka va qurilish sohasida 1 birlikka pasaygan», – deyiladi hisobotda. Shuningdek, tarmoqlar kesimida ishbilarmonlik kayfiyati indeksi qurilish sohasida birmuncha pasaygan bo‘lsa, sanoat, xizmatlar va savdo sohalarida oshgan. Bunda, dekabr oyida ishbilarmonlik kayfiyati indeksi noyabr oyiga nisbatan qurilish sohasida 1,6 birlikka pasaygan bo‘lsa, sanoat sohasida 2,3 birlikka, xizmatlar sohasida 5 birlikka, savdo sohasida 0,7 birlikka oshgan. Sanoat sohasida Iqtisodiy faollik indeksi joriy yilning dekabr oyida 49,7ni tashkil etib, noyabr oyiga (50,5) nisbatan 0,8 birlikka pasaygan. Bunda, mazkur indeks tarkibidagi ishlab chiqarish hajmi hamda ish o‘rinlari sonining o‘zgarishi bo‘yicha hisoblangan indekslar noyabr oyiga nisbatan mos ravishda 2,8 va 3,5 birlikka pasaygan bo‘lsa, mahsulotlarga buyurtmalar hamda xomashyo zaxiralari indekslari 0,6 va 2,4 birlikka oshgan. Sanoat tarmoqlari kesimida, iqtisodiy faollik indeksi oziq-ovqat sanoatida oshgan bo‘lsa, qurilish materiallari, tekstil, yog‘och, mebel, qog‘oz va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatlarida pasaygan. Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oshishi dekabr oyida ushbu tarmoq mahsulotlariga mavsumiy talabning oshishi bilan bog‘liq bo‘lsa, qurilish materiallari, tekstil, mebel va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish mavsumiy pasayishi bilan izohlanishi mumkin. Shu bilan birga, dekabr oyida ishlab chiqarish hajmlari kamayganligini qayd etgan respondentlarning 32 foizi talabning nisbatan pastligini, 24 foizi aylanma mablag‘lar tanqisligini, 14 foizi tabiiy gaz, 15 foizi elektr energiyasi va xomashyo ta'minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligini ma'lum qilgan. Shuningdek, dekabr oyi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalari sohadagi korxonalarning moliyaviy holati hamda aylanma mablag‘lar bilan ta'minlanganlik darajasi ham yaxshilanganligini ko‘rsatdi. Xususan, dekabr oyida korxonalarning moliyaviy holati hamda aylanma mablag‘lar bilan ta'minlanganlik holati indekslarining mos ravishda 0,9 va 0,8 birlikka oshishi kuzatildi. Dekabr oyida qurilish ishlari sohasidagi iqtisodiy faollik indeksi noyabr oyiga (50,4) nisbatan birmuncha pasaygan bo‘lib, 49,4ni tashkil qildi. Mazkur holat, dekabr oyida qurilish ishlari hajmining mavsumiy sekinlashishi natijasida buyurtmalar indeksining 47dan 41,7gacha kamaygani bilan izohlanishi mumkin. Xizmatlar sohasida iqtisodiy faollik indeksining oshishi transport va umumiy ovqatlanish xizmatlari sohalarida indeksning mos ravishda 13,1 va 8 birlikka oshishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, dekabr oyida xizmatlar sohasida ishbilarmonlik kayfiyati indeksi noyabr oyidagi 62,5dan 67,5gacha oshgan bo‘lib, indeks tarkibidagi xizmat ko‘rsatish hajmi indeksi 5,6 birlikka, ish o‘rinlari soni indeksi 3,8 birlikka va xizmatlarga talab indeksi 5,9 birlikka oshganligi kuzatildi. Joriy yilning dekabr oyida savdo sohasida iqtisodiy faollik indeksining 52,9dan 58,2gacha yoki 5,3 birlikka oshishi kuzatildi. Bunda, mahsulotlar sotuv hajmi indeksi 7,5 birlikka (54,7dan 62,2gacha) ish o‘rinlari soni indeksi 3,1 birlikka (51,2dan 54,3gacha) yaxshilangan bo‘lib, mazkur holat dekabr oyida savdo sohasining mavsumiy jadallashishi bilan izohlanadi. Ko‘rsatkichni aniqlash uchun so‘rov Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OECD) real sektor korxonalari bilan so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha metodologik tavsiyalariga asosan iqtisodiyotning sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish ishlari hamda savdo sohasi korxonalari bilan o‘tkazilgan. 2020 yilning dekabr oyi uchun o‘tkazilgan so‘rovda respublikaning barcha hududlaridan 696ta korxona va tashkilotlar ishtirok etgan bo‘lib, ularning 359tasi (51,6 foizi) sanoat sohasida, 177tasi (25,4 foizi) xizmatlar sohasida, 82tasi (11,8 foizi) savdo sohasida hamda 78tasi (11,2 foizi) qurilish ishlari sohasida faoliyat yuritadi.
8O‘zbekiston
Krishtianu Ronaldu “Spartak Moskva” futbolchisining o‘g‘liga dastxati tushirilgan suratini yo‘lladi Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubdoshi, rossiyalik Denis Cherishov orqali Moskvaning “Spartak” jamoasi yarim himoyachisi Roman Shirokovning o‘g‘li uchun dastxati qo‘yilgan o‘z suratini yo‘lladi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda. Skrinshot: “Sports.ru” Shirokov Instagram ijtimoiy tarmog‘iga o‘g‘lining suratini yuklab: “Krishtianu yo‘llagan sovg‘a bilan. Denis Cherishevga katta rahmat!”, — deya tagso‘z qoldirdi.
13Sport
Shanxayda ombordagi baxtsiz voqea oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi Shanxaydagi omborlardan birida metall panellar tushib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Shanghai Daily. Ta'kidlanishicha, voqea Shanghai Zhongxin Stainless Steel kompaniyasi omborida yuz bergan. Ushbu holat yuzasidan politsiya ombor egasini so‘roq qilgan.  Ombor xodimlaridan biri voqea vaqtida ushbu joyda 8 kishi bo‘lganini aytgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bir metall panelning og‘irligi 50 kg gacha yetishi mumkin. Odamlar ustiga tushib ketgan konstruksiyaning og‘irligi esa 4-5 tonna bo‘lishi mumkin.
5Jamiyat
“Tolibon” Kobuldagi avtobusga hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi “Tolibon” harakati 30-iyun, payshanba kuni Afg‘oniston poytaxtida askarlikka endi chaqirilganlarni olib ketayotgan armiya avtobusiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “RIA novosti” xabar bermoqda. Afg‘oniston rasmiylari terakt oqibatida 27 kishi halok bo‘lgani, 40 ga yaqin kishi yaralanganini tasdiqladi. Xudkush terrorchi Kobul — Qandahor yo‘lida askarlikka chaqirilganlarni olib ketayotgan avtobus yaqinida o‘zini portlatib yuborgani aytilmoqda.
2Dunyo
Hid bilish nega yo`qoladi? Hid bilish qobiliyatining pasayib borishi yoki butkul yo`qolishining bir qancha sabablari bor.  Ulardan eng ko`p uchraydigani o`tkir yoki surunkali  tumov kasalligidir.   Gripp, allergik kasalliklar, virusli infeksiyalar xam bu holatni keltirib chiqarishi mumkin. Aksariyat holatlarda bu qo`rqinchli hisoblanmaydi. Kasallik to`liq davo kurslaridan so`ng, sekin-astalik bilan o`tib ketadi.   Ayrim kasalliklar (nerv sistemasi kasalliklari, qandli diabet)da bu holat to`g`ridan-to`g`ri yuzaga kelishi ham mumkin. Bunday paytlarda ayrim bemorlar shifokor maslahatisiz tomir toraytiruvchi tomchilardan ham foydalanishadi. Ulardan uzoq vaqt davomida ko`p miqdorda foydalanib bo`lmaydi.
11Salomatlik
Senat valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi yangi qonunni ma’qulladi Senatorlar 11 oktyabr juma kuni 23-yalpi majlis chogʻida “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni koʻrib chiqdilar. Hujjat valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Asosiy prinsiplar - valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi, mazkur sohada davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy chora-tadbirlarning ustuvorligi, rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga хilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi. Markaziy bank valyutani tartibga soluvchi davlat organi etib belgilandi. Parlament a’zolarining ta’kidlashicha, qonunning qabul qilinishi rezidentlar va norezidentlarning oʻz valyuta mablagʻlarini erkin tasarrruf etish boʻyicha huquqlarini toʻliq amalga oshirishga, amaliyotda uchraydigan valyuta operatsiyalarini oʻtkazishning imkon qadar barcha jihatlarini ta’riflashga, shuningdek mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda kapital harakatlanishi bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish imkonini beradigan qonunchilik bazasini tashkil etishga хizmat qiladi.
10Qonunchilik
Andijonda xonadonlarning birida gaz portlashi oqibatida bir ayol va 2 nafar voyaga yetmagan shaxs jabrlangan Andijon shahridagi ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida gaz portlashi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa natijasida 3 kishi jabrlangan. Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 12-mart kuni soat 17:22 larda Andijon shahar, “1-son” MFY, 2-kichik daha, Furqat ko‘chasi, 24-uy, 9-xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda xonadonda bo‘lgan ayol va voyaga yetmagan qiz tana kuyishi hamda qo‘shni xonadonda yashovchi voyaga yetmagan bola chaqnash to‘lqinidan yiqilib, ko‘krak qismidan tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlarning olgan tan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.Mutaxassislar tomonidan chaqnash sabablari, shuningdek keltirilgan zararlarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda. Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Bundan avval Buxoro shahridagi qurilishi yakunlanmagan ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda 8 oy davomida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum qilindi O‘zbekistonda 2020-yilning 8 oyida bo‘yicha 525 280 ta tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 912 taga ko‘p, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi. Qayd etilishicha, 2020-yilning avgust oyida respublika bo‘yicha 83 925 ta tug‘ilish holatlari qayd etilib, respublika bo‘yicha eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida (9 585ta) kuzatildi. O‘tgan 8 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan tirik tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand – 63 573 ta, Farg‘ona – 58 774 ta, Qashqadaryo – 55 774 ta va 50 601 ta bilan Andijon viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan. Ma’lumot o‘rnida, 1897-yilda O‘zbekiston hududida aholi soni 3,9 million kishini tashkil etgan bo‘lib, bu hozirgi Samarqand viloyati aholisi (3,9 million kishi) soniga teng degani. Avvalroq qo‘mita O‘zbekistonda pandemiya davrida ajrimlar soni kamaygani haqida xabar bergandi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston The Times versiyasi bo‘yicha dunyoning eng go‘zal maskanlari qatoridan o‘rin oldi Britaniyaning The Times jurnali sayohat qilish mumkin bo‘lgan dunyoning 29 ta maskani reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston mazkur reytingda beshinchi pog‘onani egallagan, deb xabar beradi “Afisha.uz”. Jurnal versiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonning o‘ziga xosligi “Buyuk ipak yo‘li davridan beri saqlanib qolgan jahon darajasidagi me’morchiligi” hisoblanadi. Toshkent boy muzeylari va sovet davriga oid binolari bilan alohida qayd etilgan. Samarqand — “ko‘k plitalar bilan qoplangan va dunyoning qadimiy mo‘jizasi” bo‘lgan Registon ansambli bilan e’tirof etilgan. Shundan so‘ng Buxoroga ta’rif berilgan bo‘lib, u “uning cho‘l rangiga mos keladigan kalamin rangli xira ko‘chalari” haqida so‘z boradi, “1,5 ming yillik tarixga ega Xiva arxitekturasi shu qadar yaxshi saqlanganki, blokbaster uchun osonlikcha fonga aylanishi mumkin”. Avvalroq Markaziy Osiyo davlatlari AQSh fuqarolari uchun sayohat qilish tavsiya etilmagan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Ro‘yxatda, xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy, Singapur, Eron, Braziliya, Argentina, Mozambik, Chad, Kosovo, Keniya va Tanzaniya kabi davlatlar bor.  Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston fuqarolari uchun turistik yig‘im miqdorini tasdiqladi. U mehmonxonada o‘tkazilgan har bir kun uchun to‘lanadi
8O‘zbekiston
Haj narxi nega qimmatlashganiga izoh berildi. Unga ko`ra... Avvalroq Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmatining xabariga ko`ra, "Haj-2022" mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to`lov miqdori 62 million 900 ming so`m etib belgilanganligi haqida ma`lum qilgan edik. Ushbu xabar ko`pgina ijtimoiy tarmoqlarda ham keng tarqalib, aholining e`tirozlariga va ko`plab savollariga sabab bo`ldi. Ko`plab muhokamalarga sabab bo`layotgan narx yuzasidan O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati quyidagicha izoh berdi: Birinchidan, “Haj-2022” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to`lov miqdori 62 million 900 ming so`m so`m etib belgilangani va ushbu to`lovga nimalar kirishi haqida to`xtalib o`tsak. Avvalo, Saudiya hukumati tomonidan Haj safari narxiga ta`sir qiluvchi qo`shimcha soliq va majburiy to`lovlar joriy qilinganini, shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to`lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshganini aytib o`tish lozim. Qolaversa, Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022 yilda yangi majburiy to`lovlar joriy etilgan.  Shu bois dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi o`rtacha 40-45 foizga ko`tarilgan. O`rganishlar natijasida ayrim davlatlarda haj safari uchun “Iqtisodiy”, “Lyuks” va “VIP” paketlarda xizmat ko`rsatilmoqda. Eng e`tiborli jihati – O`zbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida ziyoratchilarimiz uchun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat ko`rsatishga erishdi va to`lov uchun o`rta narxni belgiladi. Eslatib o`tamiz, ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming AQSh dollarigacha etib belgilangan. Ikkinchidan, yurtdoshlarimiz joriy mavsumda birinchi marta Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonalarida istiqomat qiladilar. Aslida, mazkur mehmonxonalar lyuks darajasida xizmat ko`rsatadigan mehmonxonalar sirasiga kiradi. Makka shahrida esa “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida yashaydilar. Ushbu mehmonxonalar yuqori sig`imli ekani, muqaddas qadamjolarga yaqinligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, Makka shahridagi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi barcha hojilarimizni bir vaqtda joylashtirish imkoniyatiga ega. Uchinchidan, yurtimiz ziyoratchilarining safar davomiyligi ayrim qo`shni davlatlar ziyoratchilari singari 14-17-20 kun emas, balki 26 kunni tashkil etadi. Bu ham, tabiiy ravishda, narxlarga o`z ta`sirini ko`rsatadi. To`rtinchidan, yana bir muhim jihat – joriy Haj mavsumida Saudiya hukumatining qaroriga asosan, barcha to`lovlar shirkatlar orqali emas, balki Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligining “Haj elektron portali” orqali belgilangan tartibda amalga oshirildi. Ushbu portalda har bir davlat uchun alohida hisob raqami mavjud bo`lib, barcha xizmatlar: mehmonxona, transport, mashoir va hokazolar uchun shu erning o`zida inson omilisiz shaffof holda amalga oshiriladi. Beshinchidan, joriy mavsumda mashoir (Mino, Arafot, Muzdalifa) xizmatlari ham sezilarli darajada ko`tarildi. Shunday bo`lsa-da, iqtisodiy paket olindi va oldinlari taqdim etilmagan xizmatlar ko`rsatishga erishildi. Jumladan, avvallari ziyoratchilar Mino vodiysida gilamda yotgan bo`lsalar, bu yil har bir hoji uchun maxsus yoyma to`shaklar (matraslar) ajratiladi. Shuningdek, boshqa davlatlarda 3 mahal issiq ovqat berilmasa-da, yurtimiz ziyoratchilari uchun Mino va Arafotda ham 3 mahal issiq ovqatlar tortiq etiladi. Qolaversa, 24 soat davomida bepul tibbiy xizmat ko`rsatiladi. Oltinchidan, Haj uchun to`langan mablag` ichiga quyidagilar kiradi: Yuqoridagilardan ham anglagan bo`lsangiz, bu yil ziyoratchilarimizga yuqori darajada xizmat ko`rsatish rejalashtirilgan. Buning uchun barcha kuch va imkoniyat safarbar etilgan, deyiladi xabarda.
5Jamiyat
Qashqadaryo viloyati hokimiga, Samarqand viloyati hokimiga, Toshkent viloyati hokimiga hamda Toshkent shahar hokimiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Toshkent shahar va viloyatlar hududidagi sudlarni binolar bilan ta’m “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Qashqadaryo viloyati hokimiga, Samarqand viloyati hokimiga, Toshkent viloyati hokimiga hamda Toshkent shahar hokimiga “Toshkent shahar va viloyatlar hududidagi sudlarni binolar bilan ta’minlashning holati va istiqbollari to‘g‘risida” yuborilgan parlament so‘rovlariga yozma javob ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4966-sonli Farmonining 15-bandida belgilangan vazifalarning bajarilishini doimiy nazoratga olsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Janubiy koreyalik ayollar orasida urfga kirgan nafis dizayndagi manikyurlar (foto) Koreyada ba’zi neyl-trendlar bir necha yillar davomida urfdan qolmaydi, qolganlari esa qisqa vaqt ichida o‘z o‘rnini yangilariga bo‘shatib beradi. Janubiy Koreyaning moda ixlosmandlari orasida qanday dizayndagi manikyurlar mashhurligini e’tiboringizga havola etamiz.
3Foto
Lukashenko ogohlantirish bilan chiqdi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko jahonda saqlanib qolayotgan xavotirli va oldindan taxmin qilish qiyin bo‘lgan vaziyat fonida mamlakat chegaralari yaqinida kuchlar to‘qnashuvi yuz berishi mumkin ekanidan ogohlantirdi.  «Bugun dunyoda hamon xavotirli va oldindan taxmin qilish mushkul bo‘lgan vaziyat saqlanmoqda, kurash deyarli barcha qit'alarda yuz beryapti. Kuchlar to‘qnashuvi keskinlashmoqda, jumladan, Belarus chegaralari yaqinida ham», - dedi Lukashenko. Uning ta'kidlashicha, jahondagi tashvishli vaziyat, shuningdek, terrorchilik tahdidlari «chegaraoldi organlari jangovar tayyorgarligining yuqori darajasini muntazam ushlab turishga» majbur qilmoqda. «Bugun belaruslik chegarachilar nafaqat o‘z davlati milliy manfaatlari yo‘lida, balki mintaqaviy, shuningdek, xalqaro xavfsizlikni himoya qilish maqsadida shay holatda turgani muhim narsa», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u. Bundan tashqari, uning ko‘rsatishicha, Belarus «transchegaraviy jinoyatchilik haqida ogohlantirish va uni bartaraf etishda ko‘plab davlatlarning ishonchli hamkori sanaladi». Qayd etilishicha, mamlakat harbiy xizmatchilari Yevroittifoq davlatlariga noqonuniy migrantlar oqimini pasaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko «sovuq urush» qaytganini ma'lum qilgandi.
2Dunyo
23 aprel kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo kuzatiladi Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 23 aprel kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-15, kunduzi 28-30 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja iliq bo‘ladi.  Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 27-32 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
8O‘zbekiston
Inoyatov Rustam Rasulevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi 31.01.2018 2018 yil 31 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5317-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 24 bandiga muvofiq Rustam Rasulevich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi lavozimidan ozod etildi.
12Siyosat
O‘zbekistonda 6 soat ichida 127 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 6662 nafarga yetdi O‘zbekistonda 23-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 127 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 6662 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. Yangi kasallanish holatlarining Avval  23-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 35 ta yangi kasallanish holati qayd etilib, koronavirus infeskiyasi chalingan bemorlarning umumiy soni 6535 nafarga yetgani xabar qilingan. Shu tariqa 23-iyun kun davomida 201 nafar kishida koronavirus aniqlangan.  O‘zbekiston aholisida koronavirusga qarshi antitanani aniqlash bo‘yicha test o‘tkaziladi 23-iyun kun davomida 110 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4560 nafarni (68 foiz) tashkil etgan. Hozirda shifoxonalarda 2083 nafar bemor davolanmoqda. Shu kungacha 19 nafar bemor COVID-19 asoratlaridan vafot etgan.  O‘zbekistonda kunlarning isishi koronavirusning yo‘q bo‘lishiga qanday ta’sir etishi ma’lum qilindi
8O‘zbekiston
Temur Kapadze: Singapur hujum chizig‘ida tezkor futbolchilar bor JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichi 4-turi doirasida kechadigan Singapur — O‘zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi Temur Kapadze va darvozabon Abdumavlon Abdujalilov ishtirok etdi. — Oldingi murabbiy ketgach jamoa o‘yinida nimalar o‘zgardi? — Singapur davlatiga mehmondo‘stlik uchun rahmat aytamiz. Savolga keladigan bo‘lsak futbolchilar hujumkor o‘ynashni istagandi, murabbiy o‘zgarganidan keyin ancha hujumkor taktikada o‘ynay boshladik. Biz ayni paytda o‘zbekistonlik muxlislar va mutaxassislar xohlagan o‘yinni namoyish etayapmiz. — Singapur terma jamoasi haqida nima deya olasiz? — Biz barcha raqibni hurmat qilamiz. Singapur ham shular qatorida. Bo‘lajak raqibimiz so‘nggi paytlarda yaxshi natijalar qayd etmoqda. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga ya’ni hujumkor tarzda o‘ynashga intilamiz. Singapur safida hujumda tezkor futbolchilar bor, bundan tashqari aqlli murabbiyga ega. — Ertaga O‘zbekiston butun o‘yin davomida tashabbusga egalik qilib, hujumda o‘ynaydimi? — Zamonaviy futbolda butun o‘yin davomida hujumda o‘ynab bo‘lmaydi, ammo imkon qadar ko‘proq hujumda harakat qilishga intilamiz, — deydi Kapadze. — Avvalgi murabbiy va hozirgi murabbiy o‘yin uslubida qanday farq bor? — Biz ancha erkin o‘ynashni boshladik. Kuper vaqtida men terma jamoaga chaqirilmaganman. Abramov bilan “Bunyodkor”da ham birga ishlayman. Uni yaxshi bilaman va ko‘proq urg‘uni hujumga qaratishni boshladik, — deydi Abdujalilov. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
HTC 1500 xodimini ishdan bo‘shatmoqchi HTC smartfonlar ishlab chiqaruvchisi sentabr oyi oxiriga borib Tayvandagi 1500 xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniyada 6 450 kishi ishlaydi. Kompaniya ishchi o‘rinlarini qisqartirish orqali sotuvlar pasayishi fonida xarajatlarni optimallashtirmoqchi.  Ta'kidlash joizki, aprel oyida sotuvlar yillik miqdorda - 55,5 foizga, martda esa 46,7 foizga  tushib ketgandi.  Bundan avval HTC yirik smartfonlar ishlab chiqaruvchilari orasida birinchi bo‘lib o‘z qurilmalarida keng tarqalgan reyestrlar tizimi (blokcheyn)ni joriy qilgandi. Yangi qurilma Exodus nomini oldi, u joriy yilning oxirida sotuvga chiqishi kerak. Bu lineykadagi har bir smartfon mobil hamyon bo‘lib, unda kriptovalyutalarni saqlash mumkin.
2Dunyo
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-apreldagi 120-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 17-son, 215-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) va O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-apreldagi 120-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 17-son, 215-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududidagi alohida bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasiga (bundan keyingi o‘rinlarda “Navoiy” EIIZ deb yuritiladi) joylashtirilayotgan va undan chiqarilayotgan tovarlarga bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan keyingi o‘rinlarda BYuD deb yuritiladi) to‘ldirish tartibini belgilaydi. 1. “Navoiy” EIIZga joylashtirilayotgan va undan chiqarilayotgan tovarlarga BYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (bundan buyon matnda Yo‘riqnoma deb yuritiladi) asosida to‘ldiriladi. 2. Tovarlarni “Navoiy” EIIZga olib kirish va undan olib chiqish vaqtida bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organlariga O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilganlardan qo‘shimcha ravishda mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi. 3. Ilgari vaqtincha saqlash, erkin ombor va bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar to‘g‘ridan to‘g‘ri erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida ilgari vaqtincha olib kirish va qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilgan chet el tovarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga ilgari vaqtincha olib chiqish va qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar belgilangan tartibda boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan so‘ng, erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi mumkin. 4. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “V” va “S”. 5. Ushbu Qoidaning 4-bandida ko‘rsatib o‘tilgan BYuD grafalari (1, 17, 17a, 43, 44-grafalardan tashqari), Yo‘riqnomaning 4-bobiga muvofiq to‘ldiriladi. 6. BYuDning 1, 17, 17a, 43, 44-grafalari quyidagicha to‘ldiriladi: 1-grafa. “Deklaratsiya turi”: grafaning birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi — “EK”; grafaning ikkinchi bo‘lmasida bojxona rejimi kodi erkin bojxona zona “71” ko‘rsatiladi; grafaning uchinchi bo‘lmasida tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda “ED” yozuvi ko‘rsatiladi, qog‘oz shaklda deklaratsiyalanganda ushbu bo‘lma to‘ldirilmaydi. 17-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat”: grafada “O‘zbekiston” ko‘rsatiladi. 17a-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat kodi”: grafada Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining kodi ko‘rsatiladi. 43-grafa. Mazkur grafada quyidagilar ko‘rsatiladi: “1” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining o‘z ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa; “0” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining o‘z ehtiyojlari uchun mo‘ljallanmagan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa. 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”: Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi ko‘rsatiladi. 7. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “V” va “S”. 8. Ushbu Qoidaning 7-bandida ko‘rsatib o‘tilgan grafalar (1, 43 va 44-grafalardan tashqari) Yo‘riqnomaning 5-bobiga muvofiq to‘ldiriladi. 9. BYuDning 1, 43 va 44-grafalari quyidagicha to‘ldiriladi: 1-grafa. “Deklaratsiya turi”: grafaning birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi — “IM”; grafaning ikkinchi bo‘lmasida bojxona rejimi kodi erkin bojxona zona “71” ko‘rsatiladi; grafaning uchinchi bo‘lmasida tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda “ED” yozuvi ko‘rsatiladi, qog‘oz shaklda deklaratsiyalanganda ushbu bo‘lma to‘ldirilmaydi. 43-grafa. Mazkur grafada quyidagilar ko‘rsatiladi: “1” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining o‘z ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa; “0” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining o‘z ehtiyojlari uchun mo‘ljallanmagan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa. 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”: Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi ko‘rsatiladi. 10. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “V” va “S”. Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatib o‘tilgan grafalar (37 va 44-grafalardan tashqari) Yo‘riqnomaning 4 va 6-boblariga muvofiq to‘ldiriladi. “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishda BYuDning 37 va 44-grafalari quyidagicha to‘ldiriladi: 37 — grafa “Protsedura”: a) “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan chet el tovarlarini o‘zgartirilmagan holatda reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “11 71 074”; b) “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi tovarlarini o‘zgartirilmagan holatda eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “10 71 174”; v) “Navoiy” EIIZda ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “10 71 274” ko‘rsatiladi. 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”: Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi ko‘rsatiladi. 11. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “V” va “S”. Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatib o‘tilgan grafalar (15, 15a, 37 va 44-grafalardan tashqari) Yo‘riqnomaning tegishli boblariga muvofiq to‘ldiriladi. “Navoiy” EIIZdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarni rasmiylashtirishda BYuDning 15, 15a, 37 va 44-grafalari quyidagicha to‘ldiriladi: 15-grafa. “O‘zbekiston” ko‘rsatiladi; 15a-grafa. Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining kodi ko‘rsatiladi. 37-grafa. “Protsedura”: a) “Navoiy” EIIZga olib kirilgan chet el tovarlarini o‘zgartirilmagan holatda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun rasmiylashtirishda “** 71 075”; b) “Navoiy” EIIZga olib kirilgan O‘zbekiston Respublikasi tovarlarini o‘zgartirilmagan holatda reimport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “41 71 175”; v) “Navoiy” EIIZda ishlab chiqarilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun rasmiylashtirishda “** 71 275” ko‘rsatiladi. 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”: Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi ko‘rsatiladi. 1. “Navoiy” EIIZ qatnashchisining mazkur Ro‘yxatga keltirilgan ilovaga muvofiq arizasi; 2. “Navoiy” EIIZda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; 3. Ishlab chiqarish uchun “Navoiy” EIIZ hududiga olib kirilishi mo‘ljallanayotgan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tovarning nomi, miqdori, O‘zbekiston Respublikasi TIF TN bo‘yicha kodi, qiymati, kelib chiqish mamlakati); 4. Ishlab chiqarish uchun tovarlar (xorijiy tovarlar va O‘zbekiston tovarlari) hamda mahsulotlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va bunday operatsiyalarni amalga oshirish natijasida olinadigan mahsulotni ishlab chiqarishdagi ularning sarflash normalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 5. O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga, “Navoiy” EIIZning boshqa qatnashchisiga yoki “Navoiy” EIIZ qatnashchisi hisoblanmaydigan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun berish (begonalashtirish) mo‘ljallanayotgan mahsulot to‘g‘risidagi (tovarning nomi, miqdori, O‘zbekiston Respublikasi TIF TN bo‘yicha kodi, xorijiy tovarlar va O‘zbekiston tovarlarining mahsulot birligidagi tarkibi, mahsulot birligining qiymati) ma’lumot. 1. Tovarlarga aloqador “Navoiy” EIIZ qatnashchisining nomi va manzili. 2. Shartnoma raqami va sanasi. 3. Yuk kuzatuv hujjatlari raqami va sanasi (invoys, schyot-faktura, SMR, Karnet TIR, temir yo‘l yuk xati, avianakladnoy) 4. Taqdim etilgan hujjatlar asosida tovarlar tasnifi: a) tovarning savdo va/yoki texnik tafsiloti; b) TIF TN bo‘yicha kod raqami (tovarning 10 belgili kodi ko‘rsatiladi); v) tovarning o‘lchov birligidagi miqdori (kg, litr, metr, dona va h. k.); g) tovarning shartnoma bo‘yicha qiymati. 5. “Navoiy” EIIZda tovarlardan foydalanadigan shaxsning nomi va manzili (agar tovarlar foydalanish uchun berishga (begonalashtirish) mo‘ljallanayotgan bo‘lsa). 6. “Navoiy” EIIZda tovarlardan foydalanish uchun “Navoiy” EIIZ boshqa qatnashchisiga beriladigan (begonalashtirish) taqdirda 15 kun oldin bojxona organiga xabar berish bo‘yicha ma’lumot. Sana, imzo, muhr
10Qonunchilik
GTL zavodi mintaqada neftgaz-kimyo sanoati sohasidagi eng yirik korxona hisoblanadi – Shavkat Mirziyoyev “Zavodda yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar, jumladan, bir yilda 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi. Ushbu mahsulotlar hisobiga, yiliga 500 million dollarlik import o‘rni qoplanadi, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanadi. Alohida ta’kidlash kerak, biz 300 million dollarlik gazni qayta ishlab, uni qiymati 3 barobar yuqori va dunyo bozorida talab katta bo‘lgan tayyor mahsulotlarga aylantiramiz.  Buning uchun to‘la asosimiz bor. Chunki bu yerda ishlab chiqarilgan aviakerosin boshqa zavodlar mahsulotiga nisbatan juda toza va sifatli bo‘lib, eng zamonaviy samolyotlarga mo‘ljallangani uchun, unga hamisha talab yuqori hisoblanadi” deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. Qayd etilishicha, innovatsion texnologiyalar asosida barpo etilgan zavod o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydi, ya’ni texnologik jarayonlarda hosil bo‘ladigan bug‘ hisobidan, yiliga 650 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.  Zavodda ishlab chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan va texnologiyalarni boshqarish, monitoring va xavfsizlikni ta’minlash kabi muhim jarayonlarga inson omili ta’siri juda kam darajada ekanligi qayd etildi.
8O‘zbekiston
Tijorat banklari rublning so‘mga nisbatan kursini mustaqil belgilamoqda - Markaziy bank Markaziy bank muhokamalarga sabab bo‘layotgan tijorat banklari tomonidan rublni ayirboshlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi. Regulyatorga ko‘ra, rublning so‘mga nisbatan sotish va sotib olish kursi tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda joriy xalqaro kotirovkalarga asosan belgilanib, kun davomida zaruriyatga ko‘ra o‘zgartirib borilishi mumkin. «Odatda, xalqaro amaliyotda ham mahalliy valuta birjasida sotuvda bo‘lmagan ayrim davlatlarning valutalari bo‘yicha hisob va ayirboshlashdagi kurs ushbu davlatlarning Markaziy banklari yoki xalqaro platformalarda e’lon qilayotgan joriy kotirovkalar asosida belgilanadi. Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda shubhali spekulyativ transchegaraviy sxemalar yordamida rublni ayirboshlash (shu jumladan, “qora bozor”da) orqali 30 foizgacha daromad olish mumkinligi bildirilmoqda. Yuqoridagi fikrlar mantiqan gepotetik shakllarda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, amalda O‘zbekistondagi ichki valuta bozoridagi real holat buni inkor etmoqda. Xususan, oxirgi paytda tijorat banklari tomonidan aholiga rubl sotuvi ulardan xarid qilingan miqdorlardan qariyb 10 barobar ko‘p. Bundan tashqari, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valutani (naqd va naqdsiz shaklda) olib kirish va olib chiqish bo‘yicha maxsus tartib o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu tartib ichki valuta bozoriga keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan miqdorlarda pul oqimlarining vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Markaziy bank mavjud vaziyatni doimiy onlayn ravishda kuzatib bormoqda va zarur hollarda aholi manfaatlarini hamda milliy valuta va bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishini ta’minlaydi», – deyiladi bayonotda. Avvalroq, Markaziy bank tijorat banklariga rubl ayirboshlashni to‘xtatib qo‘ymaslik, sotib olish va sotish kursi o‘rtasidagi farqni «maqbul darajada» saqlab turishni «tavsiya etgandi». Iqtisodchilar esa bu qarorni «rubldagi barcha risklarni so‘mga yuklash» deb ta’riflab, O‘zbekistonga «vagonlarda rubl kirib, vagonlab dollar chiqib ketishi»dan ogohlantirgandi.
8O‘zbekiston
«Barselona» prezidenti «Real»ga qo‘llanilgan yumshoqlikdan nolidi «Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu Sport arbitraj sudining (CAS) «Real»ga FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiqni yumshatilishi haqidagi qaror chiqarganidan hayratda ekanini yashirmadi. 2014 yili FIFA «Barselona»ga ham xuddi shunday jazoni qo‘llagan, ammo CAS uni o‘z kuchida qoldirgandi. «Barselona» va «Real»ning advokatlari bir xil edi, ammo negadir faqat madridliklarning jazosi yumshatildi. Shu bois men bu holat bo‘yicha tushuntirish talab qilaman. «Real» va «Atletiko» klublari ishi bo‘yicha batafsil ma'lumotga ega emasman, biroq, huquqshunoslarimiz bilan maslahatlashsam bu borada ham muammo bo‘lmaydi, axir bu ishlar bir-biriga o‘xshash.  Bu yuridik noaniqlikni tugatish kerak. Agentlar va barcha futbolchilar bir vaqtning o‘zida shuncha xatoga yo‘l qo‘yishiga shubham bor. Futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qoidalar yaxshi yozilmagan, natijada futbolchilar jabrlanmoqda. Reglamenti har xil natija beradigan qoidalardan foydalanish shunday oqibatlarga olib kelmoqda» - deya Bartomeuning so‘zlarini keltiradi Marca.
13Sport
DXX 2,1 mln AQSH dollarining O‘zbekistondan olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi DXX Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xo‘jaobod tumani «Munduz» MFY hududida «Andijon-Qorasuv» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan R.A. boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli avtomobil to‘xtatildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Mazkur mashina ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasiga yashirib qo‘yilgan 1 dona 30 litr hajmli yelim idishda va 2 dona sellofan paketda joylangan jami 2 116 501 (ikki million bir yuz o‘n olti ming besh yuz bir) AQSH dollari miqdoridagi xorijiy valyuta borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahridan berib yuborilgan ushbu pullarni Qorasuv shahrida yashovchi R.A. Shahrixon tumanida kutib olgan. Mazkur katta miqdordagi xorijiy valyuta bojxona nazoratini chetlab o‘tib, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga chiqarilishi kerak bo‘lgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu ishga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
5Jamiyat
Halol taksichi unutib qoldirilgan 25 ming dollarlik uzukni qaytarib berdi Taksi haydovchisi Avstraliyaning Pert shahrida 25 ming Avstraliya dollari qiymatidagi nikoh uzugini topishda yordam berdi. Bu haqda SBS xabar qilmoqda. Taksini hindistonlik talaba, Avstraliyani almashinuv dasturi bo‘yicha kelgan hamda bo‘sh vaqtida taksi haydab pul ishlab topgan Singx Dillon (Singh Dhillon) boshqargan. U Tomas Karltonni (Thomas Carlton) manziliga olib borib qo‘ygan, biroq erkak shoshgani tufayli mashinada o‘z uzugini unutib qoldirdi. Karlton uzugi yo‘qolganini keyinroq payqadi va u qayerda g‘oyib bo‘lganini o‘ylab boshi qotgan. U bir necha joyni tekshirib ko‘rdi, ammo uzuk topilmagan. «Bu falokat bo‘lishi mumkin, chunki sug‘urta aynan bir kun oldin tugagandi», - deydi erkak. Barcha g‘oyalardan mahrum bo‘lib, u taksoparkka qo‘ng‘iroq qilgan. Uning iltimosiga ko‘ra, dispetcher maxsus xabar tarqatdi va uni Dillon ko‘rib qolgan. Haydovchi mashinani tekshirib, yo‘qolgan uzukni topdi va egasiga olib borib berdi. Karlton bundan xursand bo‘lib, pul taklif qildi, Dillon mukofotni rad etganida esa, cho‘ntagiga 50 dollar solib qo‘ydi. Taksi haydovchisining tushuntirishicha, u faqat o‘z ishini qilgan. «Meni narx qiziqtirmaydi, chunki menga tegishli bo‘lmagan narsalarni qaytarish mening burchim», - deydi u.
5Jamiyat
Paxtachi hokimi ishdan olindi, uning o‘rniga Muzaffar Hamdamov tayinlandi Bugun xalq deputatlari Paxtachi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Zarnews.uz sayti xabar berdi. Vohid Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra, Paxtachi tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Shu vaqtgacha Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Hamdamov Muzaffar Yazdanqulovich Paxtachi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.
12Siyosat
Wenger out! Uning o‘rniga nomzod tayyor «Bavariya»ning sobiq ustozi Karlo Anchelotti Londonning «Arsenal» klubini boshqaradi. London klubi rahbariyati Arsen Venger bilan shartnomani uzaytirmaslikka va uning o‘rniga yozda italiyalik mutaxassisni taklif etishga qaror qilgan. Corriere dello Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, Karlo Anchelotti bu taklifga rozilik bergan. APLda ishlash tajribasiga ega (u o‘z vaqtida «Chelsi»da ishlagan) bu 58 yoshli murabbiy 4 yillik shartnoma tuzadi va unga yiliga 10 mln yevro miqdorida maosh to‘lanadi. Joriy mavsumda «Arsenal» kutilganidek ishtirok eta olmayapti va ayni vaqtda turnir jadvalida oltinchi o‘rinda ketmoqda. Jamoa Angliya Kubogini tark etgan, Yevropa Ligasida guruh bosqichidan chiqqan. Hozircha Vengerning kelajagi borasida aniq bir qarorga kelingani yo‘q. Biroq «Emireyts»da fransuz mutaxassisi bu safar shartnomasi tugaguniga qadar jamoada qolmasligiga ishonch ortib bormoqda. Qayd etib o‘tish kerak, «Arsenal» oldindan Vengersiz kelajakka tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Joriy mavsum boshida klub  sport direktori lavozimini joriy qildi. Shuningdek Vengerning chegara bilmas vakolatlarini cheklash maqsadida klub rahbariyatida Svena Mislintata va Raul Sanllexi ish boshladi. Ilgari Venger jamoada ko‘p jihatlarga javob bersaYu hozirga kelib uning vakolatlari faqat murabbiylikka qadar qisqargan. Anchelottidan tashqari klub bosh murabbiylik uchun, «Manchester Siti»da Gvardiolaga yordamchilik qilayotgan, sobiq jamoa sardori Mikel Arteta va yozda «Yuventus» bilan 2020 yilga qadar shartnomasini uzaytirgan Massimiliano Allegri nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
13Sport
Zelenskiy 52 nafar rossiyalikka qarshi sanksiyalar kiritdi. Ro‘yxatdan dizayner Artemiy Lebedev va sobiq bosh prokuror Yuriy Chayka ham o‘rin olgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning 24 ta kompaniyasi va 52 nafar fuqarosiga qarshi sanksiya kiritdi. Bu boradagi tegishli qaror Zelenskiyning saytida e’lon qilingan. Ro‘yxatdagilarning asosiy qismi — Qrimda ishlaydigan rossiyalik sudya va amaldorlar. Shuningdek, ro‘yxatdan dizayner Artemiy Lebedev va Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugidagi doimiy vakili, sobiq bosh prokuror Yuriy Chayka ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, Zelenskiy Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa mamlakatlarga o‘zlarining muqobil sanksiyalarini qo‘llash taklifini kiritish bo‘yicha topshiriq bergan. Artemiy Lebedevning Ukrainaga kirishiga 2017-yilda taqiq qo‘yilgan. Bu uning Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan Qrim va Donbass hududlariga tashrifi bilan izohlangan edi. Avvalroq AQSh KXDR bilan aloqasi borlikda gumonlangan Rossiya fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritgani, AQSh va Yevropa Ittifoqi migratsiya inqirozi sabab Belarusga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etgani, Rossiya hukumati har qanday chet elliklarga qarshi sanksiyalar kiritishni taklif qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.   Eslatib o‘tamiz, Ukraina bilan chegarada Rossiya qo‘shinlarining to‘plangani haqidagi ma’lumotlar oktabr oyida g‘arb OAVlarida paydo bo‘lishni boshlagan. Noyabr oyi o‘rtalarida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy chegarada 100 ming Rossiya qo‘shini borligini ma’lum qilgan. AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Rossiyaning Ukrainaga “bostirib kirishi” 2022-yil boshida sodir bo‘lishi mumkinligini aytgan. Moskva bu ma’lumotlarni rad etib, Ukrainadagi harbiy harakatlarga tayyorgarlik haqidagi xabarlarni “quruq, asossiz keskinlik” deb atamoqda. Qolaversa, Rossiya g‘arb davlatlaridan NATOning sharqqa tomon kengaymasligi, Ukraina esa bu tashkilotga qabul qilinmasligi haqida kafolat talab qilgan.
2Dunyo
OChL. «Nasaf» Stanoyevichning dubli evaziga «Al Vihdat»ni mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi Osiyo Chempionlar Ligasida 2-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Qarshining «Nasaf» klubi Iordaniyaning «Al Vihdat» (1) jamoasi bilan bahs yuritib, Marko Stanoyevichning dubli evaziga g‘alabaga erishdi va 4 ochko bilan peshqadam bo‘lib oldi. Serbiyalik yarimhimoyachi birinchi to‘pni uzoq masofadan, ikkinchisini Panenka uslubida penaltidan kiritdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida «As Sadd» (1) va «Al Faysali» (1) o‘zaro to‘qnash kelishadi. OChL. Ye guruhi. 2-tur Nasaf — Al Vihdat 2:0 11 aprel. Saudiya Arabistoni Gol: Marko Stanoyevich (71, 86 penalti). Nasaf — Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov (Bahrom Abdurahimov, 71), Dilshod Saitov, Ivan Solovev (Suhrob Nurilloyev, 71), Husayn Norchayev (Semir Smaylagich, 75), Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov (Murod Rahmatov, 89), Marko Stanoyevich, Umar Eshmurodov. Al Vihdat — Ahmad Navas, Muhammad Buhashesh, Muhannad Xair, Abu Amara (Matias Kastro, 80), Xolid Assam, Ahhad Israivah Anas Hamad (74), Feras Shebayeh, Tareq Xattab, Klarens Bitang, Muhammad Anas, Ahmad Samir (Mahmud Avad, 80). Ogohlantirish: Akmal Mozgovoy (69).
13Sport
Karimov va Mirziyoyev 2016 yilning eng muhim shaxslari ro‘yxatidan joy oldi O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov va davlatimizning saylangan rahbari Shavkat Mirziyoyev 2016 yildagi xalqaro hayotning eng muhim 40 shaxsi ro‘yxatidan joy oldilar. U Ispaniyadagi eng yetakchi tahlil markazlaridan biri – Barselona xalqaro munosabatlar Markazi tomonidan chop etilgan. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi xabar berdi. Har yili tuziladigan ro‘yxatga dunyodagi eng yirik siyosat va jamoat arboblari hamda nodavlat tashkilotlar kiritiladi. 2016 yildagi reytingga O‘zbekistonning birinchi va amaldagi prezidentlari kiritildi. Shu bilan bir qatorda, ro‘yxat tuzuvchilarining ta'kidlashicha, “buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov yangi mustaqil davlatning asoschisi bo‘lgan hamda O‘zbekistonning Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so‘ng oyoqqa turishida katta o‘rin tutgan”. Shuningdek, CIDOB mutaxassislarining ta'kidlashicha, O‘zbekistonning tajribali bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev so‘nggi prezidentlik saylovlarida 88 foizdan ortiqroq ovozlarni qo‘lga kiritib, ishonchli g‘alaba qozondi. Ispaniyalik tahlilchilarning fikricha, Mirziyoyev prezidentligida O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi intilishlarni kutish mumkin. Ushbu reyting O‘zbekistonning xalqaro arenadagi hurmati o‘sib borayotganidan, shuningdek mamlakatimiz tomonidan zamonaviy demokratik davlat qurish yo‘lidagi yutuqlarning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishidan darak beradi.
8O‘zbekiston
Toshkent metropolitenida 1-noyabrdan jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi Toshkent metropolitenida 1-noyabrdan boshlab jetondan foydalanish to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish ishlari doirasida 2020-yil 3-yanvardan e’tiboran yagona transport kartalari muomalaga chiqarilgan. Vazirlikning xabar berishicha, hozirgi kunda Toshkent metropolitenining barcha liniyalaridagi bekatlar yo‘l haqi to‘lovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlandi. Shu bilan birga Toshkentda yo‘lovchilarga xizmat qilayotgan “Toshshahartransxizmat” AJga qarashli 1000 dan ortiq avtobusning barchasi elektron kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil va statsionar validatorlar bilan to‘liq ta’minlandi.  Toshkent metropolitenining “Sergeli” yo‘nalishini qurish ishlari yakunlanayotgani ma’lum qilindi Navbatdagi bosqichda yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan tizimning to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida 2020-yil 1-noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatilishi ma’lum qilingan. Yagona transport kartalarining hisobini metro kassalari, oylik yo‘l chiptalarini sotish shoxobchalari, infokiosklar, barcha elektron to‘lov tizimlari orqali to‘ldirish imkoniyati mavjud. “Hurmatli yo‘lovchilar, endi siz shoxobchalar va kassalarga murojaat etib, ortiqcha vaqt sarflashingizga hojat yo‘q. Qolaversa, o‘z salomatligingizni asrash maqsadida ham yo‘l haqi to‘lovlarini naqd pul ko‘rinishida amalga oshirishdan voz keching. Yo‘l haqi to‘lovlarini yagona transport kartalari orqali amalga oshiring. Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi doirasida ushbu zamonaviy va yangi xizmat imkoniyatlaridan foydalaning”, – deyiladi vazirlik xabarida. “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 1-noyabr kunigacha xarid qilingan jetonlardan 2020-yil tugaguniga qadar foydalanish mumkin.  Toshkent metrosining “Paxtakor” va “Xalqlar do‘stligi” bekatlari oralig‘ida nima sababdan harakat tezligi cheklanganiga izoh berildi
8O‘zbekiston
NHH loyihalari va qabul qilingan NHHlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti tasdiqlandi Adliya vazirligi tomonidan «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti hamda hisobot shakllarini tasdiqlash haqida»gi buyruq chiqarildi (AV roʻyхat raqami 3292, 31.03.2021 y.). Quyidagilar tasdiqlandi: Eslatib oʻtamiz, tartibga solish ta’sirini baholash − loyihaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qoʻllashda vujudga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Uslubiyotga muvofiq tartibga solish ta’sirini baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi: «ex-ante» usulini qoʻllashda quyidagilar amalga oshirilishi belgilangan: «ex-post» usulini qoʻllashda quyidagilar amalga oshiriladi: Hujjat Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3666-son qaroriga hamda Prezidentning 15.03.2021 yildagi «Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5025-son qaroriga muvofiq qabul qilingan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2021 yildan kuchga kirdi.                                                                                                                                         Nargiza Vohidova.
10Qonunchilik
“Reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar bor” Bosh vazir Abdulla Aripovning So‘x tumani aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev tanqid qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda hokim “janjalkash” qishloqlarni So‘x tumani xaritasidan o‘chirib tashlashini aytgan audioyozuv tarqaldi. Viloyat hokimligining matbuot xizmati rahbari reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar borligini ta’kidladi. 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi Chashma bulog‘i yaqinida sodir bo‘lgan kelishmovchilikni bartaraf etish uchun Farg‘ona viloyatining So‘x tumaniga borgan edi. Mahalliy aholi nimadan norozi? “Human.uz” nashri tomonidan e’lon qilingan videoda mahalliy aholi vakili muammolar haqida gapirib, birinchi navbatda, bunga viloyat hokimi aybdorligini aytib o‘tgan. Aholi bu so‘zlarni qarsaklar bilan qarshi oladi. Muammolar orasida viloyat xalqining qolgan qismi bilan muloqot yo‘qligi, suv, un va boshqa mahsulotlarning yetishmovchiligi ko‘rsatilgan. Boshqa bir fuqaro bosh vazirga murojaat qilib (“Vodiy bozor e’lonlari” Telegram kanalidan), “Xalq G‘aniyev kerak emas, deyapti. Nima uchun bilasizmi? Xalq G‘aniyevni hurmat qilardi. G‘aniyev kelib, “kerak bo‘lsa, So‘xni xaritadan o‘chirib tashlayman”, debdi… Mana xalq yoki noto‘g‘rimi?”, — deydi. Xuddi shu kanalda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ekani aytilayotgan shaxsning So‘x tumanidagi qishloqlardan birini tuman xaritasidan o‘chirib tashlash, ta’minotdan uzish haqida aytganlar gaplari aks etgan audioyozuv tarqaldi. “Gazeta.uz” audioyozuvning matn shaklini keltirgan. — (ehtimoliy Shuhrat G‘aniyev) Yana bir marta so‘rayapman, 74 tasini olib ketaymi Farg‘onaga, deyapman? — Yo‘q. — Mana kelishdik, yana bir og‘iz gap chiqsa, endi men kelib o‘tirmayman. Bilib qo‘yinglar. “So‘xliklar noshukur odamlar” degan maqola tayyor turibdi gazetada, bugun Farg‘ona televideniyesida ketsinmi? — Yo‘q. — Noshukurchilik qilmasin. Qani Lenburgdan kim kelgan? Ikkinchi masala, o‘sha Lenburg qishlog‘i shunday qilaversa, boshqa gap ketadi. Juda yaxshi bilasizlar. Qaysi qishloq bizda janjalkash bo‘lsa, biz uni So‘x tumani kartasidan nima qilamiz, Farhod aka? So‘x tumani xaritasidan o‘chirib qo‘yamiz. Hamma ta’minot to‘xtaydi. Tushunarlimi yoki tushunarlimasmi? — Tushunarli. — Sizlar, nima bizga katta tashvish olib bergani o‘tiribsizlarmi? Kimga kerak bu tashvish? — Hech kimga. — 74 ta yigitni hozir qamasinmi? — Yo‘q. — Tayyormi ro‘yxat? Ichki ishlar boshlig‘i, prokurorimiz? 74 tasiniki? Bo‘ldi, 74 tasini bo‘lmasam jo‘natvoramiz, harbiylar kelasizlar, qurolli yigitlardan. Farg‘onaga olib borib qamaysizlar 74 tasini… … — Buyoqqa keling. Hozir janjal bo‘ladi, So‘x daryosida o‘yin ketadi. Farg‘ona viloyatini Farg‘ona tumani, Rishton, Oltiariq, Bog‘dod, Toshloq, Qo‘shtepa, Yozyovonga (tumanlariga) suv bormaydi. Keyin nima bo‘ladi? U yoqqa suv bormaydi. Keyin Farg‘onadagi boshqa katta-katta rayon-shaharlarda So‘x to‘g‘risida nima deydi? Karim aka Farg‘onaga borsa, Farg‘onada, Vodilda Karim akani ushlab nima qiladi? — Toshbo‘ron qiladi. — Ha, ana. To‘g‘rimi? — Ha. — Shu kerakmi? Yuragida o‘ti bor so‘xliklar nimadir aytadimi? — Yo‘q. … — 2013-yil 6, 7, 8-yanvardagi voqealarni bir eslataymi? A Karim aka? Butun O‘zbekistonga farg‘onaliklarni sharmanda qilgan so‘xliklar bo‘lgan. Xushyor voqealarini eslataymi? Yana shu narsa kerak bo‘lib turibdimi? Kimga kerak bo‘lib turibdi, hokimni birinchi o‘rinbosari? A? Kimga kerak bo‘lib turibdi, xalq qabulxona rahbari? Kim xohlayapti shuni yana? Bormi xohlayotganlar? — Yo‘q. “Reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar bor”. Ushbu masala yuzasidan “Gazeta.uz” Farg‘ona viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov bilan bog‘landi. “Ijtimoiy tarmoqlarda hokimlarga reyting berishadi, so‘rov o‘tkazdik, 1000 kishidan so‘radik, 500 kishidan so‘radik deydi. Reytingi baland hokimlaringizni ham yomon ko‘radiganlar, yoqtirmaydiganlar bor. Chunki bu hayot”, — dedi hokimiyat vakili. U So‘xda bo‘lib o‘tgan voqealarga “so‘xliklar” degan so‘zini ishlatishga qarshiligini, hokimiyat bu fikrlar butun So‘x ahlining fikri deb qabul qilmasligini aytdi. “So‘xliklar emas, So‘xda 70 ming aholi bor. Bitta, ikkita odamning baqir-chaqir qilgani, bu butun So‘x xalqining fikri degani emas. Olomonda bir-ikkitasi qiyqirib, baqiriq-chaqiriq qildi-da, nima qilibdi?”, — dedi u. Muhammadjon Obidov hattoki Prezidentni ham “100 foiz hamma yaxshi ko‘radi” deb aytib bo‘lmasligini aytdi. Lekin bu butun xalq degani emasligini, buni har bir kishining shaxsiy va individual fikri ekanligini aytdi. Hokimlik matbuot xizmati rahbari hozir AQShda bo‘lib o‘tayotgan namoyishlar bo‘yicha misol keltirib, ko‘chalarda bir necha ming odamlar do‘konlar va mashinalarni yoqayotganini, oynalarni sindirayotganini eslatib o‘tdi. “Bu degani, buni 300 millionga yaqin Amerika xalqi qilyapti, degani emas-ku”, — deydi u. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan audiyozuv haqida Muhammadjon Obidov shunday dedi: “Men audioyozuv bo‘lgan paytda bo‘lgan emasman. Man aniq aytolmayman, balkim hokimning ovozidir, balkim hokimning ovozimasdir”. So‘xliklar kimni o‘z hokimi sifatida ko‘rishmoqchi? Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvda mahalliy aholi vakili sobiq So‘x hokimi Hakimjon Sayfutdinovni qaytarishni so‘ragan edi. Farg‘ona viloyati hokimligining matbuot xizmati rahbarining ma’lum qilishicha, So‘x tumanining hokimi Farrux O‘sarov bir necha kun oldin o‘z lavozimidan ozod qilingan. “So‘x tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vaqtincha hokim vazifasini bajarib turibdi. Bular bizga, So‘xga, Sayfutdinovni olib kelib bering, hokim qilib, deb so‘rashyapti. Avvallari So‘x hokimi bo‘lgan Hakimjon Sayfutdinov ilgari Milliy xavfsizlik xizmatida katta lavozimda ishlagan. U yerdan So‘xga hokim bo‘lib o‘tgan. Ma’lum muddat ishlagandan keyin, adashmasam, hozir Ekologiya qo‘mitasining viloyat tizimida ishlaydi”, — dedi Muhammadjon Obidov. Uning aytishicha, Sayfutdinov So‘xga hokim bo‘lgan vaqtda tumanda o‘zgarishlar bo‘lgan. “Ba’zi bir qurilishlar qilingan, yo‘llar ochilgan, ancha ishlar qilgan u odam. U tojik tilida yaxshi gapiradigan odam bo‘lgan. So‘xda aholining aksariyati tojik millatiga mansub, tojik tilini biladigan hokim kerak u yerga”, — deydi Muhammadjon Obidov.
8O‘zbekiston
YHXB inspektorini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi Toshkent shahrining Olmazor tumanida 11 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori, safdor I.E. Keles yo‘li ko‘chasida joylashgan “Keles” YPX maskanida xizmat olib borayotgan vaqtida shu yerda harakatlanib kelayotgan Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, M.S. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasiga to‘xtash ishorasini berganida haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay uni urib yuborib voqea joyidan yashiringan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada safdor I.Ergashev jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.S. ushlangan.   Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Ohangaronda bolalarning o‘ldirilishi haqida mish-mish tarqatgan fuqaro sudda javob beradi So‘nggi kunlarda Ohangaron va Chirchiq shaharlarida yosh bolalarning o‘g‘irlanishi haqida asossiz mish-mishlar tarqalmoqda. Ohangaron shahar IIB boshlig‘i Dilshod Mirzahmedov holatga aniqlik kiritdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. «Shu yilning yanvar oyi o‘rtalarida Ohangaron shahrida Telegram messenjerida J. ismli yigitning audioyozuvi tarqaldi. Unda 2 nafar bola shaharda o‘ldirilgani, shuning uchun ota-onalar farzandlariga hushyor bo‘lishlari kerakligi aytilgan. Audioyozuvni tarqatgan fuqaro shaxsini 22 yanvar kuni aniqladik. Ohangaron shahri fuqarosi bo‘lgan yigitdan nima uchun aholi orasida bunaqa vahima uyg‘otgani sababini so‘radik. U buni ko‘chada bir necha kishi suhbati orqali eshitganini, shaxsan o‘zi guvoh bo‘lmaganini tan oldi. Qilgan ishining oqibatini his qilib, kechirim so‘radi. O‘sha audio xabar qarindoshiga yuborilgan va boshqa guruh, kanallarga tarqatilgan. Shu tariqa, boshqa fuqarolar ham Toshkent viloyatining ayrim hududlarida shunga o‘xshash holatlar (yosh bolalarga nisbatan tajovuz) bo‘layotganligi bo‘yicha audioyozuvlar tarqatishgan. Ular hech qanday asosga ega emas. Maqsad – aholini hushyorlikka chaqirishdan ko‘ra ko‘proq qo‘rquv va sarosima uyg‘otish, xolos», – dedi Mirzahmedov 25 yanvar kuni Angren shahri hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Audioxabarni tarqatib, aholi orasida vahima uyg‘onishiga sabab bo‘lgan J. ismli fuqaroga nisbatan ma'muriy kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan va u sud tartibida ko‘rib chiqiladi. Dilshod Mirzahmedovning qo‘shimcha qilishicha, ba'zilar Toshkent-Qo‘qon yo‘nalishida qatnovchi taksi haydovchisining Angren shahrida qotillik sodir etganini yuqoridagi holat bilan bog‘lamoqda. «Qotillik haqiqatan sodir bo‘lgan, lekin aytilganidek, audioyozuvdagi gaplar haqiqatga mos kelmaydi. Bu ikkala holat bir-biriga zid va mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Qotillik bo‘yicha axborot beradigan bo‘lsak, Ohangaron shahri, Yangiobod mahallasi, Alpomish ko‘chasida 2020 yil 6 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Davidova Gulziyo Obidovna (Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaro) tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada turmush o‘rtog‘i Yo‘ldoshev o‘z boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobil bilan Qo‘qon shahriga kelib, bedarak yo‘qolgani aytilgan. Avtomobil Ohangaron shahrining yuqorida ko‘rsatilgan manzilida topilgan. 7 yanvar kuni Yo‘ldoshevning jasadi Ohangaron tumanida aniqlandi. Toshkent viloyati prokuraturasi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zg‘atgan, tergov ishlari olib borilyapti. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi», – dedi Ohangaron shahar IIB boshlig‘i Dilshod Mirzahmedov.
8O‘zbekiston
Avstraliyada karantinga rioya qilinishini harbiylar nazorat qiladi, Italiyada koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi. Koronaxabarlar Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 196 631 596 kishini tashkil qilmoqda. 4 199 002 kishi virus oqibatida vafot etgan. Kasallanish holatlarining ko‘pligi bo‘yicha AQSh (34,7 million), Hindiston (31,5 million), Braziliya (19,8 million), Fransiya (6,14 million) va Rossiya (6,13 million) eng oldinda bormoqda. Koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini olish uchun navbatda turgan odamlar. Haydarobod, Hindiston Avstraliyaning Sidney shahrida COVID-19’ga chalinish bo‘yicha sutkalik rekordlar fonida karantin rejimiga rioya qilinishi ustidan harbiylar ham nazorat olib boradi. Yangi Janubiy Uels shtati politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 30-iyul, juma kuni shaharga qariyb 300 nafar harbiy joylashtiriladi. Avstraliya mudofaa vaziri Piter Datton aytishicha, harbiylar kelasi haftadan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat etishda politsiyaga ko‘maklashishni boshlaydi. Izolyatsiya rejimi bir oyga uzaytirilgan Sidneyda 29-iyul kuni bir kecha-kunduzda 239 kishida koronavirus aniqlandi, bu pandemiya boshidan buyon rekord ko‘rsatkichdir. Vaziyat yomonlashishi tufayli Yangi Janubiy Uels shtati bosh vaziri Gledis Berejiklyan Sidneyda cheklovlar kuchaytirilishini e’lon qildi, u yerda karantin choralari shundoq ham bir oydan buyon amal qilib kelmoqda. Sidneyning janubi-g‘arbiy va g‘arbiy tumanlari aholisi endi ko‘chalarda niqob taqishi kerak bo‘ladi, shuningdek, uydan 5 kilometrdan ko‘proqqa uzoqlashishga ruxsat berilmaydi. Sidney hukumati 28-iyul kuni shahardagi karantin 28-avgustga qadar uzaytirilishini e’lon qildi. Dastlab bu rejim 31-iyulda yakunlanishi rejalashtirilgan edi. Ishsiz holda izolyatsiya rejimida qolib ketgan Sidney aholisiga moddiy kompensatsiya taqdim etiladi. Koronavirusning delta shtammi tufayli to‘liq lokdaun o‘rnatilgan Sidney — suratlarda Italiyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatni mustaqil monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi Gimbe fondi mamlakatda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi, degan xulosaga keldi. Fond ma’lumotlariga ko‘ra, 21—27-iyul kunlari Italiyada koronavirus oqibatidagi o‘limlar soni yana o‘sgan. Bungacha ketma-ket 15 hafta davomida ushbu ko‘rsatkich mamlakatda pasayib kelgan edi. Bundan tashqari, o‘tgan hafta virus yuqtirish holatlari 64 foizga o‘sgan (31 963 ta holat, taqqoslash uchun bir hafta avval 19 390 ta bo‘lgan). Bundan tashqari, Italiya kasalxonalarida intensiv terapiya bo‘limlarida yotgan bemorlar 14,5 foizga ko‘paygan. 28-iyul holatiga, Italiya aholisining 63,6 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bitta dozasini olgan, 52,3 foizi esa to‘liq emlangan. Yevropada koronavirus cheklovlariga qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tdi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Gretsiyada namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi (foto) COVID-19’ni boshdan kechirgandan keyin koronavirusning Spike-oqsillarini neytrallashtiruvchi antitanalarni ishlab chiqish jarayoni yoshi katta odamlarda yoshlarga nisbatan ancha faolroq yuz beradi. Rossiyaning “Xelisk” laboratoriya xizmati va Kirov nomidagi harbiy-tibbiy akademiyaning qo‘shma tadqiqotlari natijalari shundan darak bermoqda. “Katta yoshli odamlarda COVID-19’ni boshdan kechirgandan keyin IgG sinfidagi antitanalar miqdori ancha yuqori bo‘lib chiqmoqda: 60-70 yosh guruhida antitanalarning o‘rtacha miqdori 20-30 yosh guruhidagidan ikki marta ko‘proq bo‘ldi, bu kasallanish darajasining og‘irligiga bog‘liq emas”, — deyiladi “Xeliks” kompaniyasi press-relizida. Kompaniya tibbiy direktori Dmitriy Denisovning aniqlik kiritishicha, yoshi kattalarda antitanalar miqdorining katta bo‘lishini ularning immun tizimi butun hayoti davomida yoshlarnikiga qaraganda ko‘proq antigenlar bilan to‘qnashgani va immunizatsiyaga yaxshiroq reaksiya ko‘rsatishi bilan bog‘lash mumkin. Shuningdek, tadqiqotlarda koronavirusni og‘ir shaklda o‘tkazgan bemorlarda antitanalar ko‘proq ishlab chiqarilishi hamda IgG antitanalari ayollar va erkaklarda kasallikdan keyin turli muddatlarda shakllanib, saqlanib qolishi ma’lum bo‘ldi. Olimlar COVID-19’ga chalingan odamlarda antitanalar bir yildan uzoq saqlanib qolishi mumkinligini aniqladi
2Dunyo
Amerikalik harbiylar koronavirusning barcha shtammlariga qarshi vaksina ishlab chiqdi AQShdagi Uolter Rid nomidagi milliy harbiy tibbiyot markazi olimlari koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqdi. Ularning ta’kidlashicha, u virusning barcha shtammlariga qarshi ta’sir qiladi. Spike Ferritin Nanoparticle yoki SpFN vaksinasi jonivorlarda sinovdan o‘tkazilgan va ijobiy natija qayd etilgan. Bundan tashqari, vaksinaning odamlarda o‘tkazilgan birinchi bosqich klinik sinovlari chog‘ida u “omikron” va boshqa shtammlarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatgan. Yangi vaksina ikkinchi va uchinchi bosqich klinik sinovlardan o‘tkazilishi lozim.
2Dunyo
Yangi uylarning fayzi oʻzgacha 28.03.2017 Prezidentimiz Karmana tumanidagi Mustaqillik massivida barpo etilayotgan qulay, arzon va zamonaviy uy-joylar, profilaktika inspektorlari uchun yashash joyi, davlat idoralari rahbarlari uchun qurilgan xizmat uylari  bilan tanishdi. Qishloq joylarda qurilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy massivlar mamlakatimiz qiyofasini tubdan oʻzgartirib, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Joriy yilda Navoiy viloyatida yangilangan namunaviy loyihalar asosida 1 ming 185 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.  Navoiy viloyati Karmana tumani “Talqoq” mahalla fuqarolar yigʻinida yangilangan loyihalar asosida 32 xonadonga moʻljallangan ikki qavatli va 46 oila uchun 2 sotixli uylar barpo etildi.  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi qarori asosida qurilayotgan uylar aholi turmush farovonligini yuksaltirishda muhim omil boʻlmoqda.  Bugun mazkur mahallada 1 ming 23 xonadon boʻlib, aholi soni qariyb 5 mingga yetdi. Zamonaviy uylarda istiqomat qilayotganlarning  aksariyati yosh oilalardir.  Prezidentimizning 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy hokimliklar va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Navoiy viloyatida 2017-2018-yillarda 105 xizmat uyi qurilishi belgilangan boʻlib, joriy yilda 60 uy-joy uchun pudratchilar tanlanib, qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.  Karmana tumani rahbarlari uchun Mustaqillik massivida 9 xizmat uyidan 4 tasida qurilish tugallanib, kommunikatsiya tarmoqlariga ulandi. Qolgan 5 uy mamlakatimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi.  Prezidentimiz yangilangan namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar bilan davlat idoralari rahbarlari uchun xizmat uylari yonma-yon qurilayotgani xalq bilan muloqot va inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.   2017-yilda profilaktika inspektorlari uchun 2 sotix boʻlgan yer uchastkalarida 3 xonali 94 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu uy-joylarni qurish uchun 12,2 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.  Bugungi kunda namuna sifatida Karmana tumani Mustaqillik massivida bitta uy qurib bitkazildi.  Shavkat Mirziyoyev Nurota tumanidagi Chashma ziyoratgohi yonidagi muzey binosi, “Hunarmandchilik markazi” majmuasi, 50 oʻringa moʻljallangan mehmonxona loyihalari bilan ham tanishdi.  Davlatimiz rahbari ushbu loyihalarni sifatli va vaqtida amalga oshirish, Chashma ziyoratgohi maydonini yanada kengaytirish va obodonlashtirish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.
12Siyosat
Klopp Salohni futbolchilarning eng zo‘ri deb atadi, «MYu»da og‘ir damlar, Rimda mojaroli gol va chetlatish. Yevropa futboli voqealari Angliya: Mendi «Chelsi»ning yetakchiligini saqlab qoldi, «Liverpul»da rekordlar «Uotford» — «Liverpul» — 0:5 (Mane, 9. Roberto Firmino, 37, 52, 90+1. Saloh, 55). APLga Klaudio Raneri qaytgani munosabati bilan shanba kungi o‘yin arafasida jurnalistlar «Lester» futbolchilariga «Stok Siti»dan gol o‘tkazmaslik evaziga pitssaxo‘rlik va'da qilganini eslatishdi. Italiyalik mutaxassis bunga javoban kuldi va «Liverpul»ga qarshi o‘yinda darvoza daxlsizligini saqlab qolganlik uchun pitssa va'da qilish — juda kamtarlik bo‘lishi, bu safar u «Uotford» futbolchilariga kechki ovqat uchun to‘lashga tayyorligini aytib o‘tdi. Lekin o‘yinning ilk daqiqasidayoq Saloh kichik ofsayddan bo‘lsa-da, darvoza ustunini titratganida barchasi tushunarli edi: Raneri xarajat qilishiga to‘g‘ri kelmaydi. O‘yin taqdiri vaqt masalasi edi, Saloh Maneni kesik pas bilan ta'minlab, senegallik futbolchi APLdagi 100-golini urish imkoniyatidan foydalanganida shu vaqt keldi. Forvard bu natijaga erishgan uchinchi futbolchi - bungacha Dide Drogba va unga golli uzatma amalga oshirgan misrlik jamoadoshi 100lik dovonni zabt etgan afrikalik futbolchilar bo‘lgandi. Lekin Manening unikalligi shundaki, u birorta golini penaltidan urmagan, bunday ko‘rsatkich bilan faqat Les Ferdinand va Emil Heski maqtana olishi mumkin. Umuman olganda, o‘yin faqat bir darvoza atrofida kechdi va ikkinchi bo‘limda «Liverpul» haqiqiy shou uyushtirib, rekordlar paradi o‘tkazdi. Birinchidan, «qizillar» barcha turnirlar doirasida qatorasiga yetti safar o‘yinida kamida uchta gol urgan ilk ingliz klubiga aylandi. Ikkinchidan, Salohning himoyachilardan birini gazonga o‘tirg‘izib urgan chiroyli goli nafaqat forvardning golli seriyasini sakkiz o‘yinga yetkazdi, balki ligada eng ko‘p gol urgan afrikaliklar ro‘yxatida Drogba bilan tenglashib oldi (104tadan gol). Nihoyat, Roberto Firminoning het-trigi boshlangan hujumda uni to‘p bilan ta'minlagan Milner 18 mavsum davomida kamida bitta assist amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi. Publikatsiya ot Liverpool Football Club (@liverpoolfc) «Salohmi? Bugun uning chiqishi a'lo darajada bo‘ldi. U — eng yaxshi futbolchi. Biz hammamiz bunga guvoh bo‘lmoqdamiz. Undan yaxshiroq kim bor? Messi va Ronaldu futbol olami uchun nimalar qilishgani, hukmron bo‘lishganini aytishga hojat yo‘q. Ammo hozir eng yaxshisi – Saloh», deya o‘z hayratlarini yashira olmadi o‘yindan keyin Yurgen Klopp. «Lester» — «Manchester Yunayted» — 4:2 (Tilemans, 31. Chag‘lar Suyunchi, 78. Vardi, 83. Daka, 90+1 — Grinvud, 19. Reshford, 82). Terma jamoa o‘yinlaridan jabr ko‘rmagan «Lester» ko‘tarilishda davom etmoqda. Jamoaning APLdagi oxirgi g‘alabasi 28 avgust kuni ilojsiz «Norvich» ustidan qozonilgandi. Keyingi yutuqlar Liga kubogida «Milluol»dan qozonilgan g‘alaba bilan cheklandi. Bunday holatda «Lester» «Manchester Yunayted»ning safar o‘yinlaridagi 29 g‘alabadan iborat seriyasini to‘xtatishini tasavvur qilish qiyin edi. Qolaversa, Brendan Rodjyersning halovati buzilishi uchun sabab paydo bo‘ldi, chunki so‘nggi kunlarda aynan uni kutilmaganda boyib qolgan «Nyukasl» bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogar sifatida ko‘rishmoqda. OAVda hatto «qarg‘alar» uning shartnomasi bir tomonlama bekor qilinishi uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan tovon puli miqdori haqida ham aytildi. Ammo Rodjyers bu xabarlarga o‘zi nuqta qo‘yishga qaror qildi. «Mening shartnomam 2025 yilgacha tuzilgan, men klubda baxtiyorman. Men ajoyib rahbariyat va ajoyib futbolchilar bilan ishlayman. Bizda raqobatbardosh jamoa bo‘lish uchun barcha narsa yetarli. Men yangiliklarni o‘qidim, lekin bu mish-mishlar hech kimga foyda keltirmaydi, shu jumladan «Nyukasl» va Stiv Bryusga. Bu menga zamonaviy futboldagi eng yoqimsiz hafta bo‘ldi. Biz tinimsiz mehnat qilmoqdamiz, ammo mish-mishlar jamoadagi vaziyatni beqarorlashtirishi va muxlislarni ranjitishi mumkin», — dedi mutaxassis. Rodjyersning xavotirlanishiga hojat yo‘qligi, uning ixtiyorida «Lester» yuqori sifatli futbol namoyish etishi uchun barcha narsa borligi ma'lum bo‘ldi. Faqat ayrim nuqtalardagi ijrochilar yo‘qligi sezildi, ammo jamoa o‘yini barqarorlashgan va «tulkilar» qatorasiga uchinchi marta «MYu»ni mag‘lub etdi. Qolaversa, ular «iblislar»ga tanaffusdan keyin uch gol urishdi, holbuki bungacha manchesterliklar safardagi so‘nggi 15 o‘yinda aynan ikkinchi bo‘limlarda darvozalari daxlsizligini saqlab qolishgandi. «Lester» o‘yinidagi muhim jihatlardan biri — uzoq vaqt davolanishdan keyin Evans nihoyat boshlang‘ich tarkibda maydonga chiqdi va jamoa himoyasi yanada ishonchli ko‘rina boshladi. Ha, xatolar ham bo‘ldi, hisob 2:2 ko‘rinishiga kelganida, aynan ushbu markaziy himoyachi Lindelyofning uzun pasiga ochilgan Reshfordni qo‘yib yuborgandi. Uch oylik jarohatdan keyin maydonga qaytgan forvard uni ko‘rmagandek oldinga o‘tib ketdi. Ammo umuman olganda «tulkilar» himoyasi raqibnikidan yaxshiroq harakat qildi. Ular jarohatdan tuzalib endi safga qaytgan Maguayr kabi jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishmadi. «Lester»ning sobiq himoyachisi qanotda to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi va uni Ixeanachoga topshirdi, ushbu hujumni to‘pga bir teginish bilan Tilemans yakunladi - to‘p De Xea ustidan oshirib tashlandi. Bu epizod uchun belgiyalik futbolchi maqtovlarga loyiq, ispan darvozabonni esa ayblab bo‘lmaydi. Shu kuni De Xea imkon qadar jamoasini qutqardi. Hisob 1:1 ekanida u Tilemansning yana bir qiyin zarbasini bartaraf etdi, ammo terma jamoada jarohat olgan Varanning yo‘qligi «qizil iblislar»ga qimmatga tushdi. Avvaliga mankunianliklar darvoza oldidagi tartibsizlik chog‘ida Chag‘lar Suyunchi gol urib ketishiga imkon berishdi. Keyin shunchaki diqqatni yo‘qotishdi va Reshfordning hisobni tenglashtiruvchi golidan 54 soniya o‘tib gol o‘tkazib yuborishdi. «Lester» uddalab bo‘lmaydigandek ko‘ringan ishlarni amalga oshirdi — jamoa g‘alaba uchun fantastik iroda namoyish etdi. Hal qiluvchi hujumda qaytarib bo‘lmas zarba bergan Vardi uchun bu gol APLdagi 125-gol bo‘ldi. O‘yinning qolgan vaqtida mezbonlar kichik ustunlikni saqlab qolish uchun emas, «MYu»ni butunlay taslim etish uchun o‘ynashdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Daka o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi. «Zalsburg» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan bu futbolchi zambiyaliklarning premer-ligadagi ilk goliga mualliflik qildi. Mag‘lubiyatdan keyin «MYu» kuchli to‘rtlikni tark etib, beshinchi o‘ringa tushib qoldi. Ole Gunnar Sulsher shunday tarkib bilan so‘nggi uch turda o‘rtamiyonalarga qarshi o‘yinlarda faqat 1 ochko oldi, xolos. Oldinda jamoani «Liverpul» va «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinlarni o‘z ichiga olgan murakkab taqvim kutmoqda.  «Manchester Siti» — «Byornli» — 2:0 (Bernardu Silva, 12. De Bryuyne, 70). «Brentford» — «Chelsi» — 0:1 (Chiluell, 45). «MYu» Lesterda mag‘lub bo‘layotgan mahalda, Manchesterning boshqa jamoasi quyi pog‘onalardagi raqibni osonlik bilan mag‘lub etdi. «Byornli» hozirgi holatida kuchli jamoalar uchun xavf sola olmaydi, ayniqsa «Siti» uchun hech qanday jiddiy qarshilik ko‘rsatolmaydi. «Shaharliklar» «Byornli»ni qatorasiga to‘qqizinchi o‘yinda yengishdi, to‘plar nisbatidagi vaziyat (32-1) ushbu jamoalar o‘rtasidagi farqni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Lekin bu g‘alabadan keyin ham Gvardiola jamoasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda, «Chelsi» esa og‘ir o‘tgan o‘yinda birinchi o‘rinni saqlab qoldi. APL debyutanti kutilganidanda zo‘rroq start oldi va turnir jadvalining yuqori qismida yuribdi, ammo shu bilan birga «Brentford»ga ba'zi o‘yinlarda omad yetishmayapti. Joriy mavsumda raqib darvozalari va ustunlari «Asalarilar»ni yetti goldan mahrum qildi, shundan olti holatda Mbeumo diqqat markazida bo‘ldi! Shanba kungi o‘yinda ham uning ikki zarbasi ustundan qaytdi — hisob 0:0 va 0:1 bo‘lgan vaziyatlarda. Ya'ni mezbonlar bu o‘yinda g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Lekin «Chelsi» chempionshipdan chiqqan jamoaga samarali harakatlanish qanday bo‘lishi bo‘yicha dars o‘tdi, ularning birinchi bo‘limda bergan yagona zarbasi golga aylandi - Lukaku to‘p uchun kurash vaqtida himoyachini xato qilishga majbur qildi va o‘ziga yetib kelgan to‘pni Chiluell «to‘qqizlik»ka joylashtirdi. Ushbu himoyachi asosiy tarkib uchun munosibligini isbotlashda davom etmoqda - u klub va terma jamoa safidagi so‘nggi uch o‘yinida gol urdi. Bu o‘yinda Lukaku bir necha metr masofadan turib to‘pni tushunarsiz tarzda tribuna sari yo‘lladi, natijada jamoa uchun kichik hisobdagi g‘alabani Mendining seyvlari va Kristian Nergor parashyut uslubida zarba yo‘llaganida Chaloba to‘pni darvoza chizig‘ida to‘xtatib qolishi saqlab qoldi. Publikatsiya ot Chelsea FC (@chelseafc) O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tayotgan vaqtda Nergorning chalqancha uslubda bergan zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘sini ostiga kirib ketayotganida Mendi uni yuqoriga ko‘tarib yuborishga ulgurdi va bu Tomas Tuxel jamoasi birinchi o‘rinda qolishini ta'minladi. Qolaversa, bu g‘alabadan keyin «Chelsi» derbilarda qatorasiga yetti safar o‘yinida g‘alaba qozongan ilk London jamoasi sifatida tarixga kirdi. Italiya: «Milan» kambek tufayli birinchi o‘ringa chiqdi, «Inter» ilk bor mag‘lub bo‘ldi «Latsio» — «Inter» — 3:1 (Immobile, 64, penalti. Felipe Anderson, 81. Milinkovich-Savich, 90+1 — Perishich, 12, penalti). Simone Indzagi Rimga yangi jamoasi bilan qaytdi, o‘yinda tomonlar bir martadan penaltidan gol urishgach, o‘yinning so‘nggi qismi qizg‘in va mojaroli tus oldi. Xandanovich Immobilening zarbasini qaytargach, Felipe Anderson uni qayta darvozaga yo‘naltirib yuborib, qatorasiga ikkinchi o‘yinda g‘alaba golini urgach, mehmonlar raqibga tashlanishdi. Bunga hujum vaqtida milanliklar futbolchisi Dimarko jarohat olib gazonga yotganini ko‘rib ham «Latsio» futbolchilari to‘xtamagani sabab bo‘ldi. Faqat ularning e'tirozi mohiyatan — tushunarsiz. Birinchidan, o‘yinni to‘xtatish haqida faqat arbitr qaror qilishi mumkin. Ikkinchidan, Dimarko «neradzurri» hujumi vaqtida maydonga yiqilgan va mehmonlarning o‘zi hujum qilishda davom etgan, lekin to‘p yo‘qotilib, qarshi hujum boshlangandi. VAR gol haqqoniy urilganini tasdiqlash bilan band bo‘lgan vaqtda bosh hakam Massimiliano Irrati to‘rt futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatishga ulgurdi. Ammo bu ham, Milinkovich-Savichning sevimli raqibga urgan beshinchi goli ham ehtiroslarni so‘ndira olmadi. Final hushtagi yangraganidan keyin munosabatlarni oydinlashtirib olish bo‘yicha bahslar davom etdi va bu jarayon «Latsio» himoyachisi Luiz Filipega qizil ko‘rsatilishi bilan yakun topdi. U xursandchilik vaqtida sobiq jamoadoshi — yozda Indzagi «Inter»ga olib o‘tgan Korreaning yelkasiga minib oldi. Korrea uni o‘zidan yiroq qilishga urindi, arbitr esa braziliyalik futbolchining harakatini provokatsiya deb hisobladi. Mauritsio Sarri bu chetlatishni aqlga sig‘mas qaror deb atadi, ammo u chempionatdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilishga majbur bo‘lgan Indzagidan ko‘ra xafaroq deb bo‘lmaydi. «Latsio» «Inter» bilan o‘zaro qarama-qarshilikda o‘zib ketdi, bungacha ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi 24 uchrashuvda har ikki jamoa 10tadan o‘yinda g‘alaba qozongan, 4 o‘yin durang natija bilan yakunlangandi. Mavsumni yaxshi boshlay olmagan «Latsio» endi ochkolari sonini 14taga yetkazib, beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Milan» — «Verona» — 3:2 (Jiru, 59. Kesse, 76, penalti. Gyunter, 78, avtogol — Kaprari, 7. Barak, 24, penalti) Stefano Piolida tarkib bilan bog‘liq ulkan muammolar yuzaga kelganiga qaramay, qizil-qoralar kamida «Napoli»ning yakshanba kungi o‘yiniga qadar turnir jadvalini boshqarib turishadi. Asosiy darvozabon Menyan jarrohlik stoliga yotqizilgach, milanliklar shoshilinch ravishda Teterushanuga o‘rinbosar sifatida faxriy darvozabon Mirante bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘lishdi, Braim Dias va Teo Ernandesda koronavirus aniqlangan, Rebich birinchi bo‘limda jarohat olib almashtirildi. Bu mavsumni juda qiziqqonlik bilan o‘tkazayotgan «Verona» (bu jamoa ishtirokidagi o‘yinlarda 34 gol urilgan - 17-17, bu borada «Inter»da ham shunday ko‘rsatkich - 23-11) birinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yin fonida «Milan» juda ojiz ko‘rindi va ikki gol o‘tkazib yubordi. Faqat ikkinchi bo‘limga kelib «rossonerilar» o‘z nomlarini eslab qolishdi va raqibni jarima maydoniga qamay boshladi. Yakunda Jiru o‘z uslubida bosh bilan hisobni qisqartirdi, Kastilexo ishlagan penaltini Kesse aniq ijro etdi. Jarohatdan tuzalgan Ibrahimovich o‘yinga qo‘shilgach u raqibni qaltiratishi uchun to‘pga tegishi ham shart bo‘lmadi. Shvetsiyalik hujumchi tomon uzatilgan to‘pni to‘smoqchi bo‘lgan Gyunter o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Lekin gap faqat omadda emas, hozirgi «Milan» o‘yinlarda xarakter ko‘rsatmoqda. Jamoada g‘oliblik ruhi paydo bo‘lgan va jamoa endi startdagi sakkiz turdan keyin g‘alaba uchun uch ochkolik tizimga o‘tilgan 1994/95 yilgi mavsumdan buyon eng yaxshi natijasini ko‘rsatmoqda - 22 ochko va birinchi o‘rin. Ikkinchi o‘rinda bu tur o‘yinini hali o‘tkazmagan «Napoli» (21 ochko), bu turda mag‘lubiyatga uchragan «Inter» uchinchi o‘rinda (17), to‘rtinchi o‘rinda bugun «Yuventus»ga qarshi maydonga tushadigan «Roma» (15) bormoqda. Germaniya: gol mashinasining qaytishi «Borussiya» D — «Mayns» — 3:1 (Roys, 3. Holand, 54, 90+4 — Burkardt, 88). «Frayburg» — «Leypsig» — 1:1 (Chon U Yen, 63 — Forsberg, 32, penalti). Shu kunlarda Holand ijrosidagi rolik ijtimoiy tarmoqlarda virus kabi tarqalgandi, unda u uchta to‘pni ustma-ust joylashtirib, ularning barchasini darvozaning yuqori burchagidagi nishonga tekkizadi. Shanba kuni nihoyat jarohatidan sog‘ayib qaytgan norvegiyalik hujumchi osonlik bilan gollar urishda davom etmoqda. O‘yinda hisobni «to‘qqizlik»ka kuchli va aniq zarba bergan Roys ochgandi, ikkinchi bo‘limda Holand penaltini aniq ijro etib, ustunlikni mustahkamladi, o‘yin oxirida Bellingem uni darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqardi. Holand fenomenal sermahsullik ko‘rsatmoqda — Bundesliganing 49 o‘yinida 49 gol va barcha turnirlar doirasidagi 68 uchrashuvda 70 aniq zarba! Norvegiyalik futbolchi tufayli Marko Roze «Borussiya»ning turnir startidagi beshta uy uchrashuvida g‘alaba qozongan ilk murabbiyiga aylandi, Dortmund klubi birinchi o‘ringa chiqib oldi. Yakshanba kungi o‘yinda «Bayyer» va «Bavariya» o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvda durang hisob qayd etilsa, «Asalarilar» yetakchilikni saqlab qolishadi. Shanba kungi voqealar qatorida «Frayburg» va «Leypsig» uchrashuvini ham qayd etish mumkin. «Ho‘kizlar» jamoasi yevrokuboklar hududiga kirib olish imkoniyatini boy berishdi, «Frayburg» esa bu o‘yinda g‘alaba qozonganida sensatsion ravishda hozirgi to‘rtinchi o‘rnidan ikkinchi o‘ringa chiqib olgan bo‘lardi. Fransiya: «Monako» asosiy raqibga yutqazdi «Lion» — «Monako» — 2:0 (Toko-Ekambi, 75, penaltidan. Denayyer, 90) Shu kunlarda 50 yoshini nishonlagan Niko Kovachda tarkib bilan bog‘liq muammolar bor edi. Golovin faqat dushanba kuni umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga qo‘shilgan, Sidibe jarohatini davolashda davom etmoqda, Tshuameni va Diop diskvalifikatsiyaga uchragan. Natijada murabbiy uch markaziy himoyachi bilan o‘ynash sxemasiga o‘tdi. Umuman olganda, bu ish berdi va uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Ikki jamoa ham o‘yinning katta qismini yaqqol vaziyatlarga ega bo‘lmagan holda o‘tkazdi. Tanaffusga qadar «Lion»ning o‘yini qiziqarliroq kechdi. Ikkinchi bo‘limda «Monako» ham faollashdi, lekin Peter Bos ixtiyoridagi zaxira kuchliroq ekani barchasini hal qildi. Niderlandiyalik mutaxassis bir kun oldin Braziliya termasi safida o‘yin o‘tkazgan Lukas Paketani maydonga tushirdi va ushbu hujumchi boshlab bergan hujum vaqtida Disasi tushunarsiz holatda podkat berib, mezbonlar sardori Dyubuaning oyog‘ini uzib yuboray dedi. Penalti burilish nuqtasi bo‘ldi, «Lion» monegaskliklarni turnir jadvalida quvib o‘tdi, knyazlik jamoasi yevrokuboklar zonasida mustahkam o‘rnashib olish imkonini boy berdi. Kun statistikasi «Real Sosedad» qatorasiga beshinchi o‘yinda gol o‘tkazmadi. Bu la liganing yangi yetakchisining 1984 yildan buyon eng yaxshi natijasi. «Liverpul»ning APLdagi 41 het-triki — turnirning yangi rekordi. Qizillar uzoq vaqt bu borada yetakchilik qilib kelgan «Arsenal»ni ortda qoldirdi. Marselo Belsa «Lids» rahbarligidagi 150-o‘yinini o‘tkazdi. «Volfsburg» uchun Bundesligada 259-o‘yinini o‘tkazgan Arnold darvozabon Benaloga tegishli bo‘lgan klub rekordini takrorladi.
13Sport
"O‘zbekkino" Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratadi "O‘zbekkino" milliy agentligi o‘zining texnologik bazasini keng ko‘lamli qayta jihozlashni boshladi. Daniya poytaxti Kopengagen shahrida “ O‘zbekkino” milliy agentligi va Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi o‘rtasida "O‘zbekfilm” kinostudiyasi kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari bilan jihozlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar badiiy filmlar, hujjatli filmlar, multiplikatsion filmlar tayyorlash uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish masalalarini muhokama qilishdi. Loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshiriladi. Kino jihozlarini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi maydonchasi qayta ta'mirdan chiqariladi. Loyihada “O‘zbekfilm”ning film yaratish jihozlari va hujjatli filmlar kinostudiyasi, multiplikatsion studiya hamda respublika kino fondining to‘liq yangilanishi ko‘zda tutilgan. Yangi jihozlar yordamida davlatimiz va xorij arxiv fondlarida saqlanayotgan kinotasmalarni raqamlashtirish va qayta tiklash imkoni qo‘lga kiritiladi.  "CANON, APPLE, VICON va shu kabi boshqa kompaniyalar bizga Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratishimizga imkon beradi”, dedi “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.
8O‘zbekiston
Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto) Nafaqat aktyorligi, balki go‘zalligi bilan ham tomoshabinlar qalbidan joy olgan turk aktrisalarini e’tiboringizga havola etamiz. Turk melodramasidagi muhabbat intrigasi va sulolaviy urushlari haqidagi sujetlar so‘nggi paytlarda ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda va ularni asosan ayol tomoshabinlar tomosha qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, turk aktyorlari turk aktrisalariga qaraganda hech bo‘lmaganda Instagram’dagi obunachilar soni yoki gonorar miqdoriga ko‘ra bir necha baravar mashhurroq. Biroq turk aktrisalarining ham sodiq tomoshabinlari bor. Quyida turk kino va seriallari olamiga kirib borib, millionlar qalbini zabt etgan aktrisalarning bir nechtasi bilan tanishib chiqing. Neslihan Atagul “Sevgi iztirobi” va “Elchining qizi”seriallarining yulduzi Neslihan Atagul atigi 29 yoshda, ammo bu yoshda u allaqachon o‘z vatani va xorij bo‘ylab mashhurlikka erishgan. Uning arsenalida Yaponiyadan Rossiyaga qadar butun dunyoda olingan ko‘plab aktyorlik mukofotlari mavjud. U nafaqat seriallarda, balki filmlarda ham ishtirok etadi. O‘zining yorqin qiyofasi tufayli aktrisa ko‘pincha reklamalarda ham suratga tushadi. Neslihan ham omma oldida makiyajsiz ko‘rinishni yaxshi ko‘radi va shu bilan turk go‘zallaridan biri bo‘lib qolayotgani barchani hayratda qoldiradi. Bahar Shaxin Anqaralik aktrisa hozir 24 yoshda. Shaxin 21 yoshida qorachoylar oilasining og‘ir tarixi haqida serialda rol o‘ynay boshladi. Shaxinning boshqa turk aktyorlari bilan munosabatlari matbuotda tinmay muhokama qilinadi. Ammo aktrisa kimni umr yo‘ldoshi sifatida tanlashi barchani qiziqtirmoqda. Deniz Ugur “Zolim Istanbul” serialida bosh rolni ijro etgan 48 yoshli aktrisa Deniz Ugurdir. Deniz muntazam ravishda Turkiyaning eng jozibali aktrisalari ro‘yxatiga kiradi va ommaviy axborot vositalari uning qanday qilib yosh ko‘rinishga ega ekaniga doimo qiziqadi. Denis esa o‘z sirini oshkor qilmaydi. Dilyara O‘ztunch 2013-yilda namoyish etilgan “Ishq sohillari” seriali butun dunyo tomoshabinlarini bir qancha go‘zal turk aktrisalari bilan tanishtirdi. Serial premyerasi paytida Dilyara O‘ztunch 25 yoshda edi va melodrama muxlislari uni Gollivud go‘zali sifatida eslab qolgan Seda Turkmen Izmirlik aktrisa Seda Turkmen bugun 35 yoshda. Aytgancha, uning eri ham aktyor – Bora Akkash. “Ishq sohillari” serialidagi Fahriye roli uning debyuti bo‘lib, bu kino sanoatiga yo‘l ochdi. Seda o‘ziga xos Yaqin Sharq qiyofasiga ega, Shuningdek, u har yili eng go‘zal turk aktrisalari qatoriga kiradi. Tabloidlarning diqqat-e’tibori tufayli uning Akkash bilan ajrashishi haqidagi mish-mishlar muntazam ravishda tarmoqda paydo bo‘ladi, ammo Instagram’da aktrisa bu shunchaki mish-mish ekaniga ishontirmoqda. Birje Akalay “Qora-oq sevgi” melodramasi yulduzi hali filmlarda rol o‘ynamagan, lekin teatr tanqidchiligida o‘qigan. O‘sha paytda ham u “Turkiya go‘zali” tanlovida 3-o‘rinni egallagan. Bugun Birja 37 yoshda, u “Bobil” va “Oxirgi yoz” seriallarida ishtirok etdi.  Biroq, uning eng mashhur roli  “Qora-oq sevgi” filmidagi shifokor Asli qahramonidir. Dilan Chichek Deniz Dilan 16 yoshida model sifatida “Elidor Miss Turkey” go‘zallik tanlovida ishtirok etdi va u yerda ikkinchi o‘rinni egalladi. Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan “Koinot go‘zali” tanlovida Turkiya nomidan qatnashdi. Dilan bir vaqtning o‘zida kino olamiga kirib keldi va darhol eng go‘zal aktrisalardan biri maqomini oldi. Esra Bilgich “Ertug‘rul” tarixiy drama bo‘lib, “Muhtasham yuz yil” serialidan yillar yillar o‘tib suratga olingan. Serial butun dunyoga aktrisaning dramatik iste’dodi va noyob go‘zalligini ochib berdi. U doimiy ravishda tarixiy liboslarda tomoshabinlar oldiga chiqadigan Halime Xotun obrazi bilan yodda qoldi. Suratga tushishdan tashqari Esra yorqin uslubni yaxshi ko‘radi, shuning uchun jamiyat suratkashlari uning ommaviy chiqishlarini kuzatishni yaxshi ko‘radi.
7Madaniyat
Xubey rasmiylari koronavirusni yuqtirganlar soni keskin oshishi sababini ma’lum qildi Xitoyning Xubey provinsiyasida koronavirusdan halok bo‘lganlar va yuqtirganlar soni keskin oshib ketishi endilikda ushbu infeksiyani yuqtirganlarning umumiy soniga yangi tasnif bo‘yicha tashxis qo‘yilganlar ham kiritilishi bilan izohlanadi, deb xabar berdi “RBK”. Qayd etilishicha, shifokorlar avvalroq qo‘yilgan tashxislarni qayta ko‘rib chiqqan hamda tashxis qo‘yishning yangi usuliga o‘tgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir sutka ichida Xubeyda 14 840 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Shundan 13 436 ta holat viloyat ma’muriy markazi hisoblangan Uxan shahriga to‘g‘ri keladi. Provinsiyada so‘nggi bir sutka davomida COVID-19 infeksiyasi asoratlaridan 242 kishi vafot etdi. Umumiy hisobda shifokorlar 13-fevral tongi holatiga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus sabab COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan jami 48 206 kishini ro‘yxatga olgan. Ayni vaqtda epidemiya boshlanganidan beri 3 441 nafar bemor davolanib, uyiga javob berilgan — so‘nggi bir sutka davomida davolanib bo‘lganlar soni 802 kishiga ko‘paygan. Hozirda 33 693 kishi hali ham davolanishda qolmoqda, ulardan 5 647 nafarining ahvoli juda og‘ir. 12-fevral kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada o‘tkazilgan brifing davomida so‘nggi haftada Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni barqaror ravishda kamaygani va har kuni bir xil darajada turganini ma’lum qildi. London shahrida COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan birinchi bemor qayd etildi. Qayd etilishicha, yangi bemor virusni Xitoyda yuqtirib olgan. Hozirda u Londondagi ixtisoslashtirilgan sog‘liqni saqlash milliy tizimi markaziga joylashtirilgan.
2Dunyo
Bugun Ispaniya Superkubogi bahslarining javob uchrashuvi o‘tkaziladi Bugun Ispaniya Superkubogi bahslarining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Madrid shahrida “Atletiko” jamoasi hamshaharlari “Real” klubini qabul qiladi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda. Birinchi o‘yindagi 1:1 hisobi maydon egalariga biroz ustunlikni keltirib chiqaradi. Sababi Diyego Simeone shogirdlarini 0:0 hisobdagi durang ham qoniqtiradi. Karlo Anchelotti esa shogirdlarini faqat g‘alabaga undamoqda. Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Superkubogining dastlabki uchrashuvida Xames Rodriges 81-daqiqada “Qirollik klubi”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 88-daqiqada Garsiya hisobni tenglashtirgan edi. Natijada o‘yin durang bilan nihoyasiga yetgan edi.
13Sport
O‘FA reglamentga tupurganmi? Tashkilotning navbatdagi asossiz qarori O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 21 fevral kuni «Bunyodkor» va «Navbahor» klublarini 500 million so‘m miqdorida jarimaga tortdi. Sababi bitta — diskvalifikatsiya qilingan futbolchilar jamoa tarkibida qolgan. O‘FA rasmiy saytida e'lon qilingan xabarda «Bunyodkor» va «Navbahor» klublari mos ravishda Dilshod Ahmadaliyev va Oybek Qilichevni o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘ynatib yurgani uchun jazolangani aytiladi. «Navbahor-Lochinlari» klubi futbolchisi Oybek Qilichev bir yil muddatga, «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Dilshod Ahmadaliyev esa butunlay futboldan chetlatilgandi. Ammo shunga qaramay nomlari yuqorida tilga olingan futbolchilar o‘z klublari tarkibida o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib yurgan. O‘zbekiston futbol federatsiyasi (rasmiy saytda aynan federatsiya deb berilgan — Tribuna.Uz izohi) Ijroiya qo‘mitasi Byurosi qarorlarini buzgani uchun Ijroqo‘m Byurosining 2018 yil 21 fevraldagi 6-sonli Qaroriga ko‘ra «Navbahor-Lochinlari» hamda «Bunyodkor» futbol klublarining har biriga 500 million so‘m miqdorida jarima solindi», deyiladi rasmiy xabarda. Ko‘rib turganingizdek, berilgan rasmiy manbada hech qanday reglament yoki tartib-intizom qoidalari asos qilingani ko‘rsatib o‘tilmagan. Haqli savol tug‘iladi: O‘FA bu qarorga kelishi uchun qanday asosga tayandi? Qaysi mezon asosida jarima miqdorlari belgilandi? Reglamentni titkilaymiz. Aytgancha, shu o‘rinda, PFL va O‘FA rasmiy saytida reglamentni izlab topish igna bilan quduq qazishdek gapligi futbolga aloqador kishilarning hech biriga sir emas. Amallab topganimiz reglamentning birorta bandida norasmiy uchrashuvda o‘ynagan futbolchi sabab klubni jazolashi haqidagi band topilmadi. Aynan shuncha miqdorda summa belgilanishi haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi. Bu birinchidan. Ikkinchidan, O‘FA rasmiy sayti klublarning o‘rtoqlik uchrashuvida o‘ynagani haqida yozgan. Bizga ma'lumki, o‘rtoqlik uchrashuvlari odatda terma jamoalar o‘rtasida tashkil qilinadi va uning aniq qoidasi va reglamenti ishlab chiqilgan. Rasman o‘rtoqlik uchrashuvi degan nomni olish uchun uchrashuvda 6tadan ortiq o‘zgarish qilish mumkin emas. Klublar o‘rtasidagi yig‘inlar vaqtidagi uchrashuvlarda 6ta emas, o‘nlab o‘zgarishlar bo‘lishini rasmiy saytlarda chiqqan qaydnomalarda ham ko‘rishimiz mumkin. Buni hech qanaqasiga o‘rtoqlik uchrashuvi maqomiga tenglashtirib bo‘lmasligi shundan ham ma'lum. Oddiy tilda tushuntirganda, bu yig‘indagi nazorat uchrashuvlari. Unda jamoada hali rasman bo‘lmagan turli futbolchilar ham sinovdan o‘tish maqsadida tushishidir. Misol uchun, siz, futbolda qobiliyatingiz bor, lekin hech qaysi jamoada o‘ynamaysiz. Sizni ko‘rishmoqchi tushaverasizda o‘sha nazorat o‘yinida. Hech qanday rasmiy qaydnoma, klub a'zosi ekaningiz haqida kartochka ham so‘rashmaydi. Shunday holatda savol tug‘iladi: qariyb mashg‘ulot darajasidagi o‘yinda o‘ynagan futbolchi sabab klubni chetlashtirish qaysi futbol jamiyati rahbarlari uchun berilgan? Qaysi jamiyatda reglamentsiz istagancha qaror chiqarish mumkin, deb ko‘rsatib qo‘yilgan? Taqqoslash uchun yana bir gap. Misol uchun Angliyada futbolchi ma'lum jazoga tortilishidan oldin AFA undan va klubdan izoh talab qiladi. «Everton» hujumchisi Umar Niasse simulyatsiya ishlatgani uchun jazolanishi kerak yoki boshqa bir futbolchi raqibga atayin tirsak bilan zarba bergani uchun diskvalifikatsiyaga loyiq. O‘yinlar yozuvi, takrorlari yaqqol ko‘rsatib turibdiki, ikkala holatda ham futbolchi aybdor. 100 foiz jazoga loyiq. Lekin shunda ham AFA ularga ma'lum vaqt beradiki, vaziyat bo‘yicha izoh berishi uchun. Ya'ni, Niasse nima sababdan bu vaziyatdan «dayving»ni amalga oshirgani tushuntirib berishi kerak. Qoidaga zid harakatlar aniq, isbotlar va reglament bo‘yicha jazo tayin. Lekin shunda ham aybdor tomon birinchi navbatda eshitiladi. Bu yerda ham gap tartib-intizom qoidalarini buzish haqida borayotgan bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, lekin bunday qarorga kelishdan oldin klublardan izoh talab qilishga nima to‘sqinlik qildi? Oddiy nazorat o‘yinida ularni nima sababdan o‘ynatishganini aniqlash qiyinmidi yoki O‘FA ulardan izoh ololmaydigan darajadami? «Bunyodkor» yig‘inlarga Dilshod Ahmadaliyevni nima sababdan olib yurgani bizga qorong‘i (jamoa kecha BAAdagi yig‘indan qaytgan va ikki kunlik ta'til olgani bois, klubdagilar bilan bog‘lanish va bu borada ma'lumot olishning iloji bo‘lmadi — Tribuna.Uz), lekin Oybek Qilichev qaror bo‘yicha yana bir yildan keyin futbol o‘ynashi kerak-ku? Jismoniy holatini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun mashg‘ulotlarda ishtirok etmasligi kerakmi? Keling, unda Rossiya futbol Ittifoqiga xat yozamiz, TsSKA futbolchisi Roman Yeryomenko ikki yilga diskvalifikatsiya qilingan bo‘lsada, mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda, jismoniy holatini ushlab turish uchun ishlayotgani uchun TsSKAni jazolashsin. Yoki «Shaxtyor» Dario Srna uchun qo‘shimcha jazoga tortilsin. Shu mavzuda ularga gap ochib ko‘ring, kulgiga qolasiz. Qilichev va Ahmadaliyev olgan jazolarga ortiqcha e'tiroz yo‘q. Bu qarorning adolatli yoki adolatsiz ekani haqida ham ortiqcha iddaomiz yo‘q. Ayniqsa, yoshni kichraytirish kabi og‘riqli illat haqida gap ketganida, bunday holatlarga qarshi kurashishni har bir muxlis-u mutaxassis ham yoqlaydi, lekin hozir gap faqat kecha chiqarilgan qaror haqida va uning umuman tushunarsiz ravishda asossizligi haqida. Balki O‘FA shu darajaga borib yetgandirki, ular uchun istalgan qoidalar va reglamentlar istisno qilingandir? Bunisi bizga noayon. Har doimgidek, O‘FAning navbatdagi g‘alati qarori sabablari va asosi bizga noma'lumligicha qolaveradi. Azamat Murodov
13Sport
FIFA “Barselona”ga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi FIFA “Barselona”ga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi, deb xabar qiladi “Uff.uz” FIFA bosh kotibi Jerom Valkening ma’lum qilishicha, gap navbatdagi muddatga FIFA prezidenti etib saylangan Zepp Blatterning Kataloniya klubiga salbiy munosabatda ekanligida emas, balki bu kabi amnistiya uchun huquqiy imkoniyatlar yo‘qligidadir. Avvalroq Ispaniya futbol federatsiyasi va “Barselona” sanksiyalarni bekor qildirishga besamar urinib ko‘rgandi. Eslatib o‘tamiz, FIFAning 2016-yil yanvariga qadar amalda bo‘ladigan sanksiyalariga muvofiq, “Barselona”ning yangi futbolchilari jamoa sharafini himoya qila olmaydi. Jamoa 2009—2013-yillar oralig‘ida 18 yoshga to‘lmagan chet ellik futbolchilar bilan shartnoma imzolash qoidalarini buzgani uchun shunday jazoga loyiq ko‘rilgan.
13Sport
O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan xorijga chiqish pasportlari joriy etiladi O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan xorijga chiqish uchun alohida biometrik pasportlar joriy etiladi. Chet elga chiqish ruxsatnomasi (stiker)ni rasmiylashtirish tartibi ham shu sanadan boshlab bekor qilinadi. Bu haqda tegishli farmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 16-avgust kuni imzolangan. Belgilanishicha, amalda qo‘llanilayotgan 2011-yil namunasidagi biometrik pasport fuqaroning shaxsi va fuqaroligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi hamda O‘zbekiston hududida foydalaniladi. O‘zbekiston fuqarosi ushbu pasport bilan 2021-yilning 1-yanvariga qadar chiqish vizasi (stiker)ni rasmiylashtirish talab qilinmaydigan davlatlarga kirishi mumkin. O‘zbekiston bilan viza tartibini o‘rnatgan mamlakatlarga chiqish uchun amaldagi biometrik pasportdan undagi xorijga chiqishga ruxsat beruvchi stikerning muddati yakuniga qadar foydalanish mumkin. Xorijga chiqish uchun biometrik pasportining davlat standarti Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 1-dekabriga qadar tasdiqlanadi.
8O‘zbekiston
Yaponiya sohillari yaqinida 2 ta yuk kemasi to‘qnashib ketdi Yaponiya sohilidan sharqda, Tinch okeanida 2 ta yapon yuk kemasi to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida 4 kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar berdi “Kiodo” nashri. Voqea Inubosaki shahridan 12 km uzoqlikda mahalliy vaqt bilan 26 may tungi soat 2lar atrofida yuz bergan. To‘qnashuv oqibatida yuk kemalardan biri cho‘kib ketgan. Cho‘kkan kema bortida 5 kishi bo‘lgan, ulardan 4 nafari bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati vakillari to‘qnashuv yuz bergan hududda kechasi quyuq tuman kuzatilganini ma'lum qilishgan.
2Dunyo
AQSh Rossiyani Jahon savdo tashkiloti tamoyillarini buzishda aybladi Vashington Rossiyani Jahon savdo tashkilotining asosiy tamoyillari: savdo-sotiqning liberalizatsiyasi, shaffofligi va qonun ustuvorligini buzishda aybladi. Bu haqda AQSh Savdo vakilligi boshqarmasining yangi hisoboti ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi. Hisobot Rossiyada o‘z milliy iqtisodiyotini chet el raqobatidan himoya qilish siyosati hamda qo‘shni mamlakatlar va AQShga qarshi asoslantirilmagan va jazolovchi choralarning kuchaytirilganligiga urg‘u berdi. AQSh Rossiyaning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi munosabati bilan ko‘plab bojxona tariflarining pasaytirilishini ijobiy holat sifatida ko‘rsatib o‘tdi. AQSh bundan keyin ham RFdagi eksport boji dinamikasini kuzatib boradi. Chunki Vashingtonning fikricha, ko‘pincha ushbu bojlardan milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish va siyosiy vosita tariqasida foydalaniladi.
2Dunyo
Prezidentning avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirishga qaratilgan qarori imzolandi 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev PQ-3589-sonli «Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. O‘zAda ushbu qarorga sharh berildi. So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tarmog‘i ko‘lami 1,4 baravarga ortdi, respublika bo‘yicha 117 ta yo‘lovchi avtovokzali va avtostansiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.  Harakatdagi tarkibni zamonaviy, qulay avtobuslar, mikroavtobuslar, yuk avtomobillari bilan yangilash, yo‘nalishlarni oqilona tashkil etish va kengaytirish, tashishlar xavfsizligi choralarini kuchaytirish hisobiga aholining avtomobil tashishlariga ehtiyojini imkon qadar to‘laqonli ta'minlash avtomobil transportini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishidir.  Ushbu faktorlarni hisobga olgan holda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:  birinchidan, sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qonunchilik darajasida qulay shart-sharoitlar yaratildi;  ikkinchidan, yo‘lovchilar avtovokzallari va avtostansiyalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, yangi yo‘lovchi yo‘nalishlarini ochish, avtomobil transporti harakatdagi tarkibini yangilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda;  uchinchidan, tashishlar yo‘nalishlarini tender orqali joylashtirish mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda;  to‘rtinchidan, avtomobil tashishlarini boshqarish tizimiga tadbirkorlar tomonidan tegishli davlat xizmatlarini olishda ruxsat berish va litsenziya jarayonlarini maksimal darajada soddalashtirish, talab etilayotgan hujjatlar soni, ularni taqdim etish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi yagona axborot-integrallashuv tizimi joriy etilgan.  Shu bilan bir qatorda, avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zaxiralaridan to‘liq hajmda foydalanilmayapti. Avtotransport xo‘jaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari yetarli darajada joriy etilmayapti, avtotransport xizmatlari eksporti-importi va tranzit salohiyatidan foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda.  Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, tashkiliy va institutsional o‘zgarishlarni samarali amalga oshirish, avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashish va avtomobil tashishlari xavfsizligini ta'minlash maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi:  birinchi – Agentlikning kemachilik Registri tomonidan daryo transportining davlat boshqaruvi va tartibga solish funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining kichik hajmli kemalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi funksiyalari bilan o‘xshashligi inobatga olinib, Agentlikning kemachilik Registri O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruviga o‘tkazilmoqda;  ikkinchi – avtotransport sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organlarining ortiqcha takrorlovchi jarayonlari bekor qilinmoqda;  uchinchi – 2018-2021 yillarda 437 ta yangi yo‘lovchi yo‘nalishlarini tashkil etish hamda 84 ta avtovokzal va avtostansiyani qurish va rekonstruksiya qilishning, iqtisodiyot sohalari va aholining respublika chekka mintaqalarida tashishlarga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda yangilangan maqsadli ko‘rsatkichlari, shuningdek, yuklarni xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshiruvchi milliy tashuvchilarning og‘ir yuk tashuvchi 3824 ta avtotransport vositalari parkini yangilashning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlanmoqda;  to‘rtinchi – avtomobil tashuvlari bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal etish uchun shaharlar va tumanlarda avtomobil tashuvlarini muvofiqlashtirish shu'balari tashkil etilmoqda;  beshinchi – avtomobil transportini boshqarish tizimiga intellektual transport tizimi innovatsiya loyihalarining zarur elementlarini joriy etishni nazarda tutuvchi, umumiy qiymati taxminan 90 milliard so‘mni tashkil etuvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish Dasturi tasdiqlanmoqda, jumladan:  umumiy foydalanishdagi yo‘lovchilar tashishlarni amalga oshirishni onlayn tarzda avtomatlashtirilgan monitoring qilish tizimini tezkor xizmatlar tizimlari bilan integrallashgan holda yaratish va joriy etish;  umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchilar transportida yagona avtomatlashtirilgan yo‘l haqi to‘lovi tizimini joriy etish;  belgilangan vazifalar va funksiyalar bajarilishining tezkorligi va sifatini oshirishga hamda ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirishga imkon yaratuvchi “O‘zavtotrans” agentligi faoliyatining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish;  oltinchi – tashishlar jarayoni, avtovokzallar va avtostansiyalar faoliyatining markazlashgan nozimlik nazorati va boshqaruvi tizimini yaratish va joriy etish nazarda tutilmoqda;  yettinchi – joylardagi mahalliy davlat organlari qaramog‘ida bo‘lgan umumiy foydalanish yo‘lovchi yo‘nalishlaridagi to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash nazarda tutilmoqda;  sakkizinchi – sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadlari uchun O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda.  to‘qqizinchi – Avtomobil transporti sohasini yosh mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tarkibidagi 3 ta (Nukus avtomobil yo‘l xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji, Andijon transport va xizmatlar ko‘rsatish kasb-hunar kolleji hamda Samarqand avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji) “O‘zavtotrans” agentligi tarkibiga o‘tkazilmoqda.  «O‘zavtotrans» agentligi qoshida avtomobilda yo‘lovchilar yoki yuklar tashish, transport-logistika faoliyatini amalga oshiruvchi mustaqil ixtisoslashgan, yuridik shaxs huquqlari bilan unitar korxonalar tashkil etiladi.  Avtotransport vositalarining og‘irlik va gabarit ko‘rsatkichlari nazoratini joriy etish bo‘yicha statsionar va ko‘chma maskanlarni amalda joriy etish chora-tadbirlari rejalashtirilmoqda.  Mazkur qarorning ijrosini ta'minlash O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportini tashkil etish tizimini takomillashtirish, davlat boshqaruvi va tartibga solish funksiyalarini aniq belgilab olish, tashkiliy va institutsional o‘zgartirishlar, xizmat ko‘rsatish bozori hamda avtomobil tashishlari xavfsizligini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini hal etishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblangan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi faoliyati samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
8O‘zbekiston
Turkiya hukumati Istanbuldagi terakt ijrochisining shaxsini aniqladi Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li Istanbuldagi tungi klubga 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi hujum uyushtirgan shaxsning kimligi aniqlangani haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Hurriyet agentligi xabar tarqatgan. Hozircha uning nomi sir tutilmoqda. Avvaliga hujum O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan sodir etilgani haqida xabarlar berilgandi. Biroz avvalroq esa Izmir shahrida teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, yana 5 kishi qo‘lga olingani ma'lum bo‘ldi. 1 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Istanbulning Yevropadagi qismida joylashgan O‘rtako‘cha tumanidagi tungi klubga Kalashnikov avtomati bilan bostirib kirib, yangi yil bayramini nishonlayotgan kishilarni qirg‘in qildi. Terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida Rossiya, Livan, Liviya, Isroil, Saudiya Arabistoni, Marokash va Iordaniya fuqarolari ham bo‘lgan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
2Dunyo
AQSh Xitoydan savdo defitsitini qisqartirish bo‘yicha reja ishlab chiqishni so‘radi AQSh Xitoydan AQSh bilan savdo defitsitini 1 mlrd dollarga qisqartish bo‘yicha rejani ishlab chiqishni so‘ragan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda yozgan. “Xitoydan AQSh bilan ulkan miqdordagi savdo defitsitini 1 mlrd dollarga qisqartirish bo‘yicha yillik rejani ishlab chiqishni so‘radik. Biz Xitoy bilan yaxshi munosabatdamiz va u qanday g‘oyalar taklif qilishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Biz iloji boricha tezroq harakat qilishimiz kerak”, deb yozgan Tramp.  Avvalroq AQSh savdo vazirligi yanvarda Xitoy bilan savdo defitsiti 16,7 foizga oshib, 36 mlrd dollarni tashkil qilganini ma'lum qilgandi. Bu esa 2015 yil sentabridan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
4Iqtisodiyot
Xitoylik huquq himoyachisi koronavirus rasman e'lon qilingandan bir necha hafta oldin paydo bo‘lganini aytdi Xitoylik huquq himoyachisi, hozirda AQShda yashovchi Vey Tszinshen Xitoy koronavirus tarqalishini rasman e'lon qilishidan bir necha hafta oldin koronavirus haqida AQSh maxsus xizmatlarini ogohlantirgan. Bu haqda The Mirror nashri xabar berdi. Jurnalist Sharri Marksonning “Uhanda aslida nima yuz bergan?” nomli hujjatli filmida Tszinshen 2019 yil noyabrda Uhanda o‘tgan Butunjahon harbiy o‘yinlarida noma'lum virus borligidan qanday xabar topgani haqida so‘zlab bergan. Uning ta'kidlashicha, u o‘sha vaqtda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatidagi yuqori mansabdor shaxslarni Uhandagi vaziyat jiddiyligidan ogohlantirishga uringan, biroq uning epidemiya yuz berishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishi jiddiy qabul qilinmagan. Xitoylik ushbu axborot bilan bo‘lishgan amerikalik mansabdor shaxslarning ismini aytishdan bosh tortgan va faqat xitoylik huquq himoyachisi Dimon Lyu bilan gaplashganini aytgan. JSST koronavirus tarqalishini 2020 yil 30 yanvardagina xalqaro ahamiyatga ega favqulodda vaziyat deb e'lon qilgandi.
2Dunyo
Dushmanning ham keragi yo‘q: Instagram hayotingizni zaharlashining 3 isboti (foto) Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar kishilar hayotiga ta’sir o‘tkazayotgani, turmush tarzi va odatlar ham shunga qarab o‘zgarayotganini inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo siz-u bizga ko‘ringan hamma narsa ham haqiqiy bo‘lavermasligi, chin dildan qilingan tavsiyalar reklama yoki qandaydir manfaatlarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Tashqi ko‘rinishga haddan ortiq zeb berish Instagram’dagi go‘zal qizlar, asosan, kosmetolog xonasida tushgan suratlari, patchi-niqoblar bilan tushgan selfilari hamda byuti-gadjet va lanch-boks bilan birga tushgan suratlari bilan bo‘lishadi. Bularning barining ortida reklama turadi, shu sabab ham byuti-blogerning hamma tavsiya va maslahatiga amal qilavermaslik, ergashavermaslik kerak. Fitnes va parhez qilishga mukkasidan ketish Agar siz qomatingiz me’yorda bo‘lishi uchun muntazam ravishda mashq bajarsangiz, bu juda ham yaxshi. Ammo bunda tana vazni va salomatlikdan kelib chiqib ish qilish kerak. Siz Instagram’da havas qilgan sarvqomat egalari faqat sport bilan shug‘ullanmasligi, alohida ratsionga rioya qilishi mumkin. Qolaversa, uzun oyoqlar, xipcha bel fotoshop yoki filtrlar orqali o‘zgartirilgan bo‘lishi ham mumkin. Hatto do‘konga ham makiyaj qilmasdan chiqmaydigan bo‘lib qolasiz Tashqi ko‘rinishdagi o‘ziga xoslikni haddan ortiq yashirishga harakat qilish ham yaxshi emas. Tonnalab kosmetika va bo‘yoqlar bilan siz o‘zingizga o‘xshamay qolishingiz mumkin. Instagram’dagi burni ingichka, lablari shishirilgan va qoshlari qalin qizlarning tashqi ko‘rinishi hayotda suratdagidek bo‘lmasligi, ularning mukammal ko‘rinishiga Face tune singari ilova va filtrlar yordam bergan bo‘lishi mumkin.
1Ayollar
Qashqadaryoda FVV xodimlari hojatxonaga tushib ketgan kuchukchani qutqardi 12-mart kuni soat 07:40da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Paxtakor” MFYda yashovchi fuqaro Zuhriddin Baratovdan o‘zi yashab turgan xonadondagi hojatxona chuquriga kuchukchasi tushib ketganligi haqida xabar kelib tushdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati. Shahrisabz tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i A.Qurbonov qutqaruvchilar bilan voqea joyiga tezda yetib borib,  maxsus asbob-anjomlar yordamida kuchukchani chuqurdan chiqarib beshikast egasiga topshirdi.
8O‘zbekiston
Senatning Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasiga yangi rais saylandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kunida senatorlar Senatning Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.  Muhammad Jumagaldiyev Senatning Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisligiga saylandi.  Ta'kidlab o‘tish joizki, Jumagaldiyev 2017 yil 21 avgust kuni Oliy Majlis Senatining Jizzax viloyatidan a'zosiga aylandi. Muhammad Jumagaldiyev 2010 yilga qadar «Xalq banki»da rais bo‘lgan.
8O‘zbekiston
UNITS – UZTELECOM GSM tarmog‘i mobil aloqa abonentlari uchun innovatsion muloqot! Avvalroq UZTELECOM mobil trafikni hisoblash tizimida yangi UNITS tarifi to‘plami haqida e'lon qilgan edi, bu noyob moslashuvchan hisob-kitob tizimi mobil aloqa harajatlarini optimallashtirishga imkon beradi. Milliy operatorning 7 000 000 abonentlarining ko‘pchiligi yangi UNITS tarif to‘plamining qulayligi va afzalliklarini yuqori baholashdi.  UNITS abonentlarga o‘zlarining mobil aloqa resurslarini oddiy hisoblash asosida mustaqil ravishda aniqlashni taklif etadi – 1 Unit = 1 MB, 1 daqiqa yoki 1 SMS. Ushbu tarif to‘plami 7 dan 30 kungacha bo‘lgan 7000 dan 75000 so‘mgacha bo‘lgan 8 ta tarif rejasini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, o‘zingiz uchun eng foydali tarif rejasini tanlab, 700 dan 22000 gacha bo‘lgan Unit'larni ulab, ularni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan nisbatda mobil qo‘ng‘iroqlar, internet yoki SMS-chatlarda sarflashingiz mumkin. Bundan tashqari, hisob-kitob tizimining yoqimli tomoni shundaki – ko‘proq Unit sotib olganingiz sari, har bir Unit Sizga yanada arzonroq narxlarda taqdim etiladi! Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, UNITS tarif to‘plami bilan limitdan tashqari cheklov va tarif rejasini yangilash xavotirlari darhol yo‘qoladi, chunki UNITS Sizning hisob-kitob tizimingizni o‘zi boshqaradi! Sizning tarifingizga kiritilgan barcha Unit'larni ishlatib bo‘lgandan so‘ng, hisob-kitob davri boshlanishidan oldin Sizning balansingizdan mablag‘ yechilmaydi. Bunday holda tarifingiz resurslarini yangilaydigan RESTART xizmatidan *555# kodini terish orqali osongina foydalanishingiz mumkin. Ushbu tarif to‘plamiga o‘tish deyarli har qanday tarif rejasidan *777# USSD-so‘rovi yordamida 9999 raqamiga SMS yuborib, shaxsiy kabinetingiz yoki MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali, shuningdek savdo ofislarida yoki call-markazga qo‘ng‘iroq qilish orqali amalga oshiriladi. UZTELECOM'dan UNITS tarif to‘plami orqali oilangiz va do‘stlaringiz bilan innovatsion darajada muloqot qiling! UNITS – har bir Unit sizning ixtiyoringizda! UZTELECOM – milliy operator. Batafsil: uztelecom.uz MyUZTELECOM ilovasini yuklab oling: AppStore, Google Play   Yagona call-markaz: 1099 Facebook: fb.com/uztelecom Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz Instagram: @uztelecomuz Telegram: t.me/uztelecomuz
5Jamiyat
Keniya poytaxtida bino qulab tushishi oqibatida ko‘plab odamlar bedarak yo‘qoldi Keniya poytaxti Nayrobida 7 qavatli turar-joy binosi qulab tushishi oqibatida 15 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi. Bu haqda VVS telekanali xabar bermoqda.  Favqulodda vaziyatlar mahalliy xizmati xodimlarining ma'lum qilishicha, fojia 13 iyunga o‘tar kechasi yuz bergan. Ayni vaqtda falokat sabablari aniqlashtirilmoqda. Ma'lum qilinishicha, ushbu falokat 121 odamga ta'sir qilgan.  "Ba'zi odamlar vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin, qidiruv ishlari davom etmoqda", deb aytgan qidiruv ishlarini boshqarayotganlardan biri Pius Massai. Uyda yashovchi ko‘pchilikni xavfsiz joyga evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan. Biroq ba'zilar o‘z buyumlarini topish umidida vayronalarga qaytib, u yerdan boshqa qaytmaganlar.  Keniyada turar-joy binolarining eskiligi eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Oxirgi marta bunday falokat 2017 yil aprelida yuz bergandi va 49 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.
2Dunyo
Energetika vazirligi obektlarni loyihalashtiruvchi yirik qo‘shma korxonani taqdim etdi 11 fevral kuni barcha turdagi elektr tarmoqlari va energiya obektlarini loyihalashtiradigan «Uzenergoengineering–Assystem» O‘zbekiston–Fransiya qo‘shma korxonasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Qo‘shma korxonani tashkil etish to‘g‘risidagi bitim 2019 yil 24 sentabr kuni O‘zbekiston Energetika vazirligida Assystem vakillari bilan uchrashuvda imzolangan. 2019 yil 17 oktyabrda «Uzenergoengineering – Assystem» MChJ QK ro‘yxatiga olingan. Bu qo‘shma korxonaga kiritilgan sarmoyalar bir qator vazifalarga qaratilgan: - O‘zbekistonda va undan tashqarida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash loyihalari; - infratuzilma ishlari, shu jumladan elektr va atom energiyasini ishlab chiqarish; - O‘zbekistondagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan boshqa faoliyat turlari. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev qo‘shma korxona haqida shunday fikr bildirdi: – Eng muhimi, 46 ishchi o‘rni yaratiladigan bu qo‘shma korxonada asosan o‘zimizning mutaxassislar – muhandislar, loyiha menejyerlari va boshqa zarur sohalarga endi diplom olgan yoshlar ishga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Soha innovatsion, maoshlari baland, shu bilan birga yoshlarimiz har yili Assystem Engineering kompaniyasining dunyoning turli davlatlarida faoliyat yuritayotgan obektlarida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
4Iqtisodiyot
Shanxay jamg‘armasi Toshkent yog‘-moy kombinatining bir qismiga da’vogarlik qilmoqda Shanxayning Blossom Investment jamg‘armasi Toshkentdagi yog‘-moy kombinatining bir qismiga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda E-auksion ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi. Gap korxonaning 25 milliard so‘mga baholangan hibsdagi qismi haqida ketmoqda. Tegishli lot Majburiy ijro byurosi bo‘limi tomonidan iyul oxirida auksionga qo‘yilgan. Lot ostidagi izohda yozilishicha, binoning bir nechta blokiga hibs qo‘yilgan, qarzdorning o‘zi sud tartibiga ko‘ra ko‘chiriladi. Arizalar 11-avgustga qadar qabul qilingan, savdolar esa 13-avgust kuni bo‘lib o‘tgan. Lotga faqat bitta ishtirokchi — Blossom Investment qiziqish bildirgani sabab auksion shartlariga ko‘ra, unga lotni baholash qiymatida xarid qilish taklif etilgan. Ta’kidlanishicha, auksion bo‘yicha yakuniy qaror Davlat tender komissiyasi qarori asosida qabul qilinadi. Kombinatning xususiylashtirilishi Shu bilan birga, hozirda kombinatni xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Iyul boshida korxonaning boshqaruv paketi 107,4 milliard so‘m qiymatida sotuvga qo‘yilgandi. Mazkur kompaniyada davlatning ulushi 4 436 581 aksiyani (56 foiz) tashkil etadi. Har bir aksiyaning nominal qiymati 1750 so‘mni, boshlang‘ich narxi — 24 225 so‘mni tashkil etadi. Xususiylashtirish jarayonida korxonaning qarzdorlik uchun sotilayotgan qismi ham hisobga olingan yoki olinmagani noma’lum.  Hyatt Regency Tashkent, Premier Hall, “Chotqol”. Yana bir qator obyektlar sentabrdan sotuvga qo‘yiladi Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-iyul kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahridagi 13 ta yirik ko‘chmas obyekt hamda 11 ta tarmoq korxonasidagi davlat ulushlarini xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda sotuvga chiqarish zarurligini ta’kidlagandi.
8O‘zbekiston
Navoiydagi qamoqxonada mahbus qiynoqlardan vafot etgani haqidagi video yuzasidan IIV izoh berdi “Ezgulik” inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanov Facebook’dagi sahifasida yana bir fuqaro qiynoqlardan vafot etgani haqida yozib, o‘z postiga video ham ilova qildi. Videodan kadr “Shu yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining 64/18-sonli muassasasi (Sangorod)dan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani ‘Bahor’ mahallasida istiqomat qilgan, Navoiydagi koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 45 yashar mahkum Farrux Xidirovning o‘ligi chiqdi. Bilmadim, ‘Feysbuk’ ijtimoiy tarmog‘i postimga ilova qilinayotgan videomateriallarni chop qiladimi-yo‘qmi, ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlarimizdan koloniya tezkor vakillarining vahshiyligi bayon qilingan postimni o‘zaro ulashishlarini iltimos qilardim. Pichoq suyakka yetdi! Bular qachongacha ‘uzr’ bilan qutuladi. Bular qachongacha odamni militsiya zo‘ravonlari o‘ldiradi-yu, javobiga kelganida blogerlarni ayblashadi. Qo‘yayotgan videolarimga e’tibor bering! Inson zoti shunchalar vahshiymi? Odamzodni shunchalik qiynoqqa solish mumkinmi? Yaqinlarining aytishicha, Farrux bir necha kun avval uyiga qo‘ng‘iroq qilib, koloniya xodimlari pul talab qilishayotganini aytgan va hatto, qandaydir hisob raqamlari ham berishgan ekan. So‘ng uning chalajon tanasini Sangorodga olib kelishibdi. U yerda 8 kun davomida o‘ziga keltirishga urinishgan, lekin bo‘lmabdi. Oddiy bir huquq himoyachisi, fuqaro sifatida iztirobga tushmoqdaman. Nahotki, hammasi shunday ketaveradi?! Qiynoqlarning, xo‘rliklarning oxiri bormi?! Senat raisi, Respublika Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bu hodisaga ochiq efir orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri izoh berishi shart, deb hisoblayman”, — deb yozdi Abdurahmon Tashanov. Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ushbu holat bo‘yicha izoh berdi. IIV Jazoni ijro etish boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, videotasvirda aks etgan murda 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro Xidirov Farrux Anvarovichga tegishli. Mahkum Xidirov ma’lumoti o‘rta, oilasiz, vaqtincha ishsiz, muqaddam 4 marotaba sudlangan. Qamalgunga qadar Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, “Bahor” MFYda istiqomat qilgan. U 2010-yil 18-oktabrda Yangiyo‘l shahar sudining hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish), 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib) bilan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. JKning 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan. IIV xabariga ko‘ra, Farrux Xidirov 2020-yilning 5-iyunidan buyon bir qator ichki kasalliklari tufayli mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan 23-sonli kasalxonada davolanib kelgan. IIV axborot xizmati Farrux Xidirov bo‘yicha “Daryo”ga ma’lumotnoma taqdim etdi. Ushbu ma’lumotnomaga ko‘ra, Farrux Xidirov OITSga chalingan va 2006-yildan beri o‘pka sili kasalligi bilan og‘riydi. 2020-yil 7-iyundan boshlab uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholangan. Mahkum 15-iyun kuni o‘z palatasida o‘tirgan holatida o‘rnidan turmoqchi bo‘lganida muvozanatini yo‘qotib, polga yiqilishi oqibatida butun ustki qismi va pastki lab tashqi yuzasida yengil yuzaki shilingan jarohat olgan. Bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bemorning umumiy ahvoli o‘ta og‘irligi, o‘zi mustaqil yoza olmasligi bois u bilan birga davolanayotgan bemorlardan yozma tilxatlar olinib, holat bo‘yicha tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, bemorning kasallik tarixiga biriktirilgan. Farrux Xidirov bo‘yicha ma’lumot Farrux Xidirov bo‘yicha ma’lumot “Davolanishiga qaramasdan 2020-yil 18-iyun kuni soat 05:45 larda kasalxonaning terapiya bo‘linmasida o‘pka sili IV klinik bosqichi (limfa tugunlari tarqoq kattalashishi, orofarengial kandidoz, noma’lum etiologiyali uzoq davom etuvchi isitma, tana vazni kelganga nisbatan 10% dan ortiq kamayishi, diareya) tashxisiga ko‘ra vafot etgan. Murda prokuratura organlari tomonidan tekshirilgan, tan jarohatlari aniqlanmagan, holat yuzasidan tegishli ekspertiza tayinlangan. Video tasvirda ko‘rinayotgan qizarishlar bu murda dog‘i bo‘lib, tan-jarohatlariga aloqasi yo‘q”, — deyiladi IIV axborotida. Mahkum Farrux Xidirov kasallik tashxisi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV va SSVning hamkorlikdagi 2008-yil 13-avgust kunidagi 1854-sonli qarorida ko‘rsatilgan kasalliklar ro‘yxatiga to‘g‘ri kelganligi sababli sud muddatini kutayotgan bo‘lgan. IIV axborot xizmatining alohida qayd etishicha, ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
8O‘zbekiston
Boks. Bobousmon Boturov Osiyo o‘yinlari finalida, navbat Hasanboy Do‘stmatovga Bugun, 31-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 13-kuni bo‘lib o‘tmoqda. Boks bo‘yicha -69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bobusmon Boturov Osiyo o‘yinlarining yarim final jangida ishtirok etdi. Unga bu bosqichda tailandlik Saylom Arde raqiblik qildi. Bobousmon raqibi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Eslatib o‘tamiz, biroz avval -52 kg hamda 60 kg vazn toifalaridagi Jasurbek Latipov va Shunqor Abdurasulov yarim final janglarida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, bugun yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.
13Sport
Ilmiy faoliyat yurituvchilar uchun 48 kunlik mehnat ta’tili berish belgilandi O‘zbekiston Prezidenti “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Qonunga muvofiq, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlaridan biri ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda samaradorligiga erishishdan iborat. Qonun bilan qator tashkilotlarning ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari belgilab berildi. Xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda sohani rivojlantirish masalalari bo‘yicha tegishli tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Shuningdek, qonunga ko‘ra, ta’lim tashkilotida iste’dodlarni aniqlash, tanlash, tarbiyalash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borish orqali yoshlar ilm-fan va ilmiy faoliyatga jalb etiladi. Ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslar bir qator majburiyatlarga ega. Xususan, Qonunga muvofiq, davlat ilmiy tashkilotlarida ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslarga 48 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan hamda moddiy yordamni ko‘zda tutadigan mehnat ta’tili beriladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Qonundagi ilmiy faoliyat yurituvchilar uchun mehnat ta’tili nazarda tutilgan qoidalar 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
8O‘zbekiston
Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transport yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqiladi Hujjat bilan: 2020 yil I chorak yakuniga qadar Toshkent shahrida Yunusobod metro yo‘nalishining ll bosqichi, yer usti halqa metro yo‘nalishining I bosqichi hamda 2020 yil yakuniga qadar Sergeli yo‘nalishining I bosqichi foydalanishga topshirilishi; transportda yo‘lovchi tashish uchun yo‘lkira haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etilayotganligi ma'lumot uchun qabul qilindi. Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2020 yilda Toshkent shahrida 152 ta yo‘lovchi tashish transport yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish natijasida 131 tasini optimallashtirish, 14 tasini yopish hamda 7 ta yangi yo‘nalishlarni ochish to‘g‘risidagi takliflari maqullandi. Qarorda belgilanishicha, tashish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tender shartnomalariga o‘zgartirish kiritish asosida ular tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan shahar yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini maqbullashtirish va yopish amalga oshiriladi. 2020 yil 1 mayga qadar barcha turdagi shahar yo‘lovchi transportida foydalaniladigan yagona yo‘l chiptasi joriy etiladi. Toshkent shahar hokimligi ”Toshshahartransxizmat” AJ bilan birgalikda: a) 2020 yil oktyabrga qadar Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida tezkor avtobus harakati qatnovini tashkil etish maqsadida maxsus qatnov yo‘lagini (BRT) tajriba loyiha tariqasida amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan 20 ta zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash uskunalarini xarid qilishni; b) 2020 yil 1 sentyabrga qadar jamoat transportida yo‘nalishni rejalashtiruvchi ”Mening yo‘nalishim” elektron tizimini joriy etishni; v) 2020 yil 1 dekabrga qadar: shahar avtobuslari salonlarida bekatlarni avtomatik ravishda e'lon qilib borish tizimini joriy etishni; yirik avtobus bekatlarida yo‘nalishlar harakati jadvali va avtobusning yetib kelish vaqtini ko‘rsatib turuvchi elektron-axborot tablolar bilan jihozlashni ta'minlaydi.
8O‘zbekiston
Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov majburiy emlash nazarda tutilgan qonunga e’tiroz bildirdi O‘zbekistonda majburiy emlashni nazarda tutuvchi qonun imzolangandi. Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda davlat bosh sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda), ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekaniga oid qo‘shimcha kiritildi. “Adolat” partiyasi Siyosiy kengashi raisi, O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimov mazkur qonun faqat ish beruvchiga foydali ekani, xodimlar manfaati ko‘zlanmaganini aytdi. “Albatta, ushbu me’yorlar xalq salomatligini ko‘zlab joriy etilgan. Virusga chalinish zanjirini uzish uchun profilaktik tadbirlar shart. Ammo ushbu qonun, asosan, ish beruvchilar foydasiga xizmat qilmoqda. Xodim manfaatlaridan esa chetlab o‘tilmoqda. ‘Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda’ izohi berilgani ayni muddao, biroq shifokor ruxsatidan so‘ng vaksina qabul qilgan xodimlarga ham imtiyoz va imkoniyatlar berilganida nur ustiga nur bo‘lar edi”, — deydi Bahrom Abduhalimov. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina olgach, ayrim bezovtaliklar (isitma, holsizlik, og‘riq) kuzatilishi real misollar bilan isbotini topdi. Aslida bu xavotirli holat emas, aksincha immunitet shakllanayotganidan darak beradi. Mazkur alomatlar yuz berayotgan vaqtda (taxminan, 3 kun davomida) xodimga ish haqi saqlanadigan ta’til berish maqsadga muvofiq. “Binobarin, sog‘lom vujudgina to‘laqonli mehnat qilishga qodir bo‘ladi. Vaksina reaksiyasi vaqtincha noqulayliklar tug‘dirayotganida xodimning ish unumdorligi pasayishi tabiiy. Shunday ekan, vaksina olgan xodimga o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishi uchun sharoit yaratib bergan afzaldir”, — deydi “Adolat” partiyasi rahbari. U 2020-yilda O‘zbekistonda qat’iy karantin talablari hukm surganida imkoni bor tashkilotlar o‘z xodimlarini masofaviy mehnatga o‘tkazganda, kompyuter orqali bajariladigan ishlarda uydan turib mehnat qilish ish sifatiga ta’sir qilmaganini ta’kidlab, bu amaliyotga vaksina olgan fuqaro manfaati yuzasidan hozir ham qisman murojaat qilish mumkinligini bildirdi. “Ishga uzoq masofadan qatnaydigan ishchilar bor. Ularni vaksinadan keyin ko‘chada yo‘l kechib yurishga majburlamay, masofaviy mehnatga vaqtincha o‘tkazib turish kerakmasmikan? Albatta, alomatlar og‘irroq kechsa, ishga kelishdan ham, uyda ishlashdan ham ozod qilish va ish haqini saqlash insoniylikdan bo‘ladi. Chunki u o‘ziga kelgunicha yotoq tartibida bo‘lishi, shifokor tavsiya etgan muolajalarni olib borishi lozim. Koronavirus hammada har xil kechayotganini ko‘rib, guvohi bo‘lyapmiz. Kimdadir og‘ir, kimdadir yengil, boshqa birovda alomatlarsiz o‘tyapti. Bundan qat’i nazar virus aniqlangan bemor o‘zini sog‘lomlardan izolyatsiya qilishi shart. Og‘ir ahvoldagi bemorlar shifoxonada, o‘rtamiyonalar uyida izchil muolajalar bilan davolanyapti va ishidan kasallik ta’tiliga chiqyapti. Lekin yengil va alomatsiz o‘tkazayotgan bemorlar, asosan, boshqalarni ko‘zlab —  tashuvchi bo‘lib qolmaslik uchun uyda qoladi. Balki, bu vaqt oralig‘ida kasallik ta’tili emas, masofaviy mehnatdan foydalangan ma’quldir. Ehtimol shu yo‘l bilan xodimga ish haqini to‘liq berish orqali ko‘mak ko‘rsatilar. Xullas, bu mavzuni yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Afsuski, mazkur masalaga parlament tomonidan jiddiy yondashilmagan. Vaholanki, qonunlar bir tomonlama emas, mukammal yaratilishi lozim. Ish beruvchiga faqat huquq berilgan, lekin unga majburiyatlar ham yuklatish zarur. Deputatlar va senatorlar nega ushbu omillarni nazardan chetda qoldirishgan, degan taassufdamiz”, — degan Bahrom Abduhalimov. Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov hukumat emlanmaganlarning erkini cheklashi kerakligini ta’kidlagandi. Ombudsman Feruza Eshmatova O‘zbekistonda majburiy emlashni joriy etish orqali inson huquqlariga putur yetkazilmayaptimi, degan savolga javob bergandi.  Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov obodonlashtirish xodimlarini uyida ishlatgani aytilgan prokurorni tanqid qildi
8O‘zbekiston
Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlik jasadi mamlakatga olib kelindi Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani, 3 nafar farzandi va opasi qiyin ahvolda qolgani hamda uning jasadini vatanga qaytarish uchun mablag‘ yo‘qligi sababli yordam so‘ralgani haqida xabarlar tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, 1982-yilda tug‘ilgan, 14 yildan buyon ushbu davlatda yashab kelayotgan fuqaro O.Y. sog‘lig‘i yomonlashgani oqibatida 2021-yilning 5-sentabr kuni vafot etgan. Marhumning qarindoshlari jasadni O‘zbekistonga jo‘natish uchun mablag‘ so‘rab blogerlarga murojaat qilmagan. Vafot etgan fuqaro bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar hal etilib, uning jasadi va qarindoshlari bugun O‘zbekistonga olib kelingan.
8O‘zbekiston
Tokio-2020: Shirin Sharipov diskvalifikasiya sabab bronza medali uchun kurashmadi Para-dzyudo bellashuvlarida +100 kg vazn toifasida bronza medali uchun hamyurtimiz Shirin Sharipov hamda ozarbayjonlik Ilxam Zakiev o`rtasidagi bahs bo`lib o`tishi kerak edi. O`zbekiston Milliy Paralimpiya qo`mitasining xabar berishicha, hamyurtimiz bundan oldingi bosqichda raqibiga nisbatan mumkin bo`lmagan usulni qo`llagani uchun musobaqa hakamlari tomonidan diskvalifikasiya qilindi va g`alaba Ozarbayjon vakiliga berildi.
13Sport
Samarqandda tosh qazib olish bilan shug‘ullanuvchi fuqaroni ish joyida tunab ketishdi Joriy yilning 19 dekabr kuni fuqaro E.O. Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tuman IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi. U shu yil 8 dekabr kuni Shova mahallasida joylashgan Qorovultepa qirligida tosh qazib olish ishlari bilan shug‘ullanayotganida noma'lum shaxs oldiga kelib, unga nisbatan kuch ishlatib, shu yerda turgan ish qurollari va kimyoviy mahsulotlarini olib ketganligini ma'lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Shova mahallasida yashovchi Sh.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.  Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Nurmat Otabekov: Koronavirus haqida kasallikka chalinmagan mutaxassisga nisbatan ko‘proq bilaman Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanib chiqqanidan keyin faoliyatini qay tarzda davom ettirish haqida “Shifobaxshuz” Telegram kanaliga bergan intrevyusida aytib o‘tdi. Koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarini davom ettiramiz. Albatta, o‘sha tadbirlarni faol ishtirokchisi bo‘lib qolaman degan umiddaman. Soha mutaxassisi sifatida bu meni zimmamdagi mas’uliyat deb bilaman. Shu paytgacha targ‘ibotni amalga oshirish paytida o‘zim ko‘rmagan narsam haqida gapirib bergan bo‘lsam, endilikda, kasallikni o‘z tanasida his qilgan, boshidan kechirgan shaxs, mutaxassis, sifatida yana aholiga tushunarliroq yetkazish imkoniyatim paydo bo‘ladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham koronavirus kasalligi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldim. Endi mazkur kasallik haqida, kasallikka chalinmagan mutaxassisga nisbatan ko‘proq bilaman. Eng asosiysi, men O‘zbekiston ahlini yaxshi ko‘raman, millatimni yaxshi ko‘raman. Shu yurtda yashaganimdan, el koriga yaraganimdan xursandman. Xalqning salomatligi yo‘lida qo‘limdan kelgancha hamma imkoniyatlarimni ishga solaman. Hali oldimda juda ko‘p vazifalar borligini his qilib yashayapman. Tokay, koronavirus kasalligi yurtimizni butunlay tark etmas ekan, biz faoliyatimizni davom ettirishimiz kerak. Qachonki koronavirus kasalligi respublika hududida qayd etilishdan to‘xtab, oxirgi bemor qayd etilgandan keyin o‘n to‘rt kun mobaynida bironta ham yangi bemor qayd etilmasa, demak biz kasallik pandemiyasini yengish borasida qandaydir natijaga erishgan bo‘lamiz. Men, salomatligimga befarq bo‘lmagan, holimdan xabar olib turgan, internet saytlarida fikrlarini bildirib turgan barcha hamyurtlarimga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Nurmat Otabekov, Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor
8O‘zbekiston
A Seriya. "Milan" "Fiorentina"ni yirik hisobda yengdi Italiya A seriyasining so‘nggi turi navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi.  "Milan" o‘z maydonida "Fiorentina"ni qabul qilib, 5:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.  Mezbonlar tarkibida Chalxano‘g‘li, Kalinich, Bonaventura 1tadan gol urgan bo‘lsa, Kutrone dubl qayd etdi. Mehmonlarning yagona goli Simeone tomonidan kiritildi.  "Napoli" esa o‘z maydonida "Krotone"ni qabul qilib, kichik farq bilan g‘alaba qozondi.  Mezbonlar safida Milik hamda Kalexon urgan gollarga, "Krotone"dan Tumminello 1ta gol bilan javob berdi.  Milan – Fiorentina 5:1 (2:1, 3:0) Gollar: 0:1 – 20 Simeone, 1:1 – 23 Chalxanoglu, 2:1 – 41 Kutrone, 3:1 – 49 Kalinich, 4:1 – 59 Kutrone, 5:1 – 76 Bonaventura. Milan – Donnarumma, Romanoli, Rodriges, Bonuchchi, Kalabriya, Lokatelli, Bonaventura (Torrazi, 85), Kessie, Chalxanoglu, Kalinich (Antonelli, 78), Kutrone (Andre Silva, 70). Fiorentina –    Sportello (Drongovski, 46), Biragi, Petstselya (Brunu Gashpar, 46), Vitor Ugo (Olivera, 29), Milenkovich, Saponara, Dabo, Kristoforo, Benassi, Keza, Simeone. Ogohlantirishlar: Petstselya (22), Kessie (26), Chalxanoglu (34).   Napoli – Krotone 2:1 (2:0, 0:1) Gollar: 1:0 – 23 Milik, 2:0 – 32 Kalexon, 2:1 – 90 Tumminello. Napoli – Reyna, Albiol, Mariu Ruy, Xyusay, Kulibali, Zelinski, Jorjino, Kalexon, Allan (Rog, 77), Insine (Gamshik, 75), Milik (Mertens, 67). Krotone – Kordats, Chekkerini, Martella, Faraoni, Kapuano, Barberis, Mandragora, Roden (Stoyan, 46), Nalini (Richchi, 58), Trotta (Tumminello, 64), Simi. Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: Udineze – Bolonya 1:0 (1:0, 0:0) Gol: 1:0 – 30 Fofana. Udineze – Bissarri, Larangeyra, Samir, Larsen, Nyuytink, Xadlvredsson (Petstsella, 88), Fofana, de Paul, Barak (Vidmer, 73), Yankto, Lazanya (Peritsa, 70). Bolonya – Anjyelo, Romanoli, De Meo, Masina, Torosidis, Krisetig, Poli (Di Franchesko, 85), Orsolini (Kreychi, 40), Djyemaili, Verdi, Avenatti (Falletti, 61). Ogohlantirishlar: Torosidis (24), Verdi (28). Kevo – Benevento 1:0 (0:0, 1:0) Gol: 1:0 – 49 Ingleze. Kevo – Sorrentino, Tomovich, Daynelli, Gobbi, Depaoli, Xetemay, Radovanovich, Djakkerini, Kastro (Basten, 59), Birsa, Ingleze (Stempinski, 69). Benevento –    Pudjoni, Gimsiti, Letitsia, Sanya, Toshka, Kataldi (Sanogo, 53), Sandro (Rutxens, 90), Gilerme, Paridjini (Koda, 79), Diabate, Brinola. Ogohlantirish: Radovanovich (87). Kalyari – Atalanta 1:0 (0:0, 1:0) Gol: 1:0 – 87 Cheppitelli. Kalyari – Krano, Likoyannis, Cheppitelli, Pizakane, Deyola (Chigarini, 71), Farago, Ionitse, Barella, Padoin, Farias (Kossu, 87), Pavoletti (Sau, 75). Atalanta – Gollini (Rossi, 83), Kaldara, Palomino, Gosens (Bastoni, 28), Kastan, Kristante (Barrou, 57), de Ron, Ilichich, Froyler, Gomes, Xatebur. Ogohlantirishlar: Kastan (46), Barella (50), Chigarini (90), Pizakane (90).   SPAL – Sampdoriya 3:1 (1:0, 2:1) Gollar: 1:0 – 4, penalti Antenuchchi, 2:0 – 50 Grassi, 3:0 – 52 Antenuchchi, 3:1 – 65 Kovnatski. SPAL – Gomis (Markedjani, 90), Vikari, Felipe, Mattello, Shimich, Viviani (Skyattarella, 78), Ladzari (Kosta, 58), Kurtich, Grassi, Antenuchchi, Paloski. Sampdoriya – Belets, Andersen, Murru, Bereshinski, Redjini, Linetti, Kapetstsi (Verre, 80), Ramires (Kualyarella, 46), Prat, Kaprari, Kovnatski. Ogohlantirishlar: Kaprari (3), Linetti (45), Kualyarella (74), Viviani (76). Chetlatish: Kaprari (32).
13Sport
Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi markazlashtirilgan jamg‘armasi mablag‘lari qanday sarflanadi? Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 861-son qarori bilan IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining (JIEBB) Markazlashtirilgan jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.   Markazlashtirilgan jamg‘arma (MJ) quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: •  jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi faoliyatidan, shuningdek xizmatlar ko‘rsatishdan oladigan daromadlaridan JIEBB tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalar; •  jazoni ijro etish muassasalarining soliqlar va yig‘imlar, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar taqdim etilishi natijasida jamg‘ariladigan mablag‘lari.   MJga ajratmalar miqdori jazoni ijro etish muassasalarining oladigan daromadlariga bog‘liq ravishda har bir muassasa uchun alohida belgilanadi va moliya yili yakunlari bo‘yicha JIEBB boshlig‘ining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.   JIEBBga mablag‘larini maxsus g‘azna hisobvarag‘ida jamlash topshirilgan, IIVga esa mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni ta'minlash yuklatilgan.   MJ mablag‘laridan foydalanish JIEBB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur smeta JIEBB tomonidan, qonun hujjatlarida byudjyet tashkilotlari uchun byudjyetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha belgilangan tartibda tuziladi va tasdiqlanadi.   MJ mablag‘lari quyidagicha sarflanadi: •  EKIHning 50 barobarigacha bo‘lgan summadagi mablag‘lar – JIEBB boshlig‘ining buyrug‘i bilan yoki JIEBB boshlig‘ining o‘rinbosari – Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘ining qarori bilan; •  EKIHning 50 barobaridan ortiq bo‘lgan mablag‘lar – JIEBBning MJ mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha komissiyasi qarori bilan. Komissiya tarkibi 5 kishidan kam bo‘lmagan a'zo, shuningdek kotibdan iborat bo‘lib, JIEBB boshlig‘ining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. JIEBB boshlig‘i Komissiya raisi hisoblanadi.   Komissiya majlisi zarurat tug‘ilganda o‘tkaziladi. MJ mablag‘laridan Nizomda nazarda tutilgan maqsadlarga mablag‘ ajratish uchun Komissiyaga tushuntirish xati taqdim etiladi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi: •  mavjud muammolar va ularning yechimi; •  mablag‘larni sarflash maqsadlari va kutilayotgan natijalar; •  zarur jihozlar va ehtiyot qismlar ro‘yxati; •  so‘ralayotgan summaning hisob-kitobi.   Tushuntirish xatiga bajariladigan ishlar hajmi ko‘rsatilgan ta'mirlash bo‘yicha kamchiliklar dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar ilova qilinadi.   Bunda jazoni ijro etish muassasalarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatidan olgan foydasining 50%dan ortiq bo‘lmasligi kerak.   Komissiya qarori Komissiya majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi, Komissiyaning raisi va majlisda ishtirok etgan barcha a'zolari tomonidan imzolanadi hamda JIEBBning muhri bilan tasdiqlanadi.   Markazlashtirilgan jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotni yuritish JIEBBning Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. MJ mablag‘larining tushumi va ularni sarflash haqida hisobot byudjyet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda Moliya vazirligiga taqdim etiladi.   Hujjat 23.10.2017 yildan kuchga kirdi.
8O‘zbekiston
Abituriyentlar diqqatiga! Qozog‘iston va Rossiyaning nufuzli davlat universitetlariga hujjatlar qabuli davom etmoqda Qozog‘iston va Rossiya nufuzli davlat universitetlariga hujjatlar qabuli davom etmoqda! Tibbiyot fakultetlari va boshqa 100 dan ortiq yo‘nalishlar mavjud. Hech qanday imtihonlarsiz nufuzli universitetlarda tahsil oling: Qozog‘istonda Rossiyada Diplom O‘zbekistonda tan olinadi. Universitetda barcha yo‘nalishlar mavjud. Batafsil ma‘lumot uchun: Toshkent: +998 (99) 722 49 10 Xorazm: +998 (97) 477 06 04 +998 (99) 961 98 01 Navoiy +998 (91) 309 77 76 +998 (94) 220 08 08 +998 (91) 333 21 77 +998 (99) 384 70 08 Sirdaryo +998 (99) 460 68 61
8O‘zbekiston
AKSIYADORLIK-TIJORAT TADBIRKORBANKNING KREDIT LINIYALARI HISOBIDAN TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN KIChIK BIZNES SUBYEKTLARIGA DASTLABKI (BOShLANG‘ICh) SARMOYANI ShAKLLANTIRIShGA KREDIT BERISh HAMDA LIZING KOMPANIYALARI TOMONIDAN LIZINGNI AMALGA OShIRISh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2003-yil 24-dekabrdagi 563-sonli qaroriga muvofiq qaror qilamiz: 1. Aksiyadorlik-tijorat Tadbirkorbankning kredit liniyalari hisobidan tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga kredit berish hamda lizing kompaniyalari tomonidan lizingni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kundan so‘ng amalga kiritilsin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 23-dekabrdagi “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-kuvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3367-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-dekabrdagi 563-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. 1. Ushbu Nizom sobiq “Biznes-fond”ga tegishli bo‘lgan mablag‘larning aksiyadorlik-tijorat Tadbirkorbankka o‘tkazib berilgan qismi hisobidan Tadbirkorbank tomonidan tijorat banklari va lizing kompaniyalarida kredit liniyalari ochish hamda ushbu kredit liniyalari hisobidan tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklari va yuridik shaxs maqomiga ega dehqon xo‘jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalarga dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish uchun kreditlar berish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: mikrofirma — band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ishlab chiqarish tarmoqlarida yigirma kishidan; xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida o‘n kishidan; ulgurji va chakana hamda savdo umumiy ovqatlanish tarmoqlarida besh kishidan oshmaydigan korxona; kichik korxona — band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni yengil va oziq-ovqat sanoatida, metallga qayta ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida yuz kishidan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida ellik kishidan; fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urtadan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida yigirma besh kishidan oshmaydigan korxona; dehqon xo‘jaligi — oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan, yuridik shaxsni tashkil etgan holda faoliyat yuritadigan oilaviy mayda tovar xo‘jaligi; fermer xo‘jaligi — yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan, o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt; dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar — mikrofirmalar va yuridik shaxs maqomiga ega dehqon xo‘jaliklari uchun eng kam ish haqining 150 baravarigacha hamda kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari uchun eng kam ish haqining 300 baravarigacha miqdorda bo‘ladigan kredit shakllaridan biri; kredit liniyasi — Tadbirkorbank tomonidan faqat maqsadli ishlatish asosida, uning summasini banklarning va lizing kompaniyalarining balansida aks ettirgan holda kichik biznes subyektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga va lizing kompaniyalariga ajratiladigan mablag‘lar. 3. Tijorat banklari tomonidan sobiq “Biznes-Fond”ga tegishli kredit liniyalari mablag‘larini Tadbirkorbankka qaytarilishi natijasida shakllanadigan imtiyozli kredit resurslari mikrofirmalar, kichik korxonalar, fermer xo‘jaliklari va yuridik shaxs maqomiga ega dehqon xo‘jaliklarining (keyingi o‘rinlarda — kichik biznes subyektlari) dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirishga kreditlar berish uchun tijorat banklarida hamda lizing kompaniyalariga kichik biznes subyektlariga lizing xizmatlari ko‘rsatish uchun kredit liniyalarini (keyingi o‘rinlarda — Tadbirkorbank kredit liniyalari) ochishga yo‘naltiriladi. 4. Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan kichik biznes subyektlari kreditlanadi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar ustav kapitali shakllangandan keyin tashkil etilishlari munosabati bilan ularga ushbu kreditlar berilmaydi. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar yangi barpo etilayotgan, o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin olti oydan kechiktirmagan davrda kredit olish uchun tegishli ariza topshirgan kichik biznes subyektlariga 3 yilgacha muddatga, kreditlarni qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi. 5. Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subyektlariga dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismi miqdoridagi imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi. Lizing kompaniyalari tomonidan ushbu kredit liniyalari hisobidan amalga oshiriladigan lizing operatsiyalari uchun hisoblanadigan foiz darajasi lizing kompaniyasi marjasini qo‘shgan holda Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 40 foizi darajasida belgilanadi. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgargan taqdirda Tadbirkorbankning kredit liniyasi uchun hisoblanadigan foiz miqdori hamda tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga ushbu kredit liniyasi hisobidan berilgan kreditlar va lizing kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilgan lizing xizmatlari uchun hisoblanadigan foiz stavkalari ham mos ravishda o‘zgaradi. Mazkur talab Tadbirkorbank bilan tijorat banklari hamda lizing kompaniyalari o‘rtasida tuziladigan kredit liniyasi ochish to‘g‘risidagi kredit shartnomasida, shuningdek, tijorat banki hamda lizing komaniyalari va kichik biznes subyektlari o‘rtasida ushbu kredit liniyasi hisobidan kredit berish yoki lizing xizmati ko‘rsatish shartnomasida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 6. Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan berilayotgan kreditlar va lizing xizmatlari uchun hisoblanadigan imtiyozli foiz miqdorining teng yarmini (50 foizini) bank yoki lizing kompaniyasining marjasi tashkil etadi. Bunda bank yoki lizing kompaniyasi marjasi o‘rnatilgan imtiyozli foiz stavkasi miqdorining oshishiga olib kelmaydi. 7. Sobiq “Biznes-Fond” kredit liniyalarining Tadbirkorbankka qaytarilgan qismi hisobidan bevosita Tadbirkorbank tomonidan kichik biznes subyektlariga dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga berilgan kreditlar uchun undiriladigan foiz stavkalari Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismi miqdorida belgilanadi. Ushbu kredit mablag‘lari hisobidan Tadbirkorbank tomonidan o‘z mijozlariga dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga berilgan kreditlar uchun hisoblangan foizlar Tadbirkorbankning ixtiyorida qoldiriladi va uning balansida o‘rnatilgan tartibda aks ettiriladi. 8. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga berilgan kreditlar bo‘yicha foizlar ushbu kreditlar berilgan kundan boshlab hisoblanadi va 12 oy o‘tgandan keyin undirish boshlanadi. Mazkur kreditlar uchun hisoblangan foizlar dastlabki 12 oy davomida Tadbirkorbank, tijorat banklari va lizing kompaniyalari daromad (foyda) solig‘i hisoblash bazasiga kiritilmaydi. 9. Tadbirkorbank kredit liniyalarini ochish uchun Tadbirkorbank bilan tijorat bankining Bosh idorasi hamda lizing kompaniyasi o‘rtasida bosh bitim tuziladi. Bosh bitimda ochiladigan kredit liniyasiga xizmat ko‘rsatishning asosiy shartlari, imtiyozli foiz stavkasi miqdori, bank yoki lizing kompaniyasi marjasi, Tadbirkorbank bilan bosh tijorat banki hamda lizing kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro majburiyatlar belgilanadi. 10. Tadbirkorbank bitta yoki bir nechta tijorat banki yoki lizing kompaniyasi bilan kredit liniyasini ochish to‘g‘risida bosh bitim tuzish huquqiga ega. 11. Tadbirkorbank mablag‘lari hisobiga kredit liniyalari muddatlilik, to‘lovlilik, maqsadli ishlatish va qaytarishlik tamoyillari asosida kichik biznes subyektlarini kreditlash uchun ochiladi. 12. Tadbirkorbank bilan bosh tijorat banki yoki lizing kompaniyasi o‘rtasida bosh bitim tuzilganidan keyin, ular o‘rtasida kredit liniyasi ochish uchun kredit shartnomasi tuziladi. Kredit liniyasini ochish uchun bosh tijorat banki bilan kredit shartnomasida quyidagi shartlar belgilanishi lozim: kredit liniyasi summasi, bunda dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar choraklar va viloyatlar bo‘yicha bo‘lib chiqiladi; bank marjasi chegirilgan holda imtiyozli foiz stavkasi; berilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshirish tartibi. 13. Tadbirkorbank bilan lizing kompaniyasi o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida quyidagi shartlar belgilanishi lozim: kredit liniyasi summasi; ajratilayotgan kredit liniyasi hisobiga lizing operatsiyalarini amalga oshirishga mablag‘lar ajratishning choraklar va viloyatlar bo‘yicha taqsimoti; lizing kompaniyasi marjasi chegirib tashlangan holdagi imtiyozli foiz stavkasi; kredit liniyasi mablag‘larini lizing kompaniyasi tomonidan maqsadli ishlatilishi ustidan monitoringni amalga oshirish tartibi. 14. Tadbirkorbank tomonidan tijorat banklariga kredit liniyasi ochish uchun taqdim etilgan mablag‘larning hisobi Tadbirkorbankda 13301 — “Boshqa banklarga berilgan o‘rta muddatli ssudalar” hisobvarag‘ida, lizing kompaniyalariga kredit liniyasi ochish uchun taqdim etilgan mablag‘larining hisobi esa kredit liniyasi muddatiga mos ravishda ochiladigan 14401 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga beriladigan o‘rta muddatli ssudalar” hisobvaraqlarida yuritiladi . Tijorat banklari esa Tadbirkorbank kredit liniyalaridagi mablag‘larni, kichik biznes subyektlarini kreditlash muddatlariga bog‘liq holda 21806 — “Boshqa banklardan olingan o‘rta muddatli ssudalar” balans hisobvarag‘ida yuritiladi. 15. Tadbirkorbank tomonidan lizing kompaniyalariga kichik biznes subyektlariga lizing xizmati ko‘rsatish maqsadida ochilgan kredit liniyalaridagi mablag‘lar hisobi lizing kompaniyalarining balansida qonunchilikda belgilangan tartibda yuritiladi. 16. Tadbirkorbank kredit liniyalaridagi mablag‘larga tijorat banklari va lizing kompaniyalari tomonidan marjasi chegirib tashlangan holda hisoblangan foizlar to‘lovi kichik biznes subyektlaridan berilgan kreditlar va ko‘rsatilgan lizing xizmatlari uchun foizlarni haqiqatda undirib olinganligidan qat’i nazar, kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. 17. Tijorat banklari tomonidan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlarni berish uchun ochilgan kredit liniyalari bo‘yicha hisoblangan foizlar to‘lovini ushbu kreditlar kichik biznes subyektlariga berilgan kundan 12 oy o‘tganidan keyin amalga oshiradilar. Lizing xizmati ko‘rsatish uchun ochilgan kredit liniyalari mablag‘lari uchun foizlar to‘lovi kichik biznes subyektlariga lizing xizmati ko‘rsatilgan kundan boshlab hisoblanadi va uning to‘lovi har oyda amalga oshiriladi. 18. Tijorat banklari va lizing kompaniyalari Tadbirkorbank kredit liniyasi mablag‘larining kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda ishlatilmagan qismiga kredit shartnomasi shartlariga muvofiq Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi mikdorida foiz to‘laydilar. 19. Tadbirkorbank bilan tijorat banki yoki lizing kompaniyalari o‘rtasida keyingi kredit liniyalari ochilganda yangi kredit liniyalarining summalari ko‘rsatilgan holda qo‘shimcha kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi. 20. Kredit liniyasining amal qilish muddati tugaganidan keyin bosh tijorat banki yoki lizing kompaniyasi Tadbirkorbankka kredit liniyasi mablag‘larini, to‘lanmagan foizlar qoldig‘ini qo‘shib hisoblagan holda, qarzdor tomonidan olingan kreditlarni yoki lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlarini haqiqatda qaytarilishidan qat’i nazar, kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarib berishi shart. 21. Tadbirkorbank tijorat banki yoki lizing kompaniyasida ochilgan kredit liniyasi mablag‘larini maqsadli ishlatilishini kredit yig‘majildini yoki lizing bo‘yicha yig‘majildni o‘rganish yo‘li bilan, shuningdek, tijorat bankining yoki lizing kompaniyasining vakili bilan joyiga chiqib, kichik biznes subyektlariga Tadbirkorbankning kredit liniyalari hisobiga berilgan kreditlardan yoki lizing obyektidan maqsadli foydalanishi yuzasidan monitoringni amalga oshirishga haqlidir. Ushbu kreditlardan maqsadga nomuvofiq foydalanish hollari aniqlanganda Tadbirkorbank tijorat bankidan yoki lizing kompaniyasidan kredit liniyasining tegishli qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli bo‘ladi. Tadbirkorbankning shu haqdagi to‘lov talabnomasini tijorat banklari va lizing kompaniyalari o‘rtasida kredit liniyasi ochish borasida tuziladigan kredit shartnomasida belgilangan tartibda ijro etishlari shart. 22. Tijorat banklari va lizing kompaniyalari Tadbirkorbank kredit liniyalarini o‘zlashtirishning ahvoli to‘g‘risida har chorakda Tadbirkorbankka ushbu kreditlarni olgan yoki lizing xizmati ko‘rsatilgan kichik biznes subyektlari ro‘yxatini ilova qilgan holda axborot taqdim etadilar. Ushbu axborotlar ma’lumotlari bo‘yicha har chorakda tijorat banki yoki lizing kompaniyasi bilan Tadbirkorbank o‘rtasida mablag‘larni ishlatishni solishtirish dalolatnomalari tuziladi. 23. Kichik biznes subyektlari Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga kredit olish uchun ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat qilishlari lozim. 24. Tadbirkorbank kredit liniyasi hisobidan kredit olish uchun kichik biznes subyektlari tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: kredit berish to‘g‘risida ariza; biznes reja; kreditning qaytarilish ta’minoti. 25. Olingan kreditning qaytarilmaslik xavfini oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta’minot turlarini bankka taqdim etishi mumkin: mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi; uchinchi shaxsning kafilligi; sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi. 26. Lizing kompaniyalari Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobiga lizing operatsiyalarini amalga oshirishni qonunchilikda va qonun osti hujjatlarida o‘rnatilgan tartib asosida amalga oshiradilar. 27. Tijorat banklarining filiallari ularga bosh bank tomonidan berilgan vakolat doirasida kreditlar berish to‘g‘risidagi arizaga mazkur Nizomning 24 va 25-bandlarida ko‘zda tutilgan hujjatlar ilova qilingandan keyin 10 ish kunidan kechiktirmay ularni ko‘rib chiqishlari va kreditni berish yoki berilmasligi to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilishlari lozim. Kredit berilishi to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda bank va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi imzolanadi. Kredit berilishi rad etilgan taqdirda, bank tomonidan kreditning rad etilishi sabablari ko‘rsatilgan holda yozma javob beriladi. 28. Tijorat banki (filiali) kredit qo‘mitasining qarori yakuniy hisoblanadi va Tadbirkorbankning kredit liniyasi hisobiga kreditlar berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 29. Agar tijorat banki filialining kredit qo‘mitasi tomonidan kichik biznes subyektlarining investitsiya loyihasi ma’qullanganidan keyin Tadbirkorbank kredit liniyasida mablag‘lar mavjud bo‘lmasa, tijorat banki bo‘limi shu kunning o‘zida viloyat (bosh) bankiga mazkur kredit liniyasi bo‘yicha qo‘shimcha resurslar ajratish to‘g‘risida ariza yo‘llaydi. Bank filialining arizasiga asosan viloyat (bosh) banki ariza olingan kundan keyingi kundan kechiktirmay Tadbirkorbank kredit liniyasi hisobidan so‘ralayotgan summani ajratadi. Agar Tadbirkorbankning bosh tijorat bankida ochilgan kredit liniyasida mablag‘lar mavjud bo‘lmasa, bosh bank o‘sha kunning o‘zida bu haqda bank filialiga ma’lum qiladi va ayni vaqtda Tadbirkorbankka tegishli mablag‘lar ajratilishi haqida buyurtma yo‘llaydi. 30. Tijorat banki (filiali) Tadbirkorbankning kredit liniyasida mablag‘lar vaqtincha yo‘qligi to‘g‘risida xabar olinganidan keyin bu haqda qarz oluvchiga ushbu xabar olinganidan keyingi kundan kechiktirmay ma’lum qiladi. Ayni vaqtda bank (filial) kredit qo‘mitasi tomonidan investitsiya loyihalari ma’qullangan qarz oluvchilarining kalendar navbat tartibidagi ro‘yxati tuziladi. Kredit olishga navbatda turganlar ro‘yxatining bank (filiali) rahbari imzolagan va yumaloq muhri qo‘yilgan nusxasi bank (filiali) tomonidan Markaziy bankning viloyat Bosh boshqarmasi hamda tijorat bankining viloyat boshqarmasiga nazorat uchun taqdim etiladi va bir nusxasi operatsiyalar zaliga ko‘rinarli joyga ilib qo‘yiladi. Tadbirkorbankdan mablag‘ kelib tushganidan keyin ushbu kredit liniyasi hisobiga kredit berilishi qat’iy ravishda navbat ro‘yxatiga muvofiq holda amalga oshiriladi. 31. Qarz oluvchilar investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslantirilganligi, bankka taqdim qilingan biznes-reja, boshqa axborot va hisobotlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi, loyihalarning biznes-reja asosida amalga oshirilishi bo‘yicha qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar. 32. Kreditlar alohida ssuda hisobvarag‘ini ochish orqali tovar-moddiy boyliklar uchun qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida to‘lovni amalga oshirish yo‘li bilan beriladi. Kredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan fermer xo‘jaliklari va yuridik shaxs maqomiga ega dehqon xo‘jaliklariga 1,5 yil (18 oy) muddatgacha faqat aholidan chorva, parranda, ko‘chat va urug‘lik sotib olish uchun berishga yo‘l qo‘yiladi. Kichik biznes boshqa subyektlariga kreditlar faqat naqd pulsiz shaklda beriladi. Naqd pul bilan berilgan kreditlarni qaytarish va ular bo‘yicha foizlar to‘lash majburiy tartibda naqd pul bilan amalga oshiriladi. 33. Kredit bo‘limi boshlig‘i (xodimi)ning farmoyishiga ko‘ra alohida ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha berilgan ssudalar muddatli majburiyatnoma bilan rasmiylashtiriladi, u kreditlash muddatlariga bog‘liq holda 91903 — “Qarz oluvchilarning o‘rta muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari” va 91905 — “Qarz oluvchilarning uzoq muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari” ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida to‘liq qaytarilgungacha hisobga olinadi. 34. Qaytarish muddati kelganda va qarz oluvchida pul mablag‘lari bo‘lmaganda kredit muddati kechiktirilgan ssudalar hisobvarag‘i orqali undirishga taqdim etiladi, unga doir muddatli majburiyatlar 2-son kartotekaga joylashtiriladi va kalendar navbati tartibida ijro etiladi. 35. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoringni amalga oshiradilar. Monitoring qarz oluvchi loyihasini va kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilishi kerak. 36. Monitoring jarayonida mijozning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga muvofiq mahsulot yetkazib berish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlar, muomala chiqimlari, foyda hajmlari, o‘z aylanma mablag‘lari mavjud bo‘lishi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari ahvoli, aylanma mablag‘larning muomalada bo‘lishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kreditga qodirlik bo‘yicha doimiy monitoringini amalga oshiradi va uni qarz oluvchining maxsus ma’lumotlar yig‘majildida tizimga soladi. Bankka taqdim etilgan garov holati hamda kreditdan samarali va maqsadli foydalanilishi joyida o‘rganiladi. 37. Kreditdan foydalanish muddati tugagach, qarz oluvchi olingan kreditni bankka o‘z muddatida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda qaytarishi shart. 38. Qarz oluvchi berilgan kreditdan maqsadga ko‘ra foydalanmaganligi aniqlangan taqdirda bank qarz oluvchiga bundan keyin kredit berishdan bosh tortishga, qarz oluvchidan kredit summasini kredit shartnomasida belgilangan tartibda muddatidan oldin qaytarishni va hisoblangan foizlarni to‘lashni talab qilishga haqlidir. 39. Qarz oluvchi tomonidan kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda, bank garov predmetini mustaqil ravishda, sudga murojaat etmasdan, Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarning kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tartibi”da belgilangan tartibga muvofiq undirishga haqlidir. 40. Qarzdor kredit shartnomasi shartlariga binoan kreditni qaytarishdan va unga hisoblangan foizlarni to‘lashdan yoki shartnoma shartlariga muvofiq garov predmetini bank tasarrufiga topshirishdan bosh tortgan taqdirda, bank xo‘jalik sudiga tegishli da’vo bilan murojaat etishi lozim.
10Qonunchilik
Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasida 6,5 mlrd so`mlik kamomad va noqonuniy o`zlashtirish holatlari aniqlandi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasida  Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbiri tashkil etilib, qator kamchiliklar aniqlandi.   Xabarda aytilishicha, 2022 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, “Issiqlik manbai” tarkibida jami 51 ta qozonxona mavjud bo`lib, ularning balans qiymati qariyb 1,5 mlrd so`mni tashkil etgan. Ammo, nazorat tadbir davrida qozonxonalarning kadastr hujjatlari taqdim etilmagan hamda 7 dona qozonxona boshqa shaxslarga berib yuborilganligi aniqlangan.   Shuningdek, korxonada umumiy qiymati  qariyb 6,5 mlrd so`m bo`lgan qator moliyaviy kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlandi.  Xususan:   - asossiz kirtilgan xarajatlar - 3,8 mlrd so`m;   - tovar moddiy boyliklarining kamomadi -1,8 mlrd so`m; - ortiqcha to`langan ish haqi - 833,3 mln so`m; - boshqa shaxslarga berilgan binolar qiymati - 46,8 mln so`m; - yonilg`i xarajatlarni ortiqcha sarflanishi - 45,5 mln so`m. Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo`yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.
6Jinoyat
Botanika bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi 16 may kuni soat 11.55da Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan Botanika bog‘ining orqa tomonida, ochiq maydonda qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalarda yong‘in sodir bo‘lgan, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati. «Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olindi», — deyiladi xabarda. Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Bog‘ning o‘rmon fondiga zarar yetmagan. Yong‘in sababi tekshirilmoqda.
5Jamiyat
Buxoro va To‘rtko‘lda yer sotmoqchi bo‘lgan kadastr sobiq mutaxassisi hamda fuqaro ushlandi Buxoro shahri va Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Departamentning To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIV bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.A. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, tuman hududidan 10 sotix yer maydonini ajratib berilishini ijobiy hal qilib berishni 10 000 AQSH dollariga kelishib, shundan 9 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Xuddi shunday, departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyat boshqarmasi sobiq mutaxassisi S.K. fuqaro N.ning ishonchiga kirib, o‘z xizmat faoliyati davomida Buxoro shahar hokimligi zaxirasidan 1 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 2 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgani aniqlanib, tadbir jarayonida 100 AQSH dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
8O‘zbekiston
Netanyaxu yevropalik yahudiylarga Isroilga ko‘chib kelishni maslahat berdi Yevropalik yahudiylar Isroilni tark etishi kerak, deb hisoblaydi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu. Bunday bayonot bilan u 15-fevral kuni, Kopengagendagi teraktlardan so‘ng chiqish qildi, deb yozadi Agence France-Presse. Netanyaxu so‘zlariga ko‘ra, “yahudiylarni yana Yevropada ular shunchaki yahudiy bo‘lgani uchun o‘ldirishmoqda”. “Isroil — bizning uyimiz. Biz Yevropadan yalpi ravishda ko‘chib ketishga chaqiramiz”, — dedi u. Bundan tashqari, Isroil bosh vaziri yahudiylarning Fransiya, Belgiya va Ukrainadan immigratsiya qilinishini rag‘batlantirish bo‘yicha 47 million dollarlik dastur mamlakat vazirlar mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun berilganini aytib o‘tdi.
2Dunyo
“Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi” va “Ingliz tili bilimdonlari” tanlovlarining so‘nggi bosqichi o‘tkazilmoqda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi va o‘quvchilar o‘rtasida “Ingliz tili bilimdonlari” intellektual musobaqasining yakuniy respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda. “Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi 3 bosqichda o‘tkazilmoqda. Tanlovning dastlabki bosqichida 2 mingga yaqin ingliz tili o‘qituvchilari 250 tagacha so‘zdan iborat essesi bilan ishtirok etdilar. Ular orasidan 75 % va undan yuqori natija ko‘rsatgan talabgorlar hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralariga jo‘natildi. Tanlovning ikkinchi bosqichida 232 nafar o‘qituvchining dars ishlanmasi va videodarsi baholanib, har bir hududdan eng yuqori ball to‘plagan 5 nafardan ishtirokchi tanlovning uchinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Davom etayotgan uchinchi bosqichda barcha ishtirokchilar Britaniya kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘tkaziladigan APTIS test savollarida ishtirok etadi. Ushbu test savollari orqali umumyevropa kompetentsiyalari CEFR talablari doirasida chet tili o‘qituvchilarining o‘qish (R-reading), tinglab tushunish (L-listening), gapirish (S-speaking), grammatik va leksik (GV – grammar and vocabular) bilimlari baholanmoqda. Yakunda 1 nafardan 1—3-o‘rinni egallagan g‘oliblar aniqlanadi. 1-o‘ringa “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda kubok beriladi. Respublika bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan 40 ga yaqin chet tili o‘qituvchilari Buyuk Britaniyaning nufuzli markazlarida malaka oshirish uchun yo‘llanmaga ega bo‘ladi. “Ingliz tili bilimdonlari” intellektual musobaqasi ikki bosqichda: hududiy va respublika bosqichlarida o‘tkazilib, uning hududiy bosqichda har bitta tuman (shahar)dan bittadan jamoa ishtirok etdi. Jamoa a’zolari 5—9-sinflarning har biridan bir nafardan o‘quvchi qatnashdi. Musobaqalar 3 ta shartdan iborat bo‘lib, bunda o‘quvchilarning o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish kompetentsiyalari hamda ular tomonidan ingliz tilidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi baholanadi.
8O‘zbekiston
Toshkentdan Ekaterinburgga qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`yiladi Ushbu yo`nalishda aviachipta narxi 2 593 810 so`mdan boshlanadi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar bermoqda. Unga ko`ra, 2022 yil 13 va 20 martda Toshkent — Ekaterinburg — Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiriladi.   "Toshkent – Ekaterinburg yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi 2 593 810 so`mdan (bagajsiz) va 2 966 363 so`mdan (bagaj bilan), Ekaterinburg – Toshkent yo`nalishi bo`yicha esa 25 429 rubldan (bagajsiz) va 29 409 rubldan (bagaj bilan) boshlanadi",-deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, narxlar 05.03.2022 holatiga ko`ra amal qiladi.
5Jamiyat
Parlament: davlat idoralari faoliyati ochiqligini ta'minlashning yangi uslubi joriy etilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo‘mitasi tomonidan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash» mavzuida seminar tashkil etildi. Seminar ishtirokchilari jamoatchilik kengashi faoliyati, kengash tomonidan amalga oshirilayotgan davlat organlarining «ochiqlik indeksi»ni baholash va monitoringini o‘tkazish natijalari bilan tanishdi. Ta'kidlanganidek, kengash tomonidan amalga oshirilayotgan davlat organlarining «ochiqlik indeksi»ni baholash va monitoringini o‘tkazish yaxshi samara bermoqda, deb xabar beradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot xizmati.  Tadbir davomida davlat idoralari faoliyati ochiqligini ta'minlashning yangi uslubini joriy etish bo‘yicha fikr yuritildi. Hozirgacha davlat organlari faoliyati ochiqlikni ta'minlash bo‘yicha yo‘lga qo‘ygan ishlari asosida baholangan bo‘lsa, endilikda bu ishlarning sifati va soni, uning samaradorligini baholash mexanizmi joriy etiladi. Bunda, eng avvalo, davlat organlari rahbariyatining keng auditoriya bilan muloqoti nazarda tutilmoqda. Bu uslub joriy yilning 1 iyulidan qo‘llaniladi. Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 maydagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonuni fuqarolarning ijtimoiy ahamiyatga molik axborotlardan foydalanishini huquqiy kafolatlash bilan bir qatorda davlat organlari faoliyati ochiqligini ta'minlashning shakl va uslublari, davlat organlari va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashishning aniq mexanizmlarini belgilab berdi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi shakllantirildi. Kengash ishlab chiqqan metodika hamda reglament asosida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining monitoringi olib borilmoqda. Monitoring natijalari har yili ikki marotaba (1 yanvar va 1 iyul holatiga) e'lon qilinadi.
8O‘zbekiston
Turkiyada uch milliondan ortiq davlat xizmatchilarining ta’tili bekor qilindi Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim uch milliondan ortiqroq davlat xizmatchilarining ta’tili maxsus topshiriqqa qadar bekor qilinishi haqida farmon chiqardi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. Hujjatda ta’kidlanishicha, ta’tilga chiqib ulgurgan xodimlar ishga qaytishi va xizmat vazifalarini bajarishga tezroq kirishi lozim. Bu farmon Turkiyadagi muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat to‘ntarishi munosabati bilan davlat, sud organlari va armiyada boshlangan yalpi tozalash bilan bog‘liq ravishda e’lon qilindi.
2Dunyo
Zelenskiy 1 iyuldan Rossiya bilan viza rejimi joriy etilishini e’lon qildi Ukraina 2022 yil 1 iyuldan boshlab rossiyaliklar uchun viza rejimini joriy etadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi, deb xabar berdi Forbes.  Zelenskiyning bildirishicha, u Ukraina vazirlar mahkamasiga Rossiya fuqarolari uchun mamlakatga kirish rejimini ko‘rib chiqishni taklif qilgan va bu boradagi qaror 17 iyun kuni qabul qilinishi lozim. Zelenskiy viza rejimi joriy etilishini Ukraina «milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga nisbatan misli ko‘rilmagan tahdidlarga qarshi kurash chorasi» deb atadi. Mamlakat vazirlar mahkamasi Ukraina va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi ikki mamlakat fuqarolarining vizasiz harakatlanishi to‘g‘risidagi kelishuvning bekor qilinishi bo‘yicha qaror qabul qilishi lozim. Rossiyaliklar uchun viza joriy etish taklifi shu yilning 11 fevralida internetda petitsiya ko‘rinishida paydo bo‘lgandi. Zelenskiy buni may oyi oxirlarida qo‘llab-quvvatladi va bosh vazir Denis Shmigalga bu masala ustida ish olib borish topshirig‘ini berdi.  Rossiya bilan viza rejimini joriy etish va diplomatik munosabatlarni uzish taklifi Oliy rada deputatlari tomonidan 2014 yilda ham berilgan, ammo o‘shanda bu taklif amalga oshmagandi.
2Dunyo
Putin: Rossiya Ukraina bilan aloqalarni albatta tiklaydi Moskva Kiyev bilan aloqalarni tiklaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Mir” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”. Putin Ukrainada Vladimir Zelenskiy hokimiyatga kelganidan so‘ng ikki davlat munosabatlari kelajagini qanday ko‘rayotganiga izoh berdi. “Biz shak-shubhasiz aloqalarimizni tiklaymiz. Bir xalqning turli qismlari o‘rtasidagi munosabatlar bunday qolishi mumkin emas. Siyosiy elitalar bilan munosabatlarimizdan qat’iy nazar shunday bo‘ladi”, — dedi Rossiya prezidenti.
2Dunyo
Sanches Venger bilan ziddiyat tufayli «Arsenal»dan ketadi «Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches va jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan. Shu tufayli chililik futbolchi yozda klubni tark etmoqchi. Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, Venger Sanchesning «Bavariya»ga (1:5) qarshi o‘yindagi harakatlaridan norozi bo‘lgan, o‘z navbatida futbolchi aybni jamoadoshlariga to‘nkagan. Shundan so‘ng, bosh murabbiy uni «Liverpul»ga (1:3) qarshi o‘yinning boshlang‘ich tarkibiga kiritmagan. Venger uni bo‘ysunmay qo‘yganlikda ayblab, uning bu xulq-atvori jamoaga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganini bildirgan. Ayni paytda futbolchining kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Avvalgi xabarlarda ushbu 28 yoshli futbolchi bilan «PSJ», «Yuventus» va «Inter» klublari qiziqqan edi. Turinliklar jamoasi rahbariyati uning transferi uchun 30 million yevro taklif etgan.
13Sport
«Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori va bosh murabbiyi ishdan olindi «Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori va bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub prezidenti, shuningdek «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda aytildi. «Bunyodkor» futbol klubida amalga oshirilayotgan ishlar qoniqarsiz holatda, natijalar esa achinarli ahvolda ekanligi, holatni yaxshilash va sog‘lomlashtirish uchun klubda va direksiya rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirilgani ma’lum qilindi. Bunday salbiy natijalar uchun avvallari moliyalashtirishdagi muammolar bahona qilingani, hozirda bu sohada muammo yo‘qligi aksincha klub va direksiya uchun zarur barcha mablag‘lar, oylik-maoshlar va mukofot pullari o‘z vaqtida berilayotgani aytildi. Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda homiy «O‘zbekneftgaz» tomonidan klubning 393 nafar xodimlariga oktabr oyi uchun 1 mlrd 532 mln so‘mdan ko‘proq oyliklarini to‘lab berish kechikkan. Bunda klub direktori hamda asosiy jamoa murabbiyining o‘z vazifalarini yetarli darajada bajarmaganligi sabab ishdan olindi. Klubga Ulug‘bek Mirzayev o‘rniga «Bunyodkor» Akademiyasi direktori Aziz Haydarov direktor bo‘ldi. Aziz Haydarov. Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ Asosiy jamoa murabbiyi Viktor Karpenko o‘rniga «Bunyodkor» U-21 jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich tayinlanadi. Boshkovich futbolchi va murabbiy sifatida Yevropa futboli bilan tanish. Uning tajribasi jamoadagi natijalarni o‘zgartirishiga umid bildirildi, deyiladi xabarda. Ivan Boshkovich. Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ Unga avvalo jamoadagi muhitni o‘zgartirish, futbolchilar bilan alohida ishlash bo‘yicha topshiriq va vazifalar berildi. U bosh murabbiy faoliyatiga aralashsa, jazolanadi. «Bunyodkor» akademiyasi direktorligiga, Akademiyada faoliyat yuritib kelayotgan Islom Ahmedov tayinlanadi. Keltirilishicha, u futbolda katta tajribaga ega ekspert. Islom Ahmedov. Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ Ma’lumot uchun, «Bunyodkor» FK Superliga joriy mavsumining 18-turidan so‘ng jamoa 20 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinda bormoqda. Jamoa 18 ta o‘yinda 20 ta gol urgan bo‘lsa, 29 ta to‘p o‘tkazib yuborgan yoki to‘plar nisbati -9 ga teng. Superliganing 2021 yil mavsumida jamoa 18-turdan so‘ng 29 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinni egallab turgan edi. To‘plar nisbati esa +12.
13Sport
Toshkent propiskasi qanchaga tushadi: poytaxtdagi “novostroykalar” narxlari UZ24 birlamchi uy-joy bozoridagi narx-navolar bo‘yicha qisqacha tahliliy material tayyorladi. Kuzatuvlarga ko‘ra, poytaxtda yangi qurilgan yoki qurilayotgan turar joy majmualarida bir xonali uylarning umumiy maydoni o‘rtacha — 36 kvadrat metr, eng arzon bir xonali uyning bahosi — 140 million so‘mdan, ikki xonali uylarning umumiy maydoni o‘rtacha — 52 kvadrat metr, narxi — 208 million so‘mdan, uch xonali uylar umumiy maydoni o‘rtacha — 64 kvadrat metr, eng arzon narxi esa o‘rtacha — 258 million so‘mdan boshlanadi. Toshkent shahrining Olmazor tumanida uylarning eng arzoni 1 kvadrat metr uchun (“novostroyka” qurilgan hudud va xonadonning joylashgan qavatiga qarab) 4,5 – 5,9 million so‘mga baholanmoqda. Mirobod tumanida uylarning 1 kvadrat metri uchun eng arzon narxlari 5,4 – 7 million so‘m, Mirzo Ulug‘bek tumanida 4 – 6,2 million so‘m, Shayxontohur tumanida 4,7 – 6 million so‘m, Yunusobod tumanida 4,5 – 5 million so‘m, Yakkasaroy tumanida 4,9 – 5,2 million so‘mga teng. Yashnabod tumanida eng arzon taklif 3,6 – 4 million so‘m, Bektemir tumanida eng arzon taklif 1 kvadrat metr uchun 4 million so‘m, Sergeli tumanida 4 – 5,2 million so‘m, Uchtepa tumanida 3,9 – 6 million so‘m, Chilonzor tumanida 4 – 5,5 million so‘mni tashkil etmoqda.
8O‘zbekiston
Kun davomida 44 ta yangi koronavirus holati aniqlandi Juma kuni O‘zbekistonda 44 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Yangi holatlarning 32 tasi karantin muassasalaridan, 4 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 8 tasi (Toshkent shahri 4, Samarqand viloyati 4) esa aholi orasidan aniqlandi. ️Kun davomida 34 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3488 nafar bemordan 2728 nafari butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 746 nafar bemor yurtimizning 7 xududidagi tibbiyot muassasalarida davolanishmoqda. Ulardan 7 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bugun respublika bo‘yicha uy karantiniga 1199 nafar fuqaro olinib, 1383 nafar fuqaro chiqarildi. Statsionar karantinga esa 671 nafar fuqaro olinib, 1484 nafar fuqaro o‘z uyiga kuzatildi.
11Salomatlik
JAR fuqarosi sohilga chiqib qolgan akula qornini yordi (video) JARlik fuqaro dengiz sohiliga to`lqinlar oqibatida chiqib qolgan akulaning qornini yordi. Albatta, baliq bu paytda o`lik edi. Biroq e`tiborli bu odam akulaning homilador ekanligini sezdi va uning bolalari hali tirik bo`lishi mumkinligini o`ylagan. Independentning yozishicha, akula Keyptaun plyajidan topilgan. 1 dekabr kuni e`lon qilingan videoni shu kungacha 160 ming martadan ko`proq tomosha qilishgan. Izohda "Bu insonning barcha hayot ko`rinishlariga hurmatining ajoyib namunasidir” deb yozilgan.
2Dunyo
Boliviya prezidenti Trampni «insoniyat dushmani» deb atadi Boliviya prezidenti Evo Morales AQSh prezidenti Donald Trampni “insoniyat dushmani” deb atadi. U Trampga bunday “bahoni” Kuba poytaxti Gavanada o‘tyotgan San-Paulu anjumanida berdi. Ushbu anjumanda Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlarining so‘l partiyalari va tashkilotlarining 600 dan ko‘proq vakili ishtirok etmoqda. “Ayni vaqtda AQSh prezidenti Donald Tramp dushman hisoblanadi, Insoniyat dushmani, butun sayyoramiz dushmani”, deb aytgan Morales. Boliviya prezidenti, shuningdek, Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning “aksilimperialistik g‘oyalari” hozirda har qachongidan dolzarbroqligini qo‘shimcha qilgan. Gavanadagi anjuman aynan Kastro xotirasiga bag‘ishlangan. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ham Vashingtonning siyosatini keskin tanqid qilgan. “Biz Tramp ma'muriyatining aqlsiz rejalariga va harbiy okkupatsiya tahdidlariga qarshi turishga majburmiz. Biroq biz imperiya tomonidan solinuvchi hech qanday tahdiddan ko‘rqmaymiz”, deb aytgan Maduro.   Uning aytishicha, AQSh Venesuelaning tabiiy zaxiralarini qo‘lga kiritish maqsadida unga qarshi “nokonventsional urush” olib bormoqda.
2Dunyo
Erdo‘g‘an: Hali hech bir davlat rahbari BMT minbaridan turib islom dini qadriyatlarini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi yurtdoshlarimizga cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishladi. Bu mazkur tashrif anchadan buyon kutilgani, Prezidentning nutqi odamlarning qalbidan, tafakkuridan chuqur joy olganidan dalolat, deb yozadi O‘zA.  Prezidentning nutqi mazmundorligi va ahamiyati bilan alohida ajralib turdi. Qisqa bo‘lishiga qaramay, nutq zamonamizning eng dolzarb mavzularini qamrab oldi: O‘zbekistondagi islohotlar, demokratiya, inson huquqlari, yoshlar masalasi, diniy bag‘rikenglik, xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, ekologiya va hokazo.  Davlat rahbari O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, inson huquqlarini himoya qilish faollashgani, xalqaro aloqalar uchun keng erkinlik yaratilgani, mamlakatimizning yangi qiyofasi shakllantirilayotganini ta'kidladi.  Sessiya ishtirokchilari Shavkat Mirziyoyevning nutqini diqqat bilan tingladi. BMT kanallari orqali bevosita kuzatib bordi. Bosh qarorgohdagi media markazda jurnalistlar o‘zlariga ko‘p narsalarni qayd qilib bordi. Ayniqsa, Prezident Orol dengizi aks ettirilgan xaritani ko‘rsatganda hamma o‘yga toldi...  Shavkat Mirziyoyev butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblashini ta'kidladi. Buyuk allomalar, xususan, Imom Buxoriyning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma'rifiy islom to‘g‘risidagi ta'limotini keng yoyish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilayotganini ma'lum qildi.  Nutq yakunlanganda qarsaklar ancha paytgacha tinmadi. Sessiya raisi, davlat rahbarlari Prezidentni tabrikladi, o‘z taassurotlarini bildirishga oshiqdi.  Masalan, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hali hech bir davlat rahbari BMT minbaridan turib islom dini qadriyatlarini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagani, hech qachon Imom Buxoriy nomini tilga olmaganini ta'kidladi.  Xalqaro siyosiy doiralarda, ommaviy axborot vositalarida bu tarixiy nutqqa munosabat bildirish davom etmoqda.
8O‘zbekiston
AQShda pandemiya to‘lovlarini 2 ming dollargacha oshirish rad etilganidan keyin siyosatchilarning uylariga hujum qilishdi 2-yanvar kuni AQShning Kentukki shtati Luisvill shahrida vandallar Kongress senatidagi ko‘pchilik yetakchisi, respublikachi Mitch Makkonnellning uyiga hujum qildi, deb xabar bermoqda Meduza. Uyning kirish eshigiga bo‘yoq bilan “Mening pullarim qani?” deb, derazaga esa “Mitch kambag‘allarni o‘ldirmoqda” deb yozib ketishdi. Mitch McConnell’s Louisville home vandalized after blocking $2000 stimulus checks.More: https://t.co/6DiCDKea8U pic.twitter.com/KVqZcPwS9N — Complex (@Complex) January 2, 2021 Xuddi shunday holat shu kuniyoq Kaliforniyada ham yuz berdi — vandallar, OAVlar xabariga ko‘ra, Kongress vakillar palatasi spikeri, demokrat Nensi Pelosining San-Fransiskodagi uyiga hujum qildi. Garaj eshigiga “Ijarani bekor qil” va “Biz hamma narsani xohlaymiz” deb yozib, trotuarda sun’iy qonga belangan cho‘chqa kallasini qoldirishdi. Nancy Pelosi's home vandalized with graffiti, pig head: reports https://t.co/LfihkuCHId pic.twitter.com/g9g5mVyoqK — New York Post (@nypost) January 2, 2021 Kentukki gubernatori Endi Besher Makkonnellning uyidagi vandalizmni “nomaqbul” deb atadi. “Birinchi tuzatish bizning so‘z erkinligimizni himoya qilsa-da, har qanday sabab asosidagi vandalizm ham nojo‘ya va nomaqbuldir”, — deb yozdi u Twitter’da. Hodisani izohlar ekan, Mitch Makkonnell “jamiyatimizda vandalizmga va qo‘rqitish siyosatiga o‘rin yo‘q” deb aytdi. Nensi Pelosi esa buni izohlaganicha yo‘q. Eslatib o‘tamiz, 28-dekabr kuni AQSh Kongressining Vakillar palatasi pandemiya sharoitida amerikaliklarga to‘lanadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlar miqdorini 600 dan 2000 dollargacha oshirish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Respublikachilar tomonidan nazorat qilinuvchi senat bu tashabbusni rad etdi, ammo bungacha u AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Avvalroq AQSh Kongressi koronavirus tarqalishi fonida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 892 milliard dollarlik yangi paket loyihasini ma’qullagan edi. Paket aksariyat amerikaliklarga 600 dollar miqdorida to‘lovlar, shuningdek, ishsiz qolganlarga haftalik 300 dollar miqdorida qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga olgan. Eslatib o‘tamiz, mart oxirida AQSh Kongressi Senati COVID-19 koronavirus pandemiyasi sharoitida AQSh kompaniyalari, aholisi va sog‘liqni saqlash tizimini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini bir ovozdan ma’qullab, 2,2 trillion dollar miqdorida mablag‘ ajratgan, ushbu moliyalashtirish paketi mamlakat tarixidagi eng yirigi bo‘lgandi. Aprel oyida esa Kongress iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga yana 484 milliard dollar ajratish to‘g‘risidagi dasturni ma’qullagandi. Bahorda tasdiqlangan ko‘plab choralar muddati tez orada tugaydi va yangi chora-tadbirlar paketi ularni uzaytirishni nazarda tutadi. Avvalroq AQSh Moliya vazirligi iqtisodiyotni kuchaytirishga 916 milliard dollar ajratishni taklif qilgani, mamlakatda shatdaunning oldini olish uchun bir kunga budjet qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.
2Dunyo
Norvegiya rasmiylari NATO mashg‘ulotlarida Erdo‘g‘on va Otaturk dushmanlar ro‘yxatiga kiritilgani uchun uzr so‘radi Norvegiya mudofaa vaziri Frank Bakke-Yensen NATOning Norvegiyadagi o‘quv-mashg‘ulotlari vaqtida Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning tasviri tushirilgan “dushman plakatlari”dan foydalanilganidan afsusda ekanligini bildirdi, deb xabar berdi “RBK”.  NATO mashg‘ulotlarida Otaturk va Erdo‘g‘on dushmanlar ro‘yxatiga kiritildi “NATOning Stavangerdagi markazida bo‘lib o‘tgan o‘quv mashg‘ulotlarida sodir bo‘lgan noxush hodisadan afsusda ekanligimni bildiraman”, — deydi vazir. Uning ta’kidlashicha, noxush hodisa bir kishining harakatlari oqibati bo‘lib, “butun Norvegiyaning qarashlarini aks ettirmaydi”. Ushbu plakatlarni ilgan norvegiyalik ishdan chetlatildi. Mudofaa vaziri vaziyat yuzasidan tergov o‘tkazishga va kerakli choralarni qo‘llashga va’da berdi. Bakke-Yensen Turkiyani NATOning muhim ittifoqdoshi deya atab, Norvegiya uning hamkorligini yuqori baholashini qo‘shimcha qildi. “Dushman plakatlari” bilan sodir bo‘lgan hodisadan so‘ng, Turkiya o‘z qo‘shinlarini o‘quv mashg‘ulotidan chaqirib oldi. Voqea haqida Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga Turkiya bosh shtabi rahbari Xulusi Akar va mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari bo‘yicha vaziri Omer Chelik ma’lum qildi. “Ular menga Norvegiyadagi o‘quv mashg‘ulotidan 40 nafar harbiy xizmatchini chaqirib olishlari haqida aytishdi. Men ularga bu ishni darhol bajarishlari lozimligini aytdim. Bunday sharoitda hech qanday ittifoq bo‘lmaydi”, — dedi Erdo‘g‘on.
2Dunyo
Misrlik harbiylar Sinay shimolida 7 nafar ekstremistni yo‘q qildi Misr armiyasi tuzilmalari Sinay yarimorolida amal qilayotgan ekstremistik guruhlarning yetti nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Misr Qurolli kuchlari vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Ma’lum qilinishicha, hukumat kuchlari otryadlari Shimoliy Sinay viloyati markazi al-Arish shahri yaqinida qurollangan radikallar guruhi bilan jangovar to‘qnashuvga kirishgan. Terrorchilik guruhlari tarafdorlaridan yetti nafari yo‘q qilingan. Armiya vakili operatsiya davomida misrlik ikki nafar harbiy xizmatchi jarohatlanganligini ta’kidladi. Misr armiyasi politsiya bilan hamkorlikda bir necha yildan buyon Sinayning shimoliy tumanlarida ekstremistlarga qarshi kampaniya o‘tkazmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
2Dunyo
Netanyaxu “Xamas”ning Isroilga nisbatan siyosati yumshaganiga izoh berdi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning rasmiy vakili bayonot bilan chiqib, “Xamas” Falastin ozodligi harakati “butun dunyoni aldamoqchi” bo‘layotganini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari “Xamas” o‘z siyosatini biroz yumshatib, Isroilni yo‘q qilish chaqiriqlaridan voz kechayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Isroil bosh vaziri bu masalada o‘z izohini berib o‘tdi. “‘Xamas’ butun dunyoni aldamoqchi, lekin ular buni eplay olmaydi. Ular teraktlar uyushtirish uchun yashirin tunnellar ochadi, Isroilning tinch aholisiga raketalar yog‘diradi. Mana shu haqiqiy ‘Xamas’dir”, — dedi bosh vazirning rasmiy vakili.
2Dunyo
Toshkentda Ukrainaning MAU aviakompaniyasi vakolatxonasi ochildi 2-mart kuni poytaxtda Ukrainaning MAU aviakompaniyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Anons.uz”. Aslida aviatashuvchi Kiyev—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni avvalroq boshlab, shu paytga qadar 100 ta parvozni amalga oshirishga ulgurdi. Shu kuni esa kompaniyaning Toshkentdagi vakolatxonasi rasman ochildi. Kiyev—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha va ortga parvozlar “Boing-767” laynerlarida haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Mutaxassislar fikricha, ikkala poytaxtni bog‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalish biznes-aloqalarni rivojlantirib, turizm sohasidagi hamkorlikka turtki beradi.
8O‘zbekiston