text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Moliya vazirligi QQSdan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini e'lon qildi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, sotuvi bo‘yicha aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod etiluvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini e'lon qildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi uchun amal qiladi. Ro‘yxatdan go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, parranda go‘shti), shuningdek, tirik qoramol va parranda, baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch (barcha navlar) hamda shakar joy olgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha imtiyoz non mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishda ham qo‘llaniladi.
4Iqtisodiyot
Ichimlik suvidan mosuvo insonlar nima qilsin? Inson hayotida toza ichimlik suvining o‘rni beqiyos. Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, mavjud ichimlik suviga ham qayta ishlov beriladi, aholini sifatli va to‘yintirilgan suv bilan ta'minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Singapur suvni qayta ishlash borasida eng katta muvaffaqiyatga erishgan. Masalan, Singapur – Malakka yarim orolining janubida joylashgan kichik mamlakat. 2003-yilda mamlakatda suvni qayta ishlash bo‘yicha birinchi tashkilot – NEWater ish boshlagan. Unda tozalash uskunalari va suvni tayyorlash stansiyalari mavjud: bu yerda aholi va korxonalardan oqova suvlar keladi va tozalanadi. Rezervuarga kelib tushishdan avval, oqova suv tozalashning mikrofiltratsiya, ultrabinafsha bilan zararsizlantirish kabi bir necha qo‘shimcha darajalaridan o‘tadi. Namibiya – suvni qayta ishlashning yana bir muvaffaqiyatli misoli. Afrikaning eng qurg‘oqchilik kuzatiladigan mamlakatida suv muammosi deyarli yarim asr avval hal etilgan. 1969 yilda respublikadagi eng yirik shahar – Vindxukda shunday zavod qurilgan. Zavod fuqarolarning ichimlik suviga bo‘lgan 35 % talabini qondiradi va suv iste'moli tufayli kasalliklar yuzaga kelishi qayd etilmagan. O‘zbekistonda yuz berayotgan hodisa esa mitti Singapur yoki Namibiyadagi vaziyatdan tubdan farq qilmoqda. Negaki, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaniga tashrif buyurgan ijodiy jamoa bamisoli XX asr yoki undan ham avvalgi davrga tushib qolganini his etib, «Toshkent» MFY Yoshlik ko‘chasiga kirib borishi bilan loyga botgan yo‘lda suv tashib ketayotgan ayolga ko‘zi tushdi. Tahririyatimizga murojaat yo‘llagan shaxs ham Mirzaobodda ichimlik suvi muammosiga mutasaddilar panja orasidan qarab kelishini bayon etgandi. Uning so‘zlarida jon borga o‘xshaydi, negaki, Yoshlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi 70ta xonadon vakillari 4 yildan buyon tabiiy suv ta'minotisiz yashashga majburligini ta'kidlab o‘tdi. «Qariyb 1 km masofadagi ko‘cha boshida gidrantdan suv oqadi. Har kuni oiladan bir kishi shu ish bilan mashg‘ul, kir yuvish, ovqat tayyorlash, shaxsiy ehtiyojlar qo‘yinki, hammasi uchun suv keltirishi kerak. Buning ustiga MFY vakili har oyda «gidrantdan oqib turgan suvdan foydalanganimiz uchun» kishi boshiga 1500 so‘mdan to‘lovni undirib ketadi», deb so‘zlab berdi mahalla faoli. Ma'lum qilinishicha, Yoshlik ko‘chasida yashovchi aholi yoz kunlari yo‘l yoqasidan oqib o‘tgan ariqdagi suvdan ham foydalanadi. Ammo, kunlar sovishi bilan ariqdagi suvning bosimi ham pasayadi, qolaversa, sifati ancha buzilgan. Masalani ortiqcha so‘zlar bilan ta'riflashga hojat yo‘q. Biz porloq kelajakni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida o‘tin terib yurgan bolalar bilan qurmaymiz, deb ta'kidlagandik. Aftidan, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidan ham buyuk allomalar chiqish ehtimoli yaqin. Ammo, lekin, biroq... Magar bolalar suv tashish, o‘tin terish kabi ishlar bilan mashg‘ul ekan, poytaxt markazida zamonaviy osmono‘par binolarni qurish, falon tonnalik megapalovni tayyorlashu, xorijiy san'atkorlarni O‘zbekistonga olib kelishning bir tiyinlik qadri yo‘q. Axir, xalqni rozi qilish uchun artist yoki propiskasiz yurib bo‘lmas poytaxt emas, balki ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiya ta'minotida ijobiy o‘zgarish yaratilsa, bas. Mayin shabbodaning esgani shundan dalolat beradiki, bunday o‘zgarishlarni yaratishga qodir siyosiy iroda kuchaydi, xalqning ishonch va umid shamchirog‘i ham yonganday.
5Jamiyat
Liga 1. PSJ kamchilik qolgan “Monpelye”ga javobsiz 5 ta gol urdi PSJ klubi futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 22-turida 1-fevral, shanba kuni “Monpelye” bilan bahs olib olib bordi. “Park de Prens”da bo‘lib o‘tgan bahsda parijliklar 17-daqiqadayoq kamchilik qolgan mehmonlarni yirik hisobda taslim etdi. Maydon egalarining gollariga Pablo Sarabiya (8), Anxel di Mariya (41), Kilian Mbappe (57) va Leving Kurzava (65) muallif bo‘ldi. Shuningdek, 44-daqiqada Daniel Kongre o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. PSJ (55 ochko) mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan holda Liga 1 musobaqa jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Liga 1 22-tur bahsi 1-fevral, shanba Gollar: 1:0 — 8 Sarabiya, 2:0 — 41 Di Mariya, 3:0 — 44, avtogol Kongre, 4:0 — 57 Mbappe, 5:0 — 65 Kurzava. PSJ: Navas, Kurzava, Kuassi, Mene, Kimpembe, Di Mariya, Sarabiya (Kavani, 69), Verratti (Paredes, 74), Guye, Neymar, Mbappe (Ikardi, 68). “Monpelye”: Berto, Oyongo, Kongre, Ilton, Suke, Savanye, Le Tallek, Ferri (Sambiya, 76), Molle (Shotar, 64), Labord (Karvalyu, 19), Delor. Ogohlantirishlar: Kimpembe (33), Neymar (38), Molle (39), Shotar (81), Paredes (84), Suke (86). Chetlatishlar: Berto (17), Shotar (88). Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Temir yo`l monopoliyasi bosqichma-bosqich o`zgartiriladi Davlat rahbari оchiq muloqotda oltinchi yo`nalish — transport-logistika masalalari  haqida so`zladi va Temir yo`l monopoliyasini bosqichma bosqich o`zgartirtirish haqida aytib o`tdi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. Ma`lumotlarga ko`ra, Transport vazirligi kelgusi yil 1 yanvardan boshlab, har bir xizmatning tannarxi va uning tarkibini keng jamoatchilikka e`lon qilib boradigan bo`ldi. "“Polvontosh” (Surxondaryo), “Afrosiyob parranda” (Samarqand) korxonalari rahbarlari ichki va tashqi temir yo`l tariflari o`rtasida katta farq borligi, ya`ni xalqaro tashuvlar narxi ancha yuq‌oriligini bildirg‌anlar. Shu bois, Transport vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliya qo`mitasi bilan birga 2 oy muddatda temir yo`l tariflarini qayta ko`rib chiqsin. Bunda tadbirkorlarga o`zimizda ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo importi uchun amaldagi tariflar kamida 25 foiz arzon bo`lishi kerak. Transport vazirligi kelgusi yil 1 yanvardan boshlab, har bir xizmatning tannarxi va uning tarkibini keng jamoatchilikka e`lon qilib boradi", — ta`kidladi Prezident.   Shuningdek, Shavkat Mirziyoev xususiy logistika operatorlari faoliyati yo`lga qo`yilishini ham aytib o`tdi. "Temir yo`l sohasida kelgusi 5 yil uchun 7 mingdan ziyod yuk vagonlariga ehtiyoj mavjud. Bu muammoni davlat tomonidan emas, balki xuddi elektr energiyasi yoki sement ishlab chiqarishga o`xshab faqat va faqat xususiy sektorni jalb qilish orqali ijobiy hal qilish mumkin. Shuning uchun kelgusi yilda o`z vagoni va konteyneriga ega bo`lgan xususiy logistika operatorlari faoliyati yo`lga qo`yiladi va tariflar ikkiga ajratiladi. Bunda, davlat tomonidan faqatgina temir yo`l infratuzilmasi hamda lokomotiv xizmatlari tartibga solinadi, yuk vagonlari xizmati esa bozor tamoyillari asosida tashkil qilinadi. Shuning uchun, xususiy tadbirkorlarga temir yo`l vagonlarini olib kelishga berilgan imtiyozlar 2025 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi"— dedi davlat rahbari.
12Siyosat
Harbiy xizmatchilar Inha universitetida AKTga oid bilim va malakalarini oshirmoqda Toshkent shahridagi Inha universitetida Mudofaa vazirligi tizimidagi bir guruh ofitser va serjantlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilim va malakalarini oshirmoqda, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini zamonaviy  axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablarini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida ikki haftalik o‘quv kurslari tashkil etildi. — Inha universitetining yetuk mutaxassislari tomonidan maxsus darslar o‘tilmoqda, – deydi kapitan Lutfullo Murodov. – Har bir mashg‘ulotni qunt va qiziqish bilan o‘zlashtirmoqdamiz. Ushbu innovatsion bilim va ko‘nikmalar kelgusida nafaqat harbiy xizmat jarayonida balki, hayotning har bir jabhasida qo‘l kelishi shak-shubhasiz. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan harbiy xizmatchilarga maxsus sertifikatlar berilishi ko‘zda tutilgan.
8O‘zbekiston
Angliya Premyer Ligasida tarixiy rekord o‘rnatildi Angliya Premyer Ligasining 2-tur uchrashuvlari ortda qoldi. APLning mazkur turidagi 10 ta o‘yinda jami 44 ta gol urildi. Bu Angliyada 20 ta klub ishtirok etayotgan davr uchun rekord natija hisoblanadi. Bundan avvalgi rekord 2010/11-yilgi mavsumning 24-turida qayd etilgandi. To‘qqiz yil avval bir tur davomida 43 ta gol urilgan. Qayd etish joiz, 2-turdagi o‘nta o‘yinning hammasida gol urildi. Uchta bahsda yettitadan to‘p kiritilgan: “Everton” — “Vest Hem” (5:2), “Lids” — “Fulhem” (4:3) va “Sauthempton” — “Tottenhem” (2:5). Eng kam gol “Aston Villa” — “Sheffild Yunayted” bahsida (1:0) qayd etilgan. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
IShID qator mamlakatlarda teraktlar sodir etilishini ma’lum qildi IShID bir qator mamlakatlarda yangi teraktlar sodir etilishidan ogohlantirdi. Bu haqda, Daily Mail’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Xususan, IShID AQSh, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Belgiya va Avstraliyada teraktlar rejalashtirilayotganini bildirdi. Guruh o‘z tarafdorlarini jamoat to‘planadigan joylardan chetda yurishga chaqirdi, negaki, bayonotda aytilishicha, minglab jangarilar teraktlar uyushtirishga tayyorlanmoqda. Bayonotda aytilishicha, teraktlar deyarli har kuni sodir etiladi. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
2Dunyo
Arхiv ishi va ish yuritish sohasida yangi reglamentlar qabul qilindi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 23.09.2021 yildagi «Arхiv ishi va ish yuritish sohasida davlat хizmatlari koʻrsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 597-son qaror qabul qilindi. Hujjat Prezidentning 24.07.2021 yildagi «Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6269-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Quyidagilar tasdiqlandi: Ma’muriy reglament (1) jismoniy shaхslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga (eri yoki хotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) (keyingi oʻrinlarda – ariza beruvchi) davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi. Mehnat daftarchasidagi yozuvlar davlat arхivlarida saqlanayotgan tashkilotlar hujjatlariga asosan tasdiqlanadi. Ushbu хizmat davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (YaIDXP) orqali davlat arхivlari tomonidan koʻrsatiladi. Davlat хizmatlari markazlari va davlat arхivlari oʻrtasidagi aхborot almashinuvi ERIni majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi. Davlat хizmatlaridan foydalanish uchun ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etishi kerak yoki хizmatlar elektron shaklda koʻrsatiladi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilganda, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusхasi ilova qilinadi. YaIDXP orqali soʻrovnoma berilganda uni ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi bitta tashkilotdagi ish kirgan va ishdan boʻshaganligi boʻyicha yozuvlarni tasdiqlash uchun 0,08 BHM miqdorida yigʻim undiriladi. Bunda YaIDXP orqali soʻrovnoma berilganda belgilangan summaning 90%i miqdorida yigʻim undiriladi. Ariza beruvchi tomonidan yigʻimni toʻlamaslik davlat хizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat хizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi. Ma’lumotlar soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab 20 ish kunidan oshmagan muddatda davlat arхivi tomonidan shakllantiriladi hamda tegishli davlat хizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.09.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
10Qonunchilik
Toshkentda 6-sonli tug‘ruqxona karantinga yopildi Toshkentda 5-aprel kunidan e’tiboran 6-sonli tug‘ruqxona karantinga yopilgan. Bu haqida bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 9-aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda ma’lum qildi. “Bemor bilan muloqotda bo‘lgan bir kishida koronavirus aniqlandi. Shuning uchun tug‘ruqxona majmuasi 14 kunga karantinga butunlay yopildi. Barcha bemorlar, tuqqan ayollar, bolalar va personal tibbiy kuzatuvga olinadi. 14 kunlik karantindan keyin tug‘ruqxona personali, mijozlari, bolalar orasida koronavirus infeksiyasi yo‘qligi aniqlansa, karantin bekor qilinadi”, — deydi Nurmat Otabekov. Qayd etilishicha, hozirda koronavirus bilan zararlanish ko‘p holatlarda birinchi bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarda yoki xorijdan qaytganidan keyin karantinga joylashtirilgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda. “123 ta holatda xorij davlatlaridan kirib keldi. Virus O‘zbekistonga dunyoning 7 ta mamlakati orqali kirib keldi. Bemorlarning qolgan qismi ana shu shaxslar bilan muloqotda bo‘lishgan. Shuning uchun biz bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar orasida bemorlarni qidiramiz. Maqsad – ularni izolyatsiya qilish. Keyingi harakatlar ana shu o‘choqni likvidatsiya qilishga yo‘naltiriladi”, — deydi Nurmat Otabekov. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 555 nafarni tashkil qilmoqda. O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmoqam ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.
8O‘zbekiston
Shakira Jerar Pike bilan ajrashishini aytganidan so‘ng futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini 5 mln kishi tark etdi Iyun oyining boshida mashhur futbolchi Jerar Pike va xonanda Shakira 12 yillik munosabatlardan keyin ajralishini e’lon qildi. Juftlik rasman turmush qurmagan, ammo ular Pike Milan va Sasha ismli farzandlarni tarbiya qiladi. Shuning uchun ham ularning ajrashishi qiyin bo‘lishi mumkin. Hozir ular vasiylik to‘g‘risidagi da’voga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bundan tashqari, juftlik farzandlarining kim bilan qolishini ham hal qiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, Shakira ajralishni xohlagan, bunga esa futbolchining xiyonati sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng Jerar Pikening obro‘siga katta putur yetdi. Bir oy ichida uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini 5 millionga yaqin obunachi tark etdi. Shakiraning g‘azablangan muxlislari uning tarafini oldi va bu voqealardan keyin futbolchi yangi auditoriyani yig‘ishi kerak. Juftlik 2011-yildan buyon yaqin munosabatda, biroq rasman turmush qurmagan.
7Madaniyat
“ENERGIYA BILAN TA’MINLOVChI TAShKILOTLAR TOMONIDAN DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARIGA MUDDATI O‘TKAZIB YuBORILGAN DEBITORLIK QARZLARINI UNDIRIB OLISh ChORALARINI KO‘RISh UChUN MA’LUMOTLARNI TAQDIM ETISh HAMDA HAMKORLIKDA AMALGA OShIRILGAN IShLAR NATIJ O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 44-son, 460-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 35-son, 382-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2004-yil 9-dekabrdagi 2004-68-sonli “Energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini ko‘rish uchun ma’lumotlarni taqdim etish hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini monitoring qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (ro‘yxat raqami 1437, 2004-yil 25-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 52-son, 528-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
10Qonunchilik
«Ayrim hokim yordamchilari ta’magirlik qilayotgani juda achinarli holat» — Shavkat Mirziyoyev Shavkat Mirziyoyev mahallalarda hokim yordamchilarning faoliyatidagi oqsoqliklarni tanqid qildi. Bu haqda prezident raisligida o‘tkazilgan mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektorda aytib o‘tildi. «Hali 40 foiz mahallada hokim yordamchilarining ishida natija ko‘ringani yo‘q… Shu bilan birga, joylardagi ayrim hokim yordamchilari „kredit, subsidiya, yer olib beraman“, deb ta’magirlik qilayotgani ham juda achinarli holatdir», — dedi davlat rahbari. Jumladan, To‘raqo‘rg‘on tumani «Sharq» mahallasidagi hokim yordamchisi imtiyozli kreditga tavsiya berish uchun, «pora» olayotganda ushlanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu kabi holatlar Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Bo‘ka, Baxmal tumanlari, Marg‘ilon, Shirin shaharlarida ham mavjud ekani aytildi. «Barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari, respublika vakillari, Ubaydullayev va uning quyi tizimi rahbarlarini qat’iy ogohlantiraman. Odamlarni rozi qilish va inson qadrini tushunmagan rahbarlarga oramizda o‘rin bo‘lmaydi», — deya ta’kidladi prezident. Eslatib o‘tamiz, aprel oyi o‘rtalarida Namangan viloyati Chust tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi va yana bir qancha shaxslar fuqaroga 5,3 gektar yerni ajratib berish evaziga 15 ming dollar talab qilganlikda gumonlanayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Zangiota tuman hokimi yordamchisi ham pora olayotganda ushlangan. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani hokimining yordamchisi fuqarodan 60 sotix yer maydonini olib berish evaziga 5,5 mln so‘m so‘ragani ma’lum qilingandi. U pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bunga qadar «Gazeta.uz» respublika bo‘ylab barcha mahallalarda «hokim yordamchisi» lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburlab o‘tkazilayotgani aytilayotgani haqida yozgandi. Qolaversa, yanvar oyida o‘tkazilan videoselektorda prezident hokim yordamchilarini hech qaysi hokim yoki rahbar majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan «ko‘mib tashlamasligi», hokimlar ular uchun faqat sharoit yaratib berishi kerakligini ta’kidlagandi. «Hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo‘lishi lozim», — deb aytgandi Shavkat Mirziyoyev.
5Jamiyat
AQSh koalitsiyasi Suriya va Iroqda 352 kishining o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Suriya va Iroqda amalga oshirgan aviazarbalari oqibatida 2014 yildan shu kungacha 352 fuqaro halok bo‘lgan. Bunday ma'lumotlar koalitsiyaning rasmiy hisobotida keltirildi. Tinch aholi orasidagi qurbonlar haqidagi yangi hisobotga avval hisobga olinmagan, 2015 yildan hozirgacha halok bo‘lgan 80 kishi kiritildi. Bundan tashqari, koalitsiya 2016 yil noyabridan 2017 yil martigacha bo‘lgan davrda 45 kishining o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Mart oyida 3 ta aviazarba oqibatida umumiy hisobda 26 kishi halok bo‘lgan. "Biz fuqarolik shaxslarining halok bo‘lganidan afsusdamiz hamda ularning oilalari va bu zarbalardan jabrlangan barchaga o‘z hamdardligimizni bildiramiz. Bu qasddan qilinmagan", deb aytildi koalitsiya bayonotida. Hisobotga ko‘ra, koalitsiya 2014 yil avgustidan 2017 yil martigacha Suriya va Iroqda umumiy hisobda 20205 ta aviazarbani amalga oshirgan. Biroq Reuters axborot agentligining ta'kidlashicha, huquq himoyachilarining baholashicha, aviazarbalar natijasida halok bo‘lgan tinch aholi soni rasmiy ma'lumotlardagidan ancha ko‘proqdir va 3 mingdan ko‘proqni tashkil qiladi. 1 aprelda Pentagon koalitsiya aviazarbalari oqibatida 229 fuqaro halok bo‘lganini tan olgan hisobotni chop etgandi. Ulardan bir qismi Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasi vaqtida halok bo‘lgan.
2Dunyo
Pokistondagi bankda sodir bo‘lgan portlash natijasida 10dan ortiq inson halok bo‘ldi Pokistonning Karachi shahridagi bankda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Express Tribune nashri xabar berdi. Xabarda aytilishicha, yana 12 kishi tan jarohati olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash kanalizatsiya tarmog‘ida gaz to‘planib qolishi natijasida sodir bo‘lgan.  Voqeaning asl sababi aniqlanmoqda, terrorchilik akti istisno etilmayapti. Karachida avgustda yuk mashinasi kuzovida sodir bo‘lgan portlash natijasida 11 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangandi.
2Dunyo
Filmdagi roli uchun vizajistlar mahorati yordamida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan aktrisalar (foto) Qahramon obrazini yaratish uchun har doim ham aktyorlik iste’dodi yetarli bo‘lavermaydi. Darhaqiqat, ko‘pincha qahramonning tashqi ko‘rinishi uning xarakteridan so‘zlaydi. “Guchchi uyi” Yosh va sodda Patrisiyani tasvirlash uchun vizajistlar Ledi Gagani unchalik bo‘yantirishmaydi. Aktrisaning yoshini katta ko‘rsatish dastlab yuz protezlari yordamida rejalashtirilgan edi. Ammo keyin ular vizajistlar mahoratidan foydalanish mumkinligini tushunishdi. Aktrisaning terisi oqartirilgan, burun burmalari jigarrang bilan bo‘yalgan va yuzning ba'zi qismlari ajinlar illyuziyasini yaratish uchun kukun bilan qoplanadi. Bunday o‘zgarish aktrisaga ham ma’qul keldi va uning o‘zi: “Men ekranda Ledi Gagani ko‘rishni xohlamayman”, deydi. “Alisa g‘aroyibotlar mamlakatida” Zolim Qizil qirolicha obrazi ustida ishlayotganda, ushbu rol ijrochisi Helena Bonem Karterning boshi kompyuter grafikasi yordamida 3 marta kattalashtiriladi. Ammo aktrisa baribir vizajist xizmatidan foydalanishi kerak edi. U peshonasiga maxsus qoplama va deyarli 1,5 kg og‘irlikdagi yurak shaklidagi parik kiygan. “Ajdaho tatuirovkali qiz” Lisbet Salander roli uchun aktrisa Runi Mare yuziga haqiqiy pirsing qiladi. Keyinchalik bu unga teskari ta'sir ko‘rsatdi. Mara jurnal uchun fotosessiyada suratga tushganda, vizajist pirsingdan qolgan izlarni yashirish uchun sochining bir qismini kalga oldi. Ammo aktrisa pirsingidan va hatto soch turmagini o‘zgartirganidan umuman xijolat tortmadi. Runining so‘zlariga ko‘ra, eng hayratlanarli harakat qoshlarning oqartirilgani bo‘lgan. “Pem va Tommi” Pamela Andersonga o‘xshash uchun aktrisa Lili Jeyms peshonasiga qoshlarini yashiradigan qoplama kiygan. Qoshlari sun'iy iplar yopishtirish yordamida o‘xshatilgan. Aktrisa lablarini tish protezi orqali o‘zgartirdi. Lilining o‘zi kun bo‘yi protezda yurishga qarshi bo‘lmagan, bu Jeymsga ko‘proq obrazda bo‘lishiga yordam bergan. “Tonya hammaga qarshi” Ushbu filmni suratga olish uchun atigi 31 kun ichida 250 dan ortiq sahna kerak bo‘ldi. Har kuni ular Toni Xarding hayotining turli davrlari bilan bog‘liq epizodlarni suratga olishdi. Stilistlar ushbu rol ijrochisi Margo Robbining qiyofasini o‘zgartirdilar, shu jumladan uning sochlari ustida ehtiyotkorlik bilan ishladilar. Sartaroshlar aktrisaning sochlariga ziyon yetishini aytishgan, shuning uchun u suratga olish maydonchasida parik kiygan. Toni Xardingning 80-90-yillardagi ko‘rinishiga erishish uchun soxta jingalaklar qayta-qayta bo‘yalgan. “Anjelin” Xonanda Anjelinga aylanish uchun Emmi Rossum qo‘lda bo‘yalgan kontakt linzalarning bir nechta qatlamini taqqan. Bundan tashqari, uning qoshlari rangsizlantirilib, yangisi chizilgan. Burunning shakli burun teshigiga maxsus naychalar kiritish orqali o‘zgartiriladi. Aktrisa bir nechta yuz protezlarini ham kiygan. Ijodiy guruh a'zolari unga qulaylik yaratish maqsadida issiq kunlarda yuzining yonida ventilyator ushlab turishadi, ammo bu befoyda edi: pardoz shunchalik qalin ediki, havo makiyaj qatlamlaridan yuz terisiga kira olmasdi. “Qasos vaqti” Ushbu rol uchun vizajistlar Nikol Kidmanni taqdiri qiyin bo‘lgan oddiy ayolga aylantirishga harakat qilishdi. Hayotdagi qiyinchiliklar va yomon odatlar uning tashqi ko‘rinishida aks etishi kerak edi. Vizajist o‘z ishini kundalik portret yozishga qiyoslagan: u aktrisaning yuzidagi teri kamchiliklarini qayta-qayta chizgan. Vazifa Nikol vizajist kursisida ko‘p vaqt o‘tkazishni yoqtirmasligi bilan ham murakkablashdi. Shunday qilib jamoa taxminan yarim soat ichida ishni yakunlash yo‘lini topishi kerak edi. Ularning mehnati bekorga ketmadi. Hatto Kidmanning bolalari ham onalarini ushbu obrazda ko‘rib, qo‘rqib ketishadi. “Kamchiliksiz qiz” Muharrir Dianna roli uchun aktrisa Tilda Suinton deyarli tanib bo‘lmas darajada o‘zgaradi. U har kuni yuziga avtozagar va bir necha qatlamli bronzer qo‘llashi kerak edi. Ko‘zidagi yorqin pardoz esa Tildaning shaxsiy tanloviga bo‘ldi, u kundalik turmushda deyarli bunday makiyaj qilmaydi. O‘zi bu haqda shunday deydi: “Agar men ko‘zimni bo‘yasam, xuddi shunday juda ko‘p podvodka surtaman”. “Temmi Feyning ko‘zlari” Jessika Chesteynga Temmi Fey obrazini yaratish uchun makiyaj yetarli emas edi. U yonoqlari va iyagiga yuz protezlaridan foydalanadi. Bir parcha lenta yordamida burun uchi ko‘tarildi, shunda uning burun teshigi haqiqiy Temmi kabi bejirim bo‘ladi. Sujet rivojida qahramonning yoshi kattalashgani sayin vizajistlar shunchalik ko‘p ishlashi kerak edi. Ular aktrisaning iyagini kattalashtirishdi, lablar qo‘shishdi va plyonka, kukun yordamida ko‘z atrofidagi teri va peshonaga xira ko‘rinish berishdi.
7Madaniyat
NATO rahbari tayyorgarlikning oshirilishi sababini tushuntirdi NATO tomonidan kuchlarning operativ tayyorgarligi oshirilishi va yangi qo‘mondonliklarning tuzilishi bo‘yicha dasturning amalga oshirilishi alyansning kimdandir qo‘rqishini emas, balki o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashish zaruriyatini bildiradi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”. Stoltenbergning ma’lum qilishicha, NATO qo‘rqmaydi, biroq muvaffaqiyatli alyans bo‘lib qolish uchun yangi chaqiruvlarga moslashish, jahondagi o‘zgaruvchan vaziyatga javob bera oladigan bo‘lish kerak. NATO bosh kotibi o‘zgaruvchan vaziyatlarga misol sifatida Rossiyaning “o‘zini ishonch bilan tutishini”, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi beqarorlik va zo‘ravonlikni, alyans chegaralaridagi kiber tahdidlarni, shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishi xavfini keltirib o‘tgan. 7-iyunda Bryusselda alyans mamlakatlari mudofaa vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda alyans qo‘mondonlik tuzilmalarining ko‘paytirilishi masalalari hamda AQSh va Germaniyada ikkita yangi qo‘mondonlikning tuzilishi rejalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, operativ tayyorgarlikni oshirish rejasi ham ko‘rib chiqiladi. Rejaga ko‘ra, 2020-yilga qadar NATO mamlakatlari 30 kun davomida 30 ta mexanizatsiyalashtirilgan batalyon, 30 ta havo eskadriliyasi va 30 ta harbiy kemani tayyor holatda ushlab turishi kerak bo‘ladi.
2Dunyo
Latviyada koronavirusga qarshi emlangan pensionerlarga 20 yevrodan pul to‘lanadi Latviya hukumati keksalarga olti oy davomida 20 yevrodan pul to‘lashga qaror qildi. Bu mablag‘ kommunal to‘lovlar narxi oshishi sababli kompensatsiya sifatida beriladi, deb yozadi Delfi. «Bu keksalarning energiya resurslari uchun to‘lovlarini qoplashga yordam beradi», — dedi Latviya bosh vaziri Karinsh Krishyans. Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur mablag‘ faqat koronavirusga qarshi emlangan fuqarolargagina beriladi. «Har oyda 20 yevrodan to‘lanishi vaksinatsiyani ommalashtirishda samarali chora bo‘ladi», — dedi farovonlik vaziri Gatis Eglitis.
2Dunyo
Kerri Putin bilan Suriya masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga keladi AQSh davlat kotibi Jon Kerri kelasi hafta Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashish uchun Moskvaga tashrif buyuradi. Bu haqda uning o‘zi 15-mart, seshanba kuni ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. Uning aniqlik kiritishicha, tashrifdan ko‘zlangan maqsad — Suriyadagi nizolarni tartibga solish bo‘yicha bundan keyingi qadamlarni muhokama qilish. “Bugun, ushbu dahshatli urush boshlanganiga besh yil to‘lganidan keyin biz unga nuqta qo‘yish uchun shu yillardagi eng yaxshi imkoniyatni qo‘lga kiritdik”, — deya ta’kidladi u. Kerrining fikricha, jangovar harakatlarning to‘xtatilishi, Rossiya o‘z qo‘shinlarini chiqarib ketish haqida e’lon qilishi, shuningdek, shu haftada Jenevada siyosiy muzokaralarning o‘tkazilishi orqali Suriyadagi vaziyatning tartibga solinishi bo‘yicha jarayonda “juda muhim bosqichga erishilgan”.
2Dunyo
Sankt-Peterburgda metrodagi terakt jabrlanuvchilaridan biri vafot etdi Sankt-Peterburg metrosida uyushtirilgan teraktda jarohatlangan Natalya Mitrofanova shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda shahar hokimining o‘rinbosari Anna Mityanina bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “Gazeta.ru”. 1960-yilda tug‘ilgan ayol og‘ir ahvolda edi. U 21-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:05 da vafot etdi. Terakt qurbonlarining umumiy soni, terrorni uyushtirganlikda gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilov bilan birga hisoblanganda, 16 kishini tashkil etdi.
2Dunyo
Leningrad oblastida qurilish havozalari qulashi oqibatida 4 nafar o‘zbekistonlik migrant jarohat oldi O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 27 may kuni Rossiyaning Leningrad oblasti Priozero tumanidagi qurilish obektida havozalar qulab ketishi natijasida 7 kishi, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. G‘anisher Toshmamatovich Hasanov (1987 yilda tug‘ilgan) va Sami Hamidovich Qosimov (1970 yilda tug‘ilgan) Leningrad oblasti klinik kasalxonasiga maxsus vertolyotda yetkazilgan. Fazliddin Mirzaraimovich Shomamatov (1992 yilda tug‘ilgan) ham shu kasalxonaga joylashtirilgan. Mansur Abdurahmonov (1983 yilda tug‘ilgan) Vsevoljsk tumanlararo klinik kasalxonasiga yotqizilgan. Bosh konsulxona Leningrad viloyatining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan. Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
5Jamiyat
O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib alohida bir davlat uchun erkin iqtisodiy zona tashkil etadi O‘zbekiston dunyoda ilk marta alohida bir mamlakat uchun erkin iqtisodiy zona tashkil etadi. Bu haqda respublika Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov ma'lum qildi. «Savdo-sanoat palatasi Chilonzor tumani hokimining nemis erkin iqtisodiy zonasi tuzish bo‘yicha taqdimotini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Aytish mumkinki, Jahon savdo tashkilotiga a'zo 193 mamlakat orasida bu alohida davlat uchun tashkil etilgan birinchi erkin iqtisodiy zonadir. Men o‘ylaymanki, germaniyalik investorlar buni munosib baholashadi», – degan Ikramov.  Nemis erkin iqtisodiy zonasini Toshkent shahridagi «Algoritm» majmuasi bazasi o‘rnida, 16 gektardan ortiq maydonda tashkil etish rejalashtirilgan. Bosh vazir Abdulla Aripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bunday yagona sanoat zonasining paydo bo‘lishi Germaniya sarmoyalarini jalb qilishga va ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shimcha turtki beradi. Shu kunlarda O‘zbekistonga Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng ko‘p sonli delegatsiyasi tashrif buyurgan. Ular orasida Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank kompaniyalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznes vakillaridan iborat katta guruh bor.
8O‘zbekiston
Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Davlat mulki bo‘lgan va davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni ta’minlash va shu asnoda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida: 1. Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Namangan viloyatida davlat mulki bo‘lgan va davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kichik sanoat zonalarini (keyingi o‘rinlarda — KSZ deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlarining bir oy muddatda Namangan viloyati hokimligiga belgilangan tartibda o‘tkazilishini, shuningdek, xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida davlat ulushi bo‘lgan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlarni budjet hamda budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi soliq bo‘yicha qarzdorlikni beriladigan aktivlarning qoldik (balans) qiymati summasiga, qarzdorlik mavjud bo‘lmagan hollarda ularning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushi va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ulushini kamaytirish hisobidan, ushbu qarorning ilovasiga muvofiq Namangan viloyati hokimligiga topshirish masalasi ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. 3. Belgilansinki: KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarni bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yillik uzoq muddatga ijaraga beriladi; KSZ hududidagi ko‘chmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ortib boradigan koeffitsiyentni qo‘llamasdan ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi; KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3356-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Namangan viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi bir oy muddatda KSZ direksiyasini tashkil etish choralarini ko‘rsin. 6. Namangan viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda Namangan viloyati KSZlarini muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash yuzasidan takliflarni ularni moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. Namangan viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda: Namangan viloyati iqtisodiyotining talab-ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xo‘jaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan xolda, Namangan viloyati KSZlari hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha ikki oy muddatda aniq takliflar — “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishini; Namangan viloyati KSZlari hududida o‘zlashtirish uchun taklif qilinayotgan import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini; KSZlar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Namangan viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini; Namangan viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashishni ta’minlasinlar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risida 2018-yil 15-oktabr va 2019-yil 15-yanvarga qadar axborot berilsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, Iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi R.A. G‘ulomov va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozorov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Er osti boyliklarini qazib olish uchun ruxsatnoma olish tartibi o`zgartirilmoqda Bugun 28 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O`zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda dastlab fraksiya a`zolari “Er osti boyliklari to`g`risida”gi qonun loyihasini birinchi o`qishda muhokama qilishdi. Mazkur qonun loyihasi xorijiy tajriba va xalqaro tashkilotlar fikrlari va takliflari asosida ishlab chiqilgan. Qonun loyihasida er qa`ri uchastkalarining resurslari, er osti boyliklaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari ro`yxati va ularning vakolat doiralari aniq belgilab berilmoqda. Bundan tashqari, er osti boyliklari to`g`risidagi ma`lumotlarning (ruxsatnoma berilganligi, er qa`ridan foydalanuvchilarning yillik xarajatlari, ruxsatnomani boshqa shaxsga o`tkazilganligi, mahalliy ish kuchi va xizmatlarni ta`minlash uchun ajratilishi lozim bo`lgan xarajatlar miqdori) ochiqligi, shuningdek, er qa`ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani olish tartibi tubdan soddalashtirish ko`zda tutilmoqda. Qonun loyihasi bilan er qa`ri uchastkalaridan foydalanish tartib-taomillari takomillashtirilmoqda, o`rganilganlik darajasi va kon ochish salohiyati yuqori bo`lgan maydonlardan geologik jihatdan o`rganish uchun foydalanish hamda aniqlangan konlardan foydali qazilmalarni qazib olish uchun foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalarni “E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida o`tkaziladigan auksion natijalariga ko`ra berish belgilanmoqda. Qonun loyihasi qizg`in muhokama etilib, berilgan savollarga tushuntirishlar berildi. Qonun loyihasi fraksiya a`zolari tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Kun tartibidagi masalalar fraksiya a`zolari tomonidan qo`llab-quvvatlanib, fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.
5Jamiyat
Megan Markl va Shahzoda Garri Instagram’da sahifa ochdi Sasseks gersog va gersoginyasi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘z shaxsiy sahifasini ochdi. Birinchi va yagona post 2-aprel, seshanba kuni kechqurun paydo bo‘ldi. “Bizning Instagram’dagi rasmiy sahifamizga xush kelibsiz; biz siz bilan g‘oyalarimizni, biz qo‘llab-quvvatlaydigan loyihalar, muhim e’lonlar bilan o‘rtoqlashish va eng muhim masalalarni yoritish imkoniyatini orziqib kutmoqdamiz. Biz sizning qo‘llab-quvvatlashingizdan minnatdormiz va sizni @sussexroyal sahifasiga taklif qilamiz”, — deyiladi bayonotda. Megan Markl va shahzoda Garri emblemasi tasvirlangan jilddan tashqari, qirollik juftligining dunyoning turli mamlakatlariga qilgan sayohatlaridan to‘qqizta fotosurat qo‘shilgan. Shu paytgacha Sasseks gersoglarining hayotidagi asosiy xabarlar shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middltonning rasmiy akkauntida e’lon qilinardi.
2Dunyo
Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishish yo‘llari Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishish baxtli hayot garovidir. Biroq har doim ham intilayotgan narsalarimizni to‘g‘ri ifodalay olmaymiz. Bu esa orzularning orzuligicha qolib ketishiga olib keladi. Maqsadlarga erishish siri nimada? Faqat o‘zingiz va o‘z imkoniyatlaringizga tayaning Oldingizga biror maqsad qo‘yishdan avval uni amalga oshirish bo‘yicha barcha javobgarlik o‘z zimmangizda ekanligini esdan chiqarmang. Muvaffaqiyatsizlikda boshqa kishini ayblamaslik uchun boshqalarning yordamisiz erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni o‘z oldingizga qo‘ying. Maqsadlarni to‘g‘ri shakllantiring Maqsadlarni xuddi g‘oyalar kabi qog‘ozga (yon daftar, kundalik) yozib qo‘yish kerak. Batafsil yozib chiqilgan maqsadning amalga oshish ehtimoli ko‘proqdir. Agar maqsadlaringizni qog‘ozga yozmasdan ham xotirangizda saqlashga ishonsangiz, ularga erishishga ham katta umid qilmang. Ularni orzular safiga kiritib qo‘yishingiz mumkin. Inkor shaklidan foydalanmang Maqsadni to‘g‘ri qo‘yish va shakllantirish uchun u ijobiy quvvat ulashishi lozim. Shuning uchun nimani istamasligingiz emas, nimalarni xohlayotganligingizni aniqlab oling. To‘g‘ri maqsad — “Boy bo‘lish”, “Xushbichim qomatga ega bo‘lish”. Noto‘g‘ri maqsad — “Kambag‘al bo‘lmaslik”, “Ortiqcha vazndan qutulish”. Katta maqsadlarni qismlarga ajrating Har qanday katta maqsad uni qismlarga ajratguningizga qadar chiqish qiyin bo‘lgan tog‘dek ko‘rinadi. Masalan, chet eldan ko‘chmas mulk xarid qilish bir qarashda amalga oshirish imkonsiz istakdek ko‘rinadi. Biroq maqsadni bosqichlarga bo‘lib, unga tomon muntazam qadamlar bilan harakat qilinsa, unga erishish osonlashadi. Dastlab oyiga muayyan mablag‘ni ishlab topish maqsadini qo‘yish mumkin. So‘ngra mazkur mablag‘ning o‘n foizi, keyinroq 20 foizini chetga olib qo‘yishni rejalashtirish mumkin. Ertami-kechmi siz zarur mablag‘ni to‘plashga erishasiz.
1Ayollar
Toshkent shahar Hakamlik sudi sudyasi pora bilan qo`lga tushgani rad etildi Sal avval Toshkent shahrida ishni javobgarning foydasiga hal qilib bermoqchi bo`lgan hakamlik sudi sudyasi pora bilan ushlangani xabar qilingan edi. Holat bo`yicha rasmiy ma`lumot taqdim etgan Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti ayni paytda mazkur ish yuzasidan qo`shimcha ma`lumot bermoqda.  Keltirilishicha, firibgarlik jinoyati ustida ushlangan M.K.ning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u “H.A.” MChJ huzuridagi doimiy faoliyat ko`rsatuvchi xalqaro arbitraj sudi sudyasi ekanligi aniqlandi. Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
5Jamiyat
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan va ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (quyida “fuqarolar” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida daromad solig‘i to‘lovchilardir. Soliq solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan deb qaraladigan fuqarolar jumlasiga kalendar yil davomida 183 kundan ko‘proq vaqt O‘zbekiston Respublikasida turgan fuqarolar kiradilar. 1.O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida ham pul yoki natura tarzida olgan daromadlari soliq solish obyekti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lmagan fuqarolarning daromadlari O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan bo‘lsa, bu daromadlarga soliq solinishi lozim. 2. Chet el valyutasi olingan daromadlardan soliq to‘lovchining istagiga muvofiq so‘m tarzida yoki SSSR Davlat banki sotib oladigan chet el valyutasida soliq to‘lanadi. Bunda chet el valyutasi olinadigan daromadlar SSSR Davlat bankining soliq hisoblab chiqariladigan kundagi pulning qadri to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumoti asosida so‘mga aylantirilib hisoblanadi. 1. Soliq solinadigan daromadga quyidagilar kiritilmaydi: a) davlat ijtimoiy sug‘urtasi va davlat ijtimoiy ta’minot nafaqalari, vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan to‘lanadigan nafaqalar (shu jumladan, bemor bolani parvarishlash nafaqalari)dan tashqari, shuningdek xayriya jamg‘armalari va ekologiya jamg‘armalari mablag‘laridan fuqarolarga beriladigan nafaqalar va pul hamda natura shaklidagi yordamning boshqa turlari; b) alimentlar; v) oliy o‘quv yurtlari hamda o‘rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari, shu jumladan oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlari tomonidan o‘z studentlari va o‘quvchilariga tayinlanadigan stipendiyalar, shuningdek ushbu moddaning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan jamg‘armalarning mablag‘laridan ta’sis etiladigan stipendiyalar; g) hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilari bajargan ish uchun mazkur bilim yurtlari o‘quvchilarga beradigan to‘lovlar; d) pensiyalar, shuningdek pensiyaga qo‘shimchalar; e) fuqarolar qon topshirganlik uchun, donorlikning boshqa turlari uchun, ona suti topshirganlik uchun oladigan pul, shuningdek meditsina muassasalarining xodimlari qon yig‘ib topshirganliklari uchun oladigan pul; j) mayib bo‘lish yoki boshqa tarzda salomatlikka ziyon yetishi oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganlik uchun tovon tarzida olinadigan pul; z) fuqarolarni chet elga ishga yuborish munosabati bilan ularga sovet davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari to‘laydigan ish haqi va chet el valyutasidagi boshqa pullar; i) fuqarolarning mulkchilik huquqi asosida o‘zlariga tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan oladigan pullari, mazkur mol-mulkni tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida sotishdan olinadigan daromadlar bundan mustasnodir; k) fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jalikda chorva mollar, quyonlar, nutriya, baliq, parranda va boshqa jonivorlarni boqib, ularni xoh tirik vaznda, xoh so‘ygan holda sotishdan va qayta ishlash asosida olingan mahsulotlarini sotishdan, asalarichilik mahsulotlari, shuningdek mazkur xo‘jalikda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini natural holida va qayta ishlab sotishdan oladigan daromadlari. Fuqaroning shaxsiy yordamchi xo‘jaligi borligi mahalliy hokimiyat organining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi; l) meros qilib qoldirish va sovg‘a qilish natijasida olingan pul; fan, adabiyot va san’at asarlari mualliflarining merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi tarzidagi pul bundan mustasnodir; m) SSSR, O‘zbekiston Respublikasi davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar bo‘yicha yutuqlar; n) fuqarolarning sug‘urta yuzasidan oladigan pullari, sug‘urta bo‘yicha sug‘urta badallari korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hisobidan beriladigan hollar bundan mustasnodir; o) bank muassasalaridagi omonatlar bo‘yicha va SSSR davlat xazina majburiyatlari bo‘yicha foizlar va yutuqlar; p) ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofot puli; r) korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan yiliga soliq solinmaydigan minimum oylik miqdorining uch barobarigacha miqdorda olingan sovg‘alar (buyum tarzidagi mukofotlar) qiymati, shuningdek, xalqaro, Butunittifoq va jumhuriyat konkurslari hamda musobaqalarida buyum tarzida olingan sovrinlar qiymati; s) beriladigan pulning miqdoridan qat’i nazar, tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan, shuningdek SSSR, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatlarining qarorlari asosida beriladigan moddiy yordam puli; boshqa hollarda, shu jumladan chakana narxlar islohoti munosabati bilan (ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilganlaridan tashqari) yiliga soliq solinmaydigan minimum oylik miqdorining olti barobarigacha pul va natura shaklida beriladigan moddiy yordam summalari; t) davlat korxonalari mol-mulkini sotib olishga, aksiyalar, “Toshkentuyjoyjamg‘armabank”ning egasi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini xarid etishga va shu maqsad uchun berilgan qarzlarni uzishga ishlatiladigan, soliq solinishi kerak bo‘lgan fuqarolar ish haqi va boshqa daromadlarining summasi, shuningdek aksiyalar bo‘yicha olingan va aksiyali jamiyatning yoki dividend olingan korxonalarning aksiyalarini sotib olishga ishlatiladigan dividendlar. Aytib o‘tilgan mol-mulkni sotish vaqtida ilgari soliqdan ozod qilingan daromadlardan umumiy asoslarda soliq olinadi; u) qidiruvchilar artellari a’zolarining oltin qazib olish sohasidagi qidiruvchilik faoliyati bilan bog‘liq ishlar uchun oladigan daromadlari. f) chakana narxlarning oshirilishi munosabati bilan barcha toifadagi fuqarolarga SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan miqdorda pul va natura shaklida beriladigan kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek SSSR va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida nazarda tutilgan normalar doirasida beriladigan boshqa kompensatsiya to‘lovlari, ishdan bo‘shash chog‘ida foydalanilmagan otpuska uchun beriladigan kompensatsiya to‘lovlari bundan mustasno; x) jismoniy shaxs — patent egasining (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishidan yoki ular litsenziyalar sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki obyektlaridan foydalanishdan olgan daromad summasi, shu jumladan valyuta tushumi, foydalana boshlagan sanadan e’tiboran: patent bo‘yicha ixtirodan foydalanilsa — 5 yil davomida; dastlabki patent bo‘yicha ixtirodan foydalanilsa — 3 yil davomida; patent bo‘yicha sanoat namunasidan foydalanilsa — 3 yil davomida; dastlabki patent bo‘yicha sanoat namunasidan foydalanilsa — 2 yil davomida; guvohnoma bo‘yicha foydali modeldan foydalanilsa — 2 yil davomida. ts) bolalar va boshqa sog‘lomlashtirish lagerlarining bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan yo‘llanmalari qiymatini, ota-onalarning bolalar bilan dam olishiga maxsus mo‘ljallangan sanatoriy-kurort muassasalariga yo‘llanmalari qiymatini, shuningdek o‘z xodimlarining ambulatoriy yoki statsionar tibbiy xizmatdan foydalanish qiymatini to‘liq yoki qisman kompensatsiya tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘z xodimlariga yoki ular uchun to‘lagan summalar. Ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlar sirasiga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarning sog‘lomlashtirish va sanatoriy-kurort muassasalariga olgan yo‘llanmalari qiymatini, davolanish va tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida texnika vositalari sotib olish uchun hamda o‘z salomatliklarini tiklash uchun qilgan xarajatlarini to‘liq yoki qisman to‘lash tartibida to‘lagan summalar ham kiradi. 2. Soliq solinishi kerak bo‘lgan daromad: a) fuqarolarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan o‘zlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan daromadlardan xayriya jamg‘armalari va ekologiya jamg‘armalariga o‘tkazadigan summalar, shuningdek davlat budjetidan qisman yoki to‘liq ta’minlanadigan madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga o‘tkaziladigan summalari; b) fuqarolarning soliq idoralari tomonidan soliq solinishi lozim bo‘lgan daromadlardan ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda bergan badallari summasi tegishli kalendar yil uchun soliq solish paytida hisobga olinadigan daromaddan oshmaydigan miqdorda kamaytiriladi. 1. Quyidagilar soliq to‘lashdan butunlay ozod qilinadi: a) asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida soliq solinadigan va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan yillik soliq solinmaydigan minimumdan oshib ketmaydigan ish haqi va boshqa turdagi pul mukofoti oladigan ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar; b) fan, adabiyot va san’at asarlari, intellektual mulk obyektlarini yaratganlik, nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun mualliflik haqi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan soliq solinmaydigan minimumdan oshmaydigan fuqarolar, agar ularning asosiy ish joyi bo‘lmasa; v) tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining, dehqon (fermer) xo‘jaligining barcha turlaridan, shuningdek tadbirkorlik subyektlaridan oladigan daromadlari yiliga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan soliq solinmaydigan minimumdan oshmaydigan fuqarolar, agar ularning asosiy ish joyi bo‘lmasa; g) dehqon xo‘jaligining a’zolari, dehqon xo‘jaligi tashkil etilgan (ro‘yxatdan o‘tgan) yildan boshlab ikki yil davomida — mazkur xo‘jalikdan oladigan daromadlari yuzasidan; e) muddatli haqiqiy harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar va o‘quv yoki tekshiruv mashqlariga chaqirilgan harbiy xizmat yoshidagi kishilar — xizmat joyidan yoki o‘quv yoxud tekshiruv mashqlarida bo‘lgan vaqt uchun oladigan maosh, sutkalik pul va boshqa mablag‘lar yuzasidan; j) bojxona xizmatining oddiylar va boshliqlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar — o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan oladigan barcha to‘lovlar bo‘yicha; 2. Quyidagilar soliq solinmaydigan minimumning to‘rt baravari miqdorida oladigan barcha daromadlari bo‘yicha soliq to‘lashdan ozod qilinadilar: a) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Shuhrat ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan kishilar, Ulug‘ Vatan urushining nogironlari yoki SSSRni himoya qilish chog‘ida yoxud harbiy xizmatning boshqa xil vazifalarini bajarish chog‘ida yarador bo‘lish, kontuziya bo‘lish yoki shikastlanish natijasida yohud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasalliklar natijasida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan bo‘lgan nogironlar, shuningdek pensiya ta’minoti jihatdan harbiy xizmatchilarning mazkur toifalariga tenglashtirilgan boshqa nogironlar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan; b) Grajdanlar urushi va Ulug‘ Vatan urushi, SSSRni himoya qilish bo‘yicha boshqa jangavor operatsiyalarning qatnashchilari bo‘lgan va harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda sobiq partizanlar, Ulug‘ Vatan urushi davridagi mehnat frontining veteranlari va bolaligida konsentratsion lagerlarning tutqunlari bo‘lganlar oladigan barcha daromadlari yuzasidan; v) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari safidan bo‘lgan, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida yarador bo‘lganlik, kontuziya bo‘lganlik yoki jarohatlanganlik tufayli nogiron bo‘lib qolgan kishilar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan; g) bolalikdan nogironlar, shuningdek ko‘rish qobiliyatiga ko‘ra I va II guruh nogironlari oladigan barcha daromadlari yuzasidan; d) qahramon onalar, o‘n va undan ortiq bolalari bo‘lgan ayollar oladigan barcha daromadlari yuzasidan; e) Ulug‘ Vatan urushi yillarida Leningrad shahri qamal qilingan davrda shaharda 1941-yilning 8-sentabridan 1944-yilning 27-yanvarigacha ishlagan fuqarolar oladigan barcha daromadlari yuzasidan; j) SSSRni himoya qilish yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini ijro etish chog‘ida yarador bo‘lganlik, kontuziya olganlik yoki jarohatlanganlik natijasida, yohud frontda, bo‘lganlik bilan bog‘liq kasalliklar natijasida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari oladigan barcha daromadlari yuzasidan; z) Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan sovet qo‘shinlarining cheklangan qismi tarkibida xizmatni o‘tagan harbiy xizmat yoshidagi harbiy xizmatchilar oladigan barcha daromadlari yuzasidan; i) studentlar qurilish otryadlari shtablarining ishonch qog‘oziga asosan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajarilgan ishlardan olingan daromadlar yuzasidan studentlar mehnat otryadlarining a’zolari; k) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlari tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishga yuborilgan fuqarolar shu ishlarini bajarganlik uchun olinadigan daromadlar yuzasidan. l) Chernobil falokati oqibatida jafo chekkan fuqarolar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan, shu jumladan: Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatida nurlanish kasalligi bilan og‘rigan va bunday kasallikni boshidan kechirgan fuqarolar, shuningdek nogironlikning kelib chiqish sababi Chernobil falokati bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan nogironlar, chunonchi: Chernobil atom elektr stansiyasida ajratib qo‘yilgan tegra doirasida falokat oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etgan shaxslar (yo‘llanma yoki xizmat safari bilan vaqtincha yuborilganlar ham shular sirasiga kiradi) yoki stansiyani ishlatishda yoxud boshqa ishlarda band bo‘lgan shaxslar; ichki ishlar idoralarining xizmatni ajratib qo‘yilgan tegrada o‘tagan (o‘tayotgan) rahbar va oddiy xodimlari jumlasidan bo‘lgan shaxslar; harbiy xizmatchilar — ofitserlar, praporshchiklar, michmanlar, SSSR Qurolli Kuchlarida, SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining qo‘shinlari va idoralarida, ichki qo‘shinlar va temir yo‘l qo‘shinlarida hamda boshqa harbiy tuzilmalarda muddatdan tashqari xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, ayol harbiy xizmatchilar, haqiqiy muddatli xizmatni o‘tayotgan serjantlar va oddiy askarlar, shuningdek maxsus yig‘inlarga chaqirilgan va ajratib qo‘yilgan tegrada mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatni o‘tashga majbur shaxslar; 1986-yilda ajratib qo‘yilgan tegradan ko‘chirilgan (ixtiyoriy ravishda ko‘chib ketgan), shuningdek 1986-yil 26-apreldan e’tiboran ko‘chirib yuborilgan tegrada hamda ko‘chirib yuborish huquqi saqlab qolingan tegrada yashab turgan (yashagan) shaxslar; 1986-1987-yillarda ajratib qo‘yilgan tegrada Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashgan yoki shu davrda Chernobil atom elektr stansiyasini ishlatishda yoxud boshqa ishlarda band bo‘lgan shaxslar (shu jumladan yo‘llanma yoki xizmat safari bilan vaqtincha yuborilgan shaxslar); qayerda joylashganligi va qanaqa ish bajarganligidan qat’i nazar, ushbu kichik bandning beshinchi xatboshisida sanab o‘tilgan harbiy xizmatchilar hamda maxsus yig‘inlarga chaqirilib, 1986-1987-yillarda mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatni o‘tashga majbur shaxslar; ichki ishlar idoralarining 1986-1987-yillarda ajratib qo‘yilgan tegralarda xizmatni o‘tagan boshliqlari va oddiy askarlari jumlasidan bo‘lgan shaxslar; m) qishloq joylarda yashaydigan, xo‘jaligi qishloq xo‘jalik solig‘i yoki yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan, 60 yoshga to‘lgan erkaklar yoki 55 yoshga to‘lgan ayollar — xoh yakka tartibda, xoh tadbirkorlar jamoasi tarkibida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar yuzasidan. 3. Soliq miqdori quyidagilarga kamaytiriladi: a) ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan nogironlardan tashqari I va II guruh nogironlari, ular oladigan barcha daromadlari bo‘yicha soliqning 50 foiziga; b) muddatidan ortiq xizmatdagi ofitserlar, praporshiklar, michmanlar va harbiy xizmatchilarga, shuningdek ichki ishlar organlarining oddiy xizmatchi va boshliqlari safidan bo‘lgan kishilar, SSSR Vazirlar Kabineti belgilaydigan tartib va miqdorda beriladigan maoshiga; v) 16 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolali yolg‘iz onalar — ular oladigan barcha daromadlar bo‘yicha soliqning 30 foiziga; g) 16 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolali hamda boquvchisidan marhum bo‘lganligi uchun pensiya olmayotgan ayol va erkak bevalar, ular oladigan daromadlar bo‘yicha soliqning 30 foiziga; d) bolalikdan nogiron bo‘lib qolgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandini tarbiyalovchi ota-onadan biri, u oladigan barcha daromadlar bo‘yicha soliqning 30 foiziga. 4. Fuqaro bir necha asosga ko‘ra soliq bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lsa, unga ana shu imtiyozlarning miqdor jihatdan ko‘proq yengillik beradiganidan foydalanish huquqi beriladi. 5. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari ayrim soliq to‘lovchilarning moddiy ahvolini hisobga olib, ularni daromad solig‘idan ozod qilish, shuningdek, ayrim soliq to‘lovchilar uchun soliq miqdorini kamaytirish huquqiga egadirlar. 6. Qonunning ushbu moddasida sanab o‘tilgan fuqarolarning imtiyozlarga bo‘lgan huquqi hujjatlar bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi, bu hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Fuqarolarning imtiyozlarga bo‘lgan huquqi tegishli hujjatlar taqdim etilgan paytdan boshlab yuzaga keladi. 7. Quyidagilar ham daromad solig‘i to‘lashdan batamom ozod qilinadilar: a) xorijiy davlat diplomatiya vakolatxonalarining diplomatlik va konsullik darajalariga ega bo‘lgan boshliqlari va a’zolari, ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmasalar, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar bo‘yicha; b) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining ma’muriy-texnikaviy xodimlari va ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmasalar yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar — O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan hamda diplomatiya va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar bo‘yicha; v) mazkur vakolatxonalar xizmatchi xodimlari tarkibiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmagan yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslar — o‘z xizmatlari yuzasidan olgan barcha daromadlari bo‘yicha; g) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari xodimlarining u xizmatchilari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmasalar yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar — o‘z xizmatlari yuzasidan olgan daromadlarning barcha turlari bo‘yicha; d) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha. O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyi bo‘lgan kishilar chet elda oladigan daromadlar O‘zbekiston Respublikasida soliq solinadigan daromadlar jumlasiga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida daromad solig‘ini to‘lovchi kishilar chet davlatlar qonunlariga muvofiq xorijda to‘lagan daromad soliqlari O‘zbekiston Respublikasida daromad solig‘ini to‘lash paytida hisobga olinadi. Bundan chet elda to‘lanadigan soliqlarning miqdori O‘zbekiston Respublikasida to‘lanadigan soliq miqdoridan oshmasligi lozim. SSSRning xalqaro shartnomasi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida soliq solishga oid qoidalarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidasi qo‘llanadi. Qonunning mazkur bobi qoidalariga muvofiq quyidagilar soliq to‘lashga jalb etiladi: a) ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar — mulkchilik shakllari va mulk kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oladigan ish haqlari, mukofotlari va boshqa har qanday daromadlari summasidan; b) fuqarolar — tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlaridan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari bilan o‘z mehnatidan foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzgan shaxslar; v) fuqarolar — fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik, nashr qildirganlik, ijro etganlik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik, shuningdek intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun mualliflik haqi summalaridan; g) fuqarolar — Qonunning ushbu moddasi “a — v” bandlarida sanab o‘tilmagan boshqa barcha daromadlaridan. 1. Fuqarolarning ish haqi, mukofotlari va boshqa daromadlari summasidan quyidagi miqdorda soliq undiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga o‘ta zararli ishlab chiqarishda ishlaydigan alohida toifadagi fuqarolar uchun favqulodda hollarda 12 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda soliq solishning imtiyozli stavkalarini belgilash huquqi berilsin. 2. Asosiy ish joylarida ishchi va xizmatchilardan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan fuqarolar hamda fan, adabiyot va san’at xodimlaridan oladigan daromad soliqlarini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromaddan ushbu Qonunning 4-moddasi 1-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan tartibda soliq solinmaydigan ish haqining minimumi va boshqa daromadlar chiqarib tashlanadi. Quyidagilar soliq solinadigan daromad tarkibiga qo‘shilmaydi: a) amaldagi qonunlarga muvofiq ishdan bo‘shash vaqtida to‘lanadigan nafaqalar; b) SSSR va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan normalar doirasidagi kompensatsiya to‘lovlari, ishdan bo‘shash vaqtida foydalanilmagan otpuska uchun beriladigan kompensatsiya bundan mustasnodir; v) bepul berib qo‘yiladigan uy-joy binolari va kommunal xizmatlar o‘rniga amaldagi qonunlarga muvofiq to‘lanadigan pul; g) SSSR Vazirlar Kabinetining va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan natura holida beriladigan oziq-ovqat qiymati, shuningdek shu oziq-ovqat o‘rniga to‘lanadigan pul; d) ijodiy faoliyat, tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishdan daromad olish bilan bog‘liq xarajatlar. Ana shu daromadlarni olish bilan bog‘liq xarajatlar turkumiga moddiy xarajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘la qayta tiklashga amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, intellektual mulk obyektlariga beriladigan huquqlarga ega bo‘lganlik uchun patent boji, huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik yig‘imlari va huquqlar uchun litsenziya to‘lovlari, fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning mehnatiga to‘lanadigan haq xarajatlari, davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ajratmalar, majburiy mulk sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar, banklarning qisqa muddatli kreditlari uchun foiz to‘lovi (to‘lov muddati uzaytirilgan va kechiktirilgan foizlardan tashqari), shuningdek asosiy ishlab chiqarish fondlarining hamma turdagi remonti uchun qilinadigan xarajatlar qo‘shiladi. Iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan joylardagi ish uchun SSSR va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan koeffitsiyentlar (rayon koeffitsiyentlari, baland tog‘, cho‘l va suvsiz rayonlardagi ish uchun koeffitsiyentlar) ish haqiga qo‘shib yoziladigan va to‘lanadigan puldan hamda mazkur joylardagi ish staji uchun qo‘shimcha haqdan 12 foiz stavka bo‘yicha soliq undirib olinadi. Fuqarolarning tugatiladigan korxona va tashkilotlardan oladigan jami daromadlariga, shu jumladan shu korxona va tashkilotlarning mol-mulki sotilishi munosabati bilan fuqarolarga to‘lanadigan daromadlar miqdoriga — shu daromadlar to‘lanadigan yildagi boshqa daromadlar (ish haqi) birga qo‘shilib, yillarga taqsimlamay soliq solinadi. Soliq kalendar yil boshidan e’tiboran har oy tugaganidan keyin ilgari ushlab qolingan soliq summasini ham hisobga olgan holda soliq solinadigan daromadlar yig‘indisi summalaridan hisoblab chiqiladi. Yil tugaganidan keyin fuqarolarning kalendar yildagi butun daromadini (to‘liq so‘mlarda) tashkil qiladigan summalarga asoslangan holda soliq qayta hisob-kitob qilinadi. Yil davomida ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda soliq yangi (xizmat, o‘qish) joyida avvalgi va yangi ish joyida olingan yillik daromad yig‘indisiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi. Avvalgi ish joyida olingan daromadlar ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi. 1. Fuqarolarning har qanday daromadlariga, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlariga asosiy ish (xizmat, o‘qish) joylaridan olayotgan daromadlari bilan bir vaqtda Qonunning ushbu moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq solinishi lozim. 2. Ushbu moddaning 1-bandida aytib o‘tilgan daromadlardan soliq mazkur Qonunning 12 va 16-moddalarida belgilangan tartibda, tadbirkorlik faoliyatidan orttiriladigan daromadlaridan esa soliq mazkur Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi. Bunda fuqarolarning daromadlaridan Qonunda belgilangan soliq solinmaydigan minimumning oylik miqdori summasi istisno qilinmaydi. Fuqarolar yil davomida soliq solinadigan yillik jami daromadga asosan soliqni mustaqil ravishda hisoblab chiqarishlari va soliq solinadigan umumiy daromaddan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan daromad to‘lovchi manba tomonidan ushlab qolingan soliq summasi o‘rtasidagi farqni yilning har choragida kamida bir marta budjetga to‘lashlari mumkin. Kalendar yili tugaganidan keyin bu daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar fuqarolarning doimiy yashash joyidagi soliq organiga belgilangan tartibda taqdim etiladigan deklaratsiyaga kiritilishi lozim. Daromadlarni to‘lagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolar har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechikmay o‘zlari turgan joydagi soliq organlariga o‘tgan yili o‘zlari daromad to‘lagan shaxslarning doimiy yashash joyini ko‘rsatgan holda ularga to‘langan daromad summasi va ulardan undirilgan soliqlar summasi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadilar. Aytib o‘tilgan ma’lumotlar daromadlar olgan shaxslarning doimiy yashash joyidagi soliq organlariga yuboriladi. Soliq organlari fuqarolar bir yilda olgan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etganlarida ana shu ma’lumotlarni e’tiborga oladilar. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan fuqaroga mualliflik haqi to‘lash hamda fan, adabiyot va san’at asarlarini nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan o‘zga tarzda foydalanganlik uchun haq to‘lash, intellektual mulk obyektlarining mualliflarini taqdirlash, shuningdek yillik jami daromad bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish vaqtida hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar hisobga olinadi. Agar bu xarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashning iloji bo‘lmasa, u holda bunday xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilagan tartibda hisobga olinadi. 3. Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr etish, ijro etish yoki ulardan o‘zga tarzda foydalanish uchun shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirda shu shartnoma hisobidan avans sifatida to‘lanadigan haq uzil-kesil hisob-kitob vaqtida qo‘shib hisoblanadi hamda soliq solish maqsadida shartnoma amal qilgan yil miqdoriga taqsimlanadi. Bunday shartnoma bo‘lmagan taqdirda, agar asarni yaratganlik yoki birinchi marta nashr etganlik uchun to‘lanadigan haq minimal oylik ish haqi miqdorining 12 barobaridan oshsa, bu summa to‘lovchining arizasi bo‘yicha 3 yilga taqsimlanadi. 1. Amalda olingan daromadlar va qilingan sarf-xarajatlar to‘g‘risidagi deklaratsiya fuqarolar tomonidan o‘zlarining doimiy yashash joylaridagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechikmay taqdim etiladi. Ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq soliq to‘lagan fuqaro deklaratsiya taqdim etishdan ozod qilinadi. Basharti yil davomida ushbu Qonunning 15-moddasida aytib o‘tilgan daromad manbalari paydo bo‘lib qolgudek bo‘lsa, fuqarolar bunday manbalar paydo bo‘lgan kundan bir oy o‘tganidan keyin besh kunlik muddat ichida deklaratsiya topshiradilar. Deklaratsiyada birinchi oydagi faoliyat natijasida olgan daromadlarining miqdori va joriy yilning oxirigacha olinishi kutilayotgan daromad miqdori ko‘rsatiladi. Daromad manbai joriy yilning oxiriga qadar to‘xtagan taqdirda u to‘xtagan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida deklaratsiya taqdim etiladi. Deklaratsiya fuqarolar bir yil davomida olgan barcha daromadlarini, bu daromadlarning manbalari hamda hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliq summalarini ko‘rsatadilar. Ushbu Qonunning 12, 13 va 15-moddalarida nazarda tutilgan soliq solinadigan daromadlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar deklaratsiyada alohida ifoda etiladi. 2. Soliq solinadigan yillik jami daromad bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Hisoblab chiqarilgan soliq summasi va yil davomida o‘tkazilgan soliq summalari o‘rtasidagi farq hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyunidan kechikmay, yil davomida qayta hisoblab chiqilgan taqdirda esa soliq organiga deklaratsiya topshirilgan kundan e’tiboran ikki oylik muddat ichida fuqarolar tomonidan to‘lanishi yoki soliq organlari tomonidan fuqarolarga qaytarilishi lozim. 1. Qonunning ushbu moddasida ko‘rsatilgan tartibda tadbirkorlik, yakka tartibdagi va boshqa faoliyatning barcha turlari bilan shug‘ullanadigan fuqarolarga; chet elda yoki chet eldan daromad oladigan O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarga (mualliflik mukofotlari hamda ularning o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar summasi bundan mustasno); fuqarolarning ushbu Qonunning 12, 13 va 14-moddalarida ko‘rsatilmagan barcha boshqa daromadlariga soliq solinadi. 2. Yalpi daromad (pul va natura shaklidagi) hamda daromad qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar o‘rtasidagi tafovut soliq undiriladigan daromad hisoblanadi. 3. Soliq tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining hamma turlaridan olinadigan umumiy daromaddan hisoblab chiqariladi. Soliqni soliq to‘lovchining doimiy istiqomat joyidagi soliq idoralari soladi, agar faoliyat boshqa joyda amalga oshirilsa, faoliyat amalga oshiriladigan joydagi soliq idoralari tomonidan soliq solinadi, lekin daromad va soliq miqdori to‘g‘risida soliq to‘lovchining doimiy istiqomat joydagi soliq idorasiga xabar qilinishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadigan ro‘yxat bo‘yicha yakka tartibdagi faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning daromadlaridan daromad solig‘i mahalliy hokimiyat idoralari belgilab qo‘yadigan qat’iy miqdorlarda undiriladi. 4. Qonunning ushbu moddasida ko‘rsatilgan hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar to‘laydigan daromad solig‘i ushbu Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Har gal navbatdagi to‘lov chog‘ida soliq qayta hisob-kitob qilinadi, bunda joriy yilda ushbu to‘lov makoni bo‘yicha to‘langan umumiy summaga asoslaniladi. 5. Soliq quyidagi tartibda to‘lanadi: a) soliq to‘lovchi har bir kvartalda oldingi yil daromadlariga qarab hisoblab chiqilgan yillik soliq miqdorining 25 foizini to‘laydi, soliq to‘lashga birinchi bor jalb etilgan to‘lovchilar esa soliq idoralari ularning joriy yildagi taxminiy daromadlaridan hisoblab chiqargan miqdorning 25 foizini to‘laydilar. Yil davomida soliq to‘lovchining daromadlari ancha ko‘paygan yoki kamaygan taqdirda soliq to‘lash muddati kelmagan davr uchun soliq miqdori qaytadan hisoblab chiqilishi mumkin; b) yil tugaganidan so‘ng soliqning yillik miqdori haqiqatda olingan daromaddan hisoblab chiqariladi va ana shu miqdori bilan yil davomida to‘langan summa o‘rtasidagi farq soliq to‘lovchidan kelgusi yilning 15-martidan kechiktirmay undirib olinadi yoki qaytarib beriladi, daromad manbai barham topgan taqdirda esa — 15 kun muddat ichida hisob-kitob qilinadi. 6. Qonunning mazkur moddasida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilarga quyidagi asoslarda: a) soliq to‘lovchilarning yil davomida olgan haqiqiy daromadlari to‘g‘risidagi kelgusi yilning 15-yanvarigacha taqdim etiladigan deklaratsiya asosida soliq solinadi. Yil davomida daromad manbalari paydo bo‘lgan taqdirda fuqarolar daromad manbai paydo bo‘lgan kundan boshlab bir oy o‘tgach 5 kun muddat ichida deklaratsiya topshiradilar, unda faoliyatining birinchi oyidagi haqiqiy daromad miqdori va yil oxirigacha faraz etilgan daromad miqdori ko‘rsatiladi. Daromad manbai bahram topgan taqdirda daromad manbai bahram topgan kundan boshlab 5 kun muddat ichida deklaratsiya topshiriladi. b) soliq idoralarining fuqarolar faoliyatini hamda soliq to‘lovchilarning daromadlari to‘g‘risidagi boshqa mavjud ma’lumotlarni tekshirishiga oid materiallar asosida soliq solinadi. 7. Soliqlar 15-martgacha, 15-maygacha, 15-avgustgacha va 15-noyabrgacha bo‘lgan muddatlarda to‘lanadi. 8. Oila a’zolaridan har birining hamda mehnat xo‘jaligini birgalikda olib boruvchi va umumiy ulushbay mulk asosida o‘z mol-mulkiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarning daromadlari ularning o‘zaro kelishuviga muvofiq aniqlanadi, bu haqda daromad to‘g‘risida soliq idorasiga taqdim etiladigan deklaratsiyada ko‘rsatiladi. 9. Tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga haq to‘laydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘zlari joylashgan yerdagi soliq idoralariga fuqarolarga to‘lagan summalari haqida har oyda yozma ma’lumot berishlari shart. Bu ma’lumotlarni daromadlarni to‘lagan korxona, muassasa va tashkilot joylashgan yerdagi soliq idoralari soliqni to‘g‘ri va to‘la solish maqsadida hisobga olish uchun daromad oluvchilarning doimiy istiqomat joyidagi soliq idoralariga yuboradilar. 10. O‘z mehnatidan foydalanish haqida tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma tuzgan fuqarolardan daromad solig‘i ana shu fuqarolarga ish haqi to‘lanayotgan paytda ushlab qolinadi. Soliq mazkur Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar bo‘yicha ushlab qolinadi. Soliq puli ushbu moddaning 7-bandida ko‘rsatilgan navbatdagi to‘lov muddati boshlanishi bilanoq o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daromad solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash tartibiga tuzatish kiritish huquqiga egadir. 1. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bank muassasalaridan fuqarolarga tegishli haq to‘lash uchun mablag‘ olish bilan bir vaqtda hisoblab yozilgan soliq miqdorini budjetga o‘tkazadilar. Mahsulot sotishdan va xizmat ko‘rsatishdan tushgan puldan ish haqi to‘laydigan tashkilotlar soliqning hisoblab yozilgan miqdorini ish haqi to‘langan kunning ertasiga bank muassasasiga topshiradilar. 2. Fuqarolarning maoshlaridan olinadigan soliqni korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag‘i hisobidan to‘lash taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritayotgan fuqaro yoki birgalikda dehqon xo‘jaligini yuritayotgan fuqarolar, ya’ni qishloq joylarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan band xo‘jalik Qonunning ushbu bobida ko‘rsatilgan tartibda va miqdorda soliq to‘laydi. Yalpi daromad (pul va natura shaklidagi) hamda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan harajatlar o‘rtasidagi farq soliq solinadigan daromad hisoblanadi. Moddiy xarajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘la tiklash uchun ketadigan amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, intellektual mulk obyektlariga beriladigan huquqlarga ega bo‘lganlik uchun patent boji, huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik yig‘imlari va huquqlar uchun litsenziya to‘lovlari, o‘z mehnatlaridan foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzgan fuqarolarning mehnatiga haq to‘lash uchun ketgan sarf-xarajatlar, davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ajratmalar, mol-mulkni majburiy sug‘urta qilishga to‘lovlar, bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar uchun foizlar to‘lovi (to‘lov muddati o‘tib ketgan va kechiktirilgan qarzlar foizidan tashqari), shuningdek asosiy ishlab chiqarish fondlari remontining barcha turlariga doir xarajatlar daromad olish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibiga kiradi. 1. Ushbu Qonunning 17-moddasida ko‘rsatilgan fuqarolar mustaqil ravishda yil davomida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishdan yoki xizmat ko‘rsatishdan tushum olingan oydan keyin keladigan oyning 10-kuniga qadar budjetga oylik daromadning 10 foizi miqdorida soliq to‘lab boradilar. Soliq dehqon xo‘jaligi a’zolarining topshirig‘iga muvofiq ulardan biri tomonidan tushumning jami miqdori hisobidan to‘lanadi. Bir yillik soliqning uzil-kesil miqdorini kelgusi yilning 1-martiga qadar taqdim etiladigan yil davomida olingan haqiqiy daromad haqidagi deklaratsiya asosida soliq idorasi belgilaydi. Bunda dehqon xo‘jaligi har bir a’zosining soliq solinadigan yillik daromadi miqdori ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq aniqlanib, bu haqda deklaratsiyada uqtirib o‘tiladi. Soliqning kamini to‘lash, binobarin tegishli hollarda yil davomida ortiqcha to‘langan soliqni qaytarib berish kelgusi yilning 1-aprelidan kechiktirilmaydi. 2. Dehqon xo‘jaligida o‘z mehnatidan foydalanish haqida shartnoma tuzgan fuqarolardan daromad solig‘i shartnoma tuzgan dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan ana shu fuqarolarga ish haqini to‘lash chog‘ida ushlab qolinadi. Soliq mazkur Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar bo‘yicha ushlab qolinadi. Soliqlarni budjetga o‘tkazish oylik tushumdan avans soliq to‘lashning navbatdagi muddati boshlangan paytda amalga oshiriladi. 1. Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning (quyida “ajnabiy jismoniy shaxslar” deb yuritiladi) soliq solinadigan daromadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining soliq solinadigan daromadiga bo‘lgani kabi tartibda aniqlanadi. Ajnabiy jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini aniqlash chog‘ida unga: a) SSSRda yashashi munosabati bilan to‘lanadigan qo‘shimcha haq miqdori; b) bolalarni maktabda o‘qitish, ovqatlantirish, soliq to‘lovchilar oilasi a’zolarining otpuska vaqtidagi kira haqlari va shu kabi maqsadlardagi sarf-xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan pul miqdori ham kiradi. 2. Soliq solinadigan daromad tarkibiga: a) ajnabiy jismoniy shaxsni yollovchining O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga o‘tkaziladigan pul miqdori; b) xizmat maqsadlari uchun uy-joy binosini ijaraga olish va avtomobil saqlab turish uchun xarajatlarni qoplashga to‘lanadigan pul miqdori; v) xizmat safari xarajatlari miqdori kiritilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega ajnabiy jismoniy shaxslar deb qaraladiganlarning daromadlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xuddi shunday daromadlariga nisbatan ko‘zda tutilgan miqdorlarda daromad solig‘i solinadi. Shaxsiy kompaniyalar egalarining daromadlariga ushbu Qonun 8-moddasining 1-bandida ko‘zda tutilgan miqdorlarda soliq solinadi. 1. Soliq solish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega va O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan daromad oluvchi deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxslar ushbu moddada belgilab qo‘yilgan tartibda daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadilar. Soliq solish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega va ushbu Qonunning II-III-boblari bilan tartibga solinadigan daromad oluvchi deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxslar tegishli boblarda belgilab qo‘yilgan tartibda daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadilar. 2. Amalda olingan daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-martiga qadar ajnabiy jismoniy shaxs faoliyatini amalga oshiradigan yoki istiqomat qiladigan joydagi soliq idorasiga taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxs joriy yildagi ko‘zda tutilayotgan daromadlari haqidagi deklaratsiyani O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kundan boshlab bir oy davomida taqdim etadi. Ajnabiy jismoniy shaxsning faoliyati kalendar yil davomida to‘xtagan va u O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketgan taqdirda amalda olingan daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya u jo‘nab ketishidan kamida bir oy oldin topshirilishi kerak. 3. Ajnabiy jismoniy shaxslarning daromadlariga ularning daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida solinadigan daromad solig‘i O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchining faoliyati amalga oshiriladigan yoki yashaydigan joydagi soliq idorasi tomonidan hisoblab chiqiladi. Soliq idorasi to‘lovchiga yuboradigan to‘lov xabarnomasi soliq to‘lash uchun hujjat hisoblanadi. Ko‘zda tutilayotgan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lovchi uchun u to‘lashi lozim bo‘lgan soliqning avans miqdori uning soliq majburiyatlarining 75 foizi miqdorida hisoblab chiqiladi; soliq miqdorini qaytadan hisoblab chiqish haqiqiy daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Joriy yil solig‘i baravar miqdorda uch bo‘lib — 15-maygacha, 15-avgustgacha va 15-noyabrgacha to‘lanadi. Hisobot yili uchun qayta hisoblab chiqilgan soliqqa qo‘shimcha to‘lov xabarnomasi yozilgan kundan boshlab bir oy davomida to‘lanadi. Soliqning ortiqcha to‘langan miqdori soliq to‘lovchining xohishiga ko‘ra unga qaytarib beriladi yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi. 4. O‘zaro kelishuv asosida ajnabiy jismoniy shaxslardan daromad solig‘i undirish to‘xtalishi yoki cheklab qo‘yilishi mumkin, qachonki tegishli xorijiy davlatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan shunday tadbir amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu hol ana shu xorijiy davlatning soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa. Ushbu bandni qo‘llash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlaridan (ushbu Qonun 7-moddasining “a” bandida ko‘rsatilgan daromadlardan tashqari) olinadigan soliq daromadni to‘lash manbaida 20 foiz stavka bo‘yicha ushlab qolinadi. Soliqning mazkur stavkasi ushbu Qonunning 6-moddasi va 21-moddasining 4-bandi qoidalarida boshqa hol ko‘zda tutilmagan bo‘lsa qo‘llanadi. Ushbu Qonun 7-moddasining “a” bandida ko‘rsatilgan daromadlardan ularda keltirilgan stavkalar bo‘yicha soliq ushlab qolinadi. 1. Ushbu Qonunga muvofiq soliq solinadigan fuqarolar: a) soliq idoralariga ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilab beradigan shakllarda daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi deklaratsiya, deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tasdiqlovchi boshqa zarur hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etishi, shuningdek soliq solinadigan daromadlarni va ana shu daromadlarni olish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni hisobga olib borishi; b) soliq imtiyozlari huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishi, tegishli hollarda esa bunday hujjatlarni taqdim etishi; v) soliq idoralari taqdim etgan soliq miqdorini budjetga o‘z vaqtida va to‘la miqdorda to‘lashi; g) daromad olish uchun foydalanilayotgan binolarga soliq idoralarining mansabdor shaxslarini kiritishi shart. 2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar: a) ishchilar va xizmatchilar ish haqidan olinadigan soliqlar miqdorini hamda to‘lov manbai soliq solinadigan boshqa daromadlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisoblab berish, ushlab qolish va budjetga o‘tkazishlari; b) soliq idoralari tomonidan soliq solinishi lozim bo‘lib, o‘zlari fuqarolarga to‘lagan daromadlar haqidagi ma’lumotlarni soliq idoralariga o‘z vaqtida taqdim etishlari shart. 3. Tashqi iqtisodiy bitimlar tuzish chog‘ida daromadni to‘laydigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar ajnabiy jismoniy shaxslar o‘rniga soliq to‘lash xarajatlarini qoplash majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi soliq shartlari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarning ish haqidan hamda fuqarolarning boshqa daromadlaridan o‘z vaqtida ushlab qolinmagan soliq miqdori ko‘pi bilan ikki yili uchun qaytarib berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Daromadlariga deklaratsiyaga muvofiq soliq solinadigan, soliq to‘lashga o‘z vaqtida jalb etilmagan yoki noto‘g‘ri soliq solingan fuqarolardan soliqni undirib olish yoxud ularga qaytarib berish soliqni noto‘g‘ri ushlash aniqlangunga qadar o‘tgan davrning ko‘pi bilan ikki yili uchun amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchining soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashi natijasida undirilmay qolgan soliq miqdori butun bo‘yin tovlash davri uchun undirib olinadi. 1. Soliq solinadigan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etmagan soliq to‘lovchilarga soliq idoralari oldingi hisobot yilida to‘langan soliqning 150 foizi miqdorida yoki soliq idorasi ega bo‘lgan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumot asosida shartli ravishda hisoblab chiqilgan miqdorda soliq to‘lash to‘g‘risida to‘lov xabarnomasi yuboriladi. Mazkur hujjatlar taqdim etilgach va ular tekshirib ko‘rilgandan keyin soliq miqdori haqiqatdan olingan daromadga qarab to‘lanadigan soliqning 10 foizi ushlab qolinib, qaytadan hisob-kitob qilinadi. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini buzishda aybdor bo‘lgan yoki maxsus ravishda taqiqlab qo‘yilgan yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar, shuningdek, daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoxud deklaratsiyaga noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritishda, soliq solish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning tegishli hisob-kitobi bo‘lmaganligida aybdor bo‘lgan fuqarolar soliq idoralarining rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorlarda jarima solish tarzidagi ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. 2. Soliq solinishi lozim bo‘lgan amalda olingan daromadlarni yashirganlik (kamaytirib ko‘rsatganlik) uchun daromadning yashirilgan (kamaytirilgan) qismi miqdorida jarima solinadi, qonunni takroriy buzgan taqdirda esa ikki hissa miqdorida jarima solinadi. Erkin almashtiriladigan valyutada olingan daromadlarni yashirish daromad miqdorini SSSR Davlat bankining maxsus kursi bilan ikki hissa miqdorida qayta hisoblab chiqishga sabab bo‘ladi. Ana shu pul soliq idoralarining mansabdor shaxslari protokol tuzgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida budjetga o‘tkaziladi. Ana shu pulni to‘lashdan bosh tortilgan taqdirda u muddatida to‘lanmagan soliqlarni va soliqdan tashqari to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risidagi Nizomda belgilab qo‘yilgan tartibda undirib olinadi. 3. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning daromad solig‘i miqdorini to‘la hajmda o‘z vaqtida ushlab qolmaganlik va budjetga o‘tkazmaganlikda, fuqarolarning daromadlarini yashirishda (kamaytirib ko‘rsatishda), buxgalteriya hisobotini olib bormaganlik yoki bunday hisobotni belgilangan tartibni buzgan holda olib borganlik, soliqni hisoblab chiqish va to‘lash bilan bog‘liq hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, umuman taqdim etmaganlik yoki belgilangan shaklda taqdim etmaganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslari soliq idoralarining rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorlarda jarima solish tarzidagi ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. 4. Haq to‘lash manbaida undirilishi lozim bo‘lgan, o‘z vaqtida ushlab qolinmagan, to‘la ushlab qolinmagan yoki budjetga o‘tkazilmagan soliq miqdori fuqarolarga daromad to‘laydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan soliq idoralari tomonidan shak-shubhasiz undirib olinadi. 5. Soliq to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun muddati o‘tgan har kun uchun to‘lanmagan miqdorning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi. Mansabdor shaxslarning soliqni undirib olish chog‘ida yo‘l qo‘ygan harakatlari va farmoyishlari ustidan shikoyatlar ana shu shaxslar bevosita bo‘ysunadigan idoraga yoki qaysi idoraning farmoyishi bilan soliq undirilayotgan bo‘lsa, o‘sha idoraga topshiriladi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ustidan tushgan shikoyatlar shikoyat tushgan paytdan boshlab 15 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi va ular bo‘yicha qaror qabul qilinadi, fuqarolar ustidan tushgan shikoyatlar esa fuqarolarning xatlari, arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun belgilab qo‘yilgan muddatda ko‘rib chiqiladi va ular bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Shikoyatlarga doir qarorlar ustidan bir oy muddat ichida yuqori turuvchi soliq idorasiga yoki xalq sudiga shikoyat qilish mumkin. Shikoyat topshirish soliq undirishni to‘xtata olmaydi. Shikoyatni ko‘rib chiqayotgan idora shikoyat hal qilingunga qadar tegishli soliq miqdorini undirishni to‘xtatib turishga haqlidir. Soliq idoralari mansabdor shaxslarning ma’muriy jazo belgilashlari bilan bog‘liq harakatlari ustidan shikoyat qilish O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu Qonunni qo‘llashga doir ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqariladi.
10Qonunchilik
Trampning mehmonxonasi old qismida Putinning tasviri paydo bo‘ldi Nyu-Yorkdagi Trump SoHo mehmonxonasi old qismida 8 avgust, seshanbaga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tasviri paydo bo‘ldi. CAP Action rahbari o‘rinbosari Igor Volskiy tvitterdagi sahifasida tegishli fotosuratlarni joyladi. Shuningdek, bu fotosuratlarda rus bayrog‘i bilan turgan kishilarni ham ko‘rish mumkin. Ular mehmonxona oldida bo‘lishgan. Kadrlarda ingliz tilidagi «Happy to help, bro» («Yordam berishdan xursandman»), «Follow the money» («Pulning ketidan quv»), «Laundering services available» («Pullarni yuvish bo‘yicha xizmatlar bor») yozuvlari, shuningdek rus tilidagi «Kuchli bo‘l» so‘zlari bor. Amerikalik jurnalist Robin Bellning ma'lum qilishicha, bu aksiyani u tashkil qilgan. Wow big action happening at Trump Soho in NYC pic.twitter.com/2jkyyi0YMI
2Dunyo
Yaponiya viza olish uchun ariza berish tartibini soddalashtirdi Yaponiya tomoni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligini O‘zbekiston fuqarolik pasportiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan Yaponiyaga qisqa muddatli viza (90 kundan oshmagan muddatga) olish uchun ariza berish tartibining soddalashtirilgani haqida rasman xabardor qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati. Soddalashtirilgan tartib quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) ishbilarmonlik maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan, madaniyat va intellektual mehnat arborlari uchun safar qilish sohalarini kengaytirish. Fuqaro ayni shu viza bilan Yaponiyaga qayta tashrif buyurganda undan turistik maqsadlarda hamda qarindosh va tanishlarini ziyorat qilish maqsadlarida foydalanishi mumkin; 2) davlat tashkilotlari, Yaponiya fond bozorlarida ro‘yxatga olingan tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan kompaniyalar xodimlariga hamda Yaponiyaga avval ham tashrif buyurgan arizachilarning ko‘p martalik qisqa muddatli vizalari amal qilish muddatini uch yildan besh yilga uzaytirish; 3) bir martalik qisqa muddatli viza olish uchun ariza bilan murojaat qilinganda kafolatlash tizimini bekor qilish. Kerakli hujjatlar ro‘yxati va ariza bilan murojaat qilish tartibi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni Yaponiyaning O‘zbekistodagi Elchixonasi veb-saytidan olish mumkin.
5Jamiyat
Samarqand viloyatida biqinida “Alloh” degan yozuvi bor qo‘zichoq tug‘ildi (foto) Payariq shahridagi “Mustaqillik” MFYda yashovchi Sunnat Mardonov xonadonida qo‘zichoq tug‘ildi, deb yozadi “Zarnews”. Uning bir tomonida “Alloh” deb yozilgan. Tuman bosh imom xatibi Mansur hoji Abduholiqovning ta’kidlashicha, ikkinchi tomondagi yozuvning tarjimasi hozircha noaniq. “Bu xabarni eshitgan odamlarning tashrifidan xonadon ahli xursand”, — deyiladi xabarda.
8O‘zbekiston
Fotogalereya: 2018-yilda taqdim etilishi kutilayotgan avtomobillar “Motor” nashri avtomobil ishqibozlarini 2018-yilda xushnud etishi mumkin bo‘lgan yangi modellarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Audi Q8
0Avto
Xitoydan yaxshi xabar bor... Xitoyda koronavirusni yuqtirib olganlarning asosiy qismi — 94 foizi to`liq tuzaldi. Bu haqda mamlakatning sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha davlat qo`mitasi ma`lum qildi, deb xabar beradi Platforma telegram kanali. Ayni paytda bu erda «Covid-19» bilan kasallanganlar bor-yo`g`i 1562 ta qoldi. Bu kasallikka chalinganlar umumiy sonining 2 foizini tashkil qiladi. Mazkur raqam har kuni kamayib bormoqda. Eng so`nggi tahlillarga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirus birinchi bo`lib tarqalgan ushbu mamlakatda 81 639 kishi xavfli infeksiyani yuqtirgan. Ulardan 76 751 nafari butunlay sog`ayib, shifoxonalardan uyiga qaytgan. 3326 kishi hayotdan ko`z yumgan. "Nasib qilsa, hademay biz ham «yurtimizda kasallanganlar to`liq tuzalib, oilasi bag`riga qaytdi», degan mazmundagi xushxabarlarni yozamiz. Buning uchun esa UYDA QOLING" deya yozmoqda telegram kanali.
2Dunyo
DTM jadvali e’lon qilindi: kvotalar va abituriyentlar soni Davlat test markazi saytida oliy ta’lim muassasalariga 2017-yilgi qabul ma’lumotlari aks etgan jadval paydo bo‘ldi. Unda har bir OTM uchun ajratilgan kvotalar, shu kungacha hujjat topshirgan abituriyentlar soni va har bitta o‘rin uchun nechta abituriyent to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan. OTMlarning fakultetlari bo‘yicha ham xuddi shunday ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Ayni paytga qadar eng ko‘p hujjat Andijon davlat universitetiga topshirilgan, bu yerda qabul komissiyasiga 419 abituriyent o‘z hujjatini topshirgan. O‘zbekiston milliy universiteti, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning Urganch filiali, Termiz davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti va boshqa OTMlarga esa hali birorta hujjat topshirilmagan.
8O‘zbekiston
O‘zbekistondagi barcha dehqon bozorlari qayta rekonstruksiya qilinadi Davomi: O‘zbekistondagi dehqon bozorlarining 70 foizdan ortig‘i savdoni tashkil etishning zamonaviy talablariga javob bermaydi O‘zbekistonda dehqon bozorlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash va zamonaviy savdo-bozor infratuzilmasini shakllantirish maqsadida Prezident tomonidan “2017—2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilishni davom ettirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: Qaror bilan dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan: Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, quyidagilar loyihalarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Dasturni amalga oshirishga jami 746 milliard so‘m, shundan 631,5 milliard so‘m Milliy bank mablag‘lari va 81,5 milliard so‘m tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklarining imtiyozli kredit resurslari jalb etiladi. Respublikaning qishloq tumanlarida faoliyat ko‘rsatib turgan dehqon bozorlari hududida tashkil etiladigan 3 ta 3 qavatli gipermarket, 21 ta 2 qavatli va 116 ta 1 qavatli supermarket hamda 63 ta minimarket qurilishi Milliy bank tomonidan amalga oshirilib, keyinchalik mahalliy hokimliklar bilan birgalikda, joylardagi moliyaviy barqaror tadbirkorlarga xususiy mulk sifatida sotilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, respublika shaharlarida quriladigan 6 ta zamonaviy gipermarket, 17 ta supermarket hamda 16 ta minimarket qurilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tavsiya etilgan moliyaviy barqaror bo‘lgan mahalliy tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan. Dehqon bozorlari hududida quriladigan 531 ta zamonaviy va ixcham yengil temir konstruksiyalardan foydalangan holda yig‘ib-teriladigan savdo rastalarining qurilishini moliyalashtirish, shuningdek, Milliy bank mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab respublika hududlarida 50 ta va undan ortiq savdo o‘rinlari mavjud bo‘lgan barcha dehqon bozorlarida davlat soliq xizmati organlarining xodimlari tomonidan yig‘imning to‘liqligini har kuni tekshirgan holda faqat bank tizimi orqali bir martalik yig‘imlar undirilishining avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olinishi majburiy tartibda joriy etiladi. Bundan tashqari, 2017-yilning 1-aprelidan boshlab dehqon bozorlariga tegishli hududda joylashgan avtoto‘xtash joylari mazkur bozorlar ixtiyoriga o‘tkaziladi. Avtoto‘xtash joylaridan tushadigan pul tushumlari hisobidan bozorlar va savdo komplekslarning daromadlari oshadi, bu esa bir vaqtning o‘zida bozorlar daromadlaridan davlat byudjetiga ajratmalar ortishini ta’minlaydi. Dasturning amalga oshirilishi dehqon bozorlarining soni va hududi maqbullashtirilishini, ularning maydonlaridan va infratuzilma obyektlaridan samarali foydalanilishini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini, xaridorlar uchun qulay savdo muhiti yaratilishini, savdoni hisob-kitob terminallari orqali tashkil etish hisobiga naqd pul mablag‘lari aylanmasi qisqarishini, shuningdek, respublikada 2020-yilda dehqon bozorlari to‘liq rekonstruksiya qilinishini ta’minlaydi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
8O‘zbekiston
Janubiy Koreya va AQSh harbiy mashqlarni boshladi Janubiy Koreya va AQSh Key Resolve har yillik harbiy mashqlarni boshladi, ular ikki hafta davom etadi. Bu haqda «Ryonxap» harbiy manbaga asosan xabar qilmoqda. Ta'kidlanishicha, ikki mamlakat harbiy mahkamasi bu mashqlar haqida hozircha rasmiy xabar bermagan. Mashqlar Koreyalararo sammit arafasida o‘tkazilmoqda hamda bu, KXDR shunday mashqlarni Shimoliy Koreyaga qarshi urush repetitsiyasi sifatida ko‘rishiga qaramay, yuz bermoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashqlarni davom ettirishga qaror qilgandi.
2Dunyo
Transport vositasining davlat raqamiga niqob taqqan haydovchi, ikki avtomobil orasiga suqilgan mashina va boshqalar – Kun.uz obektivida Ko‘rsatuvda 2-3 km manzilga tezroq borish ilinjida avtomobilining “tumshug‘ini tiqqan”, uzoq yo‘lga ketayotgani bois yo‘llardagi radarlarning “ko‘zini shamg‘alat” qilish niyatida davlat raqamiga niqob taqqan va boshqa haydovchilarning xurmacha qiliqlari aks etgan. Ko‘rsatuvdan maqsad – kimnidir fosh qilish emas, aksincha yo‘l harakatining asosiy ishtirokchilari bo‘lmish haydovchilarga oyna tutishdir. Kun.uz yo‘llardagi harakat xavfsizligiga oid turkum materiallar tayyorlashda davom etadi. Albatta, anonimlik, qolaversa, qoidabuzar haydovchilar boshqaruvidagi transport vositalari davlat raqamlari oshkor qilinmaydi.
5Jamiyat
Ronaldu Portugaliya safida 112- golini urib, jahon rekordini yangiladi Ronaldu Portugaliya safida 112- golini urib, jahon rekordini yangiladi. Bu haqda sports.ru yozmoqda. Qayd etilishicha, Portugaliya o`rtoqlik uchrashuvida Qatarni mag`lub etdi (1: 0, birinchi bo`lim). Hujumchi Krishtianu Ronaldu 37 -daqiqada hisobni ochadi. Ta`kidlanishicha, bu uning terma jamoadagi 112 goli bo`lgan. Ma`lumot uchun, Ronaldu 2021 yilda Portugaliya terma jamoasi safida 11ta o`yinda 10ta gol urgan.
13Sport
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi 9 aprel kuni xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Qashqadaryo” gazetasi xabar bermoqda. Sessiyada viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida mulohaza yuritdi.  Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Sagdullayev Rustam Saidovich Kitob tumani hokimi etib tasdiqlandi. Tumanni bir necha yillar boshqargan  Xudoyqulov Uzoq Eshquvatovich avvalroq o‘z vazifasidan ozod etilgandi.
8O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva: «Nukus muzeyining jahon bo‘ylab sayohatini uyushtirishga imkon yaratish, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston nufuzini yanada oshirishni o‘z missiyam deb hisoblayman» Galereyada 300dan ortiq eksponatdan iborat retrospektiv kolleksiya jamoatchilikka taqdim etildi. Ko‘rgazmani tashkil etish va Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyidan asarlarni yetkazishda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi yaqindan yordam berdi. Ko‘rgazmaning ochilishida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi boshqaruv raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqib, suprematist rassom Ivan Kudryashovning asarlari Nukus shahridagi muzey omborida qariyb ellik yildan beri saqlanayotganini ta'kidladi. “O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston uchun bu ko‘rgazma muhim ahamiyatga ega. I.V.Savitskiy nomidagi muzey uzoq yillardan beri ilk bor o‘z omborxonalarini “ochdi”. Bu rassom asarlarining shunchaki gastroli emas, balki to‘laqonli ilmiy hamkorlikdir, u tasviriy san'atni ommalashtirish yo‘lida davom etishiga umid qilamiz. Aytish joizki, Ivan Kudryashov asarlari ko‘rgazmasi Igor Savitskiy tufayli tashkil etildi, aynan u kolleksiyaning katta qismini yig‘gan. Rassom-suprematist Ivan Kudryashovning kartinalari qariyb 50 yil davomida Nukus muzeyida saqlandi, 2017 yilda Tretyakov galereyasi mutaxassislari kolleksiya bilan qiziqib qoldi hamda Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda ushbu loyiha yaratildi. Uning zamirida ilmiy izlanishlar, rus avangardiga qiziqish, Savitskiy nomidagi muzeyning xazinasini butun dunyoga namoyish etish istagi yotibdi. Bizning “sahrodagi Luvr” bunga boshqa istalgan muzeydan ko‘ra ko‘proq loyiqdir. O‘zimiz ushbu xazina qanchalik chuqur ekanini hali bilmaymiz, uni global o‘rganish ishlari oldinda. Ko‘plab shedevrlar hali keng ommaga olib chiqilmagan, muzey kengaymoqda, uning kolleksiyalariga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortmoqda. Men Nukus muzeyining jahon bo‘ylab sayohatini uyushtirishga imkon yaratish va shu asnoda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston nufuzini yanada oshirishni o‘z missiyam deb hisoblayman. Biz bu davom etishini istaymiz. Biz muzey asoschisi Igor Savitskiy ushbu durdonalarni yig‘ish uchun qanchalik mehnat qilgani va fidoyilik ko‘rsatganini namoyish etmoqchimiz. Nazarimda, bu uning xotirasiga hurmat va mazkur bebaho muzey aynan bizning yurtimizda tashkil etilgani uchun chuqur minnatdorchilik ramzidir”, dedi Saida Mirziyoyeva. 22 avgustga qadar davom etadigan ko‘rgazma rasmlar, grafik va sahna asarlari hamda arxiv materiallaridan iborat. Zallarning birida I.Kudryashovning 1920 yil oktyabr oyida Orenburg shahar teatri uchun uch o‘lchamli suprematistik rangtasvirning rekonstruksiyasi joylashtirilgan. Ma'lumot uchun, kecha, 20 may kuni, Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston paviloni ochildi. Xalqaro arxitektura biyennalesida O‘zbekiston paviloni taqdim etildi. Ochilish marosimida Aziz Abduhakimov va Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqdi, kutilmaganda YuNeSKO bosh direktori ham tashrif buyurdi.
8O‘zbekiston
Alfraganus: tayyor ijarachilari mavjud tijorat binolari 24 oylik muddatli to‘lov asosida taklif etilmoqda Asosiy jihatlari haqida qisqacha Alfraganus – Markaziy Osiyodagi birinchi va eng yirik ochiq savdo mavzesi. Hududda 18 ta bir va ikki qavatli binolar majmui, 507 ta savdo joyi mavjud. Xaridorlarga 32 dan 3.244 kvadrat metr maydonli individual xususiyatlar: suv va gaz bilan ta'minlangan, santexnika bilan jihozlangan, havo aylanish tizimiga ega joylar taklif etiladi. Tashqi fasadlar Loyihadagi binolar har qanday didga va biznesning barcha turiga mos keladigan 14 turdagi – toblangan oynali vitrina, arka va metall naqshlar, tabiiy tosh va dekorativ gipsdan ishlangan fasad bezaklarini taqdim etadi. Avtoturargoh Alfraganus savdo mavzesida 1500 o‘rinli aylanma avtoturargoh loyihalangan. Loyiha konsepsiyasiga ko‘ra avtoturargoh mavzening perimetri bo‘ylab joylashadi. U markazning 6 ta kirish joyida qulay harakatlanishga mo‘ljallangan. Avtoturargoh bu yerga tashrif buyuruvchilar oqimiga va mavze ichida xarakatlanishiga qulay bo‘lishi o‘ylangan. Ijaraga berish Binolarni uzoq muddatli sarmoya sifatida sotib olishni istaganlarga Alfraganus Academy’dan qo‘shimcha qulaylik - tayyor ijarachilari mavjud binolar taklif etiladi. Ayni paytda binolarning deyarli 50 foizini ijarachilar egallagan. Ular qatorida Timberland, Tommy Jeans, Karl, Selfie, Terra Pro, Ramsey, Red Tag, Calvin Klein, Efendi va boshqa 100 dan ortiq brendlar bor. Foydali shartlar Sotuvlarning dastlabki haftalarida xaridorlarga eng qulay shartlar: 24 oylik muddatli to‘lov, shuningdek chegirmalar taklif etiladi. Bundan tashqari, binolarda shift balandligi 6 metr ekanligi sabab siz xarid qilingan joyni ikki darajali ko‘rinishda loyihalashingiz va foydali maydonni ikki barobarga oshirishingiz mumkin. Sotuv ofisi manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, 30-uy Mo‘ljal: «UzBum», China Town restorani Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44 Sayt: alfraganus.com Facebook: www.fb.com/alfraganus.tashkent Instagram: @alfraganus.uz Telegram: t.me/alfraganus_tashkent
8O‘zbekiston
Fotogalereya: Turli yoshdagi dunyoning boy odamlari Insider Pro nashri 21 dan 100 yoshgacha bo‘lgan butun dunyodagi milliarderlar ro‘yxatini tuzib taqdim etdi. Boyligi: 2,4 milliard dollar: Vatani: Braziliya Boyligi manbai: Otasidan Banco Real meros bo‘lib qolgan, bundan tashqari Alfa Bank’ning direktorlar kengashi raisi hisoblanadi. Boyligi: 16,1 milliard dollar: Vatani: Fransiya Boyligi manbai: GIMD kanglomeratining merosxo‘ri Boyligi: 75,6 milliard dollar: Vatani: AQSh Boyligi manbai: Berkshire Hathaway kompaniyasining direktorlari kengashi raisi va yirik aksiadori hisoblanadi Boyligi: 48,3 milliard dollar: Vatani: AQSh Boyligi manbai: Otasi tomonidan asos solingan Koch Industries kompaniyasining bosh direktori va direktorlar kengashining raisi. Boyligi: 54,5 milliard dollar: Vatani: Meksika Boyligi manbai: Turli xoldinglar, jumladan Grupo Carso’ning bosh direktori va boshqaruv raisi Boyligi: 14,9 milliard dollar: Vatani: Hindiston Boyligi manbai: Wipro IT kompaniyasining raisi Boyligi: 15 milliard dollar: Vatani: Gonkong Boyligi manbai: Chinese Estates Holdings investitsiya kompaniyasining asosiy egasi Boyligi: 86 milliard dollar: Vatani: AQSh Boyligi manbai: Microsoft asoschisi Boyligi: 20 milliard dollar: Vatani: AQSh Boyligi manbai: Stiv Jobsning bevasi Boyligi: 13,2 milliard dollar: Vatani: Rossiya Boyligi manbai: O‘g‘it ishlab chiqaruvchi va energetika kompaniyalarining asosiy egasi Boyligi: 4,7 milliard dollar: Vatani: Kolumbiya, keyinroq AQShga ko‘chib o‘tgan Boyligi manbai: SABMiller ulkan pivo kompaniyasining merosxo‘ri Boyligi: 9  milliard dollar: Vatani: Xitoy Boyligi manbai: Otasidan ko‘chmas mulk kompaniyasi aksiyalarining bir qismi meros bo‘lib qolgan Boyligi: 56 milliard dollar: Vatani: AQSh Boyligi manbai: Facebook asoschisi Boyligi: 12,9 milliard dollar: Vatani: Buyuk Britaniya Boyligi manbai: Vestminister gersogligi va boyligi merosxo‘ri Boyligi: 0,2 milliard dollar: Vatani: Kanada Boyligi manbai: Qo‘shiqchi, albomlar sotuvidan
3Foto
Toshkentda taqsimlash markazlari yopilishi epidemiologik vaziyat barqarorlashganini anglatadi – shtab Hozirgi vaqtda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurashishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ochilgan ayrim markazlar («Atlas», «Yoshlik») vaqtinchalik yopildi. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva mavjud vaziyat bo‘yicha izoh berdi. «Toshkent shahridagi taqsimlash markazlari yopilishining sabablaridan biri koronavirusga chalingan bemorlar soni kamayganidir. Shuningdek, taqsimlash markazlarining yopilishi, poytaxtda, umuman, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashganini anglatadi. To‘g‘ri, ko‘plab mamlakatlarda koronavirus keng tarqalmoqda, ko‘plab davlatlar ikkinchi to‘lqindan aziyat chekmoqda. Bu bizni hushyorlikka chaqirishi lozim. Shunga ko‘ra, bugungi kunda davlat va barcha manfaatdor vazirlik, idoralar epidemiologik vaziyatni nazorat qilish bo‘yicha ishlar olib borishmoqda va kasallik dinamikasi oshganda yopilgan obektlar tezkor ravishda qayta ochiladi. Bundan tashqari, mamlakat shifokorlari va olimlari pandemiya davrida koronavirusga chalingan bemorlarni samarali davolash bo‘yicha katta tajriba orttirishdi, kasbiy mahoratlarini ham oshirishdi. Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan barcha mavjud markazlar zarur yotoq-o‘rinlari, tibbiyot uskunalari va dori vositalari bilan ta'minlangan, malakali tibbiyot xodimlari ham biriktirilgan. Markazlar yopilgan taqdirda ham ushbu ta'minotlar saqlab qolinadi. Takroriy to‘lqin ro‘y bersa, ushbu markazlar va resurslar aholiga qayta yuqori malakali yordam ko‘rsatish uchun tiklanadi», dedi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
8O‘zbekiston
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 5-sinfga kirish imtihonlarini o‘tkazdi 2018-yilning 23-iyul kuni Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018—2019-o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul imtihonlarini o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar bermoqda. 2-iyuldan 20-iyul kuniga qadar maktabga kerakli hujjatlarni 510 nafarga yaqin o‘quvchi topshirdi va qabul imtihonlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar 23-iyul kuni “O‘zko‘rgazmasavdo” binosida bo‘lib o‘tgan matematika va ingliz tili fanlaridan imtihonlarda ishtirok etdi. Imtihon 2 soat davom etdi. Imtihon Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Oliy o‘quv yurti maktabga imtihon jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda ko‘mak berdi. Jumladan, imtihon jarayoni http://live.inha.uz sahifasi va maktabning rasmiy Facebook sahifasi https://www.facebook.com/AlKhorezmiySchool/ orqali onlayn namoyish etildi. Shu bilan birga imtihonlarning shaffofligini ta’minlash uchun bir guruh ota-onalar kuzatuvchi sifatida imtihon zaliga taklif etildi. Kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga 60 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Imtihon natijalari 2018-yilning 30-iyul kuni e’lon qilinadi.
8O‘zbekiston
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraniyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot xizmati rahbarlarini (bundan buyon matnda axborot xizmati rahbari deb yuritiladi) lavozimga tayinlash masalasini tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari bilan kelishish, shuningdek ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Agentlik — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi; hududiy boshqarmalar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari; davlat organlari va tashkilotlari — davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa va tashkilotlar. 2. Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot xizmati rahbarlari Agentlik bilan kelishilgan holda, hududiy davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlari hududiy boshqarmalar bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi hamda ular tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi. 3. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlashga taqdim etilgan nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish ularning tavsiya etilgan lavozimga layoqatini va kasbiga munosibligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. 4. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzod tavsiya etilishi mumkin. 5. Davlat organlari va tashkilotlari nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi: davlat organi va tashkiloti rahbarining nomzodni lavozimga tavsiya etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi; nomzodning anketasi; oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatni tan olish to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi; Axborot xizmati rahbari lavozimiga kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilganda, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi. 6. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar elektron imzo bilan tasdiqlangan yoki “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan holda jo‘natiladi. 7. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi. 8. Axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni kelishish masalasini ko‘rib chiqishda nomzod bilan axborot xizmatlari faoliyati sohasiga doir suhbat o‘tkaziladi. 9. Suhbat tegishlicha Agentlik va uning hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi, bunda komissiya tarkibi Agentlikda direktor tomonidan, hududiy boshqarmalarda esa boshqarma boshliqlari tomonidan kamida besh kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi. 10. Agentlikda direktorning soha bo‘yicha mas’ul o‘rinbosari, hududiy boshqarmalarda boshqarma boshliqlari komissiya raisi hisoblanadi. 11. Komissiyalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha tashkiliy masalalar ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Agentlikning Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, hududiy boshqarmalarda axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish sektori tegishli komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi. 12. Axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni kelishish davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga kelib tushgan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida amalga oshiriladi. 13. Ishchi organ tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida kamchiliklar aniqlanmasa, nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga suhbat o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin suhbat o‘tkaziladigan kun, vaqti va joyi haqida xabar beriladi. 14. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ular Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga kelib tushgan sanadan boshlab besh kuni ichida ishchi organ tomonidan kamchiliklar ko‘rsatilgan holda nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga xabar yuboriladi. Bunda, davlat organlari va tashkilotlari kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim qilishlari zarur. 15. Komissiya ishida a’zolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. 16. Suhbat nomzod bilan uning kasbiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, axborot xizmatlariga oid masalalar, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, davlat va jamiyat o‘rtasida muloqotni shakllantirish va takomillashtirishda keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, zamonaviy axborot maydonida kechayotgan tendensiyalarga oid tahliliy yondashuv kabi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladi. 17. Suhbat natijalari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi suhbat o‘tkazish varaqasida aks ettiriladi. 18. Komissiya suhbat natijalari yuzasidan nomzodni suhbatdan o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Mazkur qaror komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 19. Komissiya qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. 20. Suhbatga kela olmaydigan nomzodlar suhbat boshlangunga qadar komissiyaning ishchi organini xabardor qilishlari lozim. Bunda nomzodlar komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida suhbatga qo‘yiladi. 21. Suhbat natijalariga ko‘ra nomzodning suhbatdan o‘tganligi yoki o‘tmaganligi holati bo‘yicha ishchi organ ikki ish kuni ichida nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotini xabardor qiladi. 22. Suhbatdan o‘ta olmagan nomzodlar bir oydan so‘ng qayta tavsiya etilishi mumkin. 23. Suhbatning shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida, uni o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir Agentlik va hududiy boshqarmalarda uch yil mobaynida saqlanadi. 24. Axborot xizmati rahbari lavozimidan ozod etilganda, davlat organi va tashkiloti o‘n ish kuni muddatida Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalarini xabardor qiladi. 25. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlari tegishli ravishda Agentlik va uning hududiy boshqarmalarida har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tadi. Birinchi marta lavozimga tayinlangan axborot xizmati rahbari ushbu lavozimda uch yil ishlaganidan keyin attestatsiyadan o‘tadi. Bunda, ushbu axborot xizmati rahbari uch oylik muddat ichida attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugashiga qadar ikki oylik muddat ichida attestatsiyadan o‘tish kerak. 26. Axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun mazkur Nizomning 9 — 11-bandlariga muvofiq tartibda attestatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Attestatsiya komissiyalari tarkibiga davlat organlari va tashkilotlari, muassasalar vakillari ham kiritilishi, shuningdek hududiy boshqarmalaridagi attestatsiya komissiyalari tarkibiga Agentlik vakillari kiritilishi mumkin. 27. Attestatsiya komissiyasi raisi: attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi; attestatsiyani o‘tkazish joyi va muddatlarini belgilaydi; attestatsiyadan o‘tuvchilarning ro‘yxat bo‘yicha tarkibini belgilaydi; attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi. Attestatsiya komissiyasi raisi bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini rais o‘rinbosari bajaradi. 28. Attestatsiya komissiyasining ishchi organi: attestatsiyani o‘tkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi; attestatsiyadan o‘tuvchilarning anketalarini shakllantiradi va tayyorlaydi; attestatsiyani o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni attestatsiya komissiyasi a’zolariga hamda attestatsiyadan o‘tuvchilarga yetkazadi; attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 29. Attestatsiya komissiyasi ishida a’zolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. 30. Attestatsiya komissiyasining qarorlari, uning a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 31. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan o‘tkazishi uchun Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga xat yuboradi. Xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: attestatsiyadan o‘tuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi; mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi attestatsiyadan o‘tuvchining anketasi. Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi. 32. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq bo‘lganda, attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi, bunda attestatsiya o‘tkazilishidan kamida besh ish kuni oldin attestatsiyani o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlari xabardor qilinishi lozim. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq bo‘lganda, attestatsiya ular taqdim etilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida o‘tkaziladi. 33. Attestatsiyaga kela olmaydigan attestatsiyadan o‘tuvchilar attestatsiya boshlangunga qadar attestatsiya komissiyasining ishchi organini xabardor qilishlari lozim. Bunda attestatsiyadan o‘tuvchilar attestatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga qo‘yiladi. 34. Attestatsiyadan o‘tuvchi bilan uning kasbiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohasi, shu jumladan axborot xizmatlari faoliyati sohasiga doir suhbat o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savollar va attestatsiyadan o‘tuvchining javoblari, suhbat natijalari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi suhbat o‘tkazish varaqasida aks ettiriladi. Attestatsiyada beriladigan savollar ro‘yxati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 35. Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan o‘tuvchining bilimlari va ish tajribasini hisobga olib: attestatsiyadan o‘tuvchini attestatsiyadan o‘tgan deb topish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqida; attestatsiyadan o‘tuvchini attestatsiyadan o‘tmagan deb topish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. 36. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin darhol e’lon qilinadi. 37. Attestatsiya natijalari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtiriladi. 38. Attestatsiya shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida, uni o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir Agentlik va hududiy boshqarmalarda uch yil mobaynida saqlanadi. 39. Attestatsiyadan o‘tgan deb topilgan axborot xizmati rahbariga attestatsiyadan o‘tgandan keyin ikki kun muddatda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi. 40. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega bo‘ladi. Guvohnomalarni hisobga olish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. 41. Axborot xizmati rahbari attestatsiyadan o‘tmagan deb topilganda davlat organi va tashkiloti mazkur xodimni takroran attestatsiyadan o‘tkazish uchun attestatsiya o‘tkazilgan kundan kamida uch oy o‘tgach murojaat qilishi mumkin. 42. Attestatsiya komissiyalarining qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. 43. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish axborot xizmati rahbarining familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda, uning arizasi asosida amalga oshiriladi. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar axborot xizmati rahbari o‘z faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi. 44. Qayta rasmiylashtirish paytida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada ko‘rsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan bo‘lishi lozim, bunda attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi. 45. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, axborot xizmati rahbarining arizasiga ko‘ra, o‘n ish kuni ichida uning dublikati beriladi. 46. Dublikatni berishda axborot xizmati rahbariga Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan “DUBLIKAT” belgisi qo‘yilgan attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada ko‘rsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan bo‘lishi kerak. 47. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi va dublikati berilishi uchun attestatsiyadan o‘tish talab qilinmaydi. 48. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan mezonlar asosida baholaydi hamda ularning reytingini yuritadi. 49. Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash uchun Agentlik direktorining buyrug‘i asosida baholash komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya tarkibi kamida besh kishidan iborat bo‘ladi. Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 50. Komissiya qarorlari uning a’zolarining kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. 51. Komissiya majlisi natijasida axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash haqida qaror qabul qilinadi va bayonnoma tuziladi. 52. Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash uchun axborot xizmati rahbarlari tomonidan Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan mezonlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etiladi. 53. Komissiya ushbu Nizomning 4-ilovasida keltirilgan mezonlar bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar asosida har yili 20-yanvarga va 20-iyulga qadar axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholaydi va ularning reytingini tuzadi. 54. Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash natijasida to‘plangan ballarning umumiy yig‘indisi asosida quyidagicha e’tirof etiladi: ko‘rsatkich miqdori 55 ballgacha bo‘lsa — past darajada; ko‘rsatkich miqdori 56 balldan 71 ballgacha bo‘lsa — qoniqarli darajada; ko‘rsatkich miqdori 72 balldan 85 ballgacha bo‘lsa — o‘rta darajada; ko‘rsatkich miqdori 86 balldan 100 ballgacha bo‘lsa — yuqori darajada. 55. Axborot xizmati rahbarlari reytingi axborot xizmati rahbari tomonidan to‘plangan ballarining umumiy yig‘indisidan kelib chiqib, hududlar kesimida Komissiya tomonidan tasdiqlangan jadval ko‘rinishida tuziladi. 56. Agentlik axborot xizmati rahbarlari reytingini reyting tuzilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi. 57. Komissiyaning qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. 58. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 59. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
10Qonunchilik
Surxondaryoda uxlab yotgan fuqaroning telefonini o`g`irlagan shaxs ushlandi 11 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahar hududida istiqomat qiluvchi F.S “102” qisqa raqamiga qo`ng`iroq qilib, ushbu kuni soat 06:30 lar atrofida yashash xonadonida uyqudan uyg`ongan vaqtida bosh qismida bo`lgan bahosi 2.000.000 (ikki million) so`mlik “Honor 10» rusumli telefon apparatini noma`lum shaxs tomonidan o`g`irlab ketilganligini ma`lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi ma`lum qildi. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik markazining tezkor guruhi tomonidan keng qamrovli tezkor-texnik tadbirlar olib borildi. Tadbir jarayonida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi, yollanma ishchi, 1990-y.t., S.X sodir etganligi aniqlandi, uning yonidan ashyoviy dalil tariqasida telefon apparati olib qo`yildi. S.X.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishildi. S.X.ning yana boshqa turdagi telefon va kompyuter texnologiyalari bilan bog`liq jinoyatlarni sodir etganligi bo`yicha ma`lumotlar olinib, uning boshqa qilmishlari bo`yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
6Jinoyat
Rossiya banklarini ‘SWIFT’ tizimidan uzishga texnik tayyorgarlik boshlandi — Dmitriy Kuleba Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya banklarini ‘SWIFT’ tizimidan uzishga texnik tayyorgarlik boshlanganini aytdi. Bu haqda u o'zining “Facebook” sahifasida ma'lumot berdi. Vazirning aytishicha, mazkur sanktsiya bo'yicha rasmiy qaror bo'lmasa-da, uni amalga oshirish uchun tayyorgarlik boshlangan. “‘SWIFT’. Rasmiy qaror hali chiqmadi, biroq qaror qabul qilish va ushbu sanktsiyani amalga oshirish uchun texnik tayyorgarlik boshlandi”, — degan amaldor. Avvalroq Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Germaniya va Vengriyadan Rossiyani ‘SWIFT’ tizimidan uzish bo'yicha qarorni qo'llab-quvvatlashga chaqirgandi. Ma'lumot o'rnida, “Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications” (SWIFT) — Jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar jamiyati axborot uzatish va to'lovlarni amalga oshirish uchun xalqaro banklararo tizimdir. Ushbu tizim butun dunyo bo'ylab moliya institutlariga moliyaviy operatsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlarni xavfsiz, standartlashtirilgan va ishonchli tarzda yuborish va olish imkonini beradi. Eslatib o'tamiz, avvalroq amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori Pol Krugman Ukrainadagi voqealar haqida fikr bildirib, G'arb nega Rossiyani “SWIFT”dan o'chirishga shoshilmayotganini aytgandi. Shuningdek, “Bugun.uz” kolumnisti Akbar Idiev mazkur tizimning vazifasi va jahon bozoridagi o'rni qandayligi, uning Rossiya iqtisodiyotiga ta'siri qay darajada ekani haqida batafsil ma'lumot bergandi.
2Dunyo
Ilhom Ne'matov «Rishton-So‘x» yo‘li nega ochilganidan ikki kun o‘tib yopib qo‘yilganiga izoh berdi O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi. «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» mavzusidagi tadbirda sohadagi asosiy o‘zgarishlar, saylovoldi tashviqotini yakunlash, saylovga tayyorgarlik, parlamentarizmni rivojlantirish istiqbollari, parlament diplomatiyasi kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tadbir davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Rishton va So‘x tumanini bog‘lab turuvchi Qirg‘iziston orqali o‘tgan yo‘l nega yana yopib qo‘yilgani haqidagi savolga javob qaytardi. «So‘x masalasi haqiqatdan ham juda muhim masala. Qirg‘iziston bilan 1476 kilometrlik chegaraga egamiz. Shundan 2017 yil 5 sentyabrda davlatimiz rahbarining tashrifi doirasida 1753 kilometrga imzoladik, undan keyin qilgan ishimizda 305 kilometri qolgandi, hozir esa atigi 49 kilometr qolgan, xolos. Faqatgina uni tasdiqlashimiz kerak. Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston o‘rtasida 21ta chegara punkti bor, shundan 14tasi to‘laqonli ishlayapti. Qirg‘izistonning birgina «Do‘stlik» chegara punktidan oddiy kunlari bir sutkada 31 ming odam o‘tyapti, shanba-bozor ko‘proq. Oldin 100-200 kishi o‘tardi. Ikkinchidan, So‘x masalasi. Biz chegaraning ochilishidan bir kun oldin borgandik. Borib aholi bilan gaplashdik, ko‘rib chiqdik. So‘xda juda katta ish qilingan, o‘sha yerda 80 mingdan ortiq aholi yashaydi, ular bizning fuqarolar, lekin tojik millatiga mansub, etnik tojiklar. Sharoitlari yomon emas, juda yaxshi. Faqatgina bitta muammo yo‘l edi. Biz Qirg‘iziston tomoni bilan kelishdik, yo‘llar ham ochildi. O‘shanda juda katta tantana bilan ochildi, non-tuz berildi, konsertlar qo‘yildi, tantanali gaplar gapirildi, biz tomondan Farg‘onaning hokimi, ular tomonidan Batkenning hokimi bo‘ldi, diplomatlar bo‘lishdi. Ammo, ikki kundan keyin yopib qo‘yildi. Buning sababi nimadan iborat, ular nimani bizga ro‘kach qilyapti? Qirg‘iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining a'zosi, ularda savdo rejimi bizning chegaradagi rejimlardan farq qiladi. Shuning uchun ham biz chegarani shunga kelishishimiz, moslashishimiz kerak, shu savdo rejimini bir-birimizga moslashtirishimiz lozim, degan bahona bilan berkitib qo‘yildi.  Biz hozirgi kunda muzokara olib boryapmiz. Yangi yildan keyin, ular bizga taklif qildi..., mana, 18-19 dekabr kunlari uchrashuv qilishimiz kerak edi, lekin saylovlar bilan bo‘lib, bizdagi tadbirlar bilan bo‘lib, biz uchrasholmadik. Yangi yildan keyin uchrashamiz, ularga hozir bitimni berganmiz, nafaqat So‘x, balki Shohimardon... Shohimardon ham bizning katta anklav, Shohimardonda bizning 6 ming aholimiz yashaydi, uning 41 kilometr chegarasi bor, uni biz to‘la rasmiylashtirdik. Shuning uchun hozir ular bilan faqat yo‘l masalasini kelishishimiz kerak. Bitim imzolansa, kelajakda hech qanday muammo bo‘lmaydi», - deydi Ilhom Ne'matov.
8O‘zbekiston
Qozog`iston Transchegaraviy suv oqimlari bo`yicha Konvensiya Byurosiga raislik qiladi Qozog`iston 2019-2021 yillar oralig`ida transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro daryolardan foydalanish va qo`riqlash bo`yicha Konvensiya Byurosiga raislik qiladi. Qozog`iston qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmatining xabariga qaraganda, bu haqda transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro daryolardan foydalanish va uni qo`riqlash bo`yicha Konvensiya tomonlari uchrashuvining sakkizinchi sessiyasi chog`ida ma`lum qilindi. Anjumanda 600 dan ziyod ekspertlar, BMT a`zolari bo`lgan 90 mamlakat vazirlari, xalqaro va nohukumat tashkilotlar vakillari uch kun mobaynida iqlim o`zgarishiga moslashish, suv resurslari, oziq-ovqat, energiya va ekotizimlar o`rtasidagi aloqalar, transchegaraviy suv hamkorligi foydalari va moliyalashtirish masalalarini muhokama etishadi. Matbuot xizmati axborotiga ko`ra, ikkita hujjat — “Konvensiyani global darajada amalga oshirish Strategiyasi” va “Konvensiyaning 2019-2021 yillardagi ish dasturi” qabul qilinishi kutilmoqda. Transchegaraviy suv oqimlari bo`yicha Konvensiya, bu transchegaraviy suvlardan oqilona foydalanish va himoyalash bo`yicha huquqiy bazani yaratuvchi xalqaro hujjatdir.
2Dunyo
Yangi Gvineyada kuchli zilzila kuzatildi Sibir geofizika xizmati RAN bo`limi ma`lumotiga ko`ra, 30 oktyabr kuni Yangi Britaniya – Yangi Gvineyada silkinish kuchi 5.6 magnitudaga teng zilzila kuzatilgan. Zilzilaning epimarkazi Kimbe shahridan 157 kilometr uzoqlikda qayd etilgan, deya xabar bermoqda "Interfaks".
2Dunyo
“Qorasaroy” TJMda qulay narxlarda xonadonlar 15-noyabrgacha hamyonbop uy-joy sotib olishga shoshiling. “Bauraum Group” quruvchisidan “Qorasaroy” turar joy majmuasi — bu kundalik hayotning qulayligiga urg‘u berilgan uylar. Majmuani o‘zi asosiy qulayliklar va aholining xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan: qulay joylashganlik, transport va bozorga yaqinlik, majmuada bolalar maydonchalari va do‘konlar joylashtirish va boshqalar. Uylarimiz ko‘chishga allaqachon tayyor. Tegishli infratuzilmasi bo‘lgan to‘qqizta 7-qavatli uylar qurilgan, ularda 500 dan ortiq kishi istiqomat qiladi. Podyezdlarda zamonaviy liftlar mavjud, uylar yonida o‘yin maydonchalari va avtomobillar uchun jihozlangan to‘xtash joylari mavjud. O‘rtada sayir bulvari bilan ajoyib favvora bor, u chilla paytida issiqdan saqlaydi va yil davomida ko‘pchilikning ko‘zini quvontiradi. Majmuaning asosiy uylari qurilib, foydalanishga topshirilganiga qaramay, biz qo‘shimcha bloklarni qurishni davom ettirmoqdamiz: allaqachon bizning aholimiz bo‘lgan yuzlab odamlar “Qorasaroy”ni do‘stlari va qarindoshlariga tavsiya qilishadi, shuning uchun xonadonlarga talab pasaymayapti. Bizning xonadonlarning asosiy afzalliklaridan biri bu erkin tarx. Bizning aholimiz yashash joyini jihozlash uchun hech qanday cheklovlar bilan cheklanmagan, shuning uchun siz xohlagancha mehmonxona, yotoqxona va bolalar xonasini joylashtirishingiz mumkin. erkin tarx katta oila yoki to‘ldirishga tayyorlanayotgan yosh oila uchun ajoyib tanlovdir. Erkin tarx bo‘lishiga qaramay, biz xaridorlarga maket va tarx variantlarini taklif qilamiz. Chordoqli xonadonning afzalliklari haqida bilib oling Bauraum Group — o‘n yildan ortiq qurilish tajribasiga va butun O‘zbekiston bo‘ylab ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalarga ega bo‘lgan quruvchi. Biz ushbu tajribani majmuamiz aholisi uchun qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash uchun foydalanganmiz. Majmuamizdagi uylarining seysmik qarshiligi 8 ballni tashkil etadi. Bu bizning mintaqamizda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday zilziladan odamlarni himoya qilish uchun yetarli. Turar joy majmuamiz temir to‘siq bilan o‘ralgan, kirish qismida esa navbatchilik — xavfsizlik postlari. Bundan tashqari, shubhasiz, butun “Qorasaroy” maydoni yaxshi yoritilgan, yo‘llar asfaltlangan, xiyobon esa plitka bilan qoplangan. Majmuaning joylashishi yashash uchun barcha zarur sharoitlarni hisobga olgan holda tanlangan. Hudud jihatdan “Qorasaroy” bir qator afzalliklarga ega: Bozordagi eng qulay takliflardan biri xonadonlarni sotib olishga shoshiling — “Qorasaroy”dagi xonadonlarning narxi 1 m2 uchun 4 million so‘mdan boshlanadi. Aksiya cheklangan: qurilishning uchinchi bosqichi tugashi munosabati bilan narxlar 15-noyabrdan keyin oshiriladi. Savdo ofisimiz, telefon yoki ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali imtiyozlar, bonuslar va to‘lovlar haqida ko‘proq bilib oling. Savdo ofisi Olmazor tumani, Sag‘bon 30 tor ko‘cha, “Qorasaroy” turar joy kompleksi, 9-bino, 1-qavatda joylashgan. Aloqa raqamlari:+998997974444, +998781134444 “Qorasaroy” TJMning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: Facebook Telegram Instagram
8O‘zbekiston
Soliq hisobotida qanday ko‘chmas mulk ko‘rsatiladi? Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.    Mol-mulk solig‘i bo‘yicha barcha hisobot shakllari Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiqlashtirildi. 2018 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar mol-mulk solig‘i solish obekti hisoblanadi (Soliq kodeksining 266-moddasi): • ko‘chmas mulk, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan ko‘chmas mulk; • normativ muddatda tugallanmagan qurilish obektlari; • belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar.   Hisobotda ko‘chmas mulkka nimalar kirishi ham aniqlashtirilgan, bular: • binolar; • inshootlar; • yer bilan uzviy bog‘liq uzatish qurilmalari; • ko‘p yillik dov-daraxtlar.   2018 yil 1 apreldan eksport qiluvchi korxonalar uchun, shuningdek mahalliylashtirish dasturlariga kiritilganlar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinganligi munosabati bilan Mol-mulkka solinadigan soliq hisob-kitobiga quyidagi ilovalar faqat 2018 yil I choragi yakunlari bo‘yicha to‘ldiriladi: • mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan ko‘chmas mulkni aks ettiruvchi 4-ilovaning 0301-satri; • 5-ilova «Mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan mol-mulk hisob-kitobi»; • 6-ilova «Eksport ulushiga bog‘liq holda mol-mulk solig‘i stavkasiga tuzatish kiritish».   Quyidagi shakllar mol-mulkka solinadigan soliq bo‘yicha hisobotdan chiqarib tashlandi, sababi respublika hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan norezident yuridik shaxslar, doimiy muassasa tashkil etilganidan qat'i nazar, 2018 yil 1 yanvardan boshlab mol-mulk solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi:   • O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlarida mavjud asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati to‘g‘risida ma'lumotnoma; • O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar)ga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida ma'lumotnoma.   Hujjat 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.
4Iqtisodiyot
Ilon Mask koronavirus atrofidagi vahimani ahmoqlik deb atadi SpaceX aerokosmik kompaniyasi asoschisi va Tesla rahbari Ilon Maskning fikricha, odamlar yangi koronavirusning tarqalishiga telbalarcha munosabatda bo‘lmoqda. “Koronavirus sabab ko‘tarilayotgan vahima — ahmoqlik”, deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida. Virusning tarqalishi Tesla faoliyatiga ta’sir qildi. Xususan, yanvar oyida Xitoydagi Tesla Gigafactory’da ish vaqtincha to‘xtatilgan edi. Bu zavodda akkumlyatorlar, shuningdek, Model 3 va Model Y avtomobillari ishlab chiqariladi. Ushbu zavodning quvvati yiliga 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarishga yetkaziladi, deb kutilmoqda. Ilon Mask fevral oyidagi chiqishlaridan birida yangi koronavirusning tarqalishi Tesla’ga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Shunga qaramay, kompaniya 2020-yilgi savdo va yetkazib berish rejalarini qayta ko‘rib chiqqani yo‘q. Moody’s agentligi tahlilchilarining prognoziga ko‘ra, joriy yilda avtomobil savdolari jahon bo‘yicha 2,5 foizga qisqarishi mumkin. Jumladan, Xitoy Yengil avtomobillar uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 koronavirusi tarqalishi davom etayotgan bir vaqtda Xitoyda fevral oyining birinchi yarmida yengil avtomobillar savdosi 92 foizga kamayib ketgan. Qayd etishlaricha, Mask koronavirus borasidagi so‘nggi bayonotini AQShda kasallik keng tarqalayotgani haqida xabarlar berilayotgan bir vaqtda e’lon qildi. Xususan, Tesla’ning bosh qarorgohi joylashgan Kaliforniyada 5-mart kuni koronavirusdan birinchi bemor vafot etdi. Shundan so‘ng shtatda favqulodda holat tartibi joriy etildi. Kaliforniya qirg‘oqlarida to‘xtatilgan va karantinga olingan Grand Princess kruiz laynerida esa 21 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahon bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 104 ming kishidan oshib ketgan. Nyu-York gubernatori koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qildi
2Dunyo
KXShT tashqi ishlar vazirlari AQShni tanqid ostiga oldi Kollektiv xavfsizlik bo‘yicha shartnoma tashkiloti (KXShT) ishtirokchi davlatlarining tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida qabul qilingan bayonotda aytilishicha, vazirliklar rahbarlari AQSh rahbariyati xatti-harakatlaridan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan. «Ortib borayotgan tashvishga O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish bitimi (O‘KMRB) ishiga paydo bo‘lgan tahdidlar sabab bo‘lmoqda. Ular bu bitimga rioya etmaslik bilan bog‘liq qator muammolarga yechim topilmagani tufayli kelib chiqyapti. Xususan, bu AQShning aniq harbiy dasturlariga tegishli, ular bitim bo‘yicha majburiyatlarni hisobga olmagan tarzda amalga oshirilmoqda hamda raketa nishonlari va zarba beruvchi uchuvchisiz uchar qurilmalar, yerda joylashtiriluvchi universal raketa uchirish qurilmalarini ishlab chiqish hamda joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish bitimi bo‘yicha taqiqlangan, masofasi 500 dan 5500 kilometrgacha bo‘lgan yerda joylashuvchi mobil raketa tizimini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari tashvishga sabab bo‘lmoqda», - deyiladi bayonot matnida. KXShTdan ta'kidlashlaricha, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya «bitim bo‘yicha tomonlar hisoblanib, bu kelishuvga amal qilishga bo‘lgan qat'iy pozitsiyani saqlab turibdi». Eslatib o‘tamiz, avvalroq RF TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh ham, Rossiya ham O‘KMRBga zarar yetkazishdan manfaatdor emasligini aytgandi.
2Dunyo
O‘zbekistonda AES qurilishi 2020 yil boshida boshlanadi "Rosatom" 2020 yil boshida O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov ma'lum qildi. "Rosatom" rahbari 3 sentabr kuni Toshkentda Rossiya milliy yadro tadqiqot instituti “Moskva injyenerlik-fizika instituti”ning xorijdagi birinchi filiali ochilishi marosimida ishtirok etdi. "Asosiy maqsadimiz – kelgusi yil boshida maydonchada ishni boshlash", - dedi Lixachyov. Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyida "O‘zatom" agentligi "Rosatom" bilan AES qurilish maydonida injyenerlik ishlarini bajarish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. 2017 yil dekabrda Rossiya va O‘zbekiston huqumatlari o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida kelishuv imzolangandi. «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. AES har birining quvvati 1200 MVt bo‘lgan ikkita energoblokdan iborat bo‘ladi. AES qurilishi uchun maqbul joy sifatida Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydon tanlandi.
8O‘zbekiston
Qirollik oilasi shahzoda Filippning yangi suratlarini e’lon qildi Buyuk Britaniya qirollik oilasi Edinburg gersogi shahzoda Filippning 99 yoshda vafot etganidan keyin uning yangi suratlarini e’lon qildi. Bu haqda Sky News xabar berdi. Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp nevaralari va evaralari qurshovida. Balmoral qasri, 2018-yil. Kembrij gersoginyasi Ketrin tushirgan surat. Fotosuratlar qirollik oilasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi. “Bugun biz qirollik oilasi a’zolari bilan Edinburg gersogini ota, buva, katta buva sifatida yodga olib, uning fotosuratlari bilan bo‘lishamiz”, — deyiladi KensingtonRoyal xabarida. The Duke of Edinburgh was a keen sailor. From 1956 to 1970 and then again from 1975 to 1980, he served as President of the @RYA. pic.twitter.com/mM193qCodG — The Royal Family (@RoyalFamily) April 14, 2021 “Shahzoda Filipp va yosh shahzoda Charlz otda polo o‘ynayapti”, — deb yozilgan fotosurat qaydnomasida. Remembering The Duke of Edinburgh as a much-loved Father and Father-in-Law. Members of The Royal Family are today sharing their memories of The Duke - see more on @RoyalFamily. pic.twitter.com/7lIGjhhYtQ — The Prince of Wales and The Duchess of Cornwall (@ClarenceHouse) April 14, 2021 Kembrij gersogi va gersoginyasining Twitter sahifasida e’lon qilingan boshqa fotosuratda esa Uilyam va Keyt shahzoda Jorj, malika Sharlotta, shahzoda Filipp va qirolicha Yelizaveta II bilan, Balmoral, 2015-yil. Edinburg gersogi, Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i Filipp 9-aprel kuni 99 yoshida vafot etdi. U Britaniya qirollik oilasi tarixidagi eng uzoq umr ko‘rgan erkak bo‘ldi. Shahzoda Filippning dafn marosimi 17-aprel kuniga belgilangan. Pandemiyaga qarshi kurash doirasidagi cheklovlar sababli marosim Vindzor qasrida oila a’zolarining tor davrasida o‘tkaziladi.
2Dunyo
AQSh va Afg`oniston 2014 yildan keyin hamkorlik qilishga kelishdi AQSh Afg`oniston bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi. Ushbu kelishuv 2014 yiloxirida NATOning jangovor missiyasi yakunlanganidan keyin Amerikaning mazkur mamlakatda bo`lish shartlarini belgilaydi. Bu haqda davlat kotibi Jon Kerri ma`lum qildi.    "Biz Loyyajirgi (Afg`onistonda qabilalar oqsoqollarining an`anaviy kengashi) ko`rib chiqishi uchun taqdim etiladigan shartnoma bo`yicha kelishuvga erishdik”, - deydi Amerika diplomatiyasining rahbari. Qabilalarning 2,5 mingta etakchisi, teologlar, yuristlar va fuqaro faollari qatnashadigan loyya-jirgining majlisi besh kun davom etadi. Kerri, Afg`oniston prezidenti Hamid Karzay bilan muzokaralar chog`ida Oq uy tomonidan Qobulga AQShning Afg`onistondagi harakatlari uchun uzr keltirilishi haqidagi masala biror martayam ko`tarilmaganini alohida ta`kidladi.    Xavfsizlik bo`yichakelishuvda 2014 yili NATO qo`shinlari chiqarilganidan keyin Afg`onistonda qoladigan amerikalik harbiylar mahalliy sudda sudlanmasligi, jinoyat sodir etilgan taqdirda, ular Amerika qonunlari bo`yicha sudlanishi belgilangan. Hujjatning aynan shu bandi bir yil davom etgan kelishuv muhokamasi chog`ida katta bahs-munozaraga sababchi bo`lgan edi.
2Dunyo
Navoiyda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 5 kishi shifoxonaga joylashtirildi 2022 yil 3 may kuni soat 10:00 larda, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi 4R-65 avtomobil yo‘lining 23-24-kilometrlari oralig‘ida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1973 yilda tug‘ilgan K.O‘. "Yutong" rusumli avtobusda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtobus yo‘l chetiga ag‘darilgan. YTH natijasida 5 nafar yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.  YTH yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
8O‘zbekiston
Mun Chje In reytingi Kim Chen In bilan uchrashuvdan so‘ng yuqoriladi Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning reytingi KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan tarixiy uchrashuvdan so‘ng o‘sdi. Bu haqda «Ryonxap» Realmeter kompaniyasi so‘rovi ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda. Xususan, bir hafta davomida davlat rahbari reytingi 2,2 foiz punktiga yuqoriladi – endilikda janubiy koreyalik fuqarolarning 70 foizi uning siyosatini ma'qullamoqda. Realmeter ma'lumotlariga ko‘ra, Mun Chje In ishini ma'qullaydiganlar foizi to‘rt oylik maksimumga yetdi. Shu bilan birga, fuqarolarning 24,4 foizi davlat rahbari qanday ishlayotganidan norozi bo‘lib turibdi.
2Dunyo
«Qishloq qurilish bank»: qonunlar ijrosi nazorati yangi parlamentga uzviy bog‘liq Aksiyadorlik-tijorat «Qishloq qurilish bank» va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi hamkorligida «Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Markaziy saylov komissiyasi a'zolari, bank xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda mamlakatimiz muhim siyosiy jarayonlar arafasida ekanligi, 22 dekabr kuni parlamentga va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlarda qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat'i nazar har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligi ta'kidlandi. Qayd etildiki, bu yilgi saylovlarning «Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar» shiori ostida o‘tkazilishida chuqur ma'no bor. Mazkur saylovlarning natijasi va yakunlari yangilanayotgan O‘zbekistonning taqdiri uchun dolzarb ahamiyatga ega. Ayni vaqtda «Qishloq qurilish bank» tizimidagi mavjud 42 ta filialda 3 mingdan ortiq xodim ishlamoqda. Bank xodimlari o‘z navbatida saylovchi hamdir. Shu boisdan bank rahbariyati xodimlarning saylovlarga oid bilimlari va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e'tibor bermoqda. Shu kunlarda bankning barcha filiallarida saylov qonunchiligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. – Kuni kecha bank-moliya sohasini tartibga soluvchi qator qonunlar, xususan, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi, – dedi ATB «Qishloq qurilish bank» Boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat Oripov. – Bu qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat ko‘p jihatdan yangidan shakllanadigan parlament faoliyatiga uzviy bog‘liq. Mana shu jihatlar bugungi  kunda bank  sohasida ishlayotgan xodimlarning yaqinlashib kelayotgan saylovlarda yanada faol bo‘lishini taqozo etadi. Tadbir yakunida «Qishloq qurilish bank» xodimlari Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. «Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida! Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93 Veb-sayt: www.qqb.uz Telegram: t.me/QQBank Facebook: fb.com/official.qqb.uz Bank axborot xizmati
8O‘zbekiston
Norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagan Belarusning Slovakiyadagi elchisi iste’foga chiqish uchun ariza berdi Belarusning Slovakiyadagi elchisi Igor Leshenya iste’foga chiqish haqida ariza berganini ma’lum qildi. Diplomat o‘z arizasini Belarusda prezidentlik saylovidan keyin boshlangan tinch namoyishlar ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash haqida qilgan videomurojaatidan ikki kun o‘tib bergan, deb yozmoqda Meduza. Kadr: Telegram “Bu mantiqiy qadam, chunki elchi sifatida men amaldagi prezident tomonidan tayinlanganman va u tomonidan belgilangan siyosatni amalga oshirishim kerak. Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, mening bayonotimda ifodalangan fuqarolik pozitsiyasi bu doiradan tashqariga chiqqan”, — dedi Leshenya. Lukashenko hozircha Slovakiyadagi elchining iste’fosi haqidagi farmonni imzolamagan. Igor Leshenya 16-avgust kuni videomurojaat qildi va unda namoyishlarda ishtirok etayotgan belarusliklar bilan birdamligini ma’lum qildi.“Barcha belarusliklar kabi men ham mamlakatim fuqarolarining qiynoqqa solinishi va kaltaklanishidan shokdaman”, — deya ma’lum qilgan elchi. U Belarusning namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagan amaldagi birinchi elchisi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda. Kanada, Irlandiya va Buyuk Britaniya Belarusdagi prezidentlik saylovi natijalarini tan olmadi. AQSh prezidenti Donald Tramp Belarusda yuz berayotgan voqealarga o‘z munosabatini bildirdi. Avvalroq Yevrokomissiya ittifoq mamlakatlarni Minskka qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyor deb baholayotgani haqida xabar berilgandi. BMT bosh kotibi esa Belarusda saylovlardan keyin yuzaga kelgan mojaroni muloqot orqali hal qilishga chaqirdi. Yevropa parlamenti Lukashenkoga Persona non grata maqomini berdi va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘radi
2Dunyo
Dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi o‘z termalari safida mag‘lubiyatga uchradi Kecha bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi mag‘lubiyatga uchradi, deb xabar bermoqda Stadion.uz. Tarkibida Lionel Messi bo‘lgan Argentina terma jamoasi Pekinda Braziliya terma jamoasidan javobsiz ikki to‘p qabuli qilib oldi. Messining o‘zi uchrashuvda penaltini amalga oshira olmadi. Krishtianu Ronalduning Portugaliyasi Fransiya mehmoni bo‘lib 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ronaldu uchrashuvning 76-daqiqasida almashtirildi. O‘rtoqlik uchrashuvlari Braziliya — Argentina 2:0 (1:0, 1:0) Gollar: 1:0 — 28 Tardelli, 2:0 — 64 Tardelli. Braziliya: Jefferson, Miranda, David Luiz (Jil, 90), Danilo, Filipe Luis, Oskar, L. Gustavo, Villian, Elias, Neymar (Robinyo, 90), Tardelli (Kaka, 82). Argentina: Romero, Roxo, Fernandes, Demichelis, Sabaleta, Pereyra (Enso Peres, 76), Maskerano, Lamela (Pastore, 61), Di Mariya, Aguero (Iguain, 61), Messi. Ogohlantirishlar: David Luiz (19), Danilo (40), Maskerano (47), Fernandes (50). Fransiya — Portugaliya 2:1 (1:0, 1:1) Gollar: 1:0 — 3 Benzema, 2:0 — 69 Pogba, 2:1 — 77, penalti Kuarejma. Fransiya: Mandanda, Sanya, Mangalya, Varan, Evra, Grizmann (Shnayderlin, 84), Matyuidi, Valbuena (Paye, 58), Pogba, Kabay (Sissoko, 71), Benzema (Jinyak, 90). Portugaliya: Patrisiu, Sedrik Soaresh, Alvesh (Karvalyu, 46), Pepe, Elizeu, Tiagu (Eder, 68), Moutinyu, Danni (Viyeyrinya, 84), Andre Gomesh (Karvalyu, 46), Nani (Kuarejma, 68), Ronaldu (Joau Mariu, 76). Ogohlantirishlar: Kabay (28), Mangalya (33).
13Sport
O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligida “Bilim almashish dasturi” doirasida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Joriy yilning 17-may kuni O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligida Knowledge Sharing Program — “Bilim almashish dasturi”ning katta maslahatchisi Yon Kon Chin boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda. Delegatsiya tashrifi chog‘ida 2016–2017-yillarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan “Bilim almashish dasturi” doirasidagi loyihalar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini tegishli vazirlik va idoralar bilan muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik hamkori ekanligi, hamda mazkur vastur doirasida qo‘shma loyihalarni O‘zbekiston tomoni bilan amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etishi Koreya delegatsiyasi tomonidan ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuv yakunida tomonlar natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikka e’tiborni kuchaytirgan holda o‘zaro munosabatlarni hamda 2017–2018-yillarga mo‘ljallangan yangi loyihalarning amalga oshirilishini faollashtirishga kelishib oldi. Ma’lumot uchun, “Bilim almashish dasturi” Janubiy Koreya tajribasi asosida hamkor davlatlarga milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni takomillashtirish bo‘yicha ko‘mak berish maqsadida Koreya Respublikasi hukumati tomonidan joriy qilingan. Ushbu dastur doirasida loyihalar hamkor mamlakat tomonidan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda ushbu yo‘nalishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobotni tayyorlash orqali amalga oshiriladi. 2004-yildan boshlab dastur doirasida o‘zaro hamkorlikda eksport siyosatini rivojlantirish, innovatsion tizimni takomillashtirish, erkin industrial-iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari sektoroini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirish, sohalarni budjet tomonidan moliyalashtirishni takomillashtirish va boshqa yo‘nalishlarda 20 dan ziyod qo‘shma loyihalar amalga oshirilgan.
8O‘zbekiston
«Yangi O‘zbekiston» mavzuli yirik mediadastur uchun budjet tashkilotlaridan pul yig‘ilmoqda Kun.uz ixtiyoriga O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasidan (EOAVMA) vazirliklar, yirik tashkilotlar va aksiyadorlik jamiyatlariga yuborilgan xat nusxasi kelib tushdi. Unda assotsiatsiya tomonidan «Yangi O‘zbekiston, Yangi nigoh» milliy media dasturi ishlab chiqilayotgani, mediadasturda 60dan oshiq media loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgani haqida so‘z boradi. Har bir vazirlik, yirik aksiyadorlik jamiyatlariga mediadastur yaratish bo‘yicha takliflar bildirilib, taklif yuborilayotgan idoraning har biriga alohida raqamda 1 milliarddan 5 milliard so‘mgacha qiymat ifodalangan shartnomani imzolash hamda ushbu mablag‘larni EOAVMA hisob raqamiga o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan. Xatga taklif etiladigan mediakontent rejasi emas, balki to‘lovni amalga oshirish uchun shartnoma ilova qilingan. Ta'kidlanishicha, EOAVMA uyushmaga a'zo OAVlarda vazirlik (tashkilot) faoliyatiga doir lavhalar, intervyular, tahliliy materiallar, ko‘rsatuvlar va reportajlar tayyorlanishi, shuningdek, «Yangilanayotgan O‘zbekiston» g‘oyasini ham o‘zida mujassam etgan mediamahsulotlar tayyorlanib, efirga uzatilishini tashkil etadi. Kun.uz o‘rganishida ma'lum bo‘lishicha, assotsiatsiya xati vazirliklar, yirik tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari orasida muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ular xatni ijro etish majburiy yoki majburiy emasligiga oydinlik kiritishga uringan. Bunga sabab – bosh vazir o‘rinbosari tomonidan (bosh vazirning aynan qaysi o‘rinbosari ekani Kun.uz'ga ma'lum) yig‘ilish o‘tkazilib, shartnomani rad etish mumkin emasligi aytilgan. Biroq, avvaliga milliardlar emas, balki birmuncha kamtarona raqamlar, ya'ni 300-400 mln so‘mlik shartnomalar haqida so‘z borgan. Keyinchalik, yakuniy taklif xati bilan birga eng kami 1 mlrd so‘mdan boshlanuvchi turlicha summalardagi shartnomalar yuborilgan. Kun.uz muxbiri holat bo‘yicha 10dan ortiq vazirlik va qo‘mitalar, yirik aksiyadorlik jamiyatlari, uyushmalar axborot xizmatlari vakillari bilan bog‘landi. Ularning deyarli barchasi shunday shartnoma kelganini tasdiqlashdi va undagi summalarni ham ochiqlashdi. Faqatgina ikki kishi bunaqa shartnomadan xabari yo‘qligini, shuning barobarida, bu kabi xatlar jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasiga emas, moliyaviy boshqarmaga kelib tushgani ehtimoli borligidan, aniqlik kiritishi zarurligini aytdi. Vazirliklardan birining axborot xizmati vakili esa, bunday shartnomani boshqa hamkasblari muhokama qilishganini, ammo ularga kelmaganini ta'kidladi. Hozircha 1 mlrd, 1,5 mlrd, 2 mlrd, 3 mlrd so‘m deb belgilangan shartnomalar borligi ma'lum. Axborot xizmati vakillarining ayrimlari shartnoma ijrosi majburiy emasligini aytgan bo‘lsa, ba'zilari ixtiyoriy-majburiyligini ta'kidladi. Ularning qariyb barchasi «topshiriq tepadan» bo‘lganini ta'kidlashdi. Kun.uz muxbiri taklif xatlari yuzasidan izoh olish uchun qayta tashkil etilishi rejalashtirilayotgan NTT.uz telekanali bosh direktori Rajabboy Rajabov bilan telefon orqali bog‘landi. R.Rajabov, xat u rahbarlik qilayotgan telekanal tomonidan emas, EOAVMA tomonidan yuborilganini aytar ekan, haqiqatda shunday mediataklif 130dan ortiq vazirlik va tashkilotlarga yuborilganidan xabari borligini bildirdi. U mediataklif bilan birga, nima uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati emas, birdaniga shartnoma yuborilganiga oydinlik kiritar ekan, buni mas'ullarning xatosi bilan izohladi. «O‘zEOAVMA tarkibiga 50 dan ortiq nodavlat OAV kiradi. Shundan 18 tasi – telekanal, 19 tasi – radiokanal. Vazirliklar va turli tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlanadigan mediamahsulotlar ushbu OAVlarda e'lon qilinadi. Shu nuqtayi nazardan baholaganda, bildirilgan takliflar, tijoriy narx jihatidan, bugungi bozor narxidan 2-3 marta arzon. Tushungan rahbar buni to‘g‘ri anglaydi va hamkorlik qilishga rozi bo‘ladi. Shartnoma majburiy emas, ixtiyoriy. Qolaversa, har bir tashkilot buyurtmasini tayyorlash uchun alohida jamoa shakllantiriladi. Mediadasturdan ko‘rsatuvlar, tok-shoular, 5-7 daqiqalik reportajlar, videoroliklar o‘rin oladi», – dedi Rajabboy Rajabov. U suhbat davomida bir necha marta Kun.uz saytini noxolis bo‘lmaslikka, shov-shuvga uchmaslikka chaqirdi; saytning bu mavzuni yoritishini «shov-shuvga uchayotganining isboti» sifatida talqin qildi.
8O‘zbekiston
Toshkentning yana bir tumaniga IIV vakili hokim bo‘ldi Bugun, 2 avgust kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.  Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga Azizxon Sharipxonovich Umarxonov nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi. Deputatlar reglamentga muvofiq, Olmazor tuman hokimi lavozimiga Azizxon Umarxonovning nomzodini bir ovozdan ma'qulladi. A.Umarxonov 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda faoliyat yuritgan.  2020 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i (Respublika PPX rahbari) lavozimida ishlab kelayotgandi. Olmazor tumanining avvalgi hokimi Abdumajid Mullajonov ham ichki ishlar organlaridan chiqqan rahbar edi, u shu yilning iyun oyi o‘rtalarida o‘z uyida o‘tkir yurak miokard infarktidan vafot etdi. Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga ham IIV vakili hokim etib tayinlangan - shu yilning iyunida tumanga rahbarlik qilishni boshlagan Shavkat Mavlonov muqaddam Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagandi.
8O‘zbekiston
Toshkent va Samarqandda Islom Karimov haykali o‘rnatiladi O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali nafaqat Toshkent, balki Samarqandda ham o‘rnatiladi. “Gazeta.uz"ning shu haqdagi ma’lumoti Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlandi. Akademiya saytiga joylashtirilgan xabarda keltirilishicha, haykal Samarqanddagi Toshkent ko‘chasi bo‘ylab joylashgan xiyobonda, Registon maydonidan o‘ng tomonga o‘rnatiladi. Poytaxtning qaysi qismidan haykal uchun joy ajratilishi esa hozircha ma’lum emas. Manbalarimizning ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi Prezident haykali O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham o‘rnatilishi mumkin. Ayni paytda Islom Karimov haykali loyihasi bo‘yicha xalqaro badiiy tanlov davom etmoqda. U diplomli haykaltarosh va arxitektorlar uchun ochiq. Tanlov ishlari 31-martga qadar qabul qilinadi. Qabul qilib olingan loyihalar Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalari zaliga eksponat sifatida qo‘yiladi va barcha xohlovchilar 10-aprelga qadar ularni tomosha qilishlari mumkin.
5Jamiyat
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida O‘zbekistonda ipoteka krediti bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ipoteka kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish va bozor tamoyillari asosida ularning ommabopligini oshirish hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: a) 2019-yil 12-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda OTB deb ataladi) o‘rtasida O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga quyidagi shartlarda umumiy qiymati 200 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘larini berish to‘g‘risida qarz bitimlari (keyingi o‘rinlarda qarz bitimlari deb ataladi) imzolangani: uy-joy siyosatini yaxshilash, ipoteka bozorini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslarni manzilli qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 25 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik 2 foiz stavkada 50 mln AQSh dollari miqdorida; “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda kompaniya deb ataladi) tomonidan tijorat banklarining ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan, 6 oylik LIBOR va yillik 0,5 foiz stavka, shuningdek, o‘zlashtirilmagan qarz mablag‘lari summasidan 0,15 foiz miqdorida majburiy vositachilik to‘lovi bilan 150 mln AQSh dollari miqdorida; b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kompaniyaning yagona aksiyadori sifatida kompaniya ijro etuvchi organiga OTB bilan tijorat banklarining ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish loyiha bitimini (keyingi o‘rinlarda loyiha bitimi deb ataladi) imzolash vakolatini berish bo‘yicha yagona aksiyador qarori qabul qilinganligi; v) kompaniya va OTB o‘rtasida 2019-yil 12-dekabrda loyiha bitimi imzolanganligi; g) OTB tomonidan 800 ming AQSh dollari miqdoridagi texnik ko‘maklashish mablag‘lari ajratilganligi; d) 2020 — 2023-yillar Dasturni amalga oshirish davri etib belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki, qarz bitimlari doirasida: a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qarzlarning maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash, monitoring qilish, muvofiqlashtirish va Dasturni amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi; b) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Dasturni amalga oshiruvchi organlar hisoblanadi; v) kompaniya ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni amalga oshiradigan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi; g) OTB tomonidan ajratilgan qarzning: 50 mln AQSh dollari bo‘yicha asosiy qarz, foiz va boshqa to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti; 150 mln AQSh dollari bo‘yicha: asosiy qarz, foiz va majburiyatlar uchun komissiya to‘lovlari kompaniyaning mablag‘lari; valyuta tavakkalchiligi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 3. Quyidagilar: O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining 50 mln AQSh dollari miqdoridagi qarzlarini qoplash, ular bo‘yicha foizlar va vositachilik to‘lovlarining prognoz jadvali 1-ilovaga; O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining 150 mln AQSh dollari miqdoridagi qarzlarini qoplash, ular bo‘yicha foizlar va vositachilik to‘lovlarining prognoz jadvali 2-ilovaga; O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qayta kreditlash va qoplash mexanizmi 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Dasturni amalga oshiruvchi organlar qarz bitimlarining shartlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2019 — 2021-yillarda ipoteka krediti tizimini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga Dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan kompaniya bilan qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va OTB o‘rtasidagi qarz bitimlari, kompaniya va OTB o‘rtasidagi loyiha bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosalarni bersin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Ekvadordagi zilzilada 20 nafar xorijlik halok bo‘ldi Ekvadorda 16-aprel kuni yuz bergan 7,8 magnitudali zilzilada kamida 20 nafar chet el fuqarosi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziriga tayanib, “TASS” xabar berdi. Yana bir necha xorijlik ofatdan so‘ng bedarak yo‘qolgan. Qurbonlar orasida sakkiz nafar kolumbiyalik, besh nafar kubalik, ikki nafar kanadalik, shuningdek, bir nafardan Dominika Respublikasi, Irlandiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Germaniya fuqarolari bor. Vazir ta’kidlashicha, xarobalar tartibga solinishi va qidiruv operatsiyasi o‘tkazilishi jarayonida zilzila qurboniga aylangan xorijliklar soni o‘sishi mumkin. 16-aprel kuni Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning markazi Muisne aholi punktidan 28 kilometr janubi-sharqda, o‘chog‘i 20,2 kilometr chuqurlikda joylashgani aytildi. Tabiiy ofat oqibatida ko‘p qavatli mehmonxonalar, restoranlar va turar-joy binolari qulab ketdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila qurbonlari soni 570 kishiga yetdi.
2Dunyo
Katta majlisda Sh.Mirziyoyevning tanqidlari, chiroqsiz qolayotgan aholi tashvishi, prezidentning Qoraqalpog‘istonga safari Mana, navbatdagi hafta ham ortda qoldi. O‘tgan kunlar davomida O‘zbekistonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ko‘plab sohalarida qator o‘zgarishlar, yangiliklar sodir bo‘ldiki, ularning eng saralari bilan sizni umumiy tarzda tanishtirib o‘tamiz. Katta majlis. Shavkat Mirziyoyevning tanqidlari 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. aytib o‘tish lozimki ushbu majlisda tanqidiy fikrlar juda ko‘p bo‘ldi, keskin qarorlar qabul qilindi. Jumladan, «O‘zneftmahsulot» raisi majlis jarayonida ishdan bo‘shatildi  plastik kartochkalarni muomalaga kiritishdan ilgari barcha mexanizmlar puxta ishlab chiqilmagani borasida so‘z yuritildi  Rustam Azimov tanqidga uchradi Ushbu majlis tafsilotlari. Jamiyat muammolari Guruch ko‘rmaksiz bo‘lmaydi. Olib borilayotgan islohotlar yo‘lida, albatta, biror bir kamchilik uchraydi. Uni darhol bartaraf etish mas'uliyati o‘rtaga chiqadi. Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz tumanining elektr ta'minoti yaxshi emasligi, bu aholi turmush tarziga jiddiy ziyon yetkazayotgani haqida maqola e'lon qilindi.  Samarqandda giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan guruh tashkilotchisi qo‘lga olindi.  Bugungi kunda to‘yxonalarimizda kelin-kuyovlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xatolar va ularning yot madaniyatlarga ko‘r-ko‘rona ergashayotganlari haqida mushohada.  Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi qizil chiroq yonib turganida ham harakatlanishda davom etib, piyodani urib ketishiga bir baxya qolgan haydovchining harakatiga loqaydlik bilan qaradi.  Chet davlatlarga borib, mo‘may daromad topaman, deb vijdonini sotayotgan vatandoshlar haqida bir onaning hikoyasi.  Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri yaqinida jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Qurbonlar borligi haqida aytilgan.  Samarqand aholisi elektr energiyasining tez-tez o‘chirilishidan aziyat chekmoqda. Hech kim elektr quvvati qachon o‘chishini oldindan taxmin qila olmaydi.  Haj safari So‘nggi yillarda haj ziyoratiga borish istagini bildirganlarning soni oshib borayotganini e'tiborga olib, 2017 yildan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun yangi haj kvotasi belgilandi O‘zbekistonlik fuqarolar uchun haj kvotasi deyarli 40 foizga oshirildi.  O‘zbekiston fuqarolariga Haj ziyoratiga borishda ba'zi cheklovlar qo‘llangani haqidagi xabarlarga izoh berildi.  O‘zbekiston haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20- 21 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi. Davlat rahbari ushbu hududda olib borilayotgan islohotlarga o‘z fikrini bildirar ekan, ayrim sohalarda ko‘ngli to‘lmayotganini ham izhor etdi. Tanqidiy fikrlarini bildirdi. Masalan, Sh.Mirziyoyevning fikricha Ijro organi rahbarlarining eng kattasidan kichigigacha oyog‘i yerdan uzilgan Shunindek u hudud rahbari, prokurori, soliqchisi - hammasi o‘zini o‘ylashi, xalqni hech kim o‘ylamasligi haqida tashvishlanib gapirdi Boshqa jabhalarda Islom Karimov haykali qayerga o‘rnatilishi ma'lum bo‘ldi.  O‘zbekiston turoperatorlariga valyuta qabul qilishga ruxsat berildi.  Ichki ishlar vazirining unvoni ko‘tarildi.  Mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarini sezilarli darajada past narxlarda xarid qilish imkoni paydo bo‘ldi.  Davlat mulkini xususiylashtirish soddalashtirildi.  O‘zbekistonda xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) bekor qilinishi kutilmoqda.  O‘zbekiston valyutaning erkin konvertatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.  Toshkent shahrida “Hilol-nashr” nashriyot-matbaa korxonasining markaziy kitob-axborot majmuasi ochildi. Avstraliyada davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Australian open musobaqasini o‘zbekistonlik Denis Istomin muvaffaqiyatli o‘tkazishda davom etmoqda.
8O‘zbekiston
OChL. «Bunyodkor» guruhdagi to‘rtinchi o‘yinda ham yutqazdi (guruh jadvali) Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi, S guruhi, 4-turida Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi Isfaxonda «Zob Ahan» mehmoni bo‘ldi. Foolad Shahr Stadium o‘yingohida o‘tkazilgan o‘yinda eronliklar jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 5-daqiqasida Vohid Muhammadzoda hisobni ochgan bo‘lsa, 54-daqiqada Murtazo Tabrizi «Zob Ahan» ustunligini oshirdi. 72-daqiqada Shahzobdek Nurmatovning boshi bilan bergan zarbasi golga aylandi va hisob qisqardi. Ammo o‘yin yakuniga qadar boshqa gol kiritilmadi va «Bunyodkor» 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan ortga qaytadigan bo‘ldi. Ushbu g‘alabadan keyin «Zob Ahan» ochkolari sonini 7 taga yetkazib, guruhda 2-o‘ringa joylashdi. To‘rtta uchrashuvda umuman ochko jamg‘ara olmagan «Bunyodkor» esa guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. OChL–2017. S guruhi, 4-tur «Zob Ahan» – «Bunyodkor» 2:1 Gollar: Vohid Muhammadzoda (5), Murtazo Tabrizi (54) – Shahzodbek Nurmatov (72) «Zob Ahan»: Muhammadrashid Mazaheri, Ali Hamam, Muhammad Najadmehdi, Vohid Muhammadzoda, Mehron Derakshan, Rizo Husayni (Hagverdi, 90), Danial Esmoilfar, Mahdi Mahdipur, Ehson Pahlavon, Murtazo Tabrizi, Jyerri Bengtson (Mehdi Rajabzoda, 82). «Bunyodkor»: Murod Zuhurov, Rustamjon Ashurmatov, Akram Komilov, Javlon Mirabdullayev, Dilshodbek Ahmadaliyev, Dushan Michich (Dostonbek Hamdamov, 46), Sardorbek Azimov, Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov, 57), Otabek Shukurov, Xurshid G‘iyosov, Eldor Shomurodov. Ogohlantirish: Otabek Shukurov (71).
13Sport
Bugungi kun zarurati: Kun.uz «Sog‘lom hayot» kanali faoliyatini yo‘lga qo‘ydi Pandemiya sharoitida va umuman salomatlikka e'tibor masalasi har qachongidan ham muhim bo‘lib turgan bugungi kunlarda Kun.uz sayti va rasmiy sahifalarida tibbiy mavzudagi maqolalar hajmi ham ancha oshdi. Shunga qaramay ma'lumotlar ko‘lami shu qadar kengayib bormoqdaki, ular sayt va rasmiy sahifalarga sig‘may ham qolmoqda. Shu bois, mazkur yo‘nalishdagi qisqa, aniq va tezkor axborotga ehtiyoj yuqoriligini hisobga olib, Kun.uz sayti ijodiy jamoasi tomonidan «Kun.uz | Sog‘lom hayot» Telegram-kanali ishga tushirildi. Kanalimizda siz tibbiyotga, xususan koronavirusga qarshi kurashga oid eng so‘nggi yangiliklar, zarur tavsiyalar, yetakchi mutaxassislar bilan mazmunli suhbatlar va qiziqarli faktlarni mutolaa qilishingiz mumkin bo‘ladi. «Kun.uz | Sog‘lom hayot» orqali Sizga zarur va foydali axborot taqdim etib borishga intilamiz. Manzil: https://t.me/kunuz_soglomhayot
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda tovuq panjalari va suxarini eksport qilishga ruxsat berildi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 24-avgust kuni “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmon imzoladi, deya xabar bermoqda UzDaily. Unga ko‘ra, 2015-yil 1-sentabridan tovuq panjalarini, shuningdek, o‘zi ishlab chiqargan suxari, qovurilgan burda non va shunga o‘xshash qovurilgan mahsulotlarni eksport qilishga ruxsat berildi. Hujjat eksport tovarlar hajmi va nomenklaturasini yanada kengaytirish, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida qabul qilindi.
8O‘zbekiston
Gonkongda yirik ommaviy norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda (Video) Gongongda yuz minglab odamlar ishtirokida ommaviy norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda.Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi. Namoyishchilar ekstradisiya to`g`risidagi qonunga o`zgartirish kiritilishiga qarshi chiqishmoqda. Minglab namoyishchilar hukumat binolari joylashgan hududga olib boruvchi yo`llarni to`sib qo`ydi. Gongkong qonunchilik kengashi 12 iyun kuni qonun loyihasini ikkinchi o`qishda ko`rib chiqishi kerak edi, namoyishlar tufayli hukumat buni keyinga qoldirishga qaror qilgan. Qonunga kiritilishi rejalashtirilgan o`zgartirish Gonkongda jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni Xitoyning materik qismiga ekstradisiya qilishni nazarda tutadi. Ko`pchilik bu Gonkong odil sudlov tizimiga putur etkazishi mumkinligidan xavfsiramoqda. Namoyishlarda millionga yaqin kishining qatnashayotgani aytilmoqda. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, bu kabi norozilik namoyishlari hududda 1997 yildan buyon mutlaqo kuzatilmagan.
2Dunyo
Yevro—2020 yo‘lida. Italiya Finlyandiyani taslim etdi, Ramosning goli esa Ispaniyaga g‘alaba keltirdi (video) 23-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining saralash bosqichi doirasida guruhlarda 1-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Luis Enrike qo‘l ostidagi Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Norvegiya termasini qabul qildi. Bellashuvning 16-daqiqasida Rodrigo hisobni ochgan bo‘lsa, 65-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Joshua King penaltidan gol urdi (1:1). Oradan 6 daqiqa o‘tib, ispanlar sardori Serxio Ramos ham 11 metrlik jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Shu kuni Roberto Manchini boshqaruvidagi Italiya terma jamoasi Finlyandiya bilan bahsga kirishdi. O‘yin davomida Nikolo Barella (7) hamda Moyze Kin (74) ning kiritgan gollari Italiya termasining g‘alabasini ta’minladi va jamoa datlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (2:0). Yevro—2020 Saralash, 1-tur bahslari 23-mart, shanba “D” guruhi Gollar: 0:1 — 57 Suber, 0:2 — 80 Zakariya Gol: 0:1 — 49 Hendrik “F” guruhi Gollar: 1:0 — 13 Nvoko, 2:0 — 77, penalti, Borg, 2:1 — 90+8 Tomsen Gollar: 1:0 — 33 Kuayson, 2:0 — 40 Klaesson, 2:1 — 58 Kesheru Gollar: 1:0 — 16 Rodrigo, 1:1 — 65, penalti, King, 2:1 — 71, penalti, Ramos “J” guruhi Gollar: 1:0 — 33 Krunich, 2:0 — 80 Milosevich, 2:1 — 90 Mxitaryan Gollar: 1:0 — 7 Barella, 2:0 — 74 Kin Gollar: 0:1 — 45 Fortunis, 0:2 — 80 Donis Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Honda boshqaruv vaqtida rulni ushlamaslik imkoniyatini taqdim etuvchi avtopilotga ega mashinasini taqdim etdi Honda kompaniyasi yangi xavfsizlik tizimi jamlanmasi — Honda Sensing Elite’ni taqdim etdi. Uning ichidan Yaponiya hukumati tomonidan rasman tasdiqlangan uchinchi darajali avtopilot — Traffic Jam Pilot funksiyasi ham o‘rin olgan. Zamonaviy jamlanmadan birinchi bo‘lib Legend Hybrid EX biznes-sedani “foydalanmoqda”, deb yozadi Motor. Elite pristavkasiga ega Honda Sensing jamlanmasi xavfsizlik tizimining navbatdagi evolyutsiya bosqichi hisoblanadi. Undagi asosiy yangilik — Traffic Jam Pilot funksiyasi bo‘lib, u uchinchi darajali avtomatlashtirilgan talablarga javob beradi va ayrim vaziyatlarda, masalan, avtomagistrallardagi tirbandliklarda boshqaruvni o‘z qo‘liga ola oladi. O‘z ishida u yuqori tiniqlikdagi uch o‘lchamli xaritadan, sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi, kuzovdagi datchik va kameralardan foydalanadi, shuningdek, salondagi kamera orqali haydovchini kuzatadi. Elite jamlanmasining bir qismi Hands-off funksiyasi (“qo‘lsiz”) hisoblanib, u faol kruiz-nazorat vaqtida rulni qo‘lga olish, shuningdek, “tirbandliklar” uchun avtopilotdan foydalanish imkonini beradi. Haydovchi burilish haqida ishora beruvchi chiroqlarni yoqqan taqdirda ham, yoki oldinda ketayotgan transport vositasi juda sekin harakatlansa, avtomobil mustaqil ravishda harakatga moslasha oladi. Agar haydovchi tizimning bir nechta signallari, jumladan, xavfsizlik kamaridagi vibratsiyaga qaramay rulni ushlamasa, u tezlikni kamaytirib, avtomobilni yo‘l chetida to‘xtatadi. Xavfsizlik kompleksini tekshirish uchun Honda 10 millionga yaqin ehtimoliy yo‘l transport hodisalarini modellashtirgan va 1,3 million kilometr yurib, haqiqiy testlarni o‘tkazgan. Bundan tashqari, Sensing Elite qurilmalardan birining kutilmaganda ishdan chiqishiga qarshi imkoniyatga ega — u holda tizim qo‘shimcha xatarlarsiz o‘z ishini davom ettira oladi. Yaponiyada ilg‘or avtopilotga ega Honda Legend Hybrid EX sedanlari 5-martdan lizingga berila boshlanadi. Avtomobillar sotuvga qachon chiqishi hozircha noma’lum. Avvalroq Honda kompaniyasi sirli model — kelajakdagi mashinalarni yodga soluvchi futuristik konsept-kar uchun patent olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  2020-yilning eng ommabop avtomobillari nomi e’lon qilindi
0Avto
“Qizlarimni yashirib o‘tiribman, yozug‘imiz nima, bilmayman” - afg‘onistonlik ota bilan suhbat “Shu paytgacha xorij bilan biznesim bor edi. Menimcha, hayotimdagi eng katta xatom mana shu talato‘plar boshlanmasidan oldin oilamni olib, bu yerlarni tark etmaganim. Albatta, inson o‘z vatani haqida bunday gaplarni aytishi durust emas. Lekin men balandparvoz gaplar gapiradigan yoki faqat o‘zimni o‘ylaydigan ahvolda emasman. 6 nafar farzandim bor, ularning 4 nafari qizlarim. Kattalari balog‘atga yetib qolishdi... Men ularni bugun yashirib o‘tiribman! Ota uchun bunday hadikdan dahshati bormi, ayt?!” deydi suhbatdoshim. – Yosin aka, aynan nimadan xavfsirayapsiz, «Tolibon» vakillaridanmi? – Hamma-hammadan! Men aynan kimnidir ayblashdan tiyilaman, lekin bilasanmi nima – yaxshimi, yomonmi, hukumat, tizim davlatni boshqarishi kerak, qandaydir qoidalar va aniqlik bo‘lishi shart. Hozir butkul izdan chiqqan vaziyatda istalgan odam istaganini qilyapti. Masalan, bir ahmoq qo‘lida avtomati bilan bir oilaga bostirib kirib, bor hunarini ko‘rsatyapti, kim unga chora ko‘radi?! Afg‘oniston jafokash mamlakat deb 40 yildan ortiq gapirildi, oxir-oqibat badtar jafokash holga keltirildi. – Kobuldagi bugungi vaziyatni tasvirlab bera olasizmi? – Vaziyat butkul izdan chiqqan. Yegulik qimmat, dori-darmon tanqis, tashkilotlar ishlamayapti, ko‘chada politsiya yo‘q, tartib yo‘qolgan, hatto shifoxonalar ham ishlamayapti. Bunga qadar bir nonni 10 afg‘oniyga olardik, bugun 20 afg‘oniyga chiqib ketdi va eng yomoni – tanqislik boshlangan. Deyarli hamma oziq-ovqat turi kamida ikki barobarga qimmatlagan. Lekin yuqorida aytganimdek hozir meni birinchi navbatda o‘ylantirayotgan narsalar bular emas. Bolalarimni sog‘-salomat olib chiqib keta olsam bas! Yoshi 90dan o‘tgan onam bor, o‘rnidan qo‘zg‘alishi qiyin. Onamni qanday olib ketaman, tasavvur ham qila olmayman. Menga dalda berish uchun “bolam, ketaver, bir kunimni ko‘rarman” deydi. Lekin qoldiradigan odamning o‘zi yo‘q, onam mensiz nima qiladi? Uyimdan uzoqlashib keta olmayman, qizlarimdan xavotirlanaman. Ammo cho‘kayotgan odam xas-cho‘pga yopishganidek har kuni ko‘chaga chiqib, bu yerdan chiqib ketishning yo‘llarini izlayman. Mana shu videolavhada ko‘rganingiz – menman! Devor ustidagi xorijiy askarlar, ular bizni aeroportga kirishdan to‘sib turishibdi. Biz kirib, qo‘limizdagi hujjatlarni ko‘rsatish imkoniyatimiz ham yo‘q. Ostimizdagi suvga e'tibor ber – bu ariqqa hojatxonalardan chiqqan axlatlar oqizilyapti. Bir marta omadim kelib ariqning uyog‘iga o‘ta oldim, oilangni olib kelaver, deyishdi. Biroq oilamga xabar bera olmadim, ular o‘zlari kela olishmasdi ham. O‘zim qaytib borib olib kelsam, hamma yo‘llar yana yopilgan ekan... – Uy-joyingizni nima qilmoqchisiz, nahot shunchaki tashlab ketmoqchi bo‘lsangiz? – Boshqa ilojim bormi? Kobul ko‘chalari uyidagi bor-budini olib chiqib sotishga urinayotganlar bilan to‘la. Lekin birorta xaridorning o‘zi yo‘q. Ko‘pchilik bor mol-mulkini, uy-joyini tashlab qochib ketishga ulgurdi. Mening ko‘zimga hozir eson-omon chiqib ketishdan o‘zga hech narsa ko‘rinmayapti. Ko‘chada kaltaklanayotgan ayollarni ko‘rib yuragim eziladi, lekin aralasha olmayman. O‘zbekistonga borgan, farzandlarim bilan istirohat qilgan kunlarimni ko‘zda yosh bilan eslayman. O‘zbekistonliklarga aytar so‘zlarim bor – bu tinchlikning qadrini mana mendan so‘rang. Farzandlari, ayniqsa qizlari halovati oldida o‘zining hayoti, biznesi, mol-mulki ko‘ziga ko‘rinmagan otadan so‘rang! Vataningizda bolalarim bilan hech bo‘lmasa vaqtincha yashab turish uchun bor-budimni berardim. Bizga yordam bering! Yuqorida aytganimdek, eng dahshati ertangi kun mavhumligi. Peshonamizdagi yozug‘imiz nima – bilmayman... Abror Zohidov suhbatlashdi
5Jamiyat
Turkmaniston «koronavirus» so‘zini taqiqlamagan Avvalroq, Amerikaning NPR (National Public Radio) radiostansiyasi Turkmanistonda «koronavirus» so‘zi taqiqlangani, hatto uni tilga olgan odamlar qamalishi mumkinligi haqidagi xabarni tarqatgan edi. Shundan so‘ng bu xabar dunyo ommaviy axborot vositalarida yashin tezligida yoyildi. Turkmanistonda «koronavirus» so‘zini tilga olish taqiqlandi Turkmaniston hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirib olgan odamlar yo‘qligini ta'kidlab kelmoqda. Bu axborotni tasdiqlash yoki rad qilish imkoniyati yo‘q, chunki mamlakat yuqori darajada yopiq bo‘lib qolmoqda. Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov shu paytgacha «koronavirus» so‘zini tilga olmadi. Mos ravishda davlat idoralari va ommaviy axborot vositalari ham bu so‘zni ishlatmay kelmoqda. Bundan tashqari, aholiga koronavirus epidemiyasining oldini olish choralari to‘g‘risida ma'lumot beruvchi broshyuralarda ham infeksiyaning nomi ishlatilmagan. Biroq, bu «koronavirus» so‘zini ishlatish taqiqlanganini anglatmaydi. Shunday bo‘lsa-da, mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Masalan, 25 mart kuni TDH axborot agentligi Xitoy, Turkiya, Rossiya va Belarusda ta'lim olayotgan minglab turkmanistonliklarni vataniga qaytarish bo‘yicha charter reyslari tashkil etilishini e'lon qildi. Bundan tashqari, koronavirus tarqalgan mamlakatlar bilan aviaqatnovlar to‘xtatildi. 1 aprel kuni BMTning Ashxoboddagi ofisi hukumat bilan hamkorlikda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralarini ishlab chiqayotganini e'lon qildi. «Berdimuhammedov Turkmaniston tashqarisidagilarga g‘alati shaxsdek ko‘rinishi mumkin. Ammo mamlakat ichida uning gapi – qonun: agar u «koronavirus» so‘zini tilga olmayotgan bo‘lsa, demak hech kim uni aytishga botinolmaydi», - deb xulosa qildi Eurasianet nashrining Markaziy Osiyo bo‘limi muharriri Piter Leonard.
2Dunyo
Qizil Xoch va Qizil Yarimoy Suriyada o‘z ishini davom ettiradi Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi va Suriyaning Qizil Yarimoy jamiyati RF va AQSh o‘rtasida Suriya masalasida hamkorlik to‘xtatilgan bo‘lsada, mamlakatda o‘z ishini davom ettiraveradi. Bu haqda Damashqdagi Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi matbuot kotibi Ingi Sedkiy ma'lum qilgan. "O‘t ochishni to‘xtatish rejimi amalda bo‘ladimi yoki yo‘q, Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi (QXXQ) Suriyadagi Qizil Yarimoy bilan birga qilinishi lozim bo‘lgan barcha ishni bajaradi, yordamga muhtojlarga ko‘mak ko‘rsatadi", — dedi u AQSh qaroridan so‘ng QXXQ Suriyada ishini davom ettirish, ettirmasligi haqida berilgan savolga. Sedkiyning so‘zlariga ko‘ra, QXXQ “gumanitar yordam siyosiy jarayonlardan holi bo‘lishi zarur”, deb hisoblaydi. "Muhtojlik yuqori darajada va gumanitar agentliklar o‘t ochish to‘xtatilganmi yoki yo‘q, bularni kuzatishdan mustaqil bo‘lishi kerak", — deya ta'kidladi u.
2Dunyo
Shols, Makron va Dragi poyezdda Kiyevga bordi. Fransiya prezidenti ukrainaliklarga murojaat qilmoqchi «Yevrouchlik» yetakchilari Kiyevga poyezdda borgan. Shols, Makron va Dragi bitta poyezdda bo‘lgan. Keyinchalik Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannes ham Kiyevga borgani ma’lum bo‘ldi. Shols, Makron va Dragi urush oqibatida vayronaga aylangan Kiyev yaqinidagi Irpen shahriga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Makron ma’lum qildi. Fransiya prezidenti vokzaldayoq jurnalistlar bilan gaplashishga ulgurdi. Makron ukrainaliklarga murojaat qilmoqchi ekanini aytdi. Ukrainada «yevrouchlik» yetakchilari mamlakatni Yevropa Ittifoqiga olib kirishini aytish va Rossiya bilan muzokaralarga qaytishga ko‘ndirish uchun kelganini taxmin qilishmoqda. Avvalroq Italiya Ukraina o‘z hududlarini berish orqali sulhga kelishishi borasida reja taqdim etgan, bu esa ukrainaliklarning g‘azabiga sabab bo‘lgandi. Kiyevga borgan Olaf Sholsning aytishicha, Germaniya faqat Ukrainaga hamdard ekanini aytish bilan cheklanmaydi, gumanitar va harbiy yordam berishda davom etadi. «Ukraina o‘z mustaqilligini himoya qilar ekan biz yordam berishda davom etamiz», degan Shols. «Yevrouchlik» yetakchilarining Kiyevga tashrifi 4 oydan buyon davom etayotgan urush fonida katta voqelik deb qaralmoqda. Bu tashrifdan keyin to‘xtab qolgan va amalda jiddiy qaralmagan Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar tiklanishi mumkinligi aytilmoqda.
2Dunyo
Yaponiya O‘zbekistonga favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish tizimini takomillashtirish uchun 200 ming dollarlik grant ajratdi Yaponiya hukumati O‘zbekistonga favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sharoitida bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlash uchun 200 ming dollarlik grant ajratdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga YuNISEF matbuot xizmati ma’lum qildi. Yaponiya Afg‘oniston va unga qo‘shni davlatlar — O‘zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikistonga gumanitar ehtiyojlar ortib borayotgani munosabati bilan jami 65 million dollar miqdoridagi favqulodda grant yordami ajratgan. Yordam yettita xalqaro tashkilot orqali amalga oshiriladi. Mazkur grant doirasida YuNISEF O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Respublika “Tashxis” markazi yordamida favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish milliy tizimini mustahkamlashga 200 ming dollar yo‘naltiradi. Asosiy tadbirlar Surxondaryo viloyatidagi bolalarni himoya qilish bo‘yicha ishlarda qo‘llanma sifatida xizmat qiluvchi va ularni tegishli mutaxassislarga yo‘naltiruvchi idoralararo standart operatsion tartib-qoidalarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy soha xodimlari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida o‘quv platformasini yaratish hamda mustaqil onlayn o‘quv kurslarini rivojlantirish orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradi. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi ikkita psixologik-ijtimoiy ko‘mak markazi zarur mebel va IT-uskunalar bilan jihozlanadi. Loyiha O‘zbekistondagi 70 ming dan ortiq bola va ularning oilalari farovonligini yaxshilashga yordam berishi kutilmoqda. “Har qaysi inqirozli vaziyatda eng katta jabrni bolalar ko‘radi. Mojarolar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda holatlar qizlar va o‘g‘il bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, ekspluatatsiya, shavqatsiz munosabat va e’tiborsizlik xavfini oshiradi. Aksariyat hollarda, bolalar asosiy sharoitlardan mahrum bo‘ladi hamda bu ularning ruhiy va psixologik farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. “Shuning uchun ham bu investitsiyalar bolalarni himoya qilish tizimlarini mustahkamlashga, xususan, zo‘ravonlik va majburiy mehnat holatlarining oldini olish va ularga javob berish, oilalardan ajralish, ruhiy salomatlik va psixologik-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ijtimoiy xodimlarning malakalarini oshirishga qaratilishi muhimdir”, — deya qo‘shimcha qilgan vakolatxona rahbari. Eslatib o‘tamiz, Prezident tomonidan O‘zbekistonning ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun imzolangandi. Unga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxsni mehnatga biror-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlagan shaxs to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ilgari bunday qonunbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng takror sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik belgilangan.
8O‘zbekiston
Turkiyalik taniqli xonanda va aktyor Emrah 6 yillik turmushidan so‘ng rafiqasi bilan ajrashmoqda Turkiyalik taniqli xonanda va aktyor Emrah Erdo‘g‘on turmush o‘rtog‘i Sibel Erdo‘g‘on bilan ajrashmoqda, deb yozadi Turkiyaning Sabah nashri. Qayd etilishicha, ajrashish tashabbuskori aynan Emrah hisoblanadi. U aslida yanvar oyida ushbu qarorga kelgan. Juftlik 2014-yilda turmush qurgan. Ularning bir o‘g‘il va bir qiz farzandi bor. So‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida Emrahning oilasidagi notinch vaziyat haqida ma’lumotlar chop etilgan, biroq u bunday gap-so‘zlarni inkor qilgan. Hozirda esa ajrashish jarayoni boshlanganini Emrahning o‘zi tasdiqlagan, biroq holatni izohlashdan bosh tortgan. Emrah 2019-yilda san’atni tark etganini ma’lum qilgan. U Turkiya hamda xorijiy mamlakatlarda ko‘chmas mulk agentliklarini ochgan. Ma’lumot uchun, Emrah Erdo‘g‘on 1971-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida tug‘ilgan. U faoliyati davomida 10 dan ortiq albom yozgan, 8 ta filmda suratga tushgan. Emrah Turkiyadan tashqari Saudiya Arabistoni hamda Ozarbayjonda ham juda mashhur.  “Muhtasham yuz yil. Ko‘sem” seriali yulduzi Beren Saat eri bilan ajrashmoqda
7Madaniyat
Morgan Frimenning nevarasini o‘ldirgan qotil 20 yil qamoq jazosiga hukm qilindi Mashhur aktyor Morgan Frimenning asrab olingan nabirasining qotili Lamar Devenport AQSh sudi tomonidan 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi. 33 yoshli Idina Xayns 2015-yilning 16-avgustida o‘zining Nyu-Yorkdagi uyi oldidan o‘lik holda topilgan. Qizning yigit do‘sti Lamar Devenport unga pichoq bilan 25 marta tan jarohati yetkazgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mashhur rep qo‘shiqchisi shu yo‘l bilan jabrlanuvchidan shaytonni quvishga urungan. Dastlab Devenport qasddan qotillikda ayblangan. Biroq, sudlanuvchining advokatlari sudni uning narkotik ta’sirida bo‘lganiga ishontirdi. Natijada, ayblov biroz yumshatilgan tarzda — qasddan bo‘lmagan qotillikka aylantirilgan.
8O‘zbekiston
Belarusda 30dan ortiq rossiyalik yollanma jangchilar qo‘lga olingani xabar qilindi Belarusda rossiyalik yollanma askarlar qo‘lga olingani xabar qilindi. BeLTA agentligi voqea tafsilotlarini keltirmoqda. Xabar qilinishicha, 32 kishi qo‘lga olingan bo‘lib, ularning barchasi Vagner xususiy harbiy kompaniyasi jangchilaridir. Agentlikning o‘z manbalariga tayanib ma'lum qilishicha, saylovoldi kampaniyasi davrida mamlakatdagi barqarorlikni izdan chiqarish uchun Belarusga 200dan ortiq yollanma askar tashlangan. Ochiq manbalarda qayd etilishicha, Vagner kompaniyasi jangchilari Ukraina, Suriya hududidagi janglarda ishtirok etgan, ayni paytda Liviyadagi to‘qnashuvlarda ham qatnashmoqda.
2Dunyo
Bojxonachilar tomonidan 5 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar ushlab qolindi Tezkor tadbir davomida muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi T.V. ismli shaxs yonida “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Shuningdek, uning jinoiy sheriklari bo‘lmish 6 nafar shaxslar ham aniqlanib, ular giyohvandlik vositalarini qonunga xilof muomalaga kiritayotgan vaqtda qo‘lga olingan. O‘tkazilgan tadbir davomida 3 kg 565 gramm “gashish”, 1 kg 997 gramm “opiy” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida olindi. Tergovga qadar tekshiruv davomida yuqoridagi giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan noqonuniy yo‘llar orqali O‘zbekiston Respublikasiga olib o‘tilganligi ma'lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276, 273 va 246-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.
5Jamiyat
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida qo‘shma investitsiya fondi tashkil etiladi Shavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 21 iyun kuni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘zaro manfaatli hamkorlik yuqori darajaga chiqqani, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va o‘zaro anglashuv mustahkamlanib borayotganini ta’kidlagan. O‘zbekiston—Ozarboyjon strategik sherikligini kengaytirish va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga intilish shartligi qayd etilgan. O‘zbekiston prezidenti hamkorlik uchun mavjud salohiyatni ishga solish, ikki mamlakat iqtisodiyotini to‘ldirib turuvchi omillardan foydalanish zarurligini ta’kidlagan. Xususan, Mirziyoyev o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, vinochilik, oziq-ovqat, qurilish, neft-gaz, gaz-kimyo, farmatsevtika, agrosanoat va boshqa tarmoqlarda qator loyihalarni amalga oshirishni taklif etgan. Mamlakatlarda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ishlab chiqish va ilgari surish maqsadida qo‘shma investitsiya fondini tashkil etishga kelishib olingan. Shuningdek, mahsulotlarni uchinchi mamlakatlar bozoriga eksport qilish uchun davlatlar hududidagi erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Transport kommunikatsiyalari tizimidan, shu jumladan, Boku–Tbilisi—Qars temiryo‘lidan foydalangan holda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari kelishib olingan. Ikki tomonlama savdo va tovarlar tranziti yo‘lidagi to‘siqlarni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun transport vazirlari rahbarligidagi maxsus ishchi guruh tashkil etiladi. Mutasaddi vazirlarga ipakchilik klasterini tashkil etish, g‘o‘zachilikdagi loyihalarni ilgari surish, innovatsion ishlanmalarni joriy qilish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni kelishib olish topshirilgan. Tomonlar yaqin fursatda ikki davlat poytaxtlari va yirik shaharlari o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishiga kelishib olgan. O‘zbekiston rahbari joriy yilda Toshkent shahrida birinchi Hududlar forumi va ularning sanoat salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani o‘tkazish taklifini ilgari surgan. Turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish ham ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilishi qayd etilgan. Prezidentlar bu borada alohida dastur qabul qilish va qo‘shma turizm yarmarkasini o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Muzokaralar chog‘ida madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, jumladan, Madaniyat va kino kunlarini o‘tkazish, oliy ta’lim dargohlari, ilmiy muassasalar, sport va yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish yuzasidan qator boshqa kelishuvlarga ham erishilgan.
8O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Chirchiqda harbiylarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi Bugun, 10 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi. Mazkur harbiy qism O‘zbekiston Prezidentning 2017 yil 12 dekabrdagi farmoni bilan qayta tashkil qilingan. Bu yerda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda tizimli ishlar olib borilmoqda, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati. O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, harbiylar bilan suhbatda bo‘ldi. Tashrif davomida Prezident jangovor tayyorgarlikda foydalaniladigan moddiy vositalar, harbiy xizmatchilarning kiyim-kechak ta'minoti bilan tanishib, ularni zamonaviy asosda yangilash, ta'minot tizimini takomillashtirish zarurligini ta'kidladi. Shavkat Mirziyoyevga Toshkent viloyati harbiy-ma'muriy sektori faoliyatini 2018 yilda tashkillashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi», yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Mudofaa vazirligi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotining tashkiliy tuzilmasi, yosh harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish kabi istiqbolda qilinadigan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
8O‘zbekiston
Stiven Soderberg “Oushenning 11 do‘sti” filmining yana bir qismini suratga olishi mumkin Marvel kinoolami yulduzi Don Chidl Entertainment Weekly’ga bergan intervyusida Stiven Soderberg bilan “Oushenning 11 do‘sti”ning yana bir qismi haqida gaplashgani va u buni qanday amalga oshirish bo‘yicha bosh qotirayotganini ma’lum qildi. Chidlning so‘zlariga ko‘ra, rejissorning film uchun yangi g‘oyasi bor, deb xabar beradi “Film.ru”. “Bu haqida gaplashganmiz [“Oushenning 13 do‘sti”dan keyin], ammo o‘shanda Berni Mak vafot etgandi va biz darhol ‘Yo‘q, buni aniq qilishni xohlamaymiz’ degan qarorga kelgandik. Ammo yaqindagina Stivenning filmida suratga tushdim va u ‘Buni yana amalga oshirish yo‘li bor deb o‘ylayman. Buning ustida bosh qotirayapman’ dedi”, — ta’kidlaydi aktyor. Shuningdek, Chidlning qo‘shimcha qilishicha, bu boradagi suhbat u qadar chuqurlashmagan va u filmda kimlar paydo bo‘lishini bilmaydi, biroq taxminlarga ko‘ra, asosiy tarkib baribir qaytadi. Uning o‘zi filmda portlashlar bo‘yicha britaniyalik mutaxassis Basher rolini ijro etgan. Bundan tashqari, kartinada Jorj Kluni, Bred Pitt, Mett Deymon va boshqalar suratga tushgan. Film birinchi bor 2011-yilda prokatga chiqqan va shundan so‘ng, ikkita sikveli, shuningdek, “Oushenning 8 dugonasi” nomli spin-off paydo bo‘lgandi.  Bred Pitt, Juliya Roberts va mashhur filmlardagi ishtiroki uchun juda kam pul olgan boshqa yulduzlar (foto)
7Madaniyat
Musulmonlar idorasi tibbiy niqob taqqan holda namoz o‘qishning zarari yo‘qligini bildirdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Al Azhar elektron fatvo markazining koronavirusga oid fatvolari e’lon qilindi. Unda, jumladan, koronavirusdan saqlanish uchun tibbiy niqobda yurish zarur bo‘lgan ayni kunlarda niqob taqib namoz o‘qishning hukmi qanday ekanligi borasidagi savolga javob berilgan. Koronavirusdan saqlanish uchun taqilgan niqob bilan namoz o‘qishning hukmi quyidagicha: “Islom tadqiqotlari markazi huzuridagi Fatvo hay’ati musulmonlarga koronavirus tarqalishi yoki yuqishidan ehtiyot bo‘lish sababli taqib oladigan niqoblarda namoz o‘qishning zarari yo‘qligini qayd etgan”. Musulmonlar idorasi tomonidan berilgan fatvolarda masjidlarda namoz o‘qishni to‘xtatishning hukmi haqida ham ma’lumot berib o‘tilgan. “Misr fatvo uyi (Dorul ifto) Azhar shayxi va Misr vaqf vazirining yangi turdagi koronavirus tarqalishini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar doirasida, ikki hafta mobaynida, Respublikaning barcha hududlarida jamoat va juma namozlarini ado etishni to‘xtatib, azon aytish bilan kifoyalanish qarorlarini ma’qullashini e’lon qildi. O‘zbekiston musulonlar idorasining fatvosi ham shunday mazmunda chiqarilgan”. Virus yuqishidan qo‘rqib kursiga o‘tirib namoz o‘qish hukmi haqidagi savollarga ham javob berildi. “Shayx Uvayda Usmon (Dorul ifto bosh kotibi): koronavirus yuqishidan qo‘rqib kursiga o‘tirib namoz o‘qish mumkin emas. Musulmon kishi uchun zarur ehtiyot choralarini ko‘rishgina vojib bo‘ladi”. Avval O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilingani, keyinchalik taroveh va juma namozlarining uyda o‘qilishi masalasiga izoh berilgani, karantinga doir fatvolar e’lon qilingani haqida xabarlar berilgan.  Koronavirusdan vafot etgan kishi qanday dafn etiladi? O‘zbekiston musulmonlari idorasi javob berdi 2020-yil 16-martda Musulmonlar idorasi muftiysi Usmonxon Alimov musulmonlarga murojaat qilgan va mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar juma namozi o‘rniga uyda peshin namozi o‘qilishi, shuningdek, besh vaqt namozni ham uyda ado etish zarurligi, janoza namozi vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda o‘qilishi tavsiya etilgandi.
8O‘zbekiston
BAA matbuoti O‘zbekistonni dunyoning yangi investitsion poytaxti deb atadi Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates 24/7 axborot agentligi saytida Merritz yuridik firmasining boshqaruvchi sherigi Diana Bayzakovaning maqolasi e’lon qilindi, deb yozadi “Kommersant.uz”. U O‘zbekistonni dunyoning yangi investitsion poytaxti deb ataydi. Xususan, maqolada investitsiyaviy iqlimni yaxshilash sohasida so‘nggi yilda amalga oshirilgan islohotlar tilga olinadi. Muallif, shuningdek, O‘zbekiston prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqini esga oladi. “Hukumat tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonni iqtisodiy nuqtai nazardan kuchliroq qiladi. Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mamlakatga dunyoning investitsion poytaxtiga aylanish imkonini beradi”, — deyiladi maqolada. Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, valyutaning erkin konvertatsiyasi savdo rivojlanishi va ishbilarmonlik faoliyati o‘sishini rag‘batlantiradi, shu tariqa iqtisodiyotni mustahkamlaydi.
8O‘zbekiston
Xitoy tashqi ishlar vazirligi mamlakat markaziy banki KXDR bilan biznes yuritishni taqiqlagani haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi Xitoy xalq respublikasi tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Lu Kan mamlakat markaziy banki moliyaviy tashkilotlarga KXDR bilan biznes yuritishni taqiqlagani haqidagi xabarlarni inkor etdi, deb xabar beradi “TASS”. “Bu ma’lumot haqiqatdan yiroq”, — deydi tashqi ishlar vazirligi vakili. “Xitoy har doim BMT Xavfsizlik kengashi qarorlariga to‘laqonli tarzda amal qilgan va o‘zining xalqaro majburiyatlarini bajargan”, — deydi Lu Kan so‘zlarini davom ettirib. AQSh prezidenti Donald Tramp Koreya yetakchisi Mun Chje In va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuv oldidan Xitoy markaziy banki mamlakatdagi boshqa banklarga KXDR bilan hamkorlik qilishni taqiqlaganini ma’lum qilgan edi. “Xitoy markaziy banki mamlakatdagi boshqa banklarga KXDR bilan hamkorlik qilishni taqiqladi. Bu hozirgina yuz berdi. Men Xitoy xalq respublikasi yetakchisi Si Szinpinga ushbu dadil qadam uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu kutilmagan qaror bo‘ldi va biz buni yuksak qadrlaymiz”, — degan edi Donald Tramp.
2Dunyo
Filippinda COVID-19 sababli 15 mingdan ortiq mahbus ozodlikka chiqarildi Filippinda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli 17 martdan 22 iyungacha bo‘lgan davr oralig‘ida 15 mingdan ortiq mahbus ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Philippine Star nashri xabar berdi. Nashrning yozishicha, jami 15 322 nafar mahbus ozod etilgan bo‘lib, ularning aksariyati keksa yoshdagilar hamda yengil huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslardir. Qayd etilishicha, Filippindagi jazoni ijro etish muassasalari to‘lib-toshgan bo‘lib, mahbuslarning ijtimoiy masofalanish va gigiyena qoidalariga amal qilishining imkoni yo‘q. 2 iyul holatiga mahbuslar orasida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 783ta holat qayd etilgan, jazoni ijro etish muassasalarining 135 xodimi kasallik yuqtirgan. Nashrning Filippin sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berishicha, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 38,8 mingdan oshgan, 1274 kishi vafot etgan.
2Dunyo
Qurbonlikka olib ketilayotgan hayvonlar, toʻntarilgan tank, yonib ketgan savdo markazi — 12 iyul suratlari E‘tiboringizga 12 iyulning eng sara suratlarini taqdim etamiz. Kubada hukumatga qarshi namoyishlar boshlanganidan keyin unga qarshi hukumat tarafdorlari ham namoyishga chiqdi. AQShda qochqinda yashayotgan kubaliklar mamlakatda boshlangan hukumatga qarshi norozilik namoyishlariga qoʻshildi. Rossiyada yuk tashuvchi transportda olib ketilayotgan tank agʻdarilib ketishi oqibatida yoʻldagi harakat toʻsilib qoldi. AQSh prezidenti Jo Bayden oʻz xizmat vertolyotida Oq uyga yetib keldi. Afgʻon maxsus kuchlari Qandahor viloyatida «Tolibon»ga qarshi operasiya paytida aholi uylarini tekshirmoqda. JARda boshlangan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari paytida Bruksayd savdo markazi yonib ketdi. KXDR yetakchisi Kim Chen Ir Pxenyanda san‘at truppasi a‘zolari bilan uchrashdi. Pokistonning Karachi shahrida Qurbon hayiti oldidan hayvonlarni mol bozoriga olib borish uchun tomlardan kran yordamida pastga tushirmoqda. Futbol boʻyicha Italiya terma jamoasi sardori Jorjio Kellini va darvozabon Janluiji Donnarumma qoʻlga kiritilgan Yervopa chempionligi kubogi bilan Rimdagi mehmonxonaga kirib ketmoqda. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Yevropa chempionati finalining ertasi kuni jamoa joylashgan mehmonxonani tark etmoqda.
3Foto
Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo`l olgan barcha jamoalar ma`lum bo`ldi Evropa Chempionlar ligasining guruh bosqich uchrashuvlari poyoniga etdi. Unga ko`ra, pley-off bosqichda to`p suradigan 16ta jamoa nomi ma`lum bo`ldi.  Quyida barcha ishtirokchilar bilan tanishing: 1-o`rin bilan pley-offga yo`llanma olgan jamoalar – “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” (barchasi – Angliya), “Ayaks” (Niderlandiya), “Real Madrid” (Ispaniya), “Bavariya” (Germaniya), “Lill” (Fransiya), “Yuventus” (Italiya). 2-o`rin bilan pley-offga yo`llanma olgan jamoalar – “PSJ” (Fransiya), “Atletiko” va “Vilyarreal” – (ikkisi – Ispaniya), “Sporting” va “Benfika” (ikkisi – Portugaliya), “Zalburg” (Avstriya) va “Chelsi” (Angliya).  Keyingi bosqichga qur`a tashlash marosimi 13 dekabr kuni bo`lib o`tadi.
13Sport
Dzyudo bo`yicha Toshkent Gran-Prisining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi (foto) Shu kunlarda poytaxtimiz Toshkent shahrida dzyudo bo`yicha nufuzli Gran-Pri turniri bo`lib o`tmoqda. Musobaqada jahonning 47 mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Bugun, 10 noyabr kuni ushbu Gran-Pri turnirining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda Milliy olimpiya qo`mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi. MOQ Bosh kotibi so`zga chiqar ekan, musobaqa yurtimizda katta qiziqishga sabab bo`layotgani haqida gapirdi. «Dzyudo O`zbekistonda eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, Gran-Pri turniri hamyurtlarimiz orasida ham katta qiziqishga sabab bo`lmoqda. Yurtimiz bungacha bir qator nufuzli bahslarga mezbonlik qilgan. Ishonchim komilki, ushbu Gran-Prini ham yuqori saviyada o`tkaza olamiz. Fursatdan foydalanib, musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilayman. Turnirda eng kuchlilar g`olib bo`lsin», – dedi Jasur Matchanov. Shuningdek, tadbir davomida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Xalqaro dzyudo federasiyasi sport direktori Vladimir Bartalar so`zga chiqishdi va o`zlarining eng samimiy tilaklarini izhor etdilar. So`ngra O`zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi va musobaqa rasman ochiq deb e`lon qilindi. Ochilish marosimidan so`ng musobaqaning ikkinchi kunidan o`rin olgan final janglariga start berildi.
13Sport
Mingbuloqda 1 mlrd. so`m imtiyozli kreditni noqonuniy o`zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G” MChJ rahbari I.D. va boshqalar oldindan til biriktirib,  bank muassasasidan avtomobillarga texnik va maishiy xizmat ko`rsatish markazini tashkil etish uchun ajratilgan 1 mlrd. so`m imtiyozli kreditni soxta hujjatlarni tuzish orqali kredit mablag`ini naqdlashtirishib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.  Mazkur holat yuzasidan I.D. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
6Jinoyat
Oqqon bilan kurashayotgan 3 yoshli qizning hayotini saqlab qolaylik! Mohinur Murodbekova 2016-yilning 7-oktabrida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Bugun esa butun oila to‘rt oydirki, Toshkentdagi gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan, hayotga umid bilan mo‘ltirab turgan qora ko‘zning dardi bilan kurashadi. Ayni kunda Mohinur Murodbekova o‘tkir limfoblastli leykoz , B-11 turi, oq qon kasalligining 1-faol davri tashxisi bilan shifoxonada 2018-yil 16-noyabrdan buyon davolanmoqda. “Farzandim Mohinurning 2018-yil sentabr oyining kunlarining birida sog‘lig‘i yomonlasha boshladi, tez-tez tana harorati ko‘tarilib, isitmasi chiqardi. Shundan so‘ng farzandimni Namangan viloyatidagi Bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasining Gematalogiya bo‘limida ikki oy (sentabr oktabr) davolatdik. Farzandimni axvoli ijobiy tomonga o‘zgarish o‘rniga suyaklaridagi og‘riq kundan-kunga kuchayib, sog‘lig‘i yanada yomonlasha boshladi. Keyin Respublika Gematalogiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga tahlil topshirish uchun yo‘llanma berishdi. Tahlil natijalari qizimni qonida oqqon belgilari borligini aniqladi. Rossiya davlatining Moskva shahriga aniqroq tekshirtirish uchun qon tahlilini yubordik. Moskvadan kelgan qon tahlili javoblari bilan farzandimda oqqon kasalligi to‘la tasdiqlandi va davolanish kurslarini olishni boshladi. Kelganimizda ahvoli og‘ir edi. Ko‘p bora kimyo terapiyasini oldi. Ikkinchi kurs tugadi. Uchinchi kurs kuchli kimyo terapiya muolajalarini olyapti. Ko‘p bora qon quyishdi. Asosiy kursdan ikkita kurs bor. Yana ikkita kursdan keyin qo‘llab-quvvatlovi kurslari boshlanadi. Davolanish muddati 2 yilni tashkil qilar ekan. Bundan tashqari, qizim Mohinurni boshqa davolanish kurslari uchun yana mablag‘ talab etiladi. Hozirgacha ko‘p narsamizni sotib keldik. Katta miqdorda qarzga botdik. Qarindoshlarimizdan, tanishlarimizdan 15 million so‘m miqdorida qarzimiz mavjud. Dorilari juda qimmat. Navbatda turgan kimyo terapiya kurslari muolajalari, dorilari uchun juda katta mablag‘ talab etilarkan. Davolanish hamda dori-darmonga imkoniyatimiz yetmay ancha qiynalib qoldik. Yaxshi insonlardan farzandimni sog‘ayishida, kurslarni davom ettirishida, dorilarini olib berishda imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini iltimos qilib qolaman ”,— deydi Mohinurning otasi Elbek aka. Mohinurning oilasi uning dori-darmonlariga qarindoshlardan pul so‘rab, katta qarzga botgan. Har oy ijaraga va Mohinurning davolanishi uchun mablag‘ yetishmay qolyapti. Saxovatpesha insonlardan Mohinurning sog‘ayib ketishida imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz! Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar: Plastik karta orqali: (Click, Payme) Otasi Akmirzayev Elbek nomiga ochilgan Agrobank: 8600 0423 2941 0921 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Namangan filialida Akmirzayev Elbek nomiga ochilgan rekzivitlari: MFO: 00251 22618000 39904717 3500 Tashkilot, firmalar,yuridik shaxslardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000 300000 251001 Xorijiy davlatlardan yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun otasini pasport ma’lumotlari: Akmirzayev Elbek Murodbekovich Pasport raqami: AA7350878 Otasi Elbek Akmirzayevning telefon raqami: +99893 914 20 50 +99899 979 74 53
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti olimi Zokirjon Kanokov vafot etdi Fizika-matematika fanlari doktori, yadro fizikasi sohasida mutaxassis olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti Nazariy yadro fizikasi laboratoriyasi mudiri Zokirjon Kanokov 2020-yil 7-avgust kuni 64 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Yadro fizikasi instituti xabar berdi. Qayd etilishicha, Zokirjon Kanokov 1956-yil 25-yanvarida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tavallud topgan. 1973-yil Toshkent davlat universitetining Fizika fakultetiga o‘qishga kirgan. Ilmiy faoliyatini 1978-yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida boshlagan. 1983—2012-yillar davomida O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida ilmiy xodim va pedagog, 1986—1987-yillarda Moskva davlat universitetida stajor o‘qituvchi, 2012—2017-yillarda Milliy universiteti Fizika fakulteti “Nazariy va yadro fizikasi” kafedrasi mudiri, 2018-yildan hozirgacha O‘zFA Yadro fizikasi instituti Nazariy yadro fizikasi laboratoriyasining mudiri lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Zokirjon Kanokov ilmiy faoliyati davomida Ochiq kvant sistemalar va nanosistemalarining harakat dinamikasini, og‘ir ionlar to‘qnashuvida vazmin yadrolarning qo‘shilishi va bo‘linishi jarayonlarini o‘rganishga katta e’tibor bergan. Bu tadqiqotlar Rossiyaning Dubna shahrida joylashgan Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti olimlari e’tiborini tortdi va uzoq yillar davomida hamkorlikda qilingan izlanishlarning asosi bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, hamkorlikda qurilgan yangi nazariy usullar dunyo miqyosida tan olingan. Zokirjon Kanokov 80 dan ortiq ilmiy nashrlar, 60 dan ortiq maqolalar chop etgan. O‘zining ilmiy-pedogogik faoliyati davomida ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar muallifidir va Toshkent davlat universiteti Fizika fakultetida talabalarga yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasi, yadro modellari fanlaridan chuqur saboq bergan. Zokirjon Kanokov juda ko‘plab yosh izlanuvchilarning katta ilmiy markazlarda faoliyat yuritishiga va mamlakat yoshlarining ilmiy salohiyatining oshishiga katta hissa qo‘shgani ta’kidlangan. Xabarda 64 yoshli Zokirjon Kanokovning o‘limi sababiga oydinlik kiritilmagan. Avvalroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 40 yoshli boshqarma boshlig‘i, Madaniyat vazirligining 32 yoshli xodimi, Muzrabot tumani hokimligining 35 yoshli bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Madaniyat vazirligining xodimi va Muzrabot tumani hokimligining bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari koronavirusga chalingani tasdiqlangan. O‘zbekistonda 9-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 609 nafarga yetgan. Ayni paytda O‘zbekistonda 22 042 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (72 foiz) sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan statistika bo‘yicha mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 194 kishi vafot etgan.
8O‘zbekiston
The Best—2020. FIFA bugun yilning eng yaxshilarini aniqlaydi FIFA 17-dekabr, payshanba kuni 2019/20-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha eng yaxshilarga The Best mukofotlarini topshiradi. Marosim koronavirus sabab onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi. U Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi. Quyida nomzodlar bilan tanishing: Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi Yilning eng yaxshi murabbiyi Yilning eng yaxshi murabbiyi (ayollar futboli) Yilning eng yaxshi erkak darvozaboni Yilning eng yaxshi ayol darvozaboni Yilning eng chiroyli goli — “Pushkash sovrini” Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Rossiya Donbassga navbatdagi gumanitar yordam konvoyini yuboradi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari aholisiga gumanitar yordam ortilgan avtokolonna yuboradi, deb xabar berdi Korrespondent.net. Idora vakillaridan biri “Bugun soat 15:00 da Moskva yaqinidagi Noginsk shahridan Donetsk va Lugansk viloyatlari aholisi uchun yuboriladigan, tarkibida 50 ta mashina bo‘lgan avtokolonna yo‘lga tushadi” — deya ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, Donbassdan kelib tushayotgan yordam berish haqidagi bir qancha iltimosnomalardan so‘ng, Rossiya gumanitar konvoy yubormoqchi ekanligini kuni kecha ma’lum qilgan edi.
2Dunyo
Toshkentda 1 apreldan issiqlik ta’minotini o‘chirish boshlanadi "O‘zgidromet" ma’lumotiga ko‘ra, bahorgi iliq kunlar boshlangani va havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan 2022 yilning 1 aprelidan Toshkent shahrida 2021-2022 yillardagi isitish mavsumi yakunlanadi”, deyiladi xabarda. Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 2021 yil 12 oktyabrdan ijtimoiy soha obektlarining isitilishi boshlangan. 14 oktyabrdan ko‘p qavatli turar joy binolari muntazam isitishga o‘tkazilgan. Bundan oldin Toshkentda issiq suvni rejali o‘chirish jadvali e’lon qilingandi.
8O‘zbekiston
Oliy sud sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi 70 yoshni tashkil etishi belgilandi Hujjatga ko‘ra, barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalida qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkin. O‘zbekistonda sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas. Shu bilan birga, Oliy sud quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.  35 yoshdan kichik bo‘lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston fuqarosi xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkinligi belgilandi. Sudya birinchi marta 5 yillik muddatga, navbatdagi 10 yillik muddatga va lavozimda bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanadi. Oliy sud sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi 70 yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun – 65 yoshni tashkil etadi. Uy-joyga muhtoj bo‘lgan sudya mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda sud joylashgan yerda xizmat turar joyi bilan ta'minlanadi.  Sudya unga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda turar joy berilgunga qadar turar joy arendasi, ijarasi (ikkilamchi ijarasi) bilan bog‘liq xarajatlari kompensatsiya qilinishi huquqiga ega. Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan davrda yoxud boshqa ish berilgunga qadar, lekin ko‘pi bilan uch oygacha saqlab qolinadi. Sudyalarga ularning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
8O‘zbekiston