text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Amudaryoda maktabga uzoqdan qatnaydigan 50 nafar o‘quvchilarga velosipedlar sovg‘a qilindi Amudaryo tumanining chekka hududlarida joylashgan ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar farzandlari, maktablarga 5-6 km uzoqlikdan qatnayotgan o‘quvchi-yoshlar ro‘yxati shakllantirilgan. Hokimlikka ko‘ra, tumandagi mavjud 85 ta umumiy o‘rta ta'lim maktabining 1-11-sinf o‘quvchilari orasida 50 nafar o‘quvchi-yoshlar uzoq masofadan maktablarga qatnayotganligi aniqlandi. 31 mart kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida tadbir o‘tkazilib, unda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev va sektorlar rahbarlari, tuman Xalq ta'limi bo‘limi, ta'lim muassasalari mas'ullari ishtirok etdi. Uzoq masofadan maktablarga qatnaydigan 50 nafar o‘quvchilarga 50 dona velosiped topshirilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq, eshakda maktabga qatnayotgan Chimboydagi maktab o‘quvchilariga xayriya qilinib, 46 dona velosipedlar olib berilgandi. Shundan keyin, Qonliko‘l tumani hokimi ham olisdan maktablarga qatnayotgan 10 nafar o‘quvchiga velosipedlar bergandi.
5Jamiyat
Vladimir Tyurdenev: O‘zbekiston YeOIIda mustaqilligini yo‘qotishi haqidagi gaplar kulgili Rossiya elchisi so‘zlariga ko‘ra, ittifoqning to‘laqonli a'zolari ega bo‘lgan imtiyozlar yo‘q bo‘lishiga qaramay, Toshkentda iqtisodiyot uchun hech qanday majburiyat va xatarlarsiz YeOII faoliyatini ichkaridan o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. «Ha, respublika ovoz berish huquqiga va savdo imtiyozlariga ega emas. Ammo, ayni paytda, uning iqtisodiyoti uchun hech qanday xavf ham yo‘q. Bu yaqindan ko‘rib chiqish va tanlov qilish uchun imkoniyat. Agar vaziyatni baholasak, unda O‘zbekistonning asosiy savdo aylanmasi aynan YeOII mamlakatlari bilan bog‘liq ekanini, eng muhim transport yo‘laklari ittifoq hududidan o‘tishini, migratsiya yo‘nalishi muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rish mumkin. Har qanday holatda ham bu jarayon tez yuz bermaydi, bu faqat birinchi qadam», - dedi Vladimir Tyurdenev.  Shuningdek, uning ta'kidlashicha, skeptiklarning «YeOIIga integratsiyalashuv jarayonida mustaqillik yo‘qotilishi mumkin», degan bayonotlari haqiqiy ko‘rsatkichlar fonida kulgilidir. «Ittifoqqa qo‘shilgan birorta ham davlat o‘z mustaqilligini yo‘qotmadi, aksincha, ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, bu ma'lum bir ishtirokchining miqyosiga qaramaydigan, hamma uchun bir xil bo‘lgan teng huquqli ittifoq», - deya qo‘shimcha qildi diplomat.  U Rossiya ham, YeOII boshqa a'zolari ham yangi a'zolarning integratsiyasi iqtisodiyot va ishlab chiqarish sohasiga zararli ta'sir ko‘rsatishidan manfaatdor emasligini ma'lum qildi. Bunday mintaqaviy loyihalarga qo‘shilish - bu ittifoq a'zolarining o‘zaro murosalari to‘plamidir.  «Shunga qaramay, YeOII nafaqat Rossiya, balki o‘z iqtisodiy sharoitlariga ega bo‘lgan bir nechta davlatlardan iborat. Masalan, Qirg‘izistonni, YeOIIga a'zo bo‘lgan vaqtida, iqtisodiyot darajasi bo‘yicha O‘zbekiston bilan taqqoslash qiyin. Bu shuni anglatadiki, ushbu bosqichda hamma bunday integratsiyadan nimani olishini aniq tushunishi kerak, shunda bu tomonlarning har biri uchun foydali bo‘ladi», - deya yakunladi Tyurdenev.
8O‘zbekiston
Qirg‘izistonda prezidentlikka 13 kishi da'vogarlik qilmoqda 4 iyulda Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasiga mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod sifatida o‘zini qo‘yish bo‘yicha 13 ta ariza kelib tushdi. Ular orasida sobiq bosh vazir, "Respublika - Ata-Jurt" partiyasi yetakchisi Omurbek Babanov ham bor. Babanovning aytishicha, Qirg‘iziston farovonlik indeksi bo‘yicha yashash uchun eng yaxshi davlatlar o‘ntaligiga kirishi kerak. Respublikadagi barcha muammolarning yechimi iqtisodiyotdir. Iqtisodiyot – ot, siyosat – arava. Aksi emas. Davlat raqib ham, regulyator ham bo‘lishi kerak emas, u biznes va jamiyat uchun teng huquqli sherik bo‘lishi kerak". Nomzodlar orasida Qirg‘iziston moliya vaziri Temir Sariyev va Bakit Torobayev ham bor. Qirg‘iziston prezidenti saylovlari 2017 yil 15 oktabrga belgilangan. Nomzodlardan arizalar olinishi 15 avgustda yakunlanadi. Saylovoldi tashviqoti 10 sentabrdan 14 oktabrgacha davom etadi.
2Dunyo
Xurmo qo‘shib tayyorlanadigan mazali shtrudel retsepti Nonushta yoki yengil tamaddi uchun ayni muddao bo‘lgan shirinlik retseptini e’tiboringizga havola qilamiz. Kerakli mahsulotlar: Tayyorlanish jarayoni Yoqimli ishtaha!
9Pazandachilik
Farg‘onada profilaktika inspektori sudlandi Farg‘onada Farg‘ona shahar IIB 2-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori lavozimida ishlagan va 400 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushgan Elyor Yuldashevga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi. Ichki ishlar xodimlarini yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashdagi xizmati beqiyos. Afsuski, ular orasida ham o‘z burchini unutganlar ham uchrab turibdi. Elyor Yuldashev Farg‘ona shahar IIB 2-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi. U xizmat olib borayotgan hududida yashovchi fuqarolarni ma’muriy tartibda qamoqqa olish bilan qo‘rqitib, tama’girlik qilgan. Shu bilan birga aholidan tushayotgan ariza va murojaatlarni turli bahonalar bilan rad qilib, o‘z vaqtida qayd etmasdan, ular bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmagan. 10 may kuni fuqaro G. Oning arizasi asosida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona shahar bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda arizachidan 400 ming so‘m pulni pora tariqasida olayotganda qo‘lga olindi. Olib borilgan tergov surishtiruv jarayonlarida E.Yuldashev arizachidan joriy yilning 2 may kuni ham 200 AQSH dollari pora olganligi, u jinoiy harakatlarini mahalla posboni orqali amalga oshirilgani aniqlandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi E.Yuldashevning qilmishiga yarasha jazo tayinladi.
5Jamiyat
Olmazor tumaniga tayinlangan yangi hokim rasman tasdiqlandi Bugun, 12 may kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Xalq deputatlar Olmazor tumani kengashi vakillari ishtirokida qo‘shma majlis bo‘lib o‘tdi. Olmazor tuman hokimiyati binosida o‘tkazilgan mazkur majlisda tumanga yangi xokim saylanishi masalasi ko‘rildi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, taklif qilib ko‘rsatilgan Baxtiyor Rahmonov nomzodi qatnashganlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi. Tuman kengashi deputatlari so‘zga chiqib, yangi tuman hokimini tabrikladi. Kelgusida amalga oshirmoqchi bo‘lgan oqilona siyosatiga tuman kengashi deputatlari ham amaliy ko‘mak berishga tayyor ekanligini ta'kidlashdi. “Baxtiyor Sultonovich, men sizga ochig‘i hasad qilaman. Nega? Chunki siz haqiqiy tajribali hokimsiz. Sizdan ko‘p narsa o‘rgansa bo‘ladi”, deb Jahongir Ortiqxo‘jayev yangi hokimning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.  Olmazor tuman hokimi Rahmonov so‘zga chiqib, majlis ishtirokchilari tomonidan unga bildirilgan ishonchni oqlashi, kelajakda tuman hududini yanada obodonlashtirishga oid siyosatni olib borishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
8O‘zbekiston
Toshkentdagi qabristonlarda ehson qutilarini tunagan o‘g‘ri ushlandi Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi Oqmachit mahallasida yashovchi fuqaro 32 yoshida mo‘may pul topishning turli yo‘llarini xayolidan o‘tkazdi, deb yozadi O‘zA. Nihoyat qabristonlarga o‘rnatilgan ehson qutilaridagi pullarni o‘marib, turmush kechirmoqchi bo‘ldi. Shu maqsadda o‘tgan yil may oyida Toshkent shahri Chilonzor tumanining Bo‘ta buva qabristonidagi ehson qutilariga tashlangan pullarni o‘g‘irlab, jinoiy javobgarlikdan qochdi. Shundan so‘ng jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tumani sudi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Buni qarangki, bir yildan buyon qidiruvda bo‘lgan fuqaro Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va boshqa davlat, jamoat tashkilotlari hamkorligida tezkor vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholining osoyishta, farovon turmushini ta’minlash maqsadida Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilayotgan maxsus tadbir chog‘ida tumshug‘idan ilindi.
8O‘zbekiston
Bayden Ryanair samolyotining Minskka qo‘ndirilishi yuzasidan javob choralarini ishlab chiqishni buyurdi AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z ma’muriyatiga Minskda Ryanair samolyotining favqulodda qo‘nishi va Nexta Telegram kanali asoschilaridan biri hibsga olinishida ishtirok etgan odamlarni javobgarlikka tortish choralarini ishlab chiqishni buyurdi. Bu haqda Oq uyga tayanib, “RBK” xabar berdi. Jo Bayden Belarusdagi Ryanair samolyoti bilan bog‘liq vaziyatini “xalqaro me’yorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri haqorat” deb atadi. “Men Yevropa Ittifoqi maqsadli iqtisodiy sanksiyalar va boshqa choralarni ko‘rishga chaqirgani haqidagi xabarlarni mamnuniyat bilan qabul qilaman. Jamoamdan Yevropa Ittifoqi, boshqa ittifoqchilar va sheriklar hamda xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun tegishli choralar ishlab chiqishni so‘radim”, — dedi Bayden. Bayden Nexta Telegram kanali sobiq muharriri Roman Protasevichning hibsga olinishini “ham siyosiy o‘zgacha fikrlashga, ham matbuot erkinligiga qarshi sharmandali hujum” deb atadi. “Qo‘shma Shtatlar Protasevichni, shuningdek, Lukashenko rejimi tomonidan adolatsiz ravishda hibsga olinayotgan yuzlab siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirayotgan dunyo davlatlariga qo‘shiladi”, — dedi AQSh prezidenti. “Bir necha oydan beri Belarus xalqi o‘z ovozi tinglanishiga erishish uchun intilib, demokratiya, inson huquqlariga hurmat va asosiy erkinliklar saqlab qolinishini talab qilmoqda. Men bosh huquqlari uchun kurashayotgan belarusliklarning jasorati va qat’iyatini, shu jumladan, Roman Protasevich kabi jurnalistlar, Svetlana Tixanovskaya va uning eri Sergey Tixanovskiy singari muxolifat rahbarlarini e’tirof etaman. AQSh Belarus xalqini kurashda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, — deb qo‘shimcha qildi Bayden. Oq uyning boshqa xabariga ko‘ra, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan ushbu hodisa masalasida Svetlana Tixanovskaya bilan muzokaralar o‘tkazgan. Sallivan Tixanovskayaga AQSh Yevroittifoq bilan hamkorlikda “Lukashenko rejimini javobgarlikka tortishini” aytgan. 23-may kuni kunduzi Afinadan Vilnyusga yo‘l olgan Ryanair aviakompaniyasi samolyoti Minskka shoshilinch qo‘ndi. Uning bortida Nexta Telegram kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich bor edi — samolyot qo‘nganidan keyin u qo‘lga olindi, qolgan yo‘lovchilar esa yetti soatdan keyin parvozni davom ettirish uchun qo‘yib yuborildi. Belarus hukumati qayd etishicha, uchuvchilar bortda xavfsizlikka tahdid tufayli Minskka qo‘nish haqida qaror qabul qilgan.
2Dunyo
Namanganda Spark haydovchisi o‘zini haqoratlagan Captiva haydovchisining ko‘ziga hayvonlardan himoya qiluvchi suyuqlik sepib yubordi Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida Spark haydovchisi o‘ziga qo‘pollik qilgan Captiva haydovchisining ko‘ziga suyuqlik sepib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro T.M. 31-avgust kuni soat 09:30 lar atrofida “Kelajak tonggi” mahallasida Spark’da harakatlanib ketayotgan vaqtida uning orqasidan kelayotgan Captiva haydovchisi D.Y. yo‘l berishini so‘rab, signal chalgan. So‘ng Spark’ni quvib o‘tib, avtomashina harakatlanishiga qarshilik qilgan. Qayd etilishicha, D.Y. mashinasida svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib, ortiga qaytgan va Spark eshigini ochib, fuqaro T.M.ga haqoratli so‘zlar bilan murojaat qilgan. T.M. yovvoyi hayvonlardan himoya qilish maqsadida ishlatiladigan suyuqlikdan D.Y.ning ko‘z qismiga sepgan. Shundan so‘ng fuqaro D.Y. voqea joyidan ketgan. Ta’kidlanishicha, dastlabki surishtiruv natijasida D.Y. 31-avgust kuni o‘zining shaxsiy ishlari bilan Do‘stlik chegara posti orqali Qirg‘izistonga chiqib ketgani aniqlangan. Hozirda uning yashash manziliga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.
8O‘zbekiston
Xokkey, JCh-2017: Finalda ishtirok etuvchi jamoalar aniqlandi Xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi 2017 yilgi jahon chempionati yarim finalida hisobda 2 shayba farq bilan oldinda bora turib, Kanada terma jamoasiga yengildi. Uchrashuv 2:4 hisobida yakunlandi. Kanadaliklar musobaqaning finaliga yo‘l oldilar. Rossiya esa 3-o‘rin uchun kurash olib boradi. 2-bo‘limda rossiyaliklar Yevgeniy Kuznetsov va Nikita Gusevning shaybalari hisobiga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldilar.  Kanadaliklar 3-bo‘lim boshida ko‘pchilik bo‘lganlaridan unumli foydalanib, Mark Shayflining shaybasi evaziga hisobdagi farqni kamaytirdilar. Uchrashuvning oxirgi 5 daqiqasi hal qiluvchi onlar bo‘ldi – Kanada Natan Makkinnon va Rayan O`Raylli shaybalari evaziga hisobda oldinga chiqib, uchrashuvni o‘z foydasiga bura oldi. Kanadaliklarning oxirgi shaybasini bo‘sh darvozaga Shon Kutyure kiritdi.  Jahon chempionati, 2017  Kanada – Rossiya - 4 : 2 (0:0, 0:2, 4:0) Shaybalar: 0:1, Kuznetsov (Panarin, Kucherov), 32:16 (5x5); 0:2, Gusev (Shipachyov, Panarin), 34:50 (5x4); 1:2 – Shayfli (Makkinnon, Pareyko), 40:17 (5x4); 2:2, Makkinnon (Konechni), 55:07 (5x5); 3:2, O'Raylli (Metison), 56:58 (5x5); 4:2, Kutyure (O'Raylli, Pareyko) – 58:53 (en). Ikkinchi yarim finalda Shvetsiya Finlyandiyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Shaybalarni shvedlardan Aleksander Edler, Jonu Klingberg, Vilyam Nyulander va Yuakim Nordstryom kiritdilar. Finlyandiyadan bir javob shaybasini Yoonas Kemppaynen kiritdi.  Shvetsiya – Finlyandiya – 4 : 1 (1:1, 2:0, 1:0) Shaybalar: 1:0, Edler (Bekstryom), 01:49 (5x5); 1:1, Kemppaynen (Aaltonen), 04:45 (5x5); 2:1, Klingberg (Ekman-Larsson, Nyulander), 24:36 (5x4); 3:1, Nyulander (Bekstryom) , 35:42 (5x4); 4:1, Nordstryom (Kryuger), 53:52 (5x5) Shu tariqa musobaqaning finalida Kanada va Shvetsiya uchrashadigan bo‘ldi. 3-o‘rin uchun Rossiya va Finlyandiya kurashadi. Final bahsi 21 may kuni Kyolnda Toshkent vaqti bilan soat 23:45da, 3-o‘rin uchun uchrashuv esa Toshkent vaqti bilan soat 19:45da boshlanadi.
13Sport
O‘zbekiston aholisining 83 foizi kanalizatsiyasiz yashayotgani ma'lum bo‘ldi Bugun, 19 iyun kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Alipasha Ahmedov kanalizatsiya tizimi va iste'mol qilingan ichimlik suvini zararsizlantirish borasidagi muammolar haqida ma'lumot berdi. «Agar respublikada kuniga 4 million kubometr suv ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, uning 10-15 foizi bevosita iste'mol qilinadi, qolgan suv esa ishlatilgandan so‘ng kanalizatsiya orqali chiqindi sifatida oqizib yuboriladi. Bu boradagi katta muammo kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq. Hozirgi kunda respublika aholisining 17 foizi kanalizatsiya bilan qamrab olingan. Shuning uchun amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarimizning asosiy qismi ham kanalizatsiya tizimini yaxshilashga qaratilgan», – dedi Alipasha Ahmedov. Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, viloyatlar markazlari aholisining kanalizatsiya tizimiga ulanganlik darajasi 67 foiz atrofida bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, kanalizatsiya quvurlari orqali chiqarib yuborilgan suv zararsizlantirilgach, ochiq havzalarda saqlanadi. Va uning atrof-muhitga zarar yetkazmasligi muammosi ham mavjud. «Jahon tajribasida iste'mol qilingan suv asosan qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yo‘naltiriladi. Bizda esa iste'mol qilingan suv ochiq havzalarda saqlanmoqda. Masalan, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan iste'mol qilingan suvni qayta ishlash uchun alohida texnologiyalar zarur bo‘ladi. Chunki ular suvdan foydalanishda turli kimyoviy vositalardan foydalanishadi. Bu kabi har bir holatni hisobga olib, suvni zararsizlantirish va qayta ishlash tizimini ishlab chiqish ham oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda», – dedi Alipasha Ahmedov. Kanalizatsiyasiz hayot: har uyga bittadan oqova chuqur muammoning yechimi emas Ma'lumot uchun, 2019 yil sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi shaharlarning faqat 79tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta'mirga muhtoj. 2030 yilga qadar mamlakat aholisining kanalizatsiya bilan qamrab olinganlik darajasini 31 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Qarshi, Xiva va Urganch shaharlarining kanalizatsiya tarmoqlarini ta'mirlash uchun YeTTBdan qarz olinadigan bo‘ldi Quvurlar eskirgani tufayli 30 foiz ichimlik suvi yo‘qotilmoqda
8O‘zbekiston
Top-10: Klasiko arafasidagi yo‘qotishlar va haftaning boshqa voqealari Yevropa milliy chempionatlarining navbatdagi turlari ham tabiiyki, qiziqarli voqealarga boy bo‘ldi. Angliyada chempion masalasi deyarli hal bo‘lgan bo‘lsa, Italiya va Germaniyada murosasiz kurash davom etmoqda. Ispaniyada esa klasiko arafasidagi turda «Barselona» ham, «Real» ham ochko yo‘qotdi. AKADeMIYa VA 4000 O‘YIN 1937 yildan beri «Manchester Yunayted» o‘yinlar uchun beradigan zayavkasida kamida bir nafar klub akademiyasi tarbiyalanuvchisiga o‘rin ajratmoqda. «Everton»ga qarshi o‘yin mana shu seriyada 4000-uchrashuv sifatida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich ayniqsa, klub tarbiyalanuvchilariga alohida e'tibor berilayotgan ushbu mavsumda, yana zaxiradan maydonga chiqqan Meyson Grinvudning goli bilan nishonlangani ham o‘zgacha ijobiy chizgi beradi. Ushbu o‘yinda Grinvuddan tashqari, Jyessi Lingard, Skot Maktomini, Markus Reshford kabi tarbiyalanuvchilar asosiy tarkibda, Pereyra va Tuanzebe zaxiradan joy olishdi. Umuman, ushbu mavsumning o‘zida akademiyaning 10 nafar vakili asosiy tarkibda debyut qilib ulgurishdi. Maydondagi vaqtning qariyb uchdan biri akademiya a'zolariga yozildi, 17 gol muallifi ham aynan tarbiyalanuvchilar. Bu borada «MYu» «Chelsi» bilan birga APLda peshqadam bo‘lib turibdi.  ITALIYaDA PeShQADAM O‘ZGARDI «Inter»ning Florensiyadagi durangi «Yuventus»ning yana turnir jadvali boshiga chiqib olishiga imkon yaratdi. Bu endi A Seriyada oddiy holga aylandi va bizningcha, mavsum oxirigacha bu ikki jamoa quvlashmachoq o‘ynashda davom etishadi. Shu o‘rinda, «Udineze»ga qarshi Sarri nihoyat Dibala-Ronaldu-Iguain uchligiga asosiy tarkibdan joy topib bera olganini ta'kidlash kerak. Bernardeski bu safar zaxirada qoldi va Dibala ilk daqiqalardan ikki hujumchi ortida harakat qildi. Natija yomon emas – Krishtianu Ronaldudan dubl, Iguainda golli pas, Dibala esa maydonda harakat qilganlar ichida eng yaxshi baho olganlardan biri bo‘ldi. BUNDeSLIGADA HAM... Italiyadagi holat yuqorida aytilganidek, odatiy holga aylanib ulgurgan bo‘lsa, «Leypsig»ning peshqadamligi qachondir ro‘y berishi aniq bo‘lgan hodisa edi. Shu paytgacha jamoa soyada qolib kelgan bo‘lsa-da, aslida ko‘rsatkichlar bo‘yicha Nagelsmann jamoasi Germaniyada yetakchi edi. Chempionatda eng kam mag‘lubiyatga (Dortmund bilan birga) uchragan ham, eng ko‘p g‘alaba qozongan (Menxengladbax bilan birga) ham, eng ko‘p gol urib, eng kam o‘tkazib yuborgan ham – «Leypsig». Jamoa qatorasiga oltinchi g‘alabasiga erishdi va «Borussiya» M mag‘lubiyatidan foydalanib, yakka peshqadamga aylandi. Bu natijalar bilan parallel tarzda «Leypsig» Chempionlar Ligasi guruhida ham g‘olib bo‘ldi, Timo Verner esa qatorasiga 7 uchrashuvdirki Bundesligada maydonni golsiz tark etmayapti. Gollari sonini 16taga yetkazgan hujumchi bu borada Levandovskiga yetib olmoqda. Polshalik hujumchida 18ta gol bor. HAMMA AYB VAR’DAMI? Dam olish kunlari muxlislar orasida VAR masalasi ham yana kun tartibiga chiqdi. Aslida turli munozarali vaziyatlar va tushunarsiz qarorlar uchun VAR’ni ayblash noto‘g‘ri. VAR aslida hakam uchun texnik yordamchi, xolos. Ya'ni, vaziyatni yaxshiroq ko‘rish, baho berish uchun qo‘shimcha imkoniyat. Agar hakam bu imkoniyat bilan ham xatoga yo‘l qo‘ysa yoki tushunarsiz qarorlar chiqarsa, tabiiyki, barcha savol hakamga tushadi. Masalan, «Sosedad» – «Barselona» o‘yinining birinchi bo‘limida hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. O‘yin oxirlarida esa, xuddi shunga o‘xshash holatda Pikega qarshi qoida buzildi – hakam jim. Bu vaziyatlar o‘rtasida farqni axtarib, muxlislar jig‘ibiyron bo‘lishgani tabiiy. Balki farq Pikening vaziyati o‘yin oxirida bo‘lib, yakuniy natijaga bevosita ta'sir qilishi hakamni ehtiyotkor qilib qo‘ygandir? Yana bir holat «MYu» – «Everton» o‘yinida kuzatildi. Darvozabon maydonchasida De Xeaga nisbatan yaqqol qo‘pollik ishlatilgan bo‘lsa-da, ushbu vaziyatda gol haqqoniy deb tan olindi. Darvozabon ushbu qo‘pollik tasvirini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga ham joylashtirdi. ? pic.twitter.com/zM82knaiPe Aslida noroziliklar VAR’ga emas, hakamlarning turli vaziyatlarga turlicha yondashayotganidan kelib chiqayotgani tabiiy, zero videoyordamchilar paydo bo‘lmasdan oldin ham shunday tortishuvlar bo‘lib turardi. KOUTINODA HeT-TRIK «Biz uni sotib olishimiz kerak, to‘g‘rimi?» deya ritorik savol berdi «Verder»ga qarshi o‘yindan so‘ng David Alaba. Gap Myunxen klubida ijara asosida to‘p surayotgan «Barselona» futbolchisi Filipe Koutino haqida ketyapti. U tarixda «Bavariya» tarkibida het-trik qayd etgan ikkinchi braziliyalik sifatida qayd etildi. Avvalroq, Jovanni Elber myunxenliklar tarkibida shunday natija qayd etgan. Koutino «Barselona» safida ham bir o‘yinda uchta gol urgan, bu 2018 yilning may oyida ro‘y bergandi. Lekin o‘shanda kataloniyaliklar «Levante»ga 4:5 hisobida yutqazib qo‘yishgan, bu mag‘lubiyat jamoa uchun mavsumdagi birinchisi va yagonasi bo‘lgandi. Xullas, yozda, balki yanvardanoq «Bavariya» Koutinoni sotib olish choralarini ko‘rsa kerak. Tiago Alkantaraning jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalishi ham bejiz emas. TANIShING: DeYaN KULUSheVSKI Aslida «Napoli» – «Parma» o‘yinidan mezbonlarning navbatdagi omadsizligi, muammo Gattuzo tomonidan ham yechilmayotgani haqida fikrlar havola qilishimiz ham mumkin edi, lekin bu o‘yinda boshqa qahramon porladi – Deyan Kulushevski. Kira-kira Koulibaly kok bisa cedera gtu ya, apa malu kalah duel sama Kulusevski ?pic.twitter.com/94VjkSUWvW «Atalanta» tizimidan chiqayotgan yana bir yulduz mavsum boshida «Parma»ga ijaraga berilgandi va bu yerda ham zaxira o‘yinchisi bo‘lishi kutilgandi. Lekin 19 yoshli shvetsiyalik vinger o‘yindan o‘yinga «Parma» yetakchisiga aylanib bormoqda. «Eh, sotib olib qo‘ysak bo‘larkan, hozir yaxshigina narx bo‘lardi», – deb afsuslanishayotgandir klub rahbarlari. Rostanam, allaqachon 4 gol va 6 assistga o‘z ismini yozdirib qo‘ygan Deyan Yevropa klublari nazariga tushib ulgurdi. «Borussiya», «Yuventus» va «Manchester Yunayted» kabi top-klublar unga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Napoli»ga qarshi o‘yinda esa Kulushevski eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi. Uchrashuvning 6-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda u tomonidan uzatilgan to‘pni Jyervino golga aylantirib, durangni g‘alabaga aylantirdi. MADRIDNING IKKINChI JAMOASI? Biz Madrid deganda «Real» va «Atletiko» haqida o‘ylashga o‘rganib qolganmiz, to‘g‘ri qilamiz ham. Lekin aynan bugungi kunda YeChL yo‘llanmasini beruvchi o‘rinlarda Simeonening jamoasi emas, «Xetafe» turibdi. Mayli vaqtinchadir, lekin esingizda bo‘lsa, o‘tgan yili ham bu klub YeChL o‘rinlari uchun so‘nggi turgacha kurashganda, bu holat bir mavsumlik ekanini aytuvchilar ham ko‘p edi. Shunisi faktki, Pepe Bordalas Madridda yana bir raqobatbardosh jamoa qurmoqda. «Xetafe» La Ligadagi so‘nggi 7 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi, 5tasida g‘alaba qozondi. Yo‘l-yo‘lakay Yevropa Ligasi pley-offiga ham yo‘llanma olindi. «Xetafe»ning keyingi o‘yinlarini, ayniqsa, yevrokuboklarda «Ayaks»ga qarshi to‘qnashuvini kuzatish juda qiziq bo‘ladi. VeRONADA QOYILMAQOM KAMBEK Turnir jadvalining o‘rtalaridan o‘rin egallagan «Verona» va «Torino» klublarining o‘zaro bahsi balki uncha qiziq tuyulmagan, har birining g‘alabasi ham, durang ham birovni hayron qoldirmasdi. Lekin uchrashuv ssenariysi, syujyeti bo‘yicha turning eng tomoshabop o‘yinlaridan biriga aylandi. O‘yinning 61-daqiqasida mehmonlar uchinchi golni ham urishdi va go‘yoki endi g‘alabani qo‘ldan boy berishmaydigandek edi. Ammo 69-84 daqiqalar oralig‘ida «Verona» 3ta gol urib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi besh daqiqa yana teng kurashda kechdi, har biri g‘alaba qozonishi, durang bo‘lishi ham mumkin edi. Ammo bu safar endi boshqacha, o‘yinni tomosha qilgan tomoshabinlar o‘tkazilgan vaqtlar uchun shubhasiz rozi edi. «ReAL» IMKONIYaTNI QO‘LDAN ChIQARDI Aslida «Valensiya» g‘alabani qo‘ldan chiqardi – mezbonlar o‘yin davomida «Real»ga qaraganda ko‘proq xavfli vaziyat yaratishdi, unisi mayli, Benzema hisobni tenglashtiruvchi golni hakam tomonidan qo‘shib berilgan 5-daqiqada urgandi. Lekin o‘yindan oldin «Real»da g‘alaba qozonib, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib olish imkoni tug‘ilgandi. Bir kun oldin San-Sebyastyanga safar qilgan «Barselona» durang qayd etgan, uch ochko «Real»ga El-Klasiko oldidan juda katta ruhiy ustunlik berishi mumkin edi. Ammo sinxron tarzda Zidan shogirdlari ham durangga rozi bo‘lishdi va endi to‘plar nisbatiga ko‘ra, hozircha «Barselona» – peshqadam. Buni o‘zgartirish uchun «Real» ertaga ham urinib ko‘radi.   «LATsIO» PeShQADAMLARGA YaQINLAShDI So‘nggi turlarda «Inter» va «Yuventus»ning navbati bilan durang o‘ynashlari Rimning «Latsio» klubiga qo‘l keldi. Ko‘p murabbiylar «turnir jadvaliga qaramaymiz, o‘z o‘yinlarimizni yutaversak, bir kun o‘zimiz uchun yaxshi o‘ringa chiqishimiz aniq» degan ma'noda fikr bildirishni yaxshi ko‘radi. Aynan shu holat bugungi «Latsio»ga ham mos keladi. Rimliklar A Seriyada qatorasiga 8 o‘yinda g‘alaba qozonishdi, natijada endi ularni peshqadamlardan atigi 3 ochko ajratib turibdi, xolos. «Kalyari»ga qarshi o‘yin esa, juda qiyin kechishi ma'lum edi. A Seriyada 13 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramay kelayotgan va mavsumning kashfiyotlaridan biri bo‘lgan klub o‘z maydonida osonlikcha taslim bo‘lmasligi aniq edi. Rostanam oson bo‘lmadi, o‘yinning 90 daqiqasi «Kalyari»ning ustunligida o‘tdi. Faqat hakam tomonidan qo‘shilgan daqiqalarda ikki gol urgan «Latsio» g‘alabani ilib ketdi – 2:1. Shunday o‘yinlar «Latsio»ning anchayin jiddiy maqsadlarga ega ekanini namoyish qiladi. Axir bu yo‘lda rimliklar Yevropa Ligasini ham qurbon qilib yuborganini e'tiborga olsak, kim biladi, balki A Seriyada uchinchi da'vogar ham paydo bo‘layotgandir? Q.Aslanov tayyorladi
13Sport
Evropaning 25 ta mamlakatida kutilmaganda elektron soatlar sekin yura boshladi Yanvar oyining o`rtalaridan boshlab, Evropada maishiy texnikalarga o`rnatilgan elektron soatlarning .rishi sekinlashdi. Ular real vaqtdjan 6 daqiqaga ortda qolishdi. Mazkur holat Evropaning 25 ta mamlakatida kuzatildi, xabar bermoqda “Ekspert” nashri. Keyinroq ushbu ajablanarli holatning sababi aniqlandi. Ma`lum bo`lishicha, raqamli soatlar energetik tarmoq chastotasidan foydalanar ekan. Ushbu tarmoq Evropada barqaror chastotada soniyasiga 50 gers yoki 50 siklda ishlaydi. Mana shu siklga tayangan holda raqamli soatlar vaqtni ko`rsatishni sozlaydi. Biroq uzoq vaqt mobaynida chastota pasaysa, muammo paydo bo`lar ekan.
2Dunyo
Surxondaryoda “VAZ-2101” Malibu bilan to‘qnashib yonib ketdi. “Jiguli” haydovchisi va yo‘lovchi vafot etgan Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida Malibu hamda “VAZ-2101”(“Jiguli”) ishtirokida dahshatli yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan. Unga ko‘ra 2020-yilning 29-iyun kuni soat 23:30 da 31 yoshli haydovchi Z.T. boshqaruvidagi Malibu Qiziriq tumani “Zarbdor” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R 100 avtomobil yo‘lining 81-kilometrida Bandixon—Qiziriq tumani yo‘nalishida harakatlanib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan 56 yoshli O‘.X.ning “VAZ-2101” mashinasining yo‘liga chiqib ketishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda “VAZ-2101” mashinasida yong‘in chiqib, haydovchi O‘.X. va old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 50 yoshli A.J. avtomobil salonida qolib ketib, hodisa joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
0Avto
AQShda polisiyachi qoidabuzar yigitga bo`yinbog` bog`lashni o`rgatdi (Video) AQShning Viskonsiya shtatidagi Menomen shahrida polisiya zobiti Martin Folkzik tezlikni oshirgani uchun to`xtatilgan haydovchi yigitga bo`yinbog` bog`lashni o`rgatdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. Tezlikni oshirgani uchun to`xtatilgan Trevor Kini degan talaba yigit polisiyachiga taqdimot marosimiga kech qolmaslik uchun do`stining oldiga shoshayotganligini, do`sti uning bo`yinbog`ini bog`lashi kerakligini tushuntirdi. Folkzik yigitning hujjatlarini tekshirish jarayonida bo`yinbog`ni bog`ladi. Talaba yigit qonunbuzarligi uchun faqatgina ogohlashtirish bilan cheklandi. Trevor Kini ABC News nashriga bergan intervyusida taqdimot marosimida eng yuqori – 92 ballni qo`lga kiritganini va polisiya zobiti unga saboq bergani haqida gapirib berdi. “Men taqdimotdan qaytgandan keyin polisiya zobiti bilan qayta uchrashdim. U menga bo`yinbog` bog`lashni o`rgatdi”, dedi talaba yigit taassurotlari bilan o`rtoqlashib.
2Dunyo
Maddoh jurnalistu lattachaynar amaldor kimga ham kerak? 2-maqola Taniqli jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayevning «Maddoh jurnalistu lattachaynar amaldor kimga ham kerak?» sarlavhali maqolasining davomi «Novosti Uzbekistana» nashrida e'lon qilindi. Quyida ushbu maqolaning to‘liq matni o‘zgartirishlarsiz keltiriladi.   «Yomon» jurnalistni kim himoya qiladi?  Ayrim to‘ralar uchun maddoh, o‘ngu so‘liga qaramasdan faqat maqtaydiganlar «yaxshi» jurnalist, haqiqatni ro‘yobga chiqarish uchun kamchilikni yozadiganlar esa «yomon» jurnalist sanaladi. Ammo aslida buzg‘unchi kim degan savolga bemalol o‘sha «yaxshi» jurnalistlar deb javob qaytarish lozim. Chunki ularning maddohligi oqibatida kamchiliklar tugatilmaydi, ular xaspo‘shlanadi va g‘ovlab ketadi. Natijada hamma soha rasvo bo‘ladi hamda bunday «yaxshilik»ning jamiyat va davlatga katta zarari tegadi. Sharl Monteskening so‘zlarini eslaylik: «Har bir fuqaro vatani uchun jon fido qilishga tayyor bo‘lmog‘i lozim. Ammo uni deb yolg‘on gapirmasligi kerak». Tomas Jyefferson esa boshqacha fikrda bo‘lmoqlikni vatando‘stlikning eng yuqori ko‘rinishi deb atagan edi.  Faqat erkin matbuotgina o‘z vazifasini to‘laqonli bajarishiga, hukumat va jamiyat o‘rtasida vositachi bo‘la olishga, aholi xabardorligini oshirishga va jamoat nazoratini amalga oshirishga qodir.  Mamlakatda erkin so‘z va erkin ommaviy axborot vositalari hukmron bo‘lishi bir qator omillarga bog‘liq. Ulardan birinchisi qonun ustuvorligidir. Qabul qilingan qonunlar ishlashi kerak. Har qanday sohada, jumladan, jurnalistik faoliyat bilan bog‘liq talablar buzilgan taqdirda, qonun amal qilmog‘i lozim. Ushbu omil bilan uzviy aloqada bo‘lgan ikkinchi muhim omil sud tizimining mustaqilligidir. OAV xodimlariga qilingan tahdid, u qayerdan va kim tomonidan bo‘lganligiga qaramasdan, sud tomonidan qonuniy ko‘rib chiqilishi shart. Hech kimning «telefon huquqi»dan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.  Erkin va to‘la, amalda mustaqil OAV bo‘lishning yana bir sharti kuchli fuqarolik jamiyati mavjudligidadir. Chunki jurnalist jamiyatdagi vaziyatni yaxshilash uchun harakat qilsa-yu, bu yo‘lda katta bir amaldor yoki kuchli ta'sir doirasiga ega bo‘lgan tashkilot unga qarshi chiqsa, jamoatchilik chetda tomoshabin bo‘lib turishi mumkin emas. Jurnalistning haqqoniy so‘zi deb, unga tazyiq o‘tkaza boshlanganda, fuqarolik jamiyati uning himoyasiga otlansa, o‘z manfaati yo‘lida harakat qilayotganlarning chekinishiga to‘g‘ri keladi. Erkinlikni bo‘g‘moqchi bo‘lganlar bundan keyin o‘z qadamini o‘ylab bosadigan bo‘ladi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillar amal qiladigan jamiyatlarda jurnalist qo‘rqmasdan nuqsonu kamchiliklarni ochib tashlaydi, mamlakat rivojiga to‘siq bo‘lgan holatlarni birma-bir qalamga oladi, ularga jamoatchilik e'tiborini qaratadi va umumiy ahvolning yaxshilanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Buning aksi bo‘lgan taqdirda jurnalistik tekshiruv olib borgan OAV xodimiga tahdid bilan cheklanmasdan, uning joniga qasd qilish holatlari ko‘plab uchraydi. Shu sababli jurnalist kasbi dunyodagi eng xavfli kasblar sirasiga kiradi.  Shu kecha-kunduz ushbu satrlar muallifiga bo‘lgan murojaatlar misolida o‘zimizda yuzaga kelgan ahvolga bir nazar tashlasak. Deyarli har kuni turli masalalarda kaminaga murojaatlar bo‘lib turadi. Masalan, hozir qo‘limda So‘g‘diyona mavzesidagi ko‘p qavatli turar joylar o‘rtasidagi bolalar maydonachasi o‘rnida yangi turar joy binosi qurilayotgani, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan hududda qurilish qilmoqchi bo‘layotganlarning noqonuniy xatti-harakati, Xalq qabulxonasi ishidagi kamchiliklar haqida shikoyat arizalari mavjud. Ular yuzasidan ish olib boryapman. Ammo hamma bilganlarimni ham ochiq yoza olmayman. Chunki bu va shu kabi boshqa ishlarning ortida shunday kimsalar turibdiki, jurnalistning bir o‘zi muammoni qonun doirasida hal qilishi va bu kurashdan eson-omon chiqishi mushkul. Axir, qonunni bila turib buzganlar anoyilardan emas-da!  Keyingi oylarda notariuslar, FHDYo, Xalq qabulxonalari ishi haqida matbuotda, internet nashrlarda, ijtimoiy tarmoqlarda qator tanqidiy fikrlar bildirildi. Adliya vazirligi masalani xolisona ko‘rib chiqish o‘rniga jurnalistlarni noto‘g‘ri axborot tarqatishda ayblagan holatlar ham bo‘ldi. Biz mamlakatimizda, jamiyatimizda yangilanish, o‘zgarish bo‘lishini xohlasak, tanqidni to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganishimiz kerak emasmi?  Odam qanchalik kuchli va yuqori ma'naviyatli bo‘lsa, u o‘zining kamchiliklariga shuncha e'tiborli bo‘ladi. Faqat beburd, uzoqni ko‘ra olmaydigan saviyasi past kimsagina o‘zini bekamu-ko‘st deb hisoblaydi. O‘ziga mahliyo bo‘lgan bunday kishilar yuqoriroq mansabda o‘tirganlarni maqtashdan o‘zini tiymaydi, pastroqdagilardan esa madh etilishini kutadi. «Buyuk kishilar hech qachon maddohlik qilmaydilar. Xushomad – mayda odamlarning ishi, ular o‘zlari havas qilgan atoqli shaxslarning hayotiy muhitiga kirib olish uchun yana ham maydalashishga tayyor kimsalardir», degan edi Onore de Balzak.  Biz avvalo o‘zimizning ichimizda, jurnalistlar hamjamiyatida tartib o‘rnatishimiz, o‘rtadagi yolg‘on, soxtakorlik, maddohlikni tugatishimiz lozim. 26 iyunda TV orqali namoyish etilgan «Munosabat» ko‘rsatuvida yangragan yolg‘on xususida ancha gapirildi va yana gapiriladi. O‘ta uyatli holning guvohi bo‘ldik. «Xalq so‘zi» va «Jamiyat» gazetalarining kattalari ko‘zlarini lo‘q qilib, «bizda majburiy obuna yo‘q, qani kim kimni majbur qilibdi, ayting», deya asabiylashganliklarini ko‘rib, kulishni ham, yig‘lashni ham bilmay qoldim. Shu ham gapmi?! Axir, viloyatlarda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilaridan boshlab pensionerlargacha, barcha tashkilotu muassasa xodimlari majburan obunaga tortilayotganligini yashirish mumkin emasku! Nega o‘sha mutasaddilar yolg‘on orqali o‘zini oqlashga intildi? Majburiy obuna haqida gapirish bilan cheklanmasdan, uning qanday o‘tkazilayotganligi va obuna bo‘lganlarga gazetayu jurnallar kvitansiya bo‘yicha yetkazib berilmayotganligi ustidan jurnalist tekshiruvi olib borish dolzarb muammo bo‘lib turibdi. Bir yil-ikki yil ishlab, majburiy obuna frontida «jonbozlik» ko‘rsatgan firmalar faoliyatini tekshirish ko‘p narsaga oydinlik kiritishi turgan gap. Eng avvalo, yig‘ilgan pullarning qanchasi xazinaga topshirilayotganligi, obunachilar soni haqida hokimliklarga berilayotgan ma'lumot qanchalik to‘g‘riligi aniq bo‘lardi.  Qurilish sohasida, tenderu kimoshdi savdolari o‘tkazilishi jarayonida, byujyetdan ajratilgan mablag‘lar hisobida turli mahsulotlar xarid qilishda shaffoflikni ta'minlash, shubhali hollarda jurnalist tekshiruvini olib borish korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim omillaridan hisoblanadi.  Professional tashkilot kimni himoya qiladi yoxud tanlovsiz «tanlovlar» To‘g‘riso‘z jurnalistni himoya qilishda demokratik davlatlarda professional uyushmalar katta jonbozlik ko‘rsatadi. Aslida ham bunday jamoat tashkilotlari korporativ manfaatni himoya qilish maqsadida tuziladi. Ular o‘z vazifalarini jurnalistika va jurnalistning muammosini hal etishda deb tushunishadi. Kasb etikasi talablarini buzgan jurnalistga tanbeh berish, uni nohaq hujumlardan asrash ham uyushma vazifasi sanaladi. Bizda-chi? Jurnalistlar ijodiy uyushmasini jamoat tashkiloti sifatida qabul qilish mumkinmi? Kerak bo‘lgan paytda uyushma jurnalistni himoya qiladimi yoki davlat amaldori aytganini bajaradimi? «Oltin qalam» va turli tanlovlarning natijalari har yili jamoatchilik orasida qancha gap-so‘z bo‘lishiga qaramasdan, bu yilgi tanlovlar ham qaysi mezonlar asosida o‘tkazilganligini hech kim bilmaydi.  Toshkentda ishlayotgan kasbdoshlarim bu yil talab o‘zgacha bo‘lishini, «Oltin qalam»ga maqolalarimni jo‘natishni taklif qilishdi. 10ta tanqidiy-tahliliy maqolalarimni tanlab, Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga shaxsan topshirdim. Ishonchim komilki, tanlov o‘tkazayotganlar maqolalarimni ochib ham ko‘rmagan. O‘sha tanishlarimdan birining aytishicha, u bechoralar ham nima qilsin: «tepa»ning topshirig‘ini bajargan. Tom ma'nodagi tanlov bo‘lganligini ham hech kim bilmaydi. Qani shaffoflik?  Tanlov shartida shunday so‘zlar bor edi: «milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy mushohada va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida «Oltin qalam» XII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi». Boz ustiga tanlov 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan edi. Endi xolislik bilan mushohada qilib ko‘raylik: tanlovda g‘olib deb topilgan qaysi muallifni erkin matbuot g‘oyalariga sodiq deb aytish mumkin? Kimda tanqidiy mushohada va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlar shakllanganligini ko‘rdik?  Demokratik mamlakatlarda e'tiborli tanlovlar jamoat tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladi. Davlat amaldorlari, ular devondami yo boshqa joyda ishlashidan qat'iy nazar, tanlov natijasiga ta'sir qila olmaydi. Ya'ni davlatning o‘zi tanlov o‘tkazib, o‘ziga qarashli nashru agentliklarni taqdirlamaydi. Taqdirlanganlar esa kasbdoshlari va jamoatchilik oldida obro‘yini yo‘qotadi. Toshpo‘lat Rahmatullayev Maddoh jurnalistu lattachaynar amaldor kimga ham kerak?
5Jamiyat
UzAuto Motors sof foydasi qariyb 70 foizga o‘sdi UzAuto Motors kompaniyasi sof daromadini qariyb 70 foizga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portaliga joylashtirilgan 2021 yilning birinchi yarmi bo‘yicha kompaniya moliyaviy hisobotida bu haqda so‘z boradi. Olti oy davomida avtoishlab chiqaruvchining sof foydasi 10,6 trln so‘mni (Mbning 1 avgustdagi kursi bo‘yicha 996,5 mln dollar) tashkil etdi. Bu 2020 yilning yanvar-iyun oylaridagi ko‘rsatkichdan 2,1 trln so‘mga kamroq. Mahsulotlar tannarxi 2,2 trln so‘mga kamayib, 8,4 trln so‘mni tashkil etdi. Asosiy faoliyatdan olingan foyda 393,6 mlrd so‘mga oshib, 1,06 trlln so‘mga yetgan bo‘lsa, asosiy xarajatlar 212,3 mlrd so‘mga kamayib, 1,1 trln so‘mdan iborat bo‘ldi. 178,9 mlrd so‘m miqdorida (2020 yil yanvar-iyunda 145,1 mlrd so‘m to‘langan) soliqlar to‘lanishi natijasida UzAuto Motors sof foydasi 902,6 mlrd so‘mni (84,6 mln dollar) tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 370,4 mlrd so‘mga (69,6 foiz) ko‘proq (532,1 mlrd so‘m) demakdir. Manba: Davlat statistika qo‘mitasi. Katta ehtimol bilan kompaniya sof foydasining o‘sishi olti oy ichida qariyb barcha hamyonbop avtomobil modellarini — Spark, Nexia, Gentra va Cobalt (Damas va Labodan tashqari) — ishlab chiqarishni 143 mingtadan 108,7 mingtaga (24 foizga) kamaytirgani va yaqinda narxlari oshgan Trailblazer, Tahoe, Malibu premium-segment avtomobillarini ko‘proq sotgani bilan bog‘liq. Mart oyida «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov qimmatbaho avtomobillar — Equinox, Malibu i Tahoe — sotuvidan tushgan daromadlar Spark va Nexia kabi arzonlashtirilgan modellarni sotishdagi zararlarni qoplayotganini tan olgan edi. «UzAuto Motors biznes modeli shunaqa qilinganki, iloji boricha ommaga moslashgan „byudjetnыy“ mashinalarga juda minimal daromad qo‘yilgan. Konfedensial tijoriy sirni ochayapman sizlarga, Spark, Nexia kabi mashinalarda [sotuvdan] daromad umuman yo‘q. Nafaqat daromad, balki yo‘qotish bor. Ommaga ko‘proq mashina yetkazish imkoniyatini yaratish uchun qimmat avtomobillarni kichik miqdorda daromadini baland qilib qo‘yamiz. Qimmat mashinadan olayotgan daromadimiz hisobiga arzon mashinadan yo‘qotayotgan pulni qoplayapmiz», — deya tushuntirgan edi u. Avvalroq Spot nashri UzAuto Motors eksportni o‘zgartirgani, kamroq avtomobil sotib, ko‘proq foyda ko‘rayotgani haqida yozdi. So‘nggi yillarda eksport qilinayotgan avtomobillarning o‘rtacha narxlari ikki barobarga — 4845 dollardan 9201 dollarga oshgan.
4Iqtisodiyot
Turkiya Ukraina donini eksport qilish muammosini hal qilish uchun favqulodda aloqa yo‘lagini yaratdi Turkiya Mudofaa vazirligi Ukrainadan g‘alla eksport qilish muammosini hal qilish doirasida favqulodda aloqa yo‘lagini ochdi, deya xabar berdi chorshanba kuni Anadolu agentligi. “Turkiya Milliy mudofaa vazirligi g‘alla inqirozidan chiqish uchun ‘qizil chiziq’ shakllantirish tashabbusi bilan chiqdi”, — deyiladi xabarda. Mudofaa vazirligi donli quruq yuk kemalari hali ham Ukraina portlarini tark eta olmayotganini, vaziyat Qora dengiz portlari hududidagi dengiz minalari tufayli murakkabligicha qolayotganini eslatdi. Ayni paytda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Ukrainadan g‘alla eksportini boshlash uchun portlarni minadan tozalash zarur emas, degan fikrni bildirdi. “Dengiz minalari joylashgan hududlar ma’lum. Xavfsiz yo‘laklarni yaratish mumkin va bu kemalarning hech qanday tahdidsiz harakatlanishiga imkon beradi”, — degan Chavusho‘g‘li. U Anqara BMTning Ukraina g‘allasini eksport qilish tashabbusi yuzasidan Moskvaning javobini kutayotganini yana bir bor ta’kidladi. Tashqi ishlar vazirning qo‘shimcha qilishicha, agar bu taklif umumiy qo‘llab-quvvatlansa, Istanbulda tafsilotlarni muhokama qilish uchun yig‘ilish tashkil etish mumkin. O‘tgan hafta Turkiya tashqi ishlar vaziri Anqara BMTning Ukraina g‘allasini eksport qilish rejasini amalga oshirish mumkin, deb hisoblashini aytgandi. Bundan oldin esa Bloomberg nashri o‘z manbalariga tayanib, Rossiya va Turkiya Ukraina g‘allasini Odessa porti orqali xavfsiz yetkazib berishni qayta tiklashi kerak bo‘lgan dastlabki kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edi. Manbalarga ko‘ra, BMT shafeligida Rossiya-Turkiya rejasining amalga oshirilishi Odessa viloyatidagi qirg‘oq suvlaridan minalardan tozalashga imkon beradi va don ortilgan kemalarning Qora dengizdan O‘rta Yer dengiziga xavfsiz jo‘natilishini kafolatlaydi. Turkiya dengiz hududini minalardan tozalash va eksport qilingan don kemalarini kuzatib borishda o‘z yordamini taklif qildi.
2Dunyo
AQSh sobiq prezidentining ukasi Jeb Bush tasodifan internetga 12 ming kishining shaxsiy ma’lumotlarini joyladi AQSh sobiq prezidenti kichik Jorj Bushning ukasi, Florida shtati sobiq gubernatori Jeb Bush mashhurlik ketidan quvib xatolik tufayli internetga 12 ming kishining shaxsiy ma’lumotlarini joyladi, deya xabar bermoqda “TASS”. AQSh prezidentligiga potensial nomzod o‘zining ochiqligi va texnik jihatdan puxtaligini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Saytga gubernatorlik lavozimida sakkiz yil davomida fuqarolar bilan olib borilgan yozishmalarni joylab, Jeb Bush o‘zi bilmagan holda hamsuhbatlarining shaxsiy ma’lumotlari — ism-shariflari, tug‘ilgan yillari va ijtimoiy sug‘urta kartochkalari raqamlarini ham ommaga oshkor etdi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu ma’lumotlar jinoyatchilar tomonidan firibgarlik maqsadlarida foydalanilishi mumkin. 12-fevral, payshanba kuni Jeb Bushning saytidan ma’lumotlarning katta qismi o‘chirib tashlandi — hozir u yerda bir necha yuzta hujjat qolgan. “Biz har bitta akkauntni tahrirlab chiqdik”, — dedi siyosatchining vakili.
2Dunyo
TECHNOSHOP – elektron maishiy texnikalarning barchasi bir joyda! TECHNOSHOP! Bu nom yangi emas, balki juda ko‘pchilikka tanish. 2013 yildan buyon Toshkent shahri va viloyatida TECHNOSHOP brendi ostida elektrotexnika va elektron maishiy jihozlar bilan savdo qiluvchi 8dan ortiq shoxobcha mijozlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ta'kidlash joizki, do‘konlar tarmog‘ining har bir shoxobchasi mijozlarning ijobiy tavsifi va e'tirofiga sazovor bo‘lib ulgurgan. Savdo do‘konlari xaridorlarga uy va ofislar uchun keng turdagi elektrotexnika uskunalarini taklif etadi. Bundan tashqari, xo‘jalik uchun didingizga mos, turli xildagi o‘ziga xos elektron jihozlarni bir joydan topa olasiz. Ko‘p brendli do‘konlar tarmog‘i tovarlarning sifati hamda iste'mol xavfsizligini ta'minlab kelayotgani bilan mijozlari orasida obro‘ qozonib ulgurgan. Firma sifatli maishiy elektron texnikalarning keng tanlovini doimo yuqori malakali maslahatchi-sotuvchilar vositasida taqdim etadi. Shu bilan birga, har bir sotilgan mahsulot uchun alohida servis xizmati ko‘rsatiladi. 2 dekabr kuni Toshkent shahrining yana bir aholi bilan gavjum mavzesida ko‘p brendli TECHNOSHOP do‘konining 9-shoxobchasi tantanali ravishda ochildi. Uning avvalida jonli musiqali shou tashkil etildi. Shundan so‘ng, qizil tasma kesilgach, do‘kon xaridorlarga o‘z eshiklarini ochdi hamda tashrif buyurganlar alohida chegirmalar va sovg‘alar bilan qarshi olindi. Firma rahbariyatining ma'lum qilishicha, kelgusida ham do‘konlar tarmog‘i mijozlariga qulayliklar taqdim etishda davom etadi. Misol uchun, shu yilning 10 dekabr kuni TECHNOSHOP tarmog‘ining 10-shoxobchasi Chirchiq shahrida ochilishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa, 2019 yilda respublikamizning boshqa viloyatlarida ham ochish ko‘zda tutilmoqda.  Tashrif buyuring, ko‘ring, taqqoslang va xarid qiling!  Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, 7-uy Mo‘ljal: Farhod bozori qarshisida, Oazis savdo markazi binosida
14Texnologiya
10 ming so‘mlik chaqaloqlar, fuqarolar urushi ostonasidagi Tojikiston, Hajga otlanganlar bilishi lozim bo‘lgan taqiqlar. O‘zbek matbuoti 7-mayda nimalar haqida yozgan? Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi. Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin. Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi. Dushanbening Shohidon maydonidagi muxolifat tarafdorlari, 1992-yil, may. 1932-yil 7-may kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan. 1962-yil 7-may kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan. Barcha markaziy gazetalarning birinchi sahifasidan o‘rin olgan xabar — O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Rahim Rajabov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat kotibi etib tayinlangan. Rahim Rajabov ushbu lavozimda ishlagan birinchi va so‘nggi amaldor hisoblanadi. “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha Haj safariga tayyorgarlik qizg‘in. Shu munosabat bilan “Movaraunnahr musulmonlari diniy boshqarmasi (hozirgi O‘zbekiston musulmonlari idorasi) fuqarolarning Saudiya Arabistoniga ziyoratini uyushtirishda yordam berish xususida O‘zbekiston hukumatiga murojaat qilgan”. Ushbu murojaat asosida Vazirlar Mahkamasi farmoyish qabul qilgan (diniy idora hukumatga bunday murojaat qilish sabablarini esa avvalroq prezident maslahatchisi Baxtiyor Nazarov tushuntirib bergan edi): “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha “Buni nafaqat Haj safariga tayyorgarlik ko‘rayotganlar, balki Saudiya Arabistoniga boruvchi barcha yo‘lovchilar bilishi shart” deyiladi “Toshkent oqshomi”dagi tagsarlavhada. O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Saidazim Oripovning ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistoniga, masalan, spirtli ichimliklar, xochlar (xochga o‘xshash buyumlar), qovurilgan va pishirilgan go‘sht (ayniqsa, cho‘chqa go‘shti), g‘ayridin xudolarning tasviri ishlangan suratlarni olib kirish taqiqlangan. “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha 2016-yildan keyingi davrda O‘zbekistondagi aeroport va vokzallarda namozxonalar tashkil etilishi katta voqea bo‘ldi. Vaholanki, bundan 30 yil avval ham shunday amaliyot bo‘lgan — Toshkent Janubiy vokzalida 20 namozxonga mo‘ljallangan namozxona ochilgani haqidagi “Vokzalda namozxona” xabari bunga dalil. “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha “Xalq so‘zi” gazetasida “‘Mitti qochoqlar’ni kim ushlaydi?” sarlavhali maqola berilgan. Maqola Namangan viloyatida yetim qolgan chaqaloqlarni farzandlikka berish tartiblarining buzilishi — oddiy qilib aytganda, chaqaloqlar savdosi haqida. “Hali yorug‘ dunyoga kelmagan chaqaloqlar ‘chopqillab qochib’ ketishyapti: Sovet rayoni tug‘uruqxonasidagi uch qiz va bir o‘g‘il bola tug‘ildiyu, jo‘nab qoldi. Mana, bir yildirki, ularni hech kim topolmaydi”. Maqolada ta’kidlanishicha, “ba’zi odamlar farzandlikka bola olish uchun 7—10 yil navbat kutadilar. Bugungi kunda Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limida 300 kishi farzand uchun navbatda turibdi. Tug‘uruqxonalarda esa yiliga 8—9 chaqaloq ‘egasiz’ bo‘ladi. Aslida esa...”. “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha Yana ikki yarim oydan so‘ng Barselonada 25-Yozgi Olimpiada boshlanadi. Unda MDH olimpiyachilaridan iborat Birlashgan jamoa tarkibida o‘zbekistonlik sportchilar ham qatnashadi. “Xalq so‘zi” O‘zbekistonndan kimlar musobaqada ishtirok etishiga qiziqqan. “Kuni kecha (O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat) komiteti rahbariyati musobaqalarda erishilgan ko‘rsatkichlarni hisobga olib, Barselonaga borishi mumkin bo‘lgan 21 nomzodni tavsiya qildi”, deydi qo‘mita ijroqo‘mi a’zosi Itskov. Nomlari keltirilgan sportchilar orasida keyinchalik O‘zbekiston iftixoriga aylangan Oksana Chusovitina va Artur Grigoryan kabilar bor. Ammo shu 21 kishining bari Olimpiadada qatnashishi hali to‘la kafolatlanmagan — Itskov buning sabablarini tushuntirgan (asosiysi, Chusovitina va Grigoryan Barselonaga borgan — ikkinchi bosqichda kurashdan chiqib ketgan Arturdan farqli o‘laroq, Oksana oltin medal egasiga aylangan). “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha Oldinga o‘tib shuni aytish mumkinki, Oksana Chusovitina jamoadoshlari bilan birga qo‘lga kiritgan oltin MDH termasining 45 oltindan biri edi — Barselona Olimpiadasida hech qaysi jamoa bunchalik ko‘p oltin medalni qo‘lga kiritmagan. MDHlik sportchilarning Olimpiadadagi natijalariga, albatta, havas qilsa arziydi. Ammo Olimipada arafasida MDHning turli mintaqalaridagi siyosiy vaziyatga havas qilib bo‘lmasdi. Masalan, 5-may kuni Qrim o‘z mustaqilligini e’lon qilgan: “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha Xuddi shu kuni Tojikiston prezidenti Rahmon Nabiyev “vaziyat g‘oyat keskinlashganligi munosabati bilan va jamoat tartibini ta’minlash maqsadida” Dushanbeda favqulodda holat e’lon qilib, komendantlik soatini joriy etgan; Dushanbe garnizonining barcha qismlari jangovar shay holatga keltirilgan: “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha Ammo favqulodda holat va komendantlik soatidan naf bo‘lmagan — muxolifat 5-mayning o‘zida televideniye va Prezident saroyini ishg‘ol qilgan, turli ma’lumotlarga ko‘ra, aeroport ham muxolifatchilar qo‘lida. “Tojikistonda oppozitsiya ham, hukumat tarafdorlari ham fuqaro urushi xavfi borligi haqida ogohlantirgan edilar. Chamasi, shu xavf yaqinlashib qoldi”, deb yozadi “Toshkent oqshomi” gazetasi “ITAR-TASS” axborotiga tayanib. Umuman olganda, o‘zbek gazetalari Tojikistondagi joriy vaziyatga katta e’tibor qaratgan. “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha Tojikistonga qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat ham dolzarb. Xabar berishlaricha, Pokiston Xalq milliy partiyasi Abdul Valixon Islomobod, Vashington va BMTga murojaat qilib, “mamlakatda qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ixtiyoriy ravishda iste’foga chiqqan” Afg‘oniston sobiq prezidenti Najibulloning xavfsizligini ta’minlashga chaqirgan. “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi
8O‘zbekiston
Sahobalardan go‘zal bir ibrat “Azon.uz” axborot-tahliliy portalida sahobalarning bizga ibrat bo‘luvchi xususiyatlari haqida hikoya qilindi. Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Hims ahlidan ularga baytulmoldan o‘z ulushlarini berish uchun faqir-miskinlar ismlarini yozib yuborishlarini talab qildi. Faqir-miskinlar ismlari yozilgan maktub yetib kelgach, unda Hims hokimi (Sa’id ibn Omir) ismi ham borligidan hayron bo‘lib qoldi. Bu qanday bo‘ldi, Hims hokimi bo‘la turib, miskinlar safida bo‘lsa-ya?! Xalifa Hims ahllaridan buni sababini so‘radi va ular voliy o‘z ulushi bo‘lmish barcha narsalarini faqir-miskinlarga infoq qilishini, “Nima ham qilardim, men ular uchun Alloh huzurida javobgarman!” deb so‘zlashini aytishdi. Xalifa ulardan: – Hokimning biron aybi bormi, – deya so‘radi. Ular: – Uchta aybi bor: Zuho vaqtigacha bizning oldimizga chiqmaydi. Kechalari uni hech ham ko‘rmaymiz. Haftada bir kun bizdan berkinib oladi, – deyishdi. Xalifa Sa’id ibn Omir (Hims hokimi)dan bu haqida so‘raganida, shunday javob berdi: – Aytganlari to‘g‘ri, ammo buning sabablari bor. Choshgohgacha ularga ko‘rinmasligim sababi, ahli oilam xizmatlari bilan mashg‘ul bo‘laman. Mening xizmatkorim yo‘q, ayolim esa betob. Kechalari ularga ko‘rinmasligim sababi esa, men kunduzni xalq hojatlari adosiga, tunni esa Robbim ibodatiga ajratganman. Haftada bir kun ko‘rinmasligim sababi shuki, o‘sha kuni kiyimlarimni yuvib, qurishini kutib o‘tiraman. Chunki, mening kiyishga boshqa kiyimim yo‘q. Sa’id ibn Omir roziyallohu anhuning javobini eshitgan xalifa, mo‘minlar amiri Umar roziyallohu anhu yig‘lab yubordilar. Sahobalar roziyallohu anhumdan Alloh rozi bo‘lsin! Ular tirik Qur’on edilar. Ular har bir ishda Alloh taolo rizosini istashar, Qiyomat kungi savol-javob mas’uliyatidan qo‘rqishar edi. Amirul mo‘minin shahar va viloyatlardagi miskin-faqirlarga zakot, fitr kabi sadaqotlarni adosi uchun so‘rab turishi, voliy-hokimning barcha ulushlarini kambag‘allarga tarqatishi biz uchun ibratdir. Hokimning aybi bor ekan. Bu shunday ayblar ekanki, ayblar taftish qilinsa, javobidan qalblar larzaga keladi. Bir joyning eng katta mansabdorining xizmatkori yo‘q, kiyimlarini o‘zi yuvadi, kasal ayoliga o‘zi qaraydi. Kunduzlari xalq uchun kuyib-yonsa, kechalari Robbi ibodatida qoim bo‘ladi. Birgina ust-bosh kiyimi bor, uni ham o‘zi yuvib, qurishini poylab o‘tiradi. Chunki, qalbida Haq taolodan qo‘rquv bor. Alloh oldida xalq mas’uliyatiga javob berishiga ishonadi. O‘zini emas, xalqini boy qilishni, o‘zining emas, faqir-miskinlarning yaxshi yashashini istaydi. Ishlar ko‘pligi u uchun bahona emas. Kechasi Haqqa ibodatini kanda qilmaydi. Malomatchining malomatiga aslo parvo qilmaydi. Qani edi bizlar ham shunday bo‘lolsak edi. Bizlar pul yig‘ishga, mansabdan manfaatlanishga, faqir-miskin holidan yetarli xabar olish, yordam qilishga beparvo bo‘lishga mubtalo bo‘ldik. Alloh holimizni O‘zi isloh qilsin. Sahobalardan O‘zi rozi bo‘lsin. Ular fe’llari bilan fe’llanish, ishlarini o‘zimizga ibrat qilish, faqir-miskinlarga mehribon yordamchi bo‘lish, oxirat jilosini dunyo tumtaroqlaridan ustun qo‘yish nasib qilsin! Sunnatulloh Abdulbosit
8O‘zbekiston
Bag‘dodda yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi Bag‘dod markazida 24-yanvar kuni portlovchi moddalar to‘ldirilgan avtomobilning portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, portlash shaharning an-Nahda tumanida yuz bergan. Iroqda mamlakatning bir qismini IShID jangarilari egallab olgani munosabati bilan, keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. Jangarilar tomonidan uyushtirilayotgan teraktlar va hujumlar oqibatida, odatda, tinch aholi vakillari qurbon bo‘ladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
2Dunyo
Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qo‘yiladigan texnik talablarga o‘zgartirishlar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 25-iyundagi 18/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2816, 2016-yil 26-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 30-son, 366-modda) bilan tasdiqlangan Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qo‘yiladigan texnik talablarga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Bankda (filialda) tashkil etilgan kassa tarmog‘i tarkibida quyidagi xonalar va kassalar bo‘lishi lozim: pul ombori; pul omborining old xonasi; kechki kassa xonasi yoki kechki kassaning pul ombori; inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilish xonasi; naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash kassasi; kirim kassasi, chiqim kassasi yoki kirim-chiqim kassasi; kassa xodimlarining shaxsiy buyumlarini saqlash hamda kassa xodimlari foydalanishlari uchun boshqa maishiy-xo‘jalik xonalari; bankning (filialning) naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya xizmati avtomashinalariga yuklash yoki tushirish uchun mo‘ljallangan inkassatsiya boksi (bundan buyon matnda inkassatsiya boksi deb yuritiladi). Bank (filial) binosining hajmi va unda xonalarning joylashishi inobatga olingan holda kirim kassasi, chiqim kassasi yoki kirim-chiqim kassasi mazkur Texnik talablarga muvofiq holda kassa tarmog‘idan alohida ham tashkil etilishi mumkin.”. 2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Kassa tarmog‘i va uning xonalari bankda (filialda) saqlanadigan naqd pul va boshqa qimmatliklarning hajmi kelgusida ortishini inobatga olgan holda, shuningdek yonmaydigan qurilish materiallaridan foydalanilgan holda qurilishi lozim. Kassa tarmog‘idagi xonalarni qaytadan qurish, o‘zgartirish va kengaytirish ishlari yong‘in xavfsizligi talablari asosida amalga oshiriladi. Bunda favqulodda vaziyatlarda insonlarni va moddiy boyliklarni bank (filial) binosidan xavfsiz evakuatsiya qilish uchun sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak.”. 3. 10 — 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Kassa tarmog‘ida kassa mudirining xonasi kirim va chiqim yoki kirim- chiqim kassa operatsiyalari amalga oshirilishini kuzatish imkoniyatini beradigan tarzda joylashishi kerak. 11. Kirim kassasi, chiqim kassasi yoki kirim-chiqim kassasiga ajratilgan maydon kassadagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishini ta’minlash hamda kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratib berishi lozim. 12. Kirim kassasi, chiqim kassasi yoki kirim-chiqim kassasining old tomoni kassa zaliga qaragan bo‘lishi kerak. 13. Mijozlarning kassa xonasiga erkin kirib borishining oldini olish maqsadida kirim kassasi, chiqim kassasi yoki kirim-chiqim kassasining kassa zali tomoniga mustahkam to‘siq o‘rnatilishi lozim. 14. Kirim, chiqim yoki kirim-chiqim kassa kassirlari tomonidan mijozlarga kassa xizmati ko‘rsatilayotganida, mijoz tomonidan kassa xodimining faoliyatini kuzatib turish uchun imkoniyat yaratilgan bo‘lishi lozim. 15. Kirim kassasi, chiqim kassasi yoki kirim-chiqim kassasining kassa zali tomoni mijoz tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olishi yoki topshirishi uchun sharoit yaratilgan holda jihozlanishi kerak. 16. Bankda (filialda) kirim kassasi, chiqim kassasi yoki kirim-chiqim kassasi alohida, yonma-yon joylashgan holda tashkil etilganda, mazkur kassalar naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi hamda daxlsizligini ta’minlash, shuningdek kassa operatsiyalarini nazorat qilish imkoniyati yaratilgan holda jihozlangan bo‘lishi kerak. 17. Kirim kassasi, chiqim kassasi yoki kirim-chiqim kassasi ichki va tashqi tomonidan qulflanadigan eni kamida 90 sm bo‘lgan eshikka hamda bank (filial) kassa tarmog‘ining boshqa xonalari bilan bog‘lab turuvchi alohida yo‘lakka ega bo‘lishi lozim.”. 4. 20-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20. Qayta sanash kassasi xonasining maydoni bitta xodimga kamida 4 m2 maydon to‘g‘ri kelishini hisobga olgan holda qurilishi lozim.”. 5. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “22. Kassa tarmog‘idagi pul ombori old xonasining maydoni kamida 6 m2 bo‘lgan pul omborining old xonasi bo‘lishi lozim.”. 6. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “24. Pul omborining eshigi surg‘uchlanishi talab etilganda, pul omborining old xonasiga surg‘uchni qizdirganda chiqadigan hidni tortuvchi maxsus moslama o‘rnatiladi.”. 7. 27 va 28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “27. Pul omboriga faqat pul omborining old xonasidan kiriladi. Bitta pul ombori old xonasidan bir nechta pul omboriga kirish mumkin bo‘lsa, ushbu pul omborining old xonasi barcha pul omborlari uchun old xona hisoblanadi. 28. Pul omborining maydoni kamida 10 m2, balandligi esa 2,5 m bo‘lishi lozim.”. 8. 33-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “33. Pul omborining shifti 20 sm qalinlikdagi yaxlit temir-beton qobiq va tashqi yopuvchi plitadan iborat bo‘ladi. Bunda, pul omborining shiftini tashkil etuvchi temir-beton qobiqqa, bank binosi (bino qavati) tomining og‘irligi tushmasligi kerak.”. 9. 43-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “43. Yo‘nalish bo‘yicha yig‘ib kelingan yoki uzaytirilgan ish kuni rejimida ishlovchi bank (filial) binosi va binosidan tashqarida joylashgan kassalardan tashib kelingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilish uchun kassa tarmog‘ida kechki kassa xonasi tashkil etiladi.”. 10. 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “44. Bankda (filialda) kechki kassaning pul ombori mavjud bo‘lmasa, kechki kassa xonasi kechki kassaning pul ombori vazifasini bajarishi mumkin. Bunda, kechki kassa xonasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar devorga yoki polga qotirilgan yonmaydigan seyflarda, seyf eshiklari qulflangan va muhrlangan holda saqlanishi shart.”. 11. 45-banddagi “Kechki kassa pul omborining old xonasi” degan so‘zlar “Bank (filial) kechki kassasining pul ombori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. 46 — 48-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 13. 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “55. Kassa tarmog‘i xavfdan ogoh etuvchi, qo‘riqlash signalizatsiya vositalari va yong‘indan xabar beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.”. 14. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublika Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya bilan kelishilgan.
10Qonunchilik
Iroq samolyotlari Mosul g‘arbida IShIDning 20 komandirini yo‘q qildi Iroq harbiy-havo kuchlari Mosul g‘arbida IShID guruhining 70 nafar jangarisini, shu jumladan, 20 komandirini yo‘q qildi. Bu haqda Iroq mudofaa vazirligi tarqatgan bayonotda aytildi, deb xabar beradi “TASS”. Zarba guruh komandirlarining Tall-Abta aholi yashash punktiga yaqin yerda o‘tayotgan yig‘ilishiga berildi. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
2Dunyo
Boris Jonson: “Putinga yon berish falokatli oqibatlarga olib keladi” Buyuk Britaniya bosh vaziri g‘arbdagi hamkorlar uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina masalasida yon berish falokatlarga olib kelishini ma’lum qildi. Bu haqda Independent xabar bergan. Nashr hukumat rasmiy vakilining Jonson Britaniya Vazirlar Mahkamasidagi nutqidan iqtibos keltirganini yozgan. “Hech kimning Putinga yon berishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak, bu falokatdan o‘zga narsani vujudga keltirmaydi. Sababi bu asossiz qilinayotgan zo‘ravonlik mukofoti deya qabul qilinishi, nafaqat Rossiya, balki uning ittifoqchilariga ham ta’sir ko‘rsatib, Buyuk Britaniyaning xavfsizligi va iqtisodiyotiga tahdid bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Britaniya bosh vazirining bayonotida. Shuningdek, Jonson Buyuk Britaniya Ukrainaga har tomonlama ko‘mak berishda davom etishini va’da qilgan. Britaniya hukumati rahbari xalqaro jamoatchilik tomonidan Ukrainaga yangi siyosiy, harbiy va moliyaviy yordam taqdim qilinishini ta’minlashini aytgan, nizodan charchash holatlari o‘sib borayotganidan ogohlantirgan. Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainadagi urush tugaganidan keyin Rossiyani kamsitmaslik kerakligi, aksincha uni izolyatsiyadan olib chiqishga harakat qilish kerakligini qayd etgandi.
2Dunyo
Afg`onistonlik futbolchi mamlakatdan qochayotib halok bo`ldi Futbol bo`yicha Afg`oniston yoshlar terma jamoasi a`zosi Zakiy Anvariy mamlakatdan qochishga uringanida halok bo`ldi. Bu haqda mahalliy jurnalistga tayanib Lenta.ru xabar bermoqda. Ma`lum bo`lishicha, sportchi C-17A samolyotining shassisiga osilgan kuyi mamlakatni tark etishga uringanlar orasida bo`lgan. Zakiyning tanasi bo`laklari shassi bo`linmasidan topilgan. 16 avgust kungi talato`plar chog`ida bir qancha afg`onistonliklar Kobul aeroportidan uchayotgan AQSh harbiy samolyotiga tashqi tomondan chirmashgan holda mamlakatni tark etishga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uchuvchi samolyotning shassisi yoki korpusini uzoq vaqt davomida ushlab tura olishmagan natijada ular katta balandlikdan erga qulab halok bo`lishgan.
2Dunyo
«Andijoncha spektakl» qahramonlari yangi uy bilan ta’minlandi Shu yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, «Andijoncha spektakl» nomini qozongan voqeaning 6 nafarishtirokchisi yangi uy bilan ta’minlandi. Bu haqda «Xalq so‘zi Online» xabar berdi. Ular Andijon viloyati hokimligi tomonidan prezident tashrifi munosabati bilan yangi uyga ko‘chirilganligini, davlati rahbarining tashrifidan so‘ng uy tortib olinganligi to‘g‘risida xabar bergan edilar. O‘z navbatida viloyat hokimligi ushbu 6 nafar ayollardan bir nafari kottej uy bilan ta’minlanganligini, qolgan 5 nafariga esa qurilishi davom etayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadonlar ajratilishini ma’lum qilgandi. Respublika mustaqilligining 28 yilligi arafasi Xurshida Tillayeva, Muyassar Rahimova, Dilfuza Teshaboyeva, Shohista Bakirova, Mehrinoz Abduvaliyeva, Hayriniso Ermatova yangi xonadonga ko‘chib o‘tdi. «Boshimdan ko‘p savdolar o‘tdi. Bu orada tushunmovchiliklar ham bo‘ldi. Bugun shu uyga ko‘chib kirgach, yelkamdan tog‘ ag‘darildi go‘yo. O‘zimni yengil xis qila boshladim. Qalbimdagi barcha g‘uborlar tarqab ketdi. Aslida boshimga tushgan shuncha tashvishdan so‘ng Rossiyaga ketishga ahd qilgan edim. Endi ko‘rib turganingizdek, uyim bor! Qolaversa, mahallamizda faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi rahbarlari yana ishga qaytishimizni so‘rashyapti. Uyim bo‘lganidan keyin, tayinli oylik maosh beruvchi ish joyim bo‘lsa, o‘zga davlatga ketishga hojat ham yo‘q», — deydi yangi uy sohibalaridan biri Muyassarxon Rahimova.
5Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining funksional vazifalari hamda Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi niz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Vazirlar Mahkamasining Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘n kun muddatda Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining funksional vazifalari va Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 23-fevraldagi 162-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. . Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisiga va Vazirlar Mahkamasining Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining (keyingi o‘rinlarda Maslahatchi deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi. 2. Maslahatchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi. 3. Maslahatchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Maslahatchining faoliyati sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalarini hal etishga yo‘naltirilgan. 5. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining a’zosi hisoblanadi. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi. 6. Maslahatchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 7. Maslahatchi Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) bevosita rahbarlik qiladi, Kotibiyat mudiri, shu’ba mudirlari va mutaxassislari ishini tashkil etadi. 8. Maslahatchi ushbu Nizomga muvofiq unga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahaliy ijro etuvchi xokimiyat organlari va respublikaning boshqa tashkilotlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi. 9. Maslahatchining mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. 10. Quyidagilar Maslahatchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda o‘rganish, sanoatdagi va kooperatsiya aloqalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish; 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi vazifalari, shuningdek, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolga sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalda bajarilishini ta’minlash; Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish; biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yo‘li bilan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish; respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga Davlat dasturi amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallar tayyorlanishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha Hukumatning, Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish; “Xalq bilan muloqot” amaliyotini va joylarda shaxsiy uchrashuvlarni takomillashtirish, Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini ta’minlash; Maslahatchining vakolatlariga tegishli bo‘lgan yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash; sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish konsepsiyalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini tashkil etish; Kotibiyatga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlash; Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilishini ta’minlash, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash; Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga kelayotgan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni pasaytirish; sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash; Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish bo‘yicha masalalar tayyorlanishi va ko‘rib chiqilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; ijro intizomi darajasi oshirilishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash; Kotibiyatda, shuningdek, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash. 11. Quyidagilar Maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi: a) yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati va geologiya sohasida: yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati va geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalari sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini ta’minlash; respublikaning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va kengaytirish, yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoatini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati, shuningdek, geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalarni, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tahlil qilish; elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalari sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish; elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalari sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallar asosiy turlarining yiriklashtirilgan moddiy balanslarini ishlab chiqish to‘g‘risida” 2019-yil 7-yanvardagi F-5422-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan neft, gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, qimmatbaho va rangli metallar, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va iste’mol qilishning moddiy balanslari bajarilishini va iste’molchilarni mahsulotlarning ko‘rsatib o‘tilgan turlari bilan ta’minlashni tahlil qilish hamda mutasaddi vazirliklar va idoralarning asoslangan taklif va murojaatlari asosida iste’molchilarning neft, gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, qimmatbaho va rangli metallar, mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan amaldagi ehtiyojlarini ta’minlash yuzasidan tegishli moddiy balanslar ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritish; mineral-xomashyo, jumladan, neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish orqali geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish; mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida ularning tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan turlari eksportini kengaytirish maqsadida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilish; uglevodorod xomashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xomashyo konlarini ochishni ta’minlashga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkil etish; geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni hamda neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash; yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son hamda “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qarorlariga muvofiq yer qa’ridan foydalanishni tahlil qilish; yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati sohasida boshqaruvning korporativ usullari joriy etilishi holatini, shu jumladan, davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqarishga berilishini, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qaroriga muvofiq tahlil qilish; ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tannarxini pasaytirishni nazarda tutib yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sohasida zamonaviy energiya jihatidan samarali texnologiyalar va uskunalar joriy etilishini tahlil qilish; yoqilg‘i-energetika, kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalari sohasida islohotlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5646-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga muvofiq amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil etish; yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati, shuningdek, geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalari sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish; b) mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoati, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida: mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoati, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishni va texnologik jihatdan qayta jihozlashni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishiga ta’minlash; qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlash masalalari bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash; qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoati tizimini takomillashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish; xususiylashtirish jarayonlariga, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoati tashkilotlarining ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarni xorijiy va mahalliy xususiy investorlarga sotish yo‘li bilan potensial investorlarni jalb etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va baholash; mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoati tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoatida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3028-son, “2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-noyabrdagi PQ-3388-son, “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son, “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 4-yanvardagi PQ-4090-son qarorlariga muvofiq islohotlar amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil etish; texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini tashkil etish, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish; sanoatning bazaviy tarmoqlari korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash tizimlari ishlashi va rivojlanishini tizimli o‘rganish va kompleks tahlil qilishni tashkil etish, ushbu sohada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, xalqaro standartlarni qo‘llash asosida, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish asosida texnik reglamentlarni ishlab chiqish, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish; v) mudofaa sanoatini rivojlantirish sohasida: “O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi va “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; asosan energiya samaradorligi yuqori va energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirishni tashkil etish; ishlab chiqarish salohiyatidan yanada to‘liq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan bog‘liq boshqa tarmoqlarning korxonalararo, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini ta’minlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish; mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish; harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida mavjud bo‘lgan va yangi, shu jumladan, qo‘shma, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilg‘or texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha ekspert baholashlarni chuqur o‘rganish va amalga oshirish; mudofaa sanoatiga xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan o‘tkazish, bunda xorijiy kapital ishtirokini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish; mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil qilish; marketing tadqiqotlari o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish; g) davlat moddiy zaxiralari sohasida: davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga tayyorlik holatini tizimli o‘rganish hamda tahlil qilish; davlat moddiy zaxiralarini jamlash, yangilash va ishlab chiqarish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlari bajarilishini doimiy nazorat qilish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish; davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tizimi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha davlat moddiy zaxiralariga bo‘lgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli o‘rganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; davlat moddiy zaxiralarining chiqarilgan tovarlar va mahsulotlarning sifati va miqdori bo‘yicha saqlanishini va o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash ishlari holati monitoringini va tahlilini ta’minlash; d) iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish sohasida: respublika import hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida hamda hududdagi mavjud resurslarni hisobga olgan holda hududda mahalliylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarning ro‘yxati shakllantirishini va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; sanoatning bazaviy tarmoqlari hamda hududlarda mavjud xomashyo bazasi va ishlab chiqarish salohiyatini inobatga olgan holda, aniq va maqsadli ko‘rsatkichlar asosida mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq va qisqa muddatli tasdiqlangan dasturlar o‘z vaqtida va samarali amalda bajarilishini ta’minlash; mamlakatda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarish borasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; mahalliy xomashyo resurslari negizida import o‘rnini bosadigan va ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari, dori-darmon vositalari, ishlab chiqarish-texnik ahamiyatli mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar bilan to‘ldirishni ta’minlaydigan korxonalar barpo etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qarori bilan tashkil etilgan Mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha komissiyaning faoliyatini muvofiqlashtirish; respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi va samaradorligini baholash natijalariga ko‘ra vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va hududlar mas’ullarini rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish taklifini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kiritib borish; e) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: biriktirilgan tashkilotlarning rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilishni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi muammoli masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun takliflar tayyorlanishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlarida bo‘lishi natijalari bo‘yicha Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijro etilishini tahlil qilish; vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa mas’ul tashkilotlar rahbarlarining Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risidagi batafsil axboroti, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini va ular Vazirlar Mahkamasi majlislariga muhokama qilish uchun kiritilishini ta’minlash; aniq faktlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyning o‘ziga chiqib jamoatchilik fikrini o‘rganish. 12. Maslahatchi yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etadi; Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejali masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi; yaqin, o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha konsepsiyalar, davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari” loyihalari tayyorlanishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi; Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari faoliyatiga aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimli baho beradi; Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi; Maslahatchi va Kotibiyatning ish yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning ijrosini nazorat qiladi; Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ushbu tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari bo‘yicha Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtiradi; o‘zining yuritishiga kiradigan masalalar bo‘yicha sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi; Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiyalari va vazifalarini vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi uchun ularga berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi; Maslahatchi yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida ishtirok etadi; Vazirlar Mahkamasiga tushgan, ular bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari talab etilmaydigan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi; Hukumat a’zolari bo‘lgan va Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi; biriktirilgan xo‘jalik boshqaruvi organlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan ma’qullanishi uchun belgilangan tartibda kiritadi; Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini ushbu lavozimlarga nomzodlarni tasdiqlash (tayinlash)ning belgilangan tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda tanlaydi va shakllantiradi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari ekspertizadan o‘tkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi; Kotibiyat mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rag‘batlantirish va intizomiy jazolash choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi; Kotibiyatda kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda tashkil etadi; Kotibiyat bosh mutaxassislarining vazifalari taqsimlanishini tasdiqlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini tashkil etadi; Maslahatchining yuritishiga kiradigan masalalar bo‘yicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi. Maslahatchi vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini Kotibiyat mudiri ijro etadi. 13. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha komissiyaga rahbarlik qiladi. 14. Maslahatchi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari bo‘yicha esa — boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Maslahatchi tomonidan yuritiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish; Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish; “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarish huquqiga ega. Maslahatchining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni puxta ishlash bo‘yicha talablari va topshiriqlari ularda belgilangan muddatlarda ijro etilishi kerak. Maslahatchi tomonidan yuritiladigan masalalar bo‘yicha uning vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda ijro etilishi shart. 15. Maslahatchi: uning vakolatiga kiritilgan tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha takliflar puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishi; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi; qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita Maslahatchining oldiga qo‘yilgan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi; Maslahatchi rahbarlik qiladigan ishlarning holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Maslahatchi yuritishiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash; shuningdek, Maslahatchi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha oliy darajadagi xorijiy tashriflar, respublika hududlariga safarlar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi; biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringini olib borish; joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda o‘rganish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks takliflarni ishlab chiqish; Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda eksport prognozi bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga va Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari respublikaning davlat manfaatlari, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liqlikda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun shaxsan javob beradi. 16. Maslahatchining faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyatning ish rejasi asosida tashkil etiladi. Kotibiyatning ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi. 17. Maslahatchining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish orqali, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi. 1. Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Kotibiyat faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy ta’minlashga yo‘naltirilgan. 3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi (keyingi o‘rinlarda Maslahatchi deb ataladi) rahbarligida amalga oshiradi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi. 5. Kotibiyat o‘z faoliyatini sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda sanoat xavfsizligi masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish; 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi vazifalari va o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalda bajarilishini ta’minlash; Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda o‘rganish, sanoat tarmoqlaridagi va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish; Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi masalalariga mutasaddi mahaliy ijro etuvchi xokimiyat organlari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yo‘li bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturi amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallarni keyinchalik Maslahatchiga taqdim etish uchun tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha Hukumatning, Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish; “Xalq bilan muloqot” amaliyotini va joylarda shaxsiy uchrashuvlarni takomillashtirish, Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; Kotibiyatning vakolatlariga tegishli bo‘lgan yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tayyorlash; sanoat tarmoqlarini va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish konsepsiyalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda puxta ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish uchun tayyorlash; Kotibiyatga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda olib borish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlash; Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash; respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish; sanoat tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va davlatning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishi tartibi va darajasini aniq tartibga solish orqali boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish; Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni pasaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; sanoatni va koopersiya aloqalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalarni Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish uchun tayyorlash; Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish bo‘yicha masalalarni Maslahatchining ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; ijro intizomi darajasini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash; Kotibiyatda, shuningdek, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. 7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati va geologiya sohasida: yoqilg‘i-energetika sanoatini, atom energetikasi va muqobil energetikani rivojlantirish yuzasidan: yoqilg‘i-energetika sanoatini, atom energetikasi va muqobil energetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tayyorlash; yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga hamda ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yo‘naltirilgan barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish; yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillar davrida “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3372-son, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son hamda “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qarorlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni va neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash; geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va uglevodorod xomashyo qazib olish hajmlarini ko‘paytirish hamda uglevodorodlar xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturlari, respublikaning istiqbolli mintaqalarida ularni qazib olish ishlari rejalari amalga oshirilishini tahlil qilish, konlarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish hisobiga o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar amalga oshirilishini tahlil qilish, shuningdek, ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash; yuqori qo‘shilgan qiymatli, jahon va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror bo‘lgan raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida uglevodorod xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar amalga oshirilishini ko‘rib chiqish va tahlil qilish, ushbu maqsadlarda xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda uglevodorod xomashyo qazib olishni ko‘paytirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 9-martdagi PQ-2822-son qarori doirasida ular amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlash; uglevodorod xomashyo va yoqilg‘i-energetika resurslari ishlab chiqarish va iste’mol qilishning muhim balanslari bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish; yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, generatsiyalovchi quvvatlar va energiya tarmog‘i obyektlarini, shu jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar, texnologiyalarni almashtirish, energiyaning atom va muqobil manbalaridan, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida foydalanish bo‘yicha sinovdan o‘tgan texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yuzasidan takliflarni puxta ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son Farmoniga muvofiq atom energetikasini rivojlantirishning, shu jumladan, atom energiyasidan va tiklanadigan energiyadan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; atom fanini va yadro texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalari amalga oshirilishini, ilg‘or texnologiyalar ishlab chiqarishga joriy etilishini tahlil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni talablaridan kelib chiqib daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalari va radiatsiya avariya vaziyatlarining oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda respublika obyektlarining radiatsiya va yadro xavfsizligi tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va tayyorlash; Xalqaro atom energiyasi agentligi, Atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati, Qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha xalqaro agentlik va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik hamda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha takliflar tayyorlash; atom energetikasi va qayta tiklanadigan energetika sohasiga xorijiy investitsiyalar hamda ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlik bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularni tahlil qilish; tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini joriy etish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; ijtimoiy soha obyektlarini va respublika aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida past voltli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish; elektr va gaz tarmoqlarini, elektr va gaz taqsimlash uskunalarini, hisobga olish priborlarini modernizatsiyalash, yangilash, kapital va joriy ta’mirlash tadbirlari bajarilishi natijadorligini, shuningdek, respublika iste’molchilariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmlarini tahlil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-son qaroriga muvofiq energetika balansi tarkibida gidroenergetika ulushini ko‘paytirish maqsadida respublika gidroenergetika salohiyatini kompleks o‘zlashtirish asosida gidroenergetikani rivojlantirish dasturlari, shuningdek, yirik, o‘rta, kichik va mikro-gidroelektrstansiyalarni loyihalashtirish va qurish sohasida ilg‘or ilmiy-texnik yechimlar asosida yangi gidroelektrstansiyalarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tahlil qilish; yoqilg‘i-energetika kompleksida, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda, jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish; importning o‘rnini bosishni hamda ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan to‘ldirishni ta’minlaydigan mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalarini amalga oshirish; yoqilg‘i-energetika tarmog‘i, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ekspluatatsiya kiluvchi tashkilotlarni vertikal boshqarish tezkorligini va ularning ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qog‘ozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish bo‘yicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish; korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va neft-gaz, elektroenergetika tarmoqlarida yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; kimyo va neft-kimyo sanoati yuzasidan: kimyo va neft-kimyo sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va axborot berish uchun tayyorlash; kimyo tarmog‘ining, birinchi navbatda, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarini tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish; jahon bozorlarida va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida kimyo tarmog‘ining tayyor eksportbop mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirishni tahlil qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish; manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish; yagona texnik siyosatni olib borish, kimyo va neft-kimyo ishlab chiqarishlarini, jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalarni almashtirish orqali modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash; yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan samarali zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari tannarxi pasaytirilishini tahlil qilish; kimyo va neft-kimyo sanoatida, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qarori doirasida tasdiqlangan maqsadli parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish; importning o‘rnini bosishni hamda ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan to‘ldirishni ta’minlaydigan mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; kimyo tarmog‘i tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qog‘ozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yo‘naltirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish bo‘yicha tadbirlar tizimli va kompleks amalga oshirilishini tahlil qilish; korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori texnologik kimyo ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ek
10Qonunchilik
Pokistondagi to‘yda o‘ldirilgan 24 yoshli qo‘shiqchi Samina Samunning qotillari politsiyachilarning hamtovog‘i bo‘lib chiqdi Pokistonning Sind viloyati Larkan shahridagi to‘yda raqsga tushishdan bosh tortgani uchun otib tashlangan qo‘shiqchi Samina Samunning qotillari politsiya bilan tili bir bo‘lib chiqdi, deb yozadi “Hordiq” gazetasi. Natijada ular jazosiz qoldi. O‘sha kuni politsiyachilar voqea joyiga yetib kelgan. Lekin qotillarni bezovta qilmagan. Aksincha, hofiza bilan to‘yda xizmat qilgan mashshoqlarni qamab qo‘ygan va to‘yda ishlab topgan pullarini tortib olgan. Bundan norozi bo‘lgan larkanliklar esa ko‘plashib politsiya mahkamasi binosi yoniga keldi-yu, o‘tirgan holda norozilik aksiyasi o‘tkaza boshladi. Ularning talabi bitta. Qotillarni qamoqqa olish va qilmishiga yarasha jazo tayinlashdan iborat edi. Oradan hech qancha o‘tmay, aholi vakillari internetdagi ijtimoiy saytlarda shu haqdagi haqiqatni chop eta boshladi. Ular safiga yozuvchi Oysha Sarvariy qo‘shildi. U ham Larkanda ayollarni axlat o‘rnida ham ko‘rmasliklari, ayol qanchalar razolat botqog‘iga botib ketganini o‘z bitiklarida ko‘rsatib berdi. Shuning natijasida marhumaning tarafdorlari ko‘paygandan ko‘paydi. — Men politsiyachilarning ikki qotilga qanday munosabat yuritganini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim, — deydi marhum hofizaning eri Oshiq Ali. — Go‘yo ular jinoyatchi, qotil emas, aksincha boobro‘ odamlar kabi hurmat-izzatda bo‘ldi. Yozuvchi Oysha Sarvariyning fikricha, hukumat rahbarlari bunday jinoyatlarni shafqatsizlarcha jazolashga o‘tishi lozim. Aks holda oxiri voy bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli homilador Samun to‘yda qo‘shiq kuylayotgan edi. Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, bir erkak qizga to‘pponcha o‘qtalib, o‘tirib kuylash o‘rniga, o‘rnidan turib, raqsga tushishni buyurgan. Samun o‘rnidan turgan, ammo raqsga tushishdan bosh tortgan, shunda erkak uni otib tashlagan.
2Dunyo
“Lokomotiv” — “Al-Hilol” 2:1. Matnli onlayn Bugun, 24-may kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi dastlabki chorak finalchilari nomi ma’lum bo‘ladi. Nimchorak final javob uchrashuvlari doirasidagi bir o‘yin Toshkentda — Toshkentning “Lokomotiv” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bir hafta avval Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan bahs 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakuniga yetgan edi. 24-may, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida boshlanadigan bahs chorak finalga kim chiqishini aniqlab beradi. “Daryo” internet-nashri “Lokomotiv” — “Al-Hilol” uchrashuvidan matnli onlayn uyushtiradi.
13Sport
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda jalb qilingan 72 mingdan ortiq xodimga 241,3 mlrd so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘landi Moliya vaziri Timur Ishmetov Davlat budjetining 2020-yilning 1-yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisidagi ma’ruzasida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga Inqirozga qarshi jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lar yuzasidan ma’lumot berdi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda. “Ushbu sohada amalga oshirilgan xarajatlarning 724 milliard so‘mi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hissasiga to‘g‘ri keldi. Shundan koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning 72 001 nafariga 241,3 milliard so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘landi. Ushbu to‘lovlardan: Bundan tashqari, davolash muassasalari va karantin zonalarida fuqarolarni va ularga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarni saqlash xarajatlari, shaxsiy himoya va dezinfeksiya vositalari, test diagnostikumlari, dori vositalari va tibbiy texnika vositalari, transport vositalarini xarid qilish, jamoat joylarini dezinfeksiya qilish va boshqa tadbirlar uchun jami 357,4 milliard so‘m ajratildi. Jumladan: Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan tadbirlariga jami 1,6 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani ma’lum qilingandi.
8O‘zbekiston
Saudi Aramco dronlar hujumidan keyin 300 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin – OAV Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining Abqayq va Xuraysdagi obektlariga dronlar hujumidan keyin kompaniya IPO’si savol ostiga qo‘yilmoqda va boshqa sanaga ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar berdi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, agar yangi hujumlar xavfi saqlanib qolinsa, Saudi Aramco’ning bahosi 300 mlrd dollarga kamayishi mumkin.   WSJ’ning ta'kidlashicha, kompaniyaning narxi hujumgacha ham saudiyalik amaldorlar o‘rtasidagi kelishmovchilikka sabab bo‘layotgandi. Xususan, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va uning moliyaviy maslahatchilari IPO oldidan kompaniyani 2 trln dollarga baholash mumkinligini ta'kidlashgan bo‘lsa, bir qator bankirlar va kompaniya boshqaruvining bir qismi 1,5 trln dollar haqida gapirish to‘g‘riroq bo‘lishini aytishgan. Hozir vaziyat shunday tus olmoqdaki, kompaniyaning yo‘qotishlarini hujumlardan keyin yuz bergan inqiroz sababli neft narxi keskin ko‘tarilishi ham kompensatsiya qila olmaydi. Bu orada Ar-Riyodda hujumlar takrorlansa, harbiylar ularni qaytara olishiga to‘liq kafolat yo‘qligi tan olinmoqda. Hujumlar uchun javobgarlikni yamanlik husiylar o‘z zimmasiga olgan. Biroq AQSh davlat kotibi bunda Eronni ayblagan. Hujumlardan keyin Saudi Aramco neft qazib olishni 5,7 mln barrelga qisqartirishga majbur bo‘lgan. Bu esa podshohlik oladigan bir kunlik neftning yarmini tashkil qiladi. Buning ortida Brent nefti narxi 14 foizga ko‘tarilib ketib, 71,62 dollargacha yetgan. Husiylar avval ham Saudiya Arabistoni neft obektlariga dronlar yordamida hujumlar amalga oshirishgan. Jumladan, may oyida ular Qizil dengizdagi neft quvuriga shikast yetkazishgan, avgustda esa Shaybahdagi konga hujum qilishgan. Biroq o‘shanda kompaniyaning yo‘qotishlari sezilarsiz deb baholangan.
2Dunyo
Eron xorijiy kompaniyalar bilan yangi shakldagi neft shartnomalarini imzolaydi Joriy yil oxiriga qadar Eron bir qator xorijiy kompaniyalar bilan neft-gaz sohasida yangi shakldagi shartnomalar imzolaydi. Bu haqda, Shana agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda. Eron neft vaziri Bejan Nomdor Zangonaning bildirishicha, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan yangi qoidalar neft va gaz chiqarish sohasida shartnomalar imzolash tartibini yo‘lga qo‘yadi, tomonlarning huquq, majburiyat va ma’suliyatini, shuningdek, moliyaviy munosabatlarini aniqlab beradi. Ular ilgarigi normativ aktlardan keskin farq qiladi. Xususan, 150 katta-kichik o‘zgartishlar kiritildi, mavjud 11 moddaga yana to‘rt modda qo‘shildi. Loyiha ikki yil davomida tayyorlanib, parlamentda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. Zangonaning ta’kidlashicha, ko‘pgina chet el kompaniyalari Eron neft loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda.
2Dunyo
Paynet savdo belgisi ostida aholidan to‘lovlarni qabul qilish to‘xtatilmaydi Bir necha yillardan buyon faoliyat olib borayotgan ​UzPaynet​ MChJ tugatiladi va Xalq bankida jismoniy shaxslardan yetkazib beruvchilar oldidagi o‘z pullik majburiyatlarini bajarish uchun to‘lovlar qabul qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma tuziladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilmoqda. Xalq banki va «Mikrokreditbank»ining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan Xalq banki va Mikrokreditbankni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga qishloq joylarida oilaviy va kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik va quyon yetishtirishni rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik berishda mazkur banklar bilan hamkorlikni kengaytirish topshirildi. Qarorga muvofiq, UzPaynet​ MChJ tugatiladi va Xalq bankida jismoniy shaxslardan yetkazib beruvchilar oldidagi o‘z pullik majburiyatlarini bajarish uchun to‘lovlar qabul qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma tuziladi. UzPaynet yuristining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, endilikda Xalq banki ta'sisidagi Paynet brendi ostida avvalgi to‘lov xizmatlari davomiy ko‘rsatiladi.  «Hozirgi vaqtda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekistonda PAYNET faoliyati to‘xtatiladi» mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. UZPAYNET kompaniyasi shuni ma'lum qiladiki, PAYNET savdo belgisi ostida aholidan to‘lovlarni qabul qilish faoliyati to‘xtatilmaydi», deydi yurist.
8O‘zbekiston
Tojikistonda millatiga ko'ra kamsitishga qarshi qonun qabul qilindi Tojikiston adliya vaziri Muzaffar Ashuriyon parlament tomonidan fuqarolar huquqlari poymol etilishiga qarshi qonun qabul qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi. Yangi qonunga ko'ra, millati, dini yoki tiliga ko'ra kamsitilgan har qanday shaxs sudga murojaat qilishi mumkin. Vazirning ta'kidlashicha, kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi qonun aholi o'rtasida teng imkoniyatlar yaratish uchun huquqiy asos yaratadi. “Kamsitish – irqi, rangi, kelib chiqishi, tili, dini yoki e'tiqodi, shuningdek, nogironligi, yoshi, fuqaroligi, ijtimoiy yoki boshqa mavqeiga ko'ra huquqlarni poymol qilishdir”, deydi vazir. Qonunning amal qilish doirasi tashkiliy-huquqiy shakllari va faoliyatidan qat'i nazar, barcha davlat hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar, jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan qo'llaniladi. “Kamsitishga duchor bo'lgan har qanday shaxs yoki shaxslar guruhi o'z huquqlarini himoya qilish, shuningdek, kamsitish natijasida yetkazilgan har qanday zararni tegishli, adolatli yoki qoniqarli qoplashni so'rab sud va boshqa davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega”, — ta'kidlagan Ashuriyon. U davlat tenglikni himoya qilishni kafolatlashini va kamsitishning barcha shakllariga barham berish dasturlarini amalga oshirishini aytgan. Avvalroq Tojikistonda tadbirkorlik faoliyatini tekshirish taqiqlangandi. Shuningdek, mamlakatdan 40 dan ortiq etnik qirg'izlar chiqarib yuborilgandi.
2Dunyo
O‘zbekistondagi dori vositalari bir qator xorij davlatlariga eksport qilinmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari bilan "Aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta'minlash tibbiyot tizimida o‘tkazilayotgan islohotlarning bosh maqsadlaridan biridir" mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlar sifatining talabga javob berishi qay darajada ekanligi bilan qiziqishdi.  Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, respublikamizdagi 147 ta ishlab chiqarish korxonalarida sifat nazorati yo‘lga qo‘yilgan. Har bir dori vositasi yoki tibbiyot buyumi mavjud 8 ta mustaqil sertifikatlash tashkiloti tomonidan sertifikatlanishi ta'kidlandi.  Shuningdek mahalliy dori-darmonlarning yuqori sifati ularni bir qator xorijiy mamlakatlar - AQSh, Fransiya, Germaniya, MDH va qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish imkonini berayotganiga e'tibor qaratildi.  Shuningdek, shifoxonalar binosi oldida dorixonalarning bo‘lishi yomon ko‘rsatkich ekanligi, bu shifoxonada zarur dori vositalarining yetishmasligini tan olishlikdan dalolat berishi haqida fikr bildirildi. Shifoxona yonida dorixona bo‘lgandan ko‘ra tibbiyot muassasasining o‘zida bu dori vositalari va tibbiyot buyumlarining bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘lishi ta'kidlandi.  Dorixonalarda elektron xizmatlarning yo‘lga qo‘yilishi borasidagi savolga, vazirlik vakili qonunga ko‘ra, dori vositalarining Internet orqali sotilishi mumkin emasligini qayd etdi. Umuman dorilarning shifokor retseptisiz berilishiga salbiy munosabat bildirildi, zero har bir dori shifokor belgilagan dozada va tartibda qo‘llanishi kerak. Shu o‘rinda rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasiga to‘xtalib o‘tildi - xorijda dori vositalari dorixonalardan qo‘yib yuborilishidan avval ma'lumotlar bazasidan haqiqatda shifokor aynan shu dorilarni ko‘rsatilgan dozada belgilaganmi yoki yo‘q - ko‘zdan kechiradi. Kelgusida bizning yurtimizda ham shunday tizimlar yo‘lga qo‘yilishiga umid bildirildi.  Shuningdek respublikamizda ko‘chma dorixonalar tashkil etilayotgani, ularning har biri konditsioner, muzlatgich kabi zarur texnik qurilmalar bilan ta'minlangani qayd etildi.  Bundan tashqari, O‘zbekistonda yangi, dunyoda o‘xshashi yo‘q original dori vositalari yaratilayotgani ta'kidlandi.
4Iqtisodiyot
Taniqli futbol sharhlovchisi va jurnalist Xayrulla Hamidov yana televideniyega qaytdi Bugun soat 21:00 da «Sport» teleradiokanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efiri orqali uzatiladigan Italiya «A» Seriyasining yangi mavsumi birinchi turi uchrashuvlaridan biri — «Yuventus» - «Kalyari»ni Xayrulla Hamidov sharhida tomosha qilishingiz mumkin. Sharh mobaynida Xayrulla Hamidov telekanal direktori Zohid Karimov bilan tandemda bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Xayrulla Hamidov 1999–2006 yillarda ham «Sport» telekanalida faoliyat ko‘rsatgan va o‘zining sharhlari va teleko‘rsatuvlari bilan futbol muxlislari o‘rtasida shuhrat qozongan edi.  Biz ko‘p ming sonli futbol ishqibozlari nomidan jurnalistning o‘zining sevimli ishi bilan shug‘ullanishi va kelgusidagi mehnatlarida zafarlar tilaymiz.
13Sport
Rossiyada ikki yoshli qizcha bir necha kun buvisining jasadi bilan birga yashadi Rossiyaning Ulyanovsk shahrida ikki yoshli qizcha bir necha kunni uyda marhum buvisi bilan birga o‘tkazdi, deb yozadi “RIA Novosti”. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. Hudud prokurori yordamchisi Vasiliy Zima ma’lumotlariga ko‘ra, ikki yoshli bolani yolg‘iz ona tarbiyalagan. U ishlash uchun Turkiyaga ketgan va qizini buvisiga qoldirgan. Ammo taxminan 17-iyul kuni keksa kampir vafot etgan. Chet eldagi ayol u bilan bog‘lana olmagan va uyga qaytishga qaror qilgan, u yerda esa o‘lik onasini va stress holatidagi qizini topgan. Shu bilan birgalikda, Ulyanovsk viloyati gubernatori Sergey Morozov demografik kengashda ma’lum qilishicha, jabrlanuvchi qizcha uch yoshda bo‘lgan va u o‘lik buvisi bilan birga besh kun yashagan. Bundan tashqari, uning axborotiga ko‘ra, bolaning onasi Turkiyaga ishlashga emas, dam olishga ketgan.
2Dunyo
Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1836 nafarga yetdi 25 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1836 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi. Bosh davlat sanitariya nazoratchisi Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Toshkentdagi uchta tibbiyot muassasasida 314 kishi davolanmoqda, ulardan 77 nafarida klinik pnevmoniya belgilari mavjud. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 103 bemor davolanmoqda, 30 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 66 bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 145 bemordan 47 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 3 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti. Hozirgi vaqtga kelib, 85 ming fuqaro karantin muddatini statsionar va uy sharoitida o‘tayapti, dedi Nurmat Otabekov. Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 621 kishini tashkil etmoqda. Sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ma’lumot uchun, AQSHdagi Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab 2,79 milliondan ziyod odamlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bundan 781 382 nafari infeksiyadan sog‘aygan, 195 920 nafar bemor vafot etgan.
11Salomatlik
Qashqadaryoda chempion Elbek Rahimov o‘ldirilgani yuzasidan 26 nafar shaxsga nisbatan sud boshlandi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 2021-yil 17-avgust kuni ushu-sanda bo‘yicha jahon chempioni, MMA jangchisi Elbek Rahimov o‘ldirib ketilgandi. Sud axborot xizmati rahbari Farhod Tilovov “Daryo”ga holat yuzasidan ochiq sud boshlanganini ma’lum qildi. Elbek Rahimov (chapda) Qayd etilishicha, 6-yanvar kuni Qashqadaryo viloyat sudida sudlanuvchi T.A. va boshqalar (jami 26 shaxs) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud boshlangan. Jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat sudi sudyasi F.Yusupov raisligida ko‘rilmoqda. Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam o‘ldirish), 28,104 (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 104, 105 (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 109 (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 127 (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish), 28,137 (odam o‘g‘irlash), 137, 169 (o‘g‘rilik), 210 (pora olish), 28,211 (pora berish), 230 (aybsiz kishini javobgarlikka tortish), 238 (yolg‘on guvohlik berish), 241-1 (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish), 28,277 (bezorilik) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Sud 2022-yilning 13-yanvar kuniga qadar tanaffus e’lon qilgan. Eslatib o‘tamiz, sport ustasi Elbek Rahimov 17-avgust kuni soat 09:45 da ko‘p qavatli uydagi xonadoni oldida bir guruh shaxslar tomonidan o‘ldirib ketilgan. “Yigitni avvaliga rosa do‘pposlashgan. So‘ngra pichoqlab, yarimjon holatda mashinaga tiqib olib ketishgan. Marhumning jasadi Chiroqchi tumanining Yettitom qishlog‘idan topilgan”, — degan “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manba. Sodir bo‘lgan mudhish qotillik haqida gapirgan voqea guvohlari 102 qisqa raqamlariga xabar berilganidan so‘ng, IIB xodimlari voqea joyiga 40-45 daqiqada yetib kelganini, shu bois qotillikning oldi olinmaganini aytgan. “102 ga shaxsan o‘zim uch marta qo‘ng‘iroq qildim. Xo‘p, ariza qabul qilindi, yozib oldik, deya menga qo‘pollik qilishdi. Ular kelishganda esa, bezori bolalar yigitni yarimjon holatda mashinaga tiqib olib ketishgandi”, — degan guvohlardan biri.
8O‘zbekiston
Toshkentda bir necha kun mobaynida yuk mashinalari harakati cheklanadi Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahri ko‘chalarida 31-dekabrdan 2-yanvarga qadar yuk mashinalari harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. “Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahrining bir qator hududlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bayram kunlari shahrimiz aholisi va mehmonlarining ko‘ngilli xordiq chiqarishlarini va xavfsizliklarini ta’minlash hamda yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish maqsadida 2019-yil 31-dekabr, 2020-yil 1—2-yanvar dam olish kunlari poytaxtimizning markaziy va ichki ko‘chalarida yuk avtomobillarining (oziq-ovqat mahsulotlari tashuvchi yuk avtomobillaridan tashqari) harakatlanishini cheklash yuzasidan hujjat loyihasi ishlab chiqilayotganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabarida.
8O‘zbekiston
Beyl madridliklar safiga qo‘shiladimi? Tottenxem o‘zining vazmin, lekin qat’iy qarorini bildirdi: “Beyl Tottenxem Spursdan ketmaydi. Va bu yerda boshqa gaplashiladigan gap ham qolmadi”. www.mirror.co.uk Madridliklarning keyingi mavsum transferi uchun ko‘zlagan eng katta nishoni Beyl edi. Ingliz klubi prezidenti Real Madrid’ning  Garet Beylga bo‘lgan qiziqishiga shu tariqa javob bergan va uelslik futbolchi Londonda qolishini ta’kidlagan. Bu haqda klub bosh murabbiyi Andre Villash-Boash ma’lumot bergan. Villash-Boash  “Jamoa prezidenti Beylning biz bilan qolishiga va’da berdi” deb ishonch bilan so‘zlagan. Lekin, “Bularning  barchasi o‘yinchining narxini hozirgisidan-da ancha yuqoriroqqa ko‘tarish uchun qilinyapti” deydi Ispaniyaning  Marca nashri. www.rushtravel.org Real prezidenti hozircha bu shartnoma haqida gapirmayapti. Bu bilan u Beylning transfer narxi ko‘tarilib ketishining oldini olmoqchi. Beylning sotilmasligiga boshqa yana bir sabab esa Parij bilan bog‘liq. Jamoa prezidenti Villash-Boashning PSG’ga o‘tib ketish ehtimolini yo‘qqa chiqargandi. Bundan maqsad esa, bosh murabbiy Garet Beyl atrofida kuchli jamoa shakllantirishi kerak bo‘lgan. Beylni madridliklar safida ko‘rishni xohlarmidingiz? Manba: Ispaniyaning Marca nashri
13Sport
Qozog‘iston klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19 vaksinasini sotib olmoqchi emas Qozog‘iston klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19 vaksinalarini sotib olmaydi. Tengrinews’ning xabar berishicha, bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Bagdat Kojahmetov ma’lum qildi. “Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar barcha tegishli xalqaro sertifikatlardan o‘tganidan keyingina sotib olinadi. Mutaxassislarimizning aytishicha, eng yaxshi laboratoriya natijalari uchinchi bosqichda bo‘ladi. Yana to‘rtinchi bosqich ham bor, ammo ungacha hali hech kim yetib bormagan. Faqat shundan keyingina xalqaro sertifikatlash jarayoni bo‘lib o‘tadi, u qaysi mamlakatda bo‘ladi va qaysi laboratoriya sinovidan o‘tishi noma’lum. Hamma kutmoqda”,  — degan u. 11-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu vaksina ro‘yxatga olinganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, vaksina xavfsiz va hatto qizlaridan biri ushbu vaksina bilan emlangan. Shu bilan birga g‘arb davlatlari ekspertlari Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda keng ko‘lamli sinovlardan o‘tkazmasdan oldin ro‘yxatdan o‘tkazish qarorini tanqid qildi. London universitet kolleji qoshidagi Genetika instituti mutaxassisi Fransua Balluning fikricha, shoshilinch ro‘yxatga olish “o‘ylamay qilingan va ahmoqona qaror”. Shunga qaramay, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgani bilan Putinni tabrikladi (telegramma yubordi). Prezident avgust oyining ikkinchi yarmida hukumat delegatsiyasi Rossiya vaksinalarini sotib olishni muhokama qilish uchun Moskvaga borishini ta’kidlagan.
2Dunyo
Bugun “Messi” filmining taqdimoti bo‘lib o‘tadi (video) 27 yoshli futbolchi Lionel Messi shu kunga qadar deyarli barcha turdagi sovrinni qo‘lga kiritdi. Ayrimlariga hatto bir necha marotaba loyiq deb topildi. Buni Aleksa de la Iglesia rejissorligi ostida suratga olingan “Messi” filmida ko‘rish mumkin, deb xabar bermoqda Sports.uz. Film 17-avgust Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXV xalqaro klub muxlislari kongressi vaqtida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Ssenariy muallifi — Xorxe Valdano. Tasvirlar, asosan, Argentina va Barselonada suratga olingan. Filmda Messidan tashqari Menotti, Maradona, Valdano va Kroyf kabi futbol yulduzlarini ham ko‘rish mumkin. Film taqdimoti marosimini Xordi Baste olib boradi. Ilk bor JCh — 2014 vaqtida Rio-de-Janeyroda taqdim etilgan film muxlislar etiboriga 6-sentabr kuni Venetsiyadagi festivalda namoyish etiladi. Film muhokamasida mutaxassislar, jurnalistlar, futbolchining murabbiylari, bolalikdagi do‘stlari qatnashishi kutilmoqda. Film futbolchining hayotidagi muhim voqealar haqida hikoya qiladi. Yoxan Kroyf esa o‘ziga xos uslubda Messini Maradonaga taqqoslanishini tushuntiradi.
7Madaniyat
Bosh prokuratura uch opa-singil o‘limi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi (video) Toshkent shahri Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi oilada birin-ketin uch opa-singillarning bevaqt vafot etgani haqida xabar berilgandi. «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot 24» ko‘rsatuvida 15 noyabr kuni mazkur masala bo‘yicha lavha namoyish etildi. Unda bu borada tergov jarayoni yuzasidan Bosh prokuratura vakili rasmiy xabar berdi. Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Vohib Sharopovning aytishicha, opa-singil Qosimovalarning joriy yil 8 noyabr qayd etilgan o‘limi holati yuzasidan 9 noyabr kuni prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Qosimovalar o‘limining aniq sabablarini aniqlashga qaratilgan zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda. Shu jumladan, kompleks sud-tibbiyot va sud-kimyoviy ekspertizalari o‘tkazilayotgan bo‘lib, ularning natijasiga ko‘ra tergov harakatlarining keyingi yo‘nalishlari belgilanadi hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishning barcha choralari ko‘riladi”, - dedi Bosh prokuratura vakili. Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri, Olmazor tumani,  Beshqo‘rg‘on mavzei (Tansiqboyev-3)da yashovchi oilaning uch norasida farzandi ketma-ket vafot etgani haqida 11 noyabr kuni xabarlar tarqadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu oilani yaqindan tanigan qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, qizlar qiyma kabob tanovul qilganidan so‘ng qorinda og‘riq paydo bo‘lganini aytishgan. Keyin esa og‘riq qoldiruvchi dori iste'mol qilishgan. Biroq biroz vaqt o‘tgach, qizlarning ahvoli yanada og‘irlashadi va ulardan birining joni «tez yordam» mashinasida uziladi. Qolgan qizlarning ham ahvoli og‘ir bo‘lganligi sabab yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jo‘natiladi. Ular ham birin-ketin vafot etishgan.
5Jamiyat
Xitoy Superligasi. Mavsum yakunlari va hamyurtlarimizning ko‘rsatkichlari Xitoy chempionatida 2017 yil mavsumiga yakun yasaldi.  4 noyabr kuni jamoalar so‘nggi, 30-tur o‘yinlarida maydonga tushdi. Musobaqada «Guanchjou Evergrand» klubi 64 ochko jamg‘arib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. «Shanxay SIPG» 58 ochko bilan 2-o‘rinni, «Tyantszin Suntszyan» 54 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. «Shanxay SIPG» tarkibida ishtirok etgan hamyurtimiz Odil Ahmedov uchun mavsum muvaffaqiyatli kechdi. U jamoasi tarkibida 20 o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoasi bilan chempionatning kumush medallarini qo‘lga kiritdi va Osiyo Chempionlar ligasi yarimfinaligacha yetib bordi. Anzur Ismailov to‘p surgan «Chanchun Yatai» klubi 44 ochko bilan 7-o‘rinni egalladi. Futbolchimiz mavsum davomida jamoasining yetakchilaridan biriga aylandi. U 24 bahsda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi. Yegor Krimets o‘ynagan «Beytszin Goan» klubi 40 ochko bilan 9-o‘rinni egalladi. Himoyachimiz uchun bu mavsum eng yomoni bo‘ldi desak adashmaymiz. Krimets bor yo‘g‘i 5 o‘yinda maydonga tushdi xolos. Isroil terma jamoasi va «Guanchjou Fuli» hujumchisi Eran Zaxavi 27ta gol urib, kutilmaganda chempionat to‘purari sovrinini qo‘lga kiritdi. Rikardo Gulart (Guanchjou Evergrand), Esekiyel Lavessi (Xebey Chayna Forchun) va U Ley (Shanxay SIPG) 20ta gol bilan undan keyingi o‘rinni egalladi. Xitoy chempionatining yangi mavsumi 2018 yil mart oyida boshlanadi.
13Sport
Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida O‘zbekistonning hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda ulardan foydalanish, ularni respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibini belgilaydi. Davlat o‘rmon fondidagi o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish xususiyatlari boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 2. Quyidagilar o‘simlik dunyosi obyektlari hisoblanadi: yovvoyi holda o‘suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va o‘tsimon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining barcha xilma-xil turlari bilan; yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simlik guruhlari yoki ularning har qanday majmui; kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlari; yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qismlari yoki ularning o‘sish davridagi mahsullari. 3. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish quyidagi turlarda amalga oshirilishi mumkin: a) chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi ozuqa mahsulotlarini g‘amlash; b) chorva mollarini o‘tlatish; v) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; g) yovvoyi o‘simliklarning texnik xomashyosini g‘amlash; d) yovvoyi o‘simliklarning dorivor xomashyosini g‘amlash (yig‘ish); e) yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun g‘amlash (yig‘ish); j) daraxt va butalarni kesish; z) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish; i) o‘simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish; k) o‘simlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish; l) o‘simlik dunyosi obyektlaridan kolleksiyalash maqsadlarida foydalanish. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlarda ham amalga oshirilishi mumkin. 4. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo‘lishi mumkin. 5. O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish mazkur Nizomning 3-bandi “g”, “e”, “z”, “i”, “l” kichik bandlarida nazarda tutilgan turlarida hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 6. O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuv bo‘yicha foydalanuvchining hayotiy zarur ehtiyojlari bilan cheklangan miqdorlarda tekin amalga oshiriladi. Umumiy foydalanish normasi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. 7. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq to‘lov evaziga, ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Chorvachilik ehtiyojlari va chorva mollarini o‘tlatish uchun yovvoyi ozuqa mahsulotlarini g‘amlashga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. Yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, ular O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizi ekstrakti ishlab chiqaradigan qayta ishlovchi tashkilotlari bilan g‘amlangan yalang‘och qizilmiyani yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzishgan taqdirda, maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan amalga oshiriladi. 8. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish belgilangan normativlar doirasida amalga oshiriladi. Dorivor va oziq-ovqat o‘simliklarining yovvoyi turlarini va yovvoyi o‘simliklar texnik xomashyosini g‘amlashga kvotalar har yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Pichan o‘rish hamda tabiiy pichanzorlar va yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatish normalari va muddatlari tegishli qishloq va suv, shuningdek o‘rmon xo‘jaligi davlat organlarining taqdimnomasi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra binolar, inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi bilan bog‘liq sanitariya kesishlari tartibida yo‘l qo‘yiladi. Tasdiqlangan kvotalar, shuningdek pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish normalari va muddatlari tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy qo‘mitalarga, shuningdek o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarga yetkaziladi. 9. Maxsus foydalanishga ruxsatnoma: O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olishga ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; davlat o‘rmon fondi hududida o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishga ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan; zaxira yerlarda pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatishga, o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan; o‘z yerlarining hududida tabiiy ozuqa maydonlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatishga ruxsatnoma — qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan; O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘simlik dunyosining boshqa barcha obyektlariga ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi. 10. Foydalanuvchilar maxsus ruxsatnoma olish uchun: O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga; foydalanishning qolgan turlariga maxsus ruxsatnoma olish uchun — tegishli ravishda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga murojaat qiladilar. 11. Maxsus ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: obyekt (turi), joylashgan joyi, foydalanish muddatlari va usullari ko‘rsatilgan holda maxsus foydalanish uchun buyurtmanoma; Fanlar akademiyasining o‘simliklar majmuasi va foydalanish hududining holati to‘g‘risidagi xulosasi (O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlar uchun); er egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki hududidan foydalanish nazarda tutilayotgan davlat hokimiyati organlarining roziligi; o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. 12. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma yoki uni asosli rad etish hujjati ariza beruvchilarga ariza olingan kundan boshlab 15 kun mobaynida taqdim etiladi. 13. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olishga buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan 15 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi taqdimnomani O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi ilova qilingan holda kiritadi. Ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bu haqda arizachiga ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida 10 kun mobaynida tegishli ruxsatnomani rasmiylashtiradi. 14. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin: o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishga kvota mavjud bo‘lmaganda; taqiqlangan hududda yoki taqiqlangan usul bilan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun buyurtmanomalar berilganda; hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda yoki zarur tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilganda; o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov to‘lanmaganda. Shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin. Ruxsatnoma berishning rad etilishi arizachiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda jo‘natiladi. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga buyurtmanomalarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ruxsatnoma berishning rad etilishi yuzasidan arizachi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. 15. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda ruxsatnoma berilishi uchun to‘langan to‘lov qaytarilmaydi. 16. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun berilgan ruxsatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; foydalanish obyekti (turlari), foydalanish hajmi (miqdori), foydalanish joyi va muddatlari. Maxsus foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish raqamlariga ega bo‘ladi va himoya darajalari bilan ta’minlanadi. Ularning namunalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi, davlat o‘rmon fondi hududida foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar ham shu jumlaga kiradi. 17. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma boshqa shaxslarga berilmaydi, ularga tuzatishlar kiritishga va boshqa belgilar qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi. Foydalanuvchi tomonidan tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomani olib qo‘yishga faqat tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlari va o‘rmon idoraviy qo‘riqchiligi (davlat o‘rmon fondi hududida) vakolatlidir. Maxsus foydalanish uchun berilgan barcha ruxsatnomalar nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga yuboriladi. 18. O‘zbekiston Respublikasida yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi. Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiradigan o‘simliklar turlari namunalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va hududiga olib kirishga ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga O‘zbekistondagi CITES Ma’muriy organi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Davlat biologiya nazorati) tomonidan beriladi, mazkur bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan o‘simlik dunyosi obyektlari bundan mustasno. 19. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan hamda yo‘qolish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (CITES)ning I, II, III ilovalariga kiradigan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar, ularning qismlari, mevalari, urug‘lari va botanika kolleksiyalarini olib kirish va olib chiqib ketishga ruxsatnomalar olish umumiy foydalanish uchun belgilangan normalardan oshgan hollarda talab qilinadi. 20. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, mazkur Nizomning 18-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha esa — Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Davlat biologiya nazoratiga taqdim etiladi. 21. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: o‘simlikning olib kelinadigan va olib chiqiladigan har bir turi miqdori ko‘rsatilgan holdagi ariza; o‘simlik dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan olishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar; Fanlar akademiyasining o‘simlik guruhining va foydalanish hududining holati to‘g‘risidagi xulosasi (O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan turlari uchun); mahsulotni import yoki eksport qiluvchi mamlakat to‘g‘risidagi ma’lumotlar; olib chiqish (olib kirish) uchun foydalanish mo‘ljallanayotgan transport turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini bo‘yicha Davlat bosh inspeksiyasining karantin ruxsatnomasi (import qilishda); fitosanitariya sertifikati (O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini bo‘yicha Davlat bosh inspeksiyasi tomonidan beriladi); ruxsatnoma berish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. 22. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini chetga chiqarishga ruxsatnoma berish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlikning bir donasi, shuningdek o‘simliklarning ushbu turlaridan botanika kolleksiyalari uchun — mazkur turdagi o‘simliklarni terishga ruxsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida; O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar xomashyosining bir kilogrammi (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslar uchun— o‘simlikning mazkur turini g‘amlashga ruxsatnoma qiymatining 10 foizi miqdorida; yalang‘och qizilmiya xomashyosining (TIF TN kodi 121190850 0) 1 tonnasi uchun — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslarga yalang‘och qizilmiyani chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma berishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha 225 AQSh dollari miqdorida. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirishga beriladigan ruxsatnoma uchun to‘lov undirilmaydi. 23. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma yoki bunday ruxsatnoma berishning asosli ravishda rad etilishi arizachiga ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida yuboriladi. 24. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnomalarda quyidagilar ko‘rsatiladi: olib kirish yoki olib chiqishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, obyekt (turlari), o‘simlik dunyosining olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan obyektlari hajmi (miqdori), olib kirish (olib chiqish) muddatlari. Olib kirish (olib chiqishga) ruxsatnomalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish raqamlariga ega bo‘ladi va himoya darajalari bilan ta’minlanadi. Ularning namunalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. 25. Ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin: o‘simlik dunyosining olib chiqib ketilayotgan obyektlarining tabiiy muhitdan noqonuniy olinganligi aniqlanganda; hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda yoki zarur tartibda rasmiylashtirilmaganda; ruxsatnoma uchun to‘lov to‘lanmaganda. Ruxsatnoma berish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham rad etilishi mumkin. Ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi hujjat rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda arizachiga yozma shaklda yuboriladi. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olishda buyurtmanomalarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ruxsatnoma berish rad etilganligi yuzasidan arizachi qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilishi mumkin. Ruxsatnoma berish rad etilganda ruxsatnoma berish uchun to‘langan to‘lov qaytarilmaydi. 26. O‘simlik dunyosi obyektlari muhofaza qilinishi, foydalanilishi va ko‘paytirilishi ustidan davlat nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 27. O‘simlik dunyosi obyektlari muhofaza qilinishi, foydalanilishi va ko‘paytirilishi ustidan idoraviy nazorat yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan hudud qarashli bo‘lgan organlar: davlat o‘rmon fondida — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan; boshqa hududlarda — yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi. 28. O‘simlik dunyosi obyektlari muhofaza qilinishi, foydalanilishi va ko‘paytirilishi ustidan jamoatchilik nazorati jamoat birlashmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi. 29. Foydalanuvchilarning belgilangan muddatlarga, normativlarga hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning, ularni muhofaza qilish va ko‘paytirishning boshqa qoidalariga rioya etishi Davlat nazorati organlari tomonidan tekshiriladi. 30. O‘simlik dunyosi obyektlarini, yovvoyi organizmlar tomonidan hosil qilinadigan tabiiy o‘simlik majmualarini muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining butun hududida tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari tomonidan, o‘rmon qo‘riqchiligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qiluvchi inspektorlar, davlat ovchilik va o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari, ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklarining eger xizmati tomonidan ularga biriktirilgan hududlarda amalga oshiriladi. 31. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega: o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish normalari va talablari buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi o‘simliklar ko‘paytiriladigan hududni borib ko‘rish; o‘simlik dunyosidan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, o‘simlik dunyosi obyektlarining tayyorlangan mahsulotlarini, o‘rmonchi va egerlar qorovulxonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulxonalarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini ko‘zdan kechirish va ushlab turish; o‘simlik dunyosining tayyorlangan obyektlari bilan bog‘liq shaxslardan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni ko‘rsatishni, ular tomonidan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi sababli yozma tushuntirishlar berilishini talab etish; mazkur Nizom, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, normalari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida o‘simlik dunyosi obyektlaridan barcha foydalanuvchilar bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; mazkur Nizom va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qo‘yish, shuningdek noqonuniy tayyorlangan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish hamda tayyorlov va savdo tashkilotlariga berish; o‘tkazilgan tekshirish to‘g‘risida dalolatnomalar va ma’muriy qonunbuzarliklar to‘g‘risida protokollar tuzish; o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish; “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda amalga oshirilayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish; o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonun buzilishi to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish; xizmat yuzasidan berilgan o‘q otish qurolini va unga o‘q-dorilarni belgilangan tartibda olib yurish. 32. Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya qilishga va o‘z faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majburdir. 33. Foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik talablari buzilgan taqdirda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatib turilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Tabiiy o‘simlik guruhlarida qayta tiklab bo‘lmaydigan o‘zgarishlar xavfi paydo bo‘lgan taqdirda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatiladi. 34. Ruxsatnomasiz yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartiblar va normativlar (kvotalar) buzilgan holda tayyorlangan o‘simlik dunyosi obyektlari qonunni buzuvchilardan olib qo‘yiladi, ko‘rsatib o‘tilgan qonun buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar esa o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun javob beradilar va zararning o‘rnini quyidagi miqdorlarda qoplash majburiyatini oladilar: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar turlari bo‘yicha — o‘simliklar maqomiga qarab. Yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan o‘simliklar uchun: bitta o‘simlik uchun — eng kam oylik ish haqining 5 baravari, kamyob o‘simliklar uchun — 4 baravari va kamayib borayotgan o‘simliklar uchun — 2 baravari miqdorida; o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning boshqa turlari bo‘yicha — qonun hujjatlariga muvofiq. 35. O‘zbekiston Respublikasi hududida noqonuniy ravishda yi-ilgan, tayyorlangan, shuningdek qonun hujjatlari buzilgan holda uning hududiga olib kirilgan o‘simlik dunyosi obyektlari qonunni buzuvchilardan olib qo‘yiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlari tomonidan ularni sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish uchun beriladi. 36. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashlari shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi. 1. Mazkur Nizom “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hayvonot dunyosi obyektlarini foydalanishga berish, hayvonlarni, ularning qismlarini, ovchilik o‘ljalarini, zoologiya kolleksiyalarini, hayvonlarning hayot faoliyati mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish, shuningdek ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish tartibini belgilaydi. 2. Quyidagilar hayvonot dunyosi obyektlari hisoblanadi: kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo‘lgan organizmlar — sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populatsiyalari; yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to‘dalari; yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari; yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari. 3. Tabiiy erkinlik holatida yashovchi barcha yovvoyi hayvonlar, shuningdek ovchilik va baliq ovlash joylariga qo‘yib yuborilgan hayvonlar davlat mulki hisoblanadi va davlat ovchilik-baliq ovlash fondini tashkil etadi. Pitomniklarda, inkubatorlarda, fermalarda, hovuz xo‘jaliklarida o‘stirilgan va shu xo‘jaliklarning chegaralarida joylashgan yovvoyi hayvonlar pitomniklar, inkubatorlar, fermalar, hovuz xo‘jaliklari tegishli bo‘lgan shaxslarning mulki hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifalardagi yer va suv obyektlariga egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqidan ajratilgan. 4. Quyidagilar ov qilish va baliq ovlash mahsulotlari hisoblanadi — mo‘yna va teri, hayvonning shoxi, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari va ulardan hosil bo‘lgan mahsulotlar, ularning go‘shti, ularning qismlari, parrandalar va sudralib yuruvchi hayvonlarning tuxumlari, baliqlarning uvuldirig‘i, ovchilik o‘ljalari hamda belgilangan tartibda tutilgan hayvonlarning o‘zi. 5. Quyidagilar hayvonot dunyosidan foydalanish turlari hisoblanadi: ov qilish (sport, havaskorlik va sanoat maqsadida); baliq ovlash (sport, havaskorlik va sanoat maqsadida); hayvonot dunyosidan ilmiy, tibbiy, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish; hayvonlar faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish; hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish; ko‘paytirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, namoyish qilish hamda tijorat maqsadlarida tutqunlikda saqlash (pitomniklarda, hayvonot bog‘larida va hokazo); zoologiya kolleksiyalari barpo etish; yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish, ularni moslashtirish va qayta moslashtirish; tibbiyot, uy hayvonlarining o‘lat kasalliklariga qarshi, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya maqsadlarida foydalanish. Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari va usullari ham nazarda tutilishi mumkin. 6. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus foydalanish tartibida amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosidan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayvonlarni yashash muhitidan ajratib olmasdan va hayvonlarga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladi. Shuningdek barcha tabiiy suv havzalarida 5 kilogrammgacha va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklariga ro‘yxatdan o‘tkazilgan tabiiy suv havzalarida 10 kilogrammgacha miqdorda baliqlarni sport va havaskorlik tarzida ovlash ham umumiy foydalanishga tegishli bo‘ladi. Hayvonot dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish bepul amalga oshiriladi. Baliqlarni sport va havaskorlik tarzida ovlash: ushbu bandda belgilangan miqdorlarda baliq ovlashning belgilangan qoidalariga rioya qilgan holda barcha suv havzalarida ruxsat beriladi; qo‘riqxonalar hududida, boshqa qo‘riqlanadigan hududlarda ovlash taqiqlanadi (ularning nizomlariga muvofiq); baliq pitomniklari va havza xo‘jaliklari hududida esa — ma’muriyatning roziligi bilan ovlashga ruxsat beriladi. 7. Umumiy foydalanishga tegishli bo‘lmagan hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish maxsus foydalanish hisoblanadi. Maxsus foydalanish ruxsatnomalar asosida to‘lov evaziga amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun to‘lov hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarni yovvoyi hayvonlarni va ularning yashash muhitini muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan, biotexnika tadbirlarini o‘tkazishdan ozod etmaydi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda hayvonot dunyosidan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy fuqarolar hayvonot dunyosidan umumiy asoslarda foydalanish huquqiga egadir. 9. Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanish, uning maqsadlaridan qat’i nazar, faqat maxsus vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan va taqsimlanadigan pulli kvotalar asosida beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Chet el fuqarolari tomonidan hayvonot dunyosining O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ayrim turlarini ovlashni tashkil etish va ovlash tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan belgilanadi. 10. Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnomalar: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlarni tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; o‘rmon fondi (Davlat o‘rmon fondi) yerlarida — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlari tomonidan ajratiladigan kvotalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan; ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslar tomonidan — belgilangan kvotalar doirasida faqat ularga biriktirilgan hududda; O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi. 11. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomalar: o‘rmon fondi (Davlat o‘rmon fondi) yerlarida hayvonot dunyosi obyektlarini tutish (otish, ovlash)ga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga; faqat ularga biriktirilgan hududlarda ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklarida belgilangan kvotalar doirasida hayvonot dunyosidan foydalanishga — ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslarning tegishli boshqaruv organlariga; qolgan hollarda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga beriladi. 12. Yovvoyi hayvonlarni ilmiy, tibbiy, madaniy-ma’rifiy maqsadlarda va boshqa maqsadlarda tutishga ruxsatnomalar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida beriladi, ularda quyidagilar ko‘rsatiladi: yovvoyi hayvonlarni tutadigan yuridik shaxs (tashkilot)ning nomi, uning rekvizitlari, jismoniy shaxsning familiyasi va ismi, pasportiga yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid ma’lumotlar; tutishning maqsadlari va usullari; turlar bo‘yicha hayvonlar soni; tutish qurollari va suzish vositalari (baliq ovlashda); mo‘ljallanayotgan tutish joyi (tuman, viloyat); hayvonlarni tutish muddatlari. Ariza 7 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, yuridik yoki jismoniy shaxs ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomani takroran berish huquqiga egadir. Ruxsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 13. Yovvoyi hayvonlarni sport-havaskorlik va sanoat maqsadlarida tutishga ruxsatnoma taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida beriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yovvoyi hayvonlarni tutadigan yuridik shaxs (tashkilot)ning nomi, uning rekvizitlari, jismoniy shaxsning familiyasi va ismi, pasportiga yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid ma’lumotlar; hayvonlarni tutish maqsadlari; ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklari yoki boshqa ma’muriy hududlar bo‘yicha turlariga ko‘ra hayvonlar soni; hayvonlarni tutish muddatlari; hayvonlarni tutish joyi; tutish usuli; ilmiy tashkilotlar va tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangan hayvonlarning so‘ralayotgan turlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar; tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangan o‘tgan yili tutilgan hayvonlar soni (hayvonlarning turlari va xo‘jaliklar bo‘yicha); amalga oshiriladigan muhofaza qilish va ko‘paytirish tadbirlari hajmlari; agar ularni O‘zbekiston tashqarisiga olib chiqish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, hayvonlarni va ularning hayot faoliyati mahsulotlarini yetkazib berishga shartnomalar (kontraktlar) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomaga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi ilova qilinadi. Buyurtmanoma 7 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda yuridik yoki jismoniy shaxs ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomani takroran berish huquqiga egadir. Ruxsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan 15 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi taqdimnomani O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi ilova qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bu haqda arizachiga ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida 10 kun mobaynida tegishli ruxsatnomani rasmiylashtiradi va beradi. 15. Fuqarolar tomonidan sport-havaskorlik ovi va baliq ovlash ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslarning ruxsatnomalari bo‘yicha faqat ularga biriktirilgan hududlarda — ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklarida amalga oshiriladi. 16. Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanishga ruxsatnoma faqat mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq qiymat to‘langandan keyin beriladi. 17. Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanishga — yovvoyi hayvonlarni tutish (otish, ovlash)ga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lgan belgilangan namunadagi maxsus blankalarda beriladi. Ruxsatnomalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi va belgilangan tartibda saqlanadi. Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar berilishi maxsus daftarda qayd etiladi, unda foydalanuvchi, tutish joyi va tutishga ruxsat berilgan hayvonlar soni, hayvonlarni tutish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 18. Quyidagi hollarda: buyurtmanomada ko‘rsatilgan hayvonlarning turlarini tutishga kvota mavjud bo‘lmaganda; hayvonlarni taqiqlangan joylarda, taqiqlangan vaqtda yoki taqiqlangan usulda tutishga buyurtmanoma taqdim etilganda; tabiatni muhofaza qilish organlariga tutish so‘ralayotgan hayvonlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ilgari berilgan ruxsatnoma (kvota) bo‘yicha tutilgan hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmaganda; tutilishi mo‘ljallanayotgan hayvonlar soni qiymati to‘lanmaganda; tutilgan hayvonlarni uzoq vaqt tutib turish uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘lmaganda; qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa holatlarda ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin. Ruxsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ruxsatnoma berilishi rad etilganligi to‘g‘risidagi qaror yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq yuqori organlarga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. 19. Tayyorlash va sport-havaskorlik maqsadlarida yovvoyi hayvonlarni tutishga ruxsatnoma olishda yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish va ko‘paytirish, sonini hisobga olish hamda tutilgan hayvonlarni hisobga olish tadbirlarini amalga oshiradigan shaxslar ustuvorlik huquqidan foydalanadilar. 20. Ruxsatnoma olgan shaxs uni foydalanish uchun boshqa shaxsga berish huquqiga ega emas. Aybdor shaxslar (ruxsatnomani bergan va qabul qilgan shaxslar) qonun hujjatlarga muvofiq javob beradilar. 21. Hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaxs (maqsadlardan qat’i nazar): ruxsatnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lgandan keyin, biroq 10 kunlik muddatdan kechikmay, ruxsatnomani uni bergan organga undan foydalanganlik to‘g‘risidagi qisqacha hisobot bilan birgalikda qaytarishga; ruxsatnomada ko‘rsatilgan barcha talablarga rioya qilishga majburdir. Ruxsatnomaga o‘zboshimchalik bilan biron-bir tuzatish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi. 22. Hayvonlarni sport-havaskorlik ovida yoki baliq ovida tutgan jismoniy shaxs ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishga haqlidir. Ovchilik mahsuloti sotilgan taqdirda, jismoniy shaxs hayvonlarni tutishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasiga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarga ega bo‘lishi shart. 23. Ruxsatnoma unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir. Ruxsatnoma bir kalendar yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Tutilgan yovvoyi hayvonlardan ruxsatnomada ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq foydalaniladi. 24. Qonun hujjatlari talablariga, mazkur Nizomga, shuningdek hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarda bayon qilingan talablarga rioya etilishi uchun nomiga ruxsatnoma berilgan yuridik va jismoniy shaxslar javob beradilar. Yo‘l qo‘yilgan buzilishlar uchun ruxsatnoma olib qo‘yiladi, qonunni buzuvchiga nisbatan esa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaniladi. 25. Ovchilik xo‘jaligiga, insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazayotgan hayvonlar ularga biriktirilgan yer maydonlarida ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklarining ovchilari va yollangan ovchilari hamda ovchilar va fuqarolarning maxsus brigadalari tomonidan, ov mavsumidan tashqari, ruxsatnomalar bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda tutiladi. 26. Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun O‘zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ruxsatnomasi asosida quyidagi tartibda beriladi: ov qilish va baliq ovlash uchun xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi, bu yerda bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasidan ketishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi; ov qilish uchun buyurtmanoma, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanish uchun to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat xorijiy fuqarolarga ruxsatnoma berish uchun asos hisoblanadi, xorijiy fuqaroning o‘zi yoki uning manfaatlarini ifodalovchi shaxs tomonidan jo‘natiladigan mazkur buyurtmanomada ovlanadigan hayvonlar turlari va ov qilish muddatlari ko‘rsatiladi; ovlash uchun ov qurolidan foydalanuvchi xorijiy fuqaro qurollar va o‘q-dorilarni respublikaga olib kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ruxsatnomasini olishi zarur. 27. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosi obyektlari ayrim turlarini, shu jumladan tuvdog‘ qushini ovlash uchun O‘zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida beriladi. 28. Tuvdog‘ qushini ovlashda respublikaning butun hududi bo‘yicha alohida Nizom bilan cheklashlar belgilanadi. 29. Xorijiy fuqarolarning ov qilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi nazorati ostida amalga oshiriladi. 30. Hayvonot dunyosidan foydalanish uchun to‘lovlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq undiriladi. Ruxsatnomalar mazkur to‘lovlar to‘langandan keyin beriladi. Yovvoyi hayvonlarni ovlaganlik uchun to‘lovlardan tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda sarflanadi. 31. Ovlash vaqtida yaralangan hayvonlar ovlangan hayvonlarga tenglashtiriladi. 32. Ovlangan hayvonlarni, ularning qismlarini, o‘ljalarni va shu kabilarni respublikadan olib chiqib ketishga ruxsatnoma hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma hamda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli davlat inspektori va ovchi tomonidan imzolangan ovlangan hayvonlar to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida beriladi. 33. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o‘ljalar, tulumlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 34. Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan pitomniklarda yetishtirilgan hayvonlarni ko‘chirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi. 35. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan ariza asosida ruxsatnoma berilganligi uchun haq undirilgandan keyin beriladi. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxs (tashkilot)ning nomi, jismoniy shaxsning familiyasi va ismi; olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi; turlar bo‘yicha olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning (ularning qismlari, o‘ljalar, tulumlar, hayot faoliyati mahsulotlari va hokazo) soni. Zoologiya kolleksiyalarini olib chiqishda eksponatlar har bir turining nusxalari soni ko‘rsatiladi; olib chiqish uchun asos — hayvon qonuniy sotib olinganligi yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruxsatnomaning tartib raqami, boshqa hujjatlar), zoologiya kolleksiyasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish organlarida hisobga olinganligi to‘g‘risidagi hujjat. 36. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o‘ljalar, tulumlar olib kirilishi — olib chiqilishiga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda arizachi sudga murojaat qilish huquqiga egadir. Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning taqdim etilmasligi ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos bo‘lishi mumkin. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 37. O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy olib kirish yoki uning tashqarisiga olib chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining maxsus ruxsatnomasisiz urinishlar paytida ushlangan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari va ulardan hosil bo‘lgan mahsulotlar, o‘ljalar, tulumlar olib qo‘yiladi. Olib qo‘yilgan hayvonlardan kelgusida foydalanish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi. 38. Hayvonot dunyosi obyektlarini respublikadan tashqariga olib chiqqanlik uchun: O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan bitta yovvoyi hayvon, uning qismlari, tulum, o‘lja, hayvonning terisi, bir juft shox, bitta shox uchun — mazkur yovvoyi hayvonni tutishga ruxsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida; boshqa yovvoyi hayvonlar uchun — yovvoyi hayvonning mazkur turini tutishga ruxsatnoma qiymatining 2 foizi miqdorida to‘lov nazarda tutiladi. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o‘ljalar, tulumlar respublikaga olib kirilganligi uchun to‘lov undirilmaydi. 39. Yovvoyi hayvonlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan belgilangan namunadagi blankalarda beriladi. 40. Ruxsatnoma blankalari qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi va belgilangan tartibda saqlanadi. Berilgan ruxsatnomalar maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 41. Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiruvchi hayvonlar turlari namunalarini O‘zbekiston hududidan olib chiqish va O‘zbekiston hududiga olib kirish uchun belgilangan namunadagi ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga CITESning O‘zbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Davlat biologiya nazorati) tomonidan beriladi. 42. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti “Botanika” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi CITESning O‘zbekiston Respublikasidagi ilmiy organi hisoblanadi. Uning funksiyasiga quyidagilar kiradi: I, II va III ilovalariga kiritilgan fauna turlari namunalarini olib kirish va olib chiqish masalalari yuzasidan Ma’muriy organga maslahatlar berish; fauna turlari namunalari eksporti-importi bo‘yicha xulosalar berish; fauna turlari namunalarini qabul qilishga davlatning tayyorligi to‘g‘risida xulosalar berish; hayvonlarni saqlash sharoitlari bo‘yicha xulosalar berish; kolleksiyalar va pitomniklarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xulosalar berish. 43. CITES Konvensiyasining I, II va III ilovalariga kiritilgan namunalarni olib kirish-olib chiqishga (eksport, qayta eksport, import) CITESning ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun CITESning Ma’muriy va Ilmiy organlariga ariza taqdim etish zarur. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: eksport, qayta eksport, importning maqsadi (tijorat operatsiyalari, ilmiy tadqiqotlar, hayvonot bog‘lari va muzeylar o‘rtasida ayirboshlash, ovchilik o‘ljalari, hadya va boshqalar); hayvonning rus va lotin tillarida to‘liq nomi ko‘rsatilgan holdagi turi; namunaning tavsifi (tirik hayvonlar, hayvonning terisi, tulumi, tanasi, suyagi, shoxi, so‘yloq tishi, qoni, uvuldirig‘i, shuningdek buyumlari va boshqalar; tirik hayvonlar uchun — jinsi va yoshi, identifikatsiyalovchi belgilar mavjudligi); namunalarning soni yoki og‘irligi; namunaning kelib chiqishi (tabiatdan ajratib olingan, sun’iy sharoitlarda urchitilgan yoki o‘stirilgan yoki qanday hujjatlar asosida boshqa mamlakatdan import qilingan, musodara qilingan, sotib olingan, hadya yoki meros sifatida olingan va hokazo); namunalarni olib kirish yoki olib chiqishning rejalashtirilayotgan muddatlari va bojxona punkti, transport vositalari va yo‘nalish sxemasi; tirik havonlarni transportda tashish CITES qoidalariga va havo transportida tashilgan taqdirda esa — tirik hayvonlarni transportda tashish (IATA) qoidalariga muvofiq amalga oshirilishini tasdiqlovchi hujjat; eksport qiluvchi (qayta eksport qiluvchi) va import qiluvchining rus va ingliz tillaridagi yuridik manzili (jismoniy shaxslar uchun — uy manzili, pasportiga oid ma’lumotlar), ularning telefonlari va fakslari. 44. Quyidagilar namunalarni tutish, sotib olish, tasarruf etish yoki ularga egalik qilishning qonuniyligini tasdiqlaydigan hujjatlar hisoblanadi: namunani tasarruf etish yoki undan foydalanish huquqini beruvchi ishonchnoma; hayvonot dunyosi obyektlarini tutishga berilgan ruxsatnoma nusxasi; suv biologiya resurslarini tutishga berilgan ruxsatnoma nusxasi; ota-onasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ikkinchi avlodigacha, zarurat bo‘lganda esa undan oldingi avlodigacha ko‘rsatilgan holda tug‘ilgan sanasi va joyi, zot tartib raqami va laqablari ko‘rsatilgan hayvonlar zoti daftaridan ko‘chirma; agar namuna savdo shoxobchasidan sotib olingan bo‘lsa — tovar cheki; mulkchilik huquqini va/yoki oldi-sotdi shartnomasini, vasiyatnoma, hadya shartnomasini tasdiqlovchi birlamchi yuridik hujjatlar; vakolatli organlarning namunalarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarori va/yoki CITESning O‘zbekistondagi Ma’muriy organining musodara qilishga sertifikati; muzeylarning va kolleksiya qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa tashkilotlarning inventar daftarlaridan ko‘chirma; agar eksport qiluvchi mamlakat CITES Tomoni hisoblanmasa, eksport qiluvchi mamlakat CITES Ma’muriy organining yoxud vakolatli davlat organi ruxsatnomasining asl nusxasi. 45. Istisno hollarda, hayvonlar saqlanishini ta’minlash zarurligidan va Konvensiya talablariga rioya qilish zarurligidan kelib chiqib CITESning O‘zbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi olib kirish-olib chiqishga tegishli qo‘shimcha axborotni so‘rashi mumkin. 46. CITESning O‘zbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, CITES nazarda tutgan hollarda esa CITES Kotibiyati bilan maslahatlashadi va 30 kun mobaynida ruxsatnomani rasmiylashtiradi yoxud asoslangan rad javobini yuboradi. Ruxsatnoma 6 oygacha muddatga, ko‘chma ko‘rgazmalar va sirklar uchun — 12 oygacha muddatga beriladi. Ruxsatnoma berish belgilangan tartibda to‘lov evaziga amalga oshiriladi. 47. Har bir ruxsatnoma belgilangan namunadagi blankada to‘rt nusxada rasmiylashtiriladi, uning birinchi nusxasida himoya markasi bo‘ladi, vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va CITESning Ma’muriy organi muhri bilan tasdiqlanadi. Namunalarning har bir turkumi uchun alohida ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. 48. Ruxsatnomaning rasmiylashtirilgan nusxalari arizachiga ruxsatnomalarni berish jurnalida tilxat bilan uch nusxada beriladi yoxud to‘lov tasdiqlangandan keyin pochta orqali yuboriladi. 49. Namunalarni olib chiqish ko‘rsatilgan muddatlarda va ruxsatnomada ko‘rsatilgan bojxona shoxobchasi orqali amalga oshiriladi. Himoya markasi bo‘lgan ruxsatnomaning asl nusxasi namuna bilan birga bo‘ladi. Olib kirilgan namunalarda CITES ruxsatnomasining asl nusxasi CITES Ma’muriy organiga taqdim etiladi va hujjatlar yig‘majildida saqlanadi. 50. Agar biror sabab bilan ruxsatnomadan ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanilmasa, u CITESning Ma’muriy organiga qaytarilishi shart. 51. Sport-havaskorlik hamda sanoat maqsadida ovlash va baliq ovlashga ruxsat berilgan yovvoyi hayvonlarning yashash va yurish joyi bo‘lgan barcha yerlar, suvlar va o‘rmonlar ov qilinadigan va baliq tutiladigan joylar hisoblanadi. Sanoat maqsadlarida suv hayvonlari va o‘simliklarini ovlash uchun foydalanilayotgan yoki foydalanilishi mumkin bo‘lgan yoxud baliqlarni ko‘paytirish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha suv havzalari (dengiz, daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar va boshqa suv havzalari) baliqchilik xo‘jaliklari hisoblanadi. 52. Quyidagilar ovchilik-baliq ovlash joylari hisoblanmaydi: aholi punktlari yerlari; tabiatni qo‘riqlash, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy vazifalarni bajaruvchi yerlar; shaharlar atrofidagi yashil zonalar; korxonalar atrofidagi sanitariya-himoya zonalari; suv olish inshootlarining himoya zonalari; aerodromlar va aerodrom atrofi zonalari; chegara polosalari; hosili yig‘ishtirib olingunga qadar qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan yerlar; to‘g‘onlar, suv ayirgichlar, ko‘priklardan, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xo‘jaliklari chegaralaridan 200 metrli polosa yoki ushbu obyektlarni qo‘riqlashning muayyan rejimida belgilangan yiroqlikdagi polosa. 53. Ovchilik-baliqchilik xo‘jaligi — muhofaza qilish va urchitish tadbirlari, ov qilish va baliq ovlash amalga oshiriladigan hudud uchastkasining ovchilik jamoasi, muassasasi yoki tashkilotiga biriktirilgan ishlab chiqarish birligi. 54. Ovchilik va baliqchilik xo‘jaliklari: davlat tashkilotlari ixtiyorida bo‘ladigan hamda ovchilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish va tayyorlashga mo‘ljallangan davlat xo‘jaliklariga; ovchilik faoliyati o‘rmon xo‘jaligi bilan birga qo‘shib olib boriladigan o‘rmon-ovchilik — davlat xo‘jaliklariga; jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tuzilmalar tomonidan tashkil etiladigan, shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan sport-havaskorlik ovi va baliq ovlash uchun sport-havaskorlik xo‘jaliklariga; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan xususiy ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklariga bo‘linadi. 55. Ovchilik va baliqchilik yer maydonlarini biriktirish (ovchilik-baliqchilik yer maydonlarini ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berish) shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. O‘rmon fondi yerlaridagi ovchilik va baliqchilik yer maydonlarini biriktirish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan, boshqa hududda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 56. Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ovchilik-baliqchilik yer maydonlarini biriktirish yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilardan yerni olib qo‘ymasdan amalga oshiriladi. Zaruriyat bo‘lganda, yer ajratish masalasi belgilangan tartibda hal etiladi. Quyidagilar ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish huquqini berish uchun asos hisoblanadi: xo‘jalikni tashkil etish iqtisodiy jihatdan asoslangan (muhofaza qilish va urchitish tadbirlarini olib borishga xarajatlar hajmi va hayvonlar soni hisobini yuritish) va hudud tavsiflangan buyurtmanoma; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan yovvoyi hayvonlar soni hisobini yuritish materiallari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi so‘roviga ko‘ra taqdim etiladigan yer maydonining holati to‘g‘risidagi axborot; hududida xo‘jalikni tashkil etish rejalashtirilayotgan yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning roziligi. 57. Ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish huquqi o‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga axborot taqdim etilgan holda ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi tashkilot bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi organlari o‘rtasida, boshqa hududda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan tuzilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Shartnoma asosiy hujjat hisoblanadi. Shartnomaga muvofiq hayvonot dunyosidan foydalaniladi hamda ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi yuritiladi. Shartnoma 10 yilgacha muddatga tuziladi. Shartnomada ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish muddati, ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish masalalari bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlari, yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish, urchitish, sonini hisobga olish va tutiladigan hayvonlar hisobini yuritish, ovchilikni tashkil etish tadbirlari va boshqa masalalar ko‘rsatiladi. 58. Ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi yuridik va jismoniy shaxsning majburiyatlari: foydalanish uchun qabul qilingan ovchilik va baliqchilik yer maydonini, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish; yovvoyi hayvonlarni saqlash va sonini ko‘paytirishga, yovvoyi hayvonlarning yashash muhitini saqlab qolishga, boshqa biotexnika tadbirlariga yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan tadbirlar o‘tkazish; belgilangan metodikalarga muvofiq, maxsus tayyorlangan va o‘qitilgan odamlarning kuchi bilan yovvoyi hayvonlar soni hisobini o‘z vaqtida olib borish; tutiladigan yovvoyi hayvonlar hisobini yuritish; yovvoyi hayvonlarning nobud bo‘lishiga (ov qilish va baliq ovlash holatlaridan tashqari) va yer maydonlarining yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish; ovchilik va baliqchilik xo‘jaliklarini chegara to‘sinlari, anshlaglar va ko‘rsatkichlar, xo‘jalik to‘g‘risida to‘liq axborot berilgan xarita-sxema bilan ta’minlash; yong‘in xavfsizligi choralariga rioya etish; ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq axborotlarni tabiatni muhofaza qilish organlariga o‘z vaqtida taqdim etish; har yili ov boshlangunga qadar tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlarini aniq xo‘jaliklarda yoki hududda yovvoyi hayvonlarni tutishga berilgan ruxsatnomalar soni to‘g‘risida xabardor qilish; har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining mahalliy organlariga yovvoyi hayvonlar soni va ularning turlari tarkibi, tutilgan hayvonlarning son va turlari tarkibi, biotexnik, urchitish va muhofaza qilish tadbirlari o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish; o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni bajarish. 59. Ovchilik yoki baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslar o‘z vakolatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga egadir: jismoniy shaxslarga belgilangan kvotalar doirasida hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish; belgilangan kvotalar doirasida sanoat maqsadlarida hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun yuridik shaxslar va fuqarolar bilan shartnomalar tuzish; berilgan kvotaga (ruxsatnomaga) muvofiq tutilgan ovchilik va baliqchilik mahsulotlarini qayta ishlash hamda sanitariya talablariga rioya qilgan holda hayvonot dunyosi obyektlaridan buyumlar ishlab chiqarish; ov qilish va baliq ovlash mahsulotlarini ularni tutishning qonuniyligini yoki sotib olinishini, mahsulotning sifat sertifikatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda hokimliklar tomonidan maxsus ajratilgan joylarda sotish; ov qilish va baliq ovlash mahsulotlaridan, hayvonot dunyosi obyektlaridan tayyorlangan buyumlardan foydalanish va ularni sotish; sun’iy ravishda yetishtirilgan hayvonlardan, ulardan ov qilish uchun foydalanilgan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish; tabiatni muhofaza qilish organlariga ov qilish qoidalari bo‘yicha takliflar taqdim etish; hayvonlarni, shu jumladan baliqlarni tutishni belgilangan tartibda amalga oshirish. 60. Ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish huquqi quyidagi hollarda to‘xtatiladi: hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda; ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish rad etilganda; foydalanishning belgilangan muddati tamom bo‘lganda; foydalanish huquqi berilgan yuridik shaxs tugatilganda; hayvonot dunyosidan foydalanishning belgilangan qoidalari bajarilmaganda; hayvonot dunyosidan boshqa maqsadlarda foydalanilganda; shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda; hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi o‘zboshimchalik bilan boshqaga berilganda; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda. 61. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi to‘xtatilgan taqdirda ovchilikdan foydalanuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda hayvonlar soni hisobi yuritiladi va hayvonlar soni shartnoma tuzilgandagi songa nisbatan asossiz ravishda pasaytirib yuborilgan taqdirda, hayvonot dunyosidan foydalanuvchi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq hayvonlarning yetishmayotgan sonini pul ifodasida qoplaydi. 62. O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari, shu jumladan tutish normalari, ov qilish (tutish) qurollariga qo‘yiladigan talablar, tutish muddatlari, ov qilish yoki baliq ovlash taqiqlangan joylarni aniqlash tartibi, shuningdek ov qilish va baliq ovlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. 63. Yovvoyi hayvonlarning barcha turlari faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha tutqunlikda saqlanishi mumkin. Zoologiya do‘konlaridan sotib olingan yovvoyi hayvonlar bundan mustasno. Tutqunlikda saqlash — yovvoyi hayvonlarga ular tor (to‘silgan) joyda yashaydigan sharoitlar yaratish (qafasda, temir panjarali joyda, akvariumda, terrariumda, bog‘langan holda saqlash va hokazo). Xonakilashtirilmaydigan hayvonlar yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. 64. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni hamda zaharli hayvonlarni hayot faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida tutqunlikda saqlashga faqat O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda yo‘l qo‘yiladi. 65. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomniklar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida hisobga qo‘yiladi. Pitomnik — insonning doimiy nazorati ostida bo‘lgan va hayvonlarni urchitish uchun foydalaniladigan, hayvonlarning nazorat qilinadigan hududdan chiqib ketishiga to‘sqinlik qiluvchi chegaralarga ega bo‘lgan nazorat qilinadigan hudud (muhit). 66. Yovvoyi hayvonlardan va pitomniklarda o‘stirilgan, CITES Konvensiyasining Ilovasiga kiradigan hayvonlardan foydalanishga qonun hujjatlariga va CITES Konvensiyasi ilovalariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va pitomniklarda o‘stirilgan yovvoyi hayvonlardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining nazorati ostida amalga oshiriladi. 67. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni hisobga qo‘yishga ruxsatnoma olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga yovvoyi hayvonlar egasining arizasi taqdim etilishi zarur. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxsning manzili, familiyasi va ismi; hayvonlarni saqlashning maqsadi (keyinchalik tabiatga qo‘yib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar); turlari (kichik turlari) va jinsi bo‘yicha soni ko‘rsatilgan holda hayvonlarning turlari ro‘yxati (kichik turlari, agar duragay bo‘lsa, ota-onalarining turlari ko‘rsatiladi); hayvonlarning kelib chiqishi (sotib olinishi); hayvonlarning sotib olingan sanasi; pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi; hayvonlarni saqlash sharoitlari (qafasda, temir panjarali joyda, erkin va hokazo); hayvonlarning belgisi borligi (tavsiflash, tartib raqamini ko‘rsatish); veterinariya xizmati mavjudligi. Ariza o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda arizachi yuqori tashkilotga yoki sudga murojaat qilish huquqiga egadir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilmasligi ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos bo‘lishi mumkin. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani qayta ko‘rib chiqishd
10Qonunchilik
Ba'zi hududlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi Toshkent viloyatining ba'zi hududlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda. Qayd etilishicha, 2019 yil 18 noyabr kuni yer usti gaz quvurlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, Toshkent viloyatining Toshkent tumani «Qushqo‘ndi» mahallasi «S.Zokirov» ko‘chasi hududidagi jami 310 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 ga qadar hamda Ohangaron tumani, «Birlik», «Qizilsoy», «Telov», «Qorabaliq», «Sanam», «Qorasuyevka», «Susam», «Chuvildoq» va «Ilg‘or» MFY hududlaridagi jami 3026 ta gaz iste'molchilariga soat 8:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Shuningdek, Quyi Chirchiq tumani, «Sergeli» MFY «Erkin» ko‘chasi hududidagi gaz quvurlarida nosozlik tufayli jami 63 ta aholi xonadonlariga gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatilib, 2019 yil 18 noyabr kuni ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. «Hududgazta'minot» AJ ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.
5Jamiyat
Angliyada supermavsum boshlanmoqda. Endi kim chempion bo‘ladi? Angliya premer-ligasida bu yozda yangilanishlar bo‘ldi. Angliya chempionati endi yanada qiziqroq bo‘lishi kutilmoqda. Favoritlar Premer-liga, stereotiplar yaratish va ularni yakson qilishi bilan ajralib turadi. 10 yil muqaddam Angliyada «kuchli to‘rtlik» bor edi va bu hududga «MYu», «Arsenal», «Chelsi» va «Liverpul»dan boshqa jamoa kira olmaydigandek edi. Ammo keyin biz «kuchli oltilik»ka o‘rganib qoldik. 2015 yilda hech kim o‘rtamiyona jamoa mamlakat chempioni bo‘lishini xayoliga keltira olmasdi. Ammo kutilmaganda «Lester» «uloqni ilib ketdi». O‘tgan mavsum arafasida ham «Manchester Siti» 3ta raqamdan iborat ochkolarni to‘plashini kutmagandi, ammo yakunda Gvardiola ikkinchi o‘rindagi «MYu»ga 19 ochkolik farq bilan yuqoridan qarab turardi. Endi esa «Manchester Siti» uzoq vaqtgacha Angliyada gegemonlik qiladigandek tuyulmoqda. Pep Gvardiola jamoani mashinaga aylantirdi, bu jamoa hech kimdan qo‘rqmaydi: na kuchli raqiblardan, na to‘rt frontda jang olib borishdan, na jarohatlardan, na rotatsiyalardan va na avtobus jamoalardan. «Shaharlik»lar jamoasida deyarli barcha chiziqda YeChL darajasidagi ikki nafardan futbolchi bor (faqat darvozabon va tayanch zonasida bittadan). Shunday ekan, «Siti» bu mavsumda ham chempionlik uchun yaqqol favorit. Ammo Gvardiola jamoasi mavsumning ikkinchi qismida bo‘shashi mumkin. O‘tgan mavsumda jamoa ochko yo‘qota borish bilan birga, kamroq gol urdi. Demak, boshqa jamoalarda ham imkoniyat bo‘ladi. G‘arb nashrlarida va bukmekerlik idoralarida «Liverpul»ni ham sovrin uchun asosiy da'vogarlardan biri sifatida hisoblashmoqda. Bu jamoa bunga haqli: jamoaning barcha liderlari va bosh murabbiy o‘z joyida qoldi, o‘tgan mavsumdagi kuchsiz chiziqlar kuchaytirildi, jamoaning salohiyati o‘ta yuqori. Joze Mourino esa mavsumlar oralig‘ida janjal ko‘tardi, u «MYu»ning asosiy futbolchilari jahon chempionatidan barvaqt qaytmagani va mavsumoldi yig‘inida ishtirok etmaganidan norozi bo‘ldi. Jamoa tarkibni faqat bir hafta muqaddamgina yig‘a oldi. Ammo «qizil iblislar» oltin medallar uchun asosiy da'vogarlar qatorida qolaveradi. «Tottenhem» yozgi transferlar vaqtida biror transfer amalga oshirmagan yagona jamoa bo‘ldi. Nima qipti? Maurisio Pochettino qo‘li ostida shundoq ham raqobatbardosh jamoa bor, jamoa yetakchilarini tarkibda saqlab qolgan. Demak, bu jamoa ham birinchi o‘rinni egallay olishi mumkin. «Arsenal» va «Chelsi» bilan bu mavsumda nima bo‘lishi qiziq. Ikki jamoada ham yangi murabbiylar ish boshladi, bu murabbiylarning ikkisi ham avval Angliyada ishlamagan. Lekin, bu masalan Kontega birinchi mavsumdayoq jamoasini chempion qilishiga xalal bermagandi. Birdan Unai Emeri yoki Maurisio Sarrida ham shunday bo‘lib qolishi mumkin. Qolaversa, ikkala jamoa ham bu mavsumda YeChLda qatnashmaydi va ichki chempionatga bor e'tiborni qaratib, boshqalarga nisbatan ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘tgan mavsum sovrindorlari «Manchester Siti» barchani yer tishlatishi mumkin edi, ammo jamoa faqat ikki sovrin bilan kifoyalandi: Angliya chempionligi va Angliya Ligasi Kubogi. Chempionlar ligasida «shaharliklar» ham asosiy favoritlardan biri edi, lekin jamoa chorak finalda «Liverpul»ga ikki marta mag‘lub bo‘ldi, shunday ekan yevrokuboklarda Yurgen Klopp Gvardiolani ortda qoldirdi. O‘tgan mavsum arafasida Superkubokni Arsen Vengerning «Arsenal»i qo‘lga kiritgandi. Angliya Kubogida esa «Chelsi» g‘olib chiqdi. Garchi bu sovrin Antonio Konteni jamoada olib qololmagan bo‘lsada. Bu mavsumda ilk sovrin egasini topib bo‘ldi Angliya ligasi Kubogi va premer-liga kubogi yoniga «Manchester Siti» Superkubokni ham qo‘shib qo‘ydi. «Chelsi» bilan o‘yin ikki jamoaning ham «aralash» tarkiblari o‘rtasida kechdi. Sarri yangi jamoasidagi ilk rasmiy o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ammo buni rosmanasiga tor-mor bo‘lish, desa ham bo‘ladi. Gvardiola hali hech qachon sovrinni bunchalik osonlik bilan qo‘lga kiritmagandi. Yangilar Bu mavsumning asosiy savollaridan biri shunday: Kim yettinchi o‘rinni egallaydi? Oltilikka qaysi jamoalar kirishiga shubha yo‘q, grandlar boshqa jamoalardan ancha kuchli. «Byornli» bu mavsumda Yevropa Ligasi bilan band bo‘ladi, «Everton»da «qayta qurish» jarayoni davom etmoqda, «Lester», «Sauthempton» va «Nyukasl» jamoalari yozgi transferlar vaqtida tarkibni kerakli darajada kuchaytira olishmadi. Nima uchun bukmekerlar chempionshipdan yuqori ligaga ko‘tarilib kelgan «Vulverhempton»ni yettinchi o‘rin uchun asosiy da'vogar sifatida ko‘rishmoqda? Nimaning evaziga?  «Bo‘rilar» jamoasi tarkibini portugal tilida so‘zlashuvchi futbolchilar bilan to‘ldirib oldi. Murabbiy ham portugaliyalik Nuku. «Vulverhempton» chempionshipda chempion bo‘lgan, jamoa o‘tgan mavsumda ham yaxshigina tarkib yiqqandi - tarkibdagi 6 nafar futbolchi Chempionlar ligasida o‘ynash tajribasiga ega, yana biri Yevropa Ligasi yarim finalida o‘ynagan. «Fulhem» ham «Vulverhempton»dan qolishmaydi. O‘tgan o‘n yillikda xalqaro maydonlarda o‘z nomini tanitgan bu jamoa ham yozgi transferlar vaqtida anchagina kuchaydi. Masalan, «Fulhem» «Barselona» ham da'vogar bo‘lgan Serini «Nitstsa»dan sotib oldi. Bundan tashqari, bu jamoaga «Nyukasl»dan Aleksandr Mitrovich, «Arsenal»dan Kallum Chembers, Dortmundning «Borussiya»sidan Shyurrle ham kelib qo‘shildi. Jamoada britaniyalik yosh iqtidor Rayan Sessenon ham to‘p suradi.  Uchinchi yangi jamoa esa «Kardiff Siti». «Suonsi» Premer-ligada jon saqlab qololmadi, ammo Uels boshqa bir jamoasini taqdim etdi. Nil Uornok sakkizinchi marta chempionship jamoasini APLga olib chiqdi, ammo uelsliklar birinchi mavsumdanoq ortga qaytishi mumkin. Bu jamoa tarkibi Angliya premer-ligasi darajasida emas. Uelsliklar faqat chempionship vakillari bilan tarkibni kuchaytirishgan.  Autsayderlar «Kardiff» ligada qolish uchun kurash olib boradi. Ligadagi eng kuchsiz jamoalardan yana biri - «Haddersfild». Devid Vagner o‘tgan mavsumda jamoaning bor imkoniyatlarini ishga solib, ligada qoldi. Uning o‘zi ligada qolishni «mo‘'jiza» deb atagandi. Ammo «mo‘'jizalar oqimi» bo‘lmaydi. «Haddersfild» esa transferlarda faol bo‘lmadi, jamoaning xaridlari raqiblarniki bilan solishtirganda o‘ta ishonchsiz. Boshqa bir tomondan har mavsum arafasida «Bornmut»ni ham quyi ligaga ravona qilishadi, ammo jamoa ligada qolaveradi. Balki «Haddersfild» bilan ham shunday bo‘lar. Biz bu safar ham «Bornmut»ni autsayderlar qatoriga qo‘shamiz. «Byornli»dan ham bu mavsumda o‘tgan mavsumdagi kabi matonat kutish o‘rinsiz, jamoa yuqoridan quyiga sho‘ng‘ishi tayin. Yana «Brayton» va «Uotford»ga ham savollar ko‘p. Ularning biri o‘tgan mavsumda juda kam gol urgan, ikkinchisining tarkibi eskirgan va juda kuchsizlangan. Chempionat tizimi O‘tgan yili Angliya futbol amaldorlari premer-ligada ham qishki tanaffusni joriy etish masalasini muhokama qilishdi. Festival haftasi va boxing day Angliya futbolining qadimiy an'analaridandir, bu ingliz futbolining qon-qoniga singib ketgan. Ammo shu tizimni ham o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Bugungi kunga kelib o‘yinlar intensivligi yanada yuqorilashdi, shu tufayli mavsum o‘rtasida tanaffussiz davom etish futbolchilar uchun xavfli bo‘lib qoldi. Joriy mavsumda ham tanaffus bo‘lmaydi, ammo telekompaniyalar bilan kelishuvga ko‘ra, keyingi mavsumdan tanaffus joriy etiladi. Bu mavsum esa odatdagi formatda o‘tadi. Chempionlar ligasi uchun 4 yo‘llanma, Yevropa Ligasida g‘olib chiqish orqali beshinchi yo‘llanma qo‘lga kiritilishi mumkin. Yevropa Ligasiga yo‘llanmani Angliya Kubogi yoki Angliya Ligasi Kubogida g‘olib bo‘lish orqali qo‘lga kiritish mumkin. Agar bu yevrokubokda inglizlarning top-5likdagi jamoalaridan biri g‘olib bo‘lsa, uning YeLdagi o‘rni keyingi mavsumda oltinchi yoki yettinchi o‘rin egasiga o‘tadi. Yozdagi asosiy transferlar Ueyn Runi Angliya bilan xayrlashdi va «Everton»dan Amerikaning «Di Si Yunayted» klubiga yo‘l oldi. Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ga qaytmadi va kutilgan bomba transfer amalga oshmadi. Eng ko‘p muhokama qilingan transferlardan biri Mahrezning nihoyat «Lester»ni tark etib, «Manchester Siti» tarkibini to‘ldirgani bo‘ldi. «Arsenal» esa jiddiy kuchaydi, yangi bosh murabbiy Unai Emeridan tashqari, Stefan Lixtshtayner, Sokratis Papastatopulos va Lukas Torreyra tarkibga kelib qo‘shildi. Transferlarda eng faol jamoa «Liverpul» bo‘ldi. Jamoa yangi mavsumga darvozabon Alisson, yarim himoyachilar Keyta va Fabino, qanot vakili Shakiri bilan kirib kelmoqda. Bu kampaniya barchani, hatto «Manchester Siti»ni ham qo‘rqita oladi. Prognoz Bu mavsum Joze Mourino uchun hal qiluvchi mavsum bo‘ladi. U ayni vaqtda qattiq asabiylashmoqda, ko‘plab yetakchilar mavsumoldi yig‘inida ishtirok etmaganiga e'tiroz bildirmoqda, Marsiyal bilan nizo chiqardi, boshqa yosh futbolchilarni ham tinimsiz tanqid qilmoqda. Bu uning «MYu»dagi uchinchi yilida sodir bo‘lmoqda, tarix guvohki, uchinchi mavsumda Mourino ishni eplay olmay tashlab ketadi. Katta ehtimol bilan yana shunday bo‘ladi: «Yunayted» kuchli to‘rtlikka kira olmaydi. «Arsenal»ning yangilangan tarkibi jamoa fanatlariga yana umid bermoqda. Ko‘rinishidan Unai Emeri ser Aleks Fergyusonga «Yunayted»da munosib izdosh bo‘lolmagan Devid Moyyesning taqdirini takrorlamoqchi emas. «Chelsi»da hozirdan muammolar bor. Jamoani Tibo Kurtua janjalli tarzda tark etdi. Oy oxiriga qadar esa Eden Azar ham ketib qolishi mumkin (bu holda jamoa uning o‘rniga futbolchi ololmaydi), Sarri esa ishni juda kech boshladi, jamoa Konte bilan shartnomani bekor qilishda qiynaldi va yangi murabbiyni iyul oyining ikkinchi yarmiga kelib tayinladi. «Chelsi» ham kuchli to‘rtlikdan tashqarida qolishi mumkin. «Tottenhem» o‘zgarmadi, ammo «shporlar» bir necha yildan buyon barqaror o‘yin namoyish etib kelmoqda. Ko‘p ehtimol bilan ular «Manchester Siti» va «Liverpul» bilan birga oltin medallar uchun kurashadi. Albatta, amaldagi chempionlarning imkoniyati kattaroq, ularning qoqilishini kutish qiyin. Ammo Angliyada o‘n yildan buyon bir jamoa qatorasiga ikki yil chempion bo‘lgan emas. Premer-ligada eng kuchli jamoalar ham ligada qolish uchun kurashishga majbur bo‘lishi mumkin. Angliya chempionati shunisi bilan muxlislarni o‘ziga jalb qilib keladi. Iqtiboslar Joze Mourino, «MYu» bosh murabbiyi: - Biz mavsumni jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilarimizsiz boshladik. Biz zarur mashg‘ulotlarni o‘tkaza olmadik. Juda qiyin bo‘ladi. Rostini aytsam, biroz qo‘rqayapman. Yurgen Klopp, «Liverpul» bosh murabbiyi: - Biz mavsumoldi yig‘inlarini yomon o‘tkazmadik. Bir qancha yorqin g‘alabalarga erishdik, ammo bu hech narsa emas. Premer-ligada biz har hafta g‘alaba qozonishimiz kerak. Avval bir o‘yinni, keyin ikkinchisini, keyin yana. Vaqtichog‘liq qilishga vaqt bo‘lmaydi. Biz oldindagi mavsumga katta umid bilan boqmoqdamiz. Bilamizki, chempionlik uchun kurash juda qiyin kechadi. Pep Gvardiola, «Manchester Siti» bosh murabbiyi: - Sovringa da'vogarlar ko‘p, biz ulardan birimiz. «Liverpul» hamisha da'vogar bo‘lib kelgan. Bunday jamoa hamisha chempionlik uchun kurashadi. Mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘lish uchun Harri Keyn, Romelu Lukaku, Per-Emerik Obameyang, Muhammad Saloh va Gabriyel Jyezus kabi futbolchilar raqobat qiladi. Mavsum kashfiyoti bo‘lishi mumkin bo‘lgan futbolchilar sifatida Matteo Ganduziy («Arsenal»), Kallum Hadson-Odoi («Chelsi»), Rayan Sessenon («Fulhem»), Fil Fouden («Manchester Siti») va Ruben Nevesh («Vulverhempton») kabi nomlarni sanash mumkin. Angliya Premer-ligasi 1-tur 10 avgust 00:00. Manchester Yunayted – Lester 11 avgust 16:30. Nyukasl – Tottenhem 19:00. Haddersfild – Chelsi 19:00. Bornmut – Kardiff 19:00. Fulhem – Kristal Pelas 19:00. Uotford – Brayton 21:30. Vulverhempton – Everton 12 avgust 17:30. Sautgempton – Bernli 17:30. Liverpul – Vest Hem 20:00. Arsenal – Manchester Siti O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
13Sport
Gulistonlik ota farzandi uchun 70 million so`m to`ladi Sudya qo`lidagi bolg`achasi bilan stolga "taq" etib urdi. Bir necha yillik rishtalar uzilib, oila atalmish chinnining bo`laklari har yonga sochilib ketdi. Ko`zlari javdiragan ikki go`dak bu ne sinoatligini hali beri tushunmasligi tayin. Tushunganda esa ota mehridan ayrilgani-yu, biroq har qalay otasi moddiy tomondan tashlab qo`ymaganini anglaydi. Xulosa esa ularning o`ziga bog`liq. Fuqarolik ishlari bo`yichaGuliston tumanlararo sudining sud buyrug`iga asosan qarzdor S.Eshmuratovdan voyaga etmagan 2 nafar farzandi moddiy ta`minoti uchun N.Beknazarova foydasiga aliment undirish belgilangan edi. Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo`limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor S.Eshmuratovdan farzandlarining 18 yoshga to`lguniga qadar to`lanishi kerak bo`lgan aliment pullarini oldindan jami 70 mln.728 ming so`m undirib berildi.
6Jinoyat
«Barselona» va «Real»da jiddiy sinovlar. Hafta o‘yinlari anonsi «MANCheSTeR YuNAYTeD» - «EVeRTON» Angliya Premer-ligasi. 17-tur 15 dekabr (yakshanba) O‘yin boshlanish vaqti: 19:00 TV-translatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV» O‘tgan haftada Joze Mourino qo‘l ostidagi «Tottenhem» va Pep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti»ni mag‘lub etgan «Manchester Yunayted» Sulsher ustozligidagi eng muhim g‘alabalariga erishdi. Ammo, «MYu» o‘ziga kelmoqda, deyishga hali erta. Sababi, manchesterliklar Premer-liganing grandlarini qaqshatayotgan bo‘lishiga qaramay, o‘rtamiyona va autsayderlar bilan o‘yinlarda “Robin Gud” misoli ochko ulashishmoqda. «Yunayted»ning ushbu mavsumdagi mag‘lubiyatlariga e'tibor berilsa, Sulsher shogirdlari asosan turnir jadvalining ikkinchi qismidan joy olgan klublarga mag‘lub bo‘lgan. Bu turda ularga xuddi shunday klublardan biri «Everton» to‘qnash keladi. Marku Silva iste'foga chiqarilgach, «Everton» Dankan Fergyuson qo‘l ostidagi dastlabki o‘yinda «Chelsi» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Liverpulliklar «Old Trafford»da ham oldingi o‘yinlarda «Kristall Pelas», «Aston Villa» amalga oshirgan ishni uddalash ilinjida kelishadi. Manchesterdagi o‘zaro 3ta o‘yin: 2018/19. MYu – Everton 2:1 2017/18. MYu – Everton 4:0 2016/17. MYu – Everton 1:1 «ReAL SOSeDAD» - «BARSeLONA» Ispaniya La Ligasi. 17-tur. 14 dekabr (shanba) O‘yin boshlanish vaqti: 20:00 TV-translatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV» La Liganing ushbu turidagi markaziy uchrashuv San-Sebastianda o‘tkaziladi. Turnir peshqadami «Barselona» «El-Klasiko» oldidan ashaddiy raqibining nomdoshi «Real Sosedad» mehmoni bo‘ladi. San-Sebastianliklar ushbu mavsumning kashfiyot jamoalaridan biri bo‘lib turishibdi. Imanol Alguasil shogirdlari 4-o‘rindan joy olgan. Ushbu bahs ikki tomon uchun muhim ahamiyatga ega. Mezbonlar mavsumdagi eng katta sinovdan o‘tishsa, mehmonlar esa muhim o‘yin oldidan jiddiy sinovga duch kelishadi. «Real Sosedad» mag‘lubiyatga uchragan taqdirda, jadvalda 6-7-o‘ringa tushib ketish xavfi bo‘lsa, Ernesto Valverde jamoasi ochko yo‘qotgan taqdirda «klasiko»ga peshqadam sifatida kela olmasligi mumkin. Shunday ekan, Messi va uning jamoasi uchun San-Sebastiandagi o‘yin shunchaki “repetitsiya” yoki peshqadamlikdan ayirgan bahs bo‘lib qoladi. San-Sebastiandagi o‘zaro 3ta o‘yin: 2018/19. Real Sosedad – Barselona – 1:2 2017/18. Real Sosedad – Barselona – 2:4 2016/17. Real Sosedad – Barselona – 1:1 «VULVeRHEMPTON» - «TOTTeNHEM» Angliya Premer-ligasi. 17-tur 15 dekabr (yakshanba) O‘yin boshlanish vaqti: 19:00 TV-translatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV» Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan ikki portugaliyalik murabbiylar – Nunu Eshpiritu Santu qo‘l ostidagi «Vulverhempton» va Joze Mourino boshchiligidagi «Tottenhem» klublari o‘rtasidagi bahs shiddatli va murosasiz o‘tishi aniq. G‘alaba ikki jamoaga bir-biridan uzoqlashish imkonini beradi, qolaversa 3 ochko bilan beshlikka kirib olish ehtimoli ham yo‘q emas. «Bo‘rilar» o‘z uylarida peshqadam jamoalarga qarshi qanday o‘ynashni juda yaxshi bilishadi. Shunday ekan, «Taqachilar»ni ham bu yerda oson o‘yin kutmaydi. Mezbonlar so‘nggi 9 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchrashgani yo‘q. So‘nggi safar bahsida «Old Trafford»da mag‘lub bo‘lgan Mourino esa, ketma-ket mehmondagi ikkinchi uchrashuvda ham mag‘lubiyatga rozi bo‘lmasa kerak. Londondagi o‘zaro 3ta o‘yin: 2018/19. Vulverxempton – Tottenhem – 2:3 2011/12. Vulverxempton – Tottenhem – 0:2 2010/11. Vulverxempton – Tottenhem – 3:3 «ARSeNAL» - «MANCheSTeR SITI» Angliya Premer-ligasi. 17-tur 15 dekabr (yakshanba) O‘yin boshlanish vaqti: 21:30 TV-translatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV» Dushanba kuni «Vest Hem»ni mag‘lub etib, nihoyat 7 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ygan «Arsenal»ni kelayotgan turda yana bir jiddiy sinov kutib turibdi. Freddi Yungberg boshchiligidagi «Kanonirlar» Londonda amaldagi chempion «Manchester Siti»ga qarshi saf tortishadi. «Arsenal» so‘nggi ikki mavsumda muxlislari qarshisida bu raqibga mag‘lubiyatga uchramoqda. Ammo hozirga kelib «Manchester Siti»dan avvalgi mag‘lubiyatlar uchun revansh olishning ayni vaqti. Gvardiola shogirdlari chempionlikni deyarli qo‘ldan boy berishdi, qolaversa so‘nggi turda ashaddiy raqibi «Manchester Yunayted»ga o‘z uyida mag‘lubiyatga uchrab, jiddiy zarbani qabul qilishdi. APLda nokaut holatidagi «shaharliklar»ni «Arsenal» ham mag‘lub eta olsa, Gvardiolaning klubdagi faoliyati so‘roq ostida qolishi mumkin. Aks holatda esa Yungberg murabbiylik kursisini yangi bosh murabbiyga topshirsa, ajabmas. Har qanday holatda ham bizni «Emireyts» o‘yingohida ajoyib bahs kutib turibdi. Londondagi o‘zaro 3ta o‘yin: 2018/19. Arsenal – Man.Siti – 0:2 2017/18. Arsenal – Man.Siti – 0:3 2016/17. Arsenal – Man.Siti – 2:2  «VALeNSIYa» - «ReAL» Ispaniya La Ligasi. 17-tur. 15 dekabr (yakshanba) O‘yin boshlanish vaqti: 01:00 TV-translatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV» «El-Klasiko» oldidan «Real» «Barselona»dan farqli o‘laroq 3 kun emas, 2 kun dam oladi, xolos. Yakshanba oqshomida Zidan shogirdlarini yana bir azaliy raqib «Valensiya»ga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. «Mestalya»dagi qarama-qarshilik Madrid klubi uchun jiddiy sinov sanaladi. «Qirollik klubi» «Valensiya»ga qarshi safarda o‘tgan so‘nggi 5 mavsumdagi o‘yinlardan bor yo‘g‘i bittasida mehmondan g‘alaba qayta olishdi. Qolaversa, sentabr oyida «ko‘rshapalaklar»da ish boshlagan Albert Selades «Valensiya»ni yaxshi sport formasiga chiqara oldi. Klub so‘nggi 8 o‘yindan faqatgina ikkitasida mag‘lubiyatga uchragan. La Liga doirasidagi mezbonlikdagi o‘yinlarida 9ta bahsdan beri mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Ushbu turdagi «Real» ustidan g‘alaba jamoani 4-o‘ringa chiqarishi mumkin. O‘z o‘rnida Zidan shogirdlarining ham La Ligadagi g‘alabali seriyasi 4ta o‘yinga yetdi. Kataloniyadagi uchrashuvga xushkayfiyatda borish uchun ham madridliklar g‘alabali yurishlarini davom ettirishlari talab etiladi. «Real» chorshanba kuni Barselonaga qanday holatda yetib borishiga bu o‘yinning ahamiyati katta. Valensiyadagi o‘zaro 3ta o‘yin: 2018/19. Valensiya – Real Madrid – 2:1 2017/18. Valensiya – Real Madrid – 1:4 2016/17. Valensiya – Real Madrid – 2:1 Usmon Ibodov
13Sport
AQSh va Vetnam “kimyoviy urush” oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni yakunladi AQSh va Vetnam 7 noyabrda AQSh armiyasi tomonidan 1960-1970-yillarda Hindixitoy yarimorolidagi jangovar harakatlar vaqtida o‘ta zaharli defoliantlarning ommaviy qo‘llanishi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ilk qo‘shma loyiha amalga oshirilishi yakunlanganini ma'lum qildi. Nhan Dan nashrining ma'lum qilishicha, AQShning moliyaviy ko‘magida tomonlar 2012 yildan beri AQShning Danang shahridagi sobiq harbiy bazasi hududini zaharli moddalardan tozalash ishlarini amalga oshirishgan. Ushbu urush vaqtida AQSh harbiy-havo kuchlari aviabazasi joylashgan Danang aeroportida o‘tgan tantanali marosimda Vetnam harbiy qo‘mondonligi va AQSh elchixonasi vakillari Xanoyda ham, Vashingtonda ham ikki davlat tarixidagi noxush sahifalarni varaqlashga yordam beruvchi ushbu birgalikdagi ishga katta ahamiyat berilishi ta'kidlab o‘tilgan. AQSh tomonidan 110 mln dollar ajratilgan loyihani bajarishga ketgan 6 yil davomida 30 gektar yer tozalangan. Endi bu yerni Danang xalqaro aeroportini kengaytirish uchun qo‘llash mumkin bo‘ladi.  Danangdagi aviabaza urush yillarida Agent Orange – AQSh bombardimonchilari tomonidan vetnamlik partizanlar nazorat qilgan hududlar ustidan sochilgan defoliant saqlanadigan asosiy ombor bo‘lgan.  Agent Orange ilk bor 1961 yil sentabrda Vetnamning janubiy qismidagi Kamau yarimoroli ustida sochilgan. Vetnamdagi urush vaqtida umumiy hisobda 80 mln litr defoliant sochilgan. Urushdan keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijalari esa Vetnamda kimyoviy moddalardan dunyoning boshqa joyidan ko‘proq odam jabrlanganini tasdiqlagan. Taxminiy baholashlarga ko‘ra, 4,8 mlnga yaqin vetnamlik defoliant ta'siriga uchragan.
2Dunyo
Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda IES qurilishining 1-bosqichini boshladi Kompaniya qurilishni boshlashga kirishishdan avval tuproqni o‘rganish ishlari boshlandi. Yangi issiqlik elektr stansiyasi Sirdaryo IES yaqinida barpo etiladi va zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bilan (BGQ) jihozlanishi tufayli uning samaradorligi amaldagidan 1,7 barobar yuqori bo‘ladi.  Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, yangi IESda umumiy quvvati 1250-1500 MVtga teng bo‘ladi. Sirdaryo IES energobloklaridan deyarli ikki barobar samarali bo‘lgan H/J toifasiga mansub ikkita bug‘-gaz qurilmasi o‘rnatiladi. Yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar ko‘p elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Sarmoyador samaradorligi 60 foizdan yuqori bo‘lgan, yiliga 10,0 milliard kVt/s elektr energiya ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan qurilmalarning eng oxirgi modellaridan foydalanadi. Yangi issiqlik elektr stansiyasining qurilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy investitsiyalar hisobidan to‘liq amalga oshiriladi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uzoq muddatli shartnoma asosida sotiladi. Mazkur investitsiya loyihasi muhokamasi energetika vaziri Alisher Sultonovning joriy yilning 7 fevralida Saudiya Arabistoni energetika vaziri o‘rinbosari Abid bin Abdulla as-Sa'dun boshchiligidagi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingan edi. Delegatsiya tarkibidan ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan va kompaniyaning boshqa mutasaddi vakillari joy olgan edi.
8O‘zbekiston
“Barselona”ga Paulo Dibala va Bundesliganing ikkinchi eng yaxshi to‘purari xizmatlari taklif qilindi “Barselona” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun agentlardan takliflar olishda davom etmoqda. Mundo Deportivo nashrining yozishicha, katalon klubi qishki transfer oynasi yopilgunga qadar 18 ta gol bilan Bundesliga to‘purarlari orasida 2-o‘rinda borayotgan “Bayer” hujumchisi Patrik Shikni sotib olish varianti paydo bo‘lgan. Shuningdek, klubga “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlahovich va mavsum yakunida erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan “Yuventus” forvardi Paulo Dibalani qo‘lga kiritish taklif qilingan. Vlahovichga, shuningdek, “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirayotgan bo‘lsa, Dibala turinliklar bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti, bu vaziyatdan esa “Inter” foydalanib qolmoqchi va Pauloga shartnoma taklif qildi. Avvalroq “Barselona”ning yozgi transfer oynasidagi ustuvor vazifasi “Borussiya D” hujumchisi Erling Holand ekanligi aytilgandi. Biroq keyinchalik Holandning o‘zi “Real”ga o‘tmoqchiligi ma’lum qilindi.  “Real” Erling Holandni sotib olsa, Karim Benzema jamoani tark etishi mumkin
13Sport
“Har qanday raqib bilan jang qilishga tayyorman, faqat joy va vaqtini ayting” — Habib Nurmagomedov UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov 18-aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi belgilangan chempionlik kamari himoyasi uchun jangi katta ehtimol bilan bekor bo‘lgani haqida gapirdi. “Ayni damda UFC chempioniman. Toniga qarshi jang mening aybim bilan bekor bo‘lgani yo‘q. Ushbu jangga tayyorgarlik ko‘rdim va ayni damda ham bunga tayyorman. Va hatto hozirgina mashg‘ulotlarni yakunladim. Har qanday joyda va har qanday vaqtda. Shuning uchun ham sportchiman va amaldagi chempionman. Shunchaki, menga joy va vaqtni ayting, o‘sha yerda bo‘laman. Har qanday raqib bilan jang qilishga tayyorman. Biroq har doim ham hamma narsa o‘zimizga bog‘liq bo‘lavermaydi”, — deydi Habib Nurmagomedov. UFC Habib—Toni jangini beshinchi marta tashkil etishga harakat qildi. Bundan oldingi to‘rtta urinish ham samarasiz yakunlangandi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Qoraqalpog‘istonlik 9 yashar qiz temirni tishlab turish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida tavallud topgan Jansuluv Tatlimuratovaning dovrug‘i butun dunyoga tarqalmoqda, deb xabar beradi O‘zA. 9 yoshli Jansuluv sportning badiiy gimnastika turi bilan ikki yarim yoshidan boshlab shug‘ullana boshlagan. Jansuluv hozirgi kunda Taxtako‘pir tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi. U o‘qish bilan birga 17-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ustozi Go‘zal Shaxiyevadan turli xalqlarning raqslarini o‘rganmoqda. Qayd etilishicha, qizcha kichkina bo‘lishiga qaramay, hozirdanoq shogird tayyorlay boshlagan. U gimnastika sirlarini 6 yoshli shogirdi Aydana Pirniyazovaga ham o‘rgatmoqda. “Jansuluv Tatlimuratova ‘Sport’ telekanalining ‘Record.uz’ ko‘rsatuvida ‘Eng egiluvchan plastik qiz’ nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan bo‘lsa,  ‘Zo‘r TV’ telekanali tomonidan qobiliyatli bolalar uchun tashkillashtirilgan ‘Indigo’ sport musobaqasida ham qatnashib, iste’dodi bilan ko‘pchilikni dog‘da qoldirdi. U temirni 5 daqiqa tishlab turib, jahon rekordini yangiladi. Kichkina gimnast qizning repertuaridan kichik sandiqdan tasodifan chiqib, nozik va suluv harakatlarini ko‘rsatish, havo gimnastikasi, unda havoda turib, murakkab harakatlarni zukkolik bilan ko‘rsatish, musiqa sadolari ostida harakatlanib kamonda nishonga o‘q otish kabi kompozitsiyalar o‘rin olgan”, — deyiladi xabarda. “Ginnesning rekordlar kitobiga xat yo‘lladik. Qizimning qobiliyatini jahon arenalarida ko‘rsatib, uni shu kitobga kiritsa baxtli ona bo‘lgan bo‘lar edim. Jansuluv ayni paytda Xitoy va Rossiyada o‘tkaziladigan tanlovga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, — deydi qizchaning onasi Gulmira.
8O‘zbekiston
Vazir tashrifi bolalar bog‘chasi xodimlarini esankiratib qo‘ydi O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin seshanba kuni poytaxtdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga uyushtirgan navbatdagi kutilmagan tashriflarida ularda ishlayotgan xodimlarni sarosimaga solib qo‘ydi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.Yunusobod tumanidagi 206-MTMda soat 12:20 bo‘lishiga qaramay, bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun tushlik tashkil etilmagan. Bog‘cha mudirasi esa mehmonlarga tayyorlov guruhidagi o‘quv-tarbiya jarayoni bilan tanishishni taklif qildi. Tayyorlov guruhi tarbiyachisi Bolalar 18 yillik pedagogik tajribaga ega Dilyara Egamberdiyevaning mashg‘ulotlariga shu qadar qiziqib ketganidan mehmonlarning guruhga kirib kelganini ham sezmay qolishdi. Bog‘cha opaning ta’lim-tarbiya berish metodikasini yuqori boholagan vazir oshxonaga yo‘l oldi.Taomnoma bo‘yicha 2-qaylali no‘xotli bo‘tqa pishish arafasida bo‘lsada, uning ichida yangi solingan xom go‘sht borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, oshpaz E. Mamedova taomnoma bo‘yicha tushlikdagi 2-ovqatga berilishi lozim bo‘lgan 35,22 kg o‘riga 31 kg go‘sht ishlatgan. Ammo mehmonlarning kutilmagan tashrifi uni esankiratgani bois, pishib turgan bo‘tqaga yana 4 kg xom go‘shtni solib yuborgan. Bu esa, tushlik vaqtini kechiktirib, kun tartibining buzilishiga ham sabab bo‘lgan. Shuningdek, mazkur bog‘chaning quvvati 540 nafar bolaga mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, 2018 yilning 1 yanvar holatida tarbiyalanuvchilar soni 740 nafarni tashkil etgan. Bolalar bog‘chasi binosining birinchi blogi esa tuman hokimiyati tomonidan Mahalla qo‘mitasiga berib yuborilgan. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar munosabati bilan mudira V.Muxammedova, oshpaz E.Mamayedova, ombor mudiri D.Dadaxodjayeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Shuningdek, bog‘cha hamshirasi Sh. Tashtayevaga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.Kunning ikkinchi yarmida vazir va yana bir qator mas’ullar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasida ham bo‘lishdi. Bu yerdagi vaziyat ham yuqoridagidan farq qilmaydi, deya qayd etdi vazirlik matbuot xizmati. Bog‘cha 1980 yilda qurilgan bo‘lib uning quvvati 320 o‘ringa mo‘ljallanganiga qaramay, bugungi kunda ushbu bog‘chada 551 nafar bola tarbiyalanmoqda.Shuningdek, oshxona faoliyati talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan. Xususan, maktabgacha ta’lim muassasiga Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan «Ibragimova» MCHJ tomonidan yetkazib berilgan go‘shtning bir qismi sifatsiz holatda ekani va yaroqsiz go‘sht mahsulotlari oshxona muzlatgichida saqlangani aniqlandi.Natijada bog‘cha ombor mudiri D. Baxromova va bosh oshpaz D. Davirova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi vazifasini bajaruvchi F.Usmanbekova hamda hamshira G.Xo‘jamqulovaga esa «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. «Ibragimova» MCHJ bilan tuzilgan shartnoma ham bekor qilingan.Agrippina Shin o‘rganish davridagi holatlarni zudlik bilan bartaraf etish va ularni takrorlamaslik maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijroga qaratish yuzasidan mutassadilarga topshiriq berdi.
5Jamiyat
Barcha qit’alar uchun JCh—2018 saralash bosqichiga qur’a tashlandi 25-iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 2018-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichlariga qur’a tashlandi, deb xabar qiladi “Uff.uz”. Osiyoda JCh saralash o‘yinlari boshlanib bo‘lgan. Osiyodan boshqa barcha qit’alar uchun qur’a tashlandi. Afrika qit’asidan 5 ta jamoa JChda o‘ynaydi. Ushbu qit’aga tashlangan qur’a: Somali — Niger g‘olibi Kamerun bilan o‘ynaydi Janubiy Sudan — Mavritaniya g‘olibi Tunis bilan o‘ynaydi Gambiya — Namibiya g‘olibi Gvineya bilan o‘ynaydi San-Tome va Prinsipi — Efiopiya g‘olibi Kongo bilan o‘ynaydi Chad — Serra-Leone g‘olibi Misr bilan o‘ynaydi Komor orollari — Lesoto g‘olibi Gana bilan o‘ynaydi Jibuti — Svazilend g‘olibi Nigeriya bilan o‘ynaydi Eritreya — Botsvana g‘olibi Mali bilan o‘ynaydi Seyshel orollari — Burundi g‘olibi Kongo DR bilan o‘ynaydi Liberiya — Gvineya Bisau g‘olibi Kot-d'Ivuar bilan o‘ynaydi Markaziy Afrika Respublikasi — Madagaskar g‘olibi Senegal bilan o‘ynaydi Mavrikiy — Keniya g‘olibi Kabo-Verde bilan o‘ynaydi Tanzaniya — Malavi g‘olibi Jazoir bilan o‘ynaydi Sudan — Zambiya Liviya — Ruanda Marokash — Ekvatorial Gvineya Mozambik — Gabon Benin — Burkina Faso Togo — Uganda Angola — JAR Shimoliy va Markaziy Amerika va Karib havzasi (KONKAKAF)ga 3,5 ta yo‘llanma berilgan. Ushbu mintaqa uchun qur’a natijasi: “A” guruhi Meksika Gonduras Kyurasao — Salvador g‘olibi Kanada — Beliz g‘olibi “B” guruhi Kosta-Rika Panama Grenada — Gaiti g‘olibi Yamayka — Nikaragua g‘olibi “C” guruhi AQSh Trinidad va Tabago Sent-Vinsent va Grenadina — Aruba g‘olibi Antigua va Barbuda — Gvatemala g‘olibi Okeaniyaga 0,5 ta yo‘llanma berilgan. Ushbu mintaqasi qur’asi: “A” guruhi Taiti Yangi Kaledoniya Amerikan Samoa, Kuka orollari, Samoa va Tonga kvarteti g‘olibi. Papua — Yangi Gvineya g‘olibi “B” guruhi Yangi Zelandiya Salamon orollari Fiji Vanuatu Janubiy Amerika uchun JChga 4,5 ta yo‘llanma berilgan. KONMEBOLda 10 jamoa 2 davrali tizimda bir-biri bilan uyda va safarda o‘ynaydi. Kolumbiya, Chili, Paragvay, Argentina, Braziliya, Ekvador, Venesuela, Boliviya, Peru, Urugvay. Yevropa qit’asi uchun JChga 13 ta yo‘llanma berilgan. 9ta guruh g‘olibi JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. 2-o‘rinni egallagan eng yaxshi 8 jamoa 4 ta yo‘llanma uchun pley-off bosqichida ishtirok etadi. Ushbu qit’a uchun qur’a natijasi. “A” guruhi: Gollandiya, Fransiya, Shvetsiya, Bolgariya, Belarus, Lyuksemburg. “B” guruhi: Portugaliya, Shveysariya, Vengriya, Farer ororllari, Latviya, Andorra. “C” guruhi: Germaniya, Chexiya, Shimoliy Irlandiya, Norvegiya, Ozarbayjon, San-Marino. “D” guruhi: Uels, Avstriya, Serbiya, Irlandiya, Moldova, Gruziya. “E” guruhi: Ruminiya, Daniya, Polsha, Chernogoriya, Armaniston, Qozog‘iston. “F” guruhi: Angliya, Slovakiya, Shotlandiya, Sloveniya, Litva, Malta. “G” guruhi: Ispaniya, Italiya, Albaniya, Isroil, Makedoniya, Lixtenshteyn. “H” guruhi: Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Gretsiya, Estoniya, Kipr. “I” guruhi: Xorvatiya, Islandiya, Ukraina, Turkiya, Finlandiya.
13Sport
Talabalarning reyting daftarchasi, qayd varaqasi va o‘qituvchilar dars rejasi to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni to‘liq kredit-modul tizimiga o‘tgach, barcha ishlar elektron shaklga o‘tkaziladi. Reyting daftarchasi, talabalarning qayd varaqasi, o‘qituvchilar dars rejasi, jurnali hamda talabalar jurnalini yuritishda qog‘oz ko‘rinishidan butunlay voz kechiladi», – dedi u 1 fevral kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Boshqarma boshlig‘iga ko‘ra, elektron shaklda baholar bo‘yicha ham shaffoflik yaratiladi. «O‘qituvchi baholarni qachon qo‘yishi, qanday asoslarga ko‘ra baholanishi aniq bo‘ladi va belgilangan muddat o‘tgach, o‘qituvchi bahoni o‘zgartirishiga imkon bo‘lmaydi. Hattoki qaysidir sabab bilan o‘zgartirilsa ham, bu haqdagi ma'lumotlarni saqlab qoladigan tizim yaratilmoqda», – dedi Xoliqov.
8O‘zbekiston
“5 yil emas, undan ancha tezroq” - Sardor Umurzakov O‘zbekiston qachon JSTga a'zo bo‘lishi haqida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov OAVga bergan intervyusida mamlakat Jahon savdo tashkilotiga qachon a'zo bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi. “Muddatlar haqida gapirishni istamagan bo‘lardim, biroq o‘ylashimcha, bu [siz savolingizda aytganingizdek] 5 yillik muddatdan ko‘ra ancha tezroq ro‘y beradi. JSTga a'zo bo‘lish – men uchun KPI ko‘rsatkichlardan biri. Bu masala bo‘yicha mening faoliyatimga hukumatda baho berishadi”, – dedi Umurzakov. Vazirning aytishicha, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning navbatdagi beshinchi yig‘ilishi shu yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishi 2020 yil iyulida bo‘lib o‘tgan, bu bilan O‘zbekiston JSTga a'zolik harakatlarini rasman qayta boshlagandi. Ma'lumot uchun, bu ishchi guruhning uchinchi yig‘ilishi 2005 yilda o‘tkazilgan. Ayni paytda beshinchi yig‘ilish uchun Faktologik xulosa tayyorlanmoqda. Bu xulosa JSTga a'zo mamlakatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar asosida tayyorlanadi va u tashkilotning Jyenevadagi bosh ofisida ma'qullansa, a'zolik jarayoni keyingi bosqichga o‘tadi. “Keyingi bosqichda a'zolik jarayonlari ancha tezlashadi. Biz shubhasiz JSTga a'zo bo‘lishimiz kerak. Bu bizga boshqa mamlakatlar bozorini ochib beradi, investitsion iqlimni keskin yaxshilaydi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizni boshqa davlatlar bilan haqqoniy raqobatda yutqazmaslik uchun o‘z mahsulotlari sifatini oshirishga undaydi”, – dedi Umurzakov. O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish uchun arizani 1994 yilda bergan. Hozirda dunyoning 164ta davlati, shu jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham JST a'zosi sanaladi. O‘zbekiston hukumatida bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov mazkur tashkilotga a'zo bo‘lish ishlarini muvofiqlashtirishga mas'ul etib belgilangan. “Narx-navo pasayishi uchun savdodagi to‘siqlar olib tashlanishi kerak” — Behzod Hoshimov
4Iqtisodiyot
“Ismim Xose emas, Joze”. Mourinyo ismining noto‘g‘ri talaffuz qilinishidan asabi buzilishini aytdi “Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo ism va familiyalarning noto‘g‘ri talaffuz qilinishiga toqat qilolmasligi haqida gapirdi. Portugaliyalik mutaxassis London klubi haqidagi “Hammasi yoki hech narsa” nomli hujjatli filmda himoyachi Yafet Tangangadan ismini qanday aytsa to‘g‘ri bo‘lishi haqida so‘raydi. Javobni olganidan so‘ng Mourinyo ko‘pchilik uning ismini noto‘g‘ri talaffuz qilishidan shikoyat qiladi. “Ismlarning noto‘g‘ri talaffuz qilinishi asabimni buzadi. Hamma mening ismimni noto‘g‘ri talaffuz qiladi. Ular meni Xose deb ataydi. Men Xose emasman, mening ismim Joze”, — deydi Mourinyo. Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2019-yilning noyabr oyida “shporlar” bilan 2023-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Jamoa uning qo‘l ostida 2019/20-yilgi mavsumni (APL) 7-o‘rinda yakunladi.
13Sport
Qo‘chqorov Ashraf G‘ani bilan ko‘rishdi, Afg‘onistondan Xitoyga Andijon orqali 3 kunda boriladi Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani va O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Mozori Sharif-Hirot temir yo‘lining qurilishi masalasini muhokama qildi. Bu haqda Afghanistan.ru xabar bermoqda. Qo‘chqorovning Afg‘oniston rahbari bilan Kobuldagi uchrashuvda aytishicha, loyihani baholash jarayoni tugagan va uni Markaziy bank hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Uning ta'kidlashicha, temir yo‘l qurilishi ham Afg‘oniston va O‘zbekiston, ham mintaqaning barcha davlatlari uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi, deb xabar qilgan afg‘on matbuoti. Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning amalga oshirilishi Afg‘onistondan Xitoyga O‘zbekistonning Andijon shahri orqali uch kun ichida borish imkonini beradi. O‘z navbatida, Ashraf G‘ani mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, infratuzilma sohasida kengaytirish aholi turmush sifatini yaxshilashi hamda mintaqaning farovonligini oshirishga xizmat qilishini ta'kidladi.
8O‘zbekiston
303ta yog‘-moy korxonasining 226tasi talabga javob bermasligi ma'lum bo‘ldi Qayd etilishicha, texnik chigitni qayta ishlashga ixtisoslashgan 303ta yog‘-moy korxonasining 77tasi paxta texnik chigitini qayta ishlash uchun belgilangan talablarga muvofiq, 226tasi esa korxona faoliyati belgilangan talablarga muvofiq emas. Jumladan, 35 korxona hech qanday texnologik uskuna bilan jihozlanmagan. Shuningdek, ularning 52tasida faqat presslash uskunasi mavjudligi, 13tasida ekstraksiyalash uskunasi yo‘qligi, 126 korxona esa to‘liq texnologik siklga ega emasligi aniqlandi. Mazkur kamchilik va qonunbuzilishlar yuzasidan korxonalarga nisbatan jami 402ta, shu jumladan, 45ta ogohnoma, 350ta ko‘rsatma va 7ta taqdimnoma ta'sir choralari ko‘rilib, yog‘-moy korxonalariga oid to‘plangan 36ta material huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
8O‘zbekiston
O'zbekistonda 10 fevral kuni magnit bo'roni kuzatiladi Toshkent shahri va respublikaning Toshkent shahri bilan bitta geografik kenglikda joylashgan hududlarida 10 fevral kuni magnit bo'roni kuzatiladi. Bu haqda “Bugun.uz” meteorologi Erkin Abdulahatov xabar bermoqda. Ta'kidlanishicha, Toshkent shahrida 10 fevral kuni G2 darajali kuchga ega 4 balli magnit bo'ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Oxirgi kunlarda Yerning shimoliy yarim sharida bo'ronlar faolligi sezilarli kuzatilmoqda. “SpaceX” sun'iy yo'ldoshlari ham davomli bo'ron kuchlarida o'z yo'nalishini yo'qotib, yaroqsiz holatga kelib qolgani to'g'risida xabarlar tarqalmoqda. Magnit bo'ronlarining yuqori xavfli darajasi nafaqat inson salomatligi, uning kundalik ish faoliyatiga, balki aloqa tizimiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatadi. “Darvoqe, ayni payt respublika aholisining aksariyatida bosh orqa qismida karaxtlik kuzatilmoqda. Bu bevosita magnit bo'ronlari aks ta'sirida yuz bermoqda”, — degan u. Avvalroq ham Toshkentda 2021 yilning 12 oktyabr kuni 4 balli magnit bo'roni kuzatilgan. Bo'ron ob-havo o'zgarishlariga ta'sirchan, qon-bosimi, nerv-asab kasalliklariga ega kishilarga yaqqol sezilgan. Aytilishicha, bo'ron yuqori faolligi kun davomida kutilayotgani uchun uning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida baliq va ko'kat mahsulotlarini iste'mol qilish tavsiya etiladi.
14Texnologiya
“Tanishlari bilan xayrlashgan”. Qarshidagi yotoqxona binosidan o‘zini tashlab, vafot etgan qizning so‘nggi lahzalari kuzatuv kamerasiga tushib qoldi (video) Qarshi shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabasi yotoqxonaning beshinchi qavatidan tushib ketib, vafot etgani haqida xabar berilgandi. Talaba qiz tengdoshlarining eslashicha, qiz o‘limidan avval barcha tanishlari bilan xayrlashgandek taassurot uyg‘otgan. “Daryo” muxbiri voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida texnikum yotoqxonasi va o‘quv binosida bo‘lib, marhumani tanigan-bilganlarni suhbatga tortdi. Texnikum yotoqxonasi tarbiyachisi Faxriddin Safarovning aytishicha, marhuma opasi bilan yotoqxonaning to‘rtinchi qavatida yashagan bo‘lsa-da, voqea sodir bo‘lgan kuni beshinchi qavatga chiqib, yuqori qavat derazasidan o‘zini pastga tashlagan. “Kuzatuv kameralarini ko‘zdan kechirganimizda Mahliyo beshinchi qavatga chiqib, avvaliga chiqindi tashlashga ketayotgan tanishi bilan quchoqlashgan. O‘sha payt xayrlashganmi yoki salomlashganmi hozircha bu bizga qorong‘i. Ammo shundan so‘ng beshinchi qavat eshigini yopib, ikkilanmasdan derazadan sakragan”, — deydi yotoqxona tarbiyachisi. Marhuma o‘zini pastga tashlagan deraza. Yotoqxonaning beshinchi qavatida yashovchi qizlar — Malohat Salomova hamda Sohiba Yo‘ldoshevalarning ma’lumot berishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda yotoqxonada baqir-chaqir ovoz eshitilgan, ular umumiy zalga chiqqanda esa mudhish voqea sodir bo‘lganidan xabar topgan. “Biz xonada o‘tirgandik. Shunda qizlarning baqir-chaqir ovozi eshitildi. Xonadan umumiy zalga chiqsak, shu voqea — qiz o‘zini derazadan tashlab yuborganini aytishdi. Derazadan qarasak, haqiqatan ham u pastda yotgan ekan. Keyin militsiyalar kelishdi”, — deydi yotoqxonaning beshinchi qavatida yashovchi talaba qizlarning biri Sohiba Yo‘ldosheva. Marhuma yashagan xona. Voqea sodir bo‘lgan kuni yotoqxonada navbatchilik qilgan Murod aka Hazratqulovning aytishicha, yotoqxonada qizlarning ovozi balandlashgani eshitilgach, u qizlardan nima bo‘layotganini so‘ragan. Murod Hazratqulov. “2021-yilning 30-noyabr kuni soat taxminan 17:30 lar edi. Hali qorong‘i ham tushib ulgurmagandi. Qizlarning baqir-chaqir ovozi eshitilgach, yugurib chiqdim. Chiqsam, qizning tepadan o‘zini tashlaganini aytishdi. Derazani ochib qarasam, qiz yerda yotgan ekan”, — deydi Murod Hazratqulov. Marhumani tanigan qizlar uning xushchaqchaq qiz bo‘lganini, kayfiyatida tushkunlik bo‘lmaganini aytmoqda. “U judayam sho‘x qiz edi. Umuman tushkun kayfiyatda ko‘rmaganman. Zaif tomoni yo‘q edi. Har doim yomon holatdan ham yaxshi kayfiyat bilan chiqa olardi. Yotoqxonada ham barcha qizlar bilan kulib, xushchaqchaq holda gaplashardi”, — deydi Malohat Salomova. Sohiba Yo‘ldoshevaning aytishicha, marhuma adolatsizlikka chiday olmagan. Ko‘pincha opasi bilan tortishgan. “Adolatsizlikka chiday olmasdi. Ko‘pincha opasi bilan tortishib qolardi. Opasi uni boshqa bir yigit bilan gaplashganlikda ayblab, uydagilariga aytgan shekilli, ‘men hech kim bilan gaplashmaganman, aybdormasman’, derdi. Va shu bois ham qo‘lidagi internetga kirish imkoniyati bo‘lgan telefonini ham opasiga bergandi”, — deydi Sohiba Yo‘ldosheva. Marhuma bilan yonma-yon xonada istiqomat qilgan Farangiz Norqulova ham qizning xushchaqchaqligini, ruhiyatida umuman tushkunlik bo‘lmaganini aytmoqda. Marhumaning so‘nggi daqiqalarini yozib olgan kuzatuv kamerasi. “Men o‘sha kuni uydan kelgandim. Uni kun bo‘yi ko‘rmagandim. Nega bunday qilganiga hayronman. Xushchaqchaq qiz edi. Umuman o‘z joniga qasd qiladigan darajada emasdi. Har doim o‘ynab-kulib yurardi”, — deydi Farangiz Norqulova. Murod Hazratqulov so‘nggi ikki yil davomida shu yotoqxonada faoliyat yuritib kelayotganini, bunday mudhish holat birinchi marotaba sodir bo‘lganini bildirmoqda. Farangiz Norqulova. “O‘sha kuni o‘quvchilar ham, mahalla aholisi ham yig‘ilib, voqea joyiga bordi. To‘g‘risi, shokka tushdim. Ayniqsa, marhumaning opasi ahvolini ko‘rib, judayam rahmim keldi. Bu holatni tasvirlab berishga ojizman”, — deydi yotoqxona tarbiyachisi. Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini, marhumaning o‘limi sabablari va ishga aloqador bo‘lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, ishga aloqador bo‘lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olinayotganini ma’lum qilgandi.
8O‘zbekiston
Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga 4000 dona ekspres-test to‘plamlarini taqdim qildi «Ekspress-testlar organizmga tushgan koronavirusga nisbatan immun tizimining kurashish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi, bunda kasallik jarayonining kechuv davri, organizmning virusga qarshi qanday kurashayotgani va hosil qilingan immunitet tanachalari baholanadi. Bu usul insonning qon namunasi orqali tekshiriladi. Mazkur testlar yurtimiz aholisi orasida koronavirus infeksiyasini tezda aniqlab, uni barvaqt davolash imkonini beradi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida. KOFIH — Koreya Respublikasining sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi tashkilot bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari, ya'ni chet davlatlarda sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash uchun beg‘araz loyihalar bilan shug‘ullanadi.  Hozirgi kunda KOFIH 20dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ular orasida O‘zbekiston ham bor. Jamg‘arma hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan mamlakatlar turli ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirib keladi. Ularning asosiy qismini  birinchi tibbiy yordam, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy masalalar tashkil etadi.  Ana shunday loyihalardan biri KOFIH malaka oshirish dasturi doirasida 2007 yildan boshlab O‘zbekistondan 60dan ortiq shifokor Koreya Respublikasining yetakchi oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirib qaytgan. KOFIH Bolalar milliy tibbiyot markazini tashkiliy ishlariga va boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashib kelmoqda. Markazda shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari va bachadon bo‘yni saratoniga qarshi kurash loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoq «yulduzi» xalq kutubxonasiga asos soldi Farg‘ona viloyati Rishton tumanida istiqomat qiluvchi hunarmand Dilshod Boltaboyev ish joyining o‘zida mo‘'jaz kutubxona yaratdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Dima Qayum taxallusida ijod qiluvchi pechkachi hazilomuz gaplari va qochirimli so‘zlari bilan barchaga yaxshi tanish. U o‘zining sahifasi orqali bozor hududida, ya'ni ish joyida xalq kutubxonasini tashkil qilishini, xayrli tadbirga qo‘shilishni istaganlar unga bosma nashrlarni yuborib, xalq kutubxonasini boyitishga o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligini bildirgandi. Oradan uzoq vaqt o‘tmasdan, u 300dan ortiq kitobni jamlagan "Roshidoniy” nomidagi xalq kutubxonasini ochganini ma'lum qildi. Ijtimoiy tarmoqda boshlangan tadbir amaliy jihatdan chiroyli yechimga ega bo‘ldi, deb aytilsa bo‘ladi. “Roshidoniy” xalq kutubxonasiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling:  Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Miskin MFY, Ehtirom ko‘chasi, 23 uy. Indeks: 150300. Dilshod Boltaboyevga. Telefon (Telegram): +998905603300.
5Jamiyat
Sardoba toshqinida yaroqsiz holga kelgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ochiqlandi “Sardoba” suv omboridagi fojia natijasida 108ta fermer va qishloq xo‘jalik korxonasining jami 16,525 gektar yeri zararlangan. 9734 gektar chigit, 6821 gektar g‘alla, 231 gektar sabzavot ekinlari, 1095 gektar poliz, 14 gektar kartoshka, 154 gektar bog‘ va 83 gektar bog‘ oralariga ekilgan sabzavot ekinlari suv ostida qolib, yaroqsiz holatga kelgan. Bu haqida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi matbuot kotibi Ne'matjon Otamurodov ishtirokida brifingda ma'lum qilindi. Bildirilishicha, zarar ko‘rgan ekin maydonlarining o‘rniga boshqa tuman yerlaridan qo‘shimcha ekish uchun 3990 gektar yer maydoni ajratilib, hozirgacha 3244 gektar maydonga ekish ishlari amalga oshirildi. “Kosmik suratlar, vertolyot va dronlar yordamida suv bosgan hududlarning kunlik bir nechta turdagi xaritalari tuzildi. Suv bosishi xavfi bo‘lgan hududlarning Sardoba suv omboriga nisbatan balandlikdagi relefli xaritasi ishlab chiqilgan. Suv bosgan hududlardagi turar va noturar mulk obektlari to‘liq hatlovdan o‘tkazilgan. 10ta mahalla fuqarolar yig‘inining 22ta aholi punktida kadastr bahosi 254 milliard 652 million so‘mni tashkil etadigan jami 5 ming 388 ta turar joy hamda kadastr bahosi 14 milliard 584 million so‘mni tashkil etadigan jami 133ta noturar joy obektlari zararlanganligi ma'lum bo‘ldi”, deya Ne'matjon Otamurodovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz  muxbiri. Brifingda aytilishicha, fojia natijasida to‘liq buzilgan uylar soni 1640ta, ta'mirtalab uylar soni 3003tani tashkil etadi. Suv toshqinidan zarar ko‘rgan uylarning 3709ta kadastr hujjatlari dublikatlari 2 kun ichida bepul tayyorlab berilgan.
8O‘zbekiston
O`smir yigit Yangi Zelandiyadagi terakt haqida gapirgan senatorning boshiga tuxum bilan urdi (Video) O`smir yigit Yangi Zelandiyadagi terakt haqida gapirgan senatorning boshiga tuxum bilan urdi, deb xabar bermoqda ABC News nashri. Gap shundaki, senator Freyzer Enning Yangi Zelandiyaning Kraystcherchida ro`y bergan terakt haqida “qon to`kilishining chinakam sababi” degan edi. Enning Melburnda jurnalistlarga intervyu berayotganda bir o`smir yigit senatorning boshiga tuxum urib yoradi. Senator yigitchaga bir-ikki tarsaki tushirishga ulguradi. Shundan keyin ularni ajratib qo`yishadi.
2Dunyo
Rasman: Xiaomi Mi 7 ga Snapdragon 845 protsessori o‘rnatiladi Qualcomm Snapdragon 845 premium protsessori taqdim etildi, shu munosabat bilan, u o‘rnatiladigan ilk qurilma haqida ham ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Taqdimotda sahnaga chiqqan Xiaomi bosh direktori Ley Jun bo‘lg‘usi flagman Snapdragon 845 bilan jihozlanishini aytdi. Mi 7 Snapdragon 845 o‘rnatiladigan ilk smartfonlardan biri bo‘lishi haqidagi mish-mishlar anchadan buyon yurardi, endi esa ular rasman tasdiqlandi. Bundan tashqari, yangi flagman 6 dyuymli va ingichka romli Samsung displeyi, 6 yoki 8 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi. U fevral oxirida Mobile World Congress’da taqdim etiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, u 400 dollar atrofida turadi.
14Texnologiya
Prezident saylovi: Soat 19:00 holatiga ko‘ra saylovchilarning 86,62 foizi ovoz berdi O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga Prezident saylovi bo‘yicha soat 6:00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda. Prezident saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi axborotiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchilarning 86,62 foizdan yoki 17,6 milliondan ortig‘i ovoz berib bo‘ldi. O‘zbekistonda saylov jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
8O‘zbekiston
Toshkentda miting uyushtirgan ayollar bilan nimalar yuz berdi? Joriy yilning 4 iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan «Xalqlar do‘stligi» istirohat bog‘i (sobiq «​Bobur») atrofida Jasurbek Ibrohimov ishini haqqoniy tergov qilinishi so‘rab bir necha o‘nlab kishilar mitingga yig‘ilgandi. Ma'lum qilinishicha, ushbu miting tashkilotchisi, ijtimoiy tarmoqda Irina Zaydman taxallusida yozuvchi Irina Shoxnazarova aholini mitingda ishtirok etishga undash orqali huquqbuzarlik holati sodir etgani aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev Kun.uz muxbiriga xabar berdi. «Rasmiy hokimiyat tomonidan ruxsat etilmagan mitingni uyushtirgan Irina Shoxnazarova aholini ushbu harakatga bevosita jalb etgani aniqlandi. Shoxnazarovaning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 201, 202 moddasi, ya'ni «Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish»​ hamda «Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish»​alomatlari topilgan bo‘lib, unga nisbatan Yakkasaroy tuman sudi tomonidan 15 noyabr kuni 15 kunlik ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shuningdek, Irina Shoxnazarova eng kam oylik ish haqining 50 barobari (7,84 mln so‘m) qiymatida jarimaga tortilgan»​, deydi Doniyor Toshxo‘jayev. Uning aytishicha, Irina aholini norasmiy, sanksiyalashtirilmagan tadbirga chiqishga undagan, miting o‘tkazish vaqti hamda joyini belgilagan, Mariya Legler taxallusida ijtimoiy tarmoq faoli - Mariya Golovko esa miting ishtirokchilarining imzosi to‘plash uchun oldindan murojaat xatini tayyorlagan va bosib chiqargan. «Mariya Golovkoga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik kodeksi 201, 202 moddalari bilan javobgar, deb topilgan. 10 noyabr kuni sud Mariyaga nisbatan 10 kunlik ma'muriy qamoq jazosini tayinlagan. Shuningdek, Mariya Golovko eng kam oylik ish haqining 60 barobarida jarima to‘lashga majbur», deydi boshliq o‘rinbosari. Toshxo‘jayev ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan noto‘g‘ri ma'lumotlarga oydinlik kiritib, ushbu ikki ayolning huquqbuzarligi yuzasidan sud ochiq tartibda, advokatlar ishtirokida o‘tganini, ayollar qilmishini tan olib, sud oldida ko‘rsatma berganini aytadi. Ayollar ayni vaqtda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Reabilitatsiya markazida saqlanmoqda. «Tergov muddati juda uzoq bo‘ldi. Biz aynan mitingni kim uyushtirganiga oid dalillarni topib, huquqbuzarlik holatini o‘rnatishimiz kerak edi. Va nihoyat, aniq isbotlar bilan Yakkasaroy tuman sudi ochiq sud majlisida ikki ishni ko‘rib chiqdi», deydi Toshkent shahar IIBB, Tergov boshqarmasi boshlig‘i Toshxo‘jayev. Uning aytishicha, «biz huquqiy rivojlangan jamiyatni qurmoqdamiz. Bu jamiyatda barcha qonun oldida teng, har qanday miting va ommaviy tadbirni o‘tkazish uchun o‘rnatilgan tartibda ruxsatnoma talab etiladi»​.
8O‘zbekiston
Samarqand viloyatida noqonuniy aviakassa tashkil qilgan shaxs aniqlandi Departamentning Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. Uning davomida, fuqaro G.A. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy aviakassa tashkil qilib, 8 nafar fuqaroga aviachipta olib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 16,8 mln. so‘m va 100 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
XXI asrdagi AQSh tarixida eng ommaviy qotilliklar 1 oktabr kuni 64 yoshli Stiven Peddok tomonidan uyushtirilgan otishmada 50 dan ziyod kishi o‘ldirildi va yaradorlar soni 400 dan oshdi. Las-Vegas janubidagi mehmonxonalardan birida yashirinib olgan qotil pastda o‘tkazilayotgan Route 91 musiqa festivalining tomoshabinlariga qarata o‘q uza boshlagan. Keyinroq u o‘z joniga ham qasd qilgan. Uning xatti-harakatlari sabablari tushunarsiz. RBK so‘nggi 10 yil ichida AQShda ro‘y bergan eng ommaviy qotilliklar haqida ma'lumot yig‘ib chiqdi.   2007 yil. Virjiniya Texnika universiteti yotoqxonasi. 32 kishi o‘ldirilgan 2007 yilning 16 aprelida janubiy koreyalik Cho Sung-Hi Virjiniya shtatidagi texnika universiteti yotoqxonasiga kirib, talabalarga qarata o‘q uza boshlagan. Ikki soatdan so‘ng otishma o‘quv korpusida boshlangan. Hodisa oqibatida 33 kishi, jumladan, o‘z joniga qasd qilgan qotilning o‘zi ham o‘lgan. 30 ga yaqin talabalar va o‘qituvchilar yarador qilingan.   2009 yil. Kingston shahri, Alabama. 10 kishi o‘ldirilgan 2009 yilning 10 martida Alabama shtatidagi Kingston shahrida Maykl MakLendon 10 kishi (qarindoshlari va tasodifiy o‘tkinchilar)ni o‘ldirgan va politsiyachilar bilan otishma chog‘ida o‘z joniga qasd qilgan. Uning cho‘ntagidan xat topishgan: «Mening jasadimni topgan politsiyachi o‘qisin. Men onani o‘ldirganimdan afsusda emasman, lekin imkon qadar ko‘proq odamning jonini olib, o‘zimni o‘zim o‘ldirmoqchiman...»   2009 yil. Binghemtondagi immigratsiya markazi. 13 kishi o‘ldirilgan 2009 yilning 3 aprelida Nyu-York shtatining Binghemton shahrida kelib chiqishi vetnamlik bo‘lgan Jiverli Vong immigratsiya markazida otishma uyushtirgan va 13 kishi qurbon bo‘lib, 4 kishi yaralangan. Mergan o‘ziniyam otib o‘ldirgan. Keyinroq uning o‘limoldi maktubi topilgan va xatda politsiya uni bir necha yildan beri ta'qib qilayotganini yozib qoldirgan.   2009 yil. Texasdagi Fort-Hud bazasi. 13 kishi o‘ldirilgan 2009 yilning 5 noyabrida mayor Nidal Malik Hasan Fort-Hud harbiy bazasida otishma uyushtirib, 13 nafar qurolsiz insonning boshiga yetgan, 30 kishidan ortig‘ini yaralagan. Keyin politsiyachilar bilan otishma chog‘ida umurtqasidan o‘q yeb, falaj bo‘lib qolgan. Keyinchalik islomni qabul qilgan Hasan dindoshlarini himoya qilish maqsadida Afg‘oniston va Iroqqa otlanayotgan xizmatdoshlariga hujum qilganini tan olgan. 2013 yilning avgustida u o‘lim jazosiga hukm qilingan.   2012 yil. Avroradagi kinoteatr. 12 kishi o‘ldirilgan 2012 yilning 20 iyulida Jyeyms Holms «Qora ritsar: afsonaning qaytishi» filmi premerasida tomoshabinlarga qarata o‘q uzgan. Avval u zalda ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz sepgan, keyin otishmani boshlagan. Politsiyachilar uni kinoteatr oldidagi avtoturargohda qo‘lga olishgan. Otishma oqibatida 12 kishi o‘lgan, 70 kishi yaralangan. Tergov vaqtida aniqlanishicha, Holms o‘zini Betmen filmidagi yovuz qahramonlardan biri Jokerga qiyoslar ekan. Dastlabki qamoq davrida u islomni qabul qilgan. Uning soqchilari guvohlik berishicha, u islomiy taomlarni tanovvul qilgan, Qur'on o‘qib, soqol o‘stirgan.​ 2015 yilda Holms umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.   2012 yil. Nyutaundagi Sandy Hook maktabi. 26 kishi o‘ldirilgan 2012 yilning 14 dekabrida 20 yoshli Adam Lenza Konnektikut shtatidagi Nyutaun shahrida o‘z onasini otgan, shundan so‘ng mahalliy Sandy Hook maktabiga yo‘l olgan va 20 ta bola, 6 nafar katta yoshli kishilarni otib, o‘zini ham o‘ldirgan. Voqeadan so‘ng Amerika jamiyatida qurol savdosini cheklash bo‘yicha muhokamalar kuchaygan.   2013 yil. AQSh HDK shtab-kvartirasi. 12 kishi o‘ldirilgan 2013 yilning 16 sentabrida AQSh harbiy dengiz kuchlarining zaxiradagi askari Aaron Aleksis Vashingtondagi HDK binolari majmuasida otishma uyushtirgan. 12 kishi o‘ldirilgan. Voqeadan so‘ng darhol Admirallik binosidan bir necha ming xodimlar evakuatsiya qilingan, ofis politsiyachilar tomonidan qurshab olingan. AR-15 vintovkasi bilan qurollangan jinoyatchi kabinetlardan birida qamalib olib, politsiyachilarga o‘q uzgan. Otishma chog‘ida u o‘ldirilgan. Keyinchalik Aleksis ruhiy kasal bo‘lgani ma'lum qilingan.   2015 yil. San-bernardinodagi nogironlar markazi. 14 kishi o‘ldirilgan 2015 yilning 2 dekabri tongi Kaliforniyadagi San-Bernardino shahrida noma'lum kimsalar otishma uyushtirishadi. Erkak va ayol jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlar markaziga kirib, 14 kishini otib tashlaydi. Hujum qilganlar politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan. Keyinchalik ular 27 yoshli Tashfin malik va uning 28 yoshli eri Said Rizvon Farrux ekanligini aniqlangan. Voqea terakt deya tan olingan.   2016 yil. Orlandodagi Pulse klubi. 50 kishi o‘ldirilgan 2016 yilning 12 iyunida kelib chiqishi afg‘onistonlik bo‘lgan 29 yoshli Umar Matin Orlandodagi Pulse gey-klubiga hujum uyushtiradi. U binoga bostirib kirib, to‘planganlarga qarata o‘q uza boshlaydi. Politsiyachilar otishma boshlanganidan ikki soat o‘tib klubga kirishni uddalashadi. Hujum natijasiga 50 dan ziyod inson o‘ldiriladi. Hujum uchun javobgarlikni «IShID» terrorchilik harakati o‘z zimmasiga oladi.   2017 yil. Las-Vegasdagi musiqiy festival. 50 dan ziyod inson o‘ldirilgan 1 oktabr kuni Stiven Peddok noma'lum sabablarga ko‘ra Las-Vegas janubidagi mehmonxonalardan birining 32-qavatidan turib otishma uyushtiradi. Mehmonxona pastida Route 91 musiqiy festivali o‘tayotgan edi. 50 dan ziyod kishi qurbon bo‘ladi, yaralanganlar soni 400 dan oshgan. Mergan o‘zini o‘zi o‘ldiradi. Las-Vegasdagi fojia AQSh tarixidagi o‘qotar qurol yordamida amalga oshirilgan eng yirik ommaviy qirg‘in sifatida tilga olinmoqda.
2Dunyo
Seulda prezident iste'fosidan keyingi to‘qnashuvlarda uchinchi kishi halok bo‘ldi Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi Pak Kin Xega nisbatan parlament qo‘llagan impichment qonuniy ekanini tasdiqlagach boshlanib ketgan norozilik namoyishlarida uchinchi kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Yonxap agentligi xabar qilmoqda.  Uchinchi kishi 11 mart kuni ertalab shifoxonada jarohatlar tufayli vafot etgan. Hozirda, uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda. 10 mart kuni prezident tarafdorlari va undan norozi kayfiyatda bo‘lganlar orasidagi to‘qnashuvlarda 2 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.  Ma'lumotlarga ko‘ra, sud qaroridan norozi bo‘lgan prezident tarafdorlari tayoqlar va quvur parchalari bilan qurollanib, sud binosini egallab olishga uringan. Ular hatto sud qarorini kutib turgan jurnalistlarga ham tashlanishgan. Kiodo agentligining ma'lum qilishicha, 10 nafar OAV xodimi tan jarohati olgan. Jabrlanganlar orasida yana 70 kishi ham bor.  Ta'kidlash joizki, Pak Kin Xe Janubiy Koreyaning ilk ayol prezidenti va korrupsiya mojarosi tufayli e'lon qilingan impichment bo‘yicha hokimiyatdan chetlashtirilgan birinchi prezidenti bo‘ldi. Endilikda, 60 kun ichida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tishi kerak.
2Dunyo
Tamaki mahsulotlari uchinchi, alkogollar to‘rtinchi. 2021-yil bo‘yicha aksiz solig‘i tushumlari e’lon qilindi 2021-yilda aksiz solig‘i tushumlari 2020-yil bilan solishtirganda 1,4 trln so‘mga oshdi va 13,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligining davlat budjeti daromadlarining ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalaridan ma’lum bo‘ldi. Tushumlarning oshishi, asosan 2021-yil fevral va oktabr oylarida soliq stavkalarini o‘rtacha 15 foizga indeksatsiya qilinishi hisobiga ta’minlandi. Bunda alokogol mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i tushumlari, stavkalarning indeksatsiya qilinishiga qaramasdan 2020-yil darajasida saqlanib qoldi. Tamaki mahsulotlariga nisbatan aksiz solig‘i 2020-yilga qaraganda 400 mlrd so‘mga oshib 1,9 trln so‘mga yetdi. Tabiiy gaz bo‘yicha bu ko‘rsatkich 0,7 trln so‘mga o‘sdi va 4,3 trln so‘mni tashkil qildi. Benzin, dizel va gaz uchun aksiz solig‘i 0.8 trln so‘mga oshdi va 2,8 trln so‘m bo‘ldi.  Import qilishda undiriladigan aksiz solig‘i keskin kamayib, 858 mlrd so‘mdan 307 mlrd so‘mga tushib ketdi. Bundan tashqari mobil aloqa xizmatlarida ham bu ko‘rsatkich 0,1 trln so‘mga kamaydi. Import qilishda aksiz solig‘i tushumining kamayishi uning 2020-yil 1-avgustdan — transport vositalari uchun hamda 2021-yil 1-yanvardan — 73 ta tovar pozitsiyasi (oziq-ovqat, elektr texnika tovarlari va boshqalar) uchun bekor qilinishi bilan bog‘liq. Ushbu sabablarga ko‘ra aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlarni import qilish hajmi 978,6 mln AQSH dollaridan 557,6 mln AQSH dollarigacha qisqardi. Shu bilan birga, alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i bekor qilinishi ularning rasmiy importini qonuniylashtirishga imkon berdi. Bunda, masalan 2021-yilda kolbasa mahsulotlari importi 2020-yilga nisbatan deyarli 4 baravarga o‘sgan. Avvalroq O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab chet eldan olib kiriladigan tibbiy jihozlar QQS va bojxona bojidan ozod qilinishi xabar berilgan edi.
8O‘zbekiston
Indiana Jons haqidagi beshinchi filmning qachon ekranlarga chiqishi ma'lum qilindi Arxeolog Indiana Jonsning sarguzashtlari haqidagi beshinchi film 2020 yilning yozida katta ekranlarga chiqadi. The Hollywood Reporter shu haqida xabar berdi.  Manbaga ko‘ra, franshizaga Stiven Spilberg rejissyorlik qiladi, u buning uchun hatto "Vestsayd tarixi" Brodvey myuzikli ekranizatsiyasi ustidagi ishlarini to‘xtatib qo‘yishiga to‘g‘ri keldi.  Filmning ijrochi prodyuseri - Jorj Lukas, bastakori esa - Jon Uilyams bo‘lishi ma'lum qilingan. Aktyorlar tarkibi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q, lekin bosh rolni avvalgidek Xarrison Ford o‘ynashi qayd etilgan.  "Indiana Jons" — doktor Henrining sarguzashtlariga asoslangan mediafranshiza. Uning birinchi qismi 1981 yilda namoyish etilgan.
2Dunyo
Rio-de-Janeyroda Olimpiada uchun qurilgan velosiped yo‘lagi o‘pirilib tushdi, ikki kishi halok bo‘ldi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida velosiped yo‘lagi o‘pirilib tushishi natijasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” meriya vakiliga tayanib. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dengizda yana bir kishi qolgan bo‘lishi mumkin, qutqaruvchilar uni qidirish ishlarini olib bormoqda. Hodisa velosiped yo‘lagini ko‘tarib turadigan konstruksiyaga katta to‘lqin kelib urilgach, sodir bo‘ldi. Guvohlar ko‘rsatma berishicha, bir necha kishi pastga, qirg‘oq bo‘yidagi qoyalarga qulagan va ularni dengiz oqizib ketgan. Uch nafar jabrlanuvchini qutqaruvchilar xarobalar ostidan chiqarib oldi va kasalxonaga yetkazdi. “Tim Mayya” velosiped yo‘lagi rasman yanvar o‘rtasida ochilgan edi. U shahar hukumati tomonidan Rio-de-Janeyroda avgustda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada uchun qurilgan edi.
2Dunyo
Turk kinosi yangiliklari: O‘zjan Deniz yangi serial suratga oladi, Didem Balchin “Hukmdor Usmon”ning uchinchi mavsumida ishtirok etadi (foto) Turk kinosi olamida ro‘y berayotgan yangiliklarni e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda, aktyor hamda rejissor O‘zjan Deniz yangi serial ustida ish boshladi. Albatta, uning o‘zi rejissor vazifasini bajaradi. Serialning ishchi nomi hozircha “Begunoh va go‘zal” deya nomlangan. 2021-yilning 15-avgust sanasidan boshlab “Hukumdor Usmon” seriali suratga olish guruhi uchinchi mavsum ustida ish boshlaydi. Feyaz Sherifo‘g‘lu “Shisha ortidagi qiz“ serialining aktyorlar guruhini tark etdi. Feyaz bor vaqtini musiqiy karyeraga bag‘ishlashga qaror qilgan. Aktyor Barish Bagji, Erdinch Gulener va Esila Umut “Alp Arslon” filmi aktyorlari tarkibiga qo‘shiladi. Aktrisa Didem Balchin tug‘ruq ta’tilini tugatmoqda. “Hukmdor Usmon” seriali uchinchi bosqichida aktrisani ko‘rish mumkin.
7Madaniyat
Toshkentda Turkmaniston Prezidentining yangi kitobi taqdim etildi 30 noyabr kuni Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning yangi kitobini taqdimoti bo‘lib o‘tdi. "Turkmaniston - Buyuk Ipak yo‘li yuragi" deb nom olgan mazkur kitob taqdimot marosimida davlat arboblari, elchilar, professorlar, akademiklar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.  Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi Shiri Shiriyev yig‘ilgan mehmonlarga kitobning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi, Turkmanistonning Buyuk Ipak yo‘lida tutgan o‘rni, qo‘shni mamlakatlar bilan uzoq yillardan beri shakllanib kelayotgan do‘stona aloqalari haqida ta'kidlab o‘tdi.  Shuningdek, brifing chog‘ida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi  Sun Litsze, siyosiy fanlar nomzodi Zebo Zaripova, olim va akademik Ahatjon Xo‘jayevlar ham so‘zga chiqishdi.  Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning "Turkmaniston - Buyuk Ipak yo‘li yuragi" asari olti bo‘limdan iborat: “Jayhun bo‘ylab”, “Qadimgi Marv”, “Saraxs va Anau oralig‘ida”, “Nisadan Dehistongacha”, “Qadimiy Dashovuz yerlarida” hamda “Mo‘'jizaviy dunyo”. Kitobda Buyuk Ipak yo‘lining rivojlanish tarixi va uning xalqlar o‘rtasida savdo aloqalarini taraqqiy topishi, qo‘shnichilik munosabatlarini shakllantirishdagi roli hikoya qilinadi.  Mazkur qo‘llanmada keltirilgan tarixiy ma'lumotlar Buyuk Ipak yo‘li tarixi va madaniyatini ilmiy jihatdan o‘rganmoqchi bo‘lgan insonlar uchun juda muhim adabiyot bo‘la oladi.  Kitob muallifi o‘z asarida Turkmanistonning iqtisodiy muvaffaqiyatlari, milliy iqtisodiyotning strategik sohalaridagi katta loyihalarni amalga oshirilishi haqida batafsil faktlarni keltirib o‘tadi. Zamonaviy Turkmanistonning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida aniq tafsilot berish orqali yangi nashr turkman jamiyati oldida turgan maqsad va vazifalarni yaqinroq tushunishga yordam beradi.
8O‘zbekiston
OChL–2017. Aziz Asimov Janubiy Koreyadagi o`yinni boshqaradi Osiyo futbol konfedersiyasi (OFK) Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasining 1/8 final uchrashuvlariga rasmiylarni tayinladi. O`zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov “Jeju Yunayted” (Janubiy Koreya) va “Urava Red Daymonds” (Yaponiya) o`rtasidagi uchrashuvni boshqaradi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov va Timur Gaynullin assistentlik qiladi. To`rtinchi hakam vazifasini Dmitriy Pislegin bajaradi. Uchrashuv komissasi sifatida malayzliyalik Muhammad Sayfuddin Abu Bakar ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi – Ahmad Yoqub Muhammad Juma (BAA). Ma`lumot uchun, “Jeju Yunayted” – “Urava Red Daymonds” uchrashuvi 24 may kuni Jeju shahrida bo`lib o`tadi.
13Sport
Turkiya armiyasi zarur bo‘lsa Idlibgacha boradi – Erdo‘g‘an Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 27 yanvarda turkiyalik harbiylar zarurat bo‘lsa Suriyaning Afrinidan Idlibgacha  ham yetib bora olishlarini aytgan. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.    “Hozir Afrinda operatsiya ketmoqda. Hozir xalq 15 iyulda bo‘lgandek (Turkiyadagi davlat to‘ntaruvi) Afringa yo‘l olmoqda. Agar Alloh istasa, askarlarim Idlibgacha ham yetib borishadi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.  Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrinida kurdlarning “Xalq mudofaasi kuchlari” va “Demokratik ittifoq” partiyasiga qarshi 20 yanvarda operatsiya boshlagan. Anqara bu tashkilotlarni terrorchilik tashkilotlari deb hisoblaydi.
2Dunyo
Shavkat Mirziyoev: Manfaatdorlik bo`lsagina, intilish, natija bo`ladi Prezident Shavkat Mirziyoev Bo`ka tumanidagi «Sarkor» fermer xo`jaligi dalasida paxta va g`alla rivojini ko`zdan kechirdi. Toshkent viloyatida 2019-2020 yillarda qishloq xo`jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bo`lib o`tdi. Ushbu loyihalar natijasida 14,5 mingdan ziyod ish o`rni tashkil etilishi rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari fermerlar, qishloq xo`jaligi mutasaddilari bilan muloqot qildi. Keyingi yillarda paxta tolasini yurtimizda qayta ishlash 30 foizdan 70 foizga etkazilgani bu sohada inqilob bo`lgani ta`kidlandi. - Biz qishloq xo`jaligida ilm, innovasiyalarni qo`llamaganimiz uchun erni «charchatib», unumdorlikni yo`qotib qo`ydik. Shuning uchun qishloq xo`jaligini tarkibiy o`zgartirib, mahsulotlarning xarid narxini oshirdik. Manfaatdorlik bo`lsagina, intilish, natija bo`ladi, - dedi Prezident.
12Siyosat
Fransiya politsiyasi terakt boshlangani haqida xabar berilgan telefonni topdi Fransiya politsiyasi Parijdagi “Bataklan” konsert zali yaqinida terakt boshlangani haqida matnli xabar joylashtirilgan mobil telefonni topdi. Bu haqda Reuters manbalariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda. “Bataklan” konsert zali teraktlardan so‘ng. Fransiya OAV va CNN telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, telefon hodisa ro‘y bergan joy atrofidan topilgan. Unda konsert zalining xaritasi ham bo‘lgan.
2Dunyo
Foto: Yevropaga yopirilgan qahraton Yevropa mamlakatlari uchun fevralning oxiri favqulodda sovuq havo bilan yodda qoladigan bo‘ldi — harorat odatdagidan 10—15 darajagacha pasayib ketdi. Qahraton sabab o‘nlab odamlar qurbon bo‘ldi, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi mamlakatlarda transport qatnovlari qisman izdan chiqdi. “Kommersant” qor ostida qolgan Yevropadan fotoreportaj taqdim etdi.
2Dunyo
Namangandagi xonadonda gaz portladi Namangan tumanida 12 dekabr kuni xonadonlardan birida gaz portladi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi. Ma'lum qilinishicha, shu kuni soat 03:20 atrofida tumanning «G‘ayrat» mahallasining Beruniy ko‘chasidagi 57-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida ma'lumot kelib tushgan. Yong‘in qutqaruvchilari 03:24 da voqea joyiga yetib borgan, 03:26 da yong‘in hududi o‘rab olingan. Chaqnashga xonadonga tortib kelingan gaz trubasi jo‘mragi nosozligi sababli sizib chiqqan tabiiy gaz to‘planishi va uy egasi gaz hidini sezmay, elektr chiroqni yoqishi sabab bo‘lgan. Portlash oqibatida xonadon egasi, uning turmush o‘rtog‘i, 3 nafar farzand (2 nafar qiz va 1 nafar o‘g‘il) kuyib, tan jarohati olgan. Bundan tashqari, uyning shift va tom qismidan 20 kvadrat metr joy hamda qisman uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Viloyat FVB kuz—qish mavsumida xonalarni isitishda nostandart, qo‘lda yasalgan anjomlardan foydalanmaslikni tavsiya qilgan.
8O‘zbekiston
Rasman: Gonsalo Iguain “Chelsi”ga o‘tdi Londonning “Chelsi” klubi “Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguainni ijaraga oldi. Bu haqda London klubi o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi. Argentinalik futbolchi joriy mavsumning birinchi davrasini “Milan” tarkibida o‘tkazdi. Londonliklar Iguainning 6 oylik ijarasi uchun 9 million yevro to‘laydi. “Chelsi” mavsum oxirida ijara muddatini 18 million yevro evaziga 2020-yilning yoziga qadar uzaytirishi yoki forvardni 36 millionga sotib olishi mumkin. Argentinalik “ko‘klar” safida 9-raqamda to‘p tepadi. Gonsalo Iguain joriy mavsum A Seriyada 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
IIBB: Birgina radar 3,5 soat ichida tezlikni oshirgan 112ta transport vositasini aniqladi Bu ko‘rsatkich bugun Yunusobod tumanidagi Toshkent avtomobil halqa yo‘lida o‘rnatilgan radar qurilmasi yordamida ro‘yxatga olingan. Mazkur yo‘lda ruxsat etilgan tezlik soatiga 70 km.ni tashkil etgan, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB. Toshkent shahar IIBB tomonidan tezlikni belgilangan me'yordan oshirish qonunan taqiqlanishi haqidagi ogohlantirishlarga qaramay, ko‘pchilik haydovchilar hamon yo‘llarda o‘zboshimchalik bilan tezlikni oshirib, harakat xavfsizligi qoidalarini buzib kelishmoqda, deyiladi xabarda. Shuningdek, ruxsat yetilgan tezlik soatiga 50 km.ni tashkil etuvchi belgi o‘rnatilgan Bog‘ishamol ko‘chasida 6 soat ichida 134ta transport vositasi tezlikni me'yordan oshirib harakatlangan. Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar haqidagi ma'lumotlar o‘rnatilgan tartibga binoan haydovchilarga pochta orqali yuboriladi.
5Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli Farmoniga muvofiq: 1. 2018-2019-yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, vazirliklar va idoralar rahbarlari “Yo‘l xaritasida” nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadilar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha konsultant, shuningdek, “Xavfsiz shahar” kompleksini barpo etish bo‘yicha loyihani o‘z vaqtida, keng ko‘lamda va sifatli amalga oshirish uchun mas’ul O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimlari tugatilsin. 5. Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 142 nafar etib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga: zarur hollarda Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga cheklangan boshqaruv xodimlarining belgilangan shtat soniga o‘zgartirishlar kiritish; Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vazirlikning va uning hududiy boshqarmalarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish; Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida konsultantlar sifatida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, fan-ta’lim muassasalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetakchi xalqaro va xorijiy kompaniyalar mutaxassislarini jalb etish; ishga belgilangan tartibda yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni qabul qilish, shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda chet el valyutasida to‘lash huquqi berilsin. 6. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi; Vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari maqomi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga tenglashtiriladi; Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Vazirlik hamda Vazirlik huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini nazorat qilish inspeksiyasining moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Davron Kabulov ota bo‘ldi “Million” jamosi a’zosi va boshlovchi Davron Kabulov qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda boshlovchi o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. “Alloh bizga qiz farzandni muborak qilsin”, — deb yozadi Davron Kabulov. Ma’lumot uchun, Davron Kabulov va E’zozalarning nikoh to‘yi 2016-yilning 23-may sanasida bo‘lib o‘tgan edi.
7Madaniyat
Turkmaniston hukumati 25 ta zirhlangan Mercedes-Maybach’ni sotuvga qo‘ydi Turkmaniston prezidenti apparati 25 ta zirhlangan Mercedes-Maybach mashinasini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” nashri ma'lum qildi. Mashinalarning sotilishi haqidagi e'lon 19 fevralda mamlakat davlat birjasi saytida paydo bo‘lgan.   Mashinalar orasida 23 ta S600L sedani, bitta S600 Pullman limuzini va bitta CL600 kupesi bor. 1995 yilda ishlab chiqarilgan mashinalar 25100 dollardan, 2009 yilda ishlab chiqarilganlari esa 75,5 ming dollardan sotilmoqda. Turkmanistonda bu sinfdagi mashinalar faqat boshqa davlatlar rahbarlari kelgan vaqtda qo‘llangan. Ta'kidlanishicha, prezident Gurbanguli Berdimuxamedov qolgan vaqt boshqa mashinalarda yurishni afzal ko‘radi va ularni shaxsan o‘zi boshqaradi.
2Dunyo
Jorj Kluni dang‘ilama uyini ta’mirlayotgani sabab qo‘shnilarini vaqtincha mehmonxonaga joylashtirdi Aktyor Jorj Kluni Angliyaning Sonning qishlog‘idagi dang‘ilama uyini ta’mirlayotgani sabab, qo‘shnilarini vaqtincha mehmonxonaga joylashtirdi, deya xabar bermoqda Daily Mail. Kluni ushbu dang‘illama uyni 2014-yilda sotib olgan, ko‘p o‘tmay u yerda ulkan rekonstruksiya ishlari, jumladan, 20 metrli basseyn va 12 kishiga mo‘ljallangan kinoteatr qurilishi boshlangan, mingga yaqin katta daraxtlar paydo bo‘lgan edi. Qo‘shnilar doimiy tuproq tashigan yuk mashinalaridan shikoyat qilgach, kinoyulduz ular bilan uchrashdi va ularni olti hafta hashamatli mehmonxonada yashashi, bir hafta greklarning Korfu orolida dam olishlari uchun sarf-xarajatni to‘lab berdi. Shuningdek, ularga 30 ming funt (37 ming dollar) miqdorda tovon puli ham to‘ladi. Bundan tashqari, Kluni ta’mirlash ishlari tugagunga qadar qo‘shni er-xotinning hashamatli uyini ijara haqini to‘lab, ularga yangi changyutkich sovg‘a qildi. 55 yoshli Jorj hamda uning 38 yoshli rafiqasi Amal egiz farzand kutmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
7Madaniyat
Rossiyada matematika bo‘yicha yagona davlat imtihonida abituriyent qiz vafot etdi Rossiyaning Cheboksari shahrida matematikadan bo‘lib o‘tgan yagona davlat imtihonida abituriyent qiz vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi. Bolalikdan tug‘ma nogiron bo‘lgan qiz imtihon davomida o‘zini yomon his qilgan. Xabarda aytilishicha, imtihondan oldin shifokorlar qizga sog‘lig‘i yomon bo‘lgani uchun imtihon topshirmaslikni tavsiya qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, qiz yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan. Shifokorlar unga yordam berishga uringan, ammo qizni saqlab qololmagan.
2Dunyo
Qoraqalpog‘istonda Cobalt yo‘l chetidagi betonga urilishi oqibatida mashina haydovchisi vafot etdi Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB. Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 3-aprel kuni Taxtako‘pir tumani 4R-176 Nukus–Chimboy yo‘lining 108–109-kilometrida YTH sodir bo‘lgan. Nukus shahridan Taxtako‘pir tumaniga qarab kelayotgan Cobalt rusumli avtomobili yo‘lning o‘ng tarafdagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Bundan avval Farg‘onada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida fuqaroni urib ketgani, Farg‘onada mast haydovchi ikki nafar piyodani urib yuborgani hamda Toshkentda Cobalt qarama-qarshi yo‘nalishdagi Lacetti’ga urilishi oqibatida ikki kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.
0Avto
OAV: Bag‘dod terrorchilik xavfi darajasi yuqori bo‘lgan shaharlar reytingida yetakchilik qildi Bag‘dod dunyoda terrorchilik xavfi darajasi eng yuqori bo‘lgan shahar deb e’tirof etildi. Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasida chop etilgan yuqori terakt xavfiga ega shaharlar reytingiga tayanib, “TASS” xabar berdi. Terakt xavfi yuqori bo‘lgan dastlabki yettita shaharning barchasi Iroqda joylashgan. IShID tomonidan boshqariluvchi Mosul (2-o‘rin) va Ramadi (3-o‘rin) shular jumlasidandir. Dunyo bo‘ylab jami 64 ta shahar terroristik hujumlar xavfi ostida turibdi. Ularning ko‘pchiligi Yaqin Sharqda (27) va Osiyoda (19) joylashgan. Ushbu ro‘yxatga mualliflar Lugansk (46-o‘rin) va Donetsk (56-o‘rin)ni ham kiritdi.
2Dunyo
O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada YTH sodir etib, 2 kishining o‘limiga sabab bo‘lgani uchun sudlanadi O‘zbekiston fuqarosi 23 yoshli Ikromjon Abdiqulov Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yo‘l-transport hodisasi sodir etdi, deb xabar berdi “Fontanka.ru”. Ikromjon haydovchilik guvohnomasi yo‘qligiga qaramay “Yandex.Taxi” belgisi yopishtirilgan mashinani noqonuniy tarzda boshqargan. U trassada chegaralangan tezlikni ikki baravarga oshirgan. Hodisa oqibatida taksining ikki yo‘lovchisi halok bo‘lgan. Yana bir 19 yoshli qiz yuzidan jarohat olgan. “Haydovchi mashina boshqaruvini boshqa shaxsga topshirgan. Bu xizmat qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishidir. Barcha holatlarga aniqlik kiritilguniga qadar, bizning buyurtmalardan butun taksoparkni o‘chirdik, unda tekshiruv ishlari olib boriladi. Zarar yetkazilgan taksi yo‘lovchilari va ularning qarindoshlari, bizning sug‘urta dasturimiz tomonidan taqdim etilgan to‘lovlarni olishadi. Hozirgi paytda bizning qo‘llab-quvvatlash markazi oilalar va sug‘urta kompaniyasi bilan bog‘lanishmoqda”, — deyiladi “Yandex.Taxi” matbuot xizmatining “Daryo”ga bergan rasmiy izohida. Ikromjon Abdiqulovga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik yuzasidan jinoyat ishi Sankt-Peterburgning Leninskiy tuman sudida ro‘yxatga olingan.
8O‘zbekiston
Buyuk Britaniya Indoneziyaga gumanitar yordam ko`rsatdi Indoneziyada ketma-ket ro`y bergan tabiiy ofatlar mamlakat aholisini tang ahvolga solib qo`ydi, deya xabar berdi Rentv nashri. Shu sababli Buyuk Britaniya hukumati Indoneziyaga gumanitar yordam ko`rsatishga qaror qilgan. Birinchi bo`lib falokat o`chog`i bo`lgan Sulavesi oroliga oziq-ovqat mahsulotlari yuborilgan. Shundan so`ng suv tozalash qurilmalari, chodirlar va shu kabi maishiy jihozlar yuborildi. Umumiy hisobda esa 3 million funt miqdorida yordam ajratilgan.
2Dunyo
1 yanvardan yagona bojхona toʻlovi joriy etiladi 2020 yilda jismoniy shaхslar tomonidan shaхsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib kirish tartibi oʻzgaradi (7.11.2019 yildagi PQ-4508-son qaroriga qarang). 2020 yil 1 yanvardan boshlab bojхona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Bu shaхsiy ehtiyojlari uchun Davlat chegarasidan oʻtish punktlari orqali qoʻl yukida, kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kiradigan jismoniy shaхslar, shuningdek, jismoniy shaхslarning nomiga хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali keladigan tovarlarga taalluqli. Yangilikning mohiyati quyidagicha. Olib kirish bojsiz olib kirishning cheklangan normalaridan oshgan taqdirda (bu yerga va bu yerga qarang), ortiq qismiga nisbatan belgilangan bojхona boji, QQS (15%) va aksiz soligʻi oʻrniga tovarning bojхona qiymatidan 30%, lekin kamida $3/kg miqdorda yagona bojхona toʻlovi undiriladi. Stavka TIF TN kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qat’i nazar tovarlarning barcha toifalari uchun yagona (loyihada oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari uchun  - tabaqalashtirilgan stavka taklif qilingan edi, tahr.). DBQ oʻzgartirishlar shaхsiy ehtiyojlari uchun tovarlar olib kiradigan fuqarolarning хarajatlarini pasaytirish va hisob-kitobni soddalashtirish, binobarin, bojхona rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini tezlashtirish va chegara nazorat  punktlarida tirbandlik hosil boʻlishini istisno qilish imkonini berishidan kelib chiqadi. Birinchi tezisning tasdigʻi sifatida quyidagi raqamlar keltiriladi: pishloq uchun bojхona toʻlovlarining umumiy miqdori 44%ni, shokolad uchun – 61%ni, TIF TN 6105 kodi boʻyicha kiyim-kechak tovarlari uchun – 38%ni, tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmaganda esa – tegishincha 51%, 95% va 61%ni tashkil qiladi. Yangi tartib faqat notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan tovarlarga taalluqli. Tovarlarning qanday maqsadlarga moʻljallanganligini aniqlash tartibi alohida hujjatda bayon etiladi, biroq yangi qoidalar jami 14 ta tovar pozitsiyasiga tatbiq etilmasligi hozirdan ma’lum: Kelasi yildan yana bitta talab amal qilishni boshlaydi - qoʻl yukida, kuzatib borilayotgan bagajida, shuningdek, pochta joʻnatmalari orqali olib kiriladigan hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish oʻrovida boʻlishi kerak. Bu sanitariya-epidemiologiya va gigiyena nuqtai nazaridan zarurdir. Misol uchun, kimningdir qoʻl yukida mamlakatga kelib tushgan oʻralmagan goʻsht choʻchqa va parranda grippi, Qrim-Kongo bezgagi va qorason kasalliklarining vujudga kelishiga, mamlakatga oʻsimliklar kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi viruslarning kirib kelishi esa – oʻsimlik dunyosining nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin, deb ta’kidlashadi DBQda. Yuqorida tavsiflangan normalar хalqaro tajribaga toʻliq muvofiq keladi: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida yagona bojхona toʻlovi amal qiladi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududi, Xitoy va AQShda ham goʻsht, sut mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar va boshqa oziq-ovqat tovarlari oʻroviga talablar qoʻyiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan. Oleg Zamanov.
10Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida 1-modda. Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilansin. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik