text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
O‘zbekistondagi diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari Qoraqalpog‘istonga keldi
O‘zbekistondagi diplomatik korpus va akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar vakillari Qoraqalpog‘istonga keldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tanishuv safari BMTning “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qo‘shma dasturi tashabbusi bilan tashkil etildi.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner safardan ko‘zda tutilgan maqsad amaldagi va ehtimoliy sheriklarga mahalliy aholi hayotini izga solishga qanday hissa qo‘shishlari mumkinligini ko‘rsatishdan iborat ekanligini ta’kidladi. Cafida Kuvayt elchisi, Rossiya elchixonasi vakillari hamda TIKA (Turkiya) va KOICA (Janubiy Koreya) tashkilotlari vakillari bo‘lgan mehmonlar mazkur global miqyosdagi muammo yechimini izlashga qiziqish bildirdi.
“Barcha odamlar bu yerga kelishi, zanglab yotgan, halokatga yuz tutgan kemalarni ko‘rishi kerak deb o‘ylayman. Bu ular uchun inson tabiat zaxiralaridan o‘ylamay foydalanishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida o‘ziga xos eslatma bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi Stefan Prisner.
Safar ishtirokchilari BMT Qo‘shma dasturi birinchi bosqichi doirasida qo‘llab-quvvatlangan korxona va ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 8O‘zbekiston
|
Urganch xalqaro aeroporti 8-avgust kuni o‘z ishini boshlaydi
Urganch xalqaro aeroporti 8-avgust, chorshanba kuni o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “Daryo”ga xabar bermoqda.
Urganch xalqaro aeroporti 8-avgustdan boshlab mahalliy qatnovlarni qabul qilib, shtat rejimida ishlashni boshlaydi.
Aeroportdan Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga qatnovlar 10-avgust, juma kunidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Urganch xalqaro aeroporti joriy yilning 16-iyulidan texnik sabablar va harorat rejimi sababli vaqtincha yopilgan. Aeroportidan amalga oshiriladigan qatnovlar Nukus aeroportiga vaqtincha ko‘chirilgan edi. | 8O‘zbekiston
|
Rossiya O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga qanday baho berdi?
Rossiya Federatsiyasining turizm bo‘yicha Federal agentligi rahbari Oleg Safonov O‘zbekiston turistik salohiyatiga yuqori baho berdi, deb xabar bermoqda Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
MITT-2017 ko‘rgazmasi davomida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Anvar Sharapovning Rossiya turizm bo‘yicha Federal agentligi rahbari Oleg Safonov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Rossiya sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Rossiya tomonining ta'kidlashicha, O‘zbekistonda turizm sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, xususan, O‘zbekiston Prezidentining turizmni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish haqida qabul qilgan muhim qarorlaridan yaxshi xabardor. Federal agentlik rahbariyati mamlakatimizning turistik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha turli tadbirlarni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
Rossiya turizm agentligi rahbari xorijiy sayyohlarni jalb etish bo‘yicha qo‘shma turistik mahsulot yaratishni taklif qildi. O‘zbekiston va Rossiyada o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda sayyohlik kompaniyalari ishtiroki va hamkorligini yanada mustahkamlash rejalashtirilgan. | 8O‘zbekiston
|
BIRJA SAVDOLARIDA SEMENT SOTISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil 5-son, 57-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Birja savdolarida sement sotish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 5-son, 57-modda) muvofiq sementni sotish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom sementni ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va undan foydalanuvchi — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan korxona va tashkilotlarga tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomga muvofiq sotib olingan sement faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin.
3. Sementni sotish tovar-xomashyo birjalarida (keyingi o‘rinlarda Birja deb yuritiladi) elektron birja savdolari tizimidan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
mahsulot — ishlab chiqarish va foydalanishning tasdiqlangan balansiga muvofiq birja savdolarida iste’molchilarga sotiladigan sement;
birja savdolari elektron tizimi — birja a’zolariga respublikaning har bir geografik nuqtasidan aniq vaqt rejimida uzoq masofadan turib birja savdolarida ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat global taqsimlangan axborot tizimi;
hisob kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda HKKP deb yuritiladi) — birja bitishuvlari bo‘yicha kliring, hisob-kitoblar va o‘zaro hisob-kitoblar o‘tkazilishini ta’minlovchi Birjaning tuzilmaviy bo‘linmasi;
sotuvchi — mahsulot ishlab chiqaruvchi, uni birja savdolariga qo‘yuvchi va sotuvchi O‘zbekiston Respublikasi korxonalari;
xaridor — ishlarni bajarish va mahsulot ishlab chiqarish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda sotish uchun sementni xarid qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar.
zakalat — Birjada amalga oshiriladigan bitishuvlar bajarilishi kafolatini ta’minlash uchun xaridorlar va sotuvchilar tomonidan Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi depozit hisobvarag‘iga kiritiladigan bitishuvlarni kafolatli ta’minlash mablag‘i;
bitishuv bayonnomasi — xaridor va sotuvchiga birja savdolarini o‘tkazish yakunlari bo‘yicha beriladigan, sotuvchi, xaridor va birja brokeri tomonidan imzolangan, taraflarni belgilangan muddatda talab va taklif narxi bo‘yicha birja savdolari natijalariga ko‘ra xarid qilingan hajmda mahsulotning oldi-sotdi shartnomasini tuzish majburiyatini yuklaydigan hujjat;
narxlar kotirovkasi — birja savdolarining bir kuni uchun Birjada o‘tkazilgan savdo sessiyalari natijalari bo‘yicha aniqlangan mahsulotga o‘rtacha narx;
to‘langan bitishuvlar reyestri — tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning to‘liq qoplanilishini ta’minlaydigan miqdordagi mablag‘larning xaridorning HKKPdagi shaxsiy hisobvarag‘iga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat.
5. Sementni sotish hajmlari har yili tasdiqlanadigan sement ishlab chiqarish va foydalanish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
6. Sotuvchilar navbatdagi yil uchun tasdiqlangan sement ishlab chiqarish va foydalanish balansidan kelib chiqib, har chorakda, keyingi chorak boshlanishidan o‘n kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan, dekadalar bo‘yicha taqsimlangan, birja savdolari orqali har oyda sotilish uchun mo‘ljallangan mahsulot hajmi ko‘rsatilgan jadvallarni Birjaga taqdim etadi.
7. Sotuvchilar yiliga bir marta Birja bilan birgalikdagi faoliyat to‘g‘risida sotuvchilarning birja savdolarida ishtirok etish shartlari, shartnoma tuzgan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari belgilangan shartnomalar tuzadi.
Savdolar muntazam ravishda ish kunlari o‘tkazib boriladi.
8. Birja savdolari O‘zbekiston Respublikasi “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga va birja savdolari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Birja savdolarining o‘tkazilishi, birja sessiyalarining davomiyligi, sotuvga qo‘yiladigan mahsulotlar hajmi to‘g‘risidagi axborot Birja tomonidan xaridorlarga majburiy tartibda brokyerlar, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa axborot kanallari, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali yetkaziladi.
Axborotga mahsulotni joylashgan joyi, uni ishlab chiqargan korxona, shuningdek boshlang‘ich narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi shart.
10. Birja barcha savdo ishtirokchilariga, ularning hududiy joylashishidan qat’i nazar, elektron savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkonini ta’minlab berishi shart.
11. Savdolarni o‘tkazish, qo‘yilgan zakalat summasiga muvofiq har bir savdo bo‘yicha ishtirokchilarni kiritish va chetlatish, elektron birja savdolari g‘oliblarini aniqlash va bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish elektron birja savdolari tizimi bilan amalga oshiriladi.
12. Bitishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish kuni Birja brokerga bitishuv bayonnomasi va namunaviy oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
13. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasida nazarda tutilgan shartlarda u olingan kunda rasmiylashtiriladi. Bitishuv bayonnomasi shartlarining bajarilishi tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.
14. Savdoda sotilmay qolgan mahsulot hajmi keyingi savdolarga ko‘chiriladi. Bunda, sotuvchilar mahsulotni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha faqat birja savdolariga qo‘yilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolari natijalarida vujudga kelgan o‘rtacha narxlar bo‘yicha sotish huquqiga ega.
15. Birja tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar haqi sotuvchi va xaridorlar uchun Birja tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Birja xizmatlari tariflariga muvofiq o‘rnatiladi.
16. Xaridor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, sotuvchi mahsulotni qayta savdoga qo‘yadi.
17. Mahsulotni tuzilgan oldi-sotdi shartnomalar bo‘yicha sotish oldindan to‘lovni to‘liq to‘lash yoki yetkazib beriladigan mahsulotning har bir partiyasi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qo‘yish sharti bilan amalga oshiriladi.
18. Mahsulotni birja savdolariga qo‘yishning boshlang‘ich narxi sotuvchi tomonidan deklaratsiyalanadigan narx (monopolist korxonalar uchun) va ulgurji sotish narxi (boshqa korxonalar uchun) darajasida belgilanadi.
19. Birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bajarilishining moliyaviy kafolatini ta’minlash uchun birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitoblar Birja HKKP orqali amalga oshiriladi.
20. Hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida, HKKP Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankda xaridorlar va sotuvchilarning mablag‘larini saqlash va birja bitishuvlari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ini ochadi. Ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankda ikkilamchi depozit hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risidagi arizaga muvofiq ochiladi.
21. Sotuvchi va xaridorlarning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idagi mablag‘lari harakatini nazorat qilish uchun HKKP har bir sotuvchi va xaridorga foydalanuvchining shaxsiy raqamiga (bundan keyin FShR deb yuritiladi) mos keluvchi alohida shaxsiy hisobvaraq ochadi.
Sotuvchilar va xaridorlarning mablag‘lari ushbu shaxsiy hisobvaraqlarda HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha hisobvarag‘i doirasida hisobga olinadi.
22. HKKP birja savdolari ishtirokchilarini ularga xizmat ko‘rsatish shartlari, ularning mablag‘lari holati to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilib turishi shart.
HKKP tomonidan mijozning shaxsiy hisobvarag‘i holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etilishi man etiladi.
23. Birja mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra ularni birja kliringi natijalari, ular mablag‘larining holati va joriy kunida belgilangan savdolar limitlari to‘g‘risida xabardor qilib turishi shart.
24. Sotuvchilar va xaridorlar Birjaga xizmat qiluvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga birja savdolariga qo‘yilgan mahsulot umumiy qiymatining va mo‘ljallanayotgan bitishuv hajmining 10 foizigacha bo‘lgan miqdoridagi zakalatni depozitga qo‘yadi.
25. Xaridorlar Birjada deponentga qo‘yilgan zakalat hisobga olingan holda to‘lash mo‘ljallanayotgan mablag‘ hajmida bitishuvlar tuzishga haqlidir.
26. Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idagi sotuvchilar va xaridorlarning mablag‘laridan:
bitishuvlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun;
bitishuv amalga oshirilmagan yoki bekor qilingan taqdirda, HKKPdagi hisobvaraqning egasi — mijozning bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga qaytarish uchun;
deponentga qo‘yilgan mablag‘lar hisobidan Birja xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
27. Birja bitishuvi ro‘yxatga olinganidan keyin besh bank ish kunida xaridor tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga qo‘shimcha mablag‘larni o‘tkazishi shart. Bunda, mablag‘ni o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasining “to‘lov maqsadi” ustunida xaridorning FShRi majburiy tartibda ko‘rsatilishi shart.
Mahsulot temir yo‘l transporti orqali jo‘natilganda, birja bitishuvi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin besh bank kuni mobaynida xaridor temir yo‘l tariflari qiymatini to‘liq qoplash uchun sotuvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazishi shart.
28. HKKP xaridordan mablag‘ kelib tushgan vaqtdan boshlab bir bank ish kunida sotuvchiga to‘langan bitishuvlar reyestrini taqdim etishi shart.
29. Agar xaridor ushbu Nizomning 27-bandida belgilangan muddatda birja shartnomasiga muvofiq mablag‘larni to‘liq hajmda o‘tkazilishini ta’minlamasa, HKKP ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin sotuvchi hamda Birjaga bitishuv bekor qilinganligi to‘g‘risida darhol ma’lum qiladi va Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun sotuvchining hisobvarag‘iga jarima chorasi sifatida zakalat miqdoridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni kiritadi.
Bitishuv bo‘yicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qo‘yiladi.
30. Sotuvchi tomonidan mahsulotni xaridorga oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda yuklab jo‘natish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmasa, HKKP shartnomada belgilangan muddat o‘tganidan keyin Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda mahsulotni yetkazib berish uchun belgilangan qiymatdan 10 foizigacha miqdordagi mablag‘ni jarima chorasi sifatida xaridor hisobiga kiritadi va xaridor, sotuvchi va Birjaga bitishuv bekor qilinganligi to‘g‘risida xabar qiladi.
Bitishuv bo‘yicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qo‘yiladi.
31. HKKP tomonidan taqdim etilgan to‘langan bitishuvlar reyestri sotuvchining mahsulotni xaridorga yuklab jo‘natishga asos bo‘ladi.
Mahsulot sotuvchi tomonidan xaridor o‘zining majburiyatlarini bajarganligi faktini HKKP tomonidan tasdiqlanmasdan jo‘natilgan taqdirda, Birja ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja shartnomasi bo‘yicha xaridor tomonidan majburiyatlar vijdonsizlarcha bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
32. Mahsulot jo‘natilganligi va qabul qilib olinganligi faktini xaridor va sotuvchi (yoki ularning vakolatli vakillari) imzolari bilan tasdiqlangan yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi.
Mahsulot temir yo‘l transporti orqali jo‘natilganda mahsulot jo‘natilganligi faktini temir yo‘l yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi.
Yuk xati nusxasining taqdim etilishi HKKP tomonidan bir bank ish kunida xaridorning shaxsiy hisobvarag‘idagi mablag‘larni sotuvchining unga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish va bitishuvni yopish uchun asos bo‘ladi.
33. Mahsulotni birja savdolari g‘oliblariga yuklab jo‘natish oldi-sotdi shartnomalarida nazarda tutilgan muddatlarda sotuvchining naryadlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
34. Xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalardagi majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
35. Birja a’zolari, birja savdolari ishtirokchilari va ularning mijozlari o‘rtasidagi birja savdo qoidalarida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha yuzaga keladigan nizolar Birja arbitraj komissiyasi yoki sud orqali hal qilinadi. Arbitraj komissiyasi tomonidan nizolarni ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar undirilishi man etiladi.
36. Xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
37. Birja kotirovka hay’ati o‘tkazilgan birja savdolari natijalari bo‘yicha Birjaning birjada sotilgan mahsulot baholarining birja kotirovkalarini aniqlaydi va ularni har hafta ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i sahifalarida e’lon qilib boradi.
38. Sement korxonalari va Birja hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga mahsulotning birja savdolariga chiqarish, sotish va ushbu Nizomga muvofiq sotilgan mahsulotning haqiqatda yetkazib berilgan hajmlari to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi.
39. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi, “O‘zqurilishmateriallari” Kompaniyasi va “O‘zRMXB” OAJ bilan kelishilgan. | 10Qonunchilik
|
“Daryo” surishtiruvi: Samarqanddagi maktab-internatining tarbiyalanuvchisi Suhrob Omonov “Sadinov ishi” oldindan rejalashtirilganligini aytdi
2019-yilning 5-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi O‘tkir Mamadaliyev raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Samarqanddagi 64-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining sobiq direktori Shuhrat Sadinov, tarbiyachilar Sherzod Ochilov va Zuxriddin Salimov sud zalidan ozodlikka chiqarilgani haqida xabar bergan edik. Apellyatsiya sudining yakunida, birinchi instansiya sudi hukmiga ko‘ra 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Sadinovning jazosi yengillashtirilib, 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘atev Samarqanddagi maktab-internatdagi dahshatlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanligi yuzasidan jurnalistik surishtiruv olib bormoqda.
Sud ajrimiga ko‘ra Samarqanddagi 64-maxsus maktab-internatiga 2018-yilning 25-iyun kuni kelgan Suhrob Omonov Shuhrat Sadinov bilan bog‘liq holat aslida uyushtirilganligini aytib o‘tdi.
14 yoshli Suhrob Omonovning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yilning iyul oyida maktab-internati bilan bog‘liq bolalarni qiynash, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish kabi holatlarni OAVda tarqalishi maktab-internati tarbiyachisi Sayyora Mansurovaning oldindan belgilangan rejasi va buyurtmasi asosida amalga oshirilgan.
– Internatga kelganimdan so‘ng Sayyora Mansurova meni oldiga chaqirib, qachon kelganligimni, qo‘limdan qanday ish kelishini so‘radi, — deydi Suhrob Omonov. – Men bu yerga kelganimga 2–3 kun bo‘lganligini aytdim. Sayyora opa o‘sha vaqtda maktab-internat hovlisidagi toshlarni tozalayotgan guruhni videoga olib berishimni so‘radi. Men esa u kishi bergan telefonga holatlarni videoga olib berdim.
Suhrob Omonovning aytishicha, maktab-internat tarbiyachisi Sayyora Mansurova unga o‘zini kasallikka solib, yiqilib, xodimlarni qo‘rqitishini buyurgan. Topshiriqqa ko‘ra Omonov og‘zidan ko‘pik chiqarib, o‘zini tutqanoqqa tushganday ko‘rsatgan.
– Oxir-oqibat tarbiyachilar “shantaj” qilayotganligimni bilib qolishdi. Aldamasdan to‘g‘risini ayt deyishdi. So‘ng meni shifokorga olib bordi. Ertalab turib meni olib borgan tarbiyachimga hammasini aytib berdim, – deydi Suhrob Omonov.
Olib borilgan jurnalistik surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, o‘zini tutqanoq holatiga solgan Suhrob Omonovni shifokorlar turli xil dorilar bilan o‘ziga keltirishgan. Aslida soppa-sog‘ bo‘lgan Omonov kuchli ukollarning og‘rig‘iga chiday olmay oxiri haqiqatni aytishga majbur bo‘lgan. Suhrob Omonov maxsus maktab-internatiga komissiya kelganligini Sayyora Mansurovaga aytib, qilgan ishidan qo‘rqayotganligini bildirgan. Sayyora Mansurova ularga e’tibor bermay kuzatib yurishini topshirgan.
– Ertasi kuni hamma joyni ichki ishlar xodimlari bosib ketdi. Men Sayyora opaga begona odamlar kelganligini, qo‘yilgan kameralarni yig‘ishtirib olaymi deb aytdim, — deydi Suhrob Omonov. – Sayyora Mansurovaning topshirig‘iga ko‘ra maktab-internatining kutubxonasi, direktor xonasi, Jasur ismli tarbiyachining xonasi, bolalar televizor ko‘radigan xona, oshxonadagi gullarning orqasiga kuzatuv kamerasi (juchok) qo‘yib chiqqan edim. Komissiya kelganidan so‘ng videokameralarni Sayyora Mansurovaning o‘zi yig‘ishtirib olishini aytdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mansurova o‘z rejalarini amalga oshirish uchun Suhrob Omonovga muddatidan avval uyiga qo‘yib yuborishni va’da bergan. Avvaliga maktab internatidan ketishiga ishontirgan Mansurova hattoki Omonovga tahdid ham qilgan.
– Sen meni topshiriqlarimni bajarsang, men seni aytganingni qilaman, Qilmasang uydagilaringni o‘ldirib yuboraman deb tahdid qildi. Men qo‘rqib xo‘p dedim, — deydi Suhrob Omonov. – Keyinchalik Imo orqali meni kim bilandir gaplashtirib qo‘rqitdi. Soqolli, qoraroqdan kelgan odam shu opangni aytganini qilmasang uydagilaringni otib tashlayman dedi. Men qo‘rqqanimdan Sayyora Mansurova bergan topshiriqlarni bajaraman deb aytdim. Men u odamni avval ko‘rmagandim. Faqat Imo orqali ko‘rganman.
Suhrob Omonovning aytishicha, Sayyora Mansurova direktorni yo‘qotib, o‘zi direktor bo‘lishni rejalashtirgan. Qolaversa, 2017-yilda qandaydir masala uchun Shuhrat Sadinov bilan kelisholmay qolganligi uchun alamini olish maqsadida shu ishlarni qilgan. Buning evaziga esa Omonov muddatidan avval uyiga ketishi lozim bo‘lgan.
– Men Sayyora Mansurova bergan barcha topshiriqlarini bajardim. Ammo u kishi menga bergan va’dasining ustidan chiqmadi. Meni uyimga yubormadi. Aksincha, men senga hech qanday topshiriq berganim yo‘q deb o‘zini olib qochdi, — deydi Suhrob Omonov. – Uyimga jo‘natmayapsizku deb aytganimda, to‘xta, hali vaqti keladi. Vaqti kelganda men seni jo‘nataman deb aytdi. Oxiri tez yordam orqali shifoxonaga olib ketganda tarbiyachimga bo‘lgan voqealarni aytib berdim.
Suhrob Omonovning aytishicha, u Sayyora Mansurovadan Shuhrat Sadinov ishdan ketganidan so‘ng uyiga jo‘natishini so‘ragan. Ammo Mansurova men senga bu ishni qildirganim ham yo‘q, hech qanday va’da ham berganim yo‘q deb, aytgan gapini tan olmagan. Seni dalil isboting yo‘q, hech nima qila olmaysan degan.
Suhrob Omonov birinchi instansiya sudida bo‘lib o‘tgan voqealarni to‘g‘risini aytganligi uchun hatto tazyiqqa ham uchragan. Bu borada birinchi instansiya sudi hay’atiga ham aytgan. Ammo uning murojaati e’tibordan chetda qoldirilgan.
– Birinchi instansiya sudining oxirgi kunidan so‘ng Alisher Abdullayev degan maktab tarbiyalanuvchisi meni chekkaga chiqarib urdi. Nega urayapsan desam, sen aralashma, bo‘lgan voqeani bilmaysan deb menga po‘pisa qildi, — deydi Suhrob Omonov. – Sen “spalniy”ga kirsang guruh bilan “naparni” qilaman dedi. Urganidan so‘ng yig‘lab o‘tirganimda meni sudga olib borgan tarbiyachi nimaga yig‘layapsan dedi. Alisher Abdullayev urganligini aytdim.
Eslatib o‘tamiz, Shuhrat Sadinovning advokati Amriddin Sodiqov ham tarbiyachi Sayyora Mansurova 2018-yil iyul oyida bir necha sobiq tarbiyachilar, ayrim tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari bilan kelishgan holda Shuhrat Sadinovga nisbatan g‘araz maqsadda, tuhmat va soxta dalillar bilan respublika huquq-tartibot idoralariga shikoyat xati uyushtirganini ma’lum qilgandi.
“Daryo” tahririyati “Sadinov ishi” bo‘yicha jurnalistik surishtiruvni davom ettirmoqda. Tez orada apellatsiya sudida Shuhrat Sadinovga qarshi ko‘rsatma bergan Bobur Salimovning iqrori hamda Buxoro shahridagi istirohat bog‘ida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, 64-maxsus maktab-internatining sobiq o‘quvchisi Behruz Jumaqulov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni e’tiboringizga havola etamiz. | 8O‘zbekiston
|
Rim papasining avtomashinasi 82 ming dollarga sotildi
Sotuvga qo‘yilgan yo‘ltanlamas avtomashinasi Rim papasi tomonidan AQShga uyushtirgan ilk tashrifi davomida rasmiy “papamobil” sifatida tanlangan edi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “Avto Mail.ru” xabar qilmoqda.
Bu mashina Rim papasining AQShga uyushtirgan sayohati davomida foydalangan oltita avtomobildan biri bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, kimoshdi savdosi AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tdi va 11 daqiqa davom etdi. Savdoda g‘olib bo‘lgan xaridor papaning Fiat 500L rusumli mashinasi uchun 82 000 dollar taklif qildi.
Fiat 500L’ning AQShdagi o‘rtacha bozor narxi 19―25 ming dollarni tashkil etadi. Sotuvdan tushgan pul mablag‘i Filadelfiya arxiyeparxiyasiga o‘tkazilib, xayriya ishlariga sarflanishi ta'kidlanmoqda. | 0Avto
|
Hillari Klinton AQShda saylovchilar kollegiyasini bekor qilishga chaqirdi
O‘tgan yili AQSh prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan Hillari Klinton CNN telekanaliga bergan intervyusida hal qiluvchi vaziyatda saylovchilarning emas, balki saylovchilar kollegiyasi ovozi inobatga olinadigan AQSh tizimini bekor qilishni taklif etdi, deb xabar berdi “MK.ru”.
2016-yilda saylovchilarning aksariyati Klintonga ovoz berdi, biroq Tramp g‘alaba qozondi.
“Men bu haqida 2000-yildayoq aytgan edim”, — dedi Klinton xuddi shunaqa vaziyat kichik Jorj Bushning demokrat Albert Gor ustidan qozongan g‘alabasini yodga olib.
“O‘ylashimcha, ushbu tizimni bekor qilish kerak. Uni o‘tmishda qoldirishimizni istagan bo‘lardim”, — dedi Hillari Klinton. | 2Dunyo
|
Deputatlar erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalariga oid bir qator muammolarni aniqladi
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini ichki avtomobil yo‘llari, suv tarmog‘i, tabiiy gaz quvurlari, umuman olganda, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashda muammolar bor. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi O‘zA.
Tadbirda deputatlar erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida biznes sub’ektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha tegishli qonunchilik normalarining ijrosini Navoiy va Toshkent viloyatlari misolida o‘rgangani, sohada muammolar mavjudligini qayd etdi.
Ayni paytda respublikaning 12 ta hududida 21 ta erkin iqtisodiy zona tashkil etilgan. Bu mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududlarni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari va ish o‘rinlari tashkil etishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi.
Erkin iqtisodiy zonalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 670 loyiha mavjud bo‘lib, 191 loyiha amalga oshirilgan va buning natijasida 14 ming 539 yangi ish o‘rni tashkil etilgan. Shuningdek, 185 turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Toshkent viloyatining Angren shahri, Bo‘stonliq, Parkent, Quyi Chirchiq tumanlarida turizm, tibbiyot va baliqchilik yo‘nalishida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilgan. Shuningdek, viloyatning shahar va tumanlarida 19 ta faoliyat yuritmayotgan korxonalar va ishlab chiqarish maydonlari negizida 17 kichik sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Qo‘mita a’zolarining Parkent tumanidagi kichik sanoat zonasidagi korxonalar hamda «Navoiy» erkin iqtisodiy zonalari faoliyati bilan tanishishlari davomida ma’lum bo‘lishicha, erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirishda davlat boshqaruvi organlari funksiyalarining takrorlanishi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilishning kechikishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, Parkent tumanidagi kichik sanoat zonasida o‘z yechimini kutayotgan masalalar borligi deputatlar tomonidan tanqid qilindi.
«„O‘ztransgaz“ AJ tomonidan „Angren“ erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan 2 ta loyihaning ishlab chiqarish maydonchalariga gaz tortish ishlari boshlanmagan, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Umaraliyev. — Optik tolali aloqa kabellari yo‘q. KSZ direksiyasi ma’muriy bino, moddiy-texnik baza va ish qurollari bilan ta’minlanmagan. Hududga olib keluvchi yo‘llar ta’mirtalab ahvolda. Parkent tumanidagi kichik sanoat zonasida suv va kanalizatsiya tizimida muammolar mavjud, zarur muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash borasida ham qator masalalar yechimini kutib turibdi. Buning natijasida erkin iqtisodiy zonalarga xorijiy investorlarni jalb qilish ishlari juda sust olib borilmoqda».
EIZ ishtirokchilari tomonidan xorijdan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelingan xom ashyolarga va ularni qayta ishlab sotish natijasida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha qiymatga 20 foizlik stavkada QQS to‘lanishi EIZ hududida yaratilgan bojxona va soliq imtiyozlari jozibadorligining yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Ta’kidlanishicha, turli davlatlardan EIZ va KSZlariga har kuni investorlar keladi. Biroq ulardan bitta-ikkitasi investitsiya kiritadi, xolos. Ular yurtimizga investitsiya kiritmasligining asosiy sababi normalar o‘zgarib turishi va byurokratik to‘siqlar borligidir. Investorlar 2 ta muhim masalaga e’tibor beradi: erkin iqtisodiy zonalarning zarur muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlanganligi va sohaning huquqiy asosi mavjudligiga. Normatuv huquqiy hujjatlar soni 10 dan ortiq, biroq sohaga oid mukammal qonun yo‘q.
«Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari eng chekka hududlarda tashkil etilmoqda, — deydi Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov. — Lekin yuqorida ta’kidlanganidek, ichki avtomobil yo‘llari, suv tarmog‘i, tabiiy gaz quvurlari, bir so‘z bilan aytganda, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashda haqiqatdan ham muammolarimiz mavjud».
Normativ hujjatlarda buni qaysi tashkilot moliyalashtirishi kerakligi haqida aniq gap yo‘q. Shuning uchun investorlarni jalb etishda qiynalyapmiz. Turkiya va Xitoydan investorlar keldi. Ular 100−150 gektar yerni olib investitsiya kiritmoqchi. Ammo sohaga oid qonuniy asos yo‘qligini aytishmoqda.
Mutaxassislar aytishicha, O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi tomonidan «Maxsus zonalar to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu qonun kuchga kirishi bilan yuqorida ta’kidlangan muammmolar bartaraf etiladi. | 4Iqtisodiyot
|
London dunyoning yetakchi biznes markazi maqomini Nyu-Yorkdan olib qo‘ydi
London dunyodagi megapolislar ichida yuqori malakali xodimlar uchun eng ko‘p ish o‘rinlarini yaratdi, deya xabar bermoqda “RBK”. Bungacha ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Nyu-York yetakchilik qilardi.
Deloitte auditorlik kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori malakali kadrlar uchun ish o‘rinlari soni Londonda 2013-yildan buyon 235 mingtaga o‘sdi va 1,71 milliontani tashkil qildi. Nyu-Yorkda esa yuqori malakali mutaxassislar ish o‘rinlari soni 1,16 milliontaga teng.
Uchinchi o‘rinni 0,63 millionta ish o‘rni bilan Parij band etdi. Ro‘yxatni Tokio, Gonkong, Singapur va Sidney davom ettirdi. | 2Dunyo
|
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Moskvadagi muzeyni tomosha qildi
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin kunning ikkinchi yarmida A.Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bu yerda mamlakatimizning I.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi eksponatlari ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘ldi.
«Sahrodagi Luvr» nomini olgan I.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi o‘zining bebaho durdona eksponatlari bilan dunyo san'at ixlosmandlari e'tiborini qozongan. Muzeyda grafika, haykaltaroshlik, tasviriy va amaliy san'at namunalari, turli arxeologik topilmalar, etnografiya buyumlari, qadimiy suratlar, tarixiy hujjatlar singari yuz mingga yaqin nodir eksponat joy olgan.
Shunday buyuk merosni yig‘ib qoldirgan olim 2002 yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.
O‘lkaning boy tarixiy va madaniy yodgorliklari haqidagi ma'lumotlarni o‘zida mujassam etgan mazkur san'at muzeyida qoraqalpoq elining milliy bezaklari, xalq amaliy san'ati namunalari, kashtachilik buyumlari, milliy liboslari sayyohlarning e'tiborini tortmoqda.
A.Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyida namoyish etilayotgan noyob eksponatlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. | 8O‘zbekiston
|
“Lester” chempionligi Ranerini boy qildi
Xabaringiz bor, Angliya chempionati 36-turida “Chelsi” o`z maydonida “Tottenxem” bilan 2:2 hisobida durang o`ynadi va buning natijasiga “Lester” muddatidan avval Angliya chempioni bo`ldi.
The Telegraph nashrining xabar qilishicha, italiyalik mutaxassis “Lester”ni chempion qilganligi uchun 5 mln funt sterling mukofot puli bilan taqdirlandi.
2015 yilda Raneri “tulkilar” bilan uch yillik shartnomaga imzo qo`ygandi. Kelishuvga ko`ra murabbiy jamoani APL chempioni qilsa, 5 mln funt sterling olishi belgilangan. | 13Sport
|
Yevropaning eng badavlat malikalari (foto)
Malikalarning nafaqat hayoti, turmush tarzi, balki moliyaviy ahvoli ham muxlislar uchun qiziq bo‘lgan.
Malika Beatris
Beatris dunyoga kelganidan keyin shahzoda Endryu va gersoginya Sara qizining nomiga alohida hisob raqam ochib qo‘ygan. Malika Britaniya qirollik oilasining katta vakil emas, qirollik majburiyatlarini qisman amalga oshiradi va shu sabab ham o‘zining karyerasi bilan shug‘ullana oladi. Ayni vaqtda mustaqil biznes-maslahatchi sifatida faoliyat yuritadigan malika, shuningdek, Afiniti kompaniyasining vitse-prezidenti hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, uning moliyaviy ahvoli taxminan 6,7 million dollarga baholanadi, boshqa manbalarda esa 10 million dollar deb keltirilgan ma’lumotlar ham yo‘q emas.
Malika Yevgeniya
Yevgeniyaning shaxsiy kapitali ham deyarli Beatris bilan bir xil. Yevgeniya ham mustaqil pul topadi va karyerasi ijod bilan bog‘liq. U badiiy galereyasining rahbar o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, mish-mishlarga qaraganda uning buvisi Yelizaveta II tomonidan ochib berilgan fondi ham bor.
Malika Viktoriya
Shvetsiya qiroli Karl Gustav XVI katta qizi Viktoriya bo‘lajak taxt vorisi hisoblanadi. Uning moliyaviy ahvoli 13,4 million dollarga baholanadi.
Malika Madlen
Viktoriyaning kichik singlisining moliyaviy ahvoli 14 million dollarga baholanadi. Uning turmush o‘rtog‘i Kris O‘Nil Wilton Payments Limited kompaniyasining boshqaruvchi rahbari hisoblanadi. Umumiy kapitali qo‘shilsa, ular Shvetsiyaning eng boy oilalaridan biri hisoblanadi.
Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton
Zolushkaning hayotdagi prototipi, oddiy oiladan chiqib shahzoda qalbini zabt etgan Keyt Middltonning moliyaviy ahvoli turli manbalarda aytilishicha, 10-14 million dollarga baholanadi.
Gersoginya Sofiya
Shved oilasining yana bir vakili Sofiya sobiq model va shahzoda Karl Filippning rafiqasi hisoblanadi. Uning moliyaviy ahvoli ham 14 million dollar atrofida.
Malika Anna
Qirolicha Yelizavetaning yakka-yu yagona qizi Britaniya qirollik oilasining eng mehnatkash a’zolaridan. Maktabni bitirgach, u yiliga 200-300 tadbirga tashrif buyurgan. Uning moliyaviy ahvoli 40 million dollardan ortiq.
Malika Karolina
Monakoning sobiq knyazi Renye II va Gollivud yulduzi Greys Kellining katta qizi ommaga ko‘p ko‘rinish bermaydi. 63 yoshli malika uch marta turmush qurgan va to‘rt nafar farzandi bor. Karolinaning moliyaviy ahvoli esa 134 million dollar atrofida.
Malika Stefaniya
Karolinaning singlisi avvaliga modellik va xonandalik bilan shug‘ullangan. Uning ham moliyaviy ahvoli opasi bilan teng — 134 million dollar.
Malika Sharlotta
Sharlotta endigina 5 yosh bo‘lishiga qaramay, dunyodagi eng badavlat malika shahzoda Uilyam va Keytning qizi bo‘lgani uchun ular boyligining merosxo‘ri hisoblanadi. Otasi taxtga o‘tirsa moliyaviy ahvoli yanada ortishi ajab emas. Uning bo‘lajak kapitali bir necha yuz million, hatto milliardga ham baholanadi. | 7Madaniyat
|
«O‘zimizga bog‘liq» - Shodmonov koronavirusning yangi shtammlari chiqsada, kasallik avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkinligi haqida gapirdi
«Jalb etilgan budjet mablag‘lari, kredit mablag‘lari, homiylik yordamlari evaziga kovid-poliklinikalari, taqsimlash markazlari, mobil brigadalar tashkil etilib, 73ta raqamli rentgen apparati, og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun 3000ta funksional krovat, 2200ta sun'iy nafas oldirish apparati, 150ta PZR apparati va boshqa jihozlar olindi.
Mahalliy ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilib, PZR testlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilib, o‘z ehtiyojimiz to‘liq ta'minlanmoqda. Himoyalanish vositalaridan faqat niqob va qo‘lqop bilan ta'minlanishning o‘zi 10 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda individual himoyalanish vositalari ishlab chiqarish va yetkazib berish 100 foiz yo‘lga qo‘yilib, bu mahsulotlar eksport ham qilinmoqda», dedi Alisher Shodmonov XPK sessiyasida.
Sobiq vazir bundan keyin bu kasallik yana avj oladigan bo‘lsa qanday yo‘l tutilishi haqida ham gapirib o‘tdi.
«Agarda kasallar soni ko‘payib, koronavirusga qarshi olib borilayotgan kurashda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, Vazirlar Mahkamasidagi maxsus komissiya buni ko‘rib chiqadi.
Hozirda mamlakatimizdagi bor ehtiyot choralari, himoya choralarini ushlaydigan bo‘lsak, biz koronavirusning necha xil shtammi bo‘lishidan qat'i nazar, bu kasallik ko‘payishiga yo‘l qo‘ymasligimiz mumkin. Bu bizning o‘zimizga bog‘liq», dedi u.
Alisher Shodmonov butun dunyoda jihozlar yetishmovchiligi kuzatilgani, shifokor bemorni tanlashga majbur bo‘lgani haqida ham aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda O‘zbekistonda bu kasallikni qanday davolash mumkinligi, qo‘llanadigan dori preparatlari, davolovchi apparatlar haqida biror ma'lumot bo‘lmagan.
«Ilk bemor aniqlanishidan 1,5 oy oldin davlat rahbari tomonidan farmoyish imzolangan va shunga asosan respublika maxsus komissiyasi tashkil etilgandi. Yurtimizda barqaror vaziyatni saqlab qolishga erishish uchun o‘z vaqtida cheklovlar o‘rnatildi va moddiy-texnik baza yaxshi shakllantirildi. 30 ming o‘rinli karantin zonalari, shifoxonalar va kislorod stansiyalari qurildi. Hozirda yana 100ta kislorod stansiyasi keltirilyapti. 25 ming o‘rin shay qilinib, yana 25 mingta o‘rin zaxira qilinib shuning 10 foizi reanimatsiyaga ajratildi va har biri kislorod nuqtalari bilan ta'minlandi.
Bu sharoitda jihoz kerak edi. Butun dunyoda jihozlar yetishmovchiligi kuzatildi. Juda ko‘p mamlakatlarda bemorlar qator turibdi, shifokor qaysi biriga berishda tanlashga majbur bo‘lyapti: qaysi birini saqlab qolsa bo‘ladi yoki kimga yordam bera olmaydi», deya ta'kidladi rektor. | 5Jamiyat
|
“Agrobank”: Men sportni tanlayman!
Joriy yilning 22-iyun kuni “Agrobank” ATB tomonidan poytaxtimizdagi “Ashxobod” saylgohida “Men sportni tanlayman” shiori ostida sport-xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yanada faollashtirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida, ya’ni yoshlarni sportga faol jalb qilish maqsadida tashkil etildi.
Ushbu xayriya tadbiriga poytaxtimizdagi 22 va 23-sonli mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ham taklif etilib, ularga tashkilotchilar tomonidan sport anjomlari sovg‘a qilindi.
“Ashxobod” saylgohida bo‘lib o‘tgan qiziqarli ko‘ngilochar dasturlarga boy bo‘lgan ushbu tadbirda taniqli san’atkorlar va iste’dodli ijodkorlar o‘z chiqishlari bilan tadbir qatnashchilariga xush kayfiyat ulashgan bo‘lsa, yosh va mahoratli sportchilarimizning namoyishlari esa barchada o‘zgacha qiziqish uyg‘otdi.
Xayriya aksiyasining asosiy mexmoni bo‘lgan, nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoga mashxur professional boks ustasi – Shoxjahon Ergashev tashrif buyurgan bolalar uchun professional mahorat darslarini namoyish etdi.
“Agrobank” tomonidan o‘tkazib kelinayotgan bu kabi tashabbuslar orqali bolalarni sportga jalb etish va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, mehr ulashish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini shakllantirish asosiy maqsadlardan biridir.
Kelgusida bu kabi tadbirlar “Agrobank” tomonidan respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
“Agrobank” matbuot xizmati
Sayt: www.agrobank.uz
Telegram: t.me/AgrobankChannel
Instagram: instagram.com/agrobank_uz
Facebook: fb.com/agrobankuzbekistan | 8O‘zbekiston
|
Rossiyalik mashhur aktyor vafot etdi
Rossiya kinomotografiyasida 60 dan ziyoda rollarni ijro etgan Oleg Anofriev uzoq davom etgan kasallikdan so`ng, bugun Maskovada olamdan o`tdi. Bu haqida aktyor Aleksandra Oleshko o`zining ijtimoyi tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.
Uning, «Bremenskix muzkantax» (1969), «Skazka o Pope i o rabotnike ego Balde» (1973), «Kak lvenok i cherepaxa peli pesnyu» (1974), «V portu» (1975) kabi multfilmlardagi qahramonlarga bergan ovozi ham ko`pchilikkajuda yaxshi tanish.
Oleg Anofriev 1930 yil rodilsya 20 iyul Moskvada tug`ilgan edi.
Aktyor bilan hayrlashish marosmi, 30 marta kuni Moskva shahrining, Markaziy shifoxonasining motamlar zalida bo`lib o`tadi. | 7Madaniyat
|
O‘zbekistonda Shveysariyaning metro poyezdlari harakati joriy etiladi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida Shveysariyaning “Stadler” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi kompaniya axborot xizmati.
Unda vagonsozlik yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, O‘zbekistonda yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarish hududdini tashkil etish, Markaziy Osiyo bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator istiqbolli loyihalar muhokamasi bo‘ldi.
Tadbirda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan “Stadler” kompaniyasining zamonaviy texnika va texnologiyalarini sanoat korxonalarida joriy etish, elektrovozning asosiy tortish tizimi, butlovchi qismlarini mamlakatimizga yetkazib berish borasida takliflar bildirildi.
Yig‘ilishda Shveysariyada tayyorlangan zamonaviy metro poyezdlari va elektrichkalar harakatini O‘zbekistonda joriy etish borasida ham so‘z bordi.
Uchrashuv so‘nggida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga ham erishildi. | 8O‘zbekiston
|
Uch oyda ingliz tilini o‘rganishni istaysizmi?
«CITY EDUCATION» o‘quv markazi barchani muborak ayyom — Qurbon hayiti bilan qutlaydi va mamnuniyat bilan ma'lum qiladiki, endi «CITY EDUCATION» o‘quv markazida «INGLIZ TILI 3 OYDA» o‘rgatiladi!
Hayratlanarlik yangilik! «6 OYDA INGLIZ TILI»ni o‘rgatish bilan tillarga tushgan «CITY EDUCATION» o‘quv markazi yozgi ta'til uchun maxsus taklif bilan chiqdi.
O‘zbekistonda birinchi bor juda tezkor va zamonaviy o‘quv tizimini joriy qilib, «3 OYLIK TEZKOR INGLIZ TILI» kurslarini yo‘lga qo‘yish orqali yanada hammani lol qoldirmoqda.
Bu kurslar zamonaviy bo‘lib:
Ushbu loyihaga ko‘ra gapirish, grammatika va o‘qib tushunish darslari asosiy darslar hisoblanib, ularning har birini alohida o‘qituvchi 1 soatdan olib boradi va o‘quvchilar o‘tilgan mavzularni mustahkam egallashlari uchun ular bilan yana bitta o‘qituvchi 1 soatdan qo‘shimcha shug‘ullanadi.
«3 OYLIK INGLIZ TILI» kurslariga qabul 9 sentabrgacha!
Vaqtingiz ozmi? Yuqori natija kerakmi? Katta tezlikka tayyormisiz?
Unday bo‘lsa, keling, o‘qing, o‘rganing!
Joylar chegaralangan.
Shoshiling!
Batafsil malumot uchun:
+ 998 (71) 200-30-30. Qo‘ng‘iroq qiling!
Darslarimiz Beruniy metrosi «O‘zko‘rgazmasavdosi»ning 2-qavatida olib boriladi.
Telegram: t.me/cityuz
Facebook: fb.com/city.uz
Instagram: instagram.com/city.uz
Sayt: www.city.uz | 5Jamiyat
|
Aktobeliklar bir kunda 2 millionga yaqin dollar sotdi
Qozog‘istonning Aktobe shahrida aholi valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi shov-shuvlarning birinchi kunida ikki million dollarga yaqin valyuta sotdi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar bermoqda.
“Birinchi kun fuqarolar bankimizga 1,1 million dollar sotdi va bor-yo‘g‘i 462 ming dollar sotib oldi. Ya’ni, biz sotib olganimizdan ko‘ra 2,5 barobar kamroq valyuta sotdik”, — dedi “KazKommersBank” vakili Daniya Yespayeva. Shunga o‘xshash holat boshqa banklarda ham kuzatilgan.
Hozirgi vaqtda dollar sotib olish niyatida bo‘lgan qozog‘istonliklarga bank rahbarlari shoshilmaslikni tavsiya etmoqda. “Kurs keskin o‘zgargan vaqtda odamlarning qiladigan birinchi ishi — o‘z tengelarini dollarga aylantirishdir. Biroq 256 tenge kursi bo‘yicha dollar sotib olganlar yutqazib bo‘ldi, chunki dollar kursi tushib ulgurdi. Keyingi 5—7 kun davomida kurs barqaror bir holatga keladi”, — dedi Daniya Yespayeva.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni Qozog‘iston hukumati mamlakat Milliy banki bilan hamkorlikda tengening erkin kursiga o‘tish haqida qaror qabul qildi. 21-avgust kuni KASE birjasining kechki sessiyasida dollar kursi 237,66 tengega teng bo‘ldi. | 2Dunyo
|
La Liga. “Barselona” o‘z maydonida “Valensiya”ni mag‘lub etolmadi
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 14-turida “Barselona” 19-dekabr, shanba kuni “Valensiya”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida Muktar Diakabi jarima maydoniga uzatilgan to‘pni boshi bilan katalonlar darvozasiga joylab qo‘ydi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda mezbonlar penalti ishlab oldi. Lionel Messining zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi, biroq ikkinchi tempda davom etgan hujumni argentinalik futbolchi gol bilan yakunladi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida Ronald Arauxo o‘zining qoyilmaqom zarbasi bilan “Barselona”ning ikkinchi golini urdi. 69-daqiqada Maksi Gomes jarima maydoniga uzatilgan to‘pni darvozaga joylab, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:2.
Shu tariqa “Barselona” 21 ochko bilan hozircha 5-o‘rinda qoldi. “Valensiya” (15) esa 12-pog‘onaga ko‘tarildi.
La Liga
14-tur bahsi
19-dekabr, shanba
Gollar: 0:1 – 29 Diakabi, 1:1 – 45+4 Messi, 2:1 – 52 Arauxo, 2:2 – 69 Maksi Gomes.
“Barselona”: ter Shtegen, Alba, Arauxo, Dest, Mingesa, Buskets (de Yong, 46), Koutinyo (Langle, 79), Pedri (Pyanich, 86), Messi, Breytueyt, Grizmann (Trinkau, 73).
“Valensiya”: Domenek, Diakabi, Gabriel Paulista, Gayya, Vass, Soler, Musa (Aleks Blanko, 42), Cherishev (Li Kan In, 90), Rachich, Gedesh (Valyexo, 87), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Grizmann (13), Gayya (45), Aleks Blanko (45), Mingesa (56), Alba (90+1).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
Messi La Ligada eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan argentinalik futbolchiga aylandi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Deportivo”ga qarshi (8:0) Ispaniya chempionati 34-turida maydonga tushib, argentinaliklar orasida La Ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi, deb xabar beradi “Chempionat”.
28 yoshli futbolchi La Ligada o‘zining 344-uchrashuvini o‘tkazdi va argentinalik sobiq yarim himoyachi Ariel Ibagasani (343 o‘yin) ortda qoldirdi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinni Fernando Kaseras (339 o‘yin) band qilib turgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlardan Pablo Dias (330) va Leo Franko (328) joy olgan.
Joriy mavsumda Lionel Messi La Liganing 29 o‘yinida 24 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. | 13Sport
|
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova “Yana mahallada duv-duv gap” filmiga o‘z munosabatini bildirdi
“Shuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni va o‘nlab xalqaro kinofestivallarda bosh mukofot sohibi bo‘lgan rejissor Shuhrat Abbosov Dono Productions kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Yana mahallada duv-duv gap” filmiga rejissorlik qildi. O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova “Darakchi.uz” nashri bilan kinokartina haqidagi taasurotlarini o‘rtoqlashdi.
“Yana mahallada duv-duv gap” filmida buvi obrazini yaratdim. Filmga Shuhrat Abbosov qo‘l urganlarini bilib, hech ikkilanmay taklifni qabul qildim. Shuhrat Abbosov O‘zbekiston kino san’atida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan rejissorlardan biri. Kinoga kirib kelishimga ham shu inson sababchi bo‘lgan. “Mahallada duv-duv gap”ning davomini muallifning o‘zlari olganliklari nur ustiga a’lo nur bo‘ldi. Uzoq yozilgan ssenariy, puxta olingan sahnalar, aminmanki, film o‘z tomoshabin ko‘nglidan alohida joy egallaydi.
Gulchehra Jamilova, O‘zbekiston xalq artisti
Biroq filmni “Mahallada duv-duv gapning” davomi deb tushunish kerakmas, sababi o‘zim bilan suhbatda bo‘lgan aksariyat muxlislar aynan shunday deb bilishyapti hamda unda ilk filmning farzandlari taqdiri namoyish etilishini kutayotganini angladim. Tomoshabin o‘zini filmning mantiqiy davomini ko‘rishga tayyorlamasligi kerak. “Mahallada duv-duv gap” bu klassik asar, san’atimiz durdonasi bo‘lib qoladi. “Yana mahallada duv-duv gap”da o‘zgacha mavzu, mutlaqo boshqa davr, o‘zga dunyoqarashga ega odamlarning taqdiri namoyish etiladi.
Gulchehra Jamilova, O‘zbekiston xalq artisti
Filmni serial qilish rejasi haqida ham eshitdim. Tomoshabinni didi va dunyo qarashi har xil, shu sababli haqqoniy bahoni faqat ular beradi. O‘zim ham filmni intizorlik bilan kutyapman. Filmni o‘z ishining haqiqiy ustasi olgan ekan, uni salmoqli film bo‘lishiga ishonaman. Shuhrat Abbosovning o‘z qalami bor, juda katta madaniyat va mahoratga ega inson, shu sababli “Yana mahallada duv-duv gap” yengil-yelpi film bo‘lishi mumkin emas!
Gulchehra Jamilova, O‘zbekiston xalq artisti
Xabarda qayd etilishicha, ayni damda film badiiy kengashga topshirilgan, premyeraga ham oz fursat qolmoqda. | 7Madaniyat
|
Ayolning yonini olmoqchi bo`lgan yigit pichoqlandi (Video)
Sankt-Peterburgning Nevskiy dahasida bir o`tkinchi yigit eri qo`pol muomala qilayotgan ayolning yonini olmoqchi bo`ldi, deb xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
Ammo erkakning yigitga pichoq bilan zarba bergan. Shu asnoda boshqa odamlar erkakni to`xtatib qolishgan va qon yo`qotayotgan yigitga birinchi yordam ko`rsatishgan.
Alkogol ta`sirida bo`lgan erkak ham qo`lga olingan. | 2Dunyo
|
O‘zbekiston bo‘ylab Birinchi Prezident – Islom Karimov nomiga ehson oshi berildi
27 iyul kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodini xotirlash tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimlarda odamlarga osh tortildi, Qur'on tilovat qilinib, duoi fotiha o‘qildi.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ana shunday marosimda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Ana shunday tadbirlar, jumladan, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan “Mumtoz” to‘yxonasida Andijon shahridagi “Toshkent premium” tantanalar saroyi hamda Oltinko‘l tumanidagi “Qumbozor” choyxonasida o‘tkazildi.
Birinchi Prezident Islom Karimov yodi Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi “Navro‘z” to‘yxonasida ham ehson oshi berilib yodga olindi.
Ushbu tadbirlarda ishtirok etganlar Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, huquqiy-demokratik davlat qurishdagi xizmatlari beqiyos ekanligini yod etishdi. Boshlangan ezgu sa'y-harakatlarning Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi bosqichga ko‘tarilayotgani, harakatlar strategiyasida mamlakatni yanada gullab-yashnashi, ertangi kuni bundanda farovon bo‘lishi yo‘lidagi dolzarb vazifalar belgilab berilgani va uni bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini e'tirofga sazovordir. | 5Jamiyat
|
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizo
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga (bundan buyon matnda akademik litsey deb yuritiladi) o‘quvchilarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan nomzodlarning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov (bundan buyon matnda diktant deb yuritiladi), jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish nomzodlarni akademik litseyga qabul qilishda o‘tkaziladigan maxsus-professional tanlovning bosqichlari hisoblanadi.
2. Maxsus-professional tanlov natijalariga ko‘ra nomzodni test sinovlarini topshirishga qo‘yish masalasi hal etiladi.
3. Maxsus-professional tanlovning bosqichlari qabul yilining 1-iyunidan 25-iyuniga qadar o‘tkaziladi.
4. Nomzodlarning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan sinovda ulardan yozma ish (diktant) olinadi.
5. Diktant Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan akademik litsey binosida o‘tkaziladi.
6. Diktantning mavzulari va matnlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Diktantning tasdiqlangan mavzu va matnlari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.
8. Diktant o‘tkazilayotgan auditoriyaga kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
9. Diktant boshlanishidan oldin qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlarga diktant o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda raqamlangan daftarlar tarqatiladi.
10. Nomzod raqamlangan daftarning ustki qismiga o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini yozadi.
11. Diktant mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq metodika asosida o‘tkaziladi.
12. Nomzod diktantni yozib tugatgandan keyin o‘zining raqamlangan daftarini qabul komissiyasi a’zosiga topshirib auditoriyani tark etadi.
13. Qabul komissiyasi a’zosi nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlarni mutaxassislarga tekshirish uchun topshiradi.
14. Mutaxassislar nomzodlarning yozgan diktantlarini shu kunning o‘zida tekshiradi.
15. Auditoriyada nomzodlarga diktant matnini o‘qib eshittirgan shaxs tomonidan shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan diktantlarini tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Nomzodlarning yozgan diktantlarini tekshirgan shaxs mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga asosan diktantlarni baholaydi va har bir raqamlangan daftarga o‘zining imzosini qo‘yadi.
17. Diktant natijalari shu kunning o‘zida akademik litseyning e’lonlar taxtasiga joylashtirish orqali nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi.
18. Qabul komissiyasi a’zolari nomzodlarning raqamlangan daftarlarini qabul komissiyasi kotibiga topshiradi.
19. Nomzodlarga diktantni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
20. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
21. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga qabul komissiyasi a’zolari tomonidan mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari tushuntiriladi.
22. Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda sport kiyimida bo‘lishlari shart.
23. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qo‘yiladigan talablar o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun alohida belgilanadi.
24. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning o‘zida qabul komissiyasi a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga asosan baholanadi.
25. Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalari shu kunning o‘zida akademik litseyning e’lonlar taxtasiga joylashtirish orqali nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi.
26. Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
27. Qaydnoma qabul komissiyasining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining kotibiga topshiriladi.
28. Nomzodlarga jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovdan qayta o‘tishga ruxsat berilmaydi.
29. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat boshlanishidan oldin nomzodlarga qabul komissiyasi a’zolari tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish tartibi hamda baholash mezonlari tushuntiriladi.
30. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga asosan o‘tkaziladi.
31. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat og‘zaki shaklda qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodga beriladigan savollarga javob berish orqali amalga oshiriladi.
Savollar umumiy o‘rta ta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq 3 ta yo‘nalishda ishlab chiqiladi.
32. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
33. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.
34. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida o‘tkaziladi.
35. Nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘tish uchun auditoriyaga 1 nafardan kiritiladi.
36. Nomzodlarning savollarga bergan javoblari mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq baholash mezonlari asosida baholanadi.
37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari shu kunning o‘zida akademik litseyning e’lonlar taxtasiga joylashtirish orqali nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi.
38. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma rasmiylashtiriladi va qabul komissiyasi kotibiga topshiriladi.
Qaydnoma qabul komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi.
39. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
40. Maxsus-professional tanlov bosqichlarining natijalarini qo‘shib hisoblaganda nomzodning to‘plagan ballari “9” balldan kam bo‘lgan taqdirda, u maxsus-professional tanlovdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
41. Maxsus-professional tanlov bosqichlarining natijalari qabul komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
42. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
1. Nomzodlarga o‘qib eshittiriladigan diktant matnining hajmi 100 — 120 ta so‘zdan iborat bo‘ladi.
2. Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlarga diktant matni bir marotaba tushunarli va to‘liq o‘qib eshittiriladi. Diktant matni to‘liq o‘qib eshittirilgandan keyin nomzodlar diktantni yozishga tayyorlanadi.
3. Diktant yozish boshlanganda qabul komissiyasi a’zosi diktant matnini sekin birma-bir o‘qib beradi.
Bunda 1 ta gap o‘qib eshittiriladi va nomzod o‘qib eshittirilgan gapni yozishga kirishadi.
4. O‘qib eshittirilgan gapni nomzodlar yozib bo‘lganidan keyin ushbu gap qabul komissiyasi a’zosi tomonidan yana bir marotaba o‘qib beriladi.
1. Nomzodlar tomonidan yozilgan diktant “5” ballik tizimda baholanadi.
Diktant:
1 tagacha orfografik yoki punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “5” ball bilan baholanadi;
2 tadan 4 tagacha orfografik va punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “4” ball bilan baholanadi;
5 tadan 10 tagacha orfografik va punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “3” ball bilan baholanadi;
11 ta va undan ortiq orfografik va punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “2” ball bilan baholanadi.
Nomzod daftarni diktant yozilmagan bo‘sh holda topshirganda u “0” ball bilan baholanadi.
2. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda diktantdagi xatoliklar 1 ta xato deb hisoblanadi:
5 ta o‘rinda “h” yoki “o‘” harflari o‘rnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan bo‘lsa;
kirish so‘zlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida 6 tagacha punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
qaratqich belgisi 3 tagacha so‘zda noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa.
3. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
tasodifiy xatolar (masalan, “tushunmoq” so‘zi barcha o‘rinlarda to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa);
takroriy xatolar (masalan, “qutulmoq” so‘zi 5 tagacha o‘rinda “qutilmoq” tarzida qo‘llanilgan bo‘lsa);
so‘z ko‘chirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br);
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Cho‘lpon ota — Cho‘pon ota, Yunusobod — Yunus-obod).
4. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq bo‘lsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
1. Quyidagilar o‘g‘il bolalar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
to‘sinda (turnikda) tortilish;
100 metrga yugurish;
2000 metrga yugurish.
2. Quyidagilar qiz bolalar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
kuch ishlatish mashqi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
3. Quyidagilar to‘sinda (turnikda) tortilish mashqiga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak to‘sin (turnik) poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi;
harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 2 soniyagacha davom etishi mumkin).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
4. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi hamda stadionning yugurish yo‘lakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi.
5. 2000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
6. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqini bajarishga 1 daqiqa vaqt ajratiladi.
7. Quyidagilar kuch ishlatish mashqini bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qo‘llar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda bo‘ladi;
qo‘llar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qo‘llar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
8. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalari “5” ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
2. Nomzod jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargandan so‘ng, unga har bir mashq uchun qo‘yilgan ballari umumlashtirilib nomzodga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi. Bunda jismoniy tayyorgarlik mashqlari uchun qo‘yilgan ballar yig‘indisi quyidagicha hisoblanadi:
14 — 15 ball to‘plaganda — “5” ball;
11 — 13 ball to‘plaganda — “4” ball;
6 — 10 ball to‘plaganda — “3” ball;
6 dan kam to‘plaganda — “0” ball.
3. Nomzodga jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovda 2 ta mashqni “0” ballga bajarganda, nomzodga “0” ball qo‘yiladi.
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat boshlanishidan oldin qabul komissiyasi kotibi nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni qabul komissiyasi a’zolariga taqdim qiladi.
2. Qabul komissiyasi a’zolari yakka tartibdagi yakuniy suhbatga kirgan har bir nomzodga 3 ta savol beradi. Bunda har bir yo‘nalish (3 ta yo‘nalish) bo‘yicha 1 tadan savol beriladi.
Nomzodga savollar navbat bilan birma-bir beriladi (nomzodga 1 ta savol beriladi va nomzod u savolga javob bersa yoki javob bera olmasa unga navbatdagi savol beriladi).
3. Har bir nomzodga savollarga javob berish uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi.
4. Nomzod savollarga belgilangan muddatdan oldin javob bersa u auditoriyani tark etadi.
1. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:
nomzod to‘g‘ri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — “5” ball;
nomzod mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “4” ball;
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “3” ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — “2” ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — “0” ball qo‘yiladi.
2. Nomzodning savollarga javobiga komissiyaning har bir a’zosi nomzodga o‘z bahosini qo‘yadi. Qo‘yilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning o‘rtacha arifmetik bali aniqlanadi. | 10Qonunchilik
|
Uzcard bankomatlarida xorij valyutasini ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekistondagi Uzcard bankomatlarida 50 va 100 AQSh dollari qiymatidagi kupyuralarni ayirboshlash (qabul qilish) to‘xtatildi. Bu haqda “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJning (Uzcard brendi)ga tayanib, Telegram’dagi “Bank va mijoz” kanali xabar berdi.
Bunga ushbu qiymatdagi soxta valyutalar bankomatlar orqali ayirboshlangani sabab qilib ko‘rsatilgan. “Yagona umumrespublika protsessing markazi” barcha tijorat banklarga bu haqda tegishli xat yo‘llagan.
“Mazkur holat inobatga olinib, valyuta ayirboshlash operatsiyalarida 50 va 100 dollarli kupyuralarni qabul qilish funksiyasi vaqtincha to‘xtatiladi”, — deyiladi xatda.
Avvalroq Uzcard kompaniya brendidan foydalanib, firibgarlik sodir etilayotganidan ogohlantirgandi.
Nega O‘zbekistonda so‘m uchun alohida, valyuta uchun alohida karta ochiladi? Markaziy bank vakili javob berdi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil avgust oyida ko‘p yillardan beri birinchi marta chet el valyutasini naqd ko‘rinishda sotib olishga ruxsat berildi. Bunga qadar odamlar dollarni faqat xalqaro bank plastik kartalari orqali (Visa, MasterCard va boshqalar) sotib olishlari mumkin edi. | 8O‘zbekiston
|
Uchtadan kami – kasaba uyushmasi emas
Kasaba uyushmalari ham yuridik shaхs boʻlishi, ham boʻlmasligi mumkinligi belgilandi.
Muqaddam Qonunning 21-moddasida kasaba uyushmalari yuridik shaхs maqomiga ega boʻlishlari kerakligi nazarda tutilgan edi. Endi bu majburiy emas.
Kasaba uyushmalari nafaqat korхonalar va muassasalarda, balki yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqa turdagi mehnat faoliyati amalga oshiriladigan boshqa joylarda ham tuzilishi mumkinligi haqida toʻldirish kiritildi. Bunda kasaba uyushmasi kamida 3 nafar хodim tashabbusi bilan tuzilishi mumkinligi belgilab qoʻyildi.
Kasaba uyushmalarini ishlab chiqarish-tarmoq tamoyiliga asosan tarmoqlar va hududlar darajasida tuzish imkoniyatining qonuniy mustahkamlanishi muhim yangilik boʻldi. Mazkur tamoyil boʻyicha tuzatishlar kiritilguniga qadar faqat respublika miqyosidagi va mayda kasaba uyushmalarining hududiy va tarmoq birlashmalari tuzilar hamda ularning huquqlari cheklangan edi. Bugungi kunda qonunchilik yirik kasaba uyushmalarini tuzish uchun imkoniyat yaratdi va ularning birlashmalariga kasaba uyushmalarining oʻzi uchun nazarda tutilgan faoliyat yuritishning barcha huquq va kafolatlarini bermoqda.
Kasaba uyushmalari faoliyatini toʻхtatish tartibi takomillashtirildi. Ilgari ularni iхtiyoriy tugatish a’zolarning qaroriga koʻra, ya’ni ularning umumiy yigʻilishiga asosan amalga oshirilar edi. Ammo koʻrinadiki, bunday yirik kasaba uyushmalarini tashkil etish amaliy jihatdan olib qaraganda mazkur organni chaqirish imkoniyatini yoʻqqa chiqaradi. Chunki ular oʻzida bir necha ming nafar kishini birlashtirishi mumkin. Shu munosabat bilan kasaba uyushmasi faoliyatini iхtiyoriy ravishda tugatish “vakolatli organ qaroriga koʻra ustavda belgilangan tartibda” amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi jumla kiritildi.
Kasaba uyushmalarini majburiy tugatish tartibi ham oʻzgardi. Agar ularning faoliyati Konstitutsiya va qonunchilikka1 zid boʻlsa, bunga yoʻl qoʻyilishi belgilandi. Ilgari bunday qarorni faqat Oʻzbekison Respublikasi Oliy sudi qabul qilar edi. Endi bunday qarorni joylardagi boshqa sudlar ham qabul qilishi mumkin.
Tashkilot va uning tarkibiy boʻlinmalarini tugatish, ish beruvchining tashabbusiga koʻra хodimlar (shtat) soni yoki mehnat sharoiti oʻzgarishiga sabab boʻluvchi ishlab chiqarishni qisman yoki toʻliq toʻхtatib turish haqida kasaba uyushmalarini dastlabki хabardor qilish muddati 3 oydan 2 oyga qisqardi.
Bundan tashqari, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasining qonunchilikni buzish holatlarini bartaraf etish boʻyicha taqdimnomasini koʻrib chiqish, shuningdek koʻrib chiqish natijalari boʻyicha хabar berish muddati 1 oydan 15 kunga qisqardi (jamoa shartnomasini buzish holatlarida – 1 hafta).
Kasaba uyushmalari yakka tartibdagi mehnat nizosi natijasidan manfaatdor ekanini inobatga olgan holda mazkur jamoat birlashmalarining ularni koʻrib chiqish boʻyicha vakolatlari tugatildi. Shu bilan birga ular yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqishda avvalgidek ishtirok etishlari mumkin.
Korхona ma’muriyati kasaba uyushmalariga faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan jihozlangan binoni ma’muriyat va kasaba uyushmasi ishtirokida mehnat jamoasi qarori bilan belgilanadigan shart-sharoitlarda bepul foydalanishga taqdim etish haqidagi norma bekor qilindi.
Hujjatda boshqa oʻzgarish va qoʻshimchalar ham saqlanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov, ekspertimiz.
1Bungacha faqat Konstitutsiyani buzish asos boʻlib хizmat qilgan, bu mantiqsiz edi. | 10Qonunchilik
|
Yoshlarga budjetdan qanday subsidiya va kompensatsiyalar to‘lab beriladi?
2021 yilning sentyabr oyidan boshlab Moliya vazirligi subsidiya platformasini ishga tushirdi. Unda har bir yo‘nalish bo‘yicha davlat budjetidan to‘lab beriladigan subsidiyalar haqida ma'lumot olish mumkin.
Buning uchun subsidiya.mf.uz maxsus elektron platformaga kiriladi.
Platformada «Subsidiyalar beruvchi tashkilotlar» ro‘yxati mavjud. Shu ro‘yxatdan Yoshlar ishlari agentligini tanlab, kimlarga qanday tarzda subsidiyalar berilishi borasida qonunchilikda mavjud normalar bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.
Portal ma'lumotlari asosida yoshlarga ajratiladigan subsidiya va kompensatsiyalar quyidagilar:
— Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta'lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarining 75 foizigacha qismini (bir oy uchun BHMning 4 baravarigacha, ikki oy uchun 8 baravarigacha, ikki oydan ortiq 12 baravarigacha) qoplab berish;
— «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun (BHMning 8 baravarigacha) subsidiya ajratish;
— mamlakatimizdagi OTMlarda ta'lim olayotgan "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha (BHMning 50 baravarigacha) to‘lab berish;
— «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni (BHMning 50 baravarigacha) qoplab berish;
— psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga nisbatan ixtisoslashgan NNTlar hamda NTTlar tomonidan pulli psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish;
— «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga, jumladan, yosh oilalarga turar joy ijarasi kompensatsiya qilish;
— yoshlarning iste'dodlarini qo‘llab-quvvatlash, besh muhim tashabbusni ro‘yobga chiqarish va uning doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish;
— «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini qoplab berish;
— «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish;
— haydovchilik kurslarida o‘qish;
— safarbarlik rezervi xarajatlari subsidiyasi.
Yuqoridagi subsidiyalar Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan. O‘zingizga qiziq bo‘lgan subsidiya haqida ko‘proq ma'lumot olish uchun kiritilgan havolaning ustiga bossangiz kifoya.
Subsidiya olish uchun nima qilish lozim?
Platforma orqali onlayn ariza qoldirasiz. Ariza qoldiruvchi yuridik, jismoniy shaxs yoki ehtiyojmand xotin-qizlar uchun subsidiyalardan biri hamda yo‘nalishga oid tashkilot nomini tanlashi kerak bo‘ladi.
Yoshlarga oid subsidiyalardan birini olmoqchi bo‘lsangiz, birinchi qatorga «jismoniy shaxslarga», vazirlik yoki idora nomiga Yoshlar ishlari agentligini kiritasiz. Shunda platforma yoshlarga oid subsidiyalarni chiqarib beradi. Shulardan birini tanlaysiz. Lekin unutmang, har bir subsidiya yoki kompensatsiya kimlarga to‘lab berilishi haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini ko‘rib chiqing. Qarorga havola subsidiyalar nomining pastida berilgan.
Shuningdek, platformaga oid shikoyatlarni «shikoyat qoldirish» bo‘limi orqali yozib yuborishingiz mumkin. | 8O‘zbekiston
|
Farg‘onada YPX xodimiga bo‘ysunmagan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
Farg‘onada YPX xodimiga bo‘ysunmay, uni haqoratlab, qo‘l ko‘targan haydovchiga nisbatan sud tomonidan ma’muriy qamoq jazosi belgilandi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, boshqaruv vaqtida qo‘l telefonidan foydalanib kelgan haydovchini YPX xodimi to‘xtatgan va qoida buzilganini tushuntirib, bayonnoma tuzilishini aytgan. Tekshiruv vaqtida haydovchining o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzdorligi borligi ham aniqlangan. Shu sababli transport vositasi jarima maydoniga olib borilishi aytilgan.
Shundan so‘ng haydovchi YPXning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan.
Rasmiylashtirilgan hujjatlar sud tomonidan o‘rganilib, haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi tartibida 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilangan.
Avvalroq Toshkentda YPX xodimiga bo‘ysunmay, “bor yo‘qol” deb yo‘lida davom etgan haydovchining Equinox’i jarima maydonchasiga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.
Undan avval esa Jizzaxda haydovchini so‘kkan YPX xodimi ishdan olingani, Samarqandda haydovchiga xizmat guvohnomasini taqdim etishni istamagan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlangani, Qoraqalpog‘istonda haydovchiga qo‘l ko‘targan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani xabar qilingandi. | 8O‘zbekiston
|
Ispaniyada yong‘in tufayli 22 ming kishi festivaldan evakuatsiya qilindi (video)
Barselonadagi Tomorrowland Unite musiqiy festivalida sahnada yuzaga kelgan yong‘in tufayli qariyb 22 ming kishi evakuatsiya qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Ijtimoiy tarmoqlarga joylangan videolarda bosh sahnadagi alanga va u yerdan ko‘tarilayotgan to‘q kulrang quyuq tutunni ko‘rish mumkin.
Evening Standart ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. | 2Dunyo
|
Turkiya IShIDning 23 obektiga zarba berdi
Turkiya Mudofaa vazirligi Suriyada bir kunda 48 nafar IShID terrorchi guruhi jangarisining yo‘q qilingani haqida ma'lum qildi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, jangarilarni havo va yer operatsiyalari davomida yo‘q qilishga erishilgan.
Manbaga ko‘ra, Anqara harbiylari IShIDning 23 obektiga qarata zarba berishgan. Buning natijasida terrorchilarning qo‘mondonlik markazlari, qurol-yarog‘ saqlanadigan omborxonalari va boshpanalari yo‘q qilingan. | 2Dunyo
|
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni ta’sis etildi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Ushbu unvon yerosti boyliklari geologiyasi va qidiruvi sohasini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatgan geologiya, geofizika, gidrogeologiya, tomografiya-geodeziya tarmog‘ining yuqori malakali geologlari va muhandis-texnik xodimlariga hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislariga beriladi.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Avvalroq O‘zbekistonda Alisher Navoiy ordeni ta’sis etilishi haqida ma’lum qilingandi | 8O‘zbekiston
|
Mishel Platini: FIFA prezidenti etib saylanmasam, bu UEFAdagi oxirgi muhlatim bo‘ladi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi (UEFA) raisi Mishel Platini Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti etib saylanmagan taqdirda uyushma rahbarligi uchun navbatdagi muhlatga o‘z nomzodini qo‘ymaydi. Bu haqda u Yevropada futbol mavsumi boshlanishiga bag‘ishlangan Monakodagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Agar FIFA prezidentligiga saylovlarda g‘alaba qozona olmasam, UEFAdagi ushbu rahbarlik muhlatim oxirgisi bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan Platini. 2015-yil martida u UEFA prezidentligiga uchinchi to‘rt yillik muhlatga saylangan, 29-iyulda esa FIFA prezidentligiga nomzodini qo‘ygan edi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA rahbarligi uchun navbatdan tashqari saylovlar 2016-yil, 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. | 13Sport
|
Chexiya BMT inson huquqlari kengashida Rossiyaning o‘rnini egalladi
Chexiya 2023 yil 31 dekabrgacha inson huquqlari kengashiga saylandi.
Rossiya bosh assambleyaning 7 aprel kuni Ukrainaning Bucha shahridagi voqealarga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida a’zolikni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilingandan so‘ng IHKdan chiqarib yuborilgandi.
Birlashgan millatlar tashkilotining qayd etishicha, Rossiya kengashdagi o‘rnini saqlab qolgan, biroq ovoz berish va chiqish qilish huquqidan mahrum etilgan.
Rossiya 2006 yildan 2012 yilgacha BMT inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi bo‘lgan, 2014 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda kengashga qaytgan. 2016 yil 28 oktyabrda Rossiya Xorvatiya va Vengriyaga yutqazib, 2017-2019 yillar uchun IHKga kiritilmagan. Rossiya 112 ovoz, Vengriya 144, Xorvatiya 114 ovoz olgan. O‘sha yilning boshida 80 dan ortiq inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari Rossiyani Suriyadagi siyosati tufayli kengashdan chiqarishni talab qilib petitsiyani imzolagan.
To‘rt yillik tanaffusdan so‘ng Rossiya 2020 yilda BMT inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylandi. O‘shanda kengashga Kuba, Pokiston va Xitoy ham kirgan, shundan so‘ng AQShning o‘sha paytdagi davlat kotibi Mayk Pompeo bu mamlakatlarning saylanishi «AQShning 2018 yilda kengashdan chiqish haqidagi qarori to‘g‘ri bo‘lganini tasdiqlashi» haqida gapirgandi.
Shu nomdagi komissiya o‘rniga BMT inson huquqlari kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2005 yilda BMT sammitida qabul qilingan. Bu BMT bosh assambleyasining organi bo‘lib, yiliga kamida uch marta muntazam ravishda yig‘iladi. BMT IHK 47 davlatdan iborat. Agar kengash a’zosi inson huquqlarini ommaviy va muntazam ravishda buzganlikda ayblansa, uning a’zoligi BMT bosh assambleyasi a’zolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan to‘xtatilishi mumkin.
Kengash a’zolari uch yil muddatga saylanadi va ketma-ket ikki marta vakolat muddati tugagandan so‘ng darhol qayta saylanish huquqiga ega emas. | 2Dunyo
|
Cotton Campaign O`zbek paxtasiga "boykot"ni bekor qilishi mumkin
Joriy yilning 4 fevral kuni Bosh vazir o`rinbosari Tanzila Norboeva boshchiligida Vashingtonga ishchi tashrifi bilan borgan delegasiya O`zbekiston to`qimachilik mahsulotlariga qarshi “boykot” tashabbuschisi Cotton Campaign xalqaro koalisiyaning yig`ilishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Yig`ilishda huquqni muhofaza qilish tashkilotlari, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, riteylerlar va AQSh kasaba uyushma tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.
Cotton Campaign tarixida ilk bor delegasiya vakillarining ishtiroki O`zbekiston Hukumatining inson huquqlari sohasidagi eng nozik masalalar bo`yicha dialog va konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligi sifatida baholangan.
Paxta kampaniyasining asoschisi Bennet Freeman uchrashuvni ochib, O`zbekiston tarixiy ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirayotganini va mamlakatda tizimli majburiy mehnatni yo`qotish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilayotganini ta`kidladi.
“O`zbekiston hukumati o`n yilliklar davomida avj olgan majburiy mehnatni tugatish majburiyatini olgani bizni ruhlantiradi va biz hozirgi kunga qadar amalga oshirilmaydigan bu tarixiy vazifaning ko`p jihatlariga e`tibor qaratmoqdamiz”, dedi Bennet Freeman.
Yig`ilish qatnashchilariga O`zbekiston qonunchiligidagi so`nggi o`zgarishlar va majburiy mehnatning oldini olish va butunlay yo`q qilish bo`yicha amaliy choralar, fermerlarning ixtiyoriy mehnatini rag`batlantirish va fermerlikni qo`llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish, agrosanoat majmuini isloh qilish, agrosanoatni rivojlantirish va paxtachilik jarayonlarini mexanizasiyalash bo`yicha batafsil ma`lumot berildi.
Shuningdek, ular majburiy mehnatni oldini olish, bozorga asoslangan paxta ishlab chiqarish mexanizmlariga o`tish va to`qimachilik sanoatida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo`yicha institusional tizimni va ma`muriy mexanizmlarni kuchaytirish bo`yicha rejalar alohida qayd etildi.
Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan qonunlar va hukumat qarorlarining hududiy darajada samarali tatbiq etilishi, paxta terimiga noqonuniy jalb qilish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o`zaro aloqalarni kuchaytirish va kasaba uyushma harakatlarini mustahkamlash masalalari alohida muhokama qilindi.
Munozara kun tartibidagi eng asosiy mavzulardan biri “paxta boykot”ini to`xtatish masalasi edi.
Uchrashuvda to`qimachilik tovarlari va brendlari bo`yicha tegishli hartiyaning doimiy emasligi va u davomiy o`zgarishlar dinamikasi va islohotlarida uning qayta ko`rib chiqilishi mumkinligi qayd etildi. Shu nuqtai nazardan koalisiya vakillari 2019 yilgi paxta mavsumida o`sishga erishishning muhimligini ta`kidladi.
Umuman olganda, Cotton Campaign vakillari maslahatlashuvlarni konstruktiv, deb ta`riflagan va kelgusida ochiq muloqot va samarali hamkorlikning amaliyotini davom ettirilishiga umid bildirgan.
“Muzokaralarimiz jiddiy, konstruktiv va ijobiy bo`lib, so`nggi yutuqlar va asosiy bartaraf etish lozim bo`lgan muammolarga qaratildi”, dedi Koalisiya rahbari Bennet Freeman. | 4Iqtisodiyot
|
Xitoylik milliarderlarning koronavirus pandemiyasi davrida ishlab topgan pullari miqdori ma`lum bo`ldi
Xitoyning eng boy odamlari koronavirus pandemiyasi davrida 1.5 trillion AQSh dollari miqdorida foyda ko`rishdi. Bu so`nggi besh yildagi ko`rilgan daromadning barchasini qo`shib hisoblagandan ham yuqoriroq natija hisoblanadi. Chin yurtidagi boylarning pullari bu darajada tez ko`payganiga karantin mobaynidagi onlayn savdo va kompyuter o`yinlariga bo`lgan talabning o`sgani sabab bo`lgan.
Boylar ro`yxatini tuzgan Hurun Reportning xabariga ko`ra, 2020 yilning avgust oyiga qadar Xitoydagi milliarderlar soni 257 taga ko`paygan. Ayni paytda bu mamlakatdagi milliarderlarning umumiy soni 878 tani tashkil qilmoqda.
Xitoydagi boylar ro`yxatining birinchi o`rni yana Alibaba onlayn savdo platformasi asoschisi Jek Maga nasib qildi. Bu yili Jek Maning boyligi 45 foizga ko`paygan bo`lib, ayni paytda uning umumiy boyligi 58.8 milliard AQSh dollarini tashkil qilmoqda.
Jek Madan keying o`rin Poni Maga nasib qildi. Poni Maning boyligi 57.4 milliard dollarga teng bo`lib, u kompyuter o`yinlari qiroli hisoblanadi. Uning pullari pandemiya davrida 50 foizga ko`paygan.
Shuningdek, 66 yoshli Zong Shanshan 53.7 milliard dollar bilan ushbu ro`yxatning uchinchi o`rnida qayd etilgan. U Nongfu brendi ostida suv ishlab chiqaruvchi kompaniya egasidir.
“Dunyoda shu paytgacha bir yil ichida bunchalik ko`p boylik orttirilgani kuzatilmagan” deydi Hurun Reportning bosh tadqiqotchisi Rupert Hugeverf. | 2Dunyo
|
Nukusga qiruvchi samolyot keltirildi (foto)
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridagi “Motamsaro ona” haykali joylashgan Xotira xiyobonining orqa tomonida Jasorat bog‘i barpo etilishi boshlangan edi. Koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin sabab ayni bog‘da qurilish-montaj ishlari vaqtincha to‘xtatilgan. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bog‘ga harbiy texnikalarni joylashtirish boshlangan.
Xususan, shu kunga qadar bog‘da jami 8 dona texnika: T-64 tanki, piyodalar jangovar mashinalari, zirhli transportyorlar hamda artilleriya va zenit qurilmalari o‘rnatilgan. 7-may kuni bog‘ eksponatlaridan o‘rin olgan bir dona Su-17 qiruvchi samolyoti Toshkent shahridan keltirilgan.
Karantin qoidalarining yumshatilishi hamda qurilish ishlarini ijtimoiy masofa va shaxsiy gigiyena talablariga rioya etgan holda amalga oshirishga berilgan ruxsatdan keyin bog‘da qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Jasorat bog‘i “Motamsaro ona” haykali joylashgan maydonning orqa tomonida, ilgari tashlandiq bo‘lib yotgan hududning deyarli 100 sotix maydonida bunyod etilmoqda. Bog‘ni yaratish konsepsiyasiga asosan u yerdagi 153 kvadrat metr maydonda Ikkinchi jahon urushi yillari qoraqalpoq xalqi va qoraqalpog‘istonliklarning matonati, g‘alabaga qo‘shgan hissasi aks etgan bir qavatli xotira muzeyi, pnevmatik miltiqdan o‘q otish tiri, harbiy alpinizmni rivojlantirish maqsadida skalodrom, harbiy obyektlarni qo‘riqlashda foydalaniladigan soqchilarning kuzatuv minorasi, janggohlarni aks ettiradigan okop, blindaj va yerto‘lalar hamda jangovar texnikalar o‘rin oladi.
Urush yillarida yurtdoshlar qahramonliklarini aks ettirish uchun Mudofaa vazirligi muzey fondiga yaqindan ko‘mak berib, hozirda jamlanayotgan eksponatlar hamda harbiy texnikalarni taqdim etishi belgilangan. Muzey fondi boshqa manbalardan ham to‘ldirib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Olmazor tumani hududida qurilayotgan “G‘alaba bog‘i”ga ham bir qator harbiy texnikalar va samolyotlar o‘rnatilgan. | 8O‘zbekiston
|
Putin Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro tomonlarini zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘dagi tutashuv chizig‘ida jangovar harakatlar boshlangani haqidagi xabarlardan chuqur tashvishda. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Prezident Putin mojaro taraflarini zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va qurbonlar bo‘lmasligi uchun o‘zlarini tiyishga chaqiradi. U vaziyat yana qurolli qarama-qarshilikka borganidan afsusda. Chunki keyingi paytda ham uch tomonlama (Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon), ham xalqaro formatda (YeXHTning Rossiya, Fransiya va AQSh vakillaridan iborat Minsk guruhi) mojaroni tartibga solishga qaratilgan bir qator harakatlar amalga oshirilgandi”, — deya ta’kidlagan Peskov.
Mojaro tomonlari tutashuv chizig‘ida sulh buzilganida bir-birini ayblamoqda. Jumladan, Armaniston mudofaa vazirligi Ozarbayjon armiyasi va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi kuchlari o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar ketayotganligini ma’lum qilgan bo‘lsa, Ozarbayjon mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlarini tutashuv chizig‘idagi aholi punktlariga artilleriya zarbalari berishda ayblagan. | 2Dunyo
|
Odnoklassniki foydalanuvchilar va reklama beruvchilar uchun vertikal video joriy etdi
Odnoklassniki foydalanuvchilar va reklama beruvchilar uchun videokontentning yangi formati - vertikal roliklar joriy etdi. Endi mualliflar, OAV va reklama beruvchilar portret rejimida olingan videolavhalarni e'lon qilishi mumkin bo‘lib, ular foydalanuvchilar tasmasida vertikal tarzda, yonlaridagi qora hoshiyalarsiz aks ettiriladi. Ushbu yangi formatdan myTarget reklama platformasining barcha mijozlari foydalanishi mumkin.
Xalqaro tadqiqotlar ma'lumotlariga ko‘ra, iPhone foydalanuvchilari smartfonlarni 97 foiz holatda, Android tizimida ishlovchi smartfon foydalanuvchilari o‘z smartfonlarini 89 foiz holatda, shu jumladan videoga olish va uni tomosha qilishda vertikal tarzda ushlaydilar.
Vertikal videolavhalar mobil moslamalar ekranida ko‘proq joy egallaydi, shuningdek, ular orqali videokontent foydalanuvchilar tasmasida ko‘proq sezilarli va tomosha qilish uchun qulay bo‘ladi. Natija sifatida video mualliflari va reklama beruvchilar foydalanuvchilardan ko‘proq qayta aloqaga ega bo‘ladilar.
MediaBrix (joriy nomi — Receptiv) mobil reklamasini sotish bo‘yicha platforma tadqiqotlari ma'lumotlariga ko‘ra, vertikal videolardan foydalangan holda amalga oshirilgan reklama kampaniyasi tomosha qilish vaqtini ko‘paytirishga olib keladi: gorizontal videolarni tomosha qilishda davom etish darajasi 14 foizni, vertikal videolarni tomosha qilishda davom etish darajasi esa 90 foizni tashkil etadi.
“Vezyot” taksi buyurish federal xizmati birinchilardan bo‘lib OKdagi reklama kampaniyalarida vertikal videolar samaradorligini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. “Vezyot” OKda ikkita bir xil videoroliklar bilan reklama kampaniyasini boshlab yubordi: biri vertikal, ikkinchisi gorizontal formatda bo‘ldi. Konversiya ko‘rsatkichlari vertikal formatda yuqori bo‘ldi.
Sergey Milyayev, “Vezyot” xizmati digital-marketing yo‘nalishi rahbari:
Birinchi sinov ko‘rsatishicha, gorizontal videolardan farqli ravishda vertikal holatdagi videolar ko‘proq tanlanadi. Bizning birinchi sinov kampaniyamiz bo‘yicha vertikal videoga oid o‘rtacha CTR 0,71 foizni tashkil etdi. Buning sababi qisman formatning yangiligidadir: foydalanuvchilar o‘z ekranlarida bu kabi videoni birinchi marta ko‘rib, ular albatta bunga qiziqish bildirdilar. Bunda biz iOS va Android moslamalaridagi ko‘rsatkichlarda sezilarli farq ko‘rmoqdamiz: iOS da CTR 5 baravar yuqori bo‘ldi, biroq tomosha qilishda davom etish ulushi, aksincha, Android foydalanuvchilarida yuqori bo‘ldi - foydalanuvchilarning 7 foizi rolikning yarimdan ko‘pini tomosha qilishda davom etdi.
Semen Boyarskiy, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i strategik mahsulotlarini rivojlantirish bo‘yicha direktor:
Biz butun jahon bo‘yicha reklama beruvchilar tomonidan portret formatiga ortib borayotgan qiziqishni ko‘rmoqdamiz. “Vezyot” taksi buyurish xizmati bilan olib borilgan tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, OK mobil tasmasida vertikal videolarni joylashtirish orqali yanada yuqori CTR va yaxshiroq konversiyalarga erishilmoqda, chunki mazkur format ko‘proq axborot yetkazish imkonini bermoqda va tasmada yanada jozibador ko‘rinmoqda. O‘ylaymizki, Rossiya bozori global o‘yinchilardan tashabbusni tezkor ravishda o‘z ixtiyoriga oladi va biz yangi reklama kampaniyalarini vertikal formatda ko‘rishga muvaffaq bo‘lamiz. | 14Texnologiya
|
Yevroparlament atom energiyasi va gazni zararsiz energiya manbalari qatoriga kiritishdan bosh tortdi
Yevroparlament deputatlarining katta qismi Yevropa Komissiyasining atom va tabiiy gazni Yevropa Ittifoqining qo‘llab-quvvatlash siyosatiga kiritilgan “barqaror energiya manbalari” deb tasniflash taklifiga qarshi chiqdi.
“Bizga o‘tmishdagi energiyani emas, qayta tiklanadigan energiyani kengaytirish uchun katta sarmoya kerak. “Yashil” bitim atrof-muhit va iqlimga zarar yetkazuvchi, boshqarib bo‘lmaydigan xavflarni keltirib chiqaradigan energiyani moliyalashtirish uchun ishlatilmasligi kerak”, dedi Yevropa parlamentining ikkita tegishli qo‘mitasi a‘zosi va taksonomiya(Yevropa Ittifoqining “yashil” kursi doirasida energiya manbalarini tasniflash tizimlari)ni tartibga solish bo‘yicha ma‘ruzachi Bas Eykhaut.
U atrof-muhit (ENVI), iqtisodiy va valyuta masalalari (ECON) qo‘mitalaridagi seshanba kungi ovoz berish natijalarini sharhladi. “Biz iqlim va inson qadri inqirozi hamda Ukrainadagi urushga duch kelmoqdamiz. Bu Yevropa Ittifoqi zudlik bilan Rossiyaning uran va gazidan mustaqil bo‘lishi kerakligini anglatadi”, - deydi Eykhaut.
Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yetakchi rol o‘ynash va neytral iqlim iqtisodiyotga sarmoya kiritish uchun “oltin standart”ni o‘rnatish imkoniyatiga ega.
Yevrokomissiyasining taklifiga qarshi qo‘mitalar tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya Yevroparlamentning iyul oyidagi yalpi majlisida ovozga qo‘yilishi kutilmoqda. “Yashillar” deputatlarni “vakolatli aktni” rad etishga chaqirmoqda. Buning uchun 705 deputatdan 353 nafari qarshi ovoz berishi kerak. | 2Dunyo
|
MAGATEni ruminiyalik mutaxassis vaqtincha boshqaradi
Ruminiyalik mutaxassis Xalqaro atom energiyasi bo‘yicha agentlik bosh direktori vazifasini vaqtincha bajarib turadi. Ruminiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlarda doimiy vakil bo‘lib faoliyat yuritgan Cornel Feruta MAGATEning bosh muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajaradi.
Bu haqda agentlik rasmiy saytida ma'lum qilindi. Ma'lum qilinishicha, Cornel Feruta 22 iyul kuni 72 yoshida vafot etgan Yukiya Amanoning yaqin safdoshi bo‘lgan va agentlikning qator yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatini boshqargan. U agentlik bosh direktori saylangunga qadar ushbu vazifani bajaradi. | 2Dunyo
|
Janubiy Koreya KXDRni ogohlantirib qo‘ydi
Janubiy Koreya mudofaa rivoji bo‘yicha agentligi o‘tgan hafta amalga oshirilgan ballistik raketalar sinovi tasvirlangan kadrlarni e'lon qildi. Yozuv KXDR navbatdagi marta raketa uchirganidan bir necha soat o‘tib internetda paydo bo‘lgan.
Ryonxap agentligining xabar qilishicha, 86 soniya davomiylikka ega videoda harakat radiusi 500 va 800 kilometr bo‘lgan raketalar sinovi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, ularning har ikkisi yer va suvdagi nishonlarni aniq mo‘ljalga olgan.
Janubiy Koreya mudofaa rivoji bo‘yicha agentligi vakilining aniqlik kiritishicha, raketalar Koreya Respublikasining ogohlantiruvchi zarbalar tizimi va ommaviy jazolash sxemasida asosiy elementlardan biriga aylanadi.
- Bizning harbiylar Shimoliy Koreyadagi istalgan nuqtaga aniq va kuchli zarba berish imkoniyatlariga ega. Vaziyat shuni talab qilsa, bu ro‘y berishi mumkin, - deya ta'kidlanadi mahkama bayonotida.
Shimoliy Koreya 29 avgust erta tongda Kim Chen In rahbarligi ostida birinchi marta Yaponiya hududi ustidan uchib o‘tgan raketa sinovini o‘tkazdi. Raketa Yaponiyadan sharqqa tomon 1,2 ming km uzoqlikda Tinch okeaniga tushgan.
NEW: #SouthKorea's Agency for Defense Development releases new footage of last week's Hyunmoo-II SRBM tests. pic.twitter.com/TfKaHWjgXh | 2Dunyo
|
Yuksak mukofotlar topshirildi
07.03.2020
Davlatimiz rahbarining joriy yil 6-mart kuni qabul qilingan “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, sogʻlom va barkamol avlod tarbiyasi, oila va jamiyat asoslarini mustahkamlash yoʻlidagi munosib xizmatlari uchun bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi. 4-martdagi Prezident qaroriga binoan esa yigirma sakkiz nafar faol qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Bugun poytaxtimizda boʻlib oʻtgan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirida ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, joylarda onalik va bolalikni himoya qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha namunali faoliyat olib borayotgan 287 nafar xotin-qizga “Moʻ’tabar ayol” nishonlari berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar xodimlari toʻkin dasturxon atrofida bayramni nishonladi. Tadbirda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet ellik diplomat ayollar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ham ishtirok etdi.
Bayram katta konsert dasturi bilan yakunlandi. | 12Siyosat
|
“Barselona”dan “Arsenal”gacha. Yoshlarga eng ko‘p imkoniyat taqdim etuvchi top-5 liga klublari
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) 2021-yil boshidan buyon 21 yoshdan kichik futbolchilarga ko‘proq imkoniyat beruvchi top-5 ligalar klublari reytingini e’lon qildi.
2021-yil 1-yanvar kunidan buyon top-5 liga jamoalari orasida “Barselona” yosh futbolchilarga ko‘proq imkoniyat bergan. Kataloniyaliklar safida yoshlar 19,8% vaqt mobaynida maydonda harakat qilgan. Ikkinchi o‘rinni “Borussiya D” (18,1%) egallab turibdi. Kuchli uchlikni “Nitssa” (17,4%) yakunlab bergan.
Top-10 likdan oltita fransuz klubi o‘rin olgan, Italiyaning birorta jamoasi o‘nlikka kira olmagan.
Yevropa top-5 ligalarida U-21 futbolchilarning to‘p surish foizi:
1.“Barselona” (Ispaniya) — 19,8%
2. “Borussiya D” (Germaniya) — 18,1%
3. “Nitssa” (Fransiya) — 17,4%
4. “Sent-Etyen” (Fransiya) — 17,2%
5/6. “Renn” (Fransiya) — 16,9%
5/6. “Reyms” (Fransiya) — 16,9%
7. “Bayer” (Germaniya) — 15,4%
8/9. “Monpelye” (Fransiya) — 13,4%
8/9. “Arsenal” (Angliya) — 13,4%
10. “Monako” (Fransiya) — 13,3%.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
Harbiy хizmatchilarni ovqatlantirish autsorsingga topshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 24.11.2017 yildagi 942-son Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi harbiy хizmatchilarni ovqatlantirish sifatini tubdan yaхshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori e’lon qilindi.
Hujjat bilan autsorsing[1] sharoitida Mudofaa vazirligi boʻlinmalari shaхsiy tarkibini ovqatlantirishni tashkillashtirish koʻzda tutiladi. Ya’ni ushbu maqsadlarda umumiy ovqatlanish korхonalari (autsorserlar) shartnoma asosida jalb etiladi.
Oʻz navbatida, mazkur tizim safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonlarida, harbiy ta’lim va davolash muassasalarida joriy etiladi.
Autsorserlarni saralash
Autsorsing boʻyicha shartnomalarni tuzish uchun talabgorlarni aniqlash jarayonida umumiy ovqatlanish sohasida katta tajribaga ega boʻlgan va oʻz tashabbusi bilan oshхonalar holatini yaхshilashga tayyor boʻlgan korхonalar afzal koʻriladi. Shuningdek, tegishli moliyaviy, moddiy-teхnik hamda logistik bazaning mavjudligi inobatga olinadi.
Autsorserlar хizmatiga haq toʻlash
Autsorserlar хizmati uchun toʻlovni Mudofaa vazirligi bir nafar harbiy хizmatchi uchun oziq-ovqat mahsulotlariga amaldagi oʻrtacha bozor narхlari boʻyicha ovqatlanish normasidan kelib chiqqan holda belgilaydi. Ushbu narхlarning cheklangan darajasini Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdim etadi.
Autsorserlar хizmati uchun ustama 20%dan oshmasligi va ularning barcha хarajatlarini (soliqlar, хodimlarning ish haqi, transport хizmatlari va boshqalar) oʻz ichiga olishi kerak. Ijara shartnomasi asosida beriladigan ishlab chiqarish binolari, asbob-uskunalar va oshхona mebellaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar “nul” stavka boʻyicha belgilanadi. Ovqat tayyorlash jarayonida foydalaniladigan kommunal хizmatlar qiymati Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Harbiy хizmatchilarni ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish
Harbiy qismlar joylashgan joylarga chiqib, ovqatlantirishning sifati, narх belgilanishi boʻyicha talablarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish viloyatlar va poytaхt hokimlari zimmasiga yuklatildi. Shuningdek, hokimlar autsorserlarga oziq-ovqat mahsulotlarini bevosita fermer хoʻjaliklaridan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida хarid qilishlarida koʻmak beradi.
Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining shaхsiy tarkibini ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha autsorsing хizmatlarini koʻrsatish tartibi 1.04.2018 yilgacha ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 28.11.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova.
[1] Autsorsing (ingliz tilidan tarjimada – tashqi manba va/yoki resursdan foydalanish) —tashkilot tomonidan faoliyatning muayyan turlari yoki funksiyalarining zarur sohada faoliyat yurituvchi boshqa korхonaga shartnoma asosida topshirilishi. | 10Qonunchilik
|
Sergeli tumanining ayrim hududlari gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi
Bugun, 24-yanvar kuni Sergeli tumani, 8 va 9-qurilish uchastkalarida joylashgan yangi qurilgan ko‘p qavatli turar joylarda tabiiy gaz bosimini oshirish uchun gaz quvurini ta’mirlash ishlari boshlandi.
Toshkent shahar hokimligining “Hududgazta’minot”ga tayanib xabar berishicha, shu sababli ushbu manzillarda istiqomat qiluvchi iste’molchilar soat 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi. | 8O‘zbekiston
|
Tokio-2020. Jalolov final uchun jang qiladi, erkin kurashchilar kurashga qo‘shilmoqda
4 avgust kuni Yozgi Olimpiadaning o‘n ikkinchi kungi bahslari o‘tkaziladi. Bahslarda yana 6 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi.
Soat 5:35da yengil atletikachi Yekaterina Voronina o‘z ishtirokini boshlaydi. U dastlab yettikurash doirasida 100 metrga to‘siqlar osha yugurishda qatnashadi.
Kun davomida u balandlikka sakrash, yadro uloqtirish va 200 metrga yugurish bo‘yicha bahslarda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘radi.
Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘zbekistonlik ikki sportchi Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova 200 metr masofaga o‘tkaziladigan saralash bosqichida qatnashadi.
Shu kuni erkin kurash bo‘yicha jamoa vakillari ham bahslarga qo‘shiladi. Toshkent vaqti bilan soat 7:30da -86 kg vazn toifasi vakili Javrail Shapiyev ilk bahsni eronlik Haddan Yazdaniycharatiyga qarshi o‘tkazadi.
Soat 8:20da esa -57 kg vazn toifasida G‘ulomjon Abdullayev xitoylik Ming Hu Lyu bilan bellashuvini boshlaydi.
Erkin kurash jamoasining yana ikki vakili Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) va Magomed Ibragimov (-97 kg) keyingi kungi bahslarda ishtirok etishadi.
Shuningdek, O‘zbekiston boks jamoasining yagona umidi Bahodir Jalolov final uchun jang qiladi. Uning britaniyalik Freyzer Klarkka qarshi hal qiluvchi jangi soat 11:05da boshlanadi.
3 avgust kungi bahslarda og‘ir atletikada qo‘lga kiritilgan oltin medaldan keyin O‘zbekiston 2 oltin va 1 bronza medal bilan umumiy reytingda 46-o‘rindan 27-o‘ringa ko‘tarildi. | 13Sport
|
Xorijdan O`zbekistonga qaytgan mehnat migrantlarining bandligi ta`minlanishi bo`yicha Prezident Qarori loyihasi e`lon qilindi
Prezidentning “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib O`zbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni ish bilan bandligini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori loyihasi e`lon qilindi.
Unga ko`ra, 2022 yil 1 iyuldan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida orttirgan mablag`lari hisobidan O`zbekistonda tadbirkorlikni yo`lga qo`ymoqchi bo`lgan mehnat migrantlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun “50x50” tamoyili asosida dastur joriy etiladi. Bunda:
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki qaytib kelgan mehnat migrantlar uchun “O`z kelajagimga o`zim investor” loyihasi joriy etiladi. Bunda: | 5Jamiyat
|
Tramp “Dorian” to‘fonining noto‘g‘ri xaritasi bilan amerikaliklarni qo‘rqitib yubordi
AQSh prezidenti Donald Tramp “Dorian” to‘foni harakati to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumot berdi, deb xabar bermoqda Politico. U noto‘g‘ri xaritaga tayanib, to‘fon Alabamani ham qamrab olishini aytgan.
Tramp xonasida olingan suratdan ko‘rinishicha, prezident namoyish etayotgan grafikada qora marker bilan qo‘shimcha chiziqlar shunday chizilganki, tabiiy ofat Alamabani ham qamrab olgan. Biroq nashrning ta’kidlashicha, bu shtat aslida hech qanday xavf ostida bo‘lmagan. Bu darhol aniqlanmagan, ammo prezident u yer xavf ostida emasligini bilganidan keyin ham buni ta’kidlashda davom etgan.
Jurnalistlar bilan bo‘lgan muloqotda Tramp o‘zi aytgan gaplarni himoya qilib, Alabamada to‘fon bo‘lishi ehtimoli dastlab 95 foizni tashkil qilganini aytgan. Keyinchalik aniqlanishicha, xavf ehtimoli 11 foizdan oshmagan va meteorologlar bu haqda 30-avgustdayoq bilgan.
Xabarda aytilishicha, kimdir Trampning adashishiga sababchi bo‘lgan va bu odamni topish zarur. Chunki tabiiy ofatlar to‘g‘risida bila turib yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun qonunda javobgarlik belgilangan.
Tramp 5-sentabr kuni o‘zning Twitter’dagi sahifasida to‘fon Alabamani ham qamrab olishi aks etgan xaritani joylashtirib, bunday yolg‘on ma’lumot chiqargan muallifning uzrini qabul qilishini yozib qoldirgan.
Donald Tramp bundan avval Eron raketasini uchirishdagi avariya haqida tvit yozib, AQShning maxfiy sun’iy yo‘ldoshini oshkor qilib qo‘ygan edi. Shu kunga qadar sun’iy yo‘ldoshning narxi salkam 2 milliard dollar ekanligidan boshqa hech narsa ma’lum bo‘lmagan.
Bagam orollariga yopirilgan kuchli to‘fon — “Dorian” oqibatlari (foto)
“Dorian” to‘fonini kesib o‘tgan samolyot videosi e’lon qilindi | 2Dunyo
|
Samarqandlik 61 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
Koronavirus infeksiyasiga chalingan samarqandlik bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Urgut tumani yashovchi 61 yoshli O.N. joriy yil 27 iyun kuni koronavirusga chalingan bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lganligi sababli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va davo muolajalari boshlangan.
“Unga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi asorati bilan kechgan. Bemor bundan avval surunkali buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miokard infarkti bilan ham og‘rigan”, — deyiladi xabarda.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiyalar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. | 11Salomatlik
|
O‘zbekistonda onaxon tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani 91 yoshida oldi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tizimi xodimlari xonadonma-xonadon yurish tamoyili asosida ham faoliyat yuritmoqda, deb yozadi O‘zA.
Qayd etilishicha, Davlat xizmatlari markazi xodimlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi “Kerayyet” qishlog‘idagi xonadonlardan birida kutilmagan voqeaga duch kelgan. 91 bahorni qarshilagan Rajab momoning hech qanday hujjati yo‘q ekan.
Markaz xodimlarining ko‘magi bilan 1928 yilda dunyoga kelgan Rajab Rahmatovaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi tiklanib, unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.
Onaxonga shu asosda fuqarolik pasporti rasmiylashtirildi, deyiladi xabarda. | 5Jamiyat
|