text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
Paхta хomashyosini yetishtirish uchun - imtiyozli kreditlar
Prezident tomonidan 10 noyabr kuni “Paхta хomashyosini yetishtirish va uning yigʻim-terim хarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2-son qaror imzolandi.
Hujjatga asosan, 2022 yil hosilidan boshlab paхta хomashyosini yetishtirish va paхta yigʻim-terimi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) mablagʻlaridan moliyalashtiriladi. Paхta-toʻqimachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik хoʻjaliklariga Jamgʻarma resurslari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Tijorat banklari tomonidan quyidagilar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi:
Shuningdek, klasterlarga paхta хomashyosi хaridi boʻyicha yakuniy hisob-kitob uchun 12 oygacha muddatga milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining MB asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya toʻlanadi. Yakuniy hisob-kitob uchun ajratiladigan tijorat kreditlari boʻyicha kompensatsiya хarajatlari respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.
2023 yil hosilidan boshlab klasterlar va urugʻchilik хoʻjaliklarining paхta hosilini yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish tegishli hosil yili uchun oldingi yilning 1 oktyabridan boshlanadi.
Paхta хomashyosini yetishtirish maqsadida klasterlarga ajratilgan imtiyozli kreditlar paхta хomashyosi yetishtirish bilan bogʻliq agroteхnik tadbirlarni moliyalashtirish uchun fermer хoʻjaliklariga yoʻnaltiriladi, bundan klasterlarga ular tomonidan ijaraga olingan qishloq хoʻjaligi yerlarida paхta хomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan kreditlar mustasno.
Klasterlar tomonidan fermer хoʻjaliklariga paхta хomashyosi yetishtirish uchun oldindan toʻlov pul shaklida amalga oshiriladi. Oldindan toʻlovni natura shaklida amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar tomonidan mineral oʻgʻit, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari, teхnika va teхnika хizmatlariga (oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalaridan tashqari) oid masalalar, shu jumladan ularni import qilish mustaqil hal qilinadi. Mazkur masalalarni hal qilishga har qanday tarzda aralashish taqiqlanadi.
2022 yilda Jamgʻarmaga respublika byudjetidan 5 trln soʻm begʻaraz moliyaviy yordam hamda 7,5 trln soʻmgacha byudjet ssudasi ajratiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.11.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 10Qonunchilik
|
Bosh prokuratura qachon matbuot anjumani o‘tkazadi?
So‘nggi bir yilda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar ko‘lami kengligidan ularni yoritishda OAV ulgurolmayapti, deyish mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan, jamiyatda shaffoflik va oshkoralikni ta'minlash, jamoatchilik nazoratini joriy qilish, davlat organlarining faoliyatini xolis baholash tizimini yo‘lga qo‘yish va boshqa shunga o‘xshash yo‘nalishlarda olib borilayotgan islohotlar ko‘lami kengligini e'tirof etmasdan bo‘lmaydi.
Xususan, davlat organlari bilan OAV vakillari o‘rtasidagi aloqa va hamkorlikni yangi bosqichga chiqarish yo‘lida jiddiy ishlar olib borilayapti. Xalqaro Press-klub faoliyatini fikrimiz isboti deyish mumkin. Bundan tashqari qator vazirliklar va qo‘mitalar rasmiy vakillarining oyda kamida bir marotaba OAV vakillari bilan uchrashuvi hamda matbuot anjumanlarida jurnalistlar savollariga javob berishlari odatiy tusga kirib bormoqda. Bu kabi ijobiy jarayonlarni olqishlash kerak, xolos.
Ammo matbuot anjumanlari o‘tkazish, jurnalistlar hamda davlat mulozimlari o‘rtasida dolzarb va kechiktirib bo‘lmas ayrim mavzularda fikr almashishni yo‘lga qo‘yish masalasida qator idoralarda oqsoqliklar, ishga eskicha yondashish holatlari kuzatilmoqda.
Jumladan,O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati o‘z faoliyatini tanqidiy baholab, rahbariyati va OAV vakillari o‘rtasida jilla qursa oyda bir marotaba matbuot anjumani tashkil etsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Bundan ikki tomon ham yutqazmaydi, deyishga asoslarimiz yetarli. Masalan, Bosh prokuratura jurnalistlar ixtiyorida bo‘lgan qonunbuzarliklardan xabardor bo‘lgan, OAV vakillari esa, prokuratura bilan bog‘liq yechimini kutayotgan muammolarni nafaqat bevosita Bosh prokuraturaga yetkazish, balki keng jamoatchilikka asosli ravishda ma'lum qilish imkonini qo‘lga kiritar edi. | 8O‘zbekiston
|
Bokschilarimiz Osiyo chempionatiga hozirlik ko`rishmoqda
Joriy yil Bangkok shahri (Tailand)da o`tkaziladigan Osiyo chempionati hamda bo`lajak xalqaro turnirlarga qizg`in tayyorgarlik ko`rayotgan boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida navbatdagi o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazishmoqda, deya xabar beradi olamsport.com nashri.
Mazkur yig`inga terma jamoa murabbiylari Abdulla Qo`chqorov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Murodjon Axmadaliev (-56 kg), Elnur Abduraimov (-60 kg), Xurshid Tojiboev (-60 kg), Fazliddin G`oipnazarov (-64 kg), Isroil Madrimov (-69 kg), Bektemir Meliqo`ziev (-75 kg), Elshod Rasulov (-81 kg), Rustam To`laganov (-91 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg). O`quv-mashg`ulot yig`ini 6 aprelga qadar davom etadi. | 13Sport
|
Rossiyaning eng «dangasa» mintaqalari ma'lum qilindi
Rossiya Davlat statistika federal xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, eng kam ish haftasi Oltoy Respublikasida bo‘lib, u o‘rtacha 32,9 soatni tashkil etadi. Bu haqda RT xabar berdi.
Kareliya (33,4) eng «dangasa» mintaqalar orasida ikkinchi o‘rinni, Komi Respublikasi (34,1) uchinchi o‘rinni egalladi.
Shu bilan birga, Sevastopol aholisi eng ko‘p ishlaydi - haftasiga o‘rtacha 39 soat. Shuningdek, Qalmog‘iston (38,8), Voronej (38,8) va Yahudiylar muxtor viloyatida (38,8) ham uzoq ish haftasi kuzatiladi.
Qayd etilishicha, erkaklar ayollardan ko‘ra ko‘proq mehnat qiladi - haftasiga o‘rtacha 35,4 soatga qarshi 38,7 soat.
Bundan oldin, Rossiyaning iqtisodiy o‘sishi uydirma ekani ma'lum bo‘lgandi.
Rosstat Rossiyada sanoatning o‘sish sur'atlari deyarli ikki yillik rekord darajaga yetgani haqida xabar berdi - uning ma'lumotlariga ko‘ra, sanoat korxonalari ishlab chiqarishi 2019 yil yanvar oyidagi 1 foizdan fevral oyidagi 4,1 foizgacha tezlashgan. Rosstat hisob-kitoblari iqtisodchilarni hayratga soldi, sababi o‘tgan uch oy ichida iqtisodiyotda sanoat ishlab chiqarish sur'atining pasayishi kuzatilgandi, deb yozmoqda «Kommersant'» gazetasi. | 2Dunyo
|
AQShdagi aeroportda dvigatelida olov chiqqan samolyot favqulodda qo‘ndi
Shimoliy Karolina aeroportida dvigatelida olov chiqqan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda, ABC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Delta kompaniyasiga tegishli Boeing 717 Florida shtatidagi Tampa shahridan Nyu-Yorkka reys amalga oshirayotgan edi. Uning bortida yuzdan ortiq yo‘lovchi bor edi.
Dvigatellardan birida chiqqan yong‘in samolyot havodaligidayoq o‘chirilgani aytilmoqda. | 2Dunyo
|
Sayohatlar uchun eng yaxshi pasportlarning yangi reytingi e’lon qilindi
Passport Index saytida pasportlarning aktual reytingi e’lon qilindi, u ushbu pasport egalari uchun chegaralarning ochiqligi nuqtai nazaridan tuzilgan, deb yozadi National Geographic.
Pasport reytingi 193 ta mamlakat va 6 ta hudud kiradigan BMT ro‘yxatiga asoslangan. Ballar u yoki bu mamlakat fuqarosi oldindan rasmiylashtirilmagan vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan har bitta davlat uchun beriladi. Butunlay vizasiz rejimlar ham, vizani uchib kelgan aeroportdan olish imkoniyati ham hisobga olinadi.
So‘nggi yilda vaziyat umuman olganda sezilarli ravishda o‘zgarmagan: dunyoning ko‘pchilik chegaralari ochiq bo‘lgan eng “qudratli” pasportlar sohiblari G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika fuqarolari bo‘lib qolmoqda; Osiyo mamlakatlari orasida Singapur, Janubiy Koreya va Yaponiya yetakchilik qilmoqda.
Yaqin Sharq mamlakatlari fuqarolari uchun esa eng kam mamlakatlar chegaralari ochiq. Afg‘onistonliklar bor-yo‘g‘i 22 ta mamlakatga vizasiz safar qila oladi, Pokistonda esa ushbu ko‘rsatkich 25 taga, Iroqda 26 taga teng.
Reytingda eng sezilarli sakrashni Ukraina amalga oshirdi: ilgari uning fuqarolari vizasiz 85 ta mamlakatga bora olgan bo‘lsa, Yevroittifoqning tarixiy qaroridan keyin endi ularning soni 119 taga yetdi. Natijada Pasport reytingida Ukraina 48-o‘rindan 30-ga chiqib oldi. Yevropaga vizasiz kirish uchun yaqinda ruxsat olgan yana bir mamlakat — Gruziya pasporti sohiblari 104 ta mamlakatga vizasiz bora oladi.
Shuningdek, qator hukumatlararo bitimlar natijasida rossiyaliklar endi 108 ta mamlakatga vizasiz tashrif buyura oladi (avval 98 ta edi). | 2Dunyo
|
FILA endilikda UWW nomi bilan yuritiladi
Xalqaro birlashgan kurashlar federatsiyasi (FILA) endilikda United World Wrestling (Birlashgan dunyo kurashlari) nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi. Kecha bo‘lib o‘tgan Kongressda shunday qarorga kelindi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Shuningdek, Kongressda tashkilotning amaldagi prezidenti serbiyalik Nenad Lalovich o‘z lavozimiga qayta saylandi. Yaqin olti yil davomida yangi nomga ega bo‘lgan tashkilotni Lalovich boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, Nenad 2013-yil o‘sha paytdagi FILA prezidenti shveysarsiyalik Rafael Martinettining o‘rnini egallagan edi. Martinetti esa FILAni 2002-yildan boshlab boshqargan. | 13Sport
|
Xorijda koronavirus yuqtirgan rossiyaliklarning 90 foizi Turkiyada bo‘lganligi ma'lum qilindi
Koronavirus yuqtirib mamlakatga qaytgan rossiyaliklarning 90 foizi Turkiyadan kelgan, dedi Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova.
Uning ma'lum qilishicha, 1 avgustda Turkiya bilan chegara ochilganidan so‘ng Rossiyaga qariyb 1,5 mln kishi qaytgan. Xorij mamlakatlaridan qaytib kelganlarning 10 mingdan ortig‘ida koronavirusga test natijasi musbat chiqqan va ularning 90 foizi Turkiyada dam olib kelganlardir, dedi Popova.
«Interfaks» manbasining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Turkiya o‘zaro yo‘lovchi reyslari sonini kamaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu xususan, turistik mavsum yakunlanishi bilan ham bog‘liq, degan manba.
Turkiya bilan aviaqatnovlar ochilganidan buyon ushbu mamlakatda 326 nafar rossiyalik turistda koronavirus aniqlangan, dedi Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Aleksey Yerxov. Uning aytishicha, Turkiyada koronavirusdan 11 rossiyalik vafot etgan. | 2Dunyo
|
Toshkentda qachon issiqlik beriladi
Toshkent shahar hokimining poytaхtdagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi, deb хabar beriladi Toshkent shahar hokimligi telegram-kanalida.
12 oktyabrdan ijtimoiy soha ob’yektlarining isitilishi boshlanadi.
14 oktyabrdan koʻp qavatli turar joy binolari muntazam isitishga oʻtkaziladi. | 10Qonunchilik
|
Chet ellik investorlarga imtiyozlar taqdim etish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston chet ellik investorlarga individual imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishdan bosh tortib, sohalar bo‘yicha imtiyozlarga o‘tadi. Bu haqda 15-sentabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida Adliya vaziri o‘rinbosari Mahmud Istamov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
“Qo‘l rejimida” (har bitta investitsion loyiha bo‘yicha mamlakat rahbariyatining alohida qarorlari qabul qilinadigan holat) imtiyozlar taqdim etish haqidagi savolga javob berar ekan, Mahmud Istamov bu muammo Ma’muriy islohot konsepsiyasi amalga oshirilgani sari hal qilib borilishini ta’kidladi.
“Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan konsepsiyada raqobatli muhitni rivojlantirishning yo‘nalishlaridan biri sifatida individual imtiyozlar taqdim etishdan bosh tortish belgilangan. Bu muammo ushbu konsepsiya amalga oshirilgani sari o‘z yechimini topadi — individual imtiyozlar va preferensiyalardan bosh tortiladi, buning o‘rniga imtiyozlar sohalar bo‘yicha beriladi”, — dedi u. | 8O‘zbekiston
|
Bayden Putinga kiberhujum qilinishi mumkin bo‘lmagan sohalar ro‘yxatini berdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinga kiberhujum amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan sohalar ro‘yxatini berdi, deb xabar qildi Bloomberg agentligi.
Agentlik muxbiri Jyennifer Jyeykobs o‘zining Twitter sahifasida 16 banddan iborat ro‘yxatni e'lon qildi. Undan kimyo sanoati, savdo obektlari, kommunikatsiya tizimi, hayotiy muhim ishlab chiqarishlar, to‘g‘onlar, sog‘liqni saqlash va tez tibbiy yordam tizimi, qishloq xo‘jaligi/oziq-ovqat sohasi, axborot texnologiyalari, yadroviy obektlar, hukumat muassasalari, transport va suv ta'minoti obektlari o‘rin olgan.
Ikki davlat rahbarlarining Jyenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Putin kiberxavfsizlik masalasida AQSh bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishini aytgandi.
AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvi 16 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv tanaffuslar bilan birga 4,5 soatga yaqin davom etdi. | 2Dunyo
|
Antropologlar tomonidan Odam alayhissalomning suyaklari topilgani rostmi?
Savollar.islom.uz portali foydalanuvchilaridan biri quyidagi savol bilan murojaat etgan: “Assalomu alaykum! Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman. Bilishimizcha, Odam alayhissalomning jussalari judayam katta bo‘lgan. Antropologlar tomonidan Odam alayhissalomning suyaklari topilganmi yoki bu haqda biron bir ma'lumot mavjudmi?”
Ushbu savolga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rahimahulloh) hazratlari javob qaytarganlar.
“Va alaykum assalom! Mabodo antropologlar suyak topishgan bo‘lsa ham u Odam alayhissalomning suyaklari emasligi 100 foiz aniq. Chunki payg‘ambar alayhimussalomlarning jasadlari chirimasligi hadislarda kelgan. Mabodo kim bo‘lsa ham “birorta payg‘ambarning suyaklarini topdik”, desa ham, xato qilgan bo‘ladi. Odam alayhissalomning qabrlari qayerdaligi aniq ma'lum emas.
Avs ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, afzal kunlaringizdan biri Jum'a kunidir. Unda Odam xalq qilindi. Unda uning joni qabz qilindi. Unda puflash bordir. Unda qattiq qichqiriq bordir. Bas, unda menga salovotni ko‘p aytinglar. Chunki salovotlaringiz menga arz (namoyish) qilinur», dedilar. Sahobalar:
«Ey Allohning Rasuli, siz chirib ketgan bo‘lsangiz, qanday qilib bizning salovotimiz sizga arz qilinur?», dedilar.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh azza va jalla yerga anbiyolarning jasadlarini harom qilgandir», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot va salom aytib turish har bir bandaning burchidir.
Alloh taolo Qur'oni Karimda shunga amr qilgan. Ammo Jum'a kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish yana ham zarur va alohida fazilatga ega ekanligini ushbu hadisdan bilib olamiz.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu ishning ahamiyatini Jum'a kunining afzal kun ekanligiga bog‘lamoqdalar. Shuning uchun ham hadisning avvalida Jum'a kunining o‘ziga xos sifatlaridan ba'zilarini sanab chiqmoqdalar.
Bulardan Jum'a kuni Odam alayhissalom xalq qilinganliklari, xuddi shu kuni u zotning jonlari qabz qilinganligini oldin o‘rgangan edik.
Hadisi sharifdagi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Unda puflash bor», deganlarining ma'nosi Qiyomat kunida surga Isrofil alayhissalom tomonidan puflab chalish borligini aytishdir.
Shuningdek, u zot sollallohu alayhi vasallamning «Unda qattiq qichqiriq bor», deganlari ham Qiyomat kuniga tegishli bo‘lib, bu qichqiriq puflashdan keyin bevosita bo‘ladi va undan keyin hamma jonzot o‘ladi.
Ana shunday voqealarga xos qilingan kun – Jum'a kuni darhaqiqat, ulug‘ va eng afzal kun bo‘ladi.
Shuning uchun ham bu kunda alohida ibodat, alohida duo, alohida salovot bo‘lishi kerak.
Jum'a kuni haftalik bayramgina emas, u miskinlarning haji kunidir. Bu kunning sharafidan qilingan amallarga ajr-savoblar ko‘paytirib beriladi.
Ana shunday bir kunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salovot aytish juda ham marg‘ub bir ish. Ummatlarning aytgan salovotlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga arz qilinadi, Allohning amri ila u zot sollallohu alayhi vasallam bu salovotlarni eshitadilar, ulardan xursand bo‘ladilar.
Shunday qilib, ham u zotning, ham u zotga salovot aytganlarning martabalari ulug‘ bo‘ladi.
Shu o‘rinda Payg‘ambarimiz vafot etib, qabrga qo‘yilib, oradan vaqtlar o‘tganidan keyin qanday qilib, u zotga aytilgan salovotlar arz qilinadi, degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Bu savol
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yuqoridagi gaplarini eshitgan sahobai ikromlarda ham paydo bo‘lgan. Darhol ular:
«Ey Allohning Rasuli, siz chirib ketgan bo‘lsangiz, qanday qilib bizning salovotimiz sizga arz qilinur?», dedilar».
Bu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning gaplaridan shubhalanib, bu ish bo‘lishi mumkin emas-ku, degan ma'noda emas, balki qanday bo‘lishini bilish uchun berilgan haqli savol edi. O‘sha paytda sahobalar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafot etib, yerga ko‘milsalar, boshqalarga o‘xshab, tanalari chirib ketadi, degan tasavvurda bo‘lganlar. Shuning uchun ham chirib ketgan shaxsga salovot qanday yetishini so‘rab, bilmoqchi edilar. Ularning bu savollariga javoban, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh azza va jalla yerga anbiyolarning jasadlarini harom qilgandir», dedilar».
Demak, yer Payg‘ambar alayhissalomlarning jasadlarini, jumladan, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning jasadlarini ham chirita olmaydi.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Jum'a kuni musulmonlarning eng afzal kuni ekanligi.
2. Jum'a kuni Odam ota xalq qilinganligi.
3. Jum'a kuni Odam otaning joni olinganligi.
4. Jum'a kuni surga puflash bo‘lishi.
5. Jum'a kuni qattiq qichqiriq bo‘lib, hamma o‘lib, qiyomat qoim bo‘lishi.
6. Jum'a kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salovot aytishimiz lozimligi.
7. Aytilgan salovotlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bildirilishi.
8. Payg‘ambar alayhissalomlarning jasadlarini yer chirita olmasligi.
Ushbu hadisga amal qilgan holda Jum'a kunlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salovot aytishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a'lam! | 5Jamiyat
|
Efiopiyada bozorga berilgan aviazarba oqibatida 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Efiopiyada aviazarba oqibatida 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 100dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Shuningdek, kamida 33 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Jabrlanganlar Mekele shahri shifoxonasiga olib kelingan.
Aniqlik kiritilishicha, bomba Togogi bozoriga tashlangan.
Efiopiya federal qo‘shinlari 4 noyabrdan buyon Tigray xalq ozodlik fronti otryadlariga qarshi janglar olib bormoqda. | 2Dunyo
|
Harbiy prokurorga o‘rinbosarlar tayinlandi
Adliya polkovnigi Bahodir Karimberdiyevich Xudoyberdiyev O‘zbekiston Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda harbiy prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda. O‘zbekiston bosh prokurori 3 mart kuni bu haqdagi buyruqqa imzo chekdi.Bahodir Xudoyberdiyev.
Shuningdek, adliya mayori Sarvar Sattarovich Muxitdinov harbiy prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sarvar Muxitdinov.
Avvalroq Uzoqov Shuhrat Sharapovich O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori lavozimiga tayinlangani haqida xabar qilingan edi. | 12Siyosat
|
Isroil koronavirus ustidan g`alaba qozongan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.
Isroil koronavirusga qarshi tezkor va samarali emlash kampaniyasini o`tkazgani evaziga dunyoda koronavirus ustidan g`alaba qozongan birinchi davlatga aylandi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu aytib o`tdi.
The Times Of Israel nashrining xabar berishicha, Netanyaxu AQSh telekanaliga koronavirusga qarshi emlanganlarga beriluvchi “yashil COVID-pasportlar” haqida intervyu bergan.
“Isroil “korona”dan chiqqan birinchi davlatga aylandi. Ushbu “yashil pasport” bilan restoran, teatr, sport tadbirlariga bora olasiz”, deb ta`kidlab o`tgan Isroil etakchisi.
Uning aytishicha, Isroil mart oxirigacha mamlakatning barcha katta yoshli aholisini koronavirusga qarshi emlashni va aprelga kelib chegaralarni to`liq ochishni rejalashtirmoqda. | 2Dunyo
|
Qashqadaryoda tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan mutasaddi jazolandi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan mutasaddi xodim jazolangan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 21 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari tunda navbatchilikdan so‘ng, ertalab tibbiyot birlashmasi hududidagi o‘tlarni yulishga majburlanganliklari haqida videolavha tarqalgan. Shundan so‘ng, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilganda, haqiqatdan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasida mutasaddi shaxs majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganini aniqlagan.
Qayd etilishicha, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limida xo‘jalik bekasi sifatida faoliyat yuritayotgan Z.A. qo‘l ostida ishlovchi xodimlari O.B.ning navbatchilik vaqti tugaganidan so‘ng, M.A. va M.A.ni esa ish vaqtida o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajartirmasdan, ularni mehnatga ma'muriy tarzda majburlagan.
Ta'kidlanishicha, Davlat mehnat inspeksiyasi qaroriga asosan, Z.A.ga nisbatan Ma'muriy kodeksning tegishli moddasiga ko‘ra, ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish va amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik barobari miqdorida jarima jazosi tayinlash belgilangan.
Qashqadaryo va Andijonda tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan mansabdorlar jazolandi
Zarafshonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan «gorono» xodimiga ma'muriy ish qo‘zg‘atildi | 5Jamiyat
|
Google millionlab smartfonlarni to‘ldirilgan reallik bilan ta'minlaydi
Google kompaniyasi vakillari ARCore to‘ldirilgan reallik platformasini taqdim etishdi. U real hayotda virtual obektlarning mavjudligi hissini beradi. Bu haqida The Verge nashri xabar berdi.
Yangi platformani oddiy Android-smartfonlarda qo‘llash mumkin. ARCore'dan foydalanish uchun ikki kamera yoki maxsus chuqurlik datchiklari talab qilinmaydi.
To‘ldirilgan reallikda obektlar kameraga olingan real tasvirga qo‘shiladi.
Google mazkur sohada birinchi yil ish olib borishi emas. Tango dasturi haqida uch yil avval ommaga ma'lum qilingan. Ushbu texnologiya maxsus qurilmalarni uch o‘lchamli xaritali chuqurlik kameralari bilan ta'minlaydi. Ularning asosida virtual obektlar yaratiladi. | 14Texnologiya
|
64 mlrd dollar. Saudiya Arabistoni ko‘ngil ochish sanoatida inqilobiy o‘zgarishlar kutilmoqda
Saudiya Arabistoni keyingi 10 yil ichida ko‘ngil ochish sanoatiga 64 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda Arab News xabar bermoqda.
Mablag‘lar ko‘ngil ochish infratuzilmasini barpo etish, konetsertlar, myuzikllar tashkillashtirish, komiklar chiqishi va mamlakatdagi birinchi opera teatri qurilishiga sarflanadi. Bu haqda Saudiya Arabistonining ko‘ngil ochish boshqarmasi rahbari Ahmad bin Oqil Al-Xatib ma'lum qildi.
Ushbu boshqarma mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar dasturi Vision 2030 doirasida tashkil etilgan.
Ushbu investitsiyalar bu dasturning bir qismi bo‘ladi: mamlakat valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon qirollikning neftga bog‘liqligini kamaytirib, iqtisodiyotni jumladan ko‘ngil ochish sanoatiga sarmoya kiritish hamda aholi o‘z pullarini hordiq chiqarishga sarflay boshlashlari hisobiga diversifikatsiya qilmoqchi.
Al-Xatibning aytishicha, 2018 yilda qirollikda 5 mingdan ko‘proq ko‘ngilochar tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan. Ular orasida Maroon 5 musiqiy guruhi va Cirque Du Soleil sirk jamoasi artistlari chiqishlari bor.
Bundan tashqari, 2018 yilda mahalliy aholi va sayyohlar mamlakatning 56 ta shahrida myuzikllar, oilalar uchun shoular, stendap-komiklar chiqishlari, konsertlar, sirk tomoshalariga tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, mart oyida mamlakatda 35 yillik taqiqlovdan keyin ilk kinoteatr ochilmoqchi.
Bundan tashqari, Jidda shahrida qirollikdagi ilk opera teatri quriladi.
Bularning barchasi oxirgi 20 yil davomida konsertlar, restoran va do‘konlarda musiqa taqiqlangan davlatda ro‘y bermoqda.
Al-Xatibning aytishicha, 2030 yilga qadar ko‘ngil ochish sanoatini rivojlantirish dasturi yordamida 224 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. | 2Dunyo
|
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra-2022 mavsumi yaqin kunlarda boshlanishini ma’lum qildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Saudiya Arabistonidagi “Abu Sarhad” hamkor shirkati rahbari Abusarhad Nosir Abdulloh bilan Umra—2022 mavsumini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatda Umra safarini tashkil etish choralarini ko‘rish, hududlarda COVID pandemiyasidan avval navbatda turgan fuqarolarning imkoniyatlarini o‘rganish, ro‘yxatlarni qayta shakllantirish, aviaqatnovlar jadvalini ishlab chiqish va ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlangan.
Shuningdek, Umra ziyoratini yuqori darajada tashkil etish uchun ko‘p yillik tajriba ega bo‘lgan “Abu Sarhad” hamkor shirkati orqali Madina va Makka shaharlarida ziyoratchilar uchun qulay sharoitlarni hozirlash, Ikki Haram masjidiga yaqin bo‘lgan mehmonxonalarni tanlash, zamonaviy transport va boshqa xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish kabi ishlar amalga oshiriladi.
“Qisqa fursatlarda umra safarlari boshlanib, hududlardagi navbatlar asosida belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgan, tegishli vaksinani olgan va Saudiya Arabistonining karantin talablarini bajargan fuqarolar tartib bilan muborak safarga jo‘natiladi”, — deyiladi xabarda.
Umra safarlarining boshlanish sanasi va birinchi reysning uchish vaqti haqida qo‘shimcha xabar qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 10-avgustidan Saudiya Arabistoni hukumati chet elliklarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat bergandi. Dekabr oyi boshida Saudiya Arabistoni COVID-19 ning yangi “omikron” shtammi tarqalishi munosabati bilan Umra ziyorati tartibini o‘zgartirgandi. Yangi qoidalarga ko‘ra, chet elliklar ziyoratni amalga oshirishi uchun qirollikda tasdiqlangan ikki komponentli COVID-vaksinalaridan biri bilan emlangan bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi delegatsiya Umra safarini hal etish uchun 1-dekabr kuni Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgandi. Qayd etilishicha, delegatsiya butun dunyoda qo‘llanilayotgan karantin cheklovlari sharoitida Umra safarini tashkil qilish bo‘yicha podshohlik muassasalari bilan muzokaralar olib borgan. COVID pandemiyasi boshlanishidan avval Umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun ushbu ziyoratni amalga oshirish imkoniyatlari yaqin fursatlarda yaratiladi. | 8O‘zbekiston
|
Bekzod Mirzaahmedov MIB Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori buyrug‘i bilan Bekzod Mirzaahmedov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
Bungacha ushbu lavozimda Dilmurod Umaraliyev faoliyat yuritgan va bosh prokurorning tegishli buyrug‘i bilan Namangan viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Mirzaahmedov 1982-yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2003—2017-yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida turli vazifalarda mehnat qilgan. 2017-yildan esa MIB Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan.
Mazkur tayinlovga qadar B.Mirzaahmedov MIB Namangan viloyat boshqarmasi tumanlararo bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi. | 8O‘zbekiston
|
Sirdaryoda o‘simlik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida “VeK Clusters" mas'uliyati cheklangan jamiyati muassisligida “O‘simlik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari ilmiy-amaliy markazi" mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.
Qaror bilan xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitimni amalga oshirish doirasida quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi belgilab qo‘yildi:
• ikki yil davomida kamida 2 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali obektni rekonstruksiya qilish, jihozlash va ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarini sotib olish;
• obekt negizida o‘simlik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalarini yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish hamda o‘n yil davomida faoliyat turini saqlab qolish;
• kamida 44 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish va bir yil davomida saqlab turish;
• hududdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari xodimlari hamda talabalariga ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun laboratoriya hamda tajriba yerlaridan bepul foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratish;
• ilmiy-tadqiqotlarda faol qatnashayotgan Markaz va hududdagi ilmiy- tadqiqot hamda oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislarning har yili kamida 5 nafarini besh yil mobaynida xorijiy ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalarida tajriba orttirishga yuborish;
• Mirzaobod gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini o‘qishni bitirganlaridan so‘ng Markazda ish bilan ta'minlash;
• Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ehtiyojini inobatga olib, viloyatning yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, innovatsion sug‘orish usullarini qo‘llash tizimini tashkil etish.
Qarorda ko‘rsatilishicha, Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Oqoltin MFY, Yoshlik ko‘chasida joylashgan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markaziga tegishli Mirzaobod gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji bino va inshootlari tsgishli hududi bilan birga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “VeK Clusters" mas'uliyati cheklangan jamiyatiga Markaz faoliyatini tashkil qilish uchun tekin foydalanish huquqi asosida beriladi.
Mirzaobod gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar mazkur kollej binosida o‘quv jarayonini davom ettiradilar. | 8O‘zbekiston
|
To‘rtta yo‘nalishda bazaviy oliy ta'lim muassasalari belgilandi
2020 yil 4 fevral kuni oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov raisligida OTM rektorlari, Kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarma boshliqlari, akademik litsey direktorlari ishtirokida videoselektor o‘tkazildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 31 yanvar kuni davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishda respublikadagi oliy ta'lim muassasalarini ilmiy metodik ta'minlash uchun 4 ta yo‘nalish bo‘yicha bazaviy OTM belgilandi.
Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti matematika va biologiya, Toshkent davlat texnika universiteti geologiya, Samarqand davlat universiteti kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy ta'lim muassasalari etib belgilandi.
Mazkur OTMga amalda qo‘llanilayotgan darsliklarni tahlil qilgan holda, keyingi o‘quv yili uchun yangi adabiyotlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, bazaviy ta'lim muassasalarining mas'ul kafedralari tomonidan yil davomida ilmiy metodik seminarlar tashkil etiladi. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
02.10.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi F-5071-son farmoyishi
Insonparvarlik, shuningdek inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlarini oliy qadriyat deb tan olish kabi umuminsoniy va konstitutsiyaviy prinsiplarning amalda ta’minlanishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar va yangilanishlarning asosidir.
Qonunni buzgan, biroq oʻz qilmishining huquqqa xilofligini anglagan va tuzalish yoʻliga oʻtganligini qat’iyatlik bilan namoyon qilgan shaxslarga jamiyat va oʻz oilasi davrasiga qaytish imkonining berilishi, oʻzbek xalqining kechirimlilik, rahmdillik va bagʻrikenglik kabi azaliy qadriyatlarining roʻyobga chiqarilishi hisoblanadi.
Mahkumlarni afv etish, ya’ni shaxsni jazodan ozod qilish yoki unga nisbatan tayinlangan jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish yuqorida sanab oʻtilgan prinsip va an’analarning bir koʻrinishi sifatida namoyon boʻladi.
Shu bilan birga, aholi bilan ochiq muloqot natijalari shundan dalolat bermoqdaki, sud amaliyotida jazoning sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib boʻlishi, mahkumning shaxsini tavsiflovchi va aybini yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olish yetarlicha toʻliq ta’minlanmayapti.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 274 ta jinoyat ishlari boʻyicha ayblov qayta malakalanganligi, jinoyat ishlarining 50 tasi qonun oʻzgarishi, 805 tasi javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketganligi, 26 tasi qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligi munosabati bilan tugatilganligi bu haqda guvohlik bermoqda.
Yuqorida bayon etilganlarni, jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlarning afv etish haqida iltimosnomalar bilan qilgan murojaatlarini inobatga olib, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan:
1. Jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda - Maxsus komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlar shaxsini va ularga oid materiallarni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda - ishchi guruhlar) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
2. Maxsus komissiya (I.B.Abdullayev):
jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlar (keyinchalik - mahkumlar) shaxsini va ularga oid materiallarni joylarda ishchi guruhlar tomonidan sinchikovlik bilan, shu jumladan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazish yoʻli bilan oʻrganilishini tashkil qilsin;
amalga oshirilgan ishlar natijasi boʻyicha 2017-yil 10-noyabrga kadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish uchun tegishli takliflar va materiallarni, shu jumladan mahkumlarni afv etish haqidagi iltimosnomalarni taqdim etsin.
3. Ishchi guruhlar 2017-yil 30-oktabrga qadar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining muassasalariga borib, mahkumlarga oid shaxsiy jildlarni, materiallarni va ularning shaxsini sinchikovlik bilan, shu jumladan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazish orqali oʻrgansinlar va bunda quyidagilarga:
sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga, shu jumladan mahkumning jinoyat sodir etilishidagi ishtiroki darajasiga;
mahkumning qilmishiga chin koʻngildan pushaymonligiga;
jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararning qoplanishiga, boshqa oqibatlarning bartaraf qilinishiga, shuningdek aybni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi boshqa holatlarning mavjudligiga;
sudlanganlik holatining mavjudligiga, shu jumladan sudlanganlikning tugallanganligi yoki olib tashlanganligiga;
mahkumning shaxsini tavsiflovchi ma’lumotlarga, uning yoshi, sogʻligining holati, oilaviy ahvoliga (qaramogʻida voyaga yetmagan farzandlar, mehnatga qobiliyatsiz er (xotin) va (yoki) keksa yoshdagi ota-onasi mavjudligiga);
jazoning sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosibligiga alohida e’tibor qaratsinlar;
b) amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Maxsus komissiyaga tegishli takliflar va materiallarni, shu jumladan mahkumlarni afv etish haqidagi iltimosnomalarni taqdim etsinlar.
4. Maxfiy.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari boʻyicha komissiya (A.X.Shadmanov) 2017-yil 20-noyabrga qadar Maxsus komissiya tomonidan afv etish haqidagi iltimosnomalar bilan taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqsin va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan mahkumlarni afv etish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
6. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B.Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev | 12Siyosat
|
Namanganda Mahalla tizimi xodimlari kuni yangi guzarlar foydalanishga topshirildi
Namanganda mamlakatda ilk bor joriy etilgan “Mahalla tizimi xodimlari kuni” keng ko‘lamda nishonlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Viloyatning Mingbuloq tumanidagi “Sherdor” majmuasida sana munosabati bilan bayram dasturxoni yozildi.
Tumandagi 40 ta mahallaning har biriga zamonaviy kompyuter va printerlar topshirildi.
Yangiqo‘rg‘on tumanida biryo‘la uchta — “Barkamol”, “Soybo‘yi” va “G‘ayrat” mahalla fuqarolar yig‘inlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan ushbu idoralarning atrofida savdo rastalari, maishiy xizmat shoxobchalari ham joylashdi.
Namangan tumanidagi “Eshobod” mahallasi ham yangi binoga ega bo‘ldi.
Ochilish marosimida mahalladagi ehtiyojmand oilalar vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari va uy-ro‘zg‘or buyumlari tarqatildi.
Shuningdek, Pop tumanidagi “Yangi Xo‘jaobod” va Abdulla Qahhor nomli mahalla fuqarolar yig‘inlarining butkul qayta qurilgan binolari ham foydalanishga topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev 22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi | 8O‘zbekiston
|
Turkiyada xorijlik sayyohlarni Pfizer bilan emlashga ruxsat berildi. Vaksinatsiyadan so‘ng ular Yevroittifoqda tan olingan sertifikatni qo‘lga kiritadi
Turkiya hukumati mamlakatda qo‘llanilayotgan vaksinalar bilan sayyohlarni ham emlashga rasman ruxsat berdi. Yevropadan tashqaridagi davlatlar, xususan O‘zbekiston fuqarolariga bu Yevropa Ittifoqida tan olingan vaksinatsiya sertifikatini qo‘lga kiritish uchun qulay variant bo‘lishi mumkin.
12-yanvar kuni Tinkoff journal chop etgan xabarga ko‘ra, Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi dekabr oyi oxirida tibbiyot tashkilotlariga maktub yo‘llab, xorijlik sayyohlarni ikki komponentli Pfizer/BioNTech va Sinovac vaksinalari bilan emlash mumkinligini bildirgan.
Sayyohlar uchun emlanish pulli — bitta inyeksiya uchun 400 turk lirasi (taxminan, 28 dollar) to‘lanadi, deyilgan maktubda. 14-yanvar kuni “Vestnik ATOR” nashri Turkiyadagi bir qator tibbiyot tashkilotlari bilan bog‘langani, xorijliklarni emlash haqidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi xatining haqiqiyligi hamma joyda tasdiqlangani haqida xabar berdi.
Turkiya COVID sertifikatlarining Yevropa tizimiga ulangan: ushbu mamlakatda beriladigan vaksinatsiya sertifikati Yevropa Ittifoqida beriladigan sertifikatga tengdir va bunday sertifikat egalari (fuqaroligidan qat’iy nazar) vizasi bilan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bo‘ylab erkin harakatlanishi va u yerda istalgan jamoat joylariga tashrif buyurishi mumkin.
Turkiyaning aksariyat klinikalarida sayyohlarni qabul qilish hali boshlanmagan bo‘lsa-da, texnik muammolar hal etilgach, yaqin kelajakda buning ijrosi kutilmoqda. Sayyohlar “qizil pasport” bilan oldindan ro‘yxatga yozilmasdan turib ham emlanishi mumkin.
Shu bilan birga, bir nechta turk klinikalari “Vestnik ATOR”ga Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan to‘liq emlangan sayyohlarga Pfizer/BioNTech’ning bitta buster dozasidan keyin sertifikat berilishi mumkinligini tasdiqlagan.
Yevropa Ittifoqida tasdiqlangan vaksinalar bilan emlangan chet ellik sayyohlar uchun Ittifoq chegaralarini ochish taklif qilindi | 2Dunyo
|
Forbes eng boy kriptovalyuta milliarderi nomini ma’lum qildi
Ripple kriptovalyuta servisining sobiq bosh direktori Kris Larsen kriptovalyuta operatsiyalaridan boyigan eng boy ishbilarmonga aylandi. Bu haqda Forbes’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ikkinchi o‘rinni Ethereum kriptovalyutasini yaratishda yordam bergan Josef Lavin egalladi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, uning boyligi bir milliarddan besh milliard dollargacha bo‘lishi mumkin. Uchinchi o‘rin esa Binance kriptovalyuta birjasining asoschisi Chanpen Chjaoga nasib qilgan. Uning boyligi 1,1 milliard dollardan ikki milliard dollargacha baholangan.
Aka-uka Tayler va Kemeron Uinklvoss 0,9 — 1,1 milliard dollar bilan to‘rtinchi qatordan joy olgan. | 2Dunyo
|
Zelenskiy rada deputatlaridan yolg‘on detektoridan o‘tishni talab qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oliy radaning moliya, soliq va boj siyosati masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a'zolariga yolg‘on detektorida tekshiruvdan o‘tish majburiyatini qo‘ydi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Ukraina yetakchisi ushbu deputatlar majburiy tartibda poligrafdan tekshiruvdan o‘tishlari lozim, deb hisoblamoqda.
“Agar bu tekshiruvda biror deputat qo‘mitada ovoz berish uchun pul olganining kichik ehtimoli ham aniqlansa, bunday deputatlar bilan korrupsiyaga qarshi idoralar shug‘ullanishi kerak bo‘ladi”, deb aniqlik kiritgan Zelenskiy.
Zelenskiyning ta'kidlashicha, adolatli va holis tekshiruv yig‘ilib qolgan savollardan qutulishga yordam beradi.
“Shuningdek, “masalalarni hal qilishda” shubhali yozishmalar olib borgan deputatga ham buni qo‘llash kerak. Agar shubhalar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, biz bunday deputatlar bilan xayrlashamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Zelenskiy. | 2Dunyo
|
Ortiqxo‘jayev: "Ikki xodimim kechgacha ikki idora eshigi oldida sarg‘ayib turadi"
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, hokimlikda tashkil etilgan OAV vakillari bilan uchrashuvda, ayrim masalalar mohiyati, mantig‘ini tushuna olmayotganini bildirdi. U Kun.uz muxbirining savoliga javoban, budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismining 10 foizi xususida shaharliklarga xabar berilishini ma'lum qilib, budjetga pul berib, davlat dasturlari ijrosi uchun uning bir qismini olish muammo bo‘layotganini aytdi.
«Bir yil-u ikki oydan beri hokim sifatida ishlayapman. Ammo tushunmayotgan narsalarim juda ko‘p. Toshkent shahri respublika budjetining 25 foizi, ya'ni to‘rtdan birini beradi. Bu 20 trln so‘m. Mening hokim bo‘lib tushunmagan narsam shuki, Prezident tashriflari chog‘ida dasturlar ishlab chiqiladi, protokollar tuziladi.
Hokimlikni birorta korxona yoki tashkilotga qiyoslasak, shu korxona rahbari dasturdagi ishlarni bajarishga kerak bo‘ladigan pulni olish uchun pul beruvchining eshigiga borib yalinishi kerak. Bu qanday mantiqqa to‘g‘ri kelishini tushunmayapman.
Men biznesdan chiqqanman. Ko‘p fabrikalarimiz bo‘lardi. Ertalab ishimni kattaroq daromad berayotgan fabrikadan boshlardim. Kirib, «ey do‘stim, janob falonchi, yanada ko‘proq daromad olishimiz uchun bizdan qanday yordam kerak, nima qilishimiz, qancha investitsiya tikishimiz kerak», deb yigitlardan iltimos qilardim. Bu yerda ham pul berarkansan, ham dasturga kirgan pulning 1/6 qismini olish uchun ertalabdan kechgacha sarg‘ayib o‘tirar ekansan, iltimos qilib. Mana shu masalaning mantig‘ini hamon tushunganim yo‘q.
Men to‘g‘risini aytaman, 1 mlrd so‘m soliq to‘laganni oldiga borib, rahmat senga deb, televizor yoki shirinlikmi, sovg‘a qilib, xabar olib kelyapmiz. Biz soliqlarni yig‘ib beramiz, respublika dasturiga, Prezidentimizning dasturiga kirgan 1/6 qism pulimizni olish uchun ikkita odamim ertalabdan kechgacha, eshigining tagida sarg‘ayib o‘tiradi: iltimos, bergan pulimizdan dasturga kirgan vazifalarni bajarishimiz uchun pul bering deb.
Biz axir qon so‘ruvchi emas, qon beruvchimiz. Biz borib yalinishimiz kerakmi, dasturga tushganlarga pul bergin, deb yoki ularmi? Men hech kimning yalinishini xohlamayman. Ammo o‘z pulingni olishing uchun, eshik tagida sarg‘ayib, akajon, sizning qachon vaqtingiz bo‘ladi, qachon qabulingizga kirsam bo‘ladi? Maktab qurish kerak, bog‘cha qurish kerak. Dizelga pulimiz yo‘q, ertaga ertalab transport yo‘lga chiqmaydi. Shifoxonamizda oddiy analgin-dimedrolga pulimiz qolmagan. Ham pul beramiz, ham yalinamiz.
Biz ularning eshigi tagidan ish boshlashimiz kerakmi, yoki ular bizning eshigimiz tagidan ish boshlashi kerakmi, bilmadim. Men bu gaplarim uchun gap eshitsam kerak. Lekin bu masalani ochiqchasiga tartibga tushirmasak, men tushunmayapman. Investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarim ham, moliya boshqarmasi rosa gap eshitishini ham bilaman, rahbariyatlaridan», - dedi Ortiqqxo‘jayev.
U mazkur fikrlarni bildirar ekan, OAV vakillariga murojaat qilib, 20 trln so‘mdan atigi 3,5 trln so‘mni qaytarib olamiz, ammo shuni olish uchun ertalabdan kechgacha sarg‘ayib turish mantiqqa to‘g‘ri keladimi, degan savol bilan javob qaytardi.
U yanglish fikrlayotgan bo‘lishi mumkinligini ta'kidlar ekan, hokimliklarning soliq yig‘ishga manfaati bo‘lishi kerakligini qayd etdi. Ortiqxo‘jayevga ko‘ra, vaqti o‘tishi bilan bu masala mohiyatini ham tushunib olar, ammo haqiqatni, bor gapni aytgani uchun tanbeh eshitishi ehtimolini yashirmadi. | 8O‘zbekiston
|
Maktablarda “Informatika” fani o‘quv dasturlariga dasturlash ham kiritiladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 8 iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tadbirda sohadagi maqsadlarga zamonaviy dasturchilar tayyorlashni jadallashtirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi.
“Bir million dasturchi” loyihasining dastlabki bosqichida 62 mingdan ziyod o‘quvchi qamrab olinib, ularning 5 ming 400 nafariga malaka sertifikati berildi.
Joriy yil yakuniga qadar 100 mingta va 2021 yilning birinchi yarmida yana 150 mingta o‘quvchini o‘qitish, talabalarning dasturiy ta’minot bo‘yicha malakasini oshirish vazifasi belgilandi.
Prezident 5-sinfdan o‘qitib kelinayotgan “Informatika” фанини zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib takomillashtirish, ushbu fanga “Bir million dasturchi” loyihasiga doir yo‘nalishlarni kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “Elektron hukumat” xizmatlariga talab kundan-kunga oshib bormoqda. Lekin hozirda 780 tur davlat xizmatidan bor-yo‘g‘i 185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish imkoni mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanib qolmoqda.
Shu bois “Elektron o‘qitish dasturi” orqali o‘qib, diplom olgan dasturchilarni davlat va xo‘jalik muassasalariga IT mutaxassis sifatida ishga olish zarurligi ta’kidlandi. Ular tashkilotlarning barcha faoliyatini an’anaviy elektron formatdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi.
Misol uchun, bugungi kunda kambag‘al oilalarga kredit va subsidiyalar berish masalasini maxsus elektron dastur aniq mezonlar asosida avtomatik ravishda belgilashi kerak.
Bosh vazir maslahatchisiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, tashkilotlarda ruxsat berish va qaror qabul qilish jarayonlarini elektron formatga o‘tkazish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqish topshirildi.
Bundan tashqari, prezident IT infratuzilmasini yaxshilash, aholi, ayniqsa, yoshlarning bu boradagi savodxonligini oshirish zarurligini qayd etdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochish vazifasi qo‘yildi. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Joriy yil yakuniga qadar Guliston, Buxoro, Namangan, Nukus, Samarqand, Urganch va Jizzax shaharlarida Toshkentdagi IT park filiallarini tashkil etish rejalashtirilgan. | 4Iqtisodiyot
|
Fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti”ning asosiy vazifasi belgilandi
Fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, universitetning asosiy vazifasi, jumladan farzand tarbiyasiga yetarli e'tibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash, fuqarolar yig‘inidagi oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish hisoblandi.
Universitet tarkibi 10-15 nafar a'zodan iborat tarkibda ovoz berish yo‘li bilan shakllantiriladi.
Har yili Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan “Eng namunali xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis” ko‘rik-tanlovi doirasida namunali faoliyat olib borayotgan “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari va a'zolarini rag‘batlantirish bo‘yicha alohida nominatsiyalar joriy etiladi. | 8O‘zbekiston
|
Gollandiyada o‘tkazilgan trampolin bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchi oltin medalni qo‘lga kiritdi
Gollandiyaning Almere shahrida trampolin (batutda sakrash) bo‘yicha Flower Cup 2015 xalqaro turniri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
E’tiborlisi, O‘zbekiston, Kanada, AQSh, Argentina, Germaniya, Fransiya, Polsha, Slovakiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi sportning ushbu turi keng rivojlangan davlat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan musobaqada hamyurtimiz Anna Kasparyan oltin medaliga sazovor bo‘ldi. | 13Sport
|
Rossiya “DXR” va “LXR” hujjatlari tan olinishini bekor qilishi mumkin
Moskva “DXR” va “LXR” hujjatlarini tan olish haqidagi qarorni, agarda Kiyev Minsk kelishuvlarini butunlay bajarsa, bekor qilishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili Aleksandr Lukashevich ma'lum qildi.
Xususan, Kiyev jazo amaliyotini bekor qilishi, qurollarni olib ketishi, Donbassning alohida maqomi belgilab qo‘yilgan konstitutsiyaviy islohotni o‘tkazishi, mahalliy saylovlarni tan olishi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni to‘la tiklanishiga oid bandni bajarishi kerak, deya eslatib o‘tdi Lukashevich YeXHT doimiy kengashi yig‘ilishida.
Shu bilan birga, Rossiya vakilining ta'kidlashicha, joriy haftada Ukraina hukumati tomonidan Donbass bilan transport qatnovini to‘sib qo‘yish haqida qabul qilingan qaror sog‘lom fikr emas va Minsk kelishuvlariga ziddir.
Ma'lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari alohida tumanlari hududida yashovchi Ukraina fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilgan hujjatlarni ushbu tumanlardagi vaziyat siyosiy jihatdan hal etilmagunga qadar Rossiyada tan olish haqidagi farmonga imzo chekdi. | 2Dunyo
|
Shavkat Mirziyoyev zamonaviy dunyoni o‘zgartirayotgan 10 nafar yetakchi ro‘yxatiga kiritildi
Dunyo jamoatchiligi O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotgani barobarida ularga yuqori baholarni ham bermoqda. Mamlakatda kechayotgan hozirgi o‘zgarishlar, xorijlik ekspertlarning fikr bildirishlaricha, nafaqat milliy, balki umumiy xalqaro ahamiyat ham kasb etmoqda, deb yozadi «Jahon» AA.
Jumladan, Turkiyaning yetakchi iqtisodiy nashrlaridan biri - «Derin Ekonomi» jurnalining sharhlovchilari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘z mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar o‘zgarishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan jahonning birinchi o‘n nafar yetakchisi ro‘yxatiga kiritdilar.
Ta'kidlanishicha, Derin Ekonomi jurnali reytingi Turkiyadagi boshqa bir yetakchi nashr - Yeni Şafak gazetasi tomonidan ham ko‘chirib bosildi.
Mazkur ro‘yxatdan muhim ahamiyatga molik qarorlari bilan o‘z mamlakatlari va mintaqalaridagi mavjud vaziyatni o‘zgartirib yuboradigan va bu bilan xalqaro maydondagi vaziyatga faol ta'sir ko‘rsatadigan hamda jahon ommaviy axborot vositalarining «nyusmeykeri», ya'ni ularning diqqat-eʼtibori obekti bo‘lib qolayotgan yetakchilar nomlari joy oldi.
Mutaxassislarning qayd etishlaricha, Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti etib saylangan birinchi kunlardanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish, «har yerda hoziru nozir» bo‘lgan huquq-tartibot idoralari faoliyatini tartibga solish, diniy e'tiqod erkinligini ta'minlashga qaratilgan chuqur islohotlarni hayotga tatbiq etmoqda.
Ta'kidlanganidek, yangi rahbariyat boshchiligida O‘zbekistonda mamlakatni amalda erkin bozor sari harakatlantirishga hamda tashqi savdo va valyuta siyosatini liberallashtirishga yo‘naltirilgan o‘ta muhim qarorlar qabul qilingani xorijlik sarmoyadorlar uchun respublikaning jozibadorligini oshirdi.
Boshqa davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarni tubdan yaxshilash yo‘lini tutgani Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti lavozimidagi eng katta e'tiborga munosib qadamlaridan biri bo‘ldi.
Turk nashrlarida qayd etilishicha, mazkur reytingdan joy olgan o‘n mamlakat yetakchilarining ismi shariflari, ehtimol, shu paytga qadar jahon hamjamiyati uchun taniqli bo‘lmagan, biroq 2018 yili ular «har bir kishiga o‘zlarini tanitishadi». | 8O‘zbekiston
|
Braziliya darvozasiga urilgan g‘alaba goli muallifining amakisi o‘yindan so‘ng vafot etdi
Paragvaylik futbolchi Derlis Gonsalesning amakisi Paragvay va Braziliya terma jamoalari ishtirokidagi Amerika Kubogi chorak final uchrashuvini tomosha qilib bo‘lib, vafot etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi Twitter’da ma’lum qildi. Derlis mazkur o‘yinda Paragvay termasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylangandi.
Xabar berishlaricha, o‘yindan keyingi penaltilar seriyasini tomosha qilish vaqtida 44 yoshli Manuel Irrasabalning yuragi xuruj qilgan va keyinroq u kasalxonada vafot etgan.
“Nega aynan bugun, amaki? Men sizlarga va butun mamlakatga qanchadan-qancha quvonch va baxtni sovg‘a qilgan vaqtim, siz yurak xurujidan so‘ng bizni tark etdingiz. Bunga ishongim kelmayapti”, - deb yozdi Gonsales.
Shveytsariyaning “Bazel” klubida to‘p suruvchi 21 yoshli futbolchi uchrashuv ikkinchi taymida gol urib, hisobni tenglashtirdi, o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida esa hal qiluvchi zarbani aniq amalga oshirdi.
30 iyun kuni bo‘ladigan yarim final o‘yinida paragvayliklar Argentina terma jamoasiga qarshi to‘p surishadi. | 13Sport
|
Ozodbek Nazarbekov “Buyuklar bisotidan” loyihasining Navoiy g‘azallariga bag‘ishlangan dasturiga boshqa xonandalarni taklif qildi
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2015-yili “Buyuklar bisotidan: Zahiriddin Muhammad Bobur” nomli musiqiy dastur tashkil etib, qo‘shiqlar jamlanmasini ham chiqargandi, deb yozadi “Darakchi” gazetasi.
An’anani davom ettirishga qaror qilgan Nazarbekov mazkur loyihaga hamkasblarini ham jalb etdi. “Darakchi”ning yozishicha, yangi musiqiy dastur “Yoshlar” teleradiokanali orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
“Bu safar ‘Buyuklar bisotidan’ turkumida Navoiy g‘azallaridan qo‘shiqlar kuylanadi”, — deb yozadi gazeta. Ozodbek Nazarbekov loyihaga aynan qaysi xonandalarni taklif etganiga aniqlik kiritilmagan. | 7Madaniyat
|
Topinvest.uz sayti faoliyatining qonuniyligi to‘g‘risida ma’lumot berildi
O‘zbekiston Kapital bozorini rivojlantirish agentligi www.topinvest.uz veb-sayti faoliyatining qonuniyligi yuzasidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarga javob qaytardi.
Murojaatlarda ta’kidlanishicha, «Topinvest» veb-sayti o‘zini AQSH birjalarida spekulyatsiya va investitsiyalar bilan professional ravishda shug‘ullanuvchi treyderlar jamoasi sifatida taqdim etmoqda.
Veb-saytning «Aloqa uchun» sahifasida «Topinvest»ning tashkiliy-huquqiy shakli «ma’suliyati cheklangan jamiyat» («Topinvest» MCHJ) sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, saytda «Topinvest» MCHJ ofisida 5 mln so‘m evaziga olti haftalik malaka oshirish treningi o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon joylashtirilgan.
Agentlik murojaatlar asosida mazkur veb-sayt faoliyatini o‘rganib chiqib, «Topinvest» MCHJ nomli tashkilotning va veb-saytga aloqador boshqa shaxslarning O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega emasligini ma’lum qildi.
Shuningdek, agentlik «Topinvest» MCHJning O‘zbekiston hududida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ham ma’lumotga ega emas, deyiladi xabarda.
Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, ularga mulkiy zarar yetkazilishining oldini olish, shuningdek veb-saytning qonunchilik doirasida faoliyat yuritishi bo‘yicha to‘liq ma’lumot olish maqsadida agentlik tomonidan mazkur veb-sayt bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga o‘rganish uchun yuborildi.
Agentlik fuqarolaridan o‘z mablag‘larini noqonuniy daromad olish maqsadida kapital bozori elementlari va atamalaridan foydalangan holda firibgarlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ishonib topshirmaslikni so‘radi hamda qimmatli qog‘ozlarga investitsiya kiritish uchun kapital bozorining litsenziyaga ega ishtirokchilari bilan hamkorlik qilishni tavsiya qildi. | 4Iqtisodiyot
|
Surxondaryoda YPX xodimlari bodi-kamera bilan ishlashni boshladi
Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimlari O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib bodi-kamera (body-camera)lardan foydalanishni boshladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori, leytenant Abror Choriyev “Daryo”ga ma’lum qildi.
Surxondaryolik 80 nafar post-patrul xizmati xodimi, 60 nafar YHXB inspektorlari 8-apreldan boshlab sinov tariqasida raqamli bodi-kameralardan foydalangan holda xizmat olib bormoqda.
Bodi-kameralar maxsus buyurtma asosida Xitoyda ishlab chiqarilgan bo‘lib, quvvati uzluksiz 12 soat ishlashga yetadi, jazirama va yog‘ingarchilik ob-havo sharoitlarida ham qo‘llash mumkin.
“YPX xodimlari bilan haydovchilar orasidagi ko‘plab ziddiyatli, tamagirlik holatlarining oldini olishda, sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklariga oydinlik kiritilishida bodi-kameralarning o‘rni beqiyos”, — deyiladi viloyat IIB YHXB matbuot guruhi axborotida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 2017-yilgi Murojaatnomasida yaqin vaqt ichida militsiya xodimlari yelkasiga bodi-kamera taqib ishlashini ma’lum qilgan edi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 1-dekabrda qabul qilingan qarorga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan boshlab yo‘l harakati qatnashchilari xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega. | 8O‘zbekiston
|
«O‘zstandart» sifatsiz mahsulotlar haqida OAV orqali xabar beradi
Savdo-sanoat palatasida (SSP) Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida sotilayotgan mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish va Sifatsiz mahsulotlar to‘g‘risida yagona axborot ma'lumotlar bazasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasining muhokamasi o‘tkazilmoqda, deb xabar tarqatdi Norma.uz.
Eslatib o‘tamiz, hujjat QHTBT portalida 2017 yilning mart oyidayoq muhokama qilingan edi.
Ta'kidlanishicha, Nizom keyinchalik laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish uchun «O‘zstandart» agentligi tomonidan bozorlar, savdo tarmoqlari va do‘konlarda nazorat xaridi amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Bunda jarayonni va mahsulotning laboratoriya tadqiqotlari natijalarini keyinchalik OAVda e'lon qilish uchun mahsulotlarni xarid qilish jarayoni teleradiouzatish kanallari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Tadqiqotlar natijasi salbiy bo‘lgan taqdirda sifatsiz mahsulotlar to‘g‘risidagi axborot OAVda yoritish uchun Sifatsiz mahsulotlar yagona axborot ma'lumotlar bazasiga kiritiladi. | 8O‘zbekiston
|
Pokistonga Vay sikloni yaqinlashmoqda (Video)
Pokistonga Vay nomli kuchli siklon yaqinlashmoqda, deb xabar berdi Euronews.com.nashri.
Hukumat xozirda odamlarni xavfdan ogohlantirish bilan birga zaruriy choralarni ko`rishni boshlagan. Baliqchilardan esa dengizga chiqmaslik so`ralgan.Ma`lumotlarga qarganda, siklon o`zi bilan qum bo`ronlari hamda shiddatli yomg`irni olib kelishi mumkin. Harorat esa 42 darajagacha ko`tariladi.Hozirda odamlar ichimlik suvini g`amlab olishmoqda.G`arbiy viloyatlardan esa qariyb 300 ming kishi evakuasiya qilingan. | 2Dunyo
|
O‘zbekistonga shaxsiy foydalanish maqsadida dori vositalari olib kirish tartibi belgilandi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 8-iyundagi qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish maqsadida dori vositalari va tibbiy buyumlar olib kirish hamda mamlakatdan olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi. Bu haqda, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Nizomda, agar tegishli hujjatlar mavjud bo‘lsa, yetti kunlik ehtiyojdan oshmaydigan miqdorda narkotik vositalar olib kirishga ruxsat etiladi. Bunda fuqaroning yashash mamlakatidagi tibbiy muassasa taqdim etgan, davolanish kursi uchun tavsiya etilgan miqdorni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Shuningdek, psixotrop moddalarni yuqorida ta’riflangan hujjatsiz olib kirishga ruxsat etiladi. Bunda olib kirilayotgan psixotrop moddalarning umumiy miqdori har biri ikki o‘ramdan bo‘lgan besh nomlanishdagi vositalardan oshmasligi kerak.
Bojxonadan o‘tishda jismoniy shaxslar yonidagi narkotik vositalar va psixotrop moddalarni deklaratsiyada aks ettirishi shart.
Boshqa turdagi dori vositalarining mamlakatga olib kirilishi uchun bunday hujjat talab etilmaydi. Bunda olib kirilayotgan dori vositalarining umumiy miqdori har biri besh o‘ramdan bo‘lgan o‘n nomlanishdagi vositalardan oshmasligi kerak. Olib kirilayotgan tibbiy buyumlar miqdori beshtadan oshmasligi lozim. | 8O‘zbekiston
|
Tramp o‘z golf-klubidagi begona to‘yga tashrif buyurdi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Nyu-Jersi shtatida joylashgan golf-klubida bo‘lib o‘tayotgan to‘y marosimiga tashrif buyurdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Maxfiy xizmat xodimlari Amerika yetakchisi o‘tib ketishi uchun hududni xavfsizlantirish maqsadida marosimni to‘xtatib qo‘yguniga qadar, mehmonlar muassasada davlat rahbari borligini bilmagan.
Oxir-oqibat Donald Tramp kelin-kuyovning ismini so‘radi va ular bilan bir necha marta suratga tushdi. | 2Dunyo
|
Navoiyda g‘alla mavsumi davom etmoqda
Navoiy viloyati dehqonlari joriy yilda 40,6 ming gektar maydonda g‘alla parvarishladi, deb yozadi O‘zA.
Ayni kunlarda dalada o‘rim-yig‘im ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Hozirga qadar Qiziltepa, Karmana va Konimex tumanlari davlatga don sotish shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi.
Viloyatda o‘rim-yig‘imga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, hosilni nest-nobud qilmay, qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish uchun 100 otryad tashkil etildi. O‘rimga jalb etilgan 100 ta kombayn ishtirokida bugungacha hosilning qariyb 90 foizi yig‘ishtirib olindi. | 8O‘zbekiston
|
Shofirkonda koronavirusga chalingan haydovchi bilan muloqotda bo‘lganlarda kasallik aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanish holatlari soni 3554 taga yetdi
Davomi: Toshkentda koronavirusga chalingan uch bemor reanimatsiyaga olindi
O‘zbekistonda 31-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni sakkiz kishiga ko‘payib, 3554 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etishlaricha, yangi aniqlangan kasallanish holatlarining uchtasi Karantin markazidagi fuqarolar orasida, bittasi Toshkent shahrida karantinda bo‘lgan fuqaroda, to‘rttasi esa Buxoro viloyatida aniqlangan.
Buxorodagi holatlarning uchtasi Shofirkon tumanida — koronavirusga chalingan haydovchi bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolarda, to‘rtinchisi esa xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchisida aniqlangan.
Buxoroda koronavirusga chalingan oila bilan muloqot qilgan 268 fuqaro karantinga olindi
31-may soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 757 nafari davolanishni davom ettirmoqda, ulardan to‘qqiz nafarining ahvoli og‘ir, yana bir nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.
Hozirgacha bemorlarning 2783 nafar butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgani, 14 nafar bemor esa koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani haqida avval xabar berilgan edi. | 8O‘zbekiston
|
Fotoreportaj: Senatning 18-yalpi majlisi qanday o‘tdi?
28 fevral – 1 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Yalpi majlis kun tartibiga 23 masala kiritilgan bo‘lib, birinchi kuni ularning 15tasi ko‘rib chiqildi. Birinchi kuni 14 qonun ma'qullandi va 1 qonun rad etildi.
Ma'qullangan qonunlar ichida «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida», «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida», «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma'muriy nazorat to‘g‘risida»gi yangi qonunlar bor. Shuningdek, ayrim qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi hamda ayrim xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilishga oid qonunlar ham ma'qullandi. «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun esa ayrim kamchiliklari tufayli rad etildi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziriga, bosh vazir o‘rinbosarlariga parlament so‘rovlari yuborilishi ma'lum bo‘ldi.
Kun.uz fotomuxbiri ikki kun davomida senat faoliyatini suratlarga muhrladi. | 8O‘zbekiston
|
Erdo‘g‘an Isroil bosh vazirini terrorchi deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat janubidagi Adana shahridan televideniye orqali qilgan chiqishida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni okkupant va terrorchi deb atadi. U isroilliklar rahbariga qaratilgan bu fikrini juma kuni G‘azo sektorida 16 nafar falastinlikning o‘limi va mingdan ortiq kishining jarohatlanishi bilan tugagan qurolli to‘qnashuvdan keyin bildirmoqda.
«Sen terrorchisan. Tarix sen falastinliklarga bergan azoblaringni unutmaydi»,— deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltirgan Anadolu.
Turkiya prezidenti Isroil bosh vazirining turklar armiyasi Suriyaning Afrinida amalga oshirgan harbiy kampaniya bo‘yicha bildirgan e'tirozlariga ham javob qaytargan.
«Netanyahu juda g‘alati va absurd bayonot berdi. Turkiya Suriyada terrorizmga qarshi qat'iy kurash olib bormoqda, Isroil esa jinoyatchilikka qarshi kurashmayapti, balki, terror siyosati yuritmoqda», - degan Turkiya prezidenti.
Turkiya rahbari Netanyahuni falastinliklarga bosim o‘tkazish va Anqarani tanqid qilishdan tiyilishga chaqirgan.
«Netanyahu obektiv bo‘lishi va Turkiyani tanqid qilishni to‘xtatishi kerak. Aks holda Isroil hukumati ham Anqaradan ijobiy munosabat kutmasin», - degan Erdo‘g‘an.
31 mart kuni minglab falastinliklar Isroil bilan chegara hududida to‘plandi va «Qaytish marshi» nomli aksiya o‘tkazdi. Bu aksiya Isroil armiyasi va politsiyachilari bilan to‘qnashuv bilan tugadi, 16 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 1,5 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.
1 aprelga o‘tar kechasi AQSh BMT Xavfsizlik kengashida Kuvayt tomonidan kiritilgan G‘azo sektori bo‘yicha loyihaga veto qo‘ydi. Ushbu hujjatda G‘azodagi hodisani tekshirishga chaqiriq ifodalangandi. | 2Dunyo
|
BAAda to`rt kishi “Islom davlati” bilan hamkorlik qilgani uchun o`lim jazosiga hukm etildi
Birlashgan Arab Amirliklarida to`rt kishi “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan hamkorlik qilgani uchun o`lim jazosiga hukm qilindi.
Hukm sud tomonidan sirtdan o`qildi. Sudlanganlar BAA fuqarolari sanaladi, ular mamlakatdan Siriyaga ID jangarilariga qo`shilish uchun jo`nab ketgan, deya xabar beradi TASS.
Yana 6 kishi IDga moliyaviy ko`mak ko`rsatgani, ekstremistik targ`ibot olib borgani uchun 3 dan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm etildi
Birlashgan Arab Amirliklari AQSh tomonidan boshqarilayotgan ID terrorchilari bilan kurashish koalisiyasi tarkibiga kiradi. | 2Dunyo
|
Kobulda terakt ro‘y berishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
16 noyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Reuters agentligi guvohlarga asoslanib xabar tarqatgan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, xudkush terrorchi portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan mototsiklda Afg‘oniston xavfsizlik xizmati vakillari ketayotgan avtomobilga borib urilgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmayapti.
Hozircha terakt uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmadi. | 2Dunyo
|
Ozodbek Nazarbekov shogirdi Bahrom Nazarovga tanbeh berdi
Xonanda Bahrom Nazarov 26—27-noyabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Baxt uchun” nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda.
Konsertning birinchi kunida mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad Bahrom Nazarovning chiqishini zalning 15-qatoridan o‘tirib kuzatgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning dastur haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Ma’lumot uchun, Ozodbek Nazarbekov xonanda Bahrom Nazarovning ustozi sanaladi.
— Bahrom Nazarovning avvalgi konsertida ham kuzatganman, bu yil ham aynan shunga guvoh bo‘ldim: shogirdingiz konsertini orqa qatorlarda o‘tirib kuzatasiz. Buning sababi nima?
— Shogirdlarning konsertlarini iloji boricha orqaroq qatorlarda o‘tirib kuzatishga harakat qilaman. Chunki shu yerdan xonandaning sahna bilan, tomoshabinlar bilan bog‘lanishini yaxshiroq tomosha qilish, jarayonga to‘g‘ri va aniq baho berish imkoni bor.
— Bahrom Nazarovning o‘tgan yilgi konserti muxlislar tomonidan yaxshi kutib olingan edi. O‘shanda ham konsert kunlari davomida shogirdingizga uning xato-kamchiliklarini aytib turgan edingiz. Xonandaning bu galgi konsertida qanday kamchiliklarni ilg‘adingiz?
— O‘ziga yarasha kamchiliklar bor. Eng katta kamchilik — jamoaning ham, Bahromning ham kayfiyati pastligi bo‘lsa kerak, menimcha. Bu Bahromning bor-yo‘g‘i ikkinchi konsert dasturi, shuning uchun unda hayajon hali ham kuchli bo‘lishi tabiiy. Xonanda sahnani o‘ziniki qilib olishi, unda erkin harakatlanishi uchun ko‘p yillik tajriba kerak. Qanchalik tanbeh berganimni o‘zingiz ham ko‘rdingiz, konsertning ikkinchi kunida ancha o‘zgarish bo‘lishiga aminman.
— Sizningcha, konsertda unga ortiqchalik qilgan, unga kerak bo‘lmagan birorta qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishi bo‘ldimi?
— Konsert boshida boshlovchining sahnaga chiqib, “Konsert dasturimizni boshladik, hozir sahnaga Bahrom Nazarovni taklif qilamiz!”, degan gaplarni aytishiga hojat yo‘q edi. Chunki bu gala-konsert emas, odamlar kimning konsertiga kelganini yaxshi biladi. Parda ochilishi bilan xonanda sahnaga chiqib, muxlislar bilan salomlashib, qo‘shiq kuylashi kerak edi.
— Shogirdingiz Bahrom Nazarovning bu galgi konsertida yutuq tomonlari ham bormi?
— Repurtuar juda chiroyli! Ayniqsa, g‘azallar asosida kuylagan qo‘shiqlar, klassik adabiyotga murojaat qilgani juda yaxshi. Biri biridan go‘zal ijod namunalarini muxlislarga yetkazib bera olish — muhim ahamiyatga ega va zamonaviy xonandaning vazifalaridan biri. Konsertdagi yangi qo‘shiqlarni bir kuylashning o‘zidayoq muxlislarga yoqadigan darajada havola qilish juda qiyin. Sababi, qo‘shiq hali reklama qilinmagan, qo‘shiqqa nisbatan ko‘pchilikning fikri o‘rganilmagan bo‘ladi. Yangi qo‘shiqni muxlislar yaxshi qabul qilish uchun qo‘shiqqa bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish lozim, bu esa bevosita xonandaga bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Yuki bor qo‘shiqlarni shunchaki kuylab, navbatdagi qo‘shiqqa o‘tib bo‘lmaydi.
— “Dizayn” jamoasining: “Jonli ijroda kuylay olasizmi?”, degan savoliga javoban Bahrom Nazarov sizning xit darajasiga chiqqan “Majnuntolning novdalari” qo‘shig‘ingizni kuylab berdi. Bu jonli ijroga munosabatingiz qanday? Har xolda, qo‘shiqning asl egasi sifatida ijrochining xato va kamchiliklarini boshqalarga nisbatan aniqroq ko‘rishingiz tabiiy.
— Bahrom ikki soatlik konsertni 100 foiz jonli ijroda bemalol o‘tkaza olishiga ko‘zim yetadi. U ko‘plab davralarda jonli ijroda kuylab yurgan, jonli ijroda suyagi qotgan shogirdlarimdan. Bugungi ijrosi ham yaxshi bo‘ldi. U bugun jonli ijroda kuylab yurgan Bahrom Nazarov uchun jonli ijroda kuylashning qo‘rqinchli tomoni yo‘qligini yana bir karra isbotladi. Shunchalik kuylay olar ekan, unda nega 100 foiz jonli konsent bermaydi, degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta. Savolning javobi — jonli ijroda konsert berishning boshqa texnik talablari bor, yosh xonandalarning o‘sha talablarga javob berishga kuchi yetmayapti. Bu ko‘proq moliyaga borib taqaladigan muammo — jonli ijroda bo‘ladigan ikki soatlik konsert uchun har bir sozanda kamida uch oy mehnat qilishi kerak. Dasturda 20 sozanda qatnashsa, ularni to‘plash, ovqatlantirish, maoshini to‘lash — barcha-barchasi xonandaning yelkasida bo‘ladi. Shunday jihatlari borligi sabab, bugun nafaqat Bahrom Nazarov, boshqa ko‘plab yosh, zabardast xonandalarimiz jonli ijroda konsert berishga jur’at qila olmayapti.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 7Madaniyat
|
O‘zbekiston Freedom House'ning demokratiya darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida
Freedom House tashkiloti dunyoning turli mamlakatlaridagi demokratiya rivoji darajasi reytingini taqdim etdi. O‘zbekiston demokratiya darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatidan joy oldi. 2018 yilgi erkinlik darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida shuningdek Suriya, Janubiy Sudan, Eritreya, KXDR, Turkmaniston, Ekvatorial Gvineya, Saudiya Arabistoni, Somali, Sudan, JAR va Liviya mamlakatlari nomi qayd etilgan.
Umuman olganda, Freedom House tamoyillariga ko‘ra, dunyoning barcha mamlakatlari uch toifaga bo‘linadi: erkin, qisman erkin va erkinlik bo‘lmagan mamlakatlar.
Hisobot mualliflarining ta'kidlashicha, Rossiya va Xitoy demokratiyaga o‘z "repressiv rejimi"ga tahdid sifatida qaraydi.
Bundan tashqari, hisobotda AQSh "erkin mamlakat" sifatida e'tirof etilgan bo‘lsa-da, Freedom House prezident Donald Trampning "jurnalistlarga tahdidi", uning "qarorlarini bekor qiluvchi sudyalarni tanqid qilishi", migrantlarni kamsitishini qattiq tanqid qildi. | 8O‘zbekiston
|
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Uchrashuvda nomzod o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi. Unda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash va jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, mahalliy byudjetlar daromadini ko‘paytirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholini zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tibbiy va maishiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.
“Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasini amalga oshirishni davom ettirish, jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini rivojlantirish, mahalla tuzilmasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini, odil sudlovning mustahkam kafolatini ta’minlash, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik tuyg‘usini kuchaytirish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan. | 12Siyosat
|
Samarqand viloyatining birdaniga 6 tumanida IIB boshliqlari o‘zgardi
O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Postda” gazetasi.
Xususan, Samarqand viloyatining birdaniga 6 tumani va bir shahrida IIB boshliqlari o‘zgardi.
Podpolkovnik Abduhakimov Sodiqjon Abduhakimovich – Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, mayor Abduqahhorov Ilyos Husanovich – Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Ochilov Aslamjon Nurullayevich – Nurobod tumani IIBga, podpolkovnik Sulaymonov Abdurasul Komilxonovich – Samarqand tumani IIBga, podpolkovnik Mamatqulov O‘ktam Davronovich – Payariq tumani IIBga, podpolkovnik Halimov Akram Hamidovich – Jomboy tumani IIBga, mayor Nurmamatov Elyor Tagayevich – Oqdaryo tumani IIBga boshliq etib tayinlangan.
Avvalroq Jizzax viloyatining 4 tumani va Jizzax shahrida IIBda boshliqlari o‘zgargani hamda Toshkent IIBB boshlig‘iga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergandik. | 8O‘zbekiston
|
Xitoyning CCTV-7 telekanalida namoyish etilgan o‘zbek taomlari haqidagi ko‘rsatuv 150 mln tomoshabin to‘pladi
Xitoyning CCTV-7 telekanali suratga olish guruhi O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatning sayyohlik salohiyati, milliy taomlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ijodiy guruh milliy taomlarni tayyorlash jarayonini suratga olish uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada bo‘ldi.
Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida tayyorlangan, o‘zbek milliy oshxonasiga bag‘ishlangan ushbu hujjatli film yaqinda telekanalda namoyish etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu filmni xitoyliklar katta qiziqish bilan kutib olgan. Uni ko‘rganlar soni 150 million nafarni tashkil etmoqda.
Ayni vaqtda ushbu hujjatli filmni o‘zbek tiliga tarjima qilish va mahalliy telekanallarda namoyish etish mo‘ljallanmoqda. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida 20-may kuni Toshkent vaqti bilan 17:18 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila koordinatalari — 40,51 gradus shimoliy kenglik; 72,4 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi 3,4 ga teng. Chuqurligi — 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 280 kilometr janubiy-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi quyidagicha:
Bundan avval Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent viloyatida, Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila esa Farg‘ona viloyatida sezilgandi, Farg‘ona viloyatida 2 ballik hamda Buxoroda 3,5 ballik zilzila qayd etilgandi.
O‘zbekistonning qator viloyatlarida zilzila kuzatildi. Yer osti silkinishlarining epimarkazi — Surxondaryoda | 8O‘zbekiston
|
Klassik Chevrolet Camaro’ga quvvati 650 ot kuchiga teng motor o‘rnatildi
Chevrolet kompaniyasi 1970-yilda chiqarilgan klassik Camaro kupesini General Motors konserni tarixidagi eng kuchli seriyali motor bilan jihozladi, deya xabar bermoqda Motor. Maxsus sportkarni Amerikadagi SEMA tyuning-shousi uchun tayyorlashdi.
Yangi avtomobilga Corvette Z06 superkaridagi Eaton simli kompressoriga ega 6,2 litrli sakkiz silindrli agregat o‘rnatilgan. Dvigatel quvvati 650 ot kuchiga ega.
Kupe xavfsizlik karkasi, iqlim qurilmasi, uchinchi avlod Camaro’ning o‘ziga xos sport uslubidagi o‘rindiqlari va 19 dyuymli alyuminiy g‘ildirak disklariga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Chevrolet SEMA tyuning-shousida Chevrolet 1967-yilda chiqarilgan Nova kupesining maxsus versiyasini ham taqdim etadi, u oltinchi avlod Camaro sportkarining yangi ikki litrli dvigateli bilan jihozlangan. | 0Avto
|
O‘zbekiston 2020 yildan boshlab paxta xomashyosi eksportini to‘xtatadi – Sardor Umurzoqov
O‘zbekiston 2020 yildan boshlab paxta xomashyosini xorijiy davlatlarga eksport qilishni to‘xtatadi. Bu haqda mamlakat investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yaponiyaning Nikkei Asian Review nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston butun hosilni mamlakatda ichida qayta ishlab, chet elga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar - to‘qimachilik mollarini yetkazib beradi.
Sardor Umurzoqovning xabar qilishicha, paxtani AQSh va Xitoyga eksport qilish rejalashtirilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, bu yil O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 2 milliard dollarga, 2025 yilda esa 8 milliard dollarga yetadi.
Nikkei Asian Review nashri Fransiyaning IFRI tadqiqot instituti ma'lumotlarini e'lon qildi, unga ko‘ra 2018 yilda Xitoy 786ta o‘zbekiston kompaniyasiga, Yaponiya esa atigi 17ta kompaniyaga sarmoya kiritgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston chet elga paxta tolasi yetkazib berishni asta-sekin kamaytirmoqda. Statistikaga ko‘ra, 2010 yilda O‘zbekiston 1,5 milliard dollarlik paxta tolasi eksport qilgan. 2015 yilda bu raqam 736 million dollarni, 2018 yilda esa 222 million dollarni tashkil etdi.
O‘zbekistonda yiliga 1,2 million tonna paxta tolasi ishlab chiqariladi. | 8O‘zbekiston
|
“Zarchob-2 GES” istiqbolli loyihasi ishga tushirildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan qayta tiklanuvchi elektr energiyasini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, istiqbolli va samarali loyihalar asosida investitsiya mablag‘larini jalb qilish, rejali tartibda o‘zlashtirish, yangi gidrotexnik obektlarni ekspluatatsiyaga topshirish, uzoq yillar mobaynida ishlab kelayotgan GESlarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishdagi mahalliylashtirish jarayonlarini kengaytirish borasidagi ishlar qizg‘in ravishda amalga oshirilmoqda.
O‘tgan 2020 yilda, murakkab pandemiya sharoitlariga qaramasdan, puxta reja va qat'iy ishchi tartib asosida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan 6 ta yangi qurilish va modernizatsiya loyihalari foydalanishga topshirildi. Mazkur loyihalarning umumiy quvvati 118,3 MVtni tashkil etadi. Bu esa qo‘shimcha 543 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishga zamin yaratmoqda.
Shu o‘rinda, Jamiyat tomonidan istiqbolli loyihalardan biri bo‘lgan Curxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yangidan barpo etilgan “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GESlari ekanini alohida ta'kidlash joiz.
Mazkur GESlarning qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2947-sonli hamda 2018 yil 19 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067-sonli qarorlari asosida olib borildi.
Curxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yangidan barpo etilgan “Zarchob-1” GES qurilishi “O‘zbekgidroenergo” AJning tizim tashkiloti hisoblangan “Gidroproyekt” AJ tomonidan loyihalashtirilgan. “Zarchob-1” GESga 2 ta gidroagregat o‘rnatish belgilangan bo‘lib, ularning umumiy quvvati 37,4 MVtni tashkil etadi.
“Zarchob-1” GESda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, sozlash va sinovdan o‘tkazish ishlari, avtomatik tizim boshqaruvini markazlashgan boshqarmadan boshqarish ishlari amalga oshirildi.
Shu bilan birga, stansiyadagi gidroinshootlar sinov-tajriba jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi. To‘polang daryosidan suv olib o‘tuvchi Zarchob-1 GESga keluvchi 480 m uzunlikdagi tunnel va 1 300 m uzunlikdagi kanalda suv haydalib, sinov ishlari o‘tkazildi. Bosimli hovuzdagi suv ko‘tarish inshootlari ishchi shay holatiga keltirilib, belgilangan tartibda sinovdan o‘tkazildi.
Xabaringiz bor, joriy yilning aprel oyida “Zarchob-1” GES tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tgan edi.
Kuni kecha yana bir yangi gidroelektrostansiya “Zarchob-2” GES tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati, viloyat hokimligi mutasaddilari, viloyat va tuman jamoatchiligi, “To‘polang GES” UK, “Zarchob-2 GES” mas'ul vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Bayramona ochilish marosimini kirish so‘zi bilan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ochib berdi hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Sariosiyo tumanida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning nafaqat tuman, balki butun viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga samarali ulush qo‘shayotganini ta'kidladi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi, senator Abdug‘ani Sanginov so‘zga chiqib, investitsiyaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan yangidan yangi gidroenergetik obektlarning ahamiyati, asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, istiqboldagi rejalar borasida tadbir ishtirokchilariga qisqacha ma'lumot berdi. Shu bilan birga, ochilayotgan “Zarchob-2 GES”ning energetik quvvati, voha aholisi iste'moli uchun elektr energiyani yetkazib berishdagi ulushi borasida to‘xtalib o‘tdi. Eng asosiysi, ushbu investitsiyaviy loyihalar inson qadri va xalq farovonligi yo‘lida izchil amalga oshirilayotganini alohida ta'kidladi.
“Dongfang Electric International Corporation” kompaniyasi loyiha menejyeri Sun Tszyan Fen ham o‘zaro hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning ahamiyati borasida to‘xtalib o‘tdi, mamlakat va Jamiyat rahbariyatiga, mehmondo‘st va samimiy xalqimizga minnatdorlik izhor etdi.
So‘ngra viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, senator Orziqul Soatov so‘zga chiqib, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi loyiha – ishga tushirilgan “Zarchob-2 GES” tom ma'noda tuman va viloyat ahli uchun yangi gidroenergetik quvvat manbai ekanini qayd etib, Jamiyat boshqaruvi raisi A. Sanginovga keng jamoatchilik nomidan minnatdorchilik bildirdi.
Ushbu yangi GES uchun zaruriy texnologik qurilmalar Xitoyning yetakchi kompaniyasi “Dongfang Electric International Corporation” tomonidan yetkazib berildi.
Ta'kidlash joizki, yangi GES uchun zaruriy asbob-uskunalar hamda gidroagregatlar xitoylik mutaxassislar bilan mahalliy mutaxassislar tomonidan birgalikda montaj qilindi. Ushbu ishlarni bajarishda sohada yetarlicha tajriba va nufuzga ega bo‘lgan “TURONELEKTROMONTAJ” AJ, “NP ESAN” MChJ, “AGEM” MChJ singari montaj-naladka yo‘nalishidagi korxonalar bilan bir qatorda “To‘polang GES” UKning Zarchob-2 GES bo‘limiga 2021 yilning boshida ishga qabul qilingan istiqbolli yosh mutaxassislar faol jalb qilindi.
Ma'lumki, investitsiyaviy loyihalar doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan loyihaviy quvvati 38,2 MVt bo‘lgan Zarchob-2 gidroelektr stansiyasini barpo etish ishlari belgilangan reja asosida bosqichma-bosqich olib borildi.
Qurilish jarayonlarida gidroturbinaning spiralsimon kamera qismini yig‘ish ishlari, bosimli hovuz, bosimli suv quvurini qurish va boshqa bir qator qurilish ishlari izchillik bilan olib borildi.
Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu resurslar tabiiy va qayta tiklanuvchan hisoblanib, mamlakatimiz energetika sohasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi. GESlar tomonidan ekologiyaga hech qanday zarar yetkazmagan holda, barqaror energiya ishlab chiqarilib, viloyat sanoat korxonalari, turli idoralar va mahalliy aholiga yetkazib beriladi.
Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida Surxondaryo viloyatining elektr energiyaga bo‘lgan talabining muayyan qismini, sanoat va iqtisodiyot korxonalarini gidroenergiya hisobidan ta'minlash imkoni vujudga keladi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ mamlakatimizning tabiiy suv resurslaridan oqilona foydalangan holda, xalqimiz xonadonlaridagi yorug‘lik manbai barqarorligini, aholini qayta tiklanadigan, ekologik toza va arzon elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash jarayoniga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Mamlakatimiz gidroenergetiklarining jonkuyarligi, fidoyiligi hamda tizimli mehnatlari natijasida yurtimiz gidroenergetika salohiyati tobora yuksalmoqda.
Gidroenergetika sohasining taraqqiyoti mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bilan birga, yangi GESlar qurilayotgan, modernizatsiya qilinayotgan gidrotexnik inshootlar joylashgan hududlar aholisi turmush farovonligi oshishiga, ishlab chiqarish sub'yektlarining elektr quvvatlari bilan ta'minlanishiga, tom ma'noda, yurtimiz iqtisodiyotining yanada taraqqiy etishiga muhim zamin yaratadi.
«O‘zbekgidroenergo» AJ Axborot xizmati Ⓣ | 8O‘zbekiston
|
AQSh tarixidagi eng katta qovoq uchun mukofot berildi
Nyu-Hempshirda yashovchi Stiv Geddes AQSh tarixidagi eng katta qovoqni o‘stirdi: uning og‘irligi 2528 funt, ya'ni 1146 kilogrammni tashkil qildi. Bu qovoq Geddesga Dirfild yarmarkasining birinchi mukofoti - 6 ming dollarni keltirdi.
Rekord qayd etgan qovoqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi xalqaro tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, Geddes tomonidan yetishtirilgan sabzavot 2016 yilda belgiyalik Matias Vilemiyns yetishtirgan qovoqdan atigi 76 kilogarmmga yengil. | 2Dunyo
|
Erdo‘g‘on AQSh bilan hamkorlikda Rakkani ozod etishga tayyorligini bildirdi
Turkiya Suriyaning Rakka shahrini IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha AQSh boshchiligidagi harbiy operatsiyaga kurdlar jalb etilmagan taqdirda qo‘shilishi mumkin. Bu haqda 25-sentabr, yakshanba kuni mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“O‘zaro faoliyat biz uchun o‘ta muhim. Agar AQSh PYD va YPG’ni (kurdlarning ‘Demokratiq ittifoq’ partiyasi va Suriyadagi kurd ko‘ngillilar otryadlari) operatsiyaga jalb etmasa, biz ular bilan birgalikda jang qilishga tayyormiz”, — ta’kidladi Erdo‘g‘on.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya avgust oxiridan beri Suriyaning Jarablus shahrida hududida IShIDga qarshi “Frot qalqoni” deb nomlangan harbiy operatsiyani olib bormoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. | 2Dunyo
|
Monakoda millionerlarga joy yetmay qoldi
Knight Frank kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Monakoda yashovchi millionerlar soni yaqin o‘n yillikda 20 foizga yoki 2,7 ming kishiga oshadi. Hozirning o‘zidayoq ushbu knyazlikda millionerlar aholining 20 foizini tashkil qilmoqda. Aholi o‘sishi Monakoda yangi ko‘chmas mulkni qurishga joy yo‘qligiga olib kelmoqda. Shu sababli knyazlik hukumati sohilbo‘yi hududlarini quritish ishlarini olib bormoqda, bu esa uning maydonini yana 6 gektarga oshirishi kerak.
Ko‘chmas-mulk sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi Knight Frank prognoziga ko‘ra, Monakoda yashovchi millionerlar soni jadal ko‘paymoqda. 2016 yilda ular 13,4 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2026 yilgacha 16,1 ming kishini tashkil qilishi prognoz qilinmoqda. Ulardan 1,45 ming nafari 30 mln dollardan ko‘proq boylikka ega bo‘lganlarni tashkil qiladi.
Monako statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda mamlakatda birorta yangi uy qurilmagan. Monakoning umumiy maydoni 2 kvadrat kilometrni, aholisi esa 37,8 ming kishini tashkil qiladi.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, Monakodagi ko‘chmas mulk dunyodagi eng qimmatbahosi hisoblanadi. Joriy yilning 2-choragida bu yerda 1 kvadrat metr turar joy 53 ming yevroni tashkil qilgan, ba'zi nufuzli mavzelarda esa 100 ming yevrogacha borgan. Monako hukumati sohilbo‘yi hududlarini quritish bilan faol shug‘ullanadi. Shu yo‘l bilan 1970-yillarda Fonvey mavzesi vujudga kelgan. Hozirda yana bir hudud tashkil qilinmoqda, bu yerda Le-Porte tumani paydo bo‘ladi. Bu loyihaning qiymati 2 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu hududdda 120 ta uy qurish mo‘ljallangan. Ulardagi 1 kvadrat metr joy 100 ming dollardan oshishi aytilmoqda.
Kompaniya xodimi Edvard de Malle Morganning aytishicha, Monakoda izlagan uylarini topolmagan xaridorlardan ba'zilari ijaraga uy olib, ko‘ngillaridek uy chiqishini kutadilar. Qolganlar esa Monakoda kichikroq uy va qo‘shimchasiga qo‘shni Fransiyadan kattaroq uy va yaxta sotib oladilar. | 2Dunyo
|
Olimlar Google Earth yordamida Surxondaryoning Sherobod tumanidan tarixiy yodgorliklarni topdi
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidan tarix va arxeologiyaga tegishli 140 dan oshiq yodgorliklar topilgan. Bu haqda “Pravda Vostoka” xabar berdi.
Bunda Termiz davlat universiteti olimlari bilan bir qatorda, olti yildan beri ushbu hududda izlanish olib borayotgan chexiyalik mutaxassislarning ham hissasi katta, deyiladi xabarda.
O‘rganish obyekti sifatida bronza, temir va antik davrga tegishli hudud tanlandi. Olimlarning aytishicha, Google Earth dasturi yordamida Sherobodning ko‘pchilik yodgorliklari joylashgan joylar koordinatasi aniqlandi.
O‘zbek-chex ilmiy ekspeditsiyasi natijasida 93 ta arxeologik topilmalar kashf qilindi. Ular qadimiy shaharlar, qishloqlar, qo‘rg‘onlar, harbiy inshootlar, ko‘priklar, masjidlar, madrasalar, sardobalar va boshqalardir.
Topilmalar ko‘chmanchi chorvachilar haqidagi ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qilish bilan birga, Baqtriya va Toxariston arxeologiyasida yangi ilmiy yo‘nalish ochadi.
Ayni paytda topilgan yodgorliklar bo‘yicha ingliz va o‘zbek tillarida pasportlar tayyorlanmoqda. | 8O‘zbekiston
|
APL. “Liverpul” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 32-turida “Liverpul” 19-aprel, dushanba kuni “Lids” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Mersisayd klubi birinchi bo‘limning 31-daqiqasida Sadio Mane tomonidan urilgan gol evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi. Ammo o‘yin yakunlanishiga 3 daqiqa qolganida Diyego Lyorente muvozanatni tiklashga erishdi. Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari safarda kechgan bahsda muhim bo‘lgan ochkolarni qo‘ldan boy berdi.
Ushbu durangdan keyin “Liverpul” 53 ochko bilan musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Lids” esa 46 ochko bilan 10-pog‘onani band etgan.
APL
32-tur bahsi
Gollar: 0:1 – 31 Mane, 1:1 – 87 Lyorente.
“Lids”: Melye, Lyorente, Streyk, Eyling, Dallas, Fillips, Harrison, Alioski (Klix, 79), Elder Koshta (Poveda, 67), Bemford, Roberts (Ernandes, 86).
“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson, Kabak, Fabinyo, Tiago Alkantara, Veynaldum, Mane (Saloh, 71), Milner, Diogu Jota (Oksleyd-Chemberlen, 81), Firmino.
Ogohlantirishlar: Dallas (25), Alioski (37), Firmino (39). | 13Sport
|
Farg'onada jarimani to'lashga imkoniyati bo'lmagan haydovchi o'zini yoqib yuborgani xabar qilindi
Farg'ona viloyati Quva tumanida jarimani to'lashga imkoniyati bo'lmagan haydovchi o'zini yoqib yuborgani xabar qilindi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Keltirilishicha, “GAIning aytishicha, bir qizchaga yo'l bermagani uchun shuncha vahima. Haydovchining aytishicha, ‘Nachalnik GAI’ni quvib o'tgani uchun shuncha vahima” sarlavhali xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Aniqlanishicha, 2022 yil 15 fevral kuni Quva tumani Ichki ishlar boshqarmasi YHxG katta inspektori x.Sh va YPx katta inspektori M.A tumanning G'alaba ko'chasida “Nexia-2” avtomobil haydovchisini yo'lning qatnov qismini kesib o'tayotgan piyoda hamda boshqa transport vositalarining harakatiga rahna solgan holatda harakatlangani uchun ortidan borib to'xtash ishorasi orqali to'xtatgan.
Haydovchi M.T.ga sodir etgan qoidabuzarligi tushuntirilib, tegishli hujjatlarni taqdim etishi so'ralganida u hujjatlarni taqdim etmasdan, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan. Shundan so'ng M.T.ga nisbatan yo'l harakati qoidalarini buzganligi yuzasidan elektron bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi Quva tumanidagi jarima maydonchasiga olib kirilgan.
Haydovchi M.T jarima maydonchasi oldida ichki ishlar organlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarini sodir etishda davom etgani sabab profilaktika inspektorlari tomonidan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik) va 194-moddalari (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, M.T (xabarda keltirilganidek) go'yoki, yo'l harakati qoidasini buzganlik uchun tayinlangan jarima qiymatini to'lashga imkoniyati bo'lmaganligidan achchiqlanib, o'z yashash xonadonida ustidan benzin quyib, yoqib yuborib, o'z joniga suiqasd qilgani aytilgan. Lekin aloqador xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan o'tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida “Nexia-2” rusumli avtomobil jarima maydoniga asosli joylashtirilgani, tuzilgan ma'muriy bayonnomalar asosli ekanligi keltirib o'tilgan.
O'tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasining nusxasi va to'plangan hujjatlar xukukiy baho berish uchun Quva tumani prokuraturasiga yuborilgan.
Avvalroq Toshkent viloyati Chinoz tumani prokuraturasi binosida 25 fevral kuni ayol aliment sabab o'zi va bolalarini benzin sepib yoqib yubormoqchi bo'lgandi. Shuningdek, Buxoroda erkak tanishining mashinasini yoqib yuborgani xabar qilingandi. Shuningdek, Toshkent viloyatida erkak o'ziga tanish ayolning “Spark”ini yoqib yuborgan. | 5Jamiyat
|
Suhbat asosida talaba bo‘lish, stipendiyasiz ta'lim – Belarusdagi talaba qiz bilan suhbat
Hozirda Belarus Respublikasi Minsk davlat lingvistika universitetida tahsil olmoqda.
Belarusda oliy ta'lim
Maktabni bitirgach, neft-gaz kollejiga o‘qishga kirdim. 3 yillik o‘rta-maxsus ta'limni aynan shu sohada o‘z shahrimda olganman va imtiyozli diplom bilan tugatganman. Oliy ta'limga keladigan bo‘lsak, bu jarayon birmuncha qiziqroq kechgan. Chunki, bir qancha qarama-qarshiliklarga qaramasdan oliy ta'limni Belorussiyada olyapman.
“Nimaga aynan bu davlatni tanlading?”
Belarusda o‘qishimni eshitib ko‘pchilik “Nimaga aynan bu davlatni tanlading?” deya savol berishadi. Chunki, ko‘pchilik Belarusni Rossiyaning bir bo‘lagi, deb bilishadi. Aslida unday emas. Belarus o‘zi mustaqil, alohida davlat. Men aynan ushbu davlatda o‘qishni tanlaganimga sabab bu yerda bizning qarindoshlarimiz bor. Ular orasida hozirda men o‘qiyotgan oliy ta'lim muassasasida tahsil olganlari ham bor. Aynan ular ota-onamga Belarusni, ushbu universitetni tavsiya qilishgan. Avvalboshda ota-onam bunga qarshilik bildirdilar. Ya'ni o‘z qizini boshqa mamlakatga yuborishga qaysidir ma'noda rozilik berishga qiynaldi. Ammo, oxirida har taraflama muhokama qilib, Belarusda o‘qishimga rozi bo‘lganlar.
Ikki universitetdan birini tanlashga majbur bo‘lganman
Men hozirda Minsk davlat lingvistika universitetida o‘qiyman. Ammo bundan oldin Belarus davlat universiteti kirish imtihonidan ham o‘tgandim. Bu universitet kirish imtihonlarini Toshkent shahrida o‘tkazgandi. Test sinovlaridan muvaffaqqiyatli o‘tdim, ammo bu universitetda o‘qishimga to‘sqinlik qiluvchi ba'zi holatlar bo‘ldi. Shundan so‘ng bu universitetni boshqa universitetlar bilan taqqoslab ko‘rib, hozirda ta'lim olayotganim Minsk davlat lingvistika universitetiga o‘qishga kirdim.
O‘qishga suhbat asosida kirganman
Belarus davlat universitetida o‘qishdan voz kechganimdan so‘ng, hujjatlarimni Minsk davlat lingvistika universitetiga topshirdim. Hujjatlar bilan hech qanday muammo bo‘lmadi. Bu yerda kirish imtihonlari test shaklida emas, balki suhbat asosida bo‘lib o‘tarkan. Suhbat ingliz tilida bo‘lib o‘tdi, men ushbu suhbatdan muvaffaqqiyatli o‘tdim.
Belarusda barcha oliy o‘quv yurtlarida talabalarga vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma olishda, yashash joyini topishga yordam beradigan uy-joy bo‘limlari mavjud. Talabalarining aksariyati talabalar turar joylarida yashaydilar va men ham bundan holi emasman. Imtihondan o‘tgach menga universitet yotoqxonasidan joy ajratib berishdi va yangi shakllangan guruhga qo‘shishdi. Hozirda ushbu dargohda uchinchi bosqich talabasiman.
Tarjimonlikka qiziqish ustun kelgan
Yuqorida aytganimday boshqa universitetni tanlashimga to‘g‘ri kelganida men hech ikkilanmay Minsk davlat lingvistika universitetini tanladim. Chunki, bu oliy o‘quv yurti aynan chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashgan. Belarus davlat universitetida esa lingvistika maxsus fakultet sifatida mavjud edi, xolos. O‘zim shaxsan tarjimonlikka qiziqishim baland bo‘lgani uchun ushbu universitet tarjimonlik yo‘nalishini tanladim.
Minsk davlat lingvistika universiteti
Universitetimizda tarjimonlikdan boshqa ham bir qancha fakultetlar mavjud. Masalan, ingliz tili filologiyasi, roman tillari va shu kabi yo‘nalishlar, bundan tashqari madaniyatlararo kommunikatsiyalar fakulteti bo‘lib, bularning barchasi anchayin obro‘li, talab keng bo‘lgan yo‘nalishlar hisoblanadi.
O‘qish yo‘nalishimdan kelib chiqib, bu yerda bir qancha tillarni o‘rganishga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, menda birinchi chet tili ingliz tili, ikkinchi chet tili sifatida esa xitoy tilini tanlaganman.
Stipendiya tizimi bo‘lmagan Belarus ta'lim tizimi
Belarusda xorijiy talabalarning o‘qishga hujjat topshirishi, o‘qishi bilan bog‘liq hech qanday muammo bo‘lmaydi. Ammo, farqli jihati, Belarusda boshqa ko‘pchilik davlatlarda bo‘lgani singari turli grantlar, stipendiyalar mavjud emas. O‘qish to‘lov kontrakt asosida bo‘ladi. Tabiiyki, men o‘zim ham to‘lov kontrakt asosida o‘qiyman.
Shuni aytib o‘tishim kerakki, Belarusda xorijlik talabalarning to‘lov kontrakt narxlari mahalliy talabalarnikidan birmuncha balandroq bo‘ladi.
Xorijiy va mahalliy talabalar
Universitetimizda ikkita alohida bo‘limlar bor: xorijiy bo‘lim va milliy bo‘lim. Xorijiy bo‘limda o‘qishni xohlovchilar xorijlik talabalar bilan o‘qishadi, milliy bo‘limda esa Belarus talabalar tahsil olishadi. Menda rus tili yaxshi bo‘lganligi sababli rus, ingliz tilini o‘rganuvchi xorijiy bo‘limda o‘qimasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri Belarus talabalar o‘qiydigan milliy bo‘limni tanladim. Xorijiy bo‘limda o‘quvchi talabalar birinchi navbatda rus tilini o‘rganishlari zarur. Shuning uchun ularda o‘z-o‘zidan birinchi chet tili rus tili, ikkinchi chet tili esa, asosan, ingliz tili bo‘ladi. Menda, yuqorida aytganimdek, rus tilini yaxshi bilganim sabab birinchi til sifatida uni o‘rganishga ehtiyoj qolmagan.
IELTS’ga talab u darajada yuqori emas
O‘zbekistondagidan farqli ravishda, bu yerda ingliz tilini bilish sertifikati IELTS’ga bo‘lgan talab juda yuqori emas. Masalan, bizda o‘qishda, hatto, ba'zi bir ishlarda ham ushbu sertifikat talab qilinadi. Bu yerda esa IELTS, asosan, Belarus talabalarning xorijga o‘qishga chiqishi uchun zarur, qaysidir ma'noda. Belarusda o‘qish uchun IELTS u qadar katta ahamiyat kasb etmaydi.
Xorijliklarga ochiqko‘ngil Belarus
Belarus xalqi anchagina mehmondo‘st hisoblanadi. Chunki, men xorijlik talaba qiz sifatida umuman har xil kamsitilish, begona millatchilik kabi holatlarga, vaziyatlarga duch kelmadim. Aksincha, bu yerda o‘zimga ko‘plab do‘stlar orttirdim, ularning xush muomalasiga juda ko‘p marotaba duch keldim.
Bu yerga ilk kelgan kezlarimda moslashish biroz qiyin bo‘lgan. Chunki, o‘z vataningizdan yiroqda, doim yoningizda bo‘lgan ota-onangizdan uzoqda bo‘lish kishini biroz qiynagan. Shu sababdan birinchi kursni biroz qiyinchilik bilan o‘tkazganman. Ammo, keyinchalik mustaqil hayotga sho‘ng‘ib, o‘qishga kirishib bu sog‘inch, zerikish tuyg‘ularini yengganman.
Yildan yilga ko‘payib borayotgan o‘zbek talabalari
Belarus jamiyatida o‘zbek talabalarini juda ko‘p uchratish qiyin. Bu yerda turkmanistonlik talabalar nisbatan ancha ko‘pchilikni tashkil qilishadi. To‘g‘ri, Rossiyada o‘quvchi vatandosh talabalarimiz juda ko‘p, ammo Belarusda ular birmuncha kam. Buning asosiy sababi Belarusda o‘zbek talabalarining qonuniy mehnat faoliyati olib borishga ruxsat yo‘qligi bo‘lsa kerak. Turli yo‘llar bilan ishlash imkoniyatini topish mumkin, ammo buni bilishsa, har xil muammolar paydo bo‘lishi tabiiy. Xususan, turli jarimalardan tortib, mamlakatdan deport bo‘lishgacha. Shu sababdan ham Belarusga talabalar asosan o‘qish uchungina kelishadi. Shunday bo‘lsa-da bu yerda o‘qiyotgan o‘zbek talabalari soni yildan yilga ko‘payib bormoqda.
Natijada ozchilik bo‘lsa-da, bir-biri bilan inoq talaba yoshlar muhiti shakllangan. Jumladan, o‘tgan yili Belarus Respublikasidagi O‘zbekiston elchisining shaxsan o‘zi tashkillashtirgan uchrashuvda ko‘plab o‘zbek talabalari bir-birlari bilan uchrashib, yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Aynan ushbu uchrashuv davomida bildimki, ko‘plab o‘zbek yoshlari BDU (Belarus davlat universiteti) va BMTU (Belarus milliy texnika universiteti)da o‘qish uchun kelishadi. Chunki, BMTUning ko‘plab o‘zbek OTMlari bilan “2x2” nomli dasturi bor. Ya'ni 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil Belarusda talabalarning ta'lim olishini ta'minlaydigan ushbu dastur orqali ko‘plab o‘zbekistonlik talabalar aynan ushbu o‘quv yurtini tanlashadi.
Qardosh millatlar vakillari bilan vaqt o‘tkazish
Rostini aytsam, men o‘qiydigan o‘quv yurtida o‘zbek talabalar yo‘q. Ammo, boshqa universitetlarda o‘qiydigan vatandosh tanishlar, turkmanistonlik do‘stlar bor. Biz vaqti-vaqti bilan o‘zaro uchrashuvlar, suhbatlar uyushtirib, vaqtni birga maroqli o‘tkazamiz. Bu kabi uchrashuvlar menga o‘zbek vatandoshlarimizning yo‘qligini bir darajada bildirmaydi. Bunday uchrashuvlar vaqtida o‘zimni xuddi O‘zbekistonda kabi his qilaman.
Tarjimonlik sohasida o‘zimni sinab ko‘rishni boshlaganman
Kelajakda o‘z soham bo‘yicha, ya'ni tarjimonlik bilan shug‘ullanish niyatim bor. Hozirda ham frilanser sifatida bu sohada faoliyatimni boshlaganman. Yaqinda neft-gaz sohasida bir tarjima ishini bajarish to‘g‘ri keldi. Bu tarjima rus tilidan o‘zbek tiliga o‘girish bilan bog‘liq edi. Dastlabki ishimligini hisobga oladigan bo‘lsak, yaxshi chiqdi, deb ayta olaman.
Bundan tashqari o‘qituvchilik ham qilayapman. Onam ham maktabda o‘qituvchilar. Bilmadim, o‘qituvchilik kasbi ham avloddan avlodga o‘tadimi, bu ishim ham yomon bo‘lmayapti, deb bemalol ayta olaman.
Bulardan tashqari kelajak uchun hali bir qancha rejalar tuzib qo‘yganman. Birinchi o‘rinda, boshqa xorijiy mamlakatlarga sayohatlar qilish, ta'lim olish kabilar rejalarimning bir qismi hisoblanadi. Har bir inson o‘z oldiga bu kabi maqsadlarni qo‘yadi. Birinchi urinishda o‘xshamasligi mumkin, ammo inson o‘ziga ishonchni so‘ndirmay, oldinga intilishi lozim. Shunda, albatta, g‘alaba uniki bo‘ladi.
Avval aytganimdek, menda ikkinchi chet tili xitoy tili. Shu sababdan ushbu davlatga tashrif buyurish men uchun juda qiziq tuyuladi. O‘zim o‘rganayotgan til, madaniyatni yaqindan ko‘rish anchagina maroqli bo‘lsa kerak. Xudo xohlasa, albatta, bu davlatga ham tashrif buyuraman.
Kelajakda o‘qishni tugatgach, O‘zbekistonga qaytib, u yerda o‘z kareramni qurish niyatim bor. Ammo, buning uchun avval kerakli bilim va tajribaga ega bo‘lishim kerak.
Davlatbek Asadov suhbatlashdi | 5Jamiyat
|
Muhammad Yusuf ijodi va hayoti haqida hujjatli film suratga olindi
“O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Yoshlar tajriba ijodiy 5-studiyasi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 60 yilligiga bag‘ishlab “Bu yorug‘ dunyoda o‘chmas chirog‘im” hujjatli filmini suratga oldi. Film “Turkiston” saroyida shoir yubileyiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda namoyish etiladi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi xabar berdi.
Muhammad Yusuf. Kollaj: fikr.uz
Yoshlar tajriba ijodiy 5-studiyasi direktori Izzatilla Saidjabborov hujjatli film O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 60 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan ishlanganini qayd etdi.
─ Xalqona va samimiy she’rlarida Vatanni, mustaqillikni yonib kuylagan shoirning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi film ssenariysini O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Said yozib berdi. Yosh kinorejissor Ayub Shahobiddinov va operator Azizbek Arziqulov tasvirga oldi, ─ dedi I. Saidjabborov. | 7Madaniyat
|
Boeing 737 MAX samolyotlaridan voz kechayotgan davlatlar va aviakompaniyalar soni ortib bormoqda
Efiopiyada Boeing 737 MAX samolyoti bilan yuz bergan halokatdan keyin uni qo‘llashdan voz kechayotgan aviakompaniyalar va uning o‘z hududidan uchib o‘tishini istamayotgan davlatlar soni tobora ortib bormoqda.
Jumladan, Avstriya transport, innovatsiya va texnologiyalar vaziri Norbert Xofer ushbu turdagi samolyotlar uchun mamlakat havo hududini yopishni buyurgan.
“Xavfsizlik – aviatsiyadagi eng ustuvor jihatdir. Ushbu turdagi Boeing bilan katta muammolar mavjudligi ayon va ular oxir natijada ikkita halokatga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Yo‘lovchilar, uchuvchilar va ekipaj a'zolarini himoyalash maqsadida ayni vaqtda mavjud dalillar asosida bu samolyotlarning Avstriya havo hududi orqali uchishini to‘xtatishga ko‘rsatma berdim”, deb aytgan Xofer.
Shuningdek, Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Germaniya, Malayziya, Ummon, Irlandiya ham o‘z havo hududlari orqali Boeing 737 MAX parvozlarini to‘xtatishga qaror qilgan. Bundan tashqari, Xitoy, Indoneziya, Vetnam, Singapur va Avstraliya bu samolyotlarni qo‘llashni vaqtinchalik to‘xtatishga ko‘rsatma bergan.
Kamida 27 ta aviakompaniya Boeing 737 Max 8’dan foydalanishdan voz kechdi. Ular orasida China Southern Airlines, Norwegian Air, Iceland Air, Air China, Turkish Airlines, Shanghai Airlines, Lion Air, Oman Air, Ethiopian Airlines, Lucky Air, Royal Air Maroc, Garuda Indonesia va boshqa aviakompaniyalar bor. | 2Dunyo
|
Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 16 aprelda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 21 iyunda ma’qullangan edi.
Shaxsga doir ma’lumotlar deganda jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot nazarda tutiladi.
Ushbu qonunning amal qilishi:
Hukumat huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi. Shaxsga doir ma’lumotlar davlat boshqaruvi organlariga bepul beriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Davlat shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi.
Jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonun 1 oktyabrdan kuchga kiradi. | 5Jamiyat
|
Janubiy Koreyaga yangi bosh vazir tayinlandi
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe mamlakatning yangi bosh vazirini tayinladi. Endilikda Kim Ben Jun hukumat rahbari bo‘ldi. U Xvan Ge Anning o‘rnini egalladi. Bu haqda Bloomberg xabar bergan.
Kim Ben Jun bundan oldin Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti No Mun Xening siyosiy maslahatchisi bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida moliya vaziri ishdan bo‘shatilib, uning o‘rnini Im Jon Yun egallagan.
Hukumatdagi o‘zgarishlar Pak Kin Xe va uning dugonasi Tsoy Sun Sil atrofida kechayotgan siyosiy mash-mashalar bilan bog‘liq. Prezidentning dugonasi unga omma oldida o‘qiladigan matnlarni tahrirlab bergan, holbuki u davlat rahbari guruhida bo‘lmagan. Bu Janubiy Koreya jamiyati va siyosiy davralar ichida norozilik keltirib chiqargan. | 5Jamiyat
|
Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 270 dan ortiq kishi jabrlandi (video)
Yaponiya sohillarida kuchli qor yog‘di, deb yozadi “Kommersant”. Mahalliy NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, ofat oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 270 dan ortiq kishi jabrlangan.
Skrin: Videodan kadr
Kuchli qor tufayli yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi, 500 dan ziyod aviareyslar bekor qilindi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilishga mamlakat O‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari otryadlari jalb qilindi. Niigata, Toyama, Isikava, Fukui va Gifu prefekturalari eng ko‘p jabr ko‘rdi. Ushbu hududlar aholisiga uyda qolish tavsiya etilmoqda. Sinoptiklar hisob-kitoblariga ko‘ra, qor yog‘ishi ikkinchi kun ham to‘liq davom etadi. | 2Dunyo
|
Gvatemaladagi ko‘chki qurbonlari soni 215 kishiga yetdi
Gvatemaladagi Santa-Katarina-Pinula shahrida ro‘y bergan ko‘chki qurbonlari soni 215 kishiga yetdi. 300 nafarga yaqin fuqaro hamon bedarak yo‘qolgan, deb qayd etilmoqda. Bu haqda mamlakat rasmiylari ma’lumotlariga tayanib, “Segodnya.ua” xabar berdi.
Ayni paytda fojia sodir bo‘lgan yerda deyarli 560 nafar qutqaruvchi ishlamoqda. Ko‘chki ro‘y bergan paytdan beri 46 ming kub metr tuproq chiqarib tashlandi, bunda 50 ta yuk mashinasi, 28 ta traktor va ekskavatordan foydalanilmoqda.
Oldinroq 1-oktabrda yuz bergan ko‘chki tufayli 186 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi. | 2Dunyo
|
Prokuraturada qoʻshimcha ta’tillarning yangi tizimi
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi (12.11.2019 yildagi OʻRQ-583-son Qonunga qarang).
Prokuraturada haq toʻlanadigan yillik (asosiy) ta’tilning belgilangan davomiyligi oʻzgarishsiz qoldirildi – 30 kalendar kun.
Qoʻshimcha ta’tillar va ularni taqdim etish shartlari (zarur ish staji) qismida oʻzgarishlar roʻy berdi: amaldagi tizim ancha moslashuvchan va ijtimoiy yoʻnaltirilgan tizim bilan almashdi.
Ilgarigi tizim
Yangi tizim
ish staji
qoʻshimcha ta’tilning davomiyligi
ish staji
qoʻshimcha ta’tilning davomiyligi
15 yildan ortiq
5 kalendar kun
10 yildan ortiq
5 kalendar kun
25 yildan ortiq
10 kalendar kun
15 yildan ortiq
10 kalendar kun
20 yildan ortiq
15 kalendar kun
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 13.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 10Qonunchilik
|
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga kitob sovg‘a qildi, Berdimuhamedov esa O‘zbekiston Prezidentiga zotdor ot tuhfa etdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan, 6-mart kuni davlat tashrifi bilan Ashxobodga keldi, deya xabar bermoqda.
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga yaqinda O‘zbekistonda chop etilgan Mahtumqulining “Elingga baxsh ayla” nomli kitobini sovg‘a qildi.
Xabar berishlaricha, Turkmaniston Prezidenti kitob eng yaxshi tuhfa ekanini ta’kidlab, O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirgan.
Kunning ikkinchi yarmida prezidentlar Xalqaro Axalteki otlari majmuasi bilan tanishdi. Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidentiga zotdor ot sovg‘a qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 8O‘zbekiston
|
Sayyoh xatolik tufayli Avstraliya o‘rniga Kanadaga uchib ketdi
Amsterdamlik sayyoh xatolik tufayli Avstraliya o‘rniga Kanadaga yetib keldi. Bunga ikki davlatda joylashgan ikki shaharning nomi bir xilligi sabab bo‘lgan, deb yozmoqda The Sun nashri.
Gollandiyalik Milan Shipper Avstraliyaning Sidneyiga bormoqchi bo‘lgan. Keyinroq u olgan chipta Air Canada aviakompaniyasining Kanadaning Yangi Shotlandiya viloyatida joylashgan Sidney aholi punktiga reysga olingani ma'lum bo‘lgan.
Shipper o‘z xatosini Kanadaning Toronto shahriga yetib kelganda anglagan. Bu yerda yo‘lovchilar oxirgi manzilga yetib olish uchun boshqa samolyotga o‘tirishlari kerak bo‘lgan. Sayyohni Torontoda kutib turgan kichik samolyot ajablantirgan. "Men bu samolyot bizni Avstraliyagacha yetkaza olishi haqida o‘ylay ketdim", deb eslamoqda Shipper.
Sayyoh samolyotda reys yo‘nalishi tasvirlangan xaritani ko‘rib, noto‘g‘ri manzil bo‘yicha uchib kelganini tushungan. Biroq xatoni to‘g‘rilashga kech bo‘lgan, chunki bu vaqtda samolyot belgilangan manzilga uchib ketayotgan bo‘lgan.
Shipper so‘ngra ortga qaytgan: avval Torontoga, u yerdan Amsterdamga. Gollandiyalikning antiqa sayohatidan xabar topgan Air Canada aviakompaniyasi unga kompensatsiya sifatida Avstraliyaning Sidneyiga bepul chipta taklif qilgan. | 5Jamiyat
|
O‘zbekistonliklarga uy olish va qurish uchun 20 yilga kam foizli kreditlar hamda subsidiyalar beriladi — prezident farmoni
3 mart prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar qilgan edik. Unda davlat rahbari «2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur», deya ta’kidlagan edi.
Uning ayni shu yig‘ilishda mutasaddilar oldiga qo‘ygan vazifalarining huquqiy asosi o‘laroq, prezidentning 11 martdagi «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.
2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlash uchun davlat ipoteka dasturi doirasida 26 614 kvartirali jami 45 mingta uy quriladi va aholiga yangi tartibdagi ipoteka kreditlari ajratiladi. Ayni maqsadlarda Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga 8,1 trln so‘m resurs joylashtiriladi.
Hujjatga ko‘ra, ipoteka kreditlari 20 yil muddatga, 6 oy imtiyozli davri bilan ajratiladi. Boshlang‘ich badal 15% bo‘ladi. To‘lovlar ikki xil annuitet va differensial usulda to‘lanadi.
Moliya vazirligi tomonidan 6 500 ta yakka tartibda uy qurish va ta’mirlash uchun 1,5 trln so‘m mablag‘ ajratiladi. Ya’ni aholi yakka tartibdagi o‘z uy-joylarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ham kreditlar olishlari mumkin bo‘ladi.
2021 yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun 3550 ta kvartirali uylar quriladi. Bunga davlat byudjetidan 1,3 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
2021 yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha 23,3 ming nafar shaxsga 960 mlrd so‘mlik subsidiyalar to‘lanadi.
Qishloq joylarda qurilgan ko‘p kvartirali uylar uchun 6 oylik imtiyozli davr va 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi dastlabki badal bilan 20 yil muddatga ipotekaga beriladi.
Qishloq joylarda yashayotgan, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muxtoj fuqarolarga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 10 foiz miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
Sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan xotin-qizlarni ijara huquqi asosida joylashtirish maqsadida hokimliklar tomonidan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 1000 ta xonadan sotib olinadi.
Toshkent shahrida tajriba tariqasida og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarga 6 oy davomida ijara to‘lovining 50% miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.
2021 yil 1 iyundan boshlab:
Imtiyozlarni adolatli taqsimlash maqsadida «Xalqparvar» komissiyalar tashkil etiladi.
2021 yil 1 mayga qadar Moliya vazirligi tomonidan ipoteka bozori veb-portali ishga tushiriladi. Undan qurilayotgan uylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari va shartlari, subsidiya to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi.
Qurilayotgan uylarning sifatiga ta’sir qilmagan holda narxlarni pasaytirish maqsadida farmon bilan 2021 yil 1 oktyabrga qadar sement mahsulotini olib kirishda bojxona bojining «0» (nol) stavkasi qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, uy-joylar qishloqlarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir beton va yirik ponelli konstruksiyalar hamda 2-darajadan past bo‘lmagan issiqlik himoyasidan foydalangan holda massiv shaklida qurilishga ruxsat berildi.
Farmon bilan quruvchilarning kreditlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kafillik va kompensatsiyasi to‘lash tartibi 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.
Uy-joylar qurilishida shaharsozlik normalariga rioya etilishi va sifatni ta’minlash maqsadida yangi tartib o‘rnatilmoqda.
Unga ko‘ra:
Ma’lumot uchun o‘tgan 4 yilda 140 000 uy-joy barpo etildi. Yiliga qurilgan uylarning o‘rtacha soni taqqoslanganda bu avvalgi davrdagi ko‘rsatkichdan 4−5 baravar ko‘pdir. | 12Siyosat
|
O‘zbekistonda ilk bor velosport bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi
Kecha, 2 dekabr kuni Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS) prezidenti Usoma Ahmad Abdulla Alshafar, vitse-prezidenti Amarjit Singx hamda bosh kotibi Onkara Singxlar O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Bugun mehmonlar 2019 yilning 22-28 aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishishdi.
Konfederatsiya ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida chempionatga tayyorgarlik darajasi, musobaqa bo‘lib o‘tadigan avtomagistral yo‘llari holati, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, takliflar berildi.
Shuningdek, Osiyo Velosport Konfederatsiyasi bilan UzReport TV telekanali o‘rtasida 2019 yil 22 apreldan - 28 aprelga qadar O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilangan velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatini yoritish huquqini beruvchi ikki tomonlama kelishuv imzolandi.
Shuni ta'kidlash joizki, velosport bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladi. Mazkur musobaqada qit'aning 40 ga yaqin davlatidan 600ga yaqin velosportchi 2020 yilda Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritish uchun bahs olib borishadi.
Chempionat bahslari Eurosport kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi kutilmoqda. | 13Sport
|
Qo`qonda belbog`li kurash bo`yicha Prezident sovrini uchun jahon chempionati bo`lib o`tdi
Musobaqa Farg`ona viloyati prokuraturasi, viloyat hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Jahon belbog`li kurash assosiasiyasi, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi va O`zbekiston belbog`li kurash federasiyasi hamkorligida tashkil etildi, deya yozmoqda Bosh prokuratura Axborot xizmati.
Unda Rossiya, Mo`g`uliston, Ozarbayjon, Belarus, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston kabi dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 182 nafar eng kuchli yosh sportchilar qatnashdi.
Chempionatda o`smirlar 11 ta vazn toifalarida, qizlar 7 ta vaznda g`oliblik uchun bahs olib borishdi. Natijalarga ko`ra, umumjamoa sifatida O`zbekiston 1-o`rinni, Tojikiston 2-o`rinni hamda Qirg`iziston 3-o`rinni egalladi.
O`zbekiston terma jamoasi tarkibida Farg`ona viloyatimiz sportchilari ham ishtirok etib, jami 18 ta medalni qo`lga kiritishdi.
Jahon chempionati bahslari yakunlangach, har bir vazn toifasida birinchi o`rinni qo`lga kiritgan sportchilarga 5 mln. so`m, ikkinchi o`ringa ega bo`lgan sportchilarga 3 mln. so`m, ikkita uchinchi o`rinni egallagan polvonlarga 2 mln. so`mdan pul mukofotlari hamda diplom va medallar topshirildi. | 13Sport
|
MIBning Samarqand boshqarmasi xodimlarining majburlab ishlatilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Joriy yilning 9 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «MIB xodimlari: bayram kunlari, hatto mehnat ta’tilida ham ishlamoqdamiz» mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Bunga MIBning Samarqand boshqarmasi munosabat bildirdi.
Xabarda Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi xodimlari nomidan ish vaqti chegaralanmagani, soat 07.00 dan kech 00.00 gacha, bayram kunlari ham ishlayotgani, tez-tez yig‘ilishlar o‘tkazilishi, hatto mehnat ta’tilidagilar ham ishga chiqishga majburlanayotgani, rahbariyatning mehnat qonunchiligiga rioya qilmayotgani bayon qilingan.
Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda tuman-shahar bo‘limlarida 1145 nafar xodim, birgina Samarqand shahar bo‘limida 200 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi.
O‘rganishlarda xodimlarning kunlik ish vaqti soat 09.00 dan soat 18.00 ga qadar davom etishi, belgilangan vaqtdan tashqari ishlashiga, shuningdek, shanba va yakshanba kunlari ishga chiqishiga yo‘l qo‘yilmasligi ma’lum bo‘ldi.
Xodimlarning dam olish kunlari ishlashi faqat ularning roziligi asosida amalga oshiriladi. Sababi, aholining ish bilan band bo‘lgan qatlami shanba va yakshanba kunlari xonadonlarida bo‘lishi, priborlarni ko‘zdan kechirish hamda hisob-kitoblarni amalga oshirishda ularga yanada qulaylik yaratishi inobatga olingan.
Bunday holatlarda, xodimlarning shanba-yakshanba va dam olish kunlari o‘z xohishi bilan ishlagani uchun boshqa dam olish kuni (otgul) berilishi yoki ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda dam olish kuni berish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, Byuroning Samarqand viloyati boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning alohida xizmat o‘tash sharoitlari inobatga olinib, ularga nisbatan tegishli ijtimoiy muhofaza choralari, dam olish, moddiy ahvolini yaxshilash, mehnat ta’tilini olish va tibbiy xizmatdan bepul foydalanish huquqlari kafolatlangan.
Misol uchun, joriy yilning 31 avgust kuni Mustaqillik bayrami munosabati bilan Byuroning Samarqand shahar bo‘limida faoliyat yuritayotgan 10 nafar xodim rag‘batlantirildi. Hozirda bo‘lim xodimlaridan 112 nafarining mehnat ta’tiliga chiqishi ta’minlangan. Bo‘lim xodimlarining ish samaradorligini, mehnat sharoitlarini oshirish, ularga yanada qulaylik yaratish choralari ko‘rilmoqda. | 5Jamiyat
|
Xaker Canon printerida Doom o‘yinini o‘ynadi
Maykl Jordon ismli xaker Canon Pixma printeriga Doom o‘yinini o‘rnatib, o‘ynab ko‘rdi. Bu haqda LookAtMe ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Jordon Contextis saytiga printerda Doom o‘yinini o‘ynayotgani tasvirlangan videoni joylagan. Mayklning so‘zlariga ko‘ra, u videoni ko‘ngilxushlik uchun taqdim etmagan, bu bilan ayrim Canon printerlarida xavfsizlik darjasi juda past ekanligini ta’kidlamoqchi bo‘lgan.
Canon Pixma printeriga internet orqali ulanishda foydalanuvchidan hech qanday login yoki parol so‘ramaydi. Xaker esa shundan foydalanib printerga ulangan. U printerning dasturini yangilash manzili o‘rniga, Doom o‘yinining manzilini kiritib qo‘ygan. Printerning ichki xotirasi 10 megabaytni tashkil etadi, Doom o‘yinini yuklab olib, o‘rnatish uchun esa 4 megabayt yetarli bo‘lgan. Canon printeriga o‘yin nafaqat o‘rnatilgan, balki videoda tasvirlanganidek, uni o‘ynash ham mumkin.
Mayklning fikricha, hozir kamida 2 mingta Canon Pixma printerlari internetga ulangan va ularning har birida shunday muammo bor. Agar ularga o‘yin o‘rnatishning imkoni mavjud bo‘lsa, u holda yomonroq biror narsa (masalan, virus) o‘rnatsa ham bo‘ladi.
Xaker Canon kompaniyasi bilan bog‘lanib, ushbu muammo haqida ogohlantirgan. | 14Texnologiya
|
“Kreml maxfiy guruhi” Samara sobiq gubernatoridan 6 mln dollar o‘g‘irladi
Rossiyaning Samara viloyati sobiq gubernatori Konstantin Titov politsiyaga murojaat qilib, firibgarlar guruhiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni so‘radi, ular o‘zlarini “prezident ma’muriyatining maxfiy moliyaviy guruhi” xodimlari sifatida tanishtirib, undan qariyb olti million dollar o‘g‘irlagan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ish hujjatlarida aytilishicha, 2007-yil kuzida o‘sha vaqtda Federatsiya Kengashi a’zosi bo‘lgan Titov Anatoliy Shutov ismli shaxs bilan tanishgan, u o‘zini adliya generali va Bosh prokuratura xodimi sifatida tanishtirgan. U Titovga, go‘yoki, bevosita Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bo‘ysunadigan va katta foizlar evaziga mablag‘larni investitsiya qilish bilan shug‘ullanadigan “Markaz” maxfiy guruhiga investitsiya kiritib foyda olishni taklif qilgan.
Titovga kamida 500 ming dollar sarmoya kiritsa, 100 foizgacha daromadni va’da qilishgan. U rozi bo‘lib, bank sohasida ishlaydigan o‘g‘lidan 4,4 million dollar va 1,5 million yevro qarz olgan. 2007-yil oktabrida u pullarni topshirgan, vositachi sifatida, jumladan, “SSKA” futbol klubi sobiq rahbari Aleksandr Baranovskiy ishtirok etgan.
Biroq Titovga na pullarni, na ulardan foizni berishdi. U o‘sha vaqtda davlat lavozimini egallagani va voqeaga diqqatni jalb etishni istamagani uchun politsiyaga hodisadan sakkiz yil o‘tgachgina murojaat qilgan.
Ish figurantlaridan biri Artur Kuralayev aybini bo‘yniga olib, sudga kelishini tasdiqladi. U 2009-yildan buyon boshqa bir firibgarlik haqidagi ish bo‘yicha qamoq muddatini o‘tamoqda. | 2Dunyo
|
Venesuelada noroziliklar ortida eng kam ish haqi 60 foizga oshirildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 30 aprelda ommaviy noroziliklar ortida eng kam ish haqining 60 foizga oshirilishini e'lon qildi.
1 maydan boshlab bu Lotin Amerikasi davlatida minimal oylik avvalgi 40638 bolivar o‘rniga 65021 bolivarni tashkil qiladi va asosiy oziq-ovqatlarni xarid qilish uchun ajratiladigan 135 ming bolivar bilan birga 200 ming bolivarga yetadi, deb xabar bermoqda Noticias24 portali.
Shuningdek, ilk marotaba 19506 bolivar miqdorida qo‘shimcha pensiya to‘lovlari kiritilmoqda.
Eng kam ish haqining joriy oshirilishi 2017 yildagi uchinchisi bo‘ladi va yuqori inflyatsiya sababli amalga oshirilmoqda. Hozirda Venesuelada bolivarning dollarga nisbatan bir necha kursi amal qiladi. Rasmiy kurs bo‘yicha 1 dollar 10 bolivarni tashkil qiladi, biroq uning "qora bozordagi" qiymati 4,2 ming bolivarga yetmoqda. Bu kurs bo‘yicha esa mamlakatdagi minimal oylik 47 dollarni tashkil qiladi. | 5Jamiyat
|
Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi
“Toshissiqquvati” unitar korxonasi ikki issiqlik markazida issiq suvning o‘chirilish muddatlariga o‘zgartirish kiritilganini ma’lum qiladi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
IM-9da issiq suvning to‘liq o‘chirilishi 1—5-may (avval 17—21- aprel), IM-10da 10—14-aprel kunlariga (24—28-aprel) belgilandi.
Issiqlik markazlari hududi:
IM-9: Chilonzor 9, G9A, 10, 13-15, 15A, 21-25, 30, 31 dahalari, Sharq, Al Xorazmiy – 1, 2, Beshqayrag‘och, Guliston, Izza dahalari, Taqachi, Guliston, Shirin, Lutfiy, Katta halqa yo‘li, O‘rikzor, Katta Xirmontepa, Kichik halqa yo‘li, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Sakkokiy, Foziltepa, Farhod ko‘chalari, O‘rikzor bozori.
IM-10: Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, Talabalar, Katta halqa yo‘li, Qamarniso, Qoraqamish 1- ko‘cha, Shifokorlar 2-ko‘chalari, Yoshlik, Chimboy, Jarariq mitti tumanlari, Qoraqamish – 2/3, 2/4, Beshqo‘rg‘on – 1, 2, 3, 4, O‘zMU – ToshDTU, Olimpiya, Ibn Sino 1, 2, Beltepa, Shifokorlar shaharchasi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 8O‘zbekiston
|
Tomorqa yer egalari va qishloq хoʻjaligi kooperativlariga subsidiyalar beriladi
Prezidentning 18.05.2020 yildagi «Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4716-son qarori qabul qilindi.
20.05.2020 yildan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tomorqa yer uchastkalari samaradorligini oshirishni hamda qishloq хoʻjaligi kooperativlari a’zoligiga badal toʻlash uchun subsidiyalar ajratiladi.
Subsidiyalar quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
1) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
2) qishloq хoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun – 10 BHMgacha.
Bunda quyidagilar belgilandi:
Subsidiyalar ajratish Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun subsidiyalar va grantlar ajratish tartibini saqlab qolgan holda amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 10Qonunchilik
|
4ta kodeks yangi modda bilan to‘ldiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Unga asosan Jinoyat-protsessual kodeksi yangi modda bilan to‘ldirilishi kutilmoqda.
Unga ko‘ra, protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek sudga ular tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha tushuntirish (huquqiy izoh) olish yuzasidan murojaat etishga haqlidir.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslarning murojaatlarini o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqishga va ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha tushuntirish (huquqiy izoh) bilan birgalikda asoslangan javob yuborishga majbur.
Bunda javobdagi tushuntirish (huquqiy izohlar) davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborot bilan bog‘liq bo‘lmasligi lozim.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud protsessual majburlov chorasini qo‘llagan taqdirda, statistik kartochkalarning elektron shakllarini tuzish orqali protsessual majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxs va uning saqlanish joyi to‘g‘risida ma'lumotlarni “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimiga majburiy tarzda kiritadi.
Jinoyat ishlari, Kodeksning 84-moddasi birinchi qismi 1, 2, 3 va 8-bandlari va beshinchi qismiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etilgan tergovga qadar tekshiruv materiallari, sud muhokamalari hamda sud qarorlari ijrosi natijalari, ayblanuvchi va jabrlanuvchi tariqasida jalb etilgan ishtirokchilar, shaxsga nisbatan qo‘llanilgan protsessual majburlov choralari, shuningdek jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ma'lumotlar statistik kartochkalarning elektron shakllarini tuzish orqali “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 29 sentyabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–298-sonli Qonunning 5-moddasi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi.
Unga ko‘ra, ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va ularni saqlash joylari haqidagi ma'lumotlar statistik kartochkalarning elektron shakllarini tuzish orqali “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimiga tegishincha ushlab turish bayonnomasini tuzgan shaxs va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqida qaror qabul qilgan sud tomonidan majburiy tartibda kiritiladi.
Fuqarolik protsessual kodeksi ham yangi modda bilan to‘ldiriladi.
Unda aytilishicha, ishda ishtirok etuvchi shaxslar yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib sudlarga ular tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha tushuntirish (huquqiy izoh) olish yuzasidan murojaat etishga haqlidir.
Sudlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaatlarini o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqishga va ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha murojaatdagi har bir holat bo‘yicha tushuntirish (huquqiy izoh) bilan birgalikda asoslangan javob yuborishga majbur.
Iqtisodiy protsessual kodeks yangi modda bilan to‘ldiriladi.
Qayd etilishicha, ishda ishtirok etuvchi shaxslar yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib sudlarga ular tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha tushuntirish (huquqiy izoh) olish yuzasidan murojaat etishga haqlidir.
Sudlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaatlarini o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqishga va ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha murojaatdagi har bir holat bo‘yicha tushuntirish (huquqiy izoh) bilan birgalikda asoslangan javob yuborishga majbur.
Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks ham yangi modda bilan to‘ldiriladi.
Unga muvofiq, manfaatdor shaxslar yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ma'muriy sudlarga (sudlarga) ular tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha tushuntirish (huquqiy izoh) olish yuzasidan murojaat etishga haqlidir.
Sudlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaatlarini o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqishga va ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha murojaatdagi har bir holat bo‘yicha tushuntirish (huquqiy izoh) bilan birgalikda asoslangan javob yuborishga majbur. | 8O‘zbekiston
|
Iroq bosh vaziri fuqarolarni mamlakatga qaytishga chaqirdi
Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodi mamlakatdan chiqib ketgan va Germaniya hududidan boshpana topgan fuqarolarni Iroqqa qaytishga chaqirdi. Buning sababi, Iroqda IShID terrorchilik guruhi bilan kurash o‘z yakuniga yetishiga oz qoldi. Bu haqda siyosatchi Bild gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Mo‘sulda harbiy harakatlar yaqinda tugaydi. Shaharning g‘arbiy qismi markaziga yetib borishimizga oz qoldi, amaliyot juda omadli o‘tmoqda, - dedi bosh vazir. – Biz fuqarolarimiz mamlakatni majburan tark etishi va qochqinlarga aylanishini istamaymiz hamda qator viloyatlarni yashash uchun yaroqli joylarga aylantirmoqdamiz".
Siyosatchi nemis jurnalisining savoliga javob qaytarar ekan, "Ular qaytishi lozim. Bu bizning manfaatimizga mos keladi" deya aytib o‘tdi.
Germaniya IIV ma'lumotiga ko‘ra, mamlakat hududida Iroqdan bo‘lgan taxminan 130 ming qochqin bor.
Iroqning kattaligi jihatidan ikkinchi shahri va IShIDning bosh “qo‘rg‘oni” sanalgan Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha kampaniya o‘tgan yilning 17 oktabr kuni boshlandi. Yanvar oxiriga kelib Sharqiy Mo‘sul hukumat nazorati ostiga o‘tdi, 19 fevral kuni esa al-Obodi shaharning g‘arbiy mavzelariga hujum qilishga topshiriq berdi.
Joriy hafta boshida Iroq hukumat kuchlari otryadlari G‘arbiy Mo‘sulning markaziy mavzelaridagi hukumat binolari egallanganini ma'lum qildi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, jangarilar IShID rahbariyatidan Mo‘suldan darhol chiqib ketish va Raqqaga yo‘l olish haqida topshiriq olishgan. | 2Dunyo
|
Yil oxiriga qadar Ashxobod-Toshkent-Ashxobod aviaparvozlari yo‘lga qo‘yiladi
«Turkmenistan» aviakompaniyasi yil oxiriga qadar Ashxobod-Toshkent-Ashxobod yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Reysning ochilishi bilan bog‘liq masalalar 28 va 30 iyun kunlari Toshkentda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi va turkman aviatashuvchisi vakillari uchrashuvida muhokama qilindi.
MAK matbuot xizmatining xabar qilishicha, tomonlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Turkmaniston aviakompaniyasi havo kemalariga xizmat ko‘rsatish va bort oziq-ovqati bilan ta’minlash to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi.
Muzokaralarda tashuvga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish va har ikki aviatashuvchiga sherik tomonning reyslariga aviachiptalarni rasmiylashtirish huquqini beruvchi tijoriy interlayn-kelishuv loyihasi ham ko‘rib chiqildi. | 4Iqtisodiyot
|
Antaliyadagi YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi
Turkiyaning Antaliya viloyatida 15-iyun kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi I.L. hodisa oqibatida yengil jarohat olgan bo‘lib, kasalxonaga yotqizilishiga ehtiyoj yo‘qligi tasdiqlangan.
Avvalroq OAVda Antaliya viloyatida 15-iyun kuni yuz bergan YTH oqibatida Rossiya va O‘zbekistonning yetti nafar sayyohi jarohatlangani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekistonda eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dispetcherlik xizmati faoliyat boshladi
1 iyul kunidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dispetcherlik xizmati o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar qilmoqda.
Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yilning 19 mart kunidagi “Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etildi.
Yangi tashkil etilgan xizmatga professional surdotarjimonlar ishga qabul qilingan. Agarda eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslar ko‘ngilsiz holat yoki qiyin vaziyatga tushib qolib, yordamga muhtoj bo‘lsalar Favqulodda vaziyatlar vazirligida barcha zaruriy aloqa vositalari bilan jihozlangan dispetcherlik xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.
Dispetcherlik xizmatining asosiy vazifasi etib, eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ularning vakillari tomonidan texnik vositalar (video qo‘ng‘iroqlar, matnli xabarlar, maxsus dasturiy ta'minotdan foydalangan holda qo‘ng‘iroqlar va boshqalar) orqali bo‘ladigan murojaatlarga shoshilinch tezkor xizmatlarning (101, 102, 103, 104, 1050) kecha-yu kunduz, javob berishlarini muvofiqlashtirgan holda ta'minlash belgilangan.
Videoaloqaga chiqish Jus Talk (+998) 93 – 501-50-54, (+998) 93 – 501-50-58
Telegram orqali aloqaga chiqish (+998) 93 – 501-50-54, (+998) 93 – 501-50-58
Telefon raqami (+998) 71 – 212-66-00
Elektron manzil ds@fvv.uz | 5Jamiyat
|
Angliyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi
Angliyada mavsumiy qishloq xo`jaligi ishlarida ishlash istagida bo`lgan O`zbekiston fuqarolari uchun 2022 yil 24 may kuni tanlov o`tkaziladi.
Ish haqi soatiga 10,1 funtdan
Fuqarolarning turar joyi va ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.
Nomzodlar uchun talablar:
Tanlov Toshkent shahri Olmazor kasb-hunarga o`qitish markazi binosida 24 may kuni soat 09.00 da boshlanadi
Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Umid ko`chasi 16-uy
Nomzodlardan xorijga chiqish pasporti bilan transport xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda kelishi so`raladi.
Eslatma: ishchi vizasini rasmiylashtirish uchun konsullik yig`imi (440 AQSh dollar atrofida), tibbiy sug`urta, avia chipta uchun xarajatlar nomzodlar tomonidan amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.
Ma`lumot uchun: (71) 202 33 55 | 5Jamiyat
|
Mashhurlarning bir qarashda tanish qiyin bo‘lgan mum haykallari (foto)
Ba’zida mashhurlarning aynan nusxasini takrorlaydigan mum haykallarni tanib olish qiyin. To‘g‘ri, bu kabi san’at asarini yaratish katta mehnat va mahorat talab etadi. Lekin ayrim haykallar prototipidan shunchalar farq qiladiki, uning kimligini darhol aniqlab bo‘lmaydi.
Zak Efron
Mel Gibson
Leonardo Di Kaprio
Jennifer Lopes
Adel
Nikol Kidman
Rianna
Jennifer Eniston
Teylor Svift
Sofiya Vergara
Rayan Gosling
Juliya Roberts
Selena Gomes
Ledi Gaga
Uma Turman
Robert De Niro | 3Foto
|
O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chganlar soni kamaydi
2018 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda migratsiya saldosi minus 5,3 ming kishi bo‘lib, 2017 yilning mos davrida minus 9,6 ming kishi bo‘lgan. Umuman, respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 83,3 ming kishini (82,0 ming kishi respublika hududlaridan, 1,3 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 88,6 ming kishini (82,0 ming kishi respublika hududlariga, 6,6 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi. Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent viloyatida (minus 2,6 ming kishi), Qashqadaryo viloyatida (minus 2,1 ming kishi), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 1,7 ming kishi) qayd etildi, deyiladiO‘zbekiston Statistika qo‘mitasi hisobotida.
2018 yil yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlardan doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chib kelganlar soni 1292 kishidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, doimiy yashash uchun O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 6568 kishini tashkil etgan.
O‘zbekistonga doimiy yashash uchun kelganlarning 31,6 foizi Qozog‘iston, 30,3 foizi Tojikiston, 25,2 foizi Rossiya, 2,8 foizi Turkmaniston va 2,4 foizi Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistondan doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan 6568 kishining 46,9 foizi Rossiya, 46,2 foizi Qozog‘iston, 1,1 foizi AQSh, 0,7 foizi Tojikiston va 1 foizi Isroilga ko‘chishgan. | 8O‘zbekiston
|
Global iqlim isishi tufayli yirik shaharlarda suv toshqinlari yuzaga kelmoqda
Xalqaro tashkilotlarning tarqatgan ma`lumotiga ko`ra, global iqlim isishi tufayli jahon okeanlari sathi yil sayin ko`tarilib bormoqda. Bu esa qit`alardagi yirik-yirik shaharlarda suv toshqinlarining yuzaga kelishiga sabab bo`layotir.
Okean va dengiz sohillaridagi 136 ta shahar suv ostida qolishi mumkinligi haqida ham xavotirlar mavjud. Aynan, suv toshqinlari oqibatida yiliga o`rtacha 6 milliard dollar miqdorida zarar ko`rilmoqda. 2050 yilga borib bu ko`rsatkich 52 milliard dollargacha o`sishi mumkin. AQShning Mayami, Nyu-York va Yangi Orlian shaharlari tabiiy ofat hududlariga kiradi. Bu borada Xitoyning Guanchjou shahri ro`yxatni boshqarib bormoqda. 2050 yilda dunyo okeanlari sathi 20 santimetrga ko`tarilishi natijasida jahon iqtisodiyotiga yiliga 1 trillion dollardan zarar etishi tahmin qilinmoqda. Gaunchjou hisobiga esa yiliga 13,2 milliard dollar, Mumbayga 6,4 milliard, Kalkuttaga esa 3,35 miliard dollar ziyon ko`rishi aytilmoqda. Neva bo`yi sohilidagi Sankt-Peterburg bu 20 talik ro`yxatga kirmagan.
Yana bir ma`lumot, Gollandiyaning Amsterdam shahri dengizdan pastda joylashganligi tufayli aynan suv toshqinidan yiliga 3 million dollardan zarar ko`ryapti. Vetnamning Xoshimin shahrida ham vaziyat yaxshi emas. SINXUA agentligining xabariga ko`ra, Xitoy janubidagi Guandun viloyatida tinimsiz yog`ayotgan yog`ingarchiliklar oqibatida tog` hududidan sel kelmoqda, ko`chkilar ham ko`plab uylarning vayron bo`lishiga sabab bo`lyapti.
Islandiyadagi Katla vulqoning faollashishi tufayli bu orol mamlakatning katta qismi suv ostida qolishi haqida ham gapirilmoqda. Grenlandiya muzliklarining erishi tezlashishi oqibatida Islandiyaning katta qismi xavf ostida qoladi. Moskva davlat universiteti ilmiy xodimi Nikolay Jarvinning fikricha, “mudrab” yotgan vulqonlarning uyg`onishi kuchli sunamilarning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Bu albatta, Nyu-York, Rio de-Janeyro, Buenos-Ayres, Sankt-Peterburg, Kaliningrad, Murmansk, Arxalgelsk shaharlari aholisini tinchini buzishi aniq.
AQShning sharqiy sohillarida esa yoz faslining oxirlari va kuz faslining boshlarida tropik dovullar kuzatiladi. Bu, birinchi navbatda, suv toshqinlarini yuzaga keltirmoqda. 2005 yili AQSh hududiga “Katrina” dovulining yopirilishi oqibatida Luiziana shtatining Yangi Orlian shahrida 2 mingga yaqin kishi hayotdan ko`z yumdi. “Sendi” dovuli esa o`tgan yili yuzdan ortiq Nyu-Yorklik aholisining o`limiga sabab bo`ldi. Xitoy xalqi doimiy ravishda suv toshqinlari, umuman, tabiiy ofat azoblarini boshdan kechirib keladi. Yanszi daryosi so`nggi 2 ming yil ichida ming marotabadan ortiq o`zanidan chiqib, minglab odamlarni o`z domiga tortdi. 1911 yilning sentyabrida kuchli yog`ingarchiliklardan so`ng 1 ming 800 kvadrat kilometr maydon suv ostida qoldi, 200 mingdan ortiq kishi qurbon bo`lgan. 4 ming 845 kilometr uzunlikdagi Xuanxe yoki bo`lmasa Sariq daryo 1887 yili toshishi oqibatida 2 millionga yaqin kishi o`lgan. 1931 yili 4 million, 1938 yilning iyunida 1 million xitoylik hayotdan bevaqt ko`z yumdi.
Tarixga murojaat qiladigan bo`lsak, o`tgan asrlarda ko`plab yirik suv toshqinlari yuzaga kelganligining guvohi bo`lamiz. Shulardan ayrimlari bilan tanishtirib o`tamiz. 1883 yili Indoneziyadagi Krakatau vulqoni harakatga kelishi natijasida yuz bergan sunamida Yava va Sumatra orollarining 36 ming nafar aholisi, 1887 yili Xitoyning Xenan viloyatida Xuanxe o`zanidan chiqishi natijasida 900 ming nafar, 1916 yili Niderlandiyadagi Shimoliy dengizdan yopirilgan kuchli to`lqinlar oqibatida 10 ming nafar, 1938 yili Xitoy qo`shinlarining militaristlarga qarshi kurashi davrida Xuanxe daryosidagi to`g`on portlatilishi 1 millionga yaqin kishining o`limiga sabab bo`ldi. 1970 yil Bangladeshda yuz bergan suv toshqinida yarim millionga yaqin, 1985 yili esa Braziliyaning shimoliy sharqiy hududlarida kuchli yog`ingarchilik va suv toshqini 1 million kishining uy-joysiz qolishiga olib keldi. 1991 yil Bangladeshda yuz bergan tabiiy ofat 125 ming kishining o`limiga olib keldi.
BMT ma`lumotiga ko`ra, 2008 yilda yuz bergan tabiiy ofatlarda dunyo miqyosida 146 ming kishi qurbon bo`lgan, 2 yarim millionga yaqin kishi boshpanasidan ayrilgan.
Azimjon Po`latov, O`zA | 2Dunyo
|
O‘zbekistonda bir kunda 600ga yaqin bemor tuzaldi. Bu yangi rekord
Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilangani haqida ma'lumot berdi.
Bugun mamlakat hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 569 nafari sog‘aydi. Shundan 337 nafari Toshkent shahridagi 20ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir.
«Shunday qilib, yurtimizda 11674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan», deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija shu yilning 25 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 359 nafar bemor tuzalgandi. | 8O‘zbekiston
|
XMT bosh direktori bilan Munosib mehnat bo‘yicha yangi dasturni ishlab chiqishga kelishib olindi
Bugun, 12 iyun kuni Oliy Majlis Senati raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva hamda Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori G.Rayder ishtirokidagi videokonferensiya tarzida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Videokonferensiyada O‘zbekistonning pandemiya sharoitida aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribasi to‘g‘risida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, XMTning konvensiyalarini implementatsiya qilish borasidagi ishlar hamda ushbu tashkilot bosh direktorining O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning ijrosi muhokama qilindi.
Videokonferensiyada Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda bu borada olib borilayotgan ishlarga batafsil to‘xtaldi. Xususan, pandemiya oqibatida kelib chiqadigan global inqirozning ta'sirini yumshatish, aholi daromadlarini saqlab qolish, korxonalarning barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash borasida muhim choralar ko‘rilayotganiga urg‘u berdi.
Tanzila Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda XMTning tavsiyalari asosida joriy yil oktabr oyiga qadar yashash minimumi va minimal iste'mol savatchasining huquqiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
“Prezidentimiz tomonidan pandemiyaning aholi turmush tarzi va iqtisodiyot tarmoqlariga ta'sirini yumshatishga oid 17 ta farmon va qarorlar qabul qilindi. Bu hujjatlar aholi bandligi va ijtimoiy himoyasini ta'minlash, biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
O‘zbekiston tomonidan qabul qilinayotgan inqirozga qarshi choralar XMTning pandemiyaga qarshi to‘rtta asosiy tamoyiliga to‘la mos kelishini ham alohida qayd etish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, 2020 yildan boshlab paxta yetishtirish va sotish bo‘yicha davlat buyurtmasi bekor qilindi. Bu bizga paxta yetishtirishda bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o‘tish va majburiy mehnatdan foydalanishga ko‘maklashuvchi muhim omillarni bartaraf etish imkonini beradi.
Albatta, hali majburiy mehnatga to‘liq barham berish, milliy qonunchiligimizni xalqaro standartlarga moslashtirish borasida ishlarimiz ko‘p. XMT bilan yaqin hamkorlikda mamlakatimizda xalqaro mehnat standartlarini amaliyotga tatbiq etish ishlarini davom ettiramiz”, dedi Senat raisi.
Videomuloqotda qayd etilganidek, joriy yilda birinchi marotaba Milliy ma'ruzachi tomonidan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, O‘zbekiston prezidentiga axborot berildi.
Bundan tashqari, tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Savdo-sanoat palatasi raisining mazkur yo‘nalishdagi faoliyati yuzasidan axborotlari eshitildi.
Videomuloqotda XMT bosh direktori O‘zbekistonda pandemiya oqibatida kelib chiqadigan global inqirozning ta'sirini yumshatish, aholi daromadlarini saqlab qolish, bandligini ta'minlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida keng ko‘lamli va samarali ishlar olib borilayotganligini alohida e'tirof etdi. Shu bilan birga, bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Shuningdek, onlayn uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Munosib mehnat bo‘yicha yangi Mamlakat dasturini ishlab chiqishga kelishib olindi. | 8O‘zbekiston
|
Donald Tramp shilqimlikda ayblanib, sudga berildi
Ilgari AQShning yangi prezidenti Donald Trampni shilqimlikda ayblagan Sammer Zervos, endi or-nomusini himoya qilish maqsadida unga nisbatan sudga da`vo arizasi bilan murojaat etdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Qiz agar Tramp aybini to`liq tan olsa, da`vo arizasini qaytarib olishi mumkinligini ma`lum qildi.
Ilgari Sammer Zervos Donald Tramp boshlovchilik qilgan “O`quvchi” nomli shouda ishtirok etgan. O`tgan yilning oktyabr oyida qiz advokati ishtirokida matbuot anjumani uyushtirib, 2007 yilda u Trampni uchratib, ish so`raganida milliarder unga shilqimlik qilganini ma`lum qilgan edi.
Donald Trampning o`zi esa bu aybni yolg`on deb, to`liq rad etgandi. | 2Dunyo
|
Kunduzi avtomobil chiroqlarini yoqib yurish bo‘yicha qoida aslida deputatlarning tashabbusi bo‘lib chiqdi
Adliya vazirligi “Munosabat” teleko‘rsatuvida avtotransport vositalari bilan bog‘liq bildirilgan fikrlar bo‘yicha munosabat bildirdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Adliya vazirligi ma’lumotida deputatlar tomonidan 2016-yilda hukumat kiritgan, deb tilga olinayotgan qonun loyihasi aslida hukumat tomonidan emas, balki bevosita Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan tashabbus sifatida parlamentga kiritilgan bo‘lib chiqdi.
Bundan chiqdi deputatlar o‘zlarini o‘zlari inkor qilmoqdami?
Xabaringiz bor, yaqinda “O‘zbekiston” telekanalining “Munosabat” ko‘rsatuvida kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari chiroqlarini yoqib harakatlanishi belgilangan hukumat qarori bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.
Adliya vazirligi yagona davlat huquqiy siyosatini olib boruvchi organ sifatida muhokamada bildirilgan qonunchilik tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan fikrlarga izoh berishni o‘rinli, deb topdi.
(Adliya vazirligi barcha avtomototransport vositalari chiroqlarini yoqib harakatlanishining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini muhokama qilish niyatida emas. Bu masalani professional tahlil qiladigan mutaxassislar vazirlikda mavjud emas. Mazkur soha bo‘yicha qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan maxsus organlar mavjud).
Ko‘rsatuvda qarorning aynan qonunchilik talabiga javob bermasligi haqida deputatlar tomonidan mulohazalar bildirildi.
Xususan:
1) 2016-yilda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish bilan kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqmaganlik uchun ayrim toifadagi avtomototransport vositalariga nisbatan jarima belgilash nazarda tutilgan, ammo hozirgi kunda ushbu moddaga asosan barcha avtomototransport vositalari jarimaga tortilyotganligi;
2) qarorning qachondan kuchga kirishi ko‘rsatilmaganligi;
3) qonun hujjatlari tadbirkorlarga qo‘shimcha majburiyat yoki talablar yuklasa, ular uch oydan keyin kuchga kirishi lozimligi haqidagi talabning buzilganligi;
4) huquqiy ekspertiza masalasi.
Ushbu mulohazalar yuzasidan Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:
2016-yilda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan sutkaning qorong‘i davrida yoki ko‘rish cheklangan sharoitlarda yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzish so‘zlari tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzish so‘zlariga almashtirilgan. Bunda jarima miqdori, ya’ni eng kam ish haqining 50 foizi miqdori o‘zgarmagan.
Birinchidan, kiritilgan mazkur o‘zgarish blanket norma (davlat organlari, mansabdor shaxslarga xatti-harakatlar, taqiqlar va boshqalarni mustaqil ravishda belgilash huquqini beruvchi huquqiy norma) hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, qonunchilik amaliyoti va qonunchilik texnikasi nuqtai nazaridan blanket normalarni qo‘llash normal holat bo‘lib, odatda buzilishi uchun javobgarlik belgilanayotgan moddada barcha qoidalarni sanab o‘tishning imkoni bo‘lmagan hollarda ishlatiladi.
Masalan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan 73 turdagi huquqbuzarlikda blanket norma ishlatilgan (jumladan, 125-moddada yuk tashish qoidalarini buzganlik uchun, 127-moddada transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun, 128-6-moddasida to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun, 130-moddasida temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzganlik uchun).
Ikkinchidan, u yoki boshqa sohada tegishli qoidalarni belgilash qonun hujjatlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yoki boshqa tashkilot vakolatiga kiritilgan. Qoidalarni tegishli organ o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda o‘zgartirishi mumkin va buni Oliy Majlis bilan kelishish talab etilmaydi.
Xususan, 2015-yil 24-dekabrda Hukumat tomonidan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga o‘tgan davrda 6 marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan, mazkur o‘zgartirishlarga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan sanksiyaga asosan huquqbuzarni javobgarlikka tortish mumkin. Ya’ni, bunda har safar qoidalar o‘zgarganligi sababli, Parlamentga murojaat qilinmaydi. Bu oddiy mantiqdan ham kelib chiqadi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, oldin boshqa asos bilan kiritilgan ma’muriy javobgarlikning qo‘llanish doirasi asossiz kengaytirilyapti, degan fikr o‘rinli emas. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks matnida ayrim turdagi emas, umuman avtomototransport vositalarining tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi haydovchini jarimaga tortishga sabab bo‘ladi, deyilgan.
Eng asosiysi, deputatlar tomonidan 2016-yilda Hukumat kiritgan, deb tilga olinayotgan qonun loyihasi aslida Hukumat tomonidan emas, balki bevosita Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan tashabbus sifatida parlamentga kiritilgan.
Bunga asos qilib, o‘sha paytda Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri tasdiqlanganligi, shu munosabat bilan Ma’muriy javobgarlik kodeksi normalarini mos ravishda tahrir qilinayotganligi tashabbuskor deputatlar tomonidan asos qilib ko‘rsatilgan.
Shunday ekan, 2016-yilda qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganda Hukumat “boshqa gapni gapirgan” degan vajlar, uning natijasida ommaviy axborot vositalarida noto‘g‘ri talqin qilingani hurmatli deputatlarning aniq ma’lumotlarga ega emasliklari natijasida yuzaga kelgan.
Qarorning kuchga kirish muddati masalasida shuni aytish lozimki, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq qonun hujjatlarining o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hukumatning mazkur qarori joriy yilning 10-aprelida rasman e’lon qilingan va unda kuchga kirish muddati ko‘zda tutilmagan. Shunga ko‘ra, qaror 10-apreldan kuchga kirgan hisoblanadi. Bu o‘rinda qonunchilik nuqtai nazaridan muammo yo‘q.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek, ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida uch oydan keyin kuchga kirishi ko‘rsatilgan va amaliyotda ushbu norma to‘liq qo‘llanilishi ta’minlanmoqda.
Ya’ni, qonunchilikdagi mazkur talab bevosita tadbirkorga uning tadbirkorlik subyekti maqomidagi holatiga, faoliyatiga ta’sir o‘tkazadigan holatda qo‘llaniladi.
Transportlarning chirog‘ini yoqib yurishi haqidagi talab bilan tadbirkorlik faoliyatini yuritish qiyinlashib yoki osonlashib qolmaydi, buning aynan tadbirkorlik faoliyatiga aloqasi yo‘q.
Yo‘l harakati qoidalari universal va hammaga bir xil tatbiq etiladigan huquqiy normalar yig‘indisidir, bu borada yo‘l harakati ishtirokchilari bir xil maqomga ega. Shunday ekan, yo‘l harakati ishtirokchilari nuqtai nazaridan har qanday yangi qoidalar va talablar fuqarolar uchun bir muddatda, tadbirkorlar uchun boshqa muddatda kuchga kirishi mantiqqa zid bo‘ladi.
Masalan, 2018-yil oktabr oyida qabul qilingan qonun bilan transportda harakatlanish paytida telefondan foydalanganlik uchun jarima miqdori oshirilgan.
Muhokama paytida bildirilgan fikrga tayanadigan bo‘lsa, mazkur norma ham kamida uch oydan keyin kuchga kirishi kerak edi. Lekin mazkur norma ham e’lon qilingan sanadan kuchga kiritilgan. Ya’ni, bu hujjatning ham tadbirkorlik faoliyatiga aloqasi yo‘q.
Shu sababli hujjatning uch oydan keyin kuchga kirishi lozimligi haqidagi fikrlarga ham qo‘shilib bo‘lmaydi.
Qaror loyihasi boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazilgandan so‘ng Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan va tegishli taklif-mulohazalar berilgan.
Shunday ekan, deputatlarning qonun hujjatlari Adliya vazirligi tomonidan barcha qonuniy talablarga muvofiq ekspertizadan o‘tkazilishini asossiz ravishda shubha ostiga olishlari mutlaqo noo‘rindir.
Shu o‘rinda Adliya vazirligi hozirda Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks loyihasi ustida ishlayotgani
va unda ma’muriy jazo choralari tizimini liberallashtirishga alohida e’tibor qaratilishini ma’lum qiladi. | 8O‘zbekiston
|
Rossiyalik marhum xonanda Janna Friskening ota-onasi “Rusfond”ni sudga berdi
Rossiyalik marhum xonanda Janna Friskening ota-onasi “Rossiya yordam fondi” tomonidan xonandaning davolanishi va dafn marosimi uchun ajratilgan pullarni qaytarish o‘rniga xayriya tashkilotini sudga berdi, deb yozadi 7MedNews.
“Rusfond” matbuot markazida ayblov ishi hali sudda ko‘rib chiqilmagani ma’lum qilindi. Shuning uchun ham uning mazmuni oshkor qilinmagan. Vladimir va Olga Friskelarning ayblovi sudda ko‘rib chiqilmasligi ham mumkin.
Xayriya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda fond tomonidan ajratilgan va xonandaning o‘limidan so‘ng uning oilasida qolgan 21,6 million rubl mablag‘ qaytarilmagan.
Marhum xonanda Janna Friskening turmush o‘rtog‘i Dmitriy Shepelev ayblov haqida hech narsa bilmasligini ma’lum qilgan. | 2Dunyo
|
Polshada dunyodagi ilk bankomat-avtomobillar paydo bo‘ladi
Polshaning Idea Bank banki dunyodagi ilk ko‘chib yuruvchi, avtomobilga o‘rnatilgan bankomatlarni va depozit nuqtalari xizmatini taklif eta boshladi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Buning uchun bank BMW i3 elektromobili orqa o‘rindig‘i o‘rniga kerakli uskunalarni o‘rnatgan. Ushbu xizmat kichik kompaniyalarga o‘z moliyaviy ishlarini qulay boshqarishga yordam berishi aytilmoqda.
Bank boshqaruv raisi Yaroslav Avgustinyakning so‘zlariga ko‘ra, Idea Bank mijozlarining 45 foizi asosan kichik kompaniyalar xo‘jayinlari bo‘lib, bank bo‘limlariga faqatgina to‘lovni amalga oshirish va naqd pul olish uchun boradi. Ulardan 80 foizi buning uchun shaxsan o‘zi borib, haftalik operatsiyalar uchun bir necha soat sarflaydi. Yangi xizmat ushbu jihatni qulaylashtirish uchun yo‘lga qo‘yilgan. | 2Dunyo
|
Odil Ahmedov va Sanjar Tursunov Yevropa ligasidagi o‘yinlarda maydonga tushadi
Nufuzi jihatidan Chempionlar ligasidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turuvchi Yevropa ligasida uchinchi saralash bosqich ilk uchrashuvlari boshlanmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Odil Ahmedov va Sanjar Tursunov aynan bugun, 30-iyul kunidagi o‘yinlarda o‘z klublari safida maydonga tushadi. Bu haqda “Olamsport.com” xabar bermoqda.
Ahmedovning “Krasnodar” jamoasi uchun Slovakiyaning “Slovan” klubi bilan bugun o‘tkaziladigan uchrashuv joriy Yevrokubok mavsumidagi ilk o‘yin bo‘ladi. Sanjar Tursunovning “Vorskla” klubi ham bu bosqichda Slovakiyaning yana bir jamoasi — “Jilina” mehmoni bo‘ladi. | 13Sport
|
Yaponiyaning dunyodagi eng tezyurar yo‘lovchi poyezdi havoda muallaq turib harakatlanadi (video)
Yaponiyaning 500 kilometr/soat tezlikda magnit yostiqchalari yordamida harakatlanadigan poyezdlar haqidagi videolavhani “RIA Novosti” taqdim etdi.
85 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ sarflangan ushbu loyiha Yaponiyaning eng yirik shaharlari − Tokio, Nagoya va Osakani “maglev”lar (magnit levitatsiyasi yordamida harakatlanadigan poyezdlar) yordamida birlashtirishni ko‘zda tutadi.
Shinkansen loyihasida poyezdlarda va relslardagi magnit yostiqchalari evaziga havoda muallaq turib juda tez harakatlanish imkonini beradi. G‘ildirak vazifasidagi uskunalar esa faqatgina “ko‘tarilish” va “qo‘nish” uchun kerak bo‘ladi. | 2Dunyo
|
Qarshida hujjatsiz, ruxsatsiz o‘rnatilgan kran: ko‘p qavatli uy aholisi o‘z turar joyidan xavotirda
«Tadbirkor ko‘p qavatli uyimizning himoya zonasida kran o‘rnatdi. Hokimlikka qilgan murojaatlarimizdan foyda bo‘lmayapti. Bolalarimiz o‘ynaydigan joy edi. Shamol vaqtida kran yiqilsa, turar joyimizga va shu atrofda o‘ynab yurgan bolalarimizga zarar yetkazadi», deyilgan murojaatda.
Kun.uz muxbiri holatni o‘rganish uchun Qarshi shahriga bordi. «Ozod va obod vatan» boshqaruv shaklidagi MChJga tegishli ko‘p qavatli uyning old qismida «kran» o‘rnatilgan. Xavfsizlik texnikasiga mutlaqo javob bermaydi. Achinarlisi, kranning g‘ildiragini to‘xtatib turish uchun tosh va yog‘och bo‘lagi tirab qo‘yilgan.
Keyinchalik o‘zini tadbirkor deb tanishtirgan yigitning aytishicha, kranni muvozanatda tutib turuvchi ortidagi betonlarning og‘irligi 30 tonna ekan.
«Tadbirkor yashil maydon deb belgilangan joyga kranni o‘rnatdi. Rels turgan joyning tagidan kanalizatsiya o‘tgan. Bolalarimiz o‘ynashiga joy yo‘q. Kamiga uyni qurgan quruvchiga yalina-yalina arang qurdirgan «besedka»larimizni buzamiz deyishmoqda.
Kranning o‘rnatilishi xavfsizlik texnikasiga zid. Simlari ochiq. Hozir tokka ulanmagan bo‘lsa ham xavfli. Bolalar zinasidan tepaga chiqishi mumkin. Ota-onalar ularning ortidan doim kuzatib o‘tirolmaydi-ku?
Shahar hokimligiga murojaat qildik. Ular «kran ishga tushirilmaydi, to‘xtatiladi hamma ishlar, qachonki hujjatlarini taqdim etsa, biz ruxsat bersak ishlarini boshlaydi», deyishdi. Lekin tadbirkor o‘sha kuniyoq kranni tikka qildi», — deydi «Ozod va obod vatan» boshqaruv shaklidagi MChJning hududiy rahbari Umida Mamatova.
«Bizga mana bu kran xalaqit beryapti. Shiyponchalarimizning naryog‘ida ishlataversin. Xohlasin gipermarket qursin, xohlasin uy qursin. Hozir buning turishi xavfli. Bu yerda bolalarimiz o‘ynaydi. Mashinalar tirband bo‘lib yotibdi. Shundoq ham bolalar maydonchamiz yo‘q. Quruvchimiz hamma joyni chala qilib ketgan.
Kran masalasi bo‘yicha bormagan joyimiz qolmadi. Hokimlikka ham bordik, qurilish boshqarmasiga ham. Hammasi kelib ko‘radi, bizga boshqa narsa deydi, quruvchiga boshqa narsa. Kimga murojaat qilishimiz kerak?
Mana, bolalar o‘ynayapti. Biror narsa tushib ketsa kim javob beradi – quruvchi javob beradimi? Toki biror nima bo‘lmaguncha hech narsa bo‘lmaydi, deyish kerakmi? Bo‘lmasidan oldini olish kerak emasmi?» - deydi shu uyda yashovchi fuqaro Zilola Suropova.
Aholi ushbu kran ko‘p qavatli uyning himoya hududida tiklanganini ta'kidlamoqda. Qolaversa, bir tomon relsi uyning kanalizatsiyasi ustiga o‘rnatilgan.
«Mana shu kranning relsi o‘rnatilgan joy uyimizning kanalizatsiyasi usti. Kanalizatsiya quvuri plastmassa, hozirgacha qayrilib ichi to‘lib qolmoqda. Tadbirkorni ogohlantirdik. To‘xtatish o‘rniga kranni badtar yig‘yapti», — deydi MChJ santexnigi Ulug‘bek Rasulov.
Ushbu holatga aniqlik kiritish uchun Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari G‘ayrat Sultonov bilan bog‘landik. Hozirda boshqa hududda ekanligini aytgan mas'ul savollarimizga telefon orqali javob berishini aytdi.
«Tadbirkorga ruxsat bermaganmiz. Ruxsat bo‘lishi uchun «Katnadzor» va «GASN»ga xat bilan chiqishim kerak. Ikkita uyning orasida 25 metrdan kam joy qolmasligi kerak. Qo‘limizda aniq hujjat yo‘q», — deydi G‘ayrat Sultonov.
Ko‘p qavatli uy va oldidagi hovli devori orasini o‘lchab ko‘rdik. Kran 10 metrda joylashgani, devorgacha 20 metr ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Tadbirkorning akasi deb o‘zini tanishtirgan Otabek ismli shaxs esa, hokimlik ruxsat berganligini, qurilish uchun barcha hujjatlari yetarli ekanini ta'kidladi.
«Qarshi shahar hokimining o‘rinbosarlari bergan ruxsatnomaga asosan qurilishni boshladik. Ruxsatnoma bo‘lmasa xarajat qilib kran olib kelarmidik?» — deydi u.
Hokim o‘rinbosari hujjati yo‘qligini, tadbirkor esa aksini ta'kidlaydi. Aholi esa farzandlari xavfsizligidan xavotirda. Vaziyatga oydinlik kiritishi lozim bo‘lgan mas'ullar esa hududga kelolmadi. Tadbirkor esa ko‘plab hujjatlar nusxasini ko‘rsatdi, lekin kranni o‘rnatishga bo‘lgan ruxsatnomasini ko‘rsatolmadi. Intervyu berishni ham istamadi.
Mas'ullar ushbu holatni bee'tibor qoldirmaydi, degan umiddamiz. Kun.uz vaziyatni kuzatishda davom etadi.
O‘roljon Kamolov, Kun.uz muxbiri. | 5Jamiyat
|
Namanganda piyodani o`limiga sababchi bo`lib, voqea joyidan qochgan shaxs ushlandi
2019 yil 11 fevral kuni noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinada Namangan viloyatining Chust tumani, Zarafshon mahallasi hududida 35 yoshli ayolni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani, ayol kasalxonada vafot etgani haqida xabar berilgandi.
IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko`ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi, 63 yoshli N.M. Nexia rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
IIV ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga ma`lumot bergan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi. | 6Jinoyat
|