Header
stringlengths 2
118
| Content
stringlengths 10
1.73k
|
---|---|
Brauzer | Mijozning server bilan birga ishlashini ta’minlaydigan dasturiy kompleks. Internet tarmog‘ining WWW texnologiyasida brauzer axborot sahifalarini ko‘rib chiqish, ma’lumotlar olish imkonini beradi. Ba’zi bir brauzerlar o‘z ichiga Java tili vositalarini oladi. |
Broker | Turli ko‘rinishdagi operatsiyalarda vosita-chi. Broker-inson bilan bir qatorda, elektron brokerlar ham faoliyat ko‘rsatadilar. Infor-matikada broker amaliy dastur bo‘lib, bosh-qa guruh dasturlarining o‘zaro aloqasini taʼminlaydi. Buning misoli sifatida obyekt so‘rovlari brokerini keltirish mumkin. |
Bryuster burchagi (to‘liq qutblanish burchagi) | Qutblanmagan yorug‘lik nurining tushish burchagi, bunda dielektrik yuzasidan qaytgan yorug‘lik yassi qutblangan bo‘ladi. |
Bufer | 1. Ma’lumotlarni oraliqda saqlash uchun xotirani dasturiy yoki apparatli tarzda ishlatish va undan turli tezlikda ishlaydigan ikki qurilma o‘rtasida ma’lumotlar uzatishda axborotni qayta ishlash tezligidagi farqni yo‘qotishda foydalanish.2. Optik tola atrofida joylashgan himoya qobig‘i. |
Bufer registri | Sxemotexnikada asinxron jarayonlarni moslashtirish uchun, masalan, kompyuterga ma’lumotlarni sekin ishlaydigan tashqi qurilmadan kiritish uchun keng foydalaniladigan registr. |
Buferlash | Bufer xotira qurilmasidan foydalanish. |
Buferning to‘lishi | Himoyalash tizimining zaiflashishiga olib keladigan dasturiy xatolik. Xotirada massivning chegarasidan ma’lumot yozuvlarining chiqib ketishini avtomatik nazorat qila olmaslik natijasida yuz beradi. |
Bul algebrasi | Zamonaviy kompyuterlarda keng qo‘llaniladigan, ikki belgili mantiqiy o‘zgaruvchilar (1 va 0) ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plami. Uni yaratgan matematik Jorj Bul sharafiga shunday deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytirish, qo‘shish va inkor etish operatsiyalaridan foydalaniladi, ulardan istalgan boshqa Bul operatsiyasini tuzish mumkin. |
Bul ifodasi | Barcha o‘zgaruvchilar yo nol yoki 1 qiymatga ega bo‘lgan matematik ifoda.«Bulutli hisoblashlar»ing. - cloud-based computingru – «облачные вычисления»Dinamik masshtablanadigan va virtuallashtirilgan resurslar (ma’lumotlar, ilovalar, operatsion tizimlar va b.q.) ga asoslangan hisoblash modeli. Undan foydalanish mumkin va servis sifatida Internet orqali foydalaniladi hamda yuqori samarali ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari yordamida amalga oshiriladi.«Bulutli ilovalar»ing. - cloud applicationsru – «облачные приложения»Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining kompyuterlarida «bulutli hisoblash» (masalan, Windows Azure) muhitida bajariladigan ilova. |
Burchak tarqoqligi | Fazoviy tarqalish usuli, unda ikki nurli yoki koʻp nurli yoʻnalganlik diagrammasini shakllantiruvchi bir nechta nurlagichli bitta antenna ishlatiladi. |
Buriladigan platforma | Obyektning harakati jarayonida berilgan yo‘nalishdan nur og‘ishining avtomatik kompensatsiyasini ta’minlaydigan, ko‘chma obyektga yoki yo‘ldoshga o‘rnatilgan parabolik antennali yoki nurlagichli platforma. |
Burmoq | Har bir nuqtani markazga nisbatan bir xil gradusga burishdan iborat rasmlar yoki grafik obyektlar ustida bajariladigan operatsiya. |
Burchakli antenna | Ikkita yassi qaytadigan sirtlar bilan hosil qilinadigan burchak ichiga joylashtirilgan bitta yoki bir nechta nur tarqatgichdan iborat yo‘naltirilgan antenna. |
Butun | Kiritiladigan oddiy turdagi ma’lumotlar. Belgili, belgisiz, qisqa yoki uzun bo‘lishi mumkin. |
Butun sonli o‘zgaruvchi | Butun sonli qiymatlarni saqlaydigan oddiy turdagi o‘zgaruvchi. |
Butunga bo‘lish | Arifmetik amal. Uning natijasi – xususiy-ning butun qismi, kasr qismi tashlab yuboriladi. Deyarli barcha dasturlash tillarida bor. A div b yozuv bilan, ba’zi tillarda a/b qilib belgilanadi. |
Butunjahon hisoblash tarmog‘i | 1. Yer sharidagi barcha axborot-hisoblash tarmoqlarining jami.2. Bir nechta mamlakat yoki kontinent hududini qamrab oladigan axborot-hisoblash tarmog‘i.3. Kommutatsiyalanadigan va ajratilgan liniyalardan yoki maxsus telekommunikat-siya kanallaridan foydalangan holda, axborotning katta masofalarga uzatilishini taʼminlaydigan tarmoq. |
Butunjahon tarmog‘i | 1. Internetda resurslarni izlashning va ulardan foydalanishning gipermatnli tizimi.Izoh – World Wide Web bu tarmoq kompyuterlarida saqlanadigan har qanday maʼlumotni, ularni bog‘laydigan giperhavolalar tizimi orqali ko‘rib chiqish imkonini beradigan Internet xizmatlari to‘plamini taqdim etadi.2.Internet orqali foydalana olish amalga oshiriladigan veb-uzellar ko‘pligi. |
Buyuk Britaniyaning universitetlar tarmog‘i | O‘zini ta’lim va tadqiqot ishlariga bag‘ishlagan Britaniya Davlat xususiy kompyuter tarmog‘i. |
Buyumlar Interneti | Axborot jamiyati uchun mo‘ljallangan, mavjud va rivojlanadigan, funksional jihatdan mos Axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida (fizik va virtual) buyumlarni bir-biri bilan bog‘lash yo‘li orqali, birmuncha murakkabroq xizmatlar taqdim etish imkoniyatini taʼminlaydigan global infratuzilma.Izoh – Keng maʼnoda, buyumlar Internetini texnologik va ijtimoiy oqibatlarga ega bo‘lgan konsepsiya sifatida qabul qilish mumkin. |
Buyurtma dasturiy ta’minot | Berilgan ilova (dastur) uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot. |
Buyurtma pochta jo‘natmasi | Jo‘natuvchiga kvitansiya berib joylanma-ning qiymati baholanmasdan qabul qilinadi-gan va adresatga tilxat bilan topshiriladigan pochta jo‘natmasi (xat, pochta varaqchasi, banderol, sekogramma, mayda paket va «М» belgili qop). |
Buzilish | Aloqa liniyasi orqali uzatiladigan xabar mazmunining asliga qaytarib bo‘lmaydigan tarzda o‘zgartirilishi. |
Buzilishga nisbatan barqarorlik | Tizimning uzluksiz ishlay olishi va biror-bir xatolik ro‘y berganda uni muvafaqqiyatli bartaraf etish imkoniyati. |
Buzilishgacha ishlash muddati | Televizor (tiklanadigan mahsulot)ning ishlamay qolishlari o‘rtasidagi ishlash muddatining o‘rtacha qiymati. |
Buzilishgacha ishlash vaqti | Hisoblash tizimi yoki qurilmaning ikkita texnik ketma-ket buzilishlari orasidagi o‘rtacha vaqt. Tizimning ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan biri. |
Buzish | 1. Tarmoqda ishlovchi foydalanuvchi autentifikasiyani tugatganda, odatda, aktiv hujumni amalga oshirish maqsadida, aloqa seansining boshlanishini tutib olish. Bu vaqtda jinoyatkor tizimga qonuniy foydalanuvchi sifatida kirishga harakat qiladi, bu unga ikkita stansiya o‘rtasidagi ulanishni nazorat qilish imkonini beradi.2. Raqib tomonidan kriptografik protokol (kriptografik sxema)ning barqarorligiga tahdidlarning amalga oshirilishi, ya’ni ushbu tahdidni belgilovchi masalani hal qilish. |
Buzuvchi | Muhofazalangan tizimga ruxsat etilmagan tarzda kirishga urinuvchi shaxs. |
Buzg‘unchi | Tizim resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishga (bu resurs bilan ishlashda uning uchun taqiqlangan harakatlarni bajarishga urinish) xato, bilmaslik oqibatida yoki yovuz niyatda (o‘z manfaatlari yo‘lida) yoki shunchaki (o‘yin yoki o‘zini namoyon qilish maqsadida) uringan (urinib ko‘rgan) va buning uchun turli xil imkoniyatlar, usullar va vositalardan foydalangan shaxs (subyekt). |
Bo‘lim | Dasturning maxsus ma’noga ega bo‘lgan qismi. Masalan, Pascal tilida dasturiy blok umumiy ko‘rinishda belgilar, konstantalarni tavsiflash boʻlimlaridan, ma‘lumotlar turlarini aniqlash, o‘zgaruvchilarni, protseduralar, funksiyalar, operatorlarni tavsiflash bo‘limlaridan tuzilgan. |
Bo‘lingan ekran | Kompyuter grafikasida bitta ekranning bir nechta (odatda bir biriga bog‘liq bo‘lgan) video oqimlari yoki matnli axborotni bitta displeyda bir vaqtning o‘zida aks ettirish uchun bir nechta yondosh qismlarga ajratilishini taʼminlaydigan aks ettirish texnikasi. |
Bo‘lingan vaqt rejimi | Kompyuterdan foydalanish rejimi. Bunda mashinaga joylashtirilgan maxsus dastur turli vazifalarning alohida qismlarini, bir biriga «aralashtirmagan» holda, ketma-ket yechishi taʼminlanadi. |
Bo‘luvchi | Berilgan nisbatda kuchlanish yoki quvvat pasayishini yoki chastotaning butun son marta bo‘linishini taʼminlovchi qurilma. |
Bo‘yash | Grafik ekranning ba’zi sohasini rang yoki standart ornament bilan to‘ldirish protsedurasi. Bo‘yash grafik redaktorlarda yoki amaliy dasturlarda dasturlash tillarining tegishli protseduralari bilan amalga oshirilishi mumkin. |
Bo‘yash bloki | Televizion tasvirni yoki uning fragment(lar)ini istalgan rangga bo‘yash uchun mo‘ljallangan qurilma. |
Bo‘sh bog‘langan tizim | Har bir protsessor o‘zining lokal xotirasiga ega bo‘lgan, turli protsessorlar esa o‘zaro aloqa liniyalari orqali ishlaydigan taqsimlangan kompyuter tizimi. |
«Bo‘sh joy» klavishi | Klaviaturadagi, bo‘sh joy simvolini terish uchun xizmat qiladigan klavish. |
Bo‘shash vaqti | Abonentlardan birining bog‘lanishi tugagan vaqtdan to shu liniya boshqa abonentlar uchun bo‘shaguncha ketgan vaqt. |
Bo‘shliq | 1. C va C++ dasturlash tillarida nol ko‘rsatgichni anglatadi.2. Ma’lumotlar bazasi jadvalining maydonida yozish mumkin bo‘lgan maxsus qiymat (soxta qiymat).3. Ayrim dasturlash tillaridagi mutlaqo hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan konstanta.D |
Dalil | O‘zicha yoki boshqa axborot bilan birga foydalanilganda, bahsni hal qilish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot.Izohlar1. Raqamli imzolar, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari dalilning aniq ko‘rinishlari hisoblanadi.2. Raqamli imzolardan ochiq kalitlar usullari bilan birga foydalaniladi, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari esa, maxfiy kalitlar usullari bilan birga qo‘llaniladi. |
Damp | 1. Xotira yoki fayl ichidagini ekranga chiqarish, faylga olish yoki chop etish. Odatda, matnli xabarlarni izlash uchun, yoki kompyuterning osilib qolish sabablarini aniqlash maqsadida, shuningdek, dasturni sozlash paytida amalga oshiriladi.2. Kriptovalyuta kursining iqtisodiy jihatdan juda tez va asossiz pasayishiga olib boruvchi vaziyat. Odatda tajribali treyderlarning maqsadli harakatlari natijasida yuzaga keladi. |
Daqiqa | 60 sekundga teng vaqt birligi. Ma’lumotlarni uzatish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asosiy kattaliklardan biri. |
Daraja videosignal | Videosignalni, odatda, kuchlanishni taqdim etuvchi elektr kattalikning ko‘pincha foizlarda yoki ma’lum tayanch ko‘lamining ulushi, masalan, 1 volt bilan ifodalanadigan videosignal chegarasiga nisbatan oniy qiymati. |
Darajalarni oldindan korreksiya qilish | Muayyan signallar yoki kabel taqsimlash tizimining shu nuqtasidagi signallar guruhi o‘rtasida atayin o‘rnatilgan darajalar farqi. |
Darajalarni uzatish xarakteristikasi | Eshittirish televideniyesi trakti yoki trakti zvenosining tasvir kanali chiqishidagi televizion tasvir yorqinlik darajalarining yoki yorqinlik signali darajalarining bu kanal kirishidagi obyektlar yorqinlik darajalariga yoki yorqinlik signali darajalariga bog‘liqligi. |
Darajani nazorat qilish | Ma’lum xarakteristikalarga ega o‘lchash apparaturasidan foydalanib dasturiy signallarning darajasini kuzatish. |
Darajani qayd etish | 1. To‘liq videosignal bir qismi darajasini ma’lum qiymatda ushlab turish.2. Sinxronlash signali impulslarining o‘chirish darajasi yoki yuqori darajasi bitta potensialga keltiriladigan videosignalni qayta ishlash.Izoh – Darajani qayd etish, odatda, tasvirning doimiy tashkil etuvchisini tiklashda qo‘llaniladi. |
Darajani rostlagich (kabel tarmog‘ida) | Bitta yoki bir nechta signalning doimiy darajasini, signalga nisbatan boshqa vositalar yordamida, masalan, pilot-signal, temperaturali kompensator, distansion boshqaruv va b.lar yordamida ushlab turish qurilmasi. |
Daraxt | Daraxtni eslatadigan tuzilma. Uning asosida bir qancha element (tana) bog‘langan bitta element (ildiz) bo‘ladi. Bu elementlar (tanalar) o‘z navbatida yana bir qancha (shoxlar) bilan bog‘langan va h.k, shu tarzda so‘nggi elementlargacha (yaproqlargacha). Natijada ko‘p pog‘onali daraxt hosil bo‘ladi. Daraxt – bu, bog‘langan yo‘naltirilmagan siklsiz grafdir. |
Daraxtsimon kod | Simvollarni qayta ishlash uzluksiz tarzda, bloklarga ajratmasdan amalga oshiriladigan kod. |
«Darcha» | Displeyning ma’lum jarayonni aks ettiruvchi qismi. |
Dastlabki, boshlang‘ich berilgan | Tanlash elementlaridan biri. Barcha sozlashlar avvaldan kiritilgan boshlang‘ich konfiguratsiyada qo‘llaniladi. Aksariyat hollarda dasturiy ta’minotni o‘rnatishda foydalaniladi. Bunday holatda ishlab chiquvchilar tomonidan eng ommabop tanlov zanjiri shakllantiriladi, bu esa foydalanuvchining sozlash jarayonini amalga oshirmasligiga imkon beradi. |
Dastlabki buzilish | Signal/shovqin nisbatini yaxshilash maqsadida, aloqa kanali bo‘ylab uzatishdan oldin signalning amplitudasi, fazasi, chastotasi yoki shaklini ataylab o‘zgartirish. |
Dastlabki ko‘rib chiqish | Bosib chiqarishga tayyorlangan hujjat yoki tasvirni, uning sahifada joylashishini va/yoki tashqi ko‘rinishini aniqlashtirish maqsadida ko‘rib chiqish. |
Dastlabki ochiq kod | Dasturiy ta’minotni yaratish usuli, bunda yaratilayotgan dasturiy ta’minotning dastlabki kodlari ochiq beriladi, ya’ni dasturiy ta’minotning dastlabki kodi ko‘rish va o‘zgartirishlar uchun ochiqdir. Ushbu imkoniyat barcha xohlovchilar uchun tayyor kodni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatishlari va ochiq dasturlarni yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishlariga yordam beradi. Foydalanuvchining dasturiy ta’minotdan bepul foydalanishga haqqi bor, lekin «ochiq litsenziya» ishlab chiqaruvchini ushbu «ochiq kodli» dasturiy mahsulotning «bepulligini» ta’minlashga majbur qilmaydi. Ammo ko‘pgina samarali «ochiq» dasturiy mahsulotlar loyihasi bepul. |
Dastlabki papka | Dasturga taalluqli papka bo‘lib, unda dasturga tegishli bo‘lgan sozlash fayllari va vaqtinchalik fayllar saqlanadi. |
Dastlabki o‘rnatish | Foydalanuvchi tanloviga ko‘ra yoki boshlang‘ich o‘rnatiladigan parametrlar bilan oxirgi foydalanuvchi kompyuteriga dasturiy ta’minotni o‘rnatish jarayoni. |
Dastlabki o‘zgartirishlar yoki filtrlash | Axborotni siqish uchun emas, balki uni keyinchalik siqish uchun qulay shaklda taqdim etishga xizmat qiladigan usul. Masalan, siqilmagan multimedia ma’lumotlari uchun signal darajasining ohista o‘zgarishi xosdir. Shu sababli delta-o‘zgartirish qo‘llaniladi, ya’ni absolyut qiymat o‘rniga nisbiy qiymat olinadi. Matn, bajariladigan fayllar, ma’lumotlar bazasi va boshqalar uchun filtrlar mavjud. |
Dastur | 1. Elektron hisoblash mashinasida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, operatorlar ketma-ketligi.2. Bajarilishi kerak bo‘lgan hisoblash jarayonining dasturlash tilidagi yoki mashina yo‘riqnomalaridagi tavsifi. Funksional masala hal qilinishini bajaradigan operatorlar, komandalarning tugallangan izchil to‘plami. |
Dastur (eshittirishda) | Radioeshittirish uchun maxsus mo‘ljallangan va tayyorlangan tovushli yoki vizual epizodlar ketma-ketligi.Izoh ‒ Dasturlarni turiga ko‘ra – tovushli, televizion, musiqali, nutqli dasturlar; maqsadiga ko‘ra – yangiliklar, o‘quv, ko‘ngilochar dasturlar; manbaiga ko‘ra – ma’lum uzatuvchi stansiyalar, tashkilotlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladigan ko‘rsatuvlar, yozib olinadigan ko‘rsatuvlar dasturi va boshqa dasturlarlarga tasniflash mumkin. |
Dastur hisoblagichi | Protsessorning, tanlanadigan navbatdagi komanda manzilini yoki dastur keyingi bayti (so‘zi)ni ichiga oladigan ichki registri. |
Dastur qadami | Dasturning bitta elementar operatsiyasini, odatda mashina tilidagi komandani bajarish. Atama ko‘pincha, dasturiy ta’minotni sozlash tizimlarini tavsiflashda ishlatiladi. |
Dastur soatiga havola | 90 kHz chastota davrida hisoblanadigan va transport oqimiga dastur darajasida kiritiladigan 33 bitli son bo‘lib, berilgan dasturni qabul qilishda dekoderni sinxronlash uchun xizmat qiladi. |
Dastur tahlili | Dasturlarni jamoaviy ishlab chiqishda ‒ dastur matnining dasturchilar guruhi tomonidan, uning to‘g‘riligini tekshirish maqsadida tahlil qili-nishi. |
Dastur to‘g‘risidagi axborot fayli | Windows yoki ОS/2 boshqaruvida DОS seansida dasturning ishlash parametrlarini sozlash fayli. |
Dasturdagi operator | Operatsiyani va uning operandlari qiymatlari yoki joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi simvollar jami; dasturning, uning ishlash spetsifikatsiyasini va operandlarning joylashgan o‘rni bo‘lgan bitta yoki bir nechta manzilni ta’minlaydigan alohida elementi. |
Dasturiy-apparat vosita | Asosiy xotiradan alohida faoliyat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan holda (odatda doimiy xotira qurilmasida) saqlanuvchi jami tartibga solingan komandalar va ular bilan bog‘liq maʼlumotlar. |
Dasturiy apparatxona | Televizion dasturni turli manbalardan dastur signallarini ulash yo‘li bilan ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan uskunaga ega apparatxona. |
Dasturiy bog‘liq axborot jadvallari | MPEG-2 da dasturlarning tarkibi hamda ular komponentlarining identifikatorlari to‘g‘risidagi axborotni ichiga oluvchi PAT, PMT, CAT majburiy jadvallari va majburiy bo‘lmagan NIT jadvali. |
Dasturiy bomba | Muayyan sharoitlarda bir yoki bir necha marta ishga tushishi zarur bo‘lgan komandalarni dasturga yashirin o‘rnatish.Izoh – Mantiqiy va vaqt bombalari dasturiy bombaning variantlari hisoblanadi. |
Dasturiy boshqariladigan radiostansiya | Ish rejimi va chastotalarning sozlanishini dasturiy usul bilan o‘zgartiradigan abonent stansiyasi. Dasturlarning ish bilan ta’minlanishi SIM-karta orqali yoki stansiyani radiokanal bo‘yicha qayta dasturlash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. |
Dasturiy hujjat | Dasturiy mahsulot uchun ilova hujjat. Masalan, foydalanuvchi yo‘riqnomasi. |
Dasturiy ilova | Muayyan qo‘llanish sohasida ma’lumotlar qayta ishlanishini amalga oshiradigan dasturlar majmui (xususan, veb muhitdagi veb-ilova). |
Dasturiy interfeys | Tizimda jarayonni abstrakt tavsiflash yoki hisoblash jarayonlarining o‘zaro aloqasi atamalarida: ma’lumotlar formati, ma’lumotlar almashinish protokoli, kichik dasturlarni chaqirish, dasturlash tili, ma’lumotlarni tavsiflash tili yoki ma’lumotlar bilan ishlash, tizimlarning bir-biriga ta’siri. |
Dasturiy kommutator (moslashuvchan) | IP tarmoqda chaqiruvlarni boshqarish funk-siyasini amalga oshiradigan qurilma.Izoh – Dasturiy kommutator IP-tarmoqda trafikka xizmat ko‘rsatishning zarur funksiyalarini bajarishga mo‘ljallangan protokollar to‘plamini quvvatlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. |
Dasturiy mahsulot | Foydalanuvchiga yetkazib berish, uzatish, sotish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar. |
Dasturiy mahsulot sifatini baholash | Sifat ko‘rsatgichlari tanlanishini, bu ko‘rsatgichlarning miqdor qiymatlarini tanlash va aniqlash usullari ishlab chiqilishini, ko‘rsatgichlarning bazaviy qiymatlari belgilanishini, ko‘rsatgichlarning haqiqiy qiymatlarini hisoblash, bazaviy qiymatlarni hisoblangan qiymatlar bilan taqqoslashni ichiga oladigan tadbirlar kompleksi. |
Dasturiy modem | Protsessorga modem funksiyalarini bajarish imkonini beradigan dastur. |
Dasturiy moslik | Kompyuter tizimining boshqa tizim uchun yozilgan dasturiy ta’minotni bajara olish qobiliyati. |
Dasturiy qaroqchilik | Mualliflik asari hisoblanadigan litsenzion dasturiy mahsulotlardan noqonuniy foydalanish, nusxa ko‘chirish yoki tarqatish. |
Dasturiy signal, modulyatsiyalovchi signal | Tovushli yoki televizion dasturlarni ifoda-laydigan, uzatish uchun modulyatsiyalovchi signal sifatida foydalaniladigan elektr signallari. |
(Dasturiy signallarni) mikshirlash | Oxirgi dasturiy signalni olish uchun turli manbalardan dasturiy signallarni kombinatsiyalash. |
Dasturiy so‘raladigan uzib-ulagich | Elektron hisoblash mashinasi pultidagi yoki dastur modellaydigan kalit. Mashina komandalarini boshqarish uchun yoqilgan yoki o‘chirilgan holatga o‘rnatilishi mumkin. |
Dasturiy talqin etish | Kodli optimizator yordamida o‘zgartirilgan shaklda yuklash yo‘li bilan, boshqaruvchi dasturni ruxsat etilmagan o‘zgartirishdan muhofaza qilish usuli. |
Dasturiy ta’minot | 1. Kompyuter ishini boshqaradigan koman-dalar to‘plami.2. Avtomatlashtiriladigan faoliyatni elektron hisoblash mashinalari uchun belgilangan dasturlar bilan ta’minlash, jumladan, vazifa-ning qo‘yilishi, loyihalash, amalga oshirish va keyingi ishlanma, shuningdek, EVM uchun dasturlarning o‘zi.3. Axborotni qayta ishlash tizimi dasturlari va bu dasturlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan dasturiy hujjatlar jami. |
Dasturiy ta’minot tizimi | Kompyuter tizimining tarkibiy qismi bo‘l-gan dasturiy ta’minotga asoslangan tizim (kompyuter uskunasi va dasturiy ta’mino-tining birgalikda ishlashi). |
Dasturiy ta’minot xavfsizligi | Umummaqsadlardagi (bajaruvchi dasturlar, utilitalar yoki dasturiy ta’minotni ishlab chiqish vositalari) hamda amaliy dastur va vositalarning avtomatlashtirilgan tizimda ma’lumotlarning xavfsiz qayta ishlanishini va tizim resurslaridan xavfsiz foydalanishni amalga oshirish xususiyati. |
Dasturiy ta’minotni elektron tarqatish | Dasturlarni kompyuterlarga axborot tarmog‘i orqali yuklash texnologiyasi. |
Dasturiy ta’minotni injeneriyasi ishlab chiqish | Dasturiy ta’minotni tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish usullari. |
Dasturiy ta’minotni standartlash | Davlat hokimiyat organlarida foydalaniladigan elektron hisoblash mashinalari uchun qo‘llaniladigan dasturlarda ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashning asosiy prinsiplari bo‘yicha o‘zaro bog‘langan yechimlar kompleksi. |
Dasturiy ta’minotning kaskad modeli | Ishlab chiqarish sikli bilan taqqoslab qarab chiqiladigan dasturiy ta’minot. |
Dasturiy taʼminot replikatsiyasi | Namunaviy axborot majmuasining dasturiy taʼminotini, uni keyinchalik, yangi soha portali yoki majmui asosida klonlash maqsadida takror ishlab chiqarish. |
Dasturiy taʼminot sifati | Dasturiy taʼminotning afzalliklari va kamchiliklarini belgilaydigan alomatlar, xossalar, fazilatlar majmui. Yaratilayotgan dasturiy taʼminot sifatini baholash miqdoriy usullarni ishlatib amalga oshiriladi. Bu tadbir dasturlash jarayonida amalga oshadi. Bu masalaning dolzarbligi oshishiga munosib ravishda, bozorda yaratilayotgan dasturlarning sifatini aniqlashni taʼminlaydigan dasturlar paydo bo‘ldi. |
Dasturiy taʼminotni moslashtirish | Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi kompyuter uchun mo‘ljallangan dasturning faoliyatini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar kiritish. |
Dasturiy taʼminotni muhofazalash vositalari | Dasturiy vositalarni beruxsat foydalanishdan muhofaza qiluvchi vositalar. |
Dasturiy taʼminotning hayotiy sikli | Kompyuter dasturiy taʼminotini loyihalash boshlangan daqiqadan to uning ishlatilishi to‘xtashigacha o‘tgan vaqt. |
Dasturiy token | Muvaffaqiyatli mualliflashtirishdan keyin foydalanuvchiga servislardan foydalana olish uchun beriladigan kalit. |
Dasturiy uzilish | Operatsion tizimlarda yoki tayanch kiritish/chiqarish tizimida quyi dasturlarga uzilishlarni qayta ishlash boshqaruvini berish uchun, maxsus mashina komandasining bajarilishi keltirib chiqaradigan uzilish. Dasturiy uzilishlardan sozlagichlarda keng foydalaniladi. |
Dasturiy virus, virus | Boshqa dasturlarga o‘zining o‘zgartirilgan nusxalarini qo‘yish yo‘li bilan o‘z-o‘zidan ko‘payadigan, uni o‘zgartiradigan, zararlangan dasturni ochishda amalga oshadigan maxsus ishlab chiqilgan zararli dastur.Izoh – Virus ko‘pincha buzilishlar yoki ishdan chiqishlarga sabab bo‘ladi hamda ba’zi hollarda ma’lum sana boshlanishi bilan aktivlashishi mumkin. |
Dasturiy vosita | Dasturchi tomonidan dasturiy ta’minotni loyihalash, ishlab chiqish yoki boshqa dasturiy ta’minotni sozlashda foydalaniladigan har qanday dastur yoki utilita. |