Header
stringlengths
2
118
Content
stringlengths
10
1.73k
Deytagramma
1. Tarmoq bo‘ylab, aynan bir foydalanuvchiga yo‘llangan axborotning boshqa qismiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan maʼlumotlar paketi.2. Tarmoq bo‘ylab, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan qisqa paketlarga bo‘lingan uzun xabar. Dastlabki xabar qabul qilish tomonda paketlar yig‘ilgandan so‘ng to‘liq tiklanadi. Paketning uzunligi uzatish tezligi va tarmoq xarakteristikalariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Deytagrammali soket
Deytagrammalarni, bog‘lanish o‘rnatilmasdan, ikki tomonlama qabul qilish va uzatish imkonini taʼminlovchi interfeys turi.
Deytagrammali tarmoq
Paketlar kommutatsiyalangan maʼlumotlar uzatish tarmog‘i. Bu tarmoqda har bir deytagramma tayinlangan punktga, tarmoqning yuklanganligiga bog‘liq holda tanlanadigan alohida (mustaqil) yo‘nalish bo‘ylab uzatiladi. Transport sath protokollari turli yo‘nalishda uzatilgan deytagramma-larni tiklaydi. Deytagrammali tarmoqda oldindan ulanish talab etilmaydi, shuning uchun trafikning kechikishi kamroq uchraydi. Bu ayniqsa, kichik hajmdagi axborotni uzatishda qulaylik yaratadi.
Dezinformatsiya
Maʼlumotlarni bitta obyektdan boshqa obyektga biror maqsad bilan uzatishning shunday holatini yuzaga keltiradiki, unda maʼlumot uzatishning amalga oshirilishi bitta obyekt uchun maʼqul bo‘lib, boshqa obyekt uchun maʼqul bo‘lmaydi.
Deshifrator
1. Razryadma razryad kiruvchi ikkilik so‘z (shifr, kod) ni sxemaning 2n chiqish uchlarining birida birlik signalga o‘zgartiruvchi mantiqiy sxema.2. Televideniyeda – kodlangan dasturlarni deshifrlash uchun mo‘ljallangan qurilma; shifrlangan yldoshli/telefon/faksimil signallarini dekodlaydigan qurilma.
Deshifrlash algoritmi
Deshifrlash funksiyasini amalga oshiradigan algoritm.
Diafragma
1. To‘lqin o‘tkazgichdagi, elektr maydonning katta kuchlanishli liniyalari yoki ular bo‘ylab perpendikulyar o‘rnatiladigan va mos ravishda ma’lum turdagi to‘lqinlar susayishida sig‘imli yoki induktiv o‘tkazuvchanlikni hosil qiladigan to‘siq.2. Optik tizimlardagi yorug‘lik oqimining ko‘ndalang kesimini cheklovchi noshaffof to‘siq.
Diagnostik xabar identifikatori
Tizim dasturi tomonidan aniqlangan xatoga javoban beriladigan xabar kodi.
Diagnostika
Apparatura va dasturiy ta’minotdagi uzilishlar va nosozliklarni aniqlash jarayoni.
Diagramma
O‘lchanadigan kattaliklar va ularning nisbatlarini grafik tarzda shartli tasvirlash. Amaliy grafikaning ko‘pgina tizimlarida diagrammalar ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli ko‘rinishda ustunlar va doiralar ko‘rinishida taqdim qilinadi.
Dialekt
Ba’zi bir dasturlash tilining xususiy versiyasi. Masalan, Apple firmasining kompyuterlarida dasturlash uchun BASIC dialektlari mavjud.
Dialog
Foydalanuvchining kompyuter bilan birgalikda ishlash turlaridan biri, bunda foydalanuvchi so‘rovlar kiritadi va ularga javob yoki aniqlashtiruvchi savollar oladi.
Dialogli rejim
Odam va tarmoqdagi kompyuter(lar) bilan yoki kompyuter va periferik qurilma o‘rtasidagi bevosita birgalikda ishlash rejimi, bunda birga ishlaydigan ti-zimlar o‘rtasida aloqa uzilmaydi. Ko‘pincha, interaktiv yoki «on-line» rejimi deb ataladi.
Diapazon
Birorta kattalikning o‘zgarish sohasi. Radiochastota (radioto‘lqin) lar diapazoni – radiochastotalarning butun sohasi shartli ravishda taqsimlangan qismlardir.
Diapazonli antenna
Parametrlari ishchi chastotalar diapazonidagi qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna.
Dielektrik antenna
To‘lqin o‘tkazgich yoki koaksial kabel orqali qo‘zg‘atiladigan yaxlit yoki naychasimon (polistirol, polietilen) dielekrik o‘zak ko‘rinishidagi yuza to‘lqin antennasi.Izoh ‒ Dielektrik antenna, mohiyatiga ko‘ra, yuguruvchi to‘lqin antennasini o‘zida aks ettiradi va asosan antenna panjaralari va uchish apparatlarining radioqurilmalarida qo‘llaniladi.
Dielektrik linza
Elektromagnit to‘lqinlarni fokuslash uchun qo‘llaniladigan dielektrikdan iborat linza.
Dielektrik to‘lqin o‘tkazgich
Dielektrikdan iborat sterjen ko‘rinishidagi yoki dielektrik muhit ichidagi kanal ko‘rinishidagi to‘lqin o‘tkazgich, ular bo‘ylab ular yo‘naltiradigan elektromagnit to‘lqinlar tarqatilishi mumkin.
Dielektrik uzatish liniyasi
Nolinchi bog‘langanlikdagi ochiq uzatish liniyasi.
Dielektrik yo‘qotishlar
Dielektrikda, unga elektr maydon ta’sir etishi tufayli ajraladigan quvvat.
Dielektrik o‘tkazuvchanlik
Moddaning izotrop modda uchun skalyar va anizotrop modda uchun tenzor bo‘lgan dielektrik xususiyatini tavsiflaydigan kattalik, uning elektr maydon kuchlanganligiga bo‘lgan hosilasi elektr siljishiga teng.
Dielektriklar
Qutblanish qobiliyatiga ega bo‘lgan qattiq, suyuq va gazsimon moddalar.
Differensial analizator
Differensial tenglamalarni yechish uchun mo‘ljallangan analog kompyuter (uzluksiz ishlaydigan mashina).
Differensial faza
Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signali fazasining o‘zgarishi.
Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM)
Signal diskretlashdan o‘tadigan, har bir sanoq va oldingi sanoqlar yoki kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligidan olinadigan va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq hisoblanadigan, keyin hisoblangan farq kvantlanadigan jarayon. Olingan kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligi kodlash yo‘li bilan raqamli signalga aylantiriladi.Izoh – Differensial impuls-kodli modulyatsiya differensial kodlash uchun misol bo‘ladi.
Differensial kodlash
Sanoq qiymati va taxminlangan qiymat o‘rtasidagi farqdan foydalanib signalni kodlash usuli.Izoh – Differensial kodlash yo‘li bilan ketma-ket sanoqlar o‘rtasida kuchli korrelyatsiya mavjud bo‘lgan signallarning bitreytini pasaytirishga erishish mumkin, chunki sanoqlar o‘rtasidagi farqni ayni darajadagi aniqlik bilan sanoqlarning o‘zini kvantlashga nisbatan kamroq sondagi kvantlash intervallaridan foydalanib kvantlash mumkin.
Differensial kriptotahlil
Takrorlanuvchi blokli shifrlar uchun qo‘llaniladigan kriptotahlil usuli. Bu kriptotahlil usuli tanlangan ochiq matn bo‘yicha kriptotahlil usuliga asoslanadi va bitta kalitda shifrlangan ikki ochiq matn o‘rtasidagi farqni tahlil qiladi. Mumkin bo‘lgan kalitlarning har biriga uning «to‘g‘riligi» ehtimoli belgilanadi va pirovardida foydalaniladigan kalit hisoblab chiqariladi.
Differensial kuchaytirish
Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signallari ko‘lamining nisbiy o‘zgarishi.
Diffi-Xellman algoritmi
1. Himoyalanmagan aloqa kanalidan foydalanib, ikki tomonga umumiy maxfiy kalitga ega bo‘lish imkonini beradigan ochiq kalitdan foydalanadigan algoritm.2. Kalitlarni ochiq taqsimlash, shuningdek, kalitlarni eksponensial taqsimlash deb nomlanuvchi bir tomonlama ko‘rsatgichli funksiyadan foydalanishga asoslangan algoritm.
Diffuz qaytish
Elektromagnit to‘lqinlarning notekis sirtdan qaytishi, uning qiyshiqligini turli yo‘nalishlar bo‘yicha sodir bo‘ladigan tushuvchi to‘lqin uzunligi bilan solishtirsa bo‘ladi.
Diffuz tarqalish
Metrli va detsimetrli to‘lqinlarni ko‘zga ko‘rinadigan gorizontdan tashqarida, ularning ionosfera va troposferadagi har xil sochilishi bilan asoslangan, tarqalishi.
Difraksion panjara
Spektral asboblarda elektromagnit nurlanishni spektrga fazoviy yoyish uchun ishlatiladigan, bir xil kenglikdagi shtrixlarning muntazam joylashgan ko‘p soni bilan uning sirtiga transparant ko‘rinishida kiritilgan optik element.
Digitayzer
Turli texnik prinsiplarga asoslangan, grafik ma’lu-motlarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladigan qurilma.
Dinamik bog‘liqlik
Bir nechta dastur bilan ajratilgan ma’lumotlarni birlashtirish usuli. Ma’lumotlarning bir dasturda o‘zgarishi, ularning qolgan dasturlarda ham o‘zgarishiga olib keladi.
Dinamik diapazon
Tovush yoki elektr signalining, detsibellarda ifodalangan eng katta dinamik darajasining eng kichigiga bo‘lgan nisbati.
Dinamik fokuslash
Nurning ekran markazidan og‘ishi bilan, lyuminoforda shu nur bilan yorishgan nuqtaning shakli va o‘lchami o‘zgaradi, bu yorqinlikning pasayishiga va ekran chetlariga fokuslashning yomonlashuviga olib keladi; dinamik fokuslashda ishlaydigan elektron linza tizimlari shu effektni tuzatishga xizmat qiladi.
Dinamik joylashtiriladigan biblioteka
Maxsus ravishda Windows da ishlash uchun yozilgan dasturlar-ilovalarda foydalaniladigan ma’lumotlar va funksiyalarni ichiga oladigan fayllar majmui. Ma’lumotlar deganda, piktogrammalar, shriftlar va menyu tushuniladi. DLL bajariladigan dasturga kerak bo‘ladigan funksiyalar va/yoki ma’lumotlar ishga, ishlaydigan dasturga standart kirishdan farqli ravishda, ularga murojaat qilish paytida jalb qilingan paytda, Windows da ishlash usulini ta’minlaydi.
Dinamik kompоnovkalash
Dasturga, bajariladigan dasturdan ularga murojaat qilinishiga qarab, tashqi protseduralarni ulash. Usullardan biri shundan iboratki, kompilyator bunday protseduralarga murojaat qilish joylariga, protsedurani birinchi chaqirishda muayyan dasturiy uzilishni keltirib chiqaradigan kod kiritadi, undan so‘ng, uni qayta ishlash natijasida tezkor xotira qurilmasiga protsedurani yuklash va chaqirish nuqtasida manzilni sozlash amalga oshiriladi.
Dinamik kontrastlash
Maqbul tasavvurga erishish maqsadida har bir kadrning kontrastliligini doimiy sozlaydigan texnologiya. Har bir tasvir sekundiga 25 marta tahlil qilinadi, zarur bo‘lganda, tasvir kontrastliligi tezda sozlanadi.
Dinamik linkovka
Dasturni bajarish vaqtidagi linkovka.
Dinamik ma’lumotlar almashinuvi
Windows muhitidagi dasturlararo birgalikda ishlash protokoli. OLE mexanizmi asta-sekin siqib chiqarmoqda. Uning amal qilishining mohiyati, ikki dastur o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatishdan iborat, natijada bir ilovadagi hujjat yangilanganda, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ilova hujjatlaridagi axborot ham yangilanadi.
Dinamik marshrutlash
Xabarlarni jo‘natish uchun berilgan ikkita tarmoq uzellari o‘rtasidagi yo‘l faqat ushbu xabar jo‘natilgan vaqtda aniqlanadigan marshrutlash usuli.
Dinamik mos kelmaslik
Tasvir mazmuniga bog‘liq holda o‘zgaruvchi videosignal datchigidan asosiy ranglar signallarining mos kelmasligi.
Dinamik tezkor xotira qurilmasi
Zamonaviy kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasi sifatida keng qo‘llaniladigan erkin foydalanish imkoniga ega kompyuter xotirasi turlaridan biri.
Dinamik xotira
Ma’lumotlarning fizik taqdim etilishi o‘zgarib turadigan va ma’lumotlardan turli vaqt onlarida bir xilda foydalanib bo‘lmaydigan xotira qurilmasi; murojaat qilish turli oraliqlar bilan ajratilgan muayyan onlarda mumkin bo‘ladigan xotira.
Dinamik yuklash
Xotiraga quyi dasturni foydalanuvchi dasturidan unga birinchi murojaat qilinganida yuklash.
Dinamik o‘zgaruvchi
Xotira foydalanuvchining aniq komandasi bilan ajratiladigan o‘zgaruvchi; xotira protseduraga (funksiya, usul yoki blokka) kirishda avtomatik ajratiladigan avtomatik o‘zgaruvchiga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Dinamik HTML, DHTML tili
Serverdan sahifani qayta yuklamasdan (ya’ni, aks ettiruvchi sahifalarga interaktivlikni berish uchun), foydalanuvchining harakatiga (masalan, «sichqoncha» harakatiga) HTML-sahifalari reaksiyasini tashkil qilishga imkon beruvchi HTML tilining kengaytirilgan versiyasi. Sahifa, ularni taqdim etish skriptlar yordamida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan obyektlar to‘plami) kabi ko‘rib chiqiladi. Gipermatnni dinamik belgilash tili stillarining kaskadli jadvallarini, hujjatning obyektli modelini, shuningdek, JavaScript, JScript, ECMAScript va VBScript ssenariylari tillarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Dipleks
1. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning turli chastotalarda bitta antenna orqali bir vaqtda ishlashi.2. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning bitta chastotada bitta antenna orqali navbatma-navbat ishlashi.
Diplekser
Ikki signalni bitta liniya orqali bir vaqtda va o‘zaro xalaqitlarsiz uzatish imkonini beruvchi chastotaviy ajratish qurilmasi.
Dipol
1. Uzatgichga, qabul qilgichga yoki bog‘lovchi liniyaga simmetrik qo‘shilgan ikkita bir xil to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichdan iborat simmetrik vibrator.2. Elektromagnit maydon nurlanish nazariyasida dipol sifatida Gers elektromagnit nur tarqatgichi, ya’ni uzunligi nurlanuvchi elektromagnit to‘lqin uzunligidan ancha kichik bo‘lgan simning bir qismi qaraladi.
Dipolga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBd)
Antenna kuchaytirish koeffitsiyentining, yarimto‘lqinli simmetrik vibratorni (dipolni) kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan, detsibellarda ifodalangan nisbati.
Direktiva
Dasturga muayyan ishlarni bajarishni buyuradigan komanda (ko‘rsatma). Dasturlashda ‒ bu assembler yoki kompilyatorga, translyatsiya qilinadigan dasturga boshqa fayllarni shartli translyatsiya qilish yoki kiritish to‘g‘risidagi ko‘rsatma (direktiva)dir.
Direktor
Antennaning yo‘naltirilgan harakati koeffitsiyentini oshirish maqsadida antenna yo‘nalganlik diagrammasining asosiy yaprog‘i tomonidan birlamchi nur tarqatgichga nisbatan joylashgan antennalar ikkilamchi nur tarqatgichlari majmui yoki ikkilamchi nur tarqatgich.
Direktoriy
O‘zaro bog‘langan obyektlar to‘g‘risida saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami. Biroq, ko‘pincha atama tashqi qurilmadagi fayllar katalogini bildiradi. U noldan bir nechtagacha fayllar va boshqa kataloglarni o‘z ichiga oladi. Iyerarxik fayl tizimining boshlang‘ich katalogi asosiy katalog deb ataladi.
Disk
Muayyan fayl tizimi uchun formatlangan va biron-bir harf bilan belgilangan ma’lumotlarni saqlash joyi. Ma’lumotlarni saqlash uchun yumshoq-disk, kompakt-disk, qattiq disk yoki boshqa xil diskdan foydalanish mumkin.
Disk kanali
Ma’lumotlarning diskli to‘plagich bilan kompyuter o‘rtasida tez yuborilishini ta’minlaydigan qurilma.
Disk kesh-xotirasi
O‘qiladigan yoki diskka yoziladigan ma’lumotlarni keshlash uchun foydalaniladigan maxsus tezkor xotira qurilmasi.
Disk kontrolleri
Protsessorning diskli to‘plagich bilan birgalikda ishlashini ta’minlaydigan mikrosxema va/yoki kengaytirish platasi. .
Disk-konusli antenna
Konus cho‘qqisiga yaqin o‘rnatilgan, konus va diskdan iborat antenna; disk va konusning ta’minoti fazaga qarshi amalga oshiriladi.
Disk optimizatori
Tizimning unumdorligini oshirish uchun, diskdagi fayl va kataloglar joylashuvini qayta tartibga soladigan utilita.
Disk sektori
Diskli xotira qurilmalarida axborot saqlashning minimal manzillanadigan birligi. Disk yo‘lkasining bir qismi hisoblanadi. Ko‘pgina qurilmalarda sektorning o‘lchami 512 byteni (masalan, qattiq va egiluvchan disklarda) yoki 2048 byteni (masalan, optik disklarda) tashkil qiladi. Yangi qattiq disklarda kengaytirilgan format sifatida ma’lum bo‘lgan 4096 byte sektor o‘lchamidan foydalaniladi.
Disk serveri
Olisdagi diskovod sifatida ishlaydigan va foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalaniladigan lokal tarmoq uzeli.
Disk sig‘imi
Diskda joylashtirish mumkin bo‘lgan axborotning (baytlardagi) umumiy sig‘imi.
Disklar va flesh-to‘plagichlar (fleshkalar) xususiyatlaridagi atribut
Fayllar va papkalarning, har qanday fayl va papkaga kontekst menyu orqali berish mumkin bo‘lgan, shu orqali uni o‘zgartirish, yo‘q qilish xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan parametri.
Disklardan foydalana olish indikatori
Kompyuterning tizim blokidagi yorug‘lik diodi bo‘lib, diskka yozish yoki undan o‘qish paytida yonadi.
Disklarga murojaat qilish indikatori
Kompyuterning tizim blokidagi, o‘qish yoki yozish paytida yonadigan yorug‘lik diodi.
Disklarni aks ettirish
Ma’lumotlarni, disk massivining alohida diskida (ko‘zgu diskda) ularning qo‘shimcha nusxasini yaratish yo‘li bilan muhofaza qilish. Bunda disklar bitta kiritish-chiqarish kanaliga ulanishi mumkin.
Disklarni defragmentatsiya qiluvchi
Qattiq disklarni defragmentatsiya qilish uchun mo‘ljallangan dastur.
Disklarni duplekslash
Ishlamay qolishlarga chidamli tizimlarda ma’lumotlarni muhofaza qilish mexanizmi. Alohida erkin foydalanish kanallari (kontrollerlari) bo‘lgan ikkita turli qattiq diskka ayni bir ma’lumotni bir vaqtda yozish.
Diskli avtomat
Disklar avtomatik ravishda almashinadigan diskovodni o‘zida ifodalaydigan, robotlashtirilgan avtomat-biblioteka.
Diskli kartrij
Himoya qobig‘i bilan o‘ralgan, olinadigan disk.
Diskli operatsion tizimi
Bir qiymatli, 16-bitli, terminal operatsion tizim. 1981-yilda ishlab chiqilgan. Nisbatan mashhur ko‘rinishlaridan biri MS-DOS dir.
Diskni bo‘lish
Bitta diskni bir nechta mantiqiy disklarga bo‘lish.
Diskni keshlash
Fayl tizimining unumdorligini oshirish uchun foydalaniladigan usul. O‘qish va yozish operatsiyalarini bajarish uchun diskka muntazam murojaat qilishlar o‘rniga, fayllar tezkor xotira keshida saqlanadi. Barcha o‘qish/yozish operatsiyalari xotiraga murojaat qilish tezligi bilan bajariladi, bu diskka murojaat qilishga qaraganda ancha tez.
Diskovod
1. Egiluvchan yoki qattiq diskdan ma’lumotlarni o‘qish/yozish uchun mo‘ljallangan elektromexanik periferik qurilma.2. Berilgan tezlik bilan magnit yoki boshqa turdagi tashuvchini siljitadigan, shuningdek, kerak joyga o‘qiydigan/yozadigan kallaklarni keltiradigan mexanik qurilma.
Diskret
Ramzlar kabi alohida elementlardan iborat bo‘lgan maʼlumotlar yoki aniq ko‘rsatilgan qiymatlarning chekli soniga ega bo‘lgan fizik miqdorlarga, shuningdek, jarayonlar va ushbu maʼlumotlardan foydalanuvchi funksional moslamalarga tegishli taʼrif.
Diskret Furye o‘zgartirishi
Diskret vaqt funksiyasi bilan bo‘luvchi bazis funksiya koeffitsiyentlari to‘plami o‘rtasida o‘zaro bir xil tenglikni ta’minlydigan o‘zgartirish.
Diskret kattalik
Qiymatlari sakrashsimon o‘zgaradigan kattalik. Masalan, elektr zanjirda tok borligini yoki yo‘qligini tavsiflaydigan kattalik diskret kattalik bo‘lib, «ha» yoki «yo‘q» (0 va 1) qiymatlarini olishi mumkin.
Diskret ma’lumotlar
Simvollar yordamida taqdim etilgan ma’lumotlar.
Diskret modellash
O‘rganiladigan jarayon voqealarning diskret ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etiladigan modellash.
Diskretlash
1. Ma’lumotlarning qandaydir manbadan tanlab olinishi.2. Analog kattalik qiymatlarini davriy o‘lchash va ularni raqamli shaklga o‘zgartirgandan so‘ng kompyuterga kiritish.
Diskretsion foydalana olishni boshqarish
1. Nomma-nom ko‘rsatilgan subyektlar va nomma-nom ko‘rsatilgan obyektlar o‘rtasidagi foydalanishni chegaralash.Izoh – Foydalanishning ma’lum huquqiga ega subyekt bu huquqni istalgan boshqa teng huquqli subyektga berishi mumkin.2. Foydalana olishni boshqarish ro‘yxatlari yoki erkin foydalanish matritsasi asosida, subyektlarning obyektlardan foydalana olishini boshqarish.
Diskretsion (tanlab) foydalana olish
Foydalanuvchi, jarayon va/yoki u tegishli bo‘lgan guruhni identifikatsiya qilish va tanishga asoslangan, obyektlardan tizim subyektlarining erkin foydalanishini boshqarish usuli. Ma’lum huquqlarga ega subyekt istalgan obyektga, belgilangan cheklashlardan qat’i nazar, huquqlarni berishni amalga oshirishi mumkin bo‘lganda, boshqaruv saylanma hisoblanadi (foydalana olish – bevosita bo‘lmagan tarzda ham amalga oshirilishi mumkin).
Diskriminator; selektor
Foydali signalni xalaqitlar va shovqinlar bo‘lgan signallar aralashmasidan ajratish qurilmasi.
Disksiz (ishchi) stansiya
Lokal disk xotirasi bo‘lmagan ishchi stansiya yoki shaxsiy kompyuter. Dasturlarni yuklash va fayllar bilan bajariladigan barcha ishlar lokal tarmoq orqali fayl-serverdan amalga oshiriladi.
Dispersion kanal
Vaqtda o‘zgaradigan parametrlar va chastotaselektiv tinishlarga ega aloqa kanali; dispersion kanalda signal davomiyligi bo‘yicha kengayadi va buziladi.
Dispersiya
1. Sochilish.2. Tasodifiy kattalikning uning o‘rtacha qiymatidan o‘rtacha kvadratik og‘ishi.
Dispersiyasiz tola
Tez harakatlanuvchi modalar uzun yo‘l bo‘ylab (qobiqqa yaqin), sekin harakatlanadigan modalar esa, qisqa yo‘l bo‘ylab (o‘zakka yaqin) tarqaladigan tola. Natijada barcha turdagi to‘lqinlar tolaning olis uchiga aynan bir paytda yetib boradi, bu esa, moddiy dispersiya bilan bog‘liq bo‘lgan signal buzilishini bartaraf etish imkonini beradi. Biroq, bunday toladagi jami yo‘qotishlar dispersiyasi siljigan toladagiga qaraganda ancha katta.
Dispetcher
Operatsion tizimning, dasturlarning bajarilishini boshqarish ta’minlanadigan moduli. Tizimda muvofiqlashtirish va boshqaruv rolini bajaradigan dastur.
Dispetcher identifikatori
Dispinterfeys usulini yoki xususiyatini iden-tifikatsiyalaydigan 32-bitli butun sonli atribut.
Dispetcher ustuvorligi
Topshiriqlarga beriladigan va multidastur rejimda, topshiriq markaziy protsessor tomonidan qayta ishlanadigan tartibni aniqlash uchun foydalaniladigan raqam.
Dispetcherning yashirin (latent) aktivligi
Bir jarayonni to‘xtatish va boshqasiga start berishda dispetcher uchun talab qilinadigan vaqt.
Displey
Ma’lumotlarni vizual aks ettirish qurilmasi. Displeydan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun foydalaniladi. Displeyning ishlash prinsiplari turlicha. Shaxsiy kompyuterlarda elektron-nurli trubkalardan foydalanilgan displeylar juda keng tarqalgan. Shuningdek, plazma panellar, suyuq kristallar, yorug‘lik diodlari asosidagi displeylar ham bor. Displeyni kompyuterga ulash uchun tegishli adapter zarur. Displeydan, shuningdek, kompyuterni boshqarish uchun ham foydalaniladi, shu sababli ko‘pincha monitor deb ham ataladi.
Displeyli panel
Plazma yoki suyuq kristall texnologiya asosida qurilgan displey. Asosida suyuq kristall bo‘lgan displey – bu, suyuq kristallar va mikroo‘tkazgichlardan iborat to‘r joylashgan yassi ekrandir. Mikroo‘tkazgichlar kristallarga elektr toki uzatadi, kristallar kuchlanish ostida tasvir hosil qilgan holda, yorisha boshlaydi. Nuqta qadami 0,26-0,3 mm. Maksimal ajrata olish: 1280x1024, 75 Hz.
Distorsiya (buzilish)
Kommunikatsiya tizimining ikki nuqtasi o‘rtasida signalni uzatishda signal shaklining o‘rinsiz o‘zgarishi.
Distributiv
Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan shakldagi dastur mahsuloti. Distributiv diskda, odatda, dasturning o‘zi hamda dasturni qattiq diskka o‘rnatish va uning parametrlarini moslashtirish uchun mo‘ljallangan o‘rnatuvchi bo‘ladi.
Distributiv komplekti
Kompakt-diskda distributiv bilan taqdim etiladigan dasturiy ta’minotning to‘liq to‘plami.
Dixroik kontrreflektor
Antennaning, bir xil chastotalarda aks etadigan va boshqalarda radioshaffofroq bo‘lgan yordamchi ko‘zgusi.
Dizassembler
Mashina kodlarini assembler tiliga o‘zgartiradigan kompyuter dasturi.