Header
stringlengths 2
118
| Content
stringlengths 10
1.73k
|
---|---|
(Elektromagnit nurlanishdan) biologik himoya | Sanitariya normalari bilan belgilangan sathlarga mos keladigan elektromagnit nurlanishlarning qat’iy belgilangan darajalarini ta’minlash. |
Elektromagnit to‘lqinlar dispersiyasi | Elektromagnit to‘lqin fazaviy tezligining chastotaga bog‘liqligi. |
Elektromagnit to‘lqinlarning nurlanishi | Istalgan manbadan chiqayotgan energiyaning elektromagnit to‘lqinlar shaklidagi oqimi. |
Elektromagnit to‘lqinlarning qaytishi | Elektromagnit to‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining ikki muhit chegarasida o‘zgarishi, bunda bo‘linish chegarasiga tushayotgan to‘lqin qisman yoki to‘liq holda o‘zi kelayotgan muhitga qaytadi. |
Elektromagnit xalaqit | Manbai tabiatdagi fizik hodisalar bo‘lgan elektromagnit xalaqit. |
Elektromagnit xalaqitga chidamlilik; xalaqitga chidamlilik | Texnik vositaning, elektromagnit xalaqitlar mavjudligi sharoitida sifatni pasaytirmasdan ishlash qobiliyati. |
Elektromagnit xalaqitlardan himoyalash | Telekommunikatsiya signalini elektromagnit xalaqitlardan himoya qilish maqsadida izolyatsiyalash. |
(Elektromagnit) ta’sirchanlik | Retseptorning elektromagnit xalaqitga ta’sirchanlik qobiliyati. |
Elektromagnit g‘alayonlanish | Qurilma, uskuna yoki tizim xarakteristikalarini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan har qanday elektromagnit hodisa. |
Elektron arxiv | Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi zarur bo‘lgan elektron hujjatlar to‘plami. |
Elektron autsorsing | Boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga biznes-jarayonlar bajarilishini topshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan xizmatlarni taqdim etish. |
Elektron axborot-xizmati hujjati | Elektron raqamli imzo bilan himoyalangan, hisob-kitobni amalga oshirishda va banklarda ochilgan schyotlar (hisob varaqlari) bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishda axborot almashinuvini taʼminlaydigan hujjat. |
Elektron bildirish | Axborot tizimi vositasida jismoniy yoki yuridik shaxsni davlat organi yoki boshqa tashkilotning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan harakatlarini tasdiqlash to‘g‘risida xabardor qilish. |
Elektron biznes | Samaradorligi va raqobatbardoshliligi axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan biznes.Izoh – Elektron biznes sheriklar va buyurtmachilar bilan bo‘ladigan butun o‘zaro munosabatlar tizimini qamrab oladi va faqat tijoriy faoliyatga taalluqli bo‘lgan elektron tijorat tushunchasini ichiga oladi. |
Elektron boshqaruvchi qurilma | Tashqi qurilmalar ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma (mikrosxema). |
Elektron bozor | Yagona axborot-texnologik infratuzilmada o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradigan yetkazib beruvchilar va xaridorlar guruhi. |
Elektron davlat xizmati | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. |
Elektron davlat xizmati reglamenti | Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va unga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat. |
Elektron davlat xizmatini ko‘rsatish natijasi | Talabnoma beruvchilar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishi, shu jumladan, ularga tegishli axborot va hujjatlarning taqdim etilishi. Davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmati ko‘rsatish reglamentiga muvofiq tegishli ishlarni amalga oshirishda ifodalanadi. |
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri | Elektron davlat xizmatlarining to‘liq ro‘yxatini ichiga oladigan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portalida e’lon qilinadigan, davlat xizmatlari, shakllari va blanklari yagona reyestri tarkibida shakllantiriladigan, Internet tarmog‘idagi ochiq va hamma foydalana oladigan axborot resursi. |
Elektron demokratiya | Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishdan tortib xalqaro darajagacha bo‘lgan barcha bosqichlarda jamoaviy fikrlash (kraudsorsing) va ma’muriy jarayonlar (xabardor qilish, birgalikda qarorlar qabul qilish – elektron ovoz berish, qarorlar bajarilishini nazorat qilish) uchun asosiy vosita sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan tavsiflanadigan demokratiya shakli. |
Elektron disk | Tezkor xotira qismidan dasturiy tarzda yaratilgan psevdodiskli to‘plagich. Operatsion tizim u bilan real mavjud bo‘lgan disk bilan ishlagandek ishlaydi. Ma’lumotlardan foydalanishni tezlatish maqsadida fizik mavjud diskdan ma’lumotlarni vaqtinchalik takrorlash uchun foydalaniladi, chunki tezkor xotira diskli xotiraga nisbatan birmuncha tez ishlaydi. Ko‘pincha, virtual disk deb ataladi. |
Elektron (elektr) sinov jadvali | Elektr vositalari yordamida olingan signal hosil qilgan televizion sinov jadvali. |
Elektron e’lonlar taxtasi | Terminal kira olish interfeysi orqali elektron pochtadan foydalanish, kerakli fayllarni ko‘chirib olish va alohida Internet-xizmatlaridan foydalanish tizimi. Uning asosini turli foydalanuvchilar joylashtirgan e’lonlar va ularni boshqa foydalanuvchilarga namoyish qilish maqsadida yuborilgan xabarlardan iborat maxsus ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. |
Elektron hisoblash mashinasi | Elektron asboblari bo‘lgan hisoblash mashinasi. |
Elektron hujjat | 1. Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa elektron hujjat rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.2. Hisoblash tizimi xotirasidagi odamning dasturiy va apparat vositalari yordamida ko‘rishi hamda eshitishi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar to‘plami. Matnli, grafik va ovozli axborotga ega bo‘lishi mumkin. |
Elektron hujjat aylanishi | Axborot tizimi orqali elektron hujjatlarni jo‘natish va olish jarayonlarining majmui. |
Elektron hujjat aylanishi ishtirokchisi | Elektron hujjatni jo‘natuvchi va elektron hujjatni oluvchi.Izoh – Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. |
Elektron hujjat aylanishi tizimi | 1. Elektron hujjatlar bilan ishlash (yaratish, o‘zgartirish, izlash), shuningdek, xodimlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish (hujjatlarni uzatish, topshiriqlar berish, xabarnomalar jo‘natish va b.lar) imkonini beradigan kompyuter dasturi (dasturiy ta‘minot, tizim).2. Elektron hujjatlar bilan ishlash (ya’ni, elektron hujjat aylanishi) ni tashkil qilish va avtomatlashtirishga imkon beradigan tizim (kompyuter dasturi, dasturiy ta’minot va b.lar). |
Elektron hujjat aylanishi vositalari | Elektron hujjat aylanishida qo‘llaniladigan dasturiy, texnik va texnologik vositalar majmui. |
Elektron hujjat egasi | Qonun hujjatlarida belgilangan huquqlar chegarasida elektron hujjatlarga egalik qilish, foydalanish va boshqarishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. |
Elektron hujjat formati | «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonuni yoki tizim ishtirokchilarining kelishuvlari bilan o‘rnatilgan еlektron hujjatning majburiy standartlashtirilgan rekvizitlari. |
Elektron hujjat haqiqiyligini tasdiqlash | Elektron hujjat barcha rekvizitlari o‘zgarmasligini tekshirishning ijobiy natijasi. |
Elektron hujjat rekvizitlari | Elektron hujjatning haqiqiyligini tan olish uchun zarur bo‘lgan majburiy ma’lumotlar (elektron raqamli imzo, yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjat jo‘natuvchisi – jismoniy shaxsning familiyasi, ism-sharifi, elektron hujjat jo‘natuvchisining pochta va elektron manzili, uning yaratilish sanasi). |
Elektron hujjatlar qiymati ekspertizasi | Elektron hujjatlarning, ularni saqlash uchun saralash va ularni saqlash muddatlarini belgilash maqsadida, qiymatini aniqlash. |
Elektron hujjatlar repozitoriyi | Elektron hujjatlar qayta ishlanishini va saqlanishligini ta’minlaydigan, shuningdek, Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etadigan axborot resursi. |
Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi | Elektron hujjatlar bilan ishlash jarayonini avtomatlashtirish tizimi. Hujjatlar arxivini va ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. |
Elektron hujjatni identifikatsiyalash | Elektron hujjatning rekvizitlari asosida uning tuzilmasini aniqlash. |
Elektron hujjatni jo‘natuvchisi | Elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko‘rsatilgan hamda elektron hujjat oluvchisiga elektron hujjatni jo‘natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs. |
Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi | Elektron hujjatning jo‘natuvchisi tomonidan elektron hujjat manzillangan yuridik yoki jismoniy shaxs. |
Elektron hujjatni qayta tiklash | Odamning bevosita idrok qilishi uchun qulay bo‘lgan elektron hujjatni amalga oshirish. |
Elektron hujjatni tuzuvchi | Saqlash uchun kimdir tomonidan yoki kimningdir nomidan elektron hujjatni jo‘natgan yoki tayyorlagan shaxs. |
Elektron hujjatning asl nusxasi | Elektron hujjatning aynan bir xil nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. |
Elektron hujjatning nazorat xarakteristikasi | Xeshlash vositalari yordamida ishlab chiqilgan va elektron hujjatning yaxlitligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan xesh funksiyaning ahamiyati.Izoh – Elektron hujjatning yaxlitligi, unga ruxsat etilmagan o‘zgarishlar kiritilmaganligini va elektron hujjatni qayta ishlashda yoki uni aloqa kanallari bo‘yicha uzatishda mashina tashuvchilaridagi shikastlanishlar va dasturiy-texnik vositalardagi nosozliklar natijasida buzilmaganligini ko‘rsatadi. |
Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi | Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasining tashqi shaklini ifodalashni qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalash yo‘li bilan yaratiladi. Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalanadi va saqlanadi. |
Elektron hukumat | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan, davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni taʼminlashga yo‘naltirilgan, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi. |
Elektron hukumat infratuzilmasi | Elektron shaklda funksiyalarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatishda davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan, joylashtirilgan davlat axborot tizimlari, dasturiy-apparat vositalari va aloqa tarmoqlarining majmui. |
Elektron hukumat yagona identifikatorlari | Har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan hamda ularni elektron hukumatda identifikatsiya-lash imkonini beradigan noyob kodlar. |
Elektron iqtisodiyot | Raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat. |
Elektron ish yuritish | Elektron hujjatlashtirishni va elektron hujjatlar bilan ishlashni qamrab oladigan tashkil qilish faoliyati. |
Elektron jadval | Har xil hisoblash vazifalari uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. Foydalanuvchiga yacheykalarida matnli va sonli ma’lumotlar, shuningdek, formulalar saqlanadigan jadval ko‘rinishida taqdim qilinadi. Qo‘yilgan formulalar bo‘yicha tezkor hisoblash mumkin, ma’lumotlar o‘zgarganda avtomatik qayta hisoblash bajariladi. Elektron jadvallar ‒ boshqarish tizimi bilan birgalikdagi spetsifik ma’lumotlar bazasidir. Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan. |
Elektron jurnal | Kompyuter dasturi yaratadigan, qandaydir voqea yoki operatsiya to‘g‘risidagi axborotni maxsus faylga yozish. |
Elektron kalit | Dasturiy mahsulotlarni noqonuniy ko‘pay-tirish va foydalanishdan muhofaza qilish qurilmasi. Elektron kalit – bu qandaydir parol yozilgan xotirali mikrosxemadan iborat, kichik o‘lchamdagi blokdir. Blok kompyuterning parallel portiga ulanadi, printer yoki boshqa qurilmani ulashga xalaqit bermaydi. Himoyalangan dastur ishga tushirilganda elektron kalitda yozilgan parol tekshiriladi. |
Elektron karmon | Elektron pullarni saqlash va turli to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradigan, ichiga chip o‘rnatilgan smart-karta yoki boshqa elektron tashuvchi.Izoh – Umuman olganda elektron karmon tushunchasi yaqindan ommalashib bormoqda. |
Elektron kitob | Raqamli ko‘rinishdagi, stol, cho‘ntak kompyuterlaridagi, noutbuklardagi, shuningdek, bu maqsad uchun maxsus mo‘ljallangan kompyuterlardagi maxsus dasturiy ta’minot (masalan, Microsoft Reader) yordamida o‘qish uchun mo‘ljallangan kitob. Kitob tegishli tugmalarni bosish orqali varaqlanadi. Matnni kompyuterning yoritiladigan displeyida batareya yoki akkumulyatorning ishlash muddati mobaynida o‘qish mumkin. |
Elektron kommunikatsiya | Qatnashchilarning elektron aloqa kanallari bilan bevosita ifodalangan o‘zaro aloqasi. |
Elektron litsenziyalash portali | Litsenziyalash va ruxsat beradigan protseduralar sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etishning «Litsenziya» axborot tizimlari kompleksi. Bu kompleks elektron ko‘rinishda litsenziyalar va ruxsatnomalar rasmiylashtirilishini avtomatlashtirishdan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. |
Elektron marka | Oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollarga tushirish uchun mo‘ljallangan, qo‘shimcha axborot kiritilgan, pochta aloqasi xizmatlariga to‘lovni tasdiqlovchi shtrixli pochta identifikatori ko‘rinishidagi pochta markasi. |
Elektron maydon | Internet tarmog‘ida joylashtirilgan umumiy foydalanishdagi axborot tizimi. Jumladan, axborot tizimi deganda, ma’lumotlar bazalarida bo‘lgan axborot va uning qayta ishlanishini ta’minlaydigan axborot texnologiyalari hamda texnik vositalar majmui tushuniladi. Elektron maydon:- saytning Internet tarmog‘idagi domen nomi;- ma’lumotlar bazasi;- dasturiy-apparat kompleksi;- aloqa kanali;- texnik ta’minot xizmati kabi beshta elementdan iborat. |
Elektron ma’lumotlar | 1. Elektron vositalar yordamida shakllantiriladigan, qayta ishlanadigan, saqlanadigan, jo‘natiladigan va olinadigan ma’lumotlar.2. Elektron, optik yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki saqlanadigan axborot, shu jumladan ma‘lumotlar bilan elektron almashish, elektron pochta, telegraf, teleks yoki telefaks va b.lar. |
Elektron ma’lumotlar almashinuvi | Axborotni bir kompyuterdan boshqasiga, kelishilgan axborotni tizimlashtirish standartidan foydalanib, elektron uzatish. |
Elektron ma’lumotlarni jo‘natuvchi | Nomiga yoki nomidan elektron ma’lumotlar yuboriladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu ma’lumotlarga nisbatan axborot vositachilari sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. |
Elektron maʼlumotlarni oluvchi | Jo‘natuvchi tomonidan yoki jo‘natuvchi nomidan, elektron maʼlumotlar jo‘natiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu maʼlumotlarga nisbatan axborot vositachisi sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. |
Elektron muhofaza qilish qurilmasi | Kompyuter tarkibidagi qulf, javob bergich va sh.k. funksiyalarni bajaruvchi va dasturni hamda ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma. |
Elektron naqd pullar | Hisob-kitoblar uchun, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalanib amalga oshiriladigan hisob-qitoblar uchun foydalaniladigan, bank yoki boshqa tuzilma tomonidan elektron (raqamli) sertifikatlar shaklida emissiya qilingan, ko‘rsatuvchiga bo‘lgan pul majburiyatlari.Izoh – Elektron naqd pullarning bank kafolatlari, majburiyatni uning emitentiga taqdim etish paytida oddiy pul mablag‘lari bilan taminlashdan iborat. |
Elektron nashr | Internet yoki boshqa onlayn xizmatlar orqali foydalanish mumkin bo‘lgan nashr. |
Elektron-nurli trubka | Tasvirlarni qayta tiklash qurilmasi, unda elektr signal ekranning ichki tomonidagi lyuminaforlarning yorug‘lanishiga sababchi bo‘ladigan elektron nurga aylantiradi. CRT qisqartmasini, shuningdek, Cathode Ray Terminal kabi ham o‘qish mumkin, bu trubkaning o‘ziga emas, balki unga asoslangan qurilmaga mos keladi. |
Elektron-nurli trubka asosidagi displey | Ekranida tasvir elektron-nurli trubka yordamida yaratiladigan displey. Ishlash uchun, displeydan tashqari tegishli adapter yoki karta zarur bo‘ladi. Rangli tasvirni yaratish uchun va grafikadan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun grafik adapter zarur. Elektron-nurli trubka asosidagi displeyda tasvir fluoressensiyalanadigan ekranni elektron nur bilan bombardimon qilish orqali yaratiladi. Nur ekran bo‘ylab chapdan o‘ngga, yuqoridan pastga harakatlanadi, bitta o‘tish ichida barcha gorizontal satrlar shakllantiriladi. Displeyning satr chastotasi – displey 1 s ichida shakllantiradigan satrlar soni; kadrlarning yangilanish chastotasi (kadr chastotasi) muhim ko‘rsatgichlar hisoblanadi. Raqamli boshqariladigan displeylar keng tarqalgan. Yaqin vaqtda displeyli panellarga ommaviy o‘tish kutilmoqda. |
Elektron-optik o‘zgartirgish | Tasvirning spektral tarkibini o‘zgartirish va/yoki tasvir yorqinligini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan fotoelektron elektrovakuum asbob. |
Elektron ovoz berish | Ovoz berishning har xil turlarini belgilay-digan, ham elektron ovoz berish vositalarini (elektron demokratiya), ham ovozlarni sanab chiqishning texnik elektron vositalarini qam-rab oladigan atama. Internet-saylovlar elek-tron ovoz berishning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Elektron ovoz berish texnologiyalari perfokartalarni, optik skanlash tizimlarini va ovoz berish uchun mo‘ljallangan ixtisoslash-tirilgan terminallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu texnologiyalar, shuningdek, saylov byulletenlari va ovozlar telefon, xususiy kompyuter tarmoqlari yoki Internet orqali uzatilishini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Elektron ovoz berish texnologiyasi ovozlarni sanab chiqish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, imkoniyati cheklangan odamlarning ovoz berishini osonlashtirish imkonini beradi. |
Elektron papka | Elektron hujjatlarning o‘zaro bog‘langan to‘plami. |
Elektron pochta | 1. Bir elektron pochta qutisidan boshqa bir elektron pochta qutisiga xabarlar jo‘natish yoki olish imkonini beradigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi.2. Internet tarmog‘ining istalgan abonenti bilan elektron pochta xabarlarini almashinish.3.Tarmoqlar orqali xabarlarning foydalanuvchidan foydalanuvchiga yuborilishini, shuningdek, bu xabarni o‘qish va saqlash imkonini beradigan servis dasturlar tizimi. |
Elektron pochta hisobga olish yozuvi | Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozuv, bunda foydalanuvchi o‘zi haqida elektron pochta tizimiga xabar beradi. |
Elektron pochta Internet-xizmatlari | Xizmatlar isteʼmolchisiga manzilni berish va bu manzilga maʼlumotlar qabul qilish, shuningdek, xizmatlar isteʼmolchisiga yuborilgan yoki uning nomiga kelgan maʼlumotlarni saqlash va jo‘natish bo‘yicha harakat yoki faoliyat. |
Elektron pochta manzili | Elektron pochta xabari yetkazib berilishi kerak bo‘lgan pochta qutisini identifikatsiya qiladigan yozuv. User@domain (masalan, chief@ pcweek.ru) formatiga ega. Ko‘pchilik Internet provayderlari elektron pochta manzili sifatida hisobga olish yozuvini taklif qiladilar. |
Elektron pochta qutisi | Internet tarmog‘i orqali xabarlarni olish yoki jo‘natish uchun noyob raqamdan (elektron pochta manzilidan) foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi. |
Elektron pochta serveri | Ayrim lokal tarmoq kompyuterlari uchun elektron pochtani jo‘natish, qabul qilib olish va «taqsimlash»ni bajaradigan kompyuter va dasturiy ta’minot. |
Elektron pochta xizmati | Elektron pochta serveri tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat, ya’ni mijoz o‘z serverini joriy xizmatga moslaganda u elektron xatlarini shu server orqali uzatish va qabul kilish imkoniga ega bo‘ladi. |
«Elektron pochta» xizmatlari | Istalgan foydalanuvchiga matn yoki matn ko‘rinishiga o‘zgartirilgan ixtiyoriy faylni jo‘natish imkonini beradigan xizmatlar. |
Elektron pullar | 1. Kompyuterda yoki intellektual kartada maxsus yozuvlar ko‘rinishida mavjud bo‘lgan, aniq bir axborot texnologiyasi doirasida kontragentlarning o‘zaro hisob-kitoblari va xaridlar uchun foydalaniladigan pullar.2. Emitentga bo‘lgan talabni o‘zida ifodalaydigan, elektron qurilmada saqlanadigan, chiqariladigan pul qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ olingandan so‘ng emissiya qilinadigan va boshqa korxonalar tomonidan to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan pul qiymati.Izoh – yandexmoney, webmoney, qiwi karmon an’anaviy elektron pullarga kiradi. |
Elektron pullar sohasidagi muassasa | Elektron pullar shaklida to‘lov vositalari chiqaradigan (kredit muassasasiga qaraganda boshqacha) korxona yoki har qanday yuridik shaxs. |
Elektron raqamli imzo | Elektron raqamli imzo yopiq kalitidan foydalangan holda elektron hujjatdagi axborotni maxsus almashtirish natijasida ushbu elektron hujjatda hosil qilingan va elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborot buzib ko‘rsatilmaganligini aniqlash hamda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo. |
Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlash | 1. Elektron raqamli imzo elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron hujjatda axborotni buzib ko‘rsatishlar yo‘qligini tekshirishning ijobiy natijasi.2. Elektron raqamli imzoni tekshirish maʼlumotlarini muayyan shaxs bilan bog‘laydigan va bu shaxsning aynan o‘xshashligini tasdiqlaydigan elektron guvohnoma. |
Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tekshirish | Reglamentlangan harakatlar ketma-ketligi, uning natijasida elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatni va ro‘yxatga olish guvohnomasi egasining ochiq kalitini olgan shaxs, elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlaydi yoki uni rad etadi. |
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati | 1. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat.Izoh – Sertifikat elektron raqamli imzo ochiq kalitidan foydalanish xavfsizligini taʼminlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni ichiga olishi mumkin. Sertifikat elektron hujjat shaklida berilganda, ushbu Markazning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.2. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti imzo kaliti sertifikatining egasiga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat. |
Elektron raqamli imzo kalitlarini qayd etish markazi | Maxsus vakolatli organning davlat ro‘yxatidan o‘tgan va elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. |
Elektron raqamli imzo vositalari | 1. Elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzo haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kaliti yaratilishini taʼminlaydigan texnik va dasturiy vositalarning majmui.2. Kalitlarni tayyorlash, elektron raqamli imzoni ishlab chiqish va/yoki tekshirish funksiyalarini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalar majmui. |
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi | Elektron raqamli imzoni yaratadigan (elektron hujjatni imzolaydigan) va nomiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo sertifikati berilgan jismoniy shaxs. |
Elektron savdo | 1. Internetda elektron hujjat aylanishi orqali amalga oshiriladigan savdo.2. Elektron aloqa vositalaridan, birinchi navbatda, Internet tarmog‘idan foydalangan holda tovarlar, ishlar, xizmatlarni xarid qilish va sotish, foydalanish va elektron kontent huquqlarini o‘z ichiga olgan iqtisodiyot segmenti. |
Elektron servis | Elektron servis iste’molchisiga idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali taqdim etiladigan, reglamentlangan xizmat ko‘rsatish turi. Elektron servisning asosiy turlari:- idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimidan so‘ralgan axborotni olish;- idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimiga axborot uzatish;- idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining ishlashi bo‘yicha axborot-tahliliy hisobotlarni olish. |
Elektron servislar reyestri | Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining, elektron servislar tavsiflari saqlanishini, shuningdek, kerakli servislarni topish uchun bu tavsiflardan foydalanishni ta’minlaydigan kichik tizimi. |
Elektron so‘rov | Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida va ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkaziladigan, yuridik va jismoniy shaxslar so‘rovi. |
Elektron tender maydoni | Foydalanuvchilarga elektron tijoriy faoliyatni amalga oshirish uchun virtual axborot makonini taqdim etadigan ixtisoslashtirilgan Internet-resurs. Amalda birja rolini bajargan, olisdagi qatnashchilar o‘rtasida onlayn rejimida kelishuvlarni olib borishga imkon yaratgan holda, elektron auksion formatida tashkil qilinishi mumkin. |
Elektron tijorat | Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati. |
Elektron tijorat ishtirokchisi | Elektron tijoratni amalga oshiradigan jismoniy va yuridik shaxs, shuningdek, tegishli tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridorlari hisoblanadigan yuridik va jismoniy shaxslar. |
Elektron tijoratni yuritish bo‘yicha xizmatlar sifatining kafolati | Xizmatlardan foydalana olishlik, korporativ maʼlumotlarning muhofaza qilinishi, biznes-jarayonlarni taʼminlashning yuqori sifati va biznesni yuritish ochiqligini taʼminlashning yuridik amaliyotiga rioya qilinishining kafolati. |
Elektron to‘lov | Qonunchilikka va o‘rnatilgan protseduralarga muvofiq, elektron to‘lov hujjati yordamida o‘tkaziladigan to‘lov. |
Elektron to‘lov hujjati | Belgilangan shaklda birlamchi pul-hisob-kitob hujjati asosida yaratilgan, tashabbuskor bank va bank mijozining «Elektron» belgisi bo‘lgan noyob elektron raqamli imzo bilan himoyalangan to‘lov hujjati, uning aniq nusxasi hisoblanadi va elektron raqamli imzoni hamda rasmiylashtirishning to‘g‘riligini tekshirish ijobiy natija bergan sharoitda, asl nusxaning yuridik kuchiga ega bo‘ladi. |
Elektron to‘lov hujjatini qayta ishlash | Elektron to‘lov hujjati operatsiyalari – to‘plash, kiritish, yozish, o‘zgartirish, solishtirib tekshirish, saqlash, yo‘q qilish, qayd etishlarning butun jami. |
Elektron to‘lov tizimi | Texnik vositalardan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlarining xizmatlaridan foydalanib, elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish. |