Header
stringlengths 2
118
| Content
stringlengths 10
1.73k
|
---|---|
Fatal xato | Apparatura, operatsion tizim yoki ilova xatosi. Ilovaning bajarilish yoki butun tizimning bundan keyin ishlash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. |
Fayl | Kompyuter tizimida umumiy nom bilan saqlanadigan yozuvlar yoki boshqa maʼlumotlar majmui. Barcha fayllar majmui ikkita katta turkumga bo‘linadi – dastur fayllari (bajariladigan fayllar) va ma’lumotlar fayllari (bajarilmaydigan fayllar). Saqlanadigan ma’lumotlarning turiga ko‘ra, fayllar matn, grafik, ikkili, komanda, ma’lumotlar bazasi fayllari, video va audiofayllarga bo‘linadi. |
Fayl atributi | Fayl tizimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, fayllar bilan ishlashni tartibga solish imkonini beradigan belgi. Turli operatsion tizimlarda fayllar turli atributlar to‘plamiga ega bo‘ladi. |
Fayl egasi | Fayl yoki katalogni yaratuvchi (jismoniy) shaxs. |
Fayl formati | Ma’lumotlarni faylda saqlash tuzilmasi. Standart formatlar, xususan, grafik fayllar formatlarining to‘plami mavjud. Fayl formatini odatda fayl nomi kengaytmasi ko‘rsatadi. |
Fayl nomi | Elektron, magnit yoki optik tashuvchida saqlanganda, faylga beriladigan nom. Fayllar nomlarini yozish qoidalari foydalaniladigan operatsion tizimga bog‘liq. |
Fayl nomi andozasi | Fayl nomining namunasi. * turidagi simvol, fayl nomi shablonida bitta shablonning fayllar guruhini qidirib topish uchun xizmat qiladi. |
Fayl nomini kengaytirish | Ajratgich nuqtadan keyin faylning turi yoki uning formatini identifikatsiya qiladigan faylning nomi joylashadigan, muayyan simvollar to‘plami. Masalan, «.txt» ‒ matnli fayl, «.bmp» ‒ fayl-rasm, «.gif», «.jpg» ‒ ham fayl-rasm, lekin ular boshqa formatda. |
Fayl «qurtlari» | Kompyuter tarmog‘i uzellari bo‘ylab ko‘payadigan kompyuter viruslari turlaridan biri. Zararli dasturni o‘z ichiga oladi. Bu viruslar, foydalanuvchi uni ishga tushirib yuboradi degan umidda, uning eʼtiborini tortadigan nomlar ostida (masalan, Game.exe, install.exe va b.lar) o‘zining nusxalarini yaratadi. |
Fayl sarlavhasi | Faylning boshlang‘ich qismi, unda uning atributlari saqlanadi. |
Fayl serveri | 1. Diskli to‘plagichlari bo‘lgan, tarmoqqa ulangan va tarmoq foydalanuvchilari uchun, unda saqlanadigan ma’lumotlar va ilovalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan markaziy kompyuter.2. Barcha tarmoq xizmatlarining manbai – elektron pochta bo‘ylab (orqali) abonentlarning so‘rovlarini oladigan, agar talab etilsa, ayni shu yo‘l bilan, ularning bajarilish natijalarini qaytaradigan maxsus dastur. Dasturlar, ma’lumotlar va boshqa axborot bo‘lgan, doimiy ravishda to‘ldirilib boriladigan katta arxivni o‘zida ifodalaydi. Asosiy funksiyasi elektron pochta vositalari orqli axborot taqdim etish. |
Fayl taqsimoti | Ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda bitta fayldan bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchining foydalanish imkoniyati. Atribut faylga tizim administratori tomonidan beriladi. |
Fayl tizimi | 1. Operatsion tizimning bir qismi bo‘lib, diskdagi katalog va fayllar boshqarilishini ta’minlaydi.2. Operatsion tizimda fayllarni nomlash, saqlash va joylashni belgilovchi umumiy tuzilma. NTFS, FAT va FAT32 tizimlari fayl tizimlarining har xil turlari bo‘lib hisoblanadi. |
Fayl turi | Fayl mazmuni yoki hajmini tavsiflash. Fayl turli fayl nomidan keyin uning kengaytmasi sifatida yoziladi. |
Fayl viruslari | O‘z kodini dastur fayliga yoki makrokomandalar bo‘lgan hujjatga yozadigan viruslar. Dasturni ishga tushirishda (yoki hujjatni tahrir qilish uchun yuklashda) viruslar boshqaruvga ega bo‘ladi.Izoh – Zararlash usuliga ko‘ra, fayl viruslari qayta yozadigan, parazit, zveno viruslar, qurt viruslar, kompanon viruslarga, shuningdek, dasturlarning dastlabki matnini va dasturiy ta’minot komponentlarini zararlovchi viruslarga ajratiladi. |
Fayl o‘zgartirilgan sana va vaqt | Fayl ko‘rsatgichidagi sarlavhada, uni yaratish yoki oxirgi o‘zgartirish sanasi hamda vaqtini avtomatik tarzda qayd etish. |
Faylga kira olish | Faylni ko‘rib chiqish, o‘zgartirish, almashtirish yoki o‘chirib tashlash, shuningdek, uning atributlarini ko‘rib chiqish va ularni manipulyatsiya qilish. |
Faylga chop etish | Ma’lumotlarni (tasvir va sh.k.) qog‘ozga emas, balki faylga chop etish imkoniyati. |
Fayllar dispetcheri | Windows3x da fayllar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan tizim dasturi. |
Fayllar joylashishining kengaytirilgan jadvali | Asosan, flesh-to‘plagichlar uchun mo‘ljallangan propriyetar fayl tizimi. Birinchi marta Microsoft firmasi tomonidan Windows Embedded CE 6.0.da o‘rnatilgan qurilmalar uchun taqdim etilgan. |
Fayllar joylashishining virtual jadvali, virtual FAT | Windows 95 da qo‘llanuvchi fayl tizimi. Birinchi marotaba Windows for Workgroups 3.11 uchun paydo bo‘lgan. Faylga oxirgi murojaat vaqtini saqlab qolish va uzun (255 simvolgacha) fayl nomlarini ishlatish imkonini beradi. |
Fayllar katalogi | Disk xotirasini fayllar va boshqa kataloglar saqlanishi mumkin bo‘lgan qismlarga mantiqiy bo‘lish. Kataloglar majmui o‘zak katalogli kataloglar daraxtini hosil qiladi. Har bir katalogda boshqa kataloglar va fayllar bo‘lishi mumkin. Har bir katalog foydalanuvchi tomonidan beriladigan nomga ega; o‘zak katalog diskli operatsion tizimda «/» (teskari slesh) standart nomga ega. Disk egasining o‘zi kataloglar daraxtini tuzishi mumkin, xususan, bu faqat, barcha fayllarni ichiga oladigan o‘zak katalog bo‘lishi mumkin. |
Fayllarni ajratgich | Joylashtirilgan papkalarni bir-biridan farqlash uchun bo‘luvchi sifatida ishlatiladigan simvol. Zamonaviy operatsion tizimlarida odatda ortga teskari egri chiziqcha ishlatiladi. |
Fayllarni almashish dasturi | Foydalanuvchilarga PtP protokoli orqali ma’lumotlarni almashish imkonini beradigan dastur. Bunda fayllar markazlashgan serverda emas, balki tarmoqdagi foydalanuvchilar kompyuterida saqlanadi. |
Fayllarni boshqarish | Faylni yaratish, saqlash, o‘zgartirish va o‘chirishdan iborat barcha protseduralar. Fayllarni boshqarish operatsion tizim vositalari, shuningdek, maxsus dasturlar – fayl menejerlari yordamida ham olib boriladi. |
Fayllarni havola bilan joylashtirish | Har bir fayl diskli bloklarning bog‘langan ro‘yxati ko‘rinishida taqdim etiladigan joylashtirish usuli. |
Fayllarni joylashtirish jadvali | MS-DOS va Windows oilasidagi boshqa operatsion tizimlarda fayllarni tartibga solish va boshqarish uchun qo‘llaniladigan fayllar tizimi. FAT o‘zida FAT yoki FAT32 uchun tomlarni formatlashda Windows da tuziladigan ma’lumotlar tuzilmasini ifodalaydi. Windows jadvalda fayllarning joylashishi, har bir fayl to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydi va kerakli faylni olish zarurati tug‘ilganda, joriy jadvaldan foydalaniladi. |
Fayllarni qo‘shish | Ikki yoki undan ortiq fayl ichidagini birlash-tirish operatsiyasi. |
Fayllarni sinxronlash | 1. Aloqa buzilganda fayllarni jo‘natish texnologiyasi. Aloqa tiklangandan so‘ng, faylning qanday qismi buzilishlarsiz qabul qilinganligi aniqlanadi va qolgan qismlarning jo‘natilishi amalga oshiriladi.2. Fayl nusxalarini, o‘zgartirishlar kiritilganda, originalga mos keltirish. |
Fayllarni uzatish | Tarmoq muhitida, bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga fayllardan nusxa ko‘chirish. |
Fayllarni uzatish protokoli | IP-protokollari to‘plamiga kiradigan, TCP/IP tarmog‘i orqali ikkita turli xildagi mashinalar orqali fayllarni izlash va jo‘natishni ta’minlovchi mijoz-server protokoli. Internetda FTP-serverlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. |
Fayllarni uzatish protokolining demoni | FTP-server funksiyalarini bajaruvchi Linux-dastur. Qoidaga ko‘ra, avtonom rejimda ishlaydi hamda kompyuterning 21- va 22-portiga manzillangan so‘rovlarni qabul qiladi. |
Fayllarni uzatish va ularga kira olishni boshqarish | Turli xil abonent tizimlari fayllarini bir xil shaklda boshqarishni ta’minlaydigan tarmoq xizmati. U ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi bir amaliy jarayonni, boshqa bir uning fayllari bilan ishlovchi amaliy jarayon bilan o‘zaro aloqasini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan. |
Fayllarning asosiy jadvali | NTFS fayl tizimi tomning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydigan relyatsion ma’lumotlar bazasi. |
Fayllarning indekslangan joylashishi | Joylashtirish usuli, bunda fayl bloklari uchun barcha ko‘rsatgichlar indeks blokiga birga to‘planadi. Fayl ma’lumotlari blokiga tayanadigan indeks jadvallardan foydlaniladi. |
Fayllarning yaxlitligini aniqlash | Tizimdagi juda muhim fayllarning o‘zgarishini tekshiradigan dasturiy ta’minot. |
Fayllarning yonma-yon joylashishi | Har bir fayl diskda yonma-yon bloklar to‘plamini egallaydigan joylashtirish usuli. |
Faylli obyekt | Fayl, qurilma, katalog, tom va sh.k. amalga oshirish kabi foydalanuvchi holatidagi ko‘rinadigan obyekt. |
Faylni aniqlovchi | Dastur fayl, dialog shakli, shuningdek, qurilma va oyna kabi obyektlarni identifikatsiya qilish va ulardan foydalana olish imkoniga ega bo‘lishida qo‘llaniladigan ixtiyoriy belgi. |
Faylni arxivlash | Ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash maqsadida, bir tashuvchidan boshqasiga faylning nusxasini ko‘chirish. |
Faylni blokirovkalash | Ko‘p vazifali tarmoq operatsion tizimlarida – ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish usuli. Ikki dasturga bir vaqtda fayl ichidagini o‘zgartirish imkonini bermaydi: faylga yozish amali bajarilayotganda, undan boshqa dasturlardan yozish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. |
Faylni boshqarish bloki | Operatsion tizim muayyan faylni kiritish-chiqarish operatsiyalarini boshqaradigan tizim jadvali. |
Faylni fragmentlash | Berilgan faylni yozish uchun ajratilgan klasterlarni ketma-ket emas, balki qattiq yoki egiluvchan diskning turli joylarida (bo‘laklab) joylashtirish. Bunday vaziyat, ishlash jarayonida bo‘sh disk xotirasi puliga, diskdan chiqarib tashlangan klasterlar qaytganda yuzaga keladi. Fayllarning uzunligi turlicha bo‘lgani sababli, bo‘sh klasterlarning uzluksiz zanjiri yangi faylni yozish uchun yetmay qolishi mumkin, shunda u turli joylarda yoziladi. Fragmentlash sektorlarini izlash va ko‘p sonli disk kallaklarini joylashtirish operatsiyalari sababli, diskdan faylni o‘qish tezligini kamaytiradi. |
Faylni konvertasiyalash | Fayl ichidagi ma’lumotni, ma’lumotlarni saqlashning bir formatidan boshqa formatga o‘tkazish. |
Faylni ko‘chirish (ko‘chirib o‘tkazish) | Ma’lumotni disk fazosining boshqa joyiga yoki vositaga ko‘chirish. Bunda ma’lumot oldingi joyidan o‘chiriladi. |
Faylni muhofaza qilish | Faylga ruxsatsiz kirish, uni o‘zgartirish yoki o‘chirishning oldini olish maqsadida tegishli ma’muriy, texnik yoki fizik chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Faylni nusxalash | Axborotni takrorlash va uni hujjatning boshqa qismida, boshqa faylda, xotiraning boshqa sohasiga yoki boshqa muhitga qaytadan tiklash. |
Faylni ochish | Asosiy xotiraga uning sarlavhasini va kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarishdan oldin bitta yoki bir nechta qo‘shni blokni qo‘shish. |
Faylni qayta nomlash | Faylga yangi nom berish. |
Faylni saqlash | Yangi yaratilgan yoki o‘zgartirishlar kiritilgan faylni hotirada saqlash bilan bog‘liq harakat. |
Faylni siqish | Fayl yoki papkadan ortiqcha ma’lumotlarni chiqarib tashlash jarayoni. Fayllar va papkalar siqilganda, ularning hajmi kichrayadi. |
Faylni tiklash | Xatoliklar aniqlangandan so‘ng, faylning yaxlitligini tiklash jarayoni. |
Faylni yopmoq | Dasturning fayl bilan ishlashini tugallash operatsiyasi. Bu operatsiyani bajarishda fayl bilan bog‘langan barcha buferlar tashlab yuboriladi va amalga oshirilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborot diskka kiritiladi. |
Faylning mansubligi | Ko‘p foydalaniladigan operatsion tizimlarda ‒ fayl yaratadigan foydalanuvchining nomini ko‘rsatadigan atribut. |
Faylning yaratilish sanasi | Ma’lum bir fayl yaratilgan kun, oy, yil. Bu sana fayl sarlavhasida saqlanadi, faylni to‘g‘rilashda joriy sanaga o‘zgartiriladi. Faylning yaratilish sanasini istalgan operatsion tizimda yoki qobiqda ko‘rish mumkin. |
Faystel muvozanatlangan tarmog‘i | Doimiy va o‘zgaradigan qismlari bir xil hajmga ega bo‘lgan tarmoq. |
Faza | Tebranma yoki to‘lqinli jarayonni tavsiflaydigan funksiyaning davriy o‘zgaradigan argumenti. |
Faza buzilishlari | Qandaydir qurilmaning, masalan, keng polosali kuchaytirgich kirishi va chiqishidagi signalning ayrim tashkil etuvchilari o‘rtasidagi fazaviy nisbatning buzilishi. |
Faza bo‘yicha orqada qolish | Chiqish signalining fazasi bo‘yicha kiruvchi taʼsirga yoki tayanch tebranishga nisbatan kechikish. |
Faza-chastota xarakteristikasi (tasvir uzatgich) | Tasvir uzatgichi chiqishidagi og‘ib o‘tuvchi tebranishlar fazasining kirishdagi videochastota o‘zgarib borgan sari, chiquvchi uchlardagi signalga bog‘liqligini aks ettiruvchi egri chiziq. |
Fazalangan antenna panjarasi | Nurlanish yo‘nalishi va/yoki tegishli yo‘nalganlik diagrammasining shakli nurlantiruvchi elementlardagi qo‘zg‘atish toklari yoki maydonlarining amplituda-fazaviy taqsimlanshi o‘zgarishi bilan tartibga solinadigan antenna panjarasi. |
Fazalangan antenna panjarasining moduli | Nurlantiruvchi element yoki nurlantiruvchi elementlarning guruhi va/yoki uning funksional elementlari konstruktiv birlashgan antenna panjarasining qismi hisoblanadigan qurilma. |
Fazalash | Biri odatda, etalon signal bo‘lgan ikkita signal o‘rtasida faza siljishini rostlash. Fazalar farqi nolga keltirilgan bo‘lsa, «fazalash» atamasi o‘rniga «sinxronlash» atamasi ishlatiladi. |
Fazaning oʻzgarish koeffitsiyenti | Tarqalish koeffitsiyentining mavhum qismi. |
Fazaviy skanlanadigan antenna panjarasi | Nurning elektr skanlanishi uning nurlantiruvchi elementlariga uzatiladigan radiosignallar fazasining o‘zgarishi bilan amalga oshiriladigan antenna panjarasi. |
Fazaviy yo‘nalganlik diagrammasi | Antennaning asosiy qutblanish maydoni fazasining bog‘liqligini aks ettiradigan antenna yo‘nalganlik diagrammasi. |
Fazoviy kommutatsiya | Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi, kommutatsiya tarmog‘i fazoviy hamda vaqt kanallarini, ularning vaqt bo‘yicha o‘rinlarini o‘zgartirmas-dan bog‘lash orqali amalga oshiriladigan kommutatsiya. |
Fazoviy tarqoq qabul | Radiostansiyadagi bir-biridan tegishli masofalarda joylashgan bir nechta antenna va ular bilan bog‘liq qabul qilgichlar ishlatiladigan tarqoq qabul.Izoh – Odatda, to‘g‘ri ko‘rinishdagi radioreleli tizimlar uchun, troposferali radioreleli tizimlarda gorizontal bo‘yicha tarqoqlik ishlatilgan bir paytda, vertikal bo‘yicha tarqoqlik ishlatiladi. |
Fazoviy to‘lqin (ionosferali to‘lqin) | Ionosferadan bir martali yoki ko‘p martali qaytish natijasida sodir bo‘ladigan va joyning katta burchaklari ostida qabul qilish nuqtasiga keladigan radioto‘lqin. |
Fazoviy yoyish | Tinishlarga qarshi kurash usuli, bunda tarqoq signallarni qabul qilish/uzatish bir nechta antenna yordamida amalga oshiriladi. |
Fazoviy chastota | Signal parametrining (masalan, uzunligining) fazoviy koordinata bo‘ylab davriy o‘zgarish xarakteristikasi. |
Femtouya | Qoplash zonasi kichik bo‘lgan, xonalarda uyali aloqa bilan qoplanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan uya. |
Ferrit antenna | Ferrit sterjen ko‘rinishidagi o‘zagi bo‘lgan magnit antenna. |
Ferroelektron tezkor xotira qurilmasi | NEC korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan yarimo‘tkazgichli xotira qurilmasi. |
Fexner qonuni | Hissiy sezish intensivligi qo‘zg‘alish intensivligi logarifmiga proporsional. Tajribada logarifmik munosabat saqlab turilmaydi, biroq, his qilish kamayishining umumiy prinsipi barcha hissiy taassurotni ifodalaydi. |
Fider | Elektr zanjiri va radiochastota signalining energiyasini radiouzatgichdan antennaga yoki antennadan radioqabulqilgichga yetkazadigan yordamchi qurilmalar (ulagichlar, ventillar, faza aylantirgichlar). |
Fikr | Rost yoki yolg‘on ekanligini deyarli har doim tasdiqlash mumkin bo‘lgan mantiqiy ifoda. |
Fiksatsiya impulsi | Videosignalning qayd etilishi kerak bo‘lgan qismini aniqlashda foydalaniladigan impuls. |
Filtr | Kiruvchi ma’lumotlarni standart kiritishdan oladigan, ularni aniq bir tartib bo‘yicha qayta ishlaydigan va standart chiqarishga yo‘naltiradigan dastur. Indekslash xizmatida – hujjatlarni indekslash uchun ulardan mazmuni, xossalari qiymatini ajratib oladigan dasturiy vosita. |
Filtr-dasturlar | Kompyuterning tezkor xotirasida rezident tarzda joylashgan va operatsion tizimga qilin-gan, viruslar ko‘payish va zarar yetkazish uchun foydalanadigan murojaatlarni tutib oladigan, shuningdek, ular to‘g‘risida foydalanuvchiga xabar beradigan dasturlar. |
Filtr-diplekser | Yon polosani bostirish filtri va juda yuqori chastota ajratish filtri funksiyalari birlashti-rilgan qurilma. |
Filtrlar bloki | Har biriga tegishli filtrlarning o‘tkazish polosasiga to‘g‘ri keladigan signal qismi tushuvchi, umumiy kirish hamda alohida chiqishga ega bo‘lgan polosali filtrlar guruhi. |
Firibgarlik | 1. Efir vaqti uchun tegishli to‘lovlarsiz, masalan, yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish yo‘li bilan mobil aloqaning tarmog‘i resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq har qanday noqonuniy harakat.2. Foyda olish maqsadida lozim darajadagi to‘lovlarsiz telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday noqonuniy ataylab qilingan harakatlar. |
Firibgarlik orqali foydalana olish | Uyali apparatlarning seriya raqamlarini qayta dasturlash yo‘li bilan uyali aloqa xizmatlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish. |
Firibgarlikni aniqlaydigan tizim | Ma’lumotlar bazasini tahlil qilish asosida telefon chaqiruvlarini (CDR) batafsil ro‘yxatga olish, firibgarlik holatlarini aniqlash imkonini beruvchi dastur. |
Fishing | 1. Maqsadi foydalanuvchilarning konfidensial ma’lumotlari – loginlari va parollariga kirish hisoblanadigan Internet-firibgarlik turi.Izoh – Bunga mashhur brendlar nomidan elektron xatlarni ommaviy yuborish orqali, shuningdek, turli servislarning ichida shaxsiy xabarlar orqali erishiladi, masalan, bank nomidan yoki sotsial tarmoq ichida.2. Ijtimoiy muhandislikning turli ko‘rinishlaridan biri, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan: xususan, ko‘pchilik oddiy faktni bilmaydi: servislar o‘zining hisob ma’lumotlari, parol yoki boshqa xabarlarni berish to‘g‘risidagi xatlarni jo‘natmaydi. |
Fizik blok | Tashuvchida yozilgan ajralmaydigan ma’lumotlar bloki. Magnit disklarda u sektor deb ataladi. |
Fizik daraja | Ma’lumotlar bitlarini uzatish uchun aktiv-lashtirish va fizik ulanish usulini ta’minlaydigan OSI modelining quyi (birinchi) sathi. |
Fizik foydalana olishni boshqarish | Foydalana olishning boshqarilishini ta’minlaydigan fizik mexanizmlardan foydalanish.Izoh – Kompyuterni qulflanadigan xonada saqlash foydalana olishni fizik boshqarishga misol bo‘lib hisoblanadi. |
Fizik kanal | Abonentlar o‘rtasida axborot almashinuvi amalga oshiriladigan bog‘lovchi liniya. Eltuvchi chastota, o‘tkazish polosasi, modulyatsiyalash va kodlash, kanal intervali kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. |
Fizik manzil | Xotiradagi xotirani boshqarish qurilmasini «ko‘radigan» va «tushunadigan» aniq manzil. |
Fizik tahdid | Shunday tahdidki, uning amalga oshirilishi oqibatida, butun tizimga fizik zarar yetkaziladi. |
Fizik zanjir | Telekommunikatsiyalar signallarini uzatish uchun yo‘naltiruvchi muhit hosil qiladigan metall simlar yoki optik tolalar. |
Flesh-xotira | Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yarimo‘tkazgichli xotiraning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan turi. Flesh-xotira elektr usul bilan o‘chirilishi mumkin, bu uni kompyuterdan olmay turib qayta dasturlash imkonini beradi. Xotiraning bu turi alohida baytlar bilan emas, balki faqat bloklar bilan o‘chirib bo‘lishligi sababli, tezkor xotira qurilmasining asosiy komponenti sifatida yaroqsiz, biroq, flesh-xotiradan ko‘pincha RS-kartalarda, modemlarda va boshqa qurilmalarda, shuningdek, portativ kompyuterlarda qo‘shimcha xotira sifatida foydalaniladi. |
Flops | Kompyuter tezligining o‘lchov birligi; protsessor sekundiga bajaradigan siljiydigan nuqta (vergul) li operatsiyalar sonini bildiradi. |
Floptik disk | Egiluvchan optik diskka yozish texnologiyasi. Disk sirtini belgilash va o‘qish/yozish kallagini joylashtirish lazer yordamida amalga oshiriladi, axborotni yozishning o‘zi magnitli hisoblanadi. LS-120 diskovodlarida foydalaniladi. |
Flud (toshqin) | Keraksiz axborotlar oqimi. |
Fluktuatsion televizion xalaqitlar | Televizion tasvirda miltillaydigan, xaotik harakatlanadigan mayda nuqta va shtrixlar ko‘rinishida aks etadigan, uzluksiz spektrga ega xalaqitlar. |
Fluktuatsion xalaqitning vazniy funksiyasi | Televizion tasvirdagi fluktuatsion xalaqit ko‘rinarliligi-ning uning chastotasiga bog‘liqligi. |
Fokus | Ekrandagi piksel yoki piksellarning o‘ta ravshanligi. Dog‘ o‘lchami sifatida o‘lchanadi. |