Header
stringlengths 2
118
| Content
stringlengths 10
1.73k
|
---|---|
Fon bo‘limi | Xotiraning, fonli dasturlar yuklanadigan sohasi (bo‘limi). |
Fon jarayoni | Asosiy harakatlar bilan bir vaqtda bajariladigan jarayon. |
Fon operatsiyalari | Dasturni bajarishda amalga oshiriladigan ikkilamchi jarayon. Masalan, matn redaktori ma’lumotlarni printerga, dasturdan tahrir qilish uchun foydalanilayotgan paytda yuborishi mumkin. Fon operatsiyalari uzilishlardan foydalanish hisobiga ishlashi mumkin. |
Fon rejimidagi dastur | Fon rejimida ishlaydigan dastur. Ayrim eskirgan tizimlarda bu vazifa protsessor asosiy vazifa bilan band bo‘lmagan vaqtda bajariladigan quyi ustuvorlikdagi vazifa hisoblanadi. |
Fonli ishlash rejimi | Obyektlar chiziladigan yoki ekranga chiqariladigan maydon (rang). Ba’zida aktiv oynadan tashqaridagi ekranning qismi shunday ataladi. Windows foydalanuvchisining grafik interfeysida qo‘llaniladigan fonli tasvir. |
Fonli tasvir | Grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari (printer, displey, proektor va h.k.) da taqdim etish shakli. |
Fonohujjat | Ovoz yozishning istalgan tizimida qayd etilgan ovozli axborotga ega hujjat. |
Forjin | Komission yig‘imlar va yangi birliklar shaklida mukofot olish imkoniyati bo‘lgan holda, egalik ulushini tasdiqlash asosida, blokcheynda turli kriptovalyutalarda yangi bloklar yaratish. |
Fork | Dasturiy loyihaning kodli bazasidan boshqasi uchun boshlanish sifatida foydalanish.Izoh – Bunda asosiy loyiha mavjudlikda davom etishi uchun ham, uni to‘xtatish ham mumkin. Tarmoqlangan loyiha asosiy loyiha bilan ichidagining bir qismi bilan almashinishi va tutib turishi, asosiy loyiha bilan qandaydir umumiylikka ega bo‘lmagan holda, mutlaqo boshqa xossalarni olish mumkin. |
Formallashtirish | Tadqiqot obyektini, mumkin qadar, bu obyekt har xil ma’noda talqin etilishi istisno qilinadigan ko‘rinishda ta’riflash jarayoni. |
Format | Saqlashda, tashqi qurilmalarga kiritishda/tashqi qurilmalardan chiqarishda yoki kompyuter tarmoqlari orqali yuborishda ma’lumotlarni joylashtirish va taqdim etish sxemasi. |
Format (ekran formati) | Teleekranning normal kesimi, ya’ni balandligining kengligiga bo‘lgan nisbati, u 3:4, 3:5, 9:16 ga teng. |
Formatni o‘zgartirish | Maʼlumotlarni bir formatdan boshqasiga, o‘zga tizim qabul qila oladigan formatga (odatda, maʼlumotlar eksportida va importida) o‘zgartirish. |
Formatlash | 1. Ma’lumotlarni bosishga, monitor ekraniga chiqarish uchun tayyorlash operatsiyasi.2. (Magnit) tashuvchini, unga ma’lumotlar yozishdan oldin belgilash operatsiyasi.3. Diskni foydalanish uchun tayyorlash – axborotlarni joylashtirish va o‘qib olish tuzilmasi va usullarini o‘rnatish jarayoni. Xotiraning diskli fazosi – ma’lumotlar kolleksiyasi ‒ «bo‘limlar» orqali tashkil qilinib, ularning har biri operatsion tizimga shunday joylashtiriladiki, bunda ma’lumotlarni tartiblash, izlash va tiklash imkoni mavjud bo‘ladi. Foydalanilayotgan disk formatlansa, unda oldin mavjud bo‘lgan axborot o‘chiriladi. |
Fosh etish | Ilgari qo‘llanilgan muhofazani qisman yoki to‘liq olib tashlash operatsiyasi. |
Fotodiod | Yarimo‘tkazgichning ikki turi o‘rtasidagi yoki yarimo‘tkazgich va metall o‘rtasidagi p-n-o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichli diod, unda bevosita o‘tish yaqinida yuz beradigan nurlanishning yutilishi fotogalvanik effektni keltirib chiqaradi. |
Fotografiya sohasi ekspertlarining birlashgan guruhi | Faylning hajmi kichik bo‘lishi va tez o‘tkazish imkoniyatiga egaligi bilan tavsiflanadigan, lekin dekodlash jarayoni sekin davom etadigan va tasvir detallarining yo‘qolishiga olib keladigan grafik tasvirlarni siqish usuli. |
Fotohujjat | Fotografiya usulida tayyorlangan tasviriy hujjat. |
Foydalana olinadigan zaiflik | Baholash obyektining ishlash muhitida fuksional xavfsizlik talablari buzilishi uchun ishlatiladigan, baholash obyektining zaif joyi. |
Foydalana olinishi cheklangan axborot | Davlat sirlari va konfidensial axborotdan iborat ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlashtirilgan axborot, ulardan foydalana olish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi. |
Foydalana olish atributi | Muhofaza obyekti bilan bog‘langan va shu obyektdan tizim subyektining foydalana olish huquqini belgilovchi axborot elementi. Berilgan ko‘plab qiymatlardan ahamiyatlisini qabul qilishi mumkin (odatda, «o‘qish», «yozish» va «bajarish»). |
Foydalana olish darajasi | 1. Mantiqiy obyektga muhofaza qilingan resursdan foydalanish imkoniyatini olish uchun zarur bo‘lgan vakolatlar darajasi.Izoh – Berilgan xavfsizlik darajasidagi axborotdan yoki ma’lumotlardan foydalana olishga vakolatlar foydalana olish darajasi bo‘lishi mumkin.2. Ma’lumotlarning kritikligini yoki subyektlarning ochiqligini identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan, xavfsizlik darajasi belgisining iyerarxik qismi. Erkin foydalanish darajasi noiyerarxik toifalar bilan birga xavfsizlik darajasini tashkil etadi. |
Foydalana olish huquqi | 1. Qonuniy hujjatlar yoki axborot egasi, mulkdori tomonidan belgilangan, muhofaza qilinadigan axborotdan foydalanish qoidalarining majmui.2. Resurs (fayl, printer) bilan bog‘liq qoida, undan kim, qanday foydalanishini aniqlab beradi. Asosan to‘rt xil darajadagi foydalana olish/kira olish huquqlari aniqlangan – foydalana olish/kira olish huquqi taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, o‘zgartirish va to‘liq foydalana olish/kira olish huquqi. Tizim administratori yoki ushbu resurs egasi tomonidan o‘rnatiladi. |
Foydalana olish huquqlarini taqdim etish | Muayyan dasturlar va ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat (sanksiya) berish. |
Foydalana olish identifikatori | Foydalana olish subyekti yoki obyektining noyob belgisi. |
Foydalana olish kanali | Foydalanuvchi uskunasi tayanch stansiya bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladigan, ko‘tariluvchi WCDMA kanal.Izoh – Foydalana olish kanalidan chiquvchi chaqiruvlar, qayd etish (ro‘yhatga olish) kabi qisqa signal xabarlar almashinishda foydalaniladi. |
Foydalana olish/kira olish huquqlarining buzilishi | Xotiraning taqiqlangan qismiga murojaat qilinganda ro‘y beradigan xatolik. Dasturlardagi xatoliklar hisobiga yuzaga keladi. |
Foydalana olish/kira olish taqiqlangan | Foydalanuvchilarning, foydalanuvchida (masalan, operatsion tizim fayllaridan yoki jarayonlardan) foydalana olish huquqi bo‘lmagan resurslarga murojaat qilishga urinishida, ma’lumotlarni «faqat o‘qish uchun» deb nomlangan fayllarga yozishga urinishda yuzaga keladigan holat. |
Foydalana olish/kira olishni boshqarish tizimi | Dasturiy-texnik vositalarning majmui, ular yordamida turli resurslardan erkin foydalanishni nazorat qilish va boshqarish vazifasi hal etiladi. Tizim erkin foydalanishga ruxsat berish yoki taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda kirishlar, trevogalar, xavfsizlikning buzilish hollari to‘g‘risida jurnal yuritadi. |
Foydalana olish/kirish | 1. Subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning maxsus turi, uning natijasida ularning biridan ikkinchisiga o‘tuvchi axborot oqimi paydo bo‘ladi.2. Ma’lum turdagi operatsiyalarni keyin-chalik bajarish uchun obyektning ochili-shiga so‘rov jarayoni.3. Abonent, jarayon, qurilma tomonidan, tizimning tarmoq uchun umumiy resurslariga murojaat qilish protsedurasi. |
Foydalana olish kodi | Foydalanuvchini kompyuter tizimida identifikatsiyalaydigan simvollar va sonlar guruhi. |
Foydalana olish markeri | Jarayon bilan bog‘liq va uning operatsion tizim resurslaridan foydalana olishi uchun «ruxsatnomasi» hisoblanadigan, ma’lumot-lar tuzilmasi. Xususan, jarayonni ishga tushirgan foydalanuvchining barcha xavfsiz-lik identifikatorlarini o‘z ichiga oladi. |
Foydalana olish matritsasi | 1. Erkin foydalanishni chegaralash huquqini aks ettiruvchi va tanlaydigan kirishning xu-susiyatlarini tasvirlash uchun mo‘ljallangan jadval. Tizim obyektiga ustun, subyektiga esa, satr mos keladigan matritsani o‘zida aks ettiradi. Matritsaning ustun va satrlari kesishgan joyda subyektning obyektdan erkin foydalanish huquqi ko‘rsatiladi.2. Subyektlarning axborot resurslaridan erkin foydalanish qoidalarini aks ettiradigan jadval.3. Jadval ko‘rinishida taqdim etilgan, ma’lumotlarning tizimli tuzilmasi. Jadvalning ustunlari tizimda mavjud bo‘lgan barcha resurslarning identifikatorlari bilan, satrlar esa tizimda qayd etilgan barcha foydalanuvchilarning identifikatorlari bilan belgilangan. Jadval har bir ustunining har bir satr bilan kesishish joyida tizim administratori tomonidan berilgan obyektdan erkin foydalanish turining muayyan foydalanuvchiga ruxsat etilgan maxsus ko‘rsatgichi qo‘yiladi. |
Foydalana olish (murojaat qilish) vaqti | Ma’lumotlarni kiritish-chiqarishga komanda berish payti bilan almashinishning boshlanish payti orasidagi vaqt intervali. |
Foydalana olish niqobi | 1. Ayrim bitlari foydalana olishning har-xil turlariga mos keladigan ikkilik son.2. Oldindan belgilangan huquqlar ro‘yxati, foydalanuvchi va foydalanuvchilar guruhiga andoza bo‘yicha beriladi. Linux operatsion tizimida standart foydalana olish/kira olish huquqi niqobi 755 ta foydalanuvchiga o‘qish, o‘zgartirish, fayllarni ishga tushirish huquqini beradi, qolgan foydalanuvchilar esa faqat o‘qish va fayllarni ishga tushirish huquqidan foydalanishlari mumkin. |
Foydalana olish nuqtasi | Simsiz yoki simli qurilmalarning simli tarmoqqa ulanishiga imkon beradigan qurilma yoki uskuna qismi. |
Foydalana olish obyekti | Tizimning axborot resursi birligi, undan foydalana olish erkin foydalanishni chegaralash qoidalari bilan tartibga solinadi. |
Foydalana olish protokoli | Toqnashuvlarning oldini olish maqsadida, ishchi stansiyalar tomonidan axborotni tarmoqning alohida segmentlari orqali uzatishda foydalaniladigan qoidalar yig‘indisi. |
Foydalana olish qoidalari | 1. Muhofaza qilinadigan axborot va uning tashuvchilaridan foydalana olish tartibi va shartlarini qat’iy tartibga soladigan qoidalar majmui.2. Doimiy texnik vositalardan foydalangan holda, subyektning axborot resursidan foydalana olishini amalga oshirish maqsadida o‘rnatilgan qoidalar. |
Foydalana olish rejimi | Foydalana olish rejimi protsessorning tizim resurslaridan foydalanishda imtiyozga egaligini belgilaydi. «Yadro» rejimida protsessor barcha xotira va komandalardan foydalanishi mumkin. |
Foydalana olish ro‘yxati | Resurslardan foydalana olish huquqlari bilan birgalikda resursdan foydalana olish ruxsatiga ega obyektlar ro‘yxati. |
Foydalana olish serveri | Ixtisoslashtirilgan elektron hisoblash mashinasi (kommunikatsiya protsessori) yoki tegishli kengaytirish platalari bilan jihozlangan va kommutatsiyalanadigan telefon kanallari orqali olisdagi foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan foydalana olish imkonini taqdim etadigan standart shaxsiy kompyuter. |
Foydalana olish usuli | Xotira qurilmalarida, fayllarda, ma’lumotlar bazalarida, tarmoqlarda ma’lumotlar saqlanishini va almashinuvini tashkil qilish usuli. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, ketma-ket masofadan erkin foydalanish usullari bor. |
Foydalana olish vaqtining samaradorligi | Foydalana olish vaqtining sahifaga nisbatan matematik kutishi. |
Foydalana olish yo‘li | 1. Faylning diskdagi o‘rnini belgilaydigan nomlar zanjiri.2. Ba’zi operatsiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan murojaatlar ketma-ketligi.3. Ma’lumotlar elementlarining ketma-ketligi, ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan yozuvlardan yoki ma’lumotlar bazasida saqlanadigan ma’lumotlarning boshqa elementlaridan erkin foydalanishda qo‘llaniladi. |
Foydalana olish shlyuzi | Foydalana olishning turli ko‘rinishlariga ega oxirgi foydalanuvchilarga KAT paketli uzatish uzeli bilan ulanish imkonini beruvchi blok. |
Foydalana olishlik | 1. Ma’lumotlar yoki resurslarning, vakolatli mantiqiy obyektning so‘roviga ko‘ra, foydalana olish mumkin bo‘lgan va foydalanishga yaroqlilik xususiyati.2. Maqbul vaqt ichida axborot tizimidan talab qilinadigan axborot xizmatini olish mumkinligi.3. Axborot va uning tashuvchisining holati, unda foydalanuvchilar tomonidan ular uchun mo‘ljallangan axborotning hech qanday qarshiliksiz va o‘z vaqtida olinishi ta’minlanadi. |
Foydalana olishni blokirovkalash (axborotdan) | 1. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (qonuniy foydalanuvchilar)ning undan foydalanishini to‘xtatish yoki qiyinlashtirish.2. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan subyektning axborotdan foydalanishida to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish.Izoh – Axborotdan foydalanishda to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish, foydalana olish vaqti bo‘yicha qayta ishlash funksiyalari (foydalana olish turlari) bo‘yicha va/yoki foydalanish mumkin bo‘lgan axborot resurslari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. |
Foydalana olishni boshqarish | 1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi resurslariga faqat vakolatga ega mantiqiy obyektlar va faqat ruxsat etilgan usul bilan murojaat qilish imkoniyatini ta’minlaydigan usullar.2. Tizimning barcha resurslaridan (ma’lumotlar bazalari elementlari, dasturiy va texnik vositalari) foydalanishni tartibga solish bilan, axborotni muhofaza qilish usuli.3. Biznes va xavfsizlik talablariga asoslangan, aktivlardan ruxsat etilgan va cheklangan tarzda foydalana olishni ta’minlash usullari.4. Faqat ruxsat etilgan dasturlar, jarayonlar yoki boshqa tizimlarga (tarmoqdagi) tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklash jarayoni. |
Foydalana olishni boshqarish kaliti | Jarayon tomonidan ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimiga beriladigan va ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishning oldini olish maqsadida, tegishli qiymat bilan solishtiriladigan qiymat. |
Foydalana olishni boshqarish ro‘yxati | Windows NT va Windows 2000 dagi xavfsizlik tizimi elementi. Foydalanuvchilar va ular guruhlarining resursdan (masalan, fayldan) erkin foydalanish huquqlarini belgilaydi. Tartiblashtirilgan ACE ro‘yxatidan iborat. Obyekt egasi o‘z xohishiga ko‘ra, obyekt ACL ni o‘zgartirishi mumkin. Tarmoq operatsion tizimi foydalana olishni boshqarish ro‘yxatidan umumiy tarmoq resurslaridan foydalanish huquqlarini belgilashda foydalanadi. |
Foydalana olishni boshqarish siyosati | Foydalana olish o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni belgilaydigan qoidalar to‘plami. |
Foydalana olishni boshqarish tizimi | Foydalana olishni jismoniy boshqarishning avtomatlashtirilgan vositalari.Izoh – Foydalana olishni boshqarish tizimida magnit polosali identifikatsion kartalardan, o‘qiydigan biometrik qurilmalardan, smart-kartalardan foydalaniladi. |
Foydalana olishni boshqarish xizmati | Subyektlarning faqat ruxsat etilgan yo‘l bilan foydalana olishini ta’minlaydigan usullar. |
Foydalana olishni mantiqiy boshqarish | Ma’lumotlar yoki axborotdan foydalana olish boshqarilishini ta’minlaydigan mexanizmlarning qo‘llanilishi.Izoh – Qoidaga ko‘ra, foydalana olishni mantiqiy boshqarishda paroldan foydalaniladi. |
Foydalana olishni nazorat qilish | Talab qilinadigan muhofaza qilish modeliga muvofiq, avtomatlashtirilgan tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklaydigan jarayon. |
Foydalana olishni nazorat qilish yozuvi | Windows NT va Windows 2000 xavfsizlik tizimida erkin foydalanishni boshqarish jadvalining elementi. Muayyan foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi uchun audit va fayllar hamda boshqa obyektlardan foydalanish muhofaza qilinishini belgilaydi. |
Foydalana olishni tekshirish | Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi to‘g‘risidagi ma’lumotni tekshirish. Subyektga so‘ralayotgan operatsiyani bajarish huquqini taqdim etish imkoniyatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. |
Foydalana olishning o‘rtacha vaqti | Sahifali tashkil qilishda xotiraga bo‘lgan murojaatlar sonining matematik kutish bahosi. |
Foydalaniladigan maydon kuchlanganligi | Maydon kuchlanganligining median qiymatlari minimal foydalaniladiganlardan past bo‘lmagan radiotelevizion stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi chegaralarini rejalashtirishda qabul qilingan maydon kuchlanganligi. |
Foydalanilayotgan parametrlarni nazorat qilish | Tarmoqning barcha resurslaridan foydalanilayotganda, ortiqcha trafikni tarmoqqa o‘tkazmagan holda, o‘ta yuklanish paydo bo‘lishining oldini oladi. UPC ortiqcha trafikni chiqarib tashlash imkonini beruvchi CLP yacheykalari bitlarini o‘zgartiradi. |
Foydalanish dasturi | Ma’lumotlar, hisoblashlar va h.k.lar ustida qandaydir operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan amaliy dasturiy ta’minot. |
Foydalanish davri | Foydalanish uchun ko‘rsatilgan huquqlar amal qiladigan vaqt intervali. |
Foydalanish huquqini beradigan kalit | Tarmoq o‘lchamlariga bog‘liq huquq kategoriyasi: uyalar soni kichik bo‘lgan (A); murakkab kommutatsiyali va lokal tarmoqlar bilan aloqaga ega bo‘lgan ofis (V); umumiy foydalanishdagi tarmoqlar bilan qo‘shilgan (S); GSM tarmoqlari bilan qo‘shilgan (D). |
Foydalanish jarayoni | Operatsion tizimda foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilgan jarayon. |
Foydalanish turi | Foydalanish huquqida ko‘rsatilgan operatsiyalar turi.Izoh – Foydalanish huquqida quyidagi operatsiyalar ko‘rsatilishi mumkin: o‘qish, yozish, bajarish, to‘ldirish, modifikatsiya qilish, o‘chirish, yaratish. |
Foydalanish vazifalari uchun xotirani taqsimlash | Yuklanadigan foydalanish vazifasi uchun xotirani ajratish va uni har bir vazifa tugagandan so‘ng bo‘shatish. |
Foydalanishga ruxsat | Resurs (masalan, fayl, printer) bilan bog‘liq bo‘lgan, berilgan resursdan kim va qanday foydalanishi mumkinligini belgilovchi qoida. Foydalanishning to‘rt darajasini foydalanish taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, takomillashtirish uchun va to‘la foydalanish aniqlash tipik hisoblanadi. |
Foydalanishga ruxsat olish | Kompyuter tizimida yoki tarmoqda, biron-bir dastur yoki qurilmalar resursidan foydalanishga ruxsat olish. Xotira yacheykasiga, registrga, ma’lumotlar bazasiga, fayllarga va b.larga o‘qish yoki ma’lumot yoza olish imkoni. Obyektning qandaydir operatsiyalarni bajara olishi uchun olinadigan ruxsat. |
Foydalanishni majburiy nazorat qilish | Qar.: Foydalanishni mandatli boshqarish. |
Foydalanishni mandatli boshqarish | 1. Obyektlardan erkin foydalanishni boshqarish usuli obyektda mavjud bo‘lgan axborotning (maxsus belgilar bilan taqdim etilgan) maxfiylik yoki kritiklik darajasiga va berilgan kritiklik darajasidagi axborotdan erkin foydalanishda subyektning vakolatlari va huquqlarini rasman tekshirishga asoslangan.2. Obyektlarda bo‘lgan axborot uchun konfidensiallik belgisini tayinlashga va subyektlarga shunday konfidensiallik darajasidagi axborotga murojaat qilishlari uchun rasmiy ruxsatlar berilishiga asoslangan subyektlarning obyektlardan foydalanishini chegaralash. |
Foydalanishni chegaralash | 1. Tizim resurslaridan foydalanish tartibi, bunda subyektlar belgilangan qoidalarga qat’iy muvofiq holda obyektlardan foydalana oladilar.2. Har bir foydalanuvchiga (foydalanish subyektiga) axborot resursidan erkin foydalanish, axborot bilan tanishish, uni hujjatlashtirish, o‘zgartirish va yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan alohida huquqlar berish.Izoh – Foydalanishni chegaralash tematik belgiga ko‘ra qurilgan turli modellar yoki foydalanish ruxsat etilgan axborotning maxfiylik grifi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. |
Foydalanishni chegaralash qoidalari | Foydalana olish subуektlarining foydalana olish obуektidan foydalana olish huquqlarini tartibga soluvchi qoidalar majmui. |
Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchi | 1. Axborotdan ruxsatsiz foydalana olishni amalga oshiruvchi foydalana olish subyekti.2. Shtat texnik vositalar yordamida axborot resursidan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanadigan shaxs. |
Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining modeli | Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining abstrakt (formallashtirilgan yoki formallashtirilmagan) tavsifi. |
Foydalanishni chegaralash rejimi | Shaxslarning, oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, hisoblash texnikasi vositalaridan, qayta ishlashda dasturdan foydalana olish tartibi. |
Foydalanishni chegaralash tizimi | Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalanishni chegaralashni amalga oshiradigan qoidalar majmui. |
Foydalanishni chegaralash vositasi | Qabul qilingan modelga muvofiq, subyektlarning axborot resurslaridan foydalanishi chegaralanishini ta’minlovchi dasturiy-apparat vosita.Izoh – Foydalanish matritsasi va maxfiylik (konfidensiallik) belgisi erkin foydalanishni chegaralash vositalari hisoblanadi. |
Foydalanishning qulayligi | Tizimning, unda tayyorgarlik ko‘rmagan foydalanuvchi ishi yengillik darajasini tavsiflash xususiyati. |
Foydalanuvchi | Baholash obуekti bilan birgalikda ishlaydigan, baholash obуektidan tashqarida bo‘lgan har qanday mantiqiy obуekt (foydalanuvchi-odam yoki AT tashqi obуekti). |
Foydalanuvchi agenti | Foydalanuvchining nomidan ish ko‘radigan intellektual agent. Foydalanuvchini tizimda ifoda etuvchi, ochiq tizimlar o‘zaro ishlay olish modelining amaliy jarayoni. Foydalanuvchi nomidan xabarlar qabul qilishi, jo‘natishi, baʼzi hollarda esa, hatto tuzishi mumkin.Izoh – Bu toifaga elektron pochtani tekshirish va muhim xatlar kelganligi to‘g‘risida xabardor qilish, buyurtma qilingan yangiliklar hisobotlarini yig‘ish, mavzu bo‘yicha axborot izlash, veb-shakllarni avtomatik to‘ldirish vazifalarini bajarayotgan intellektual agentlar kiradi. |
Foydalanuvchi dasturlashtiradigan mantiqiy integral sxema | Loyihalashda yoki (ekspluatatsiya qilish sharoitlarida) foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy integral sxema. |
Foydalanuvchi deytagrammalari protokoli | TSR/IP protokollari guruhiga kiradigan, bog‘lanish o‘rnatilmaydigan transport sathi protokoli. UDP – tasdiqlashlarsiz yoki yetkazish kafolatlanmagan holda, deytagrammalar almashinuvini ta’minlaydigan oddiy protokol, bunda xatolar qayta ishlanishini va uzatish takrorlanishini biror-bir boshqa protokol nazorat qilishi talab etiladi. |
«Foydalanuvchi-foydalanuvchi» signalizatsiyasi | ISDN foydalanuvchisiga boshqa ISDN foydalanuvchisi bilan signal kanali orqali cheklangan hajmdagi axborot almashinish imkonini taqdim etadigan qo‘shimcha xizmat; ushbu imkoniyat asosiy aloqa xizmatini shu (boshqa) foydalanuvchi bilan qo‘shib taqdim etiladi. |
«Foydalanuvchi foydalanuvchiga» protokoli | Ma’lumotlarni qabul qilish markazlashtirilgan serverdan emas, balki xuddi shunaqa foydalanuvchilarning kompyuterlari tomonidan amalga oshiriladigan protokol. Serverda turli kompyuterlarda fayllarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot saqlanadi. eDonkey, Kazaa turidagi piring tarmoqlarida qo‘llaniladi. |
Foydalanuvchi guruhi | Foydalanuvchilarning qaysidir xususiyatlari (mezonlari) asosida guruhlarga birlashishi. Masalan, tizim administratorlari guruhi. |
Foydalanuvchi identifikatori | 1. Foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi-da foydalaniladigan tasvir yoki simvollar ketma-ketligi.2. Barcha boshqa subyektlar (obyektlar) ning to‘liq ko‘pligi o‘rtasida identifikat-siya qilinuvchi subyekt (obyekt)ni bir xil ajratishga imkon beradigan xususiy belgi-lanish (nom, kod va sh.k.).3. Alohida shaxsga yoki shaxslar guruhiga beriladigan hamda hisoblash tizimi resurs-laridan foydalanishga ruxsat beradigan ramziy nom. |
Foydalanuvchi interfeysi | Foydalanuvchining kompyuter tizimi bilan hamkorlik jarayonlarini belgilaydigan interfeys. Matnli, grafikli yoki ovozli bo‘lishi mumkin. |
Foydalanuvchi interfeysining obyekti | Voqealar bog‘langan funksiyalar ishlaydigan grafik interfeys obyekti. Masalan, tugmalar, matn maydoni va boshqalar. |
Foydalanuvchi interfeysining oqimi | Windows operatsion tizimidagi, foydalanuvchining grafik interfeysi to‘g‘risidagi axborotni qaytaruvchi ma’lumotlar oqimi. |
Foydalanuvchi konteksti | Aniq holat ta’rifi. Kontekstga bog‘liq xoda, atamalar har xil ma’noga ega. |
Foydalanuvchi rasmi | Foydalanuvchi hisob yozuvining, foydalanuvchining o‘zi tomonidan tanlangan rasm bilan ko‘rsatish turi. |
Foydalanuvchi rejimi | Protsessorning, amaliy dasturlarni bajarish uchun mo‘ljallangan, imtiyozli bo‘lmagan ishlash rejimi. |
«Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi | Asosiy tezlikda «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi bilan o‘zaro ishlaydigan foydalanuvchining terminali orqali standartlashtirilgan to‘rt simli «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi (SQ etalon nuqta). |
Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati | Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati individual liniya tayinlanmagan abonentlar uchun amalga oshirilishi mumkin. Qayta manzillash xizmatlari uchun to‘lov ushbu xizmat aktivlashtirilganda generatsiyalanadi.Izoh – Bu xizmat faqat MGCP protokolining oxirgi (terminal) qurilmalari uchun yaratiladi. |
Foydalanuvchi uchun xotira | Xotira qurilmasining foydalanuvchi uchun ajratilgan qismi. |
Foydalanuvchilar adresatsiyasi | Internet-xizmatlar (elektron pochta, xosting va b.) foydalanuvchilariga, berilgan manzillarga maʼlumotlar qabul qilish yoki uzatish mumkin bo‘lishi uchun, manzillar berish protsedurasi. |
Foydalanuvchilar huquqlarini muhofaza qilish | Foydalanuvchilarning dasturlar va ma’lumotlardan to‘sqinliklarsiz hamda o‘z vaqtida foydalana olishlarini ta’minlashga va ulardagi axborotdan boshqa shaxslar foydalanishidan muhofaza qilishga qaratil-gan qoidalar, usullar hamda vositalar majmui. |
Foydalanuvchilar paketlarining protokoli | Foydalanuvchining deytagrammalar protokoli, UDP protokoli, TCP/IP protokollari oilasidan transport darajasidagi tarmoq protokoli. Alohida paketlar IP dan foydalanib uzatishning to‘g‘riligi va yetkazish kafolatini tekshirmasdan, lekin iloji boricha tezroq uzatiladi. Bunda paketlarning bir qismi yo‘qoladi, lekin, masalan, nutqni uzatishda ovoz uzilmaydi, bu uning aniqligini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Ma’lumotlar uzatish transport protokoli RFC 768 da tavsiflangan. |
Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash-ning yagona axborot tizimi | Yuridik va jismoniy shaxslar to‘liq identifikatsiya qilinishini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikda mansabdor shaxslarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlaridan ruxsat etilgan tarzda foydalana olishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. |