Header
stringlengths 2
118
| Content
stringlengths 10
1.73k
|
---|---|
Giromagnit chastota | 1. Lorens kuchi va markazdan qochma kuchlarning tengligi bilan aniqlanadigan, Yer magnit maydonining katta kuchlanishli liniyalari atrofida erkin elektronlarning aylanish chastotasi.2. Doimiy bir jinsli magnit maydonda erkin zaryadlangan zarralarning aylanish chastotasi. |
Giromagnitli rezonans | Doimiy magnit maydonidagi elektronlarning aylantirish harakati hodisasi. |
Gistogramma | Ma’lumotlarning vaqt bo‘lagi davomida o‘zgarishini aks ettiradigan diagramma. Bu xil diagrammalar kattaliklarni ko‘rgazmali taqqoslash uchun juda qulay. Gistogrammada kategoriyalar o‘qi gorizontal bo‘ylab, qiymatlar o‘qi vertikal bo‘ylab joylashadi. O‘qlarning bunday joylashuvi qiymatlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish xarakterini ta’kidlaydi. |
Global axborot infratuzilmasi | Sifat jihatidan tamomila yangi axborot tuzilmasi. Uni dunyo hamjamiyatining bir qator rivojlangan davlatlari 1995-yildan boshlab shakllantira boshlashgan. Ularning niyatlariga ko‘ra, global axborot infratuzilmasi global va mintaqaviy axborot-kommunikatsion tarmoqlarining hamda raqamli televideniye va radio eshittirishlar, yo‘ldosh tizimlar va harakatlanuvchi aloqaning uyg‘unlashuvi asosida sayyoramizning aholisiga ommaviy xizmat ko‘rsatadigan umumjahon integrallashgan axborot tarmog‘idan iborat bo‘ladi. |
Global axborot tizimi | Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan axborot izlash bo‘yicha tarmoq xizmati. Global axborot tizimi ko‘p sonli maʼlumotlar bazalaridan axborot izlashni osonlashtirish uchun yaratilgan. Gopher tarmoq xizmatidan farqli, global axborot tizimi bilan ishlashda dastlab menyuni ko‘rib chiqish kerak emas. Izlashda so‘z kiritish kifoya. Shunda global axborot tizimi Internetdagi maʼlumotlar bazalarining nomlarini qarab chiqadi, natijada foydalanuvchi bu so‘z uchraydigan obyektlarning ro‘yxatini oladi. Muhimi shuki, har bir baza o‘zining axborot izlash usuliga ega. Global axborot tizimi esa bu usullarning barchasi bilan ishlay oladi va foydalanuvchiga yagona umumiy interfeys taqdim qiladi. |
Global hisoblash tarmog‘i | 1. Turli davlatlar va qit’alarni qamrab oladigan katta hududga yoyilgan abonent tizimlarini birlashtiradi. Insoniyat va tashkilotlarning undan foydalana olish bo‘yicha axborot resurslarini birlashtirish muammosini xal qiladi.2. Hududi jihatidan taqsimlangan tarmoq yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, ma’lum geografik hududni (region, mamlakat, qator mamlakatlarni) qamrab oluvchi va kommutatsiyalanadigan hamda ajratilgan liniyalar yoki maxsus aloqa kanallaridan foydalanib axborot uzatishni ta’minlaydigan tarmoq. |
Global identifikator | Ta’sir sohasi butun dastur bo‘lgan identifikator. |
Global izlash | Butun hujjat, ma’lumotlar bazasi yoki disk bo‘yicha izlash operatsiyasi. |
Global manzil | Tarmoqda ishlatiladigan manzil turlaridan biri. Global manzil maʼlumotlar bloki, xabar yoki signal barcha obyektlar uchun mo‘ljallanganini ko‘rsatadi. Tarmoqda global manzillar ishlatilganda, keng qamrovli eshittirish bajariladi. Shuningdek, tarmoqda guruhli manzil (maʼlumotlar bloki mo‘ljallangan obyektlar to‘plamini aniqlaydi) va noyob manzil (tarmoqda faqat bitta obyektni ajratadi) ishlatiladi. |
Global manzillash | Tarmoq elementlarining aniq joylashuvini oydinlashtirmay, marshrutizatorga ma’lum tarmoqni tanib olishga imkon beruvchi manzillash.Izoh − Global miqyosdagi manzillarning kiritilishi o‘zaro bog‘langan ko‘p sonli uzellar mavjudligida tarmoqlararo birgalikda ishlash protsedurasini soddalashtirish imkonini beradi. |
Global mobil aloqa tizimi | ETSI da mobil aloqaning maxsus ishchi guruhi Group Special Mobile (GSM nomining dastlabki talqini) tomonidan ishlab chiqilgan raqamli uyali aloqaning umumEvropa standarti.Izoh − GSM standartida ishlaydigan birinchi tijorat tarmog‘i 1992-yilda Germaniyada ishga tushirilgan. O‘shandan buyon standart uzluksiz takomillashib va rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda uning foydalaniladigan chastotalar diapazoni bilan farqlanuvchi to‘rtta versiyasi: GSM-900, GSM-1800 (DCS-1800), PCS-1900 va GSM-400 hamda uchta evolyutsion texnologiyasi: HSCSD, GPRS va EDGE tarqalgan bo‘lib, ular ma’lumotlar uzatish xizmatlarining joriy etilishi bilan bog‘liq. |
Global nur | Geostatsionar yo‘ldoshning Yer yuzasining butun ko‘rinadigan sirti qamrab olinishini ta’minlaydigan 17°x17° kenglikdagi antenna nuri. |
Global nurga ega antenna | Yo‘nalganlik diagrammasi Yer sathini qamrab oladigan retranslyator-yo‘ldosh antennasi. |
Global o‘zgaruvchi | Ta’sir sohasi dasturning barcha bloklari yoki modullari bo‘lgan o‘zgaruvchi (Java Script da aynan bir HTML hujjatning barcha ssenariylari) yoki yuqori sath blokida tavsiflangan o‘zgaruvchi. |
Global optimallash | Dasturni optimallash, sikllardan konstant ifodalarni chiqarish, hisoblashlar ketma-ketligini qayta tartibga solinishini ichiga oladi. |
Global rouming | Hududiy va tashkiliy cheklashlarsiz mobil abonent bilan aloqa o‘rnatish rejimi. |
Global tarmoq | Lokal va shahar hisoblash tarmoqlarini birlashtiruvchi tarmoq. Ma’lumotlarning mamlakat yoki butun dunyo miqyosida katta masofalarga uzatilishini ta’minlaydi. |
Global telekommunikatsiyalar tarmog‘i | Bir nechta mamlakat yoki qitʼa hududini qamrab oluvchi telekommunikatsiyalar tarmog‘i. |
Global ulanish | Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan foydalanishning gipermuhitini yaratuvchi tarmoq xizmati. CERNdagi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy g‘oyasi, cho‘qqilari hujjatlar bo‘lgan, hujjatlardagi so‘zlar va jumlalar ularning o‘zaro aloqasini aniqlaydigan katta grafni yaratishdadir. |
Globallashuv | Axborot texnologiyalari, mahsulotlari va tizimlarining butun dunyoga tarqalish jarayoni. U iqtisodiy va madaniy jihatlardan qaraganda uyg‘unlashuvga olib keladi. Bu jarayonning tarafdorlari bundan keyingi taraqqiyot imkoniyatlarini faqat global axborot jamiyatining rivojlanish sharoitlarida ko‘rishadi. Opponentlar globallashuvning milliy madaniy qadriyatlarga keltiradigan xatarlari to‘g‘risida ogohlantirishmoqda. |
Globallashuv jarayoni | Yagona, umumjahon axborot-moliya makonini yaratish.Izoh – Globallashuv yangi texnologiyalarsiz, birinchi navbatda, axborot texnologiyalarisiz mumkin emas va ko‘p jihatdan, innovatsion iqtisodiyotga tayanadi. |
Gofrlangan to‘lqin o‘tkazgich | Choklari bo‘lmagan, devorlari gofrlangan, egiluvchan to‘g‘ri burchakli to‘lqin o‘tkazgich. |
Goley kodlari | Xatolarni tuzatuvchi chiziqli blokli kodlar turkumi. Goley kodlari siklik kod sifatida ham ko‘rib chiqilishi mumkin. |
Golografik televideniye | Uch o‘lchamli obyekt illyuziyasini hosil qiluvchi uch o‘lchamli televideniye. Televideniye, bunda sahna tasviri kogerent manbadan kelayotgan yorug‘lik va shu manbaning o‘zidan kelayotgan, lekin sahnadan akslangan yorug‘lik o‘rtasidagi interferensiya natijasida hosil bo’ladi. |
Golografiya | Fan va texnikaning, tabiati turlicha bo‘lgan to‘lqin maydonlarni yozish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar va usullar yaratish, ularni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. |
Gomogen tarmoq | Yagona dasturiy platforma yoki bir turdagi kompyuterlar asosida qurilgan lokal tarmoq. |
Gopp kodlari | Turli kriptotizimlarda ishlatiladigan, xatolarni tuzatuvchi kodlar. Gopp kodlaridan foydalanish Gopp kodlarini dekodlashni qo‘lda amalga oshirish mumkinligiga asoslangan (Gopp kodlari «yashirinadigan») chiziqli blokli kodlarni dekodlash. NP to‘liq vazifa bo‘lib, uni bajarish juda qiyin. |
Gorizont orti aloqasi | Bevosita ko‘rinishdan tashqarida joylashgan stansiyalar o‘rtasidagi aloqa, bunda biror bir aktiv yoki passiv retronslyatorlar qo‘llanilmaydi.Izoh ‒ Radioto‘lqinlarning gorizont ortida tarqalishi difraksiya, refraksiya effektlari va atmosferaning turli qatlamlaridan qaytish hisobiga amalga oshiriladi. |
Gorizont ortidagi trassa | Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida to‘g‘ri ko‘rinish mavjud bo‘lmagan radioto‘lqinlarning tarqalish trassasi.Izoh – Gorizont orti tarqalishda radioto‘lqinlarning tarqalish mexanizmi radioto‘lqinlarni troposfera (troposferali aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa) qaytishiga asoslangan. |
Gorizontal bo‘yicha ajratish | Tasvirning har bir gorizontal chizig‘ida videomonitor tiklashi mumkin bo‘lgan minimal tasvir elementlarining (chiziqlarining) soni yoki manba videosignalining bitta gorizontal chizig‘ida bo‘lgan videoaxborotning umumiy soni. Masalan, VHS videoyozuv formati gorizontal bo‘yicha 240 ta, lazerli disk – 480 ta, DVD – 500 ta, HDTV – 1080 ta chiziqni tashkil qiladi. |
Gorizontal portal | Umumiy tavsifga ega bo‘lgan, turli mavzular bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi veb-sayt. |
Gorizontal qutblangan to‘lqin | Magnit maydon vektori Yer sirtiga nisbatan vertikal, elektr maydon vektori esa, gorizontal yo‘nalgan, chiziqli qutblangan elektromagnit to‘lqin. |
Gorizontal va vertiakl tekisliklardagi antenna yoʻnalganlik diagrammasi asosiy yaprogʻining oraliq burchagi | Yoʻnalishlar bilan hosil qilingan gorizontal va vertikal tekisliklardagi burchaklar, ular uchun antennaning kuchayishi qabulning asosiy yoʻnalishida kuchayishning maksimal qiymatidan 3 dB ga kam. |
Gorizontal yo‘nalganlik diagrammasi | Antennaning gorizontal tekislikdagi yo‘nalganlik diagrammasi. |
Gradatsion buzilishlar | 1. Gradatsion xarakteristikaning talab etilgandan og‘ishi.2. Kul rang shkala turli darajalarining noto‘g‘ri qayta tiklanishi. |
Gradatsion xarakteristika | Televizion tasvir yorqinligining yoki yorqinlik signali darajasining tashqi obyekt yorqinligi yoki kiruvchi yorqinlik signali darajasiga bog‘liqligi. |
Gradatsiya | Rang zichligining asta-sekin o‘zgarishi, obyektning qo‘shni qismlari yoki tegishli tasvir o‘rtasidagi tonning o‘zgarishi. |
Gradiyent | Kompyuter grafikasida qurish usuli. Muayyan (asosiy) nuqtalarning rangi va shaffofligi belgilanib, qolgan nuqtalarning rangi va shaffofligi ularga nisbatan yoki muayyan matematik algoritmlar asosida hisoblanadi. Shu tarzda dastlabki va so‘nggi nuqtalarning koordinatalari va rangini belgilab, bitta rangdan boshqa rangga tekis o‘tishlarni hosil qilish mumkin. |
Gradiyent sindirish ko‘rsatgichli tola | Sindirish ko‘rsatgichi ko‘ndalang kesimda, yorug‘lik o‘tkazuvchi o‘tkazgichning chetidan uning o‘zagi tomon ortib borgan holda tekis o‘zgaradigan ko‘p modali optik tola. Sindirish ko‘rsatgichining gradiyentli profilda tola ichidagi nur sinishi, binobarin, oqim tezligi sinish ko‘rsatgichi nisbatan keng o‘tkazish polosasi taʼminlaydi. |
Grafema | Yozma matnning eng kichik birligi (harf, raqam, iyeroglif, tinish belgisi). |
Grafik | Biror bir funksional bog‘lanishning grafik tasvirlanishi. |
Grafik adapter | 1. 1984-yilda ishlab chiqilgan yaxshilangan grafik adapter. VGA va SVGA adapterlari tomonidan siqib chiqarilgan. 640x350 piksellar uchun 16 xil rangga ega.2. Shaxsiy kompyuterning, displey qurilmaning grafik funksiyalarini ta’minlaydigan kengaytirish platasi. |
Grafik akselerator | Markaziy protsessordan foydalanmasdan, grafik ma’lumotlar bilan ko‘plab operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan qurilma. Grafik akseleratorlar shartli ravishda uch turga bo‘linadi: grafik qobiqlar uchun mo‘ljallangan, uch o‘lchamli grafikani yaratish uchun mo‘ljallangan (3D akseleratorlar), dinamik tasvirlarni tiklash uchun mo‘ljallangan grafik akseleratorlar. |
Grafik almashish formati | Aniq nomlanishi − GIF89A; grafik tasvirni siqish usuli va grafik fayllar formati, Internet sahifalarida ko‘proq ishlatiladigan format hisoblanadi; ma’lumotlarni yo‘qotmasdan siqishni ta’minlaydi. |
Grafik axborot | Sxemalar, eskizlar, tasvirlar, grafiklar, diagrammalar, ramzlar ko‘rinishida ifodalangan maʼlumotlar yoki xabarlar. |
Grafik displey | Ekranda nuqtalar matritsasini yuzaga keltirishni ta’minlaydigan tasvir va/yoki matnlarni yorituvchi displey. Bu nuqtalar topologiyasi ko‘pincha videografika matritsasi orqali aniqlanadi. |
Grafik fayl | Grafik tasvirni ichiga oladigan fayl. |
Grafik filtr | Tasvirni bir grafik formatdan boshqasiga o‘zgartiradigan yoki uning ustida qandaydir boshqa operatsiyalarni bajaradigan dasturiy modul. |
Grafik format | Grafik fayllarni almashish formati (GIF) bilan patent bo‘yicha muammolar paydo bo‘lganidan so‘ng, GIF formatining o‘rniga kiritilgan format, pikselga 48 bit gacha bo‘lgan chuqurlikka ega bo‘lgan rangga ega tasvirni saqlash imkoniyatini beradi, alohida alfa-kanalga ega va yo‘qotishlarsiz siqilishi yaxshilangan. |
Grafik formatlar | Grafik fayl formatlari grafikani/rasmlarni saqlash va boshqarishning standart usulidir. Bu qo‘llanma rasmlarni va boshqa grafikalarni raqamli rasmlar formatlar sifatida saqlaydi. Grafik formatlar pikselda yoki pikselga rastrlash (bir necha istisno bilan) qilinadigan (geometrik) vektorda yoziladi. Rasm/grafika piksellar panjara (ustunlar va qatorlar) sifatida bo‘ladi; har bir piksel raqamlardan tashkil topgan, ular yorug‘lik va rang darajasini bildiradi. Bu turdagi formatlarga jpg, tiff, gif, png, bmp va boshqalar kiradi. |
Grafik hujjat | Obyekt tasviri chiziqlar, shtrixlar, yorug‘ va soya tomonlarni bo‘yoqlarda ko‘rsatish vositasida olingan tasviriy hujjat. |
Grafik interfeys | Foydalanuvchining hisoblash tizimi bilan o‘zaro aloqasini tashkil qiladigan grafik muhit. Grafik interfeys g‘oyasi amaliy tizim to‘g‘risida axborot taqdim etishning tabiiyligidan foydalanishdan iborat. Foydalanuvchi interfeysining asosiy tushunchalari bo‘lib, oyna va piktogramma hisoblanadi. |
Grafik kichik tizim | Grafika bilan ishlash uchun mo‘ljallangan, kompyuter apparat vositalari jami. |
Grafik kompakt-disk | Kompakt-diskka ma’lumotni yozish formati, uning asosiy spetsifikatsiyasiga qo‘shimcha tariqasida kengaytirilgan tasviriy imkoniyatlar qo‘shilgan. |
Grafik maʼlumotlar bazasi | Grafik maʼlumotlar saqlanayotgan maʼlumotlar bazasi. |
Grafik ma’lumotlar bilan almashish boshlang‘ich standarti | AQSh Milliy standartlar byurosi tomonidan uch o‘lchamli geometrik ma’lumotlarni almashish imkonini ta’minlash uchun e’lon qilingan standart. |
Grafik protsessor | Grafik tezlatgichlar uchun mo‘ljallangan prot-sessor. Hozirgi vaqtda 64 va 128 razryadli grafik protsessorlardan foydalaniladi. |
Grafik qobiq | Foydalanuvchilarning grafik foydalanish interfeysini amalga oshiradigan va tizim administratorlarining operatsion tizim bilan foydalanish interfeysini amalga oshiradigan operatsion tizimning kichik tizimi. |
Grafik redaktor (muharrir) | Kompyuter yordamida ikki o‘lchovli tasvirlarni tuzish va tahrir qilish imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi).Izoh − Grafik redaktorlarning turlari: 1 Rastrli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Microsoft Windows va MAC OS X operatsion tizimlari uchun Adobe Photoshop. GNU/Linux va boshqa POSIX standartiga muvofiq operatsion tizimlari uchun GIMP redaktori. 2 Vektorli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Corel Draw, Macromedia Free Hand − Windows uchun, Inkscape − barcha operatsion tizimlar uchun. |
Grafik rejim | Chiziqlar va belgilarni ekranda nuqtalar bilan chiqarish orqali tavsirlash rejimi. Grafik rejimda tasvir bevosita shakl nuqtalarini birlashtirish orqali tuziladi, xuddi «sichqoncha»ning ko‘rsatgichi singari. Bundan tashqari, u belgilarni (quyuq shrift yoki kursiv) chop etishda ularning tashqi ko‘rinishini oldindan ko‘rish imkonini ham beradi. |
Grafik soprotsessor | Markaziy protsessor bilan bitta platada joylashgan, grafik komandalarning bajarilishi topshiriladigan (yoki o‘zi tutib oladigan) grafik protsessor. Markaziy protsessorga tushadigan hisoblash yukini kamaytiradi va kompyuter videotizimining ishlash tezligini oshiradi. |
Grafik stansiya | Uch o‘lchamli tasvirlarni qayta ishlash uchun grafik tezlatgichli katta quvvatga ega kompyuter. |
Grafik sxema | Masalalarni yechish algoritmining grafik taqdim etilishi, unda simvollardan operatsiyalarni, oqim ma’lumotlarini tavsiflash va boshqarish uchun foydalaniladi. |
Grafik tezlatgich | Chiziqlar va yuzalarni chizish, konturlarni to‘ldirish, bo‘yash, yashirin chiziqlarni o‘chirish kabi murakkab grafik operatsiyalarni bajarishni tezlashtiruvchi plata yoki ixtisoslashtirilgan mikrosxema (mikroprotsessorlar to‘plami). |
Grafika | Matnli ma’lumotlar va grafik timsollar birlashtirilgan kompyuterda ma’lumotlarni vizual taqdim etishning eng umumiy usuli. Mashina tashuvchilarda grafik tasvirning o‘zini taqdim etishning rastrli va vektorli grafika kabi ikki turi bor. |
Grafika chizadigan | Egri va to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish yo‘li bilan tasvir chizadigan qurilma. Ikki turdagi, yaʼni barabanli va planshetli grafika chizuvchi qurilmalar ishlab chiqariladi. Barabanli (rulonli) grafika chizuvchi qurilmada tasvir chiqariladigan qog‘oz yoki plyonka barabanga mahkamlanadi. Barabanli grafika chizuvchi qurilmalar ixcham, ishlatishda qulay hamda katta hajmdagi chizmalar bilan ishlash imkonini beradi. Planshetli (yassi) grafika chizuvchilarda qog‘oz yoki plyonka tekislikda joylashadi. Tekislik ustidan metall konstruksiya o‘rnatiladi, u yozuv blokini bir vaqtning o‘zida ikki koordinata o‘qi bo‘yicha tekislik bo‘ylab siljitish imkonini beradi. Yozuv blokining turiga qarab grafika chizuvchi qurilmalar peroli, sharrachali va elektrostatik xillarga bo‘linadi. Grafika chizuvchilarning ikki toifasi farqlanadi. Vektorli turda yozuvchi blok vektorli tasvirlarni ikki yo‘nalishda siljib chizadi. Rastrli grafika chizuvchi qurilmalarda rastrli tasvirlar rastr nuqtalari yordamida yaratiladi. |
Grafikani optimallash | Tasvir fayllari o‘lchamlarini, ularning maqbul sifatini saqlagan holda, mumkin qadar kichraytirish. Veb-sahifa yaratishda, uning sahifalarini yuklanish tezligini oshirish maqsadida ishlatiladi. |
Grafikdagi nuqta | Grafikada tasvirlanadigan sonli qiymatlarning istalgan jufti. |
Grafikon | Kompyuter grafikasi, mashina ko‘rishi, tasvirlar va videoni qayta ishlash bo‘yicha Rossiyada har yili o‘tkaziladigan katta xalqaro anjuman. |
Granulyatsiyalangan shovqin | Kvantlash tufayli sodir bo‘lgan va tasvirning bir xil yoki qisman bir xil qismlarida yorqinlik va/yoki ranglilik fluktuatsiyasi kabi namoyon bo‘ladigan vizual nuqson. |
Gregori antennasi | Ikkita: parabolik (asosiy) va elliptik (yordamchi) ko‘zgulardan iborat bo‘lgan, o‘ta yuqori yoki ultra yuqori chastotali keskin yo‘naltirilgan antenna. Antennaning bunday konstruksiyasida ochilish yuzasidan foydalanish koeffitsiyenti ortadi va qutblanish xususiyatlari yaxshilanadi. |
Grey kodi | Ketma-ket keladigan elementlari bir razryadda farq qiladigan ikkilik kod (masalan, 000, 001, 011, 101, 100, 110, 010). |
Grid texnologiyasi, konsepsiyasi | Hisoblashlarni virtuallashtirishga qaratilgan hisoblash jarayonini tashkil qilish usuli. Bunda vazifaning qismlari tarmoqning barcha bo‘sh resurslari bo‘ylab taqsimlanadi. Dasturiy ta’minotni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. |
Guruh | Foydalanuvchilar, kompyuterlar, kontaktlar va boshqa guruhlar majmui. Guruhlar foydalanish huquqini boshqarish yoki xabarlarni tarqatish ro‘yxati sifatida qo‘llanilishi mumkin. Tarqatish guruhlari faqat elektron pochtada qo‘llaniladi. Xavfsizlik guruhlari erkin foydalanishni boshqarishda hamda xabarlarni tarqatish ro‘yxatida ham ishlatiladi. |
Guruh ichida chaqiruvni tutib qolish | Foydalana olish kodini terish yoki «Group Pickup» (SIP telefon) tugmasini bosish orqali guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi chaqiruvni qabul qilish imkonini beradigan xizmat.Izoh – Agar bir necha chaqiruv olingan bo‘lsa, ko‘p qo‘ng‘iroq qilgani tutib qolinadi. |
Guruh (jamoa) bo‘lib foydalana olish | Ikki yoki undan ko‘p foydalanuvchining paketli yoki interaktiv rejimda hisoblash tizimidan birgalikda foydalanishi. |
Guruh manzillari | Obyektlar to‘plamini aniqlaydigan manzil. Maʼlumotlar bloki shu manzilga atalgan. |
Guruhiy aloqa seansi | Bir nechta foydalanuvchi ishtirok etadigan aloqa seansi. |
Guruhiy dasturiy ta’minot | Mutaxassislar guruhining loyiha ustida yoki taqsimlangan hisoblash tizimidagi yoki tarmoqdagi ma’lumotlar bilan birgalikda yanada samarali ishlashi uchun foydalaniladigan tarmoq dasturiy ta’minoti. |
Guruhiy imzo | 1991-yilda Chom va Van Xeyst tomonidan taklif qilingan raqamli imzo sxemasi, guruhning istalgan a’zosiga xabarni, tekshirish paytida, xabar guruh a’zolaridan biri tomonidan imzo qo‘yuvchining shaxsi aniqlashtirilmasdan imzolanganini aniqlash mumkin bo‘ladigan tarzda imzolash imkonini beradi. |
Guruhiy xabar | Bir vaqtda bir necha adresatga uzatiladigan xabar; odatda, uni uzatishda raqam terishdan foydalanilmaydi. |
Guruhiy chaqiruv | Radiotarmoqlardagi, bitta chastotada ishlaydigan (bitta guruhga mansub) abonentlar uchun belgilangan chaqiruv turi. |
Guruhli aloqa kanali | Bir nechta radiostansiyaning, odatda, qayd etilgan chastotada birgalikda ishlashi ta’minlanadigan aloqa kanali.Izoh − Radiostansiyalardan har biri ushbu kanal bo‘yicha xabarlarni qabul qilishi va uzatishi mumkin, agarda uning uchun guruhli (dispetcherli) aloqa rejimi o‘rnatilgan bo‘lsa. |
Guruhli kechikish | Umumiy chegara kattaligiga yetgan qisman farq qiladigan chastotali amplitudaga teng ikkita ustma-ust to‘lqinlar bilan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan signalning ikki nuqtasi o‘rtasidagi tarqalish vaqti. |
Guruhli kodlash | Sanoq qiymatlarining sanoq o‘rtacha qiymatlaridan og‘ishining belgilar matritsasi uzatiladigan blokli kodlash. |
Guruhli signal | Multipleksor chiqishidagi turli axborot manbalaridan keladigan birmuncha past tezlikli kirish signallarining birlashishi natijasi bo‘lgan yuqori tezlikli signal yoki raqamli oqim. |
Guruhli tezlik | Elektromagnit to‘lqin energiyasini ko‘chirish tezligi. |
Guruhli uzatish | 1. Xabarni uzatish rejimi, bunda xabar bir vaqtda tarmoq uzellari guruhiga yuboriladi.2. Har bir xabar qabul qilinganligini orada tasdiqlamay turib, bir stansiyadan boshqa biriga ikki yoki undan ortiq xabarni uzatish usuli. |
Guruhli yetkazib berish | Keng ko‘lamli eshittirishning maxsus shakli, unda paketlar faqat foydalanuvchilarning muayyan guruhiga yetkazib beriladi. |
Guruhni chaqirish | Bitta yoki bir nechta guruh abonentlarining barchasini bir vaqtda chaqirish, odatda yarim dupleks aloqa rejimida amalga oshiriladi.Izoh − Chaqirishni initsializatsiya qilish bitta tugmachani bosish orqali bajariladi, bunda bog‘lanishni o‘rnatish (0,3−0,5) s dan oshmaydi. Guruhdagi abonentlar sonidan qat’i nazar, guruhli chaqiruvda faqat bitta aloqa kanalidan foydalaniladi. |
Go‘shagi ko‘tarilgan telefon bilan bog‘lanish xizmati | Go‘shagi ko‘tarilgan telefon apparati bilan, chaqiriluvchi abonentning xonasini eshitib nazorat qilish imkoniyatini ta’minlagan holda, bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat.H |
Haftada bir bo‘ladigan kollegial seminar | Davlat va xo‘jalik organlarining ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘linmalarining vakillari uchun, «Elektron hukumat» tizimi doirasida loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilinadigan seminar. |
Hajmiy grafika | Qar.: Uch o‘lchamli grafika. |
Halqa tarmog‘i | O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. Shu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Yuqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa taʼminlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. |
Halqali tekshirish | Raqamli axborotning ishonchliligini «shleyf» bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha maʼlumotlar oqimini retranslyatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. |
Halqali chiqish | Konvertordan qabul qilinadigan o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) signal chiqariladigan ajratgich. U kirish signalini boshqa resiverga «tranzit» uzatish uchun mo‘ljallangan. |
Halqasimon antenna panjarasi | Nurlantiruvchi elementlari atrofida joylashgan antenna panjarasi. |
Halqasimon rezonator | Elektromagnit tebranishlar yopiq kontur boʻyicha tarqaladigan optik rezonator. |
Hamjamiyat | Umumiy manfaatlar yo‘lida birlashgan odamlar guruhi. Odatda, hamjamiyatlar forum va bloglar asosida vujudga keladi. |
Hamkorlik | Linux operatsion tizimida xotira bloklarining bo‘linishiga va qo‘shni bo‘sh bloklarni birlashtirishga asoslangan jismoniy xotirani taqsimlash usuli. |