Header
stringlengths 2
118
| Content
stringlengths 10
1.73k
|
---|---|
Dizassemblirlash | Mashina kodlaridagi dasturdan assemblerdagi dasturning boshlang‘ich matnini olish jarayoni va/yoki usuli. Dasturning o‘zining kodlarini gene-ratsiyalashda translyatorning optimallik darajasini belgilashda foydali. Dastlabki matnlari bo‘lmagan dasturlarni tuzish usuli va/yoki algoritmini tushunish imkonini beradi. Bu jarayonni bajaradigan maxsus dasturlar – dizassemblerlar mavjud. |
Dizayn | Qar.: Veb-dizayn. |
Dizering | Nisbatan kam ranglardan iborat tasvirlar uchun rang teranligi illyuziyasini yaratish uchun kompyuter grafikasida qo‘llaniladigan usul. Mavjud bo‘lmagan ranglar bor ranglarni «aralashtirish» yo‘li bilan yaratiladi. Tasvirlar-ni ranglar sonini kamaytirish orqali optimal-lashtirishda dizering tasvirning vizual yaxshi-lanishiga olib keladi, biroq, baʼzi formatlarda (masalan, PNG) tasvirning hajmi oshadi. |
Dizyunksiya | n ≥ 2 ifodalar uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natijaviy ifoda boshlang‘ich ifodalar noto‘g‘ri bo‘lgandagina, yolg‘on bo‘ladi. Dizyunksiyani belgilash uchun standart ravishda V belgisidan foydalaniladi. |
Doimiy bor bo‘lish | Harakatlanadigan tasvirlarni qayta ishlash, uzatish va namoyish qilish usuli. Bunda elektronika vositalari yordamida ikkita alohida harakatchan tasvir qismlari yagona axborot oqimida uzatish uchun kombinatsiyalanadi (birlashtiriladi). Qabul nuqtasida tasvir umumiy monitorda yoki ikkita yonma-yon turgan monitorda namoyish qilinishi mumkin. |
Doimiy ifoda | Berilgan matnda ixtiyoriy murakkablikdagi belgilar tuzilmalarini izlashni amalga oshirishda va tuzishda kerak bo‘ladigan shablonlarni yaratishda qo‘llaniladigan kuchli vosita. Doimiy ifodalarda bitta yoki bir nechta belgini o‘zgartiruvchi qo‘shimcha belgilardan foydalanish mumkin. |
Doimiy kanal (trakt) ni taqdim qilish xizmati, doimiy kanal (trakt) orqali aloqa xizmati | Aloqa kanali (trakti), ekspluatatsion yoki ma’muriy xabar vositasida amalga oshirilgan, abonentning so‘roviga javoban yuzaga keladigan telekommunikatsiyalar xizmatining turi.Izoh – Aloqa kanali (trakti) ning uzib qo‘yilishi uning o‘rnatilishiga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. |
Doimiy tashkil etuvchini tiklash | Videosignalni yoki doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lmagan signaldan yo belgilangan doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lgan signaldan to‘liq videosignalni unung doimiy tashkil etuvchisi bilan yangitdan yaratish jarayoni. |
Doimiy uzatish tezligi | Real vaqtda ulanish o‘rnatilishiga yo‘naltirilgan, maʼlumotlar oqimini (siqilmagan nutq, videomaʼlumotlar, televizion tasvirlar) o‘zgarmas tezlik va taxminlash mumkin bo‘lgan jadallik bilan uzatish uchun qo‘llaniladigan, ATM tarmog‘idagi trafik turi (A turkumi). |
Doimiy virtual kanal | Tarmoqning ikkita oxirgi nuqtalari o‘rtasida doimo amalga oshadigan bog‘lanish. |
Doimiy virtual zanjir | Tarmoq sathida muayyan vaqt davriga (minutning ulushidan bir necha kun va hatto, oygacha) o‘rnatiladigan mantiqiy bog‘lanish. Tarmoqdagi har bir kanal uchun yo‘nalish, uzatish tezligi hamda xizmat ko‘rsatish sinfi qatʼiy belgilangan. |
Doimiy xotira | O‘zgarmaydigan ma’lumotlar massivini saqlash uchun foydalaniladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. |
Doimiy xotira qurilmasi | Kompyuterni boshqarish uchun dasturlar doimiy saqlanadigan, bitta yoki bir nechta mikrosxemadan iborat qurilma. Doimiy xotira qurilmasi energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotiradir, ya’ni kompyuter o‘chirilganda xotira ichidagi o‘zgarmaydi. Doimiy xotira qurilmasi shaxsiy kompyuterlarning apparat xususiyatlari va operatsion tizimning tayanch kiritish/chiqarish tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ba’zi mashinalarda doimiy xotira qurilmasiga bundan tashqari, dasturlash tilidan translyator yoziladi. Ko‘pincha, doimiy xotira deb ataladi. |
Doimiy chiziqli tezlik | Diskka yozish usuli xarakteristikalaridan biri. |
Doiraviy-ikki simli toʻlqinoʻtkazgich | Ikki simli liniyani qamrab oluvchi tashqi oʻtkazgichning doiraviy kesimi boʻlgan uch bogʻlamli toʻlqinoʻtkazgich. |
Doiraviy qutblanish | Elektr maydonining ikkita garmonik tashkil etuvchisi kattalik boʻyicha teng va faza boʻyicha 90° ga siljigandagi (bu elektr maydonini doira boʻylab aylanishiga olib keladi) qutblanish. Magnit maydon vektori markazda joylashgan va doira tekisligiga perpendikulyar. |
Domen | 1. Internet tarmog‘idagi kompyuter nomining tarkibiy qismi.2. Internet tarmog‘ining, nomi yozilgan mezon bo‘yicha ajratilgan va uni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan javob beradigan tashkilot tasarrufiga berilgan qismi.Izoh – Domen bo‘yicha kompyuter joylashgan yer aniqlanadi, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.3. Markazlashtirilgan tarzda maʼmuriy boshqariladigan, bir-biri bilan muayyan usulda domen nomlari serveri orqali birgalikda ishlaydigan kompyuterlar to‘plami.Izoh – Kompyuterlarni domenga birlashtirish ularning geografik joylashuvi, tashkilot bo‘yicha yoki aktivlik turi bo‘yicha amalga oshiriladi. |
Domen administratori | Domenni to‘liq nazorat qila oladigan hisobga olish yozuvi. |
Domen administratori foydalanuvchisining nomi | Domen administratori foydalanuvchisining nomi. U ushbu domendagi deyarli barcha huquqlarga ega. |
Domen kontrolleri | Haqiqiylikni yalpi tekshirishda parolning tekshirilishini bajaradigan, domenning hisobga olish yozuvlari ro‘yxati saqlanadigan kompyuter. |
Domen manzili | Qar.: Domen nomi. |
Domen nomi | 1. Nomlarning domen tizimiga muvofiq, kompyuter tarmog‘i uzeliga berilgan, noyob simvolli nom.2. IP-manzilni simvolli ko‘rsatish. |
Domen nomini ro‘yxatga kiritish | Talabnoma asosida domen nomi va uning administratori to‘g‘risidagi axborotni ro‘yxatga oluvchi tomonidan reyestrga kiritib qo‘yish. Reyestrga domen nomi to‘g‘risidagi axborot kiritilgan vaqtdan boshlab u ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Masalan, «uz» domenida ro‘yxatning kuchga ega bo‘lish muddati uch yilgacha. |
Domen nomlari reyestri | Domenning markaziy maʼlumotlar bazasi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan domen nomlari, domenlarning administratorlari to‘g‘risidagi va domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur axborot saqlanadi. |
Domen nomlari tizimi | Internetga o‘xshash tarmoqda bog‘langan kompyuterlarning har biriga noyob nomlar berishning iyerarxik tizimi.Izoh – Nom chapdan o‘ngga oshib boradigan iyerarxiya darajalariga mos keladigan, nuqta bilan ajratilgan qismlar domenlaridan iborat. |
Domen nomlari xizmati | IP-manzil sonlari va matnli nomlar o‘rtasida moslik o‘rnatadigan, Internet tarmog‘ida qo‘llaniladigan mexanizm. |
Domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi | Domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va tegishli axborotni reyestrga uzatadigan yuridik shaxs. |
Domen nomlarini o‘girish | Internet domen nomini mos ravishda IP-manzilga o‘girish jarayoni. |
Domen nomlarining serveri | Kompyuter nomlarini IP-manzillaridagi domen nomlariga o‘tkazadigan tarmoqning xizmatga oid kompyuteri. |
Domenni joylashtirish | Domen nomlarini DNS-serverlarda ro‘yxatdan o‘tkazish. Domenni xususan qayd etuv-chida, shuningdek tashqi maydonlarda qayd etish mumkin. |
Domenning rezerv kontrolleri | Windows NT domenidagi kompyuter, domenning xavfsizlik siyosati va ma’lumotlar bazasi nusxalarini o‘zida saqlaydi. Agarda domenning bosh kontrolleridan foydalanish mumkin bo‘lmasa, undan zaxira sifatida foydalaniladi. |
Domenning yordamchi kontrolleri | Tarmoq yuklanganida yoki ishdan chiqqanida domenning asosiy kontrolleri (tartibga soluvchi)ni almashtirib turuvchi va Active Directory dagi ma’lumotni replitslovchi (nusxalovchi) zahira serveri. |
Dominant (asosiy) marshrutizator | Aktiv abonentlarni aniqlaydigan va so‘rovlarning davriy ravishda yuborilishi uchun javob beradigan asosiy marshrutizator. |
Doppler effekti | Signal manbaiga va/yoki tarqalish muhitiga nisbatan harakat qiladigan, nuqtada kuzatiladigan signal chastotasining o‘zgarishi. |
Dorvey | 1-3 kalitli so‘z yoki iboralar uchun maqbullashtirilgan sahifalar. Ularni odatda kirish sahifalari, shlyuzlar (gateway) .g yoki reklama sahifalari (splash pages) deyiladi. Ko‘p hollarda dorveylar maʼlum izlash mashinasi uchun maxsus yaratiladi. |
Dotkom | Biznes-modeli to‘liq Internet tarmog‘i doirasidagi faoliyatga asoslangan kompaniya. Ushbu nom 1990-yillarning oxirida keng tarqalgan bo‘lib, inglizcha «dot-com» («nuqta-com») iborasidan kelib chiqqan. |
Dog‘ vobulyatsiyasi | Yoyuvchi elementga satrlarni kengaytirish bilan satr tuzilmasini qisman sezilarli qilish uchun xabar beradigan, yoyish satrlariga perpendikulyar bo‘lgan tebranma harakat.Izoh – Taalluqli fransuzcha atama «Vobuler». |
Drayver | 1. Amaliy jarayonlar va tashqi qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvini boshqaradigan, tezkor xotiraga yuklanadigan dastur.2. Operatsion tizimning, bajariladigan dasturning ayrim qurilmalar bilan birgalikda ishlashini taʼminlaydigan va undan qulayroq foydalanishga ko‘maklashadigan boshqaruvchi dasturi. |
Drayverlarning yangilanishi | Drayverning yanada yangi, yanada funksional versiyasini qabul qilish uchun xizmat qiladi. |
Drogen | Dorvey generatori, ko‘pincha Markov zanjiri bilan ishlatiladi. Dorvey generatsiyasi kalit so‘zlar ro‘yxati va mavzuli saytlar matni asosida amalga oshadi. Dorgen berilgan algoritm bo‘yicha ko‘pgina bet mazmunsiz matnlarni to‘playdi. Ular o‘zaro (baʼzida esa boshqa dorveylar bilan) ulagich orqali bog‘langan bo‘ladi. |
Dupleks aloqa | Aloqa usuli, bunda uzatish telekommunikatsiyalar kanalining ikkala yo‘nalishida bir vaqtda amalga oshiriladi. |
Dupleks uzatish | Axborotni ikkala yo‘nalishda navbatma-navbat (yarim dupleks) hamda bir vaqtning o‘zida (to‘liq dupleks) uzatish. |
Duplekser | Axborotni uzatish va qabul qilish uchun bitta antennadan bir vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan antenna ajratuvchi filtri. |
Dupleksorlash | Ikkita fizik mustaqil simpleks kanalining har biridan axborot faqat bir yo‘nalishda uzatiladigan abonentlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani tashkil etish.Izoh – Amaliyotda dupleksorlashning ikkita: qabul qilish va uzatish kanallarini FDD va TDD bo‘yicha bo‘lish sxemasi qo‘llaniladi. |
Duplikator | Disklar, disketalar, magnit tasmalarni ko‘paytirish (nusxa olish) qurilmasi. |
Do‘stona interfeys | Foydalanish, qo‘llash uchun qulay va oddiy tashkil qilingan foydalanuvchining interfeysi.E |
Effektiv nurlanadigan quvvat | Berilgan yo‘nalishda yarimto‘lqinli dipolga nisbatan, antennaga uzatilayotgan quvvatning uning kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan ko‘paytmasi. |
Effektiv sochilish maydoni | Maydon o‘lchamliligiga ega radiolokatsiya obyektlarining xususiyatlarini aks ettiradigan va nurlantiruvchi obyektning shu energiya oqimi zichligiga radiolokatsion stansiyaga obyektdan qaytadigan elektromagnit energiya quvvatining nisbatiga teng xarakteristikasi. |
Efir | Radioto‘lqinlar tarqaladigan elektromagnit muhitning umumlashtirilgan nomi. |
Efir orti radiokuzatuvi | Aloqa vositalarining ishchi chastotalari va ish rejimlarini elektromagnit va xalaqit mavjud vaziyatlarni tahlil qilish maqsadida nazorat qilish. |
Efirda bo‘lish vaqti | 1. Abonent qurilmasi radiokanalga ulanib turgan umumiy vaqt.2. Abonent tomonidan bir oy ichida radioaloqa kanalidan jami foydalanish vaqti (minutlarda) bo‘lib, har oylik to‘lovlarni hisoblashda ishlatiladi. |
Efirga chiqilmasdan amalga oshiriladigan nazorat | Radiostansiyani halqali tekshirish rejimi, bunda qabul qilgich o‘z uzatgichining signalini qabul qiladi. |
Egalik | Obyektga egalik qilishga nisbatan mutlaq huquqlarga egalikni nazarda tutuvchi harakat. |
Egallash, tutish | Axborotni qandaydir bir qurilmadan signalni bekor qilish va rasshifrovka qilish yo‘li bilan qabul qilish. Odatda, ovoz va videoni tutish amalga oshiriladi. |
Egilish tufayli yo‘qotishlar | Toladagi so‘nish shakli. Tolaning xilma-xillik atrofida egilishi (makro egilish) yoki toladagi mikroskopik buzilish (mik-ro egilish) natijasi hisoblanadi. |
Egiluvchan disk | Kompyuter axborotni yozish uchun mo‘ljallangan, asosi yupqa egiluvchan polimer magnit moddadan plastina shaklida yasalgan magnit disk. Plastina chang va shikastlanishdan saqlovchi, ichki tomonida tozalovchi qoplama bo‘lgan zich korpusga joylashtirilgan. Korpusdagi o‘yiq maʼlumotlarni yozish va o‘qish uchun xizmat qiladi. Axborot diskda konsentrik yo‘laklar bo‘ylab joylashtiriladi va saqlanadi. |
Egiluvchan magnit diskdagi o‘qish qurilmasi | Disketadan ma’lumotlarni o‘qiydigan va ma’lumotlarni disketaga yozadigan elektron hisoblash mashinalari apparat vositalarining qurilmasi. |
Egiluvchan magnit disklar diskovodi | Egiluvchan magnit disklardagi to‘plagich. Dastlab 8" o‘lchamga ega edi, keyinchalik esa 5,25" gacha kichraytirildi. Oxirgi ishlatilgan disketalar 3,5" o‘lchamli va 1.44 Mbyte hajmga ega edi. Hozirda CD-diskovod va Flash-jamlovchilar uning o‘rnini egallab olgan. |
Egiluvchan to‘lqin o‘tkazgich | Geometrik shaklining o‘zgarishi, elektr xossalari jiddiy o‘zgarishiga olib kelmaydigan to‘lqin o‘tkazgich. |
Ehtimoliy shifrlash | 1. Bitta ochiq matnga shifrmatnlar to‘plami to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lgan shifrlash sxemasi.2. Tasodifiy parametrlardan foydalangan holda shifrlash jarayoni. |
Ehtiyoj dugasi | Resurslarni taqsimlash grafasidagi duga, jarayonni cho‘qqidan cho‘qqiga olib o‘tadi, resurs punktir chiziq bilan ifodalanadi va bu jarayon ushbu resursni talab qilishi mumkinligini bildiradi. |
Ekran | 1. Proyektor tomonidan hosil qilingan tasvir aks etayotgan yuza.2. Matnli yoki tasvirli ixtiyoriy mazmundagi axborot ko‘rsatiladigan qurilma (televizor, monitor, elektron soatlar, telefon va h.k.).3. Parazit nurlanishni kamaytirish va elektromagnit nurlanishlarning kabelga zararli ta’sirini kamaytirish uchun mo‘ljallangan kabelning sirtini to‘r to‘qib o‘rash.4. Insonni yoki texnik qurilmalarni noqulay, zararli yoki bu ta’sirni uning yuzasi bilan aks ettirish orqali xavfli zararlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki obyekt. |
Ekran imitatsiyasi | Hech narsadan gumon qilmagan foydalanuvchiga, uning nomi va parolini bilib olish uchun soxta so‘roq ekranini yoritish bilan bog‘liq ekran maskirovkasi. |
Ekran klaviaturasi | Operatsion tizimning, ekranda haqiqiy klaviatura kabi ishlaydigan virtual klaviaturani aks ettiradigan standart dasturi. |
Ekran lupasi | Turli operatsion tizimlarning maxsus imkoniyatlari tarkibiga kiruvchi dastur. Ishlash tartibi oddiy lupa kabi, ya’ni ekrandagi biror elementning qismlarini aniqroq ko‘rish yoki ko‘rish qobiliyati past bo‘lganda kattaroq qilib ko‘rsatadi. |
Ekran operatsiyalarini tezlashtirgich | Markaziy protsessorning ishtirokisiz, ekranda oynani o‘zgartirish yoki qayta chizish yo‘li bilan operatsion tizim ishini tezlatish uchun mo‘ljallangan grafik plata. |
Ekran surati | Foydalanuvchi tomonidan ekranda ko‘rinib turgan yoki boshqa qurilmani ko‘rsatishda kompyuter tomonidan olingan tasvir. Odatda, bu raqamli tasvir foydalanuvchining komandasiga asosan operatsion tizim yoki boshqa dastur tomonidan amalga oshiriladi. |
Ekran o‘lchami | Monitor ekranida chiqadigan axborot miqdorini aniqlovchi kattalik (nuqtalarda o‘lchanadi). Ekranning quyi ruxsat etish darajasida, masalan 640 x 480 da, tasvir sohasi kichrayadi va alohida elementlar kattalashadi. Yuqori ruxsat etish darajasi 1024 x 768 da esa tasvir sohasi kattalashadi va unga muvofiq alohida elementlarni kichik ko‘rinishda chiqarish mumkin bo‘ladi. |
Ekran shakli | Operator interfeysi, bunda ma’lumotlar ekrandagi maydonlarda kiritiladi va chiqariladi, operator esa, kiritish kursorini maydonlar o‘rtasida siljitib, ularning ichidagini to‘ldiradi yoki o‘zgartiradi. |
Ekranlangan kamera | Ichki va tashqi elektromagnit vaziyatni ajratish uchun ekranlash xususiyatlariga ega bo‘lgan xona. |
Ekranlanmagan o‘ralgan juft | Telefon aloqasi yoki kompyuter qurilmalarining bog‘lanishi uchun foydalaniladigan ichki sim. U egiluvchan izolyatsion trubka ichidagi ikkitalik yoki to‘rttalik o‘ralgan juft simlardan tashkil topadi va modulli tiqin yoki telefon ajratgichlardan foydalanadi. |
Ekranlash | 1. Tarmoqlararo ekranning, tashqi sohadan bo‘ladigan ruxsat etilmagan so‘rovlarni rad qilgan holda, ichki soha obyektlarining xavfsizligini ta’minlaydigan funksiyasi.2. Uzatiladigan ma’lumotlarni filtrlash yo‘li bilan tarmoqlararo foydalanishni chegaralash. |
Ekranlash koeffitsiyenti | Maydonning, ekranda hosil qilinadigan fazoning shu nuqtasidagi tashqi manbadan, susayishini tavsiflovchi koeffitsiyent. |
Ekranni himoyalash dasturi | Klavish oxirgi marta bosilgandan yoki «sichqoncha» surilgandan keyin ma’lum vaqt o‘tgach, ekranni umuman o‘chiradigan yoki vaqtda o‘zgaradigan rasmni ko‘rsata-digan dastur. Bunday dasturlar ekran lyumi-nofori tez yonib tugashining oldini olish uchun mo‘ljallangan. |
Ekranni saqlovchi | Foydalanuvchi kompyuterda ishlamayotgan vaqtida, ekranga harakatdagi tasvirni chiqaruvchi dastur. Klaviaturadan birorta klavish bosilsa yoki «sichqoncha» qimirlasa, ekran saqlovchisi chiqargan tasvir darhol yo‘qolib ketadi. Bunday dasturlar ayrim monitorlar ekranlarini lyuminofor yonishidan saqlaydi. |
Ekranning kuchaytirish koeffitsiyenti | Ekranning akslantirish xossasi kattaligining, etalon materialning xuddi shu xarakteristikaga nisbati. |
Ekspert baholash | Izlash usuli va ekspertning shaxsiy fikridan yoki ekspertlar guruhining umumiy fikridan foydalanish asosida olingan, usulni qo‘llash natijasi. |
Ekspert darajadagi tarmoqlararo ekran | Paketlarni filtrlashning maxsus algoritmlari. Ular yordamida har bir paket mualliflashtirilgan paketlarning ma’lum namunasi bilan taqqoslanadi. Qabul qilinadigan paketlarning ichidagi VOS modelining uchta: tarmoq, seans va amaliy darajalarida tekshiriladi. |
Ekspert tizimi | Malakali ekspertlarning bilimi, tajribasi hamda kompyuterlarning imkoniyatlari asosida vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan sun’iy intellekt tizimi. Ekspert tizimi – bu, kompyuter uchun dastur bo‘lib, uning yordamida rasmiy, absolyut aniq yechimlar olish mumkin bo‘lmagan vaziyatda maqbul yechim olish mumkin bo‘ladi. Ekspert tizimi odatda, uchta blokdan, ya’ni bilimlar bazasi, mantiqiy xulosa bloki, foydalanuvchi bo‘lgan interfeysdan iborat bo‘ladi. |
Ekspert xulosasi | Ekspertiza obyektining talablarga mos kelishi yoki to‘g‘risida asoslangan xulosalarni ichiga oladigan hujjat. |
Eksploit | Kompyuter tizimiga dasturiy ta’minotning zaif joyidan foydalanish orqali hujum qilish. Keyinchalik tizimga hujum qilish maqsadidagi g‘araz niyatli foydalanuvchi huquqlarini oshirishda foydalaniladi. |
Ekspluatatsion dasturlash | Dasturning, dastur buyurtmachida joriy qilingandan so‘ng o‘zgartirilishi. Yangi funksional imkoniyatlarni qo‘shish, xatolarni tuzatish yoki foydalanishda qulayroq qilish maqsadida bajariladi. |
Eksport | Bir platformadagi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini boshqa platformadagi ma’lumotlar bazasiga yoki bir formatdagi fayl ma’lumotlarini boshqa dasturdan foydalanish uchun boshqa formatdagi faylga o‘tkazish. |
Ekstent | Kirish/chiqarish qurilmasidagi, ma’lumotlarning muayyan jami uchun band qilingan yoki zaxiralangan fizik soha. |
Ekstrakod | Operatsion tizim ichidagi, apparat funksiyalarni emulyatsiyalaydigan qisqa kichik dasturlar. |
Ekstranet tarmog‘i | Yopiq korporativ intratarmoqni kengaytirish natijasida hosil bo‘lgan tarmoq. U biznesni samaraliroq olib borish uchun tashkilot axborot tizimidan tanlov asosida foydalanish zarurati bo‘lgan mijoz, yetqazib beruvchi, subpudratchi va ishchan hamkorlarni hamda tashkilotga nisbatan boshqa tashqi tomonlarni o‘zaro bog‘laydi. |
Ekstremal dasturlash | Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish metodologiyalaridan biri. |
Ekvayrer (bank-ekvayrer) | To‘lov tizimi vositalari bilan xizmat ko‘rsatish ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini taʼminlash bo‘yicha zarur operatsiyalar bajarilishini amalga oshiradigan moliya tashkiloti. |
Ekvidistant antenna panjarasi | Qo‘shni elementlar o‘rtasida bir xil masofaga ega liniya antenna panjarasi. |
Ekvidistant elementlar | Bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashgan antenna panjarasining elementar nur tarqatgichlari. |
Ekvivalent izotrop nurlanuvchi quvvat (e.i.n.q.) | Antennaga uzatiladigan quvvatning, izotrop antennaga nisbatan berilgan yo‘nalishda bu antennaning kuchaytirish koeffitsientiga ko‘paytmasi.Izoh – Izotrop antenna, unga 1kW quvvat uzatilganda barcha yo’nalishlarda 1 kW ga teng e.i.n.q. ni taʼminlaydi, va 1km masofada 173 mV/m maydon kuchlanganligini hosil qiladi, deb hisoblanadi. |
Elektr pastga og‘ish | Antenna elementlarini fazalash yo‘li bilan yoki analog elektr vositalar yordamida amalga oshiriladigan antennaning pastga og‘ishi.Elektr ravishda o‘chiriladigan dasturlashtiriladigan doimiy xotira qurilmasiing. - electrically (electrical) erasable programmable read-only memory (EEPROM)ru – электрически стираемое программируемое постоянное запоминающее устройствоKam ishlatiladigan yarim o‘tkazgich turiga tegishli dasturlashtirilgan doimiy xotira qurilmasi, uni tozalash yoki qayta dasturlash uchun elektr signallardan foydalaniladi. Ushbu signallar mikrosxemaning maxsus oyoqchalariga kompyuterning o‘zi yoki tashqi qurilma (dasturlovchi) tomonidan yuboriladi. 10 dan 100 ming siklgacha qayta yozish imkoniyatini beradi. |
Elektr skanlanadigan antenna panjarasi | Nurning elektr skanlanishi uning parametrlarini elektr boshqarish vositasida amalga oshiriladigan antenna panjarasi. |
Elektr ta’minot tarmog‘i bo‘yicha xalaqitga chidamlilik (hisoblash texnikasi vositasining) | Hisoblash texnikasi vositasining tarmoq xalaqitlari ta’siriga chidamliligi. |
Elektrolyuminessensiya | Elektr maydoni yoki tok qo‘zg‘atadigan lyuminessensiya. |
Elektrolyuminoforlar | Elektrolyuminessensiya xossasiga ega bo‘lgan moddalar. |
Elektromagnit moslashuv | Turli radioaloqa vositalaridan birgalikda foydalanish mumkin bo‘lgan hamda ularning o‘zaro ta’siri aloqa sifatining belgilangan normalardan pasayishiga olib kelmasligini kafolatlaydigan sharoit. |
Elektromagnit moslashuv darajasi (hisoblash texnikasi vositasining) | Parametrlarining qiymatlari qat’iy belgilangan tashqi xalaqitning hisoblash texnikasi vositasining xalaqit emissiyasiga bo’lgan normasi bilan xalaqitga chidamlilik normasi o‘rtasida yotuvchi, darajasi. Real sharoitlarda uning oshib ketish ehtimoli kam. |
Elektromagnit moslashuv xarakteristikasi | Texnik vositaning berilgan elektromagnit vaziyatda ishlash imkoniyatini va/yoki uning boshqa texnik vositalarga ta’siri darajasini ko‘rsatadigan xarakteristikasi. |
Elektromagnit nurlanish | Energiyaning manbadan elektromagnit to‘lqinlar ko‘rinishida fazoga nurlanish jarayoni. |