Header
stringlengths 2
118
| Content
stringlengths 10
1.73k
|
---|---|
Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqdim etish | Tizimga, chaqirilayotgan abonentga chaqiriluvchi abonentning raqamini yuborish va uni telefon apparati yoki chaqiriluvchi abonent terminalida aks ettirish imkonini beradigan xizmat.
|
Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqiqlash | Chaqiruvchi abonentga chaqirilayotgan abonentning telefon apparatida uning raqami aks etishini taqiqlash imkonini beradigan xizmat.
|
Chaqiruv | 1. Chaqirilayotgan bir yoki bir nechta abonent bilan bog‘lanishga urinish.
2. Chaqirilayotgan abonent bilan aloqani o‘rnatish yoki dasturga uni bajarish maqsadida murojaat etish jarayoni.
|
Chaqiruv to‘g‘risida xabar | Tovush signalini uzatish yoki chaqiruvchi abonent raqamini displey ekranida yoritish orqali amalga oshiriladigan signalizatsiya.
Izoh − Agar so‘zlashuv olib borayotgan yoki harakat zona-sidan tashqarida turgan abonentni chaqirish zarur bo‘lsa, chaqiruv tizim tomonidan eslab qolinadi va abonent bilan bog‘lanishning imkoniyati tug‘ilganda, chaqiruv avtomatik tarzda yoki operator komandasiga binoan takrorlanadi.
|
Chaqiruv harakati boshlandi | Abonentning chaqiruvni boshlash niyati borligi, lekin hali raqam terishni boshlamaganligini ko‘rsatuvchi belgi.
|
Chaqiruv-javob | Parolni tekshirish mexanizmi. Server mijozga «chaqiruv»ni uzatadi, u parol yordamida uni qayta o‘zgartiradi va natijani serverga «javob» sifatida uzatadi. Server «javob» «chaqiruv»dan to‘g‘ri parol yordamida olinganligini tekshiradi.
|
Chaqiruv parametrlari yozuvi | Abonent chaqiruvlarining qayd etiladigan parametrlari, ular ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va kelgusida billing operatsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
|
Chaqiruv trassirovkasi | Terminal abonentiga oxirgi qo‘ng‘iroq qilgan IP-manzil trassirovkasi.
|
Chaqiruvga aralashish | Ishlamaydigan raqamga qo‘ng‘iroq qilinganda abonentni xabardor qilish, yoki uni muqobil raqamga qayta yo‘llash.
|
Chaqiruvlar dispetcheri | Berilgan qayta manzillash dasturiga va ustuvorliklarga muvofiq, chaqiruvlarning aloqa liniyasida o‘tish tartibini belgilovchi qurilma.
|
Chaqiruvlar grafigi | Tizim yoki kompyuter dasturida modullarni identifikatsiyalaydigan va qanday modullar bir-biriga qo‘ng‘iroq qilayotganligini ko‘rsatadigan diagramma.
|
Chaqiruvlar navbatini shakllantirish | Kelayotgan barcha chaqiruvlarni qayta ishlash jarayonini tartibga solish protsedurasi. Aloqa kanalining taqdim etilishi chaqirilayotgan abonent raqami bo‘shashiga qarab yoki chaqiruvlarni boshqa raqamga o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Kutish vaqtida chaqirayotgan abonentga kerakli liniya bo‘shashi bilan uning chaqiruviga javob berilishi to‘g‘risida ogohlantiradigan maxsus xabar signali yoki nutqli xabar jo‘natiladi.
|
Chaqiruvlar ro‘yxati | Dasturiy modulni chaqirishda foydalaniladigan argumentlarning tartiblashtirilgan ro‘yxati.
|
Chaqiruvlar to‘g‘risida kelishuv | Dasturlashda – protsedura yoki funksiyani chaqirishda, argumentlar berish tartibini va komandalar ketma-ketligini belgilaydigan kelishuvlar. Argumentlar registrlarda, stek, xotiraning umumiy sohasi orqali berilishi mumkin. Stekda ular, protsedurani chaqirish satridagi argumentlar ro‘yxati bo‘yicha chapdan o‘ngga yoki o‘ngdan chapga (ya’ni, teskari tartibda) siljishi mumkin. Argumentlar soni o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin.
|
Chaqiruvlarni avtomatik taqsimlash | Aloqa tarmoqlaridagi, chaqiruvlarni qayta manzillash dasturi va ustuvorliklarga muvofiq, boshqa raqamlarga yo‘naltirish imkoniyatini beradigan xizmat.
|
Chaqiruvlarni birgalikda qabul qilishni amalga oshiruvchi abonentlar guruhi (seriyali izlash guruhlari) | Kichik guruhni, unga kiruvchi chaqiruvlarni taqsimlash qoidalarini belgilash uchun, guruhga qo‘shish imkonini beradigan xizmat. Quyidagi rejimlardan foydalanish mumkin:
- berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv oxirgi chaqiruvni qabul qilgan terminaldan boshlab, ro‘yxatni birma-bir saralaydi;
- berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv ro‘yxatni uning boshidan boshlab, birma-bir saralaydi;
- chaqiruv bir vaqtda kichik guruhning barcha terminaliga keladi, ulanish go‘shakni birinchi ko‘targan abonent uchun amalga oshiriladi;
- chaqiruvni oxirgi qabul qilgan ro‘yxatning oxiriga joylashtiriladi – abonentlarni bir tekis yuklash ta’minlanadi.
|
Chaqiruvlarni qayd qilish | Ma’lum raqamga kelib tushadigan barcha chaqiruvlarni eslab qolish va statistik to‘plam faylida chaqiruvlar to‘g‘risidagi batafsil axborotni qayd qilish.
|
Chaqiruvlarni qayta manzillash ro‘yxati | Xizmat abonenti chaqiruvlarini qayta manzillash ro‘yxatida tegishli yozuvlar aktivizatsiyasi yoki deaktivizatsiyasida ishlatiladigan xizmat.
|
Chaqiruvlarni qayta manzillash uchun qo‘ng‘iroq o‘rnatish | Call Forwarding Unconditional, Call Forwarding Selective va Do Not Disturb funksiyalarini ulashda terminalda tegishli tovushli signallarni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat.
|
Chaqiruvlarni saralash | Qaysi raqam terilganligiga qarab, kiruvchi chaqiruvlarning uzatilishini taqiqlovchi yoki unga ruxsat beruvchi protsedura. Ustuvor foydalanishni tashkil etishda yoki ruxsat etilmagan chaqiruvlarning oldini olishda foydalaniladi.
|
Chaqiruvlarni so‘zsiz qayta manzillash | Xizmat abonentiga kiruvchi chaqiruvlarni, xizmat abonenti holatidan qat’i nazar, boshqa belgilangan raqamga avtomatik tarzda qayta manzillash imkonini beruvchi xizmat.
|
Chaqiruvlarni tanlab qabul qilish | Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinadi; agar chaqiruvchi abonent raqami ro‘yxatda yo‘q bo‘lsa, chaqiruv tovushli pochtaga qayta manzillanadi.
|
Chaqiruvlarni tanlab qayta manzillash | Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv boshqa raqamga yoki tovushli pochtaga qayta manzillanadi.
|
Chaqiruvlarni tanlab rad etish | Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinmaydi; agar chaqirayotgan abonent raqami ro‘yxatda yoq bo‘lsa, kiruvchi chaqiruvga oddiy (normal) chaqiruv kabi xizmat ko‘rsatiladi.
|
Chaqiruvlarni taqsimlash | Abonentga beriladigan imkoniyat, u kiruvchi chaqiruvlarni boshqa raqamlarga, o‘zi belgilagan qayta manzillash va ustuvorlik qoidalariga muvofiq yuborishi mumkin. Navbatdagi chaqiruv yuborilishi kerak bo‘lgan terminalni tanlash, doiraviy navbat bo‘yicha yoki abonentlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan ustuvorliklarga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
|
Chaqiruvlarni chegaralash bo‘yicha xizmat | Mobil abonentga kiruvchi yoki chiquvchi chaqiruvlarning muayyan toifasini uning mobil stansiyasi uchun blokirovkalash imkonini beradigan xizmat. Bu chaqiruvlar asosiy aloqa xizmatlarining barcha yoki muayyan turiga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Izoh – Mobil abonent, o‘z ixtiyori bo‘yicha, ushbu blokirovkani bekor qilish yoki xizmatning amal qilinishini to‘xta-tish va uning amal qilish davomiyligi davrini aniqlash uchun parolga ega bo‘lishi mumkin. Agar u tanlagan bo‘lsa, unda o‘zi parolni o‘zgartirishi mumkin.
|
Chaqiruvlarni cheklagich | Abonentning ma’lum raqamiga bir vaqtda kelib tushadigan chaqiruvlarning muayyan soniga (chegara qiymatiga) sozlangan hisoblagich.
Izoh − Cheklash chegarasi sutkaning ma’lum vaqtiga yoki foydalanuvchi tomonidan beriladigan biron-bir boshqa parametrlarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin.
|
Chaqiruvni aniq tutib qolish | Guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi qo‘ng‘iroqni qabul qilish imkonini beradigan xizmat.
|
Chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash | Abonent raqami band bo‘lganda yoki telefon javob bermaganda, chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash mumkinligi.
Izoh − Chaqiruv manzilini o‘zgartirishning uch usuli ma’lum. Ulardan eng oddiysi – uzatilishi kerak bo‘lgan barcha kiruvchi chaqiruvlarni abonent ko‘rsatgan raqamga jo‘natish. Ikkinchi usulda faqat asosiy raqam band bo‘lgan paytda kelib tushuvchi chaqiruvlargina boshqa manzilga yo‘llanadi. Uchinchi usul abonent javob bermagan hollarda nazorat vaqti (taym-aut) davomida berilgan algoritm bo‘yicha avtoqo‘ng‘iroq imkoniyatini ko‘zda tutadi va chaqiruv faqat bu vaqtdan oshib ketgandagina boshqa manzilga yo‘llanadi. Xizmatning ulanishi yoki uzib qo‘yilishini foydalanuvchining o‘zi bajarishi ham mumkin.
|
Chaqiruvni kutish | Chaqirilayotgan abonent liniyasi band bo‘lganda, unga yangi chaqiruv kelib tushganligi to‘g‘risida xabar berib, chaqiruvni navbatga qo‘yish.
|
Chaqiruvni kutish xizmatidan foydalanishda (ikkinchi) chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish | Band abonentga uni chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish imkonini beradigan xizmat.
Izoh – Chaqirayotgan abonent raqamni va/yoki nomini identifikatsiya qilish uchun chaqirilayotgan abonent chaqiruvni kutish xizmatiga ega bo‘lishi kerak.
|
Chaqiruvni ko‘chirish | Chaqiruvni uchinchi abonentga o‘tkazish protsedurasi. Unda dastlab aktiv ulanish ushlab turish rejimiga o‘tkaziladi, so‘ngra boshqa abonent bilan ulanish amalga oshiriladi va nihoyat, chaqirayotgan abonentga ulanish sodir bo‘ladi (ushlab turiladigan ulanish).
Izoh − Xizmat ko‘rsatishning bu turi xizmatlarning «call forwarding» turidan shu bilan farqlanadiki, unda chaqiruv yo‘nalishining o‘zgarishi, ulanish o‘rnatilgandan keyingina sodir bo‘ladi.
|
Chaqiruvni qabul qilish | Chaqiruv qabul qilingan, lekin chaqiruvchi va chaqiriluvchi tomonlar o‘rtasida hali bog‘lanish o‘rnatilmagan holat.
|
Chaqiruvni qayta manzillash | Telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha turi. Abonentga, raqami kommutatsiya stansiyasiga oldindan abonent tomonidan xabar qilinadigan boshqa telefon apparatga, o‘ziga kelayotgan chaqiruvni uzatish imkonini beradi.
|
Chaqiruvni qayta ulash | Telefon so‘zlashuvi davomida, chaqirilayotgan abonent raqamini qayta termasdan turib, aloqa kanalini bir tayanch stansiyadan boshqasiga qayta ulash.
|
Chaqiruvni qo‘lga kiritish | 1. Abonentga, u bilan bitta yoki boshqa bir abonent guruhida bo‘lgan boshqa abonentga yo‘naltirilgan kiruvchi chaqiruvga javob berish imkonini beradigan xizmat.
2. Zarur bo‘lgan raqamga yetib bormagan chaqiruvlarni nazorat qilish yo boshqa shaxsga yoki qurilmaga qayta manzillash maqsadida qo‘llaniladigan qo‘lga kiritish turlaridan biri.
|
Chaqiruvni taqiqlash-blokirovkalash | Abonentga go‘ng‘iroqlarning muayyan turiga vaqtinchalik taqiqni kiritish imkonini beradigan xizmat.
|
Chaqiruvni tugallash strategiyasi | Chaqirilayotgan abonent band bo‘lganda, bog‘lanishni o‘rnatish mexanizmi. Bog‘lanishning o‘rnatilish protsedurasini yakunlashning turli variantlari mavjud: qayta manzillash, chaqiruvni ushlab qolish va sh.k.
|
Chaqiruvni ushlab turish | 1. Chaqiruvning, tarmoq orqali uning keyingi uzatilish yo‘lini tanlash jarayoni tugamaguncha, liniyada saqlab turilishi.
2. Bog‘lanishni uzmay turib aloqani vaqtincha to‘xtatish, bunda kiruvchi chaqiruv liniyada saqlanib qoladi, pauzalar paytida, odatda, musiqa yoki nutqli xabarlar uzatiladi.
3. Amalga oshirilgan so‘zlashuvni uzib qo‘ymasdan boshqa qo‘ng‘iroqqa javob berish yoki so‘zlashib turgan suhbatdoshini uzib qo‘ymasdan abonentga qo‘ng‘iroq qilish, ya’ni bir-birini eshitmaydigan bir nechta suhbatdoshlar bilan navbatma-navbat so‘zlashish imkonini beradigan xizmat.
|
Chaqiruvni o‘tkazish (qayta yo‘naltirish) xizmati | Olingan chaqiruvni boshqa abonentga o‘tkazish (qayta jo‘natish) imkonini beradigan xizmat.
|
Chaqiruvning o‘tmayotganligi to‘g‘risidagi signal | Chaqiriluvchi terminalning egallab bo‘linmasligi yoki nosozlik oqibatida chaqiruvning yakunlanmasdan qolishi mumkinligi to‘g‘risida xabar beruvchi signal; bu signal chaqiruvchi terminalga uzatiladi.
|
Chaqiruvchi abonentni identifikatsiya qilish va identifikatsiyani taqiqlash | Chaqirilayotgan abonentga boshqa abonentni chaqirishda o‘z raqami va nomini maxsus kodlarni tergan holda taqdim etish va o‘z raqami va nomini berishni taqiqlash imkonini beruvchi xizmat.
|
Chastota | Davriy jarayonning, vaqt birligida bajariladigan davrlar soniga teng bo‘lgan miqdor xarakteristikasi.
|
Chastota bo‘yicha ajratish bilan optik multipleksorlash | Yaqin joylashgan optik eltuvchilarda uzatiladigan kanallarni zichlash usuli. Bu texnologiyadan foydalanib, bitta tolaga yuztagacha va undan ortiq aloqa kanalini «joylashtirish» mumkin.
|
Chastota etaloni, chastota standarti | Chiqish signali chastota etaloni sifatida qo‘llaniladigan generator.
|
Chastota manipylyatsiyasi | Modulyatsiyalash usuli, bunda eltuvchi signal chastotasi sal o‘zgartirilishi hisobiga, axborotni havo muhiti orqali uzatish uchun qulay bo‘lgan usulda taqdim etish amalga oshiriladi.
|
Chastotaga bog‘liq bo‘lmagan antenna | Chastotalarning keng diapazonida amaliy jihatdan o‘zgarmas xarakteristikalarga ega antenna.
|
Chastotalar diapazoni | 1. Chastotalari uchun tebranishlar va to‘lqinlar solishtiriladigan xossalarga ega bo‘lgan uzluksiz chastota intervali.
2. Qurilma sozlanishi mumkin bo‘lgan chastota intervali.
|
Chastotalar polosasi | Ikki muayyan cheklovchi chastotalar o‘rtasida joylashgan chastotalarning uzluksiz majmui.
Izoh – Chastotalar polosasi o‘zining chastotalar polosasida o‘rnini belgilab beradigan ikki kattalik bilan, masalan, uning quyi va yuqori cheklovchi chastotalari bilan tavsiflanadi.
|
Chastotalar polosasining kengligi | Chastotalar polosasining quyi va yuqori chegaralari o‘rtasidagi farq.
|
Chastotalararo xendover | Bir tayanch stansiyadan boshqasiga ko‘chish paytida mobil stansiya chastotasining avtomatik ravishda o‘zgarishi.
|
Chastotalarning egallangan polosasi | Quyi va yuqori chegaralaridan tashqarida nurlanadigan o‘rtacha quvvatining har biri berilgan nurlanish o‘rtacha quvvatining ma’lum foizi /2 ga teng bo‘lgan chastotalar polosasi. Agar XEI-R nurlanishning tegishli toifasi uchun hech qanday ko‘rsatmalar bermasa, /2 qiymatini 0,5 foizga teng deb olish kerak.
|
Chastotalarning himoya polosasi | Chastotalarning, chastotalarning ikkita qo‘shni kanalini ajratadigan va o‘zaro xalaqitlardan himoya maydonini ta’minlash uchun mo‘ljallangan tor polosasi.
|
Chastotalarning optik diapazoni | 1013 Gs dan 1015 Gs gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. Ko‘rsatilgan chastotalarga to‘lqin uzunligi 0,01 dan 1000 mkm gacha bo‘lgan elektromagnit tebranishlar mos keladi. Fizik xossalariga ko‘ra, optik diapazon bir xil emas. U elektromagnit to‘lqinlarning fizik xossalari bir xil bo‘lmagan uchta quyi diapazonga bo‘linadi: ultrabinafsha nurlanish, ko‘rinadigan nurlanish va infraqizil nurlanish.
|
Chastotalarning qo‘shilib ketishi | Televideniyeda davriy xalaqit signalining chastota spektri hamda yoyish chastotalari garmonikalarining spektri o‘rtasidagi to‘g‘ri qo‘shilib ketish. Bu narsa xalaqitning sezilarliligini, uning shakli keyingi yoyishlarda o‘zgarishi tufayli, minimumga keltiradi.
|
Chastotalarning takroran ishlatilishi | Xizmat ko‘rsatishning turli zonalarida, aynan bir chastotani qayta ishlatishga asoslangan, aloqani tashkil etish usuli.
Izoh − Chastotaviy-hududiy rejalashtirishda chastotalarning takroran ishlatilishi, chastota kanallari cheklangan tarmoqlar o‘tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi.
|
Chastotani stabillash | Generator hosil qiladigan chastotaning doimiyligini saqlab turish.
|
Chastotani o‘zgartirish | Radiostansiyaning ishchi polosasidagi xalaqitlar darajasini pasaytirish maqsadida, qabulqilgich ishchi chastotasini o‘zgartirish.
|
Chastotaning musbat Doppler siljishi | Mobil obyekt tayanch stansiyaga yaqinlashganida chastotaning Doppler ortish effekti.
|
Chastotaning nostabilligi | Generator chastotasining, uning tebranish konturlari o‘zgarmasdan sozlanganda yuz beradigan o‘zgarishi.
|
Chastotaning og‘ishi | Nurlanuvchi to‘lqin chastotasining o‘rtacha chastotadan modulyatsiya keltirib chiqargan oniy og‘ishi. Chastotaviy modulyatsiyada oniy chastota maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi cho‘qqi farq.
|
Chastotaning sekin sakrashsimon o‘zgarishi | Ishchi chastotani psevdotasodifiy qayta sozlash usuli, unda chastotani almashtirish vaqti bitta axborot simvoliga to‘g‘ri keladigan vaqt intervali uzunligidan ancha kattadir, ya’ni bitta chastotada doimo bittadan ko‘p axborot simvoli uzatiladi. Xalaqitlardan himoyalashning ushbu usuli mobil stansiyalarning kichik ko‘chish tezligida eng samarali bo‘ladi.
|
Chastotaviy qoplash | Rangli televideniye tizimida chastotalar polosasining monoxrom kanal va ranglilik signali kanali uchun umumiy bo‘lgan qismi.
Izoh – Chastotaviy qoplash – spektrlarni birlashtirishning bir shaklidir.
|
Chastotaviy skanlanadigan antenna panjarasi | Nurning elektr skanlanishi qo‘zg‘atiluvchi manba chastotasini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladigan antenna panjarasi.
|
Chastotaviy tavsifning notekisligi | Berilgan turdagi radiokarnayning texnik shartlarida ko‘rsatilgan ishchi chastotalar diapazoni chegaralarida tovush bosimi eng ko‘p va eng kam qiymatlari darajalarining farqi. Odatda, chastotaviy tavsifning notekisligi detsibellarda (dB) ifodalanadi va 15 dB dan 18 dB gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi (0 dB 1000 Hz chastotadagi tovush bosimiga mos keladi).
|
Chat | Internet foydalanuvchilari o‘rtasida real vaqtda matnli xabarlar almashinish.
|
Chegara | Qandaydir kattalik o‘zgarishining ozirgi nuqtasi; xotira, fayldagi muayyan interval.
|
Chegara registri | Xotirani himoya qilishda ishlatiladigan va xotira sohasining uzunligini o‘z ichiga oladigan, foydalanish dasturiga ajratilgan tizimli registr.
|
Chegaradan tashqari to‘lqin o‘tkazgich | O‘zining kritik chastotasidan past chastotada foydalaniladigan to‘lqin o‘tkazgich.
|
Chegaraviy foydalana olish shlyuzi | IP-tarmoqlarida: kichik tarmoqning belgilangan manzili bilan identifikatsiya qilinadigan tarmoq. Kichik tarmoqlar ulangan tarmoqlarni manzillashning murakkabligiga qarab kichik tarmoqni bir vaqtda muhofaza qilish uchun marshrutlashning ko‘p darajali iyerarxik tuzilmasini ta’minlash maqsadida tarmoq administratori tomonidan segmentlangan tarmoqni o‘zida aks ettiradi. OSI-tarmoqlarida kichik tarmoq deb, bir administrativ domenda boshqariladigan va tarmoqdan foydalana olishning bitta protokolidan foydalanuvchi oxirgi va oraliq tizimlari guruhiga aytiladi.
|
Chegaraviy qiymat | Ma’lumotlarning, tizim yoki komponent uchun ko‘rsatilgan eng kichik yoki eng katta kirish, ichki yoki chiqish qiymatiga mos keladigan qiymati.
|
Chegaraviy (chekka) marshrutizator | Tarmoq chegarasidagi, xabarlarning berilgan tarmoq orqali keyinchalik yo‘llanishini taʼminlamaydigan marshrutizator.
|
Chek list | Qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida alohida tarzda tizimlashtirilgan omillar, xossalar, parametrlar, aspektlar, komponentlar, mezonlar yoki vazifalar (masalalar) ro‘yxati.
|
Cheklangan bufer | Jarayonlarning o‘zaro ta’sir sxemasi, bunda cheklangan uzunlikdagi sikl buferi yordamida o‘zaro harakat qiluvchi jarayon-ishlab chiqaruvchi va jarayon-iste’molchi mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi axborot elementlarini generatsiyalaydi va buferga yozadi, iste’molchi bufer axborot elementlaridan foydalanadi va ularni yo‘q qiladi.
|
Cheklashni tekshirish | Ma’lumotlarning qiymatlari berilgan qiymatdan yuqorida yoki quyida turganligini yoki belgilangan cheklashga yetganligini aniqlash maqsadida bajariladigan tekshirish.
|
Cheklov | Kompyuter funksionalligiga oldindan o‘rnatilgan cheklovlar. Biror bir manbadan bolalarning foydalanishlarini chegaralash yoki kompyuterdan kechki payt foydalanilishining oldini olish uchun xizmat qiladi.
|
Chertish | Kursorni siljitmasdan «sichqoncha» tugmasini bosish.
|
Chetdan kiritish | Axborot obyektini (masalan, hujjat, matn, grafiklar, ma’lumotlarni), u saqlanadigan joydan (fayl, ma’lumotlar bazasi) chiqarib tashlamasdan joriy ilovaga, formatni o‘zgartirgan holda, ko‘chirib yozish.
|
Chetki avtomat | Axborotni qayta ishlashga mo‘ljallangan, chekli xotira qurilmasining modeli. Chekli avtomatlarning ikki xil, ya’ni, sinxron va asinxron turkumi farqlanadi. Chekli avtomatlar integral sxemalar asosida yaratiladi.
|
Chetlab o‘tish rejimi | Ma’lumotlarni shifrlash uskunasining ishlash rejimi bo‘lib, bunda ochiq matn buzilmasdan uzatiladi.
|
Chin | Mantiqiy mulohaza tavsifi. Mantiqiy ifoda dasturlash tillarida olishi mumkin bo‘lgan qiymat.
|
Chinlik jadvali | Mantiqiy funksiyani tavsiflaydigan jadval. Berilgan holda «mantiqiy funksiya» deganda, o‘zgaruvchilarning (funksiya parametrlarining) qiymatlari va funksiyaning o‘z qiymati mantiqiy chinlikni ifodalaydi. Masalan, ikki belgili mantiqda ular «chin» yoki «yolg‘on» qiymatni olishi mumkin. Chinlik jadvallari asosan Bul algebrasida va raqamli elektron texnikada mantiqiy sxemalar ishini tavsiflashda qo‘llaniladi.
|
Chip | 1. Davomiyligi axborot oqimidan bir necha marta kichik bo‘lgan, murakkab signal elementi.
2. Kristalldagi yarimo‘tkazgichli mikrosxema.
|
Chip tarmoq | Markaziy protsessorning periferik qurilmalar bilan ishlashini ta’minlash uchun asosiy platada o‘rnatiladigan integral sxemalar to‘plami.
|
Chip tezligi | Taktli chastotasi kirish axborot tezligidan bir necha marta yuqori bo‘lgan keng spektrli signallarning elementlarini uzatish tezligi. Chip tezligi, odatda, Mchip/s larda o‘lchanadi (masalan, IS-95 standartida 1,2288 Mchip/s ga teng).
|
Chiqarib olish uchun vosita | Saqlangan yozuvlardan foydalana olish imkonini beradigan veb-ilova.
|
Chiqarib tashlash (ayirish) bloki | Protsessorning chiqarib tashlash bloki operatsiyalarini bajaradigan qurilmasi.
|
Chiqarib tashlash tuzog‘i | Boshqaruvning foydalanuvchiga qaytishining oldini olish maqsadida, kompyuterning shtat rejimida ishlashini buzadigan har qanday urinishni yo‘qqa chiqarishning dasturiy usuli.
|
Chiqarish | Olib qo‘yiladigan disklarni (floppi, CD yoki DVD) kompyuterdan uzishni amalga oshiradigan komanda.
|
Chiqarishni buferlash | Buferning har bir vazifasi uchun (xotira yoki fayl sohasi ko‘rinishida) uni chiqarish uchun saqlash, buferda topshiriq bilan chiqariladigan axborotni to‘plash va uni topshiriq bajarilgandan so‘ng qurilma (printer) orqali chiqarish.
|
Chiqish | Tizimdan, dasturdan chiqish, seansni yakunlash.
|
Chiqish ma’lumotlari, natijalar | Qaysidir vazifani hal qilish natijasi sifatida kompyuterdan olinadigan ma’lumotlar.
|
Chiqish quvvatining maksimal o‘rtacha qiymati | Uzatiladigan signallarning har qanday kombinatsiyasida o‘rinli bo‘lgan modulyatsiyaning eng uzun takrorlanuvchi sikli bo‘yicha o‘rtachalangan maksimal radiochastotaviy chiqish quvvati.
|
Chiqish uchlari bir qator joylashgan xotira moduli | Xotira modulining keng ishlatiladigan qisqartmasi; tezkor xotira standartlaridan biri. Kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasini kuchaytirish uchun foydalaniladi. Tezkor dinamik xotira integral mikrosxemalari o‘rnatilgan, uncha katta bo‘lmagan bosma plata-modul ko‘rinishida chiqariladi. Hajmi odatda, 1 Mb dan 64 Mb gacha bo‘ladi.
|
Chiqish uchlari to‘rt tomonda joylashgan yassi korpus | Planar chiqish uchlari to‘rt tomon bo‘ylab joylashgan mikrosxemalar korpuslarining turkumi. QFP mikrosxemalar chiqish uchlarining soni odatda, 200 dan oshmaydi, qadami 0,4 mm dan 1,0 mm gacha.
|
Chiqishni sozlash | Uzatilayotgan tasvirning o‘rtacha yorqinligini o‘zgartirgan holda, signalning cho‘qqi amplitudasini o‘zgartirish.
|
Chiqmoq | Oldindan tanlangan pozitsiyalardan voz kechishga yo‘naltirilgan harakat. Masalan, yangilik jo‘natmalaridan voz kechish. Tizimdagi ishni tugatish.
|
Chiquvchi | Elektron pochtaga ishlov berish bo‘yicha dasturlardagi papka, ushbu papkada jo‘natishga tayyor, lekin serverga hali yetkazilmagan xatlar saqlanadi. Xatlar serverga yetkazilgandan so‘ng, «Jo‘natilganlar» papkasiga o‘tkaziladi.
|
Chiquvchi fayl | Chiquvchi ma’lumotlardan (qayta ishlangan ma’lumotlardan) iborat fayl.
|
Chiquvchi hujjat | Tashkilotdan jo‘natiladigan rasmiy hujjat.
|