Header
stringlengths
2
118
Content
stringlengths
10
1.73k
CD+MIDI formati
Raqamli ovoz va MIDI interfeysi bilan kengaytirilgan format.
C-diapazon
Yo‘ldoshli (FSS), radioreleli va boshqa xizmatlar o‘rtasida taqsimlangan 4 GHz dan 8 GHz gacha chastotalar diapazonining xalqaro belgilanishi. Masalan, FSS yo‘ldoshli aloqa xizmatiga 4/6 GHz diapazoni ajratilgan va u ikkita uchastkani o‘z ichiga oladi: (3,4−4,2) GHz (liniya «pastga») va (5,7−6,7) GHz (liniya «yuqoriga»).
CD-I diskiga umumiy tasnifi
Diskning, uning fizik formatini, shuningdek, turli ko‘rinishdagi axborotni kodlash tartibi va uslublarini belgilaydigan tasnifi.
CDIF eksporter
CDIF uzatish faylini yaratadigan vosita.
CDIF grafik notatsiyasi
Diagrammalarda CDIF modellash konsepsiyalarining taqdim etilishini belgilaydigan qoidalar to‘plami.
CDIF importer
CDIF uzatish faylini o‘qiydigan va undan modelni yaratishda yoki o‘zgartirishda foydalanadigan vosita.
CDIF metaindikator
Metaobyektni uzatishning metamodel qismida qat’iy identifikatsiyalaydigan metaatribut.
CDMA2000 1xEV-DV texnologiyasi
CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Standart 2003-yilda ishlab chiqilgan. Radioefirda bitta eltuvchida bir vaqtda ham ovoz, ham ma’lumotlar uzatilishini ko‘zda tutadi. Maksimal tezlik 3−5 Mbit/s gacha, normal o‘tkazish qobiliyati 1,25 MHz kanalda 1 Mbit/s ni tashkil etadi.
CDMA2000 1х EV-DO Rel 0 texnologiyasi
CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni «pastga» (Down link (DL) liniyada 2,4 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan, «yuqoriga» (Up link (UL) liniyada 153 Kbit/s tezlik bilan uzatish imkoniyatini ta’minlaydi.
CDMA2000 1х EV-DO Rel А texnologiyasi
CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni mobil terminaldan tayanch stansiya tomon yo‘nalishda 1,8 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan uzatilishini, tayanch stansiyadan mobil terminal tomon yo‘nalishda 3,1 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan olinishini ta’minlaydi. Kanalning talab qilinadigan kengligi 1,25 MHz, bu, spektrdan samarali foydalanish to‘g‘risida gapirish imkonini beradi. Hozirgi paytda 1x EV-DO Rel A texnologiya CDMA2000 tarmoqlari uchun tayanch texnologiya hisoblanadi va «to‘rtinchi avlod» (4G) tarmoqlariga o‘tishni amalga oshirish imkonini beradi.
CDMA2000 loyihasi
Qualcomm kompaniyasi takliflari asosida, TIA TR 45.5 qo‘mitasi (AQSh) tomonidan IMT-2000 dasturi doirasida ishlab chiqilgan keng polosali tizimlar uchinchi avlod standarti loyihasining nomi.
CDMA2000 standarti
CDMA standarti versiyalaridan biri. Uchinchi avlod keng polosali tizim standartining loyihasi. TIA TR (AQSh) qo‘mitasi tomonidan Qualcomm kompaniyasining ishlanmalari negizida yaratilgan. Aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan cdmOne standartining imkoniyatlarini kengaytiradi. CDMA2000 ga o‘tishning birinchi bosqichi (Phase 1) ovozli va multimedia ma’lumotlar uzatish tezligini 144 Kbit/s gacha oshirishni ko‘zda tutadi. Bu texnologiya uchun qator nomlanish mavjud: IS-2000, MC-1X, IMT-CDMA Multi-Carrier1x va 1xRTT. Ikkinchi bosqichda (Phase 2) ma’lumotlar uzatish tezligi 2 Mbit/s gacha oshirilishi mumkin: 1xEV-Data Voice yoki 1xEV-DV standarti ovoz va ma’lumotlarni birgalikda uzatish uchun hamda 1xEV-DataOnly (Phase 1+) faqat ma’lumotlar uzatish uchun. Bundan tashqari, CDMA2000 ga o‘tishning ikkinchi bosqichida birinchi bosqich texnologiyalari ta’minlaydigan, ma’lumotlar uzatish tezligini uch marta oshirish texnologiyasidan foydalanilishi mumkin. Bu texnologiya MC-3X, IMT CDMA MultiCarrier3x va 3xRTT sifatida ma’lum.
cdmaOne aloqa tizimi
IS-95 standarti negizida amalga joriy etilgan ikkinchi avlod aloqa tizimining nomi. Aloqa, (824−849) MHz (liniya «yuqoriga») va (869−894) MHz (liniya «pastga») chastotalar diapazonida, 45 MHz dupleks tarqoqlik bilan ta’minlanadi. Nutqni uzatish uchun 8 Kbit/s (kanal ichida 9,6 Kbit/s)ga teng tezlikni ta’minlaydigan CELP turidagi kodeklar ishlatiladi. cdmaOne tarmoqlarining asosiy texnik parametrlari TIA standartlarida (IS-95 va IS-96) belgilab qo‘yilgan.
CD-R (yozish imkoniyatli kompakt-disk)
Cheklanmagan marta o‘qish, lekin faqat bir marta yozish va davomidan yozish mumkin bo‘lgan kompakt-disk turi. Ma’lumotni o‘chirish imkoniyati mavjud emas. Zamonaviy CD-R lar 650 dan 800 Mbyte gacha ma’lumotni saqlay oladi.
CD-ROM kengaytirilgan arxitekturasi
Zichlashtirilgan audioma’lumotlarni saqlashni ta’minlaydi. Microsoft va Sony korporatsiyalari tomonidan 1990-yilda yaratilgan standart, bundan tashqari, bu ma’lumotlarni diskdan o‘qish usulini ham bajaradi.
CD-ROM qurilmasi
Kompakt disklarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. CD-ROMlarning tezligi audio-kompakt-diskni o‘qish tezligi (150 kbit/s) bilan aniqlanadi. Ayni vaqtda, 56 tezlikka ega CD-ROMlar mavjud. Bundan buyon, ularning tezligini oshirish qiyin masala bo‘lib turibdi.
Celeron
Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan arzon protsessorlar turkumi. Uning arzonligi Pentium protsessorli kompyuterlarga nisbatan samaradorligi pastligi bilan izohlanadi (kesh xotira qisqartirilgan). Dastlabki Celeron protsessori 1998-yilning aprel oyida paydo bo‘lgan.
CentOS
Hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. U Red Hat Linux ga to‘liq asoslangan va u bilan mos ravishda ishlay oladi. Undan farqli ravishda, yopiq dasturlarni ishlatmaydi va butunlay bepul.
CERT
Kompyuter xavfsizligi sohasidagi ekspertlar guruhi. Kompyuter hodisalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘playdi va tekshirish ishlarini olib boradi, kompyuter hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. CERT bazan CSIRT (Computer Security Incident Response Team) deb ham ataladi. Birinchi CERT 1988-yilda Karnegi-Melon (AQSH) universitetida Internetda Morris Worm qurtining tarqalishi munosabati bilan yaratilgan. Bugungi kunda CERT xizmatlari ko‘p mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham mavjud. Katta tashkilotlar ham odatda o‘z CERT bo‘linmalariga ega bo‘ladi. Qar.: UZ-CERT.
CGA grafik adapteri
Rangli grafik adapter, CGA adapteri IBM PC XT turidagi mashinalarda ko‘p ishlatilgan. Oq-qora rejimda 640×200 nuqtali o‘lchamni va 320×200 – rangli rejimda esa 320x200 nuqtali o‘lchamni ta’minlaydi.
CHILL dasturlash tili
Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan taklif qilingan va kommunikatsiya tarmoqlarida avtomatlashtirilgan komplekslarni dasturlash uchun xalqaro standart sifatida qabul qilingan yuqori daraja dasturlash tili.
Ci tili
Umumiy maqsadlardagi dasturlash tili, o‘zining samaradorligi, tejamliligi va ko‘chirib bo‘lishliligi bilan ma’lum, bu esa, deyarli barcha turdagi dasturiy ta’munot yahshi sifati bilan ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Si tilidan instrumental til sifatida foydalanish tez va ixcham dasturlar olish imkonini beradi.
CMEA algoritmi
Raqamli uyali aloqa tarmoqlarida xabarlarni shifrlash algoritmi.
C-MOS-xotira
Uncha katta tezlikka ega bo‘lmagan va batareyadan kam quvvat talab qiladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. Bu xotiradan kompyuter uskunasining konfiguratsiyasi va tarkibi, shuningdek, uning, operatsion tizim ishga tushirilgunga qadar tizim starti va oldindan testlash uchun zarur bo‘lgan ish rejimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi.
COBOL dasturlash tili
Iqtisodiy masalalar va tijoratga oid ma’lumotlarni qayta ishlash masalalari uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. COBOL dasturlash tili fayllar bilan ishlash vositasi va ingliz tiliga yaqin bo‘lgan yozish shakli bilan farq qiladi. Hozirgacha eng ko‘p kod qatori yozilgan dasturlash tili bo‘lib qolmoqda.
COM obyekt
Boshqa obyektlarga va ilovalarga standartlashtirilgan COM-interfeys orqali o‘z servislarini taklif qiladigan Com modeli asosida ishlab chiqarilgan dasturiy komponent baʼzi toifasining obyekti.
COM porti
O‘tkazish imkoniyati 115200 kbit/s bo‘lgan, 9 kontaktli ketma-ket port. Kichik tez-likka ega qurilmalarning − «sichqoncha» va tashqi modemni ulash yoki ikkita kompyuter o‘rtasida ulanishni yuzaga keltirish uchun qo‘llaniladi.
Common LISP dasturlash tili
1981-yilda kompaniyalar konsorsiumi tomonidan standartlashtirilgan LISP dasturlash tilining dialekti. Konsorsium bu ishni DARPA rahbarligida bajardi. Common Lisp − bu bort tizimlarida keng foydalaniladigan katta va murakkab til.
Cookie fayli
Veb-server tomonidan foydalanauvchini ro‘yxatga olish vaqtida qaytariladigan foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan satr. Dastur serverlari har bir foydalanuvchini afzal deb bilish mumkin va shunga bog‘liq holda mijoz saytga kirgan vaqtda har safar aniq takliflar taqdim etishi mumkin.
Copland operatsion tizimi
Apple Computer korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MacOS operatsion tizimining 32 turkumli (razryadli) rusumi. Copland operatsion tizimi ko‘p vazifali va ko‘p oqimli hisoblanib, u Apple firmasining shaxsiy kompyuterlari uchun mo‘ljallangan.
COPS spetsifikatsiyasi
IETF qo‘mitasining spetsifikatsiyasi. Tarmoq ma’muriy boshqarish tizimlarida foydalaniladi.
Core lDRAW
Kanadaning Corel korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan vektorli grafik redaktor. Mahsulotning shu kundagi versiyasi − CorelDRAW Graphics Suite X3, faqat Microsoft Windows uchun ishlatish mumkin. Avvalgi versiyalar Apple Macintosh hamda GNU/Linux uchun ishlab chiqarilgan.
Core 2
Intel koporatsiyasi x86-64 arxitekturasi protsessorlarining oltinchi avlodi, Core protsessori arxitekturasiga asoslangan.
CR signal
Rangli televideniyening ayrim raqamli komponentli tizimlarida foydalaniladigan, masshtab koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan, qizil ayirmarang signalga mos keladigan bir qutbli signal.
CSL
Boshqarish va modellash tili.
CSMA/CD
Tarmoqlardagi kolliziyalarni hal qilishning keng tarqalgan usuli.
CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalarining xizmatlari
CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalari xizmatlari ATS va kompyuter yoki kompyuter tarmog‘ining chetki integratsiyasu uchun xizmat qiladi. Izoh – CSTA protokolini amalga oshirish ECMA-179 (Services for Computer Supported Telecommunication Applications) va ECMA-180 (Protocol for Computer Supported Telecommunication Applications), qisman ECMA-217 va ECMA-218 (Phase II), shuningdek, ECMA-269 (Phase III) standartlariga asoslanadi.
CULV
Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan kompyuter platformasi. Energiya iste’moli va issiqlik ajratishi kam bo‘lganligi tufayli, CULV portativ kompyuterlarda batareyaning xizmat qilish muddati uzoq bo‘lgan juda nozik kompyuter tizimlarini yaratish imkonini beradi.
C-va Ku-diapazonlari
Yo‘ldoshli televizion eshittirish uchun ajratilgan ikki chastotaviy diapazon. «Yo‘ldosh − qabul qiluvchi antenna» aloqa liniyasi uchun C-diapazonda 3,5 GHz dan 4,2 GHz gacha, Ku-diapazonda esa 10,7 GHz dan 12,75 GHz gacha chastotalar polosasidan foydalaniladi. C-diapazonida uzatiladigan televizion signal moduyatorga berishdan oldin inverslanadi.
D sohasi
Yer sirtidan taxminan 50-90 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi.
D1 formati
4:2:2 komponent signalning 8 bit/sanoq turkumidagi raqamli videoyozuv formati.
D1 raqamli videoyozuv formati
Raqamli videoyozuvning birinchi formati. 4:2:2 formatiga asoslangan; yorqinlik Y va ayirmarang R-Y hamda B-Y signallarning komponentli alohida yozuvi amalga oshiriladi. 286.875 mm/s tezlik bilan siljiydigan 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi; magnit tasma uchta: kichik, o‘rta va katta o‘lchamdagi kassetalarga joylangan. Kassetalar mos ravishda, uzluksiz 11, 34 va 76 minutli yo‘zuvni ta’minlaydi. Video va tovush xatolardan Rid-Solomon kaskadli kodlari bilan himoyalangan.
D2 raqamli videoyozuv formati
Raqamli videoyozuv formati. 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi. D-2 formatidagi raqamli videomagnitofonlar PAL yoki NTSC to’liq (kompozit) signalining yozuvini amalga oshiradi.
Daemon
Fon rejimida ishlaydigan, foydalanuvchi bilan oshkor tarzda o‘zaro ishlamaydigan dastur. Ko‘p hollarda *nix tizimlariga nisbatan qo‘llaniladi. Microsoft ning operatsion tizimlarida – rezident dastur yoki xizmat (Service) ga mos keladi.
D-AMPS standarti
TDMA texnologiyasiga asoslangan, ikkinchi avlod raqamli mobil aloqa tizimi standarti (1999-yildan boshlab yangi nomi – TDMA). Standart AMPS (IS-54) analog tizimi bilan mos tushadi, shuningdek, bu standartning oxirgi modifikatsiyasi IS-136 o‘z imkoniyatlari bo‘yicha GSM ga yaqin keladi.
Datakit tarmog‘i
X.25 protokolli tarmoqqa o‘xshash kanallarni kommutatsiyalash tarmog‘i.
DataTAC standarti
Paketlar kommutatsiyasiga asoslangan, past tezlikli simsiz aloqa ochiq standarti. Ishchi chastotalar diapazoni 800 MHz atrofida.
dBASE
Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Aihton-Tate firmasi (AQSh) tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim muntazam ravishda takomillashtirilib boriladi, dBASE II, dBASE III, dBASE III Plus versiyalari o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda Borland firmasi tomonidan tizimni takomillashtirish davom ettirilmoqda, dBASE IV va dBASE V versiyalar chiqarildi. Foydalanuvchi bilan rivojlangan interfeysga ega, lekin Fox tizimlaridan ishlash tezligi bo‘yicha orqada.
DCS-1800 standarti
1800 MHz chastotalar diapazonida ishlaydigan uyali aloqa raqamli tizimining standarti.
DDCD formati
Sony va Philips korporatsiyalari tomonidan taqdim etilgan kompakt-disklarga ikki marta zichlikda yozish formati. Yozish jarayonida shakllanadigan pitlar uzunligini va yo‘laklar oralig‘idagi masofani qisqartirish hisobiga disklarning hajmi 1,3 Gbyte gacha oshirilgan. DDCD formati mavjud formatlar bilan muvofiqlikni saqlaydi.
DDR2 SDRAM
Hisoblash texnikasida tezkor hamda videoxotira sifatida foydalaniladigan tezkor xotira turi.
Debian
1993-yilda Yan Myordok tomonidan yaratilgan Linux distributivi. Bir maromda ishlashi bilan ajralib turadi, .deb xususiy paketlar formatiga ega. 100 dan ortiq Linux distributivlariga asos bo‘lgan.
DECnet protokoli
DEC kompaniyasi tarmoq arxitekturasining DEC kompyuterlarini DDCMP protokoli bo‘yicha bog‘lash imkonini beradigan savdo markasi.
DECT profili
DECT standarti tizimlarida abonent radiokirish profili.
Delphi dasturlash tili
Turbo Pascal tilining obyektga yo‘naltirilgan versiyasiga asoslangan, Borland International firmasining yuqori darajali protsedurali obyektga yo‘naltirilgan tili. Windows va mijoz-server dasturlarini yaratish uchun xizmat qiladi.
DHCP serveri
Mijozlarning IP-manzillarini avtomatik tarzda boshqaruvchi va tarmoqda unga muvofiq sozlash ishlarini bajaruvchi server. DHCP xizmatini bajaruvchi kompyuter IP-manzillarni va ularga bog‘liq ma’lumotlarni DHCP mijozlariga dinamik taqsimlanishini ta’minlaydi.
Direct X texnologiyasi
Micrоsоft tomonidan ishlab chiqilgan standart dasturiy uzilishlar to‘plami. Dasturchilarga tovush, video va grafika bilan birmuncha tezroq usulda ishlash imkonini beradi.
Direct3D spetsifikatsiyasi
Microsoft korporatsiyasining Windows platformasi uchun grafik API dagi spetsifikatsiyasi.
Display Port
Raqamli displeylar uchun mo‘ljallangan signal interfeysining standarti. VESA (Video Electronics Standart Association) tomonidan 2006-yilning mayida qabul qilingan. 1.1 versiyasi 2007 yil 2 aprelda, 1.2 versiya esa, 2010-yil 7 yanvarda qabul qilingan. Display Port dan audio-videoapparaturani, birinchi navbatda, kompyuterni displey bilan yoki kompyuter va uy kinoteatri tizimlarini ulash uchun eng zamonaviy interfeys sifatida foydalanish ko‘zda tutiladi.
DjVu
Tasvirni yo‘qotishlar hisobiga siqish. Sxema va formulalari ko‘pligi tufayli hujjat mazmunini aniqlash qiyin bo‘lgan skanlanadigan hujjatlarni saqlash uchun ishlab chiqilgan. O‘z o‘rnida to‘laqonli ishlatilishi uchun ikkita rang yetarli bo‘lgan kitoblarni saqlash standarti bo‘lib qoladi. Hozirgi vaqtda, bu format Lizard Tech kompaniyasiga tegishli bo‘lishiga qaramay, ochiq format hisoblanadi. .
DNK kompyuteri
DNK hisoblash imkoniyatlarini ishlatadigan hisoblash tizimi.
Dolby AC-3 tovush uzatish tizimi
Dolby Surround Digital 5+1 kanal formatida ko‘p kanalli uzatishni ta’minlaydigan va 384 kbit/s tezlikni talab qiladigan tovush uzatishning muqobil tizimi.
Dolby-Dolby Digital (AC-3) formati
Audioaxborotni siqish formati, DVD va kinofilmlarni yozishda qo‘llaniladi. Monofonik audiosignalni 5.1-kanalli hajmli ovozga aylantirishda qo‘llaniladi.
Dongle qurilmasi
Ajratgich (raz’yom) o‘rnatilgan har qanday ixcham periferik qurilma (3G tarmoqlarida ishlash uchun USB modemlarga nisbatan qo‘llaniladi).
DOS Navigator
Moldovaning Ritlabs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, OS/2 va DOS uchun mo‘ljallangan konsolli fayl menejeri.
Double bootable system
Ikkita (yoki undan ko‘p) operatsion tizim o‘rnatilgan kompyuter, u ulanganda foydalanuvchiga aynan qaysi operatsion tizimni ishga tushirish kerakligini aniqlash
DPT texnologiyasi
Ochiq xalqaro standart SRP (protokoli) dan foydalanishga asoslangan IP-paketlarni dinamik uzatishning yuqori tezlikli texnologiyasi.
Drag-and-drop» texnologiyasi
Hujjatda obyektni ajratish va uni ayni shu hujjatda yoki boshqa bir hujjatga ko‘chirish texnologiyasi. Windows tizimida va amalda Microsoft firmasining barcha ilovalarida qo‘llaniladi. Hujjatlar bilan ishlashni osonlashtiradi.
DragonFlyBSD
FreeBSD operatsion tizimining x86 platformasiga va ko‘p protsessorli tizimlarga mo‘ljallangan turi. Yangi, lekin tez rivojlanayotgan, mukammal tizimlardan hisoblanadi. Ushbu tizim serverda ham, ishchi stansiyada ham ishlatilishi mumkin. Distributivi kichik hajmga ega. 2003-yilning iyul oyida dunyo yuzini ko‘rdi. Muallifi Mett Dilan.
DrakConfig
Mandriva operatsion tizimini sozlashda qo‘llaniladigan grafik vosita. Tayyorlanmagan foydalanuvchiga tushunarli bo‘lgan Linux operatsion tizimini o‘rnatish va sozlash uchun birinchi vosita hisoblanadi.
DSA algoritmi
algorithm (DSA) Ochiq kalitli shifrlash federal standarti. Kalit uzunligi 512 bit dan 1024 bit gacha. 1991-yilda NIST tomonidan ishlab chiqilgan va DSS standartida ishlatiladi.
DS-CDMA usuli
CDMA tizimlarida signallarni keng polosali uzatish usuli bo‘lib, ma’lumotlarning kodlangan oqimini ikki bosqichli modulyatsiyalashga asoslangan. Izoh − Modulyatsiyalashning birinchi bosqichida eltuvchi ma’lumotlarning kodlangan oqimi bilan, odatda, BPSK yoki QPSK usullarini qo‘llagan holda, modulyatsiyalanadi. Ikkinchi bosqichda esa to‘g‘ri ketma-ketlik spektrini kengaytirish bilan modulyatsiyalash amalga oshiriladi.
DSS standarti
NIST va NSA tomonidan Capstone loyihasining bir qismi sifatida elektron raqamli imzo uchun ishlab chiqilgan AQSh federal standarti.
DTDS turidagi disk massivi
Tizimlaridan biri butunlay ishdan chiqqanida ham foydalana olishni ta’minlash uchun bir nechta qismga ajratiladigan DTDS. Uning himoyasi tok manbaidagi uzilishlar, sovutish tizimining buzilishi, tok manbai va shina kabellarining uzilishi holatlarining oldini oladi.
Duron
AMD kompaniyasining tejamkor protsessorlari oilasi. 2000-yilning iyun oyida Intel Celeron raqobatchisi sifatida e’lon qilingan. 462 kontaktli Socket A razyomli tizim platalariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan.
DVB-H texnologiyasi
Mobil qurilmalar uchun maxsus ishlab chiqilgan, raqamli videosignalni qabul qilish imkonini beradigan texnologiya. Uning yordamida cho‘ntak qurilmasi ekranida televizion eshittirishlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi.
DVB-T tizimi
Televizion dasturlarni radiokanallar orqali yer usti uzatish markazlaridan foydalangan holda iste’molchiga yetkazish uchun mo‘ljallangan hamda videosignallarni, tovush signallarini va qo‘shimcha ma’lumotlarni kodlashni, shuningdek, paketlarni shakllantirish va transport oqimiga multipleksorlashni MPEG-2 standarti talablariga muvofiq amalga oshirishni ko‘zda tutadigan raqamli televizion eshittirish tizimi. Izoh – Ushbu tizimda radiosignalning kodlangan ortogonal eltuvchilarini umumlashtirishdan foydalaniladi.
DVD-Video formati
DVD-disklarda saqlash uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli video formati. MPEG-2 kodlash ishlatiladi .
DVI
1. Digital Video Interactive – Optik diskka yoziladigan to‘laekranli videotasvirlarni apparat usulida yuqori darajada siqishni taʼminlaydigan Intel standarti. DVI – shaxsiy kompyuterlardagi videotasvirlar uchun 1980-yillar o‘rtasida ishlab chiqilgan birinchi standartdir. 2. Digital Visual Interface – Suyuq kristalli monitorlar va proyektorlar kabi raqamli aks ettirish qurilmalariga videotasvirni uzatishga mo‘ljallangan interfeys va tegishli tutashtirgich uchun standart, Digital Display Working Group konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan.
E sohasi
Yer sirtidan taxminan 90-150 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi.
E1
Uzatish tezligi 2,048 Mbit/s bo‘lgan, kanallar vaqt bo‘yicha multipleksorlangan tizimlar iyerarxiyasining birinchi darajasiga mos keluvchi raqamli interfeys. 64 kbit/s tezlik bilan 30 ta axborot kanali va ikkita xizmatga oid kanal uzatilishini taʼminlaydi (bunday tizim yana IKM-30 sifatida ham maʼlum).
Ebtables
Linux dasturiy ko‘priklar uchun belgilangan paketlarni filtrlash vositasi. Ebtables Iptables ga o‘xshaydi, lekin uchinchi (tarmoq) sathida emas, balki tarmoq stekining ikkinchi (kanal) sathida ishlashi bilan farq qiladi.
Echo
UNIX operatsion tizimida matn qatorini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan komanda. Vaqt o‘tishi bilan ko‘pgina zamonaviy operatsion tizimlarda qo‘llanila boshladi.
EDGE loyihasi
Aloqa tizimlarining global evolyutsiyasi uchun ma’lumotlar uzatishning yaxshilangan tizimi – GSM tizimlarini yaxshilash uchun mo‘ljallangan standart loyihasi. Izoh − UWC-136ning o‘zi – Uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. EDGE GSM radiokanali vaqt bo‘lgan tuzilmasining ichida qo‘llaniladigan yangi modulyatsiya sxemalarining to‘plamini o‘zida ifodalaydi. Faqat GSM da emas, shuningdek TDMA (IS-136) va AQSh da iDEN da ham joriy qilinadi. 1-faza EDGE 1999 yil oxirida standartlashtirilgan, GPRS funksiyalaridan foydalanadi, ma’lumotlar uzatish tezligi 384 Kbit/s gacha. 2-faza EDGE real vaqt rejimida sifatli video va tovush uzatilishini ta’minlaydi.
EDGE texnologiyasi
GSM standartidagi mobil aloqa tarmoqlari uchun ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish texnologiyasi. EDGE mavjud GSM radiokirish sxemasi ustidan quriladi va GPRS dagiga qaraganda, uzatish qobiliyati uch marta katta bo‘lishini ta’minlaydi va uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. Bu o‘zida, qo‘shimcha tarmoq elementlari kiritilmasdan dasturiy ta’minot yangilanishini ifodalaydi. EDGE ning qo‘llanilishi, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishga asoslanadigan Internetdan foydalanish, videotelefoniya, raqamli mobil televideniye kabi yangi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi.
EFR texnologiyasi
To‘liq chastotalar polosasi bo‘ylab yaxshilangan kodlash texnologiyasi. Sifati yer usti liniyalariga yaqin. Mobil telefon akkumulyatorining sarfi, FR dagiga qaraganda 50 foizga ko‘p. Bu rejim, uyali aloqa operatori tomonidan ta’minlanishi kerak.
EGSM standarti
GSM tizimida foydalaniladigan GSM kengaytirilgan standarti. EGSM chastotalar diapazoni GSM 900 MHz standart diapazoniga nisbatan pastga 10 MHz ga kengaytirilgan. Shunday qilib, ushbu mobil aloqa protokoli (880-915) MHz va (925-960) MHz kengaytirilgan chastotalar diapazonida ishlaydi. Bu funksiya ham telefon, ham uyali tarmoq tomonidan qo‘llanilishi kerak.
EISA shinasi
Shaxsiy kompyuterlarning 16 razryadli shina arxitekturasini kengaytiradigan 32 razryadli tizim shinasi. Bir nechta protsessor ishini ta’minlaydi.
EJB spetsifikatsiyasi
Server qismida ma’lumotlar bazalaridan va tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlaridan foydalanishni standartlashtiradi. Bu korporativ ilovalar uchun muhim, chunki ularning boshqa platformalarga ko‘chirishni ta’minlaydi.
ELF
UNIX va Linux dagi bajariladigan kod faylining, faylni seksiyalarning majmui ko‘rinishida taqdim etishga asoslangan mashhur formati.
EMC kodi
Uskunani ishlab chiqaruvchining kodi.
End klavishi
Kursorni matn satri oxiriga, ekran chetiga yoki fayl oxiriga surish uchun ishlatiladigan klavish.
Energy star
Kompyuter iste’mol qiladigan energiya miqdorini kamaytirish hisobiga atrof muhitni muhofaza qilish dasturi. Enegy star belgisi bo‘lgan kompyuterlar kutish rejimida 60 W dan kam, monitor va tizim bloki 30 W dan kam energiya iste’mol qilishi kerak.
Enter klavishi
Kiritish klavishi, uning bosilishi kompyuterga kiritish satri tugaganligi (abzats oxiri) to‘g‘risida, jadval katagiga formula yoki elementni qo‘yish, yozishni tugallash va uni ma’lumotlar bazasiga kiritish komandalari bajarilishi to‘g‘risida xabar beradi.
EPIC texnologiyasi
Intel va Hewlett-Packard korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan 64 razryadli Merced protsessori komandalari to‘plamining IA-64 arxitekturasida qo‘llaniladigan texnologiya. Bu texnologiyada kompilyator protsessorga qaysi komandalar parallel, qaysilari esa boshqa komandalarga bog‘liq tarzda bajarilishini oshkor qiladi.
EPP
LPT portining ikki tomonga yo‘naltirilgan ish tartibi, bunda u nafaqat axborotni chiqarish uchun, balki kiritish uchun ham ishlashi mumkin.
E-praktikum
O‘quvchilarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. «Korvet», «UKNS», «Yamaxa» turidagi kompyuterlarda maktab informatika kursini qo‘llab-quvvatlaydi. Tarkibida Pascal tiliga juda o‘xshash bo‘lgan ruscha leksikali til interpretatori bor; algoritmlar tushunchasini kiritish imkonini beradigan «chizmachi», «vezdexod» va boshqa bajaruvchilar to‘plami mavjud. Akademik P.Yershov sharafiga nomlangan.
ER modeli
Real tizimlarda ma’lumotlar oqimlarini tavsiflash modeli. Bu modelda ma’lumotlar ma’nosi va ular o‘rtasidagi bog‘lanish nuqtai nazaridan tavsiflanadi.
ESSID identifikatsiya nomi
802.11 tarmoqni identifikatsiyalovchi nom. Izoh − Simsiz lokal tarmoqqa qo‘shilish uchun, uning ESSID ni bilish zarur.
Ethernet
Kompyuter tarmoqlarining paketli texnologiyasi. Tarmoq uzellari koaksial yoki optik tolali kabel yoki o‘ralgan juft orqali bog‘langan. Axborot boshqaruvchi va manzilli, shuningdek, 1500 byte gacha ma’lumotni o‘zida saqlovchi o‘zgaruvchan uzunlikdagi kadrlar orqali uzatiladi. Ethernet standarti ma’lumotlar yuqori chastotali modulyatsiyalarsiz, sekundiga 10 Mbit/s tezlik bilan uzatilishini ta’minlaydi.